TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
123
PEDAGOGIKA FANLAR
MAKTAB O‘QUVCHILARI KREATIV XUSUSIYATLARINI O‘RGANUVCHI
EMPIRIK METODLAR TASNIFI
SHUKUROV RUSTAM ESHONKULOVICH
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Email:
UDK: 159.954.4
https://orcid.org/0009-0008-1332-0085
Kalit so‘zlar:
kreatvlik, metod,
emprik metod,
kreativ faollik,
proektiv metodika,
subyektiv metodika,
xususiyat, tafakkur,
verbal tafakkur,
motivatsiya,
divergent tafakkur.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktab o‘quvchilari kreativ
xususiyatlarini o‘rganuvchi Elis Pol Torrensning “Kreativ
faollikni baholash” testi va D.L. Djonsonni “kreativlik”
so‘rovnomasining
metodologik
asoslari
keltirilgan.
Shuningdek, maktab o‘quvchilari kreativ xususiyatlari va
divergent tafakkur xususiyatlari namoyon bo‘lishining jinsiy
tafovutlari aniqlangan hamda ularning pedagogika va
psixologik tasniflari keltirilib o‘tilgan.
КЛАССИФИКАЦИЯ ЭМПИРИЧЕСКИХ МЕТОДОВ ИЗУЧЕНИЯ
ТВОРЧЕСКИХ СВОЙСТВ ШКОЛЬНИКОВ
Ключевые слова:
творчество, метод,
эмпирический
метод, творческая
деятельность,
проективная
методология,
субъективная
методология,
характеристика,
мышление,
речевое мышление,
мотивация,
дивергентное
Аннотaция:
В данной статье представлены методические
основы теста Элис Пол Торренс «Оценка творческой
активности» и опросника «Креативность» Д. Л. Джонсона,
изучающего творческие особенности школьников. Также
определены гендерные различия в проявлении творческих
особенностей и особенностей дивергентного мышления
школьников,
представлена
их
педагогико-
психологическая классификация.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
124
мышление.
CLASSIFICATION OF EMPIRICAL METHODS OF STUDYING CREATIVE
PROPERTIES OF SCHOOL CHILDREN
Key words:
creativity, method,
empirical method,
creative activity,
projective
methodology,
subjective
methodology,
characteristics,
thinking, verbal
thinking, motivation,
divergent thinking.
Abstract:
This article presents the
methodological
foundations of the Alice Paul Torrance test “Assessment of
Creative Activity” and the questionnaire “Creativity” by D. L.
Johnson, which studies the creative characteristics of
schoolchildren. Gender differences in the manifestation of
creative characteristics and characteristics of divergent
thinking of schoolchildren are also determined, and their
pedagogical and psychological classification is presented.
KIRISH
Jahonda zamonaviy jamiyatning barcha sohalarida jamiki o‘zgarishlar har bir
insondan o‘z hayot strategiyasini shakllantirgan holda o‘z–o‘zini anlash xususiyatlarini
shakllantirishni talab etmoqda. Mazkur jarayonda esa, kreativlik omilining o‘rni
sezilarli darajada muhim ahamiyat kasb etishi jahon afkor ommasiga ma’lum
hisoblanadi. Hayot strategiyasini shakllantirgan holda o‘z–o‘zini namoyon etishda
kreativlik omili ko‘pincha insonlarning kelajakda ma’lum bir ilmiy yoki amaliy faoliyat
bilan shug‘ullanishga ko‘mak berishi bilan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Buning
sababi sifatida “Xalqaro mehnat tashkiloti”ning bu yilgi ilmiy bashoratlariga ko‘ra,
dunyoda ishsizlar soni 205 million kishidan oshgan va bu ko‘rsatkichlar 2024–yilga
borib bundan ham ortishi mumkinligini e’tirof etish mumkin.
Dunyo miqiyosida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarda o‘spirin
yoshlarning hayotiy strategik o‘z–o‘zini anglashida kreativlik xususiyatining ta’siri
masalalariga qaratilgan ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan
“Amerika psixologilar assotsiatsiyasi”ning ta’lim tizimida psixologiya bo‘limida
“Talantli bolalarga ta’lim va tarbiyalar berish” loyihasi, Rossiya psixologiya instituti
qoshidagi Drujinin nomidagi “Qobiliyatlar va aqliy resurslar psixologiyasi”
labaratoriyasida “Amaliy tafakkurning kreativ jihatlari” va “Metakognitiv qobiliyatlar
kognitiv stillar sifatida” kabi dasturlar doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Maqolaning ilmiy yangiligi quyidagidan iborat:
–
kreativlik omilining jinslararo tafovutlariga ko‘ra, yigitlarda qizlarga nisbatan
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
125
kreativlik xususiyati yuqori ekanligi isbotlandi.
Tadqiqotning maqsadi
– maktab o‘quvchilarini kreativ xususisyatlarini
aniqlovchi metodlarni tasniflash va jinslar aro tafovutli jihatlarni aniqlash.
Tadqiqot obyekti
– sifatida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari tanlab
olingan.
MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI
Elis Pol Torrensning “Kreativ faollikni baxolash” testi va D.L.Djonsonni
“kreativlik” so‘rovnomasining Elene Evgenevna Tunik tomonidan moslashtirilgan
variantidan foydalanildi. Olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasini
aniqlashda matematik statistika usullaridan (foizli tahlil, faktorli tahlil, Mann-Uitni
mezonlari va Pirsonning rp-korrelyatsiya koeffitsientini hisoblash) foydalanildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy iqtisodiyot taraqqiyot
tajribasidan shu narsa ma’lumki, inson omilini o‘rganish, tahlil qilish va undan yuksak
ijtimoiy maqsadlar yo‘lida unumli foydalanishga qaratilgan mazkur vazifalarni
nechog‘lik bajarish bilan bog‘liq ekanligi har sohada yanada yaqqolroq sezilmoqda.
Zero, kundan–kunga yuksalib borayotgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini, eng avvalo,
o‘sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlodning hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga
erishishida ulkan yutuqlar belgilasa ajab emas.
E.P. Torrens dastlab shaxsning kreativ xususiyatlari borasida olib borgan
tadqiqot ishlari bilan tanilgan olimlardan hisoblanadi [1, 1]. Ushbu izlanishlari
davomida olim 1966-yilda shaxsda kreativlik faollik darajalarini aniqlashga qaratiluvchi
“Kreativ tafakkurni baholash” metodikasini yaratadi.
Ilmiy adabiyotlarda intellekt va kreativlik tushunchalari borasida turli-xil
qarashlar mavjud bo‘lgan. Ushbu qarashlar fonida ularning ikkisi ham bir yoki alohida-
alohida tushunchalar degan baxsli tortishuvlar ilm ahllari orasida ko‘pgina
tortishuvlarga sababchi bo‘lgan. Ushbu baxs munozaralar avjiga chiqqan mahal ya’ni
1950-yillar atrofida Beron Gilford ular ikkisi ham aslida bir xil tushunchalar ekanligi
borasidagi qarashlarga qarshi chiqdi va ular ikkisi ham boshqa-boshqa tushunchalar
degan qarorga kelgan.
E.P.Torrens ham shaxslarda kreativ faollik darajalarini aniqlashga qaratilgan
metodikasining metodologik asosi B.Gilfordning intellekt, tafakkur va kreativlik
nazariyalari hisoblanadi[1, 1].
E.P. Torrens metodikasi proektiv metodika hisoblanadi. Bu esa, respondentlarni
obyektiv testni sharhlovchilarni subyektiv jihatdan manipulyasiya qilish imkonini
bermaydi. Bu esa, test natijalarini ishonchliligini kafotlaydi. Shuningdek, sinaluvchiga
muammoni hal etishda juda keng imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Sinaluvchilardan turli
hildagi ma’lumotlarni olinadi. Sinaluvchilardan himoya reaksiyasi talab etilmaydi.
Sinaluvchilarni xatti-harakatlarini kuzatish imkoniyati sodir bo‘ladi. Shuningdek dunyo
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
126
miqiyosida ham mazkur metodikani bajarish va ularni sharhlash davomida insonning
kreativligini diagnostika qilishning eng to‘g‘ri va ishonchli vositalaridan biri sifatida tan
olingan. Ushbu metodikaning yana bir afzalligi turli yosh davrlari uchun
mo‘ljallanganligidadir.
Insonning kreativlik xususiyatlarini aniqlaovchi proektiv metodikalardan
tashqari subyektiv metodikalar ham mavjuddir. Aynan ushbu metodikalardan biri D.L.
Djonsonni “kreativlik” so‘rovnomasining [2,
Ошибка! Источник ссылки не
найден.
] Elene Evgenevna Tunik tomonidan moslashtirilgan varianti hisoblanadi.
Izlanishlarimiz davomida shu narsaga guvohi bo‘ldikki, bugungi kunda maktabgacha va
maktab yoshidagi bolalarni kreativlik darajalarini o‘rganuvchi uchta katta metodikalar
mavjuddir.
Bular:
Elis Pol Torrensning “Kreativ faollikni baholash” testi;
Djoy Pol Gilfordning “Kreativlik” testi.
Elene Evgenevna Tunik [2,
Ошибка! Источник ссылки не найден.
]ning
“Kreativlik” testlar hisoblanadi.
Shu boidan ham D.L.Djonson o‘z metodikasini yaratish davomida yuqorida
nomlari zikr etilib o‘tilgan olimlarning nazariyalari va metodikalari metodologik asos
bo‘ladi. D.L. Djonsonni “kreativlik” so‘rovnomasi [2, 2] ning Elene Evgenevna Tunik
tomonidan moslashtirilgan variantini afzalliklarini quyidagicha izohlash mumkin:
–
Metodika savollarining kam miqdorda ekanligi;
–
Kam savollar orqali ko‘plab ma’lumotlar olish imkoniyatining mavjudligi;
–
Sinaluvchilarga kam savol bo‘lganligi uchun noqulayliklar tug‘dirmasligi;
–
Qisqa fursatda bajarilishidir.
NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI
Ma’lum bir muammoni empirik jihatdan tadqiq etishda aksariyat hollarda
gender tahlil, korrelyasion tahlil, regression tahlil va omilli tahlil ishlari amalga
oshiriladi. Mazkur tahlillar ma’lum bir muammo yuzasidan qo‘yilgan maqsad va
vazifalarni hal etishga xizmat qiladi. Biz ham oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarni
tasdig‘ini toptirish uchun birinchi navbatda empirik tajdqiqotdan olingan natijalarni
jinslararo tafovutli jihatlar tahlilini amalga oshirishga harakat qildik.
Biz birinchi navbatda D.L.Djonsonni “Kreativlik” so‘rovnomasi [2, 2] ning
Elene Evgenevna Tunik tomonidan moslashtirilgan variantini jinslararo tafovutlariga
sezuvchanlik xususiyati borasida fikr yuritdik. Empirik tadqiqot ishlaridan olingan
natijalar esa, quyidagi ko‘rsatkichlarni keltirib chiqardi (1-jadvalga qarang).
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
127
1-jadval
Maktab o‘quvchilarida kreativlik xususiyatlari namoyon bo‘lishining jinsiy
tafovutlari
(
Mann-Uitni U mezoni asosida)
Kreativlik
Guruhlar
U
P
Yigitlar
N=60
Qizlar
N=60
Kreativlik
135,2
46,2
70,0
0,001***
Ko‘rsatkichlarning qiyosiy tahlili natijasida maktab o‘quvchilarining kreativ
tafakkuri jinslararo tafovutlar bo‘yicha quyidagicha ishonch darajasidagi farqlar
kuzatildi (1-rasmga qarang).
1-rasm
Maktab o‘quvchilarining kreativlik xususiyati bo‘yicha aniqlangan jinslararo
tafovutlar
D.L.Djonsonni “Kreativlik” so‘rovnomasi mezoni bo‘yicha (o‘rtacha ranglar:
135,2, 46,2) ishonch darajasidagi farqlar aniqlandi (U=135,2; p≤0,01). Kreativlik
mezoni bo‘yicha yigitlarning natijalari qizlarning natijalariga qaraganda yuqoriroq
ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Bizga ma’lumki kreativlik xususiyati bilish jarayonlari bilan chambarchas
bog‘liq hisoblanadi. Ayniqsa bilish jarayonlarining ichidan tafakkur bilan bog‘liqlik
darajasi yuqori hisoblanadi. Shuningdek, adabiyotlar tahliliga nazar tashlaydigan
bo‘lsak ham bolada kreativlik xususiyatini shakllantirish uchun avvalombor tafakkur
jarayonini rivojlantirish kerak bo‘ladi. Ayrim manbaalarda kreativlik, intellekt va
0
20
40
60
80
100
120
140
Yigitlar
Qizlar
135.2
46.2
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
128
tafaakurning bir birlaridan o‘zaro farqli jihatlari xususida qizg‘in baxs-munozaralar
kechadi. Shu boisdan ham biz ilmiy ishimizda o‘spirinlar kreativligini aniqlashda
Torens metodikasidan foydalandik.
Bizningcha, mazkur metodikaning nomlanishi garchi kreativlikni aniqlovchi test
deb nomlansada uning tarkibiga kiruvchi mezonlar divergent tafakkur xususiyatlari deb
nomlanadi. Shuningdek, ishimizni shu tarzda tafakkur xususiyatlari bilan bog‘ladik (2-
jadvalga qarang).
2-jadval
Maktab o‘quvchilarida divergent tafakkur xususiyatlari namoyon bo‘lishining
jinsiy tafovutlari
(
Mann-Uitni U mezoni asosida)
Divergent Tafakkur
xususiyatlari
Guruhlar
U
P
Yigitlar
N=60
Qizlar
N=60
Tafakkurning tezligi
105,9
75,8
2732,0
0,001***
Verbal tafakkur
76,5
105,2
2797,0
0,001***
Tafakkurning xilma-xilligi
106,1
75,7
2719,5
0,001***
Tafakkurning
moslashuvchanligi
106,3
75,5
2702,0
0,001***
Ko‘rsatkichlarning qiyosiy tahlili natijasida maktab o‘quvchilarining divergent
tafakkuri xususiyatlarining jinslararo tafovutlar bo‘yicha sezilarli ishonch darajasidagi
farqlar kuzatildi (2 – rasmga qarang).
2-rasm
Maktab o‘quvchilarining divergent tafakkur xususiyatlari bo‘yicha aniqlangan
jinslararo tafovutlar
0
20
40
60
80
100
120
140
160
180
200
Tafakkurning tezligi
Verbal tafakkur
Tafakkurning xilma-xilligi
Tafakkurning moslashuvchanligi
105.9
76.5
106.1
106.3
75.8
105.2
75.7
75.5
Yigitlar
Qizlar
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
129
“Kreativlik” so‘rovnomasi asosida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra,
quyidagi mezonlarda ishonch darajasidagi farqli tafovutlar aniqlandi. Tafakkur tezligi
mezoni bo‘yicha (o‘rtacha ranglar: 105,9, 75,8) ishonch darajasidagi farqlar aniqlandi
(U=2732,0; p≤0,01).
Yuqoridagi raqamlardan shuni ta’kidlash joizki, tafakkur tezligi mezoni bo‘yicha
yigitlarning natijalari qizlarning natijalariga qaraganda yuqoriroq ekanligi ma’lum
bo‘ldi. Yigitlar muammoli vaziyatlarda tez fikr yuritadilar va muammoga nisbatan bir
nechta yechim topadilar. Narsa, voqea va hodisalarning mazmunini tezda anglab
yetadilar va unga muvofiq harakat qiladilar.
Verbal tafakkur mezoni bo‘yicha (U=105,2; p≤0,01) ishonch darajasidagi farыlar
aniqlandi. Bu raqamlarga ko‘ra, qizlarda yigitlarga nisbatan verbal tafakkur ko‘rsatgichi
yuqori ko‘rsatgichni keltirib chiqardi.
Verbal tafakkur so‘zining etimiologik tahliliga asoslanadigan bo‘lsak, bu
tushuncha kognitiv jarayon sifatida tushuniladi. Divergent tafakkurning ushbu
xusiyatiga ko‘ra, qizlar og‘zaki vositalardan foydalangan holda yangi va o‘ziga xos
tushunchalarni yarata olish oladi. Ma’lum bir muammoni hal etish jarayonida lingvistik
vositalardan yuqori darajada foydalanish imkoniyatiga ega hisoblanadilar. Og‘zaki
ma’lumotlar bilan ishlashda qiyinchilaklarga duch kelishganda muammoni to‘g‘ri
analiz va sintez qiladilar va shu asosida xulosalarni umumlashtiradilar, gipotezalar va
taxminlarni to‘g‘ri shakllantiradilar va ulardan foydalangan holda yangi ijodiy
g‘oyalarni topadilar (2-jadvalga qarang).
ХULOSALAR
1. Kreativlik o‘ziga xos g‘oyalar ishlab chiqish, hayotiy muammolarni hal etish
hamda shaxsning ijodiy salohiyatini namoyon bo‘lishini belgilovchi kognitiv jarayonlar
va individual psixologik xususiyatlarni birlashtiruvchi tizimli psixologik kategoriya
hisoblanadi.
2. Maktab o‘quvchilarida kreativlik xususiyatlari namoyon bo‘lishining jinsiy
tafovutlariga ko‘ra, yigitlar qizlarga nisbatan muammoli va qiyin vaziyatlarni bartaraf
etishda kreativ ravishda yеchim topa oladi.
3. Maktab o‘quvchilarida divergent tafakkur xususiyatlari namoyon bo‘lishining
jinsiy tafovutlariga ko‘ra, yigitlar tafakkur tezligi, tafakkurning ravon va xilma–xilligi
mezonlari bo‘yicha, qizlar verbal tafakkur mezoni bo‘yicha ustun hisoblanar ekanlar.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
130
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Torrance, Ye.P. Creative intelligence and an agenda for the 80’s
≫
// Art
еducation. 1980. Vol. 33(7). – P. 8.
2.
Туника Э.Е. Психодиагностика творческого мышления. Творческий тест. –
СПб.: Изд-во «Дидактика Плюс», 2002.
3.
Johnson D.L. Creativity checklist (Cch) Cat No. 33780 M, 1979.
