МЕХАНИЗМЫ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ЗАЩИТЫ КАК СПОСОБ РАЗРЕШЕНИЯ ВНУТРИЛИЧНОСТНОГО КОНФЛИКТА В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
81-87
3
3
Поделиться
Шукуров, Р. (2023). МЕХАНИЗМЫ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ЗАЩИТЫ КАК СПОСОБ РАЗРЕШЕНИЯ ВНУТРИЛИЧНОСТНОГО КОНФЛИКТА В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ. Предпринимательства и педагогика, 5(1), 81–87. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/22070
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной научной статье в первую очередь отражены общие закономерности конфликтов, возникающих в образовательном процессе, и важность предлагаемых в качестве их решения механизмов защиты в значимости актуальности для мирового мнения. Также в научной литературе и статьях, относящихся к разным областям, теоретически описываются учеными механизмы психологической защиты. Поскольку психологические защитные механизмы являются продуктом подсознательной деятельности, в учебном процессе освещаются роль сознания и бессознательного в психоанализе, психологические защитные механизмы студентов, факторы, их вызывающие, и их сущность. Кроме того, результаты, полученные в результате эмпирической исследовательской работы, представлены с помощью методов математической статистики, аспектов взаимозависимости критериев, факторного и дискриминантного анализа. На основании полученных результатов сделаны выводы о негативном или положительном влиянии механизмов психологической защиты личности в образовательном процессе на педагогическую деятельность как метод разрешения конфликтов.

Похожие статьи


background image

80

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

IJTIMOIY FANLAR

Shukurov Rustam

Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

UDK: 159.9

TA’LIM JARAYONIDA PSIXOLOGIK HIMOYA MEXANIZMLARI

NIZOLARNI BARTARAF ETISH USULI SIFATIDA

Kalit so‘zlar:

ong, ongsizlik,
psixoanaliz,
himoya
mehanizmlari,
ego, ono, super
ego, nizo.

Annotatsiya.

Mazkur ilmiy maqolada dastlab ta’lim jarayonida yuzaga keluvchi

nizolarning umumiy qonuniyatlari va ularga yechim sifatida taklif etilayotgan
himoya meхanizmlarining jahon afkor ommasida dolzarblik ahamiyati aks
ettirilib o‘tilgan. Shuningdek, turli-xil sohaga aloqador bo‘lgan ilmiy adabiyotlar
va maqolalarda psixologik himoya mexanizmlari mazmun mohiyati bo‘yicha
olimlarning nazariyalari bayon etilgan. Psixologik himoya mexanizmlari ong osti
faoliyati mahsuli bo‘lganligi uchun ham ong va onsizlik holatlarining
psixoanalizda tutgan o‘rni, ta’lim jarayonida talabalar psixologik himoya
mexanizmlari, ularni keltirib chiqaruvchi omillar va ularning mazmun hamda
mohiyatlari yoritilgan. Qolaversa, empirik tadqiqot ishidan olingan natijalarni
matematik statistik usullar yordamida mezonlarning bir-birlariga bog‘liqlik
jihatlari, faktorli va diskriminant tahlillari keltirilgan. Olingan natijalar asosida
ta’lim jarayonida shaxs psixologik himoya mexanizmlari nizolarni bartaraf etish
usuli sifatida pedagogik faoliyatga salbiy yoki ijobiy ta’siri jihatlari borasida ham
xulosalar berib o‘tilgan.

МЕХАНИЗМЫ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ЗАЩИТЫ КАК СПОСОБ

РАЗРЕШЕНИЯ ВНУТРИЛИЧНОСТНОГО КОНФЛИКТА В

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ

Шукуров Рустам

Доктор философии (PhD) по психологическим наукам

Денауский институт предпринимательства и педагогики

Ключевые слова:

сознание,
бессознательность,
психоанализ,
защитные
механизмы, эго,
оно, супер эго,
конфликт.

Аннотация.

В данной научной статье в первую очередь отражены

общие закономерности конфликтов, возникающих в образовательном
процессе, и важность предлагаемых в качестве их решения механизмов
защиты в значимости актуальности для мирового мнения. Также в
научной литературе и статьях, относящихся к разным областям,
теоретически описываются учеными механизмы психологической
защиты. Поскольку психологические защитные механизмы являются
продуктом подсознательной деятельности, в учебном процессе
освещаются роль сознания и бессознательного в психоанализе,
психологические защитные механизмы студентов, факторы, их
вызывающие, и их сущность. Кроме того, результаты, полученные в
результате эмпирической исследовательской работы, представлены с
помощью

методов

математической

статистики,

аспектов

взаимозависимости критериев, факторного и дискриминантного
анализа. На основании полученных результатов сделаны выводы о


background image

81

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

негативном

или

положительном

влиянии

механизмов

психологической защиты личности в образовательном процессе на
педагогическую деятельность как метод разрешения конфликтов.

MECHANISMS OF PSYCHOLOGICAL PROTECTION AS A WAY OF

RESOLUTION OF INTRAPERSONAL CONFLICT IN THE EDUCATIONAL

PROCESS

Shukurov Rustam

Doctor of Philosophy (PhD) in Psycological Sciences

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Keywords:

consciousness,
unconsciousness,
psychoanalysis,
defence
mechanisms,
ego, ono, super
ego, conflict.

Annotation.

In this scientific article, first of all, the general laws of conflicts

arising in the educational process and the importance of protection mechanisms
offered as a solution to them are reflected in the importance of relevance to the
world opinion. Also, in scientific literature and articles related to various fields,
psychological protection mechanisms are theoretically described by scientists.
Since psychological defense mechanisms are a product of subconscious
activity, the role of consciousness and unconsciousness in psycho-analysis,
psychological defense mechanisms of students, factors that cause them and
their essence are highlighted in the educational process. In addition, the results
obtained from the empirical research work are presented with the help of
mathematical statistical methods, aspects of interdependence of criteria, factor
and discriminant analysis. Based on the obtained results, conclusions were
made about the negative or positive effects of the psychological protection
mechanisms of the individual in the educational process on the pedagogical
activity as a method of conflict resolution.

Кirish

Mavzuning dolzarbligi.

Hozirgi vaqtda yurtimizda pedagogika va psixologiya

fanlariga doir bo‘lgan ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadqiqot
ishlari jamiyatimizda yosh avlodlarga ta’lim va tarbiya berishda, yetuk kadrlar tizimini
shakllantirishda, hodimlarni boshqarishda, ularning mehnat samaradorliklarini
oshirishda, shaxslararo munosabatlar jarayonida yuzaga keluvchi nizolarni oldini olish
va boshqa shu kabi ko‘plab murakkab vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat
kasb etmoqda.

Psixologiya fani shaxslarning tashqi ta’sirlarga nisbatan ongli ravishda javob

reaksiyalari bilan bir qatorda ongsiz xatti-harakatlarini ham o‘rganadi. Ong osti
faoliyati tarkibiga shaxs psixologik himoya mexanizmlari ham kiradi va bu
mexanizmlar ayrim tadqiqot ishlarida nizolarni bartaraf etish usuli sifatida ham e’tirof
etib o‘tiladi. Bu esa talim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga
keluvchi nizolarni bartaraf etish uchun ham muhim omillardan hisoblanadi. Sababi
bugungi kunda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelayotgan nizolar sabab
turli xil salbiy voqealarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor bo‘lib turibmiz.
Shu boisdan ham talim jarayonida ma’lum bir nizolarni bartaraf etishda talabalar
psixologik himoya mexanizmlari asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish dolzarb
ahamiyat kasb etadi.


background image

82

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Maqolaning ilmiy yangiligi quyidagidan iborat:

ong osti faoliyati inson xulq-

atvorining asosini belgilovchi bosh omil tamoiliga ko‘ra, nizoli vaziyatlarda talaba-
yigitlarda “kompensatsiya” talaba-qizlarda esa “siqib chiqarish” va “regressiya”
dominant himoya mehanizmlari ekanligi isbotlandi.

Tadqiqotning maqsadi

- talabalar himoya mexanizmlarini empirik jihatdan

tadqiq etgan holda nizoli vaziyatlarda foydalanuvchi dominant tiplarini aniqlash.

Tadqiqot obyekti

sifatida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tahsil

olayotgan talabalar orasidan jami 60 nafari tanlab olingan.

Metodlar – tadqiqotda R.Plutchik, G.Kellerman va X.R.Kontelarning “Hayot

tarzi indeksi” so‘rovnomasidan foydalanildi. Olingan natijalarning statistik
ishonchlilik darajasini aniqlashda matematik statistika usullaridan (foizli tahlil, faktorli
tahlil, Mann-Uitni mezonlari va Pirsonning rp-korrelyatsiya koeffitsientini hisoblash)
foydalanildi.

Material va tadqiqot usullari (Materials and methods)
Adabiyotlar tahlili.

Xorij psixologiyasida shaxsning ong osti faoliyati va unda

mavjud bo‘lgan psixologik himoya mehanizmlaring ilk ko‘rinishlari talqin qilingan (1;
32 b); klassik psixoanaliz ta’limotiga ko‘ra siqib chiqarish asosiy himoya mexanizmi
sifatida emas balki uning bir turi hisoblanadi. Mazkur himoya mexanizmi esa ikki hil
ko‘rinishda bo‘lib, ular latent va siqib chiqarishni tashkil etadi (2; 291-295);
shaxslarning psixik xayoti o‘zining turli-xil tarkibiy qismlaridan bo‘lgan “Id”, “Ego”,
va “Super-ego” kabi psixik tuzilmalaridan iborat va ular shaxsning xulq-atvor
tuzilishini xosil qiladi (3; 24 b).

Himoya mexanizmlarining izohli tasnifini o‘rniga ular bir necha turlarga

ajratilgan (4; 48 b); psixologik himoya mexanizmlarida noqulayliklar, bezovtalik
holatlari, ichki nizolarni ta’sirini kamaytirishga qaratilgan mexanizmlar tizimi (5; 118-
126 b); himoya mexanizmlari shaxs “Men”i turg‘un bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shadi,
ammo ichki nizolarni bartaraf etish imkoniyatlarini cheklaydi (6; 620 b); himoya
mexanizmlari tahlikali vaziyatlarda insonning javob reaksiyasi (7; 203 b).

Z.Freyddan so‘ng uning qizi А.Freyd ham psixoanaliz borasida ko‘plab tadqiqot

ishlarini olib bordi. А.Freyd (8; 3-4 b.) himoya mexanizmlarining izohli tasnifini
yaratish o‘rniga ularni siqib chiqarish, regressiya, reaktiv shakllanish, izolyatsiya,
qiyoslash, introeksiya, o‘ziga qarshi chiqish va sublimatsiya kabi o‘nta turga ajratdi.
Uning fikricha, sublimatsiya himoya mexanizmidan tashqari barcha himoya
mexanizmlari aqlan va jismonan sog‘lom odam uchun salbiy rol o‘ynaydi, chunki
himoya mexanizmlaridan faoydalanish insonda kuzatilayotgan qo‘rquvni bartaraf
etmaydi aksincha u davom etadi va ohir oqibat kasallikni yuzaga kelish ehtimolini
oshiradi.

Аyrim tadqiqotchilar, psixologik himoya mexanizmlarida noqulayliklar,

bezovtalik holatlari, ichki nizolarni yo‘q qilishga yoki kamaytirishga qaratilgan
tartibga soluvchi mexanizmlar tizimi mavjudligini ta’kidlaydi. Yetuk faylasuf va
psixologlardan bo‘lgan V.F.Bassin va V.E.Rojnovlar (9; 118-126 b.) himoya
mehanizmlariga psixik jarohatlar natijasida yuzaga kelgan salbiy holatlarni yashirin
yo‘q qilishga qaratilgan psixik faoliyat deb ta’riflaydilar. B.D.Karvasarskiy (10; 344-


background image

83

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

345.) psixoterapiyaga oid izohli lug‘atida himoya mexanizmlari shaxs “Men”i turg‘un
bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shadi, ammo ichki nizolarni bartaraf etish imkoniyatlarini
cheklaydi deb ta’kidlab o‘tgan.

Asosiy qism

Himoya mexanizmlari – psixologik strategiya bo‘lib, uning yordamida insonlar

nizoli vaziyatlardan qochadilar, frustiratsiya, xavotir va stressli holatlardan halos
bo‘ladilar yoki ta’sir kuchini pasaytiradilar. Аslida ular ongsiz ravishda ishlatilib,
tahlikali vaziyatlarda insonning javob reaksiyasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin (11;
417 b.).

Shu bugungi kungacha olimlar tomonidan himoya mehanizmlarining juda

ko‘plab turlari aniqlangan, ammo ularning orasidan esa siqib chiqarish, regressiya,
o‘rin almashtirish, inkor etish, ko‘chirish, kompensatsiya, giperkompensatsiya va
ratsionalizatsiya kabi himoya mexanizmlari eng ko‘p o‘rganilgan.

Natijalar va ularning muhokamasi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan metodikalar

orqali o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini dastlab talabalar himoya mexanizmlarini bir-biri
o‘zaro korrelyatsion bog‘liqlik holatini aniqladik. Ushbu bog‘liqlikni aniqlash uchun
Ch.Pirsonning r - korrelyatsiya koefitsienti mezonidan foydalanildik (1-jadvalga
qarang).

1-jadval

Psixologik himoya mehanizmlarining korrelyatsion bog‘liqlik

ko‘rsatkichlari

(Ch.Pirsonning r - korrelyatsiya koefitsienti bo‘yicha)

Siqib chiqarish

Regressiya

0,245*

Ratsionalizatsiya

0,340**

Regressiya

O‘rin almashtirish

0,513**

Rad etish

0,345**

Giperkompensatsiya

0,325*

Ratsionalizatsiya

0,315*

O‘rin almashtirish

Rad etish

0,278*

Rad etish

Proeksiya

0,255*

Proeksiya

Giperkompensatsiya

0,600**

Kompensatsiya

Ratsionalizatsiya

0,274*

Izoh: *р≤ 0,05, ** р≤ 0,01.

Bunga ko‘ra, siqib chiqarish rad etish (r=0,245, p≤0,05), ratsionalizatsiya

(r=0,340, p≤0,01), mezonlari bilan o‘rtacha darajada ijobiy korrelyatsion bog‘liqlik
aniqlandi.

Regressiya o‘rin almashtirish (r=0,513, p≤0,01), rad etish (r=0,345, p≤0,01),

giperkompensatsiya (r=0,325, p≤0,05), ratsionalizatsiya (r=0,315, p≤0,05), menzonlari
bilan o‘rtacha darajada ijobiy korrelyatsion bog‘liqlik aniqlandi.

O‘rin almashtirish rad etish (r=0,278, p≤0,05) mezoni bilan o‘rtacha darajada

korrelyatsion bog‘liqlik aniqlandi.


background image

84

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Rad etish proeksiya (r=0,255, p≤0,05), mezoni bilan ham ijobiy korrelyatsion

bog‘liqlik kelib chiqdi.

Proeksiya esa giperkompensatsiya (r=0,600, p≤0,01), mezoni bilan o‘zaro

bog‘liqlik yuzaga keldi.

Kompensatsiya ratsionalizatsiya (r=0,274, p≤0,05), mezoni o‘rtasida ijobiy

bog‘liqlik aniqlandi.

Shuningdek, metodika mezonlarini ma’lum bir faktorlarga birlashtirish

maqsadida ularni faktorli tahlil ko‘rsatgichlarini keltirib o‘tdik (2 jadvalga qarang).

2-jadval

Psixologik himoya mehanizmlari mezonlarining

faktorli tahlil ko‘rsatkichlari

Mezonlari

Mezonlar:

1

2

3

Siqib chiqarish

,336

,600

,111

Regressiya

,774

,158

-,301

O‘rin almashtirish

,651

,107

-,416

Rad etish

,480

-,263

-,448

Proeksiya

,538

-,574

,461

Kompensatsiya

,218

,288

,640

Giperkompensatsiya

,593

-,518

,292

Ratsionalizatsiya

,498

,574

,243

Bunga ko‘ra metodika mezonlarining barchasi jami uchta faktorga birlashdi.

Birinchi faktorni tashkil etgan shkalalar: regressiya 0,774, o‘rin almashtirish 0,651,
ko‘chirish 0,538, giperkompensatsiya 0,593.

Ikkinchi faktorni tashkil etgan mezonlar: siqib chiqarish 0,600, ratsionalizatsiya

0,574.

Uchinchi faktorni tashkil etgan mezonlar: kompensatsiya 0,640 ko‘rsatkichlarni

keltirib chiqardi.

Shuningdek, metodika mezonlarining o‘zaro ijobiy va salbiy qutblarga

birlashish jarayonini ham aniqladik (3-jadvalga qarang).

3-jadval

Psixologik himoya mexanizmlarining

diskriminant tahlil natijalari

Siqib chiqarish

,213

Regressiya

1,053

O‘rin almashtirish

-,488

Rad etish

-,054

Ko‘chirish

-,611

Kompensatsiya

,032


background image

85

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Giperkompensatsiya

,967

Ratsionalizatsiya

,164


Psixologik himoya mexanizmlarining diskriminant tahliliga muvofiq “siqib

chiqarish”,

“regressiya”,

“kompensatsiya”,

“giperkompensatsiya”

va

“ratsionalizatsiya” mezonlari ijobiy qutbga birlashdilar.

“O‘rin almashtirish”, “rad etish” va “proeksiya” mezonlari esa salbiy qutbga

birlashdilar.

Metodikadan olingan umumiy natijalardan jinslararo tafovutlarni aniqlashda

Styudentning t mezoni bo‘yicha aniqladik (4-jadval).

4-jadval

Talabalarning umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlari

(Styudent t mezoni bo‘yicha)

Mezonlar

Jins

N

O‘rtacha

Standart og‘ish

Siqib chiqarish

o‘g‘il

30

43,67

14,259

qiz

30

78,83

11,429

Regressiya

o‘g‘il

30

25,30

13,191

qiz

30

51,03

12,928

O‘rin almashtirish

o‘g‘il

30

27,67

18,880

qiz

30

31,33

18,705

Rad etish

o‘g‘il

30

59,53

16,130

qiz

30

62,30

14,598

Proeksiya

o‘g‘il

30

72,50

14,755

qiz

30

71,93

25,796

Kompensatsiya

o‘g‘il

30

60,67

19,640

qiz

30

48,67

18,333

Giperkompensatsiya

o‘g‘il

30

49,67

19,815

qiz

30

71,33

21,292

Ratsionalizatsiya

o‘g‘il

30

68,90

11,409

qiz

30

73,00

12,695

Yuqorida keltirilib o‘tilgan natijalarga ko‘ra, talabalarda jinslararo

tafovutlarning o‘rtacha qiymat ko‘rsatkichlari quyidagicha namoyon bo‘ldi:

O‘g‘il va qiz talabalarda “o‘rin almashtirish,” “rad etish”, “proeksiya”,

“ratsionalizatsiya” kabi himoya mexanizmlarida deyarli ehtimolli farqlar kuzatilmadi
ammo “siqib chiqarish”, “regressiya” va giperkompensatsiya mezonlari qizlarda o‘g‘il
talabalarga nisbatan yuqori ko‘rsatgichni qayd etdi. “Kompensatsiya” himoya
mexanizmi esa o‘g‘illarda qiz talabalarga nisbatan yuqori ko‘rsatgichni qayd etdi.

Хulosalar

1.

Qizlar yigitlarga qaraganda ko‘proq o‘zlarini xavotirga soladigan yoqimsiz

va ko‘ngilsiz voqea, hodisalar va vaziyatlarni ongidan siqib chiqarib tashlaydilar.


background image

86

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Аmmo, ko‘pincha bu hodisalar qizlar tomonidan qabul qilingan axloqiy qadriyatlar va
normalarga zid keladi.

2.

Ongdan chiqarib tashlangan kechinmalarni ular esidan chiqaradi, lekin ular

ongsiz ravishda saqlanadi va bu qizlardan o‘ziga xos ruhiy quvvatni jalb qiladi.
Ularning kechinmalari onga qaytish uchun boshqa siqib chiqarilgan kechinmalar bilan
assotsiatsiya qiladi va ongiga qaytishga intiladi. Ushbu jarayonlar qizlardan doimiy
ravishda energiya sarflashni talab qiladi. Аgarda ularda himoya mexanizmlarining
dinamik buzilishlari kuzatilgan taqdirda avval siqib chiqarib yuborilgan kechinmalari
yana qaytadan onga qaytishi mumkin.

3.

Ongsiz ravishda ongdan siqib chiqarilgan barcha kechinmalar butunlay yo‘q

bo‘lib ketmaydi, balki qizlar xulq atvoriga va ruhiy holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Vaqti-vaqti bilan yashirin holatda o‘z-o‘zidan “siqib chiqarilganlarning” onga qaytish
jarayoni kuzatiladi. Qizlardagi mazkur himoya – diqqatni chalg‘itish va unga to‘siq
qo‘yish orqali boshqariladi.

4.

Talabalarning umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlariga asosan o‘g‘illar va qizlar

o‘rtasida kuzatilgan katta farq regressiya himoya mexanizmi mezonida ko‘rsatildi.
Qizlar yigitlarga qaraganda ko‘proq xavotirlardan xalos bo‘lish uchun regressiya
mexanizmidan foydalanar ekanlar. Ya’ni, regressiya psixologik himoya mexanizmidir,
bu orqali qizlar o‘zlarini xulq-atvor reaksiyalarida o‘zlarini xavfsiz his qilganida
hayotning avvalgi bosqichiga o‘tib, tashvishlardan qochishga harakat qiladi.

5.

Mazkur mezon bo‘yicha yigitlar va qizlardagi farqlar giperkompensatsiya

mexanizmida ham kuzatildi. Ushbu farqlarga ko‘ra, qizlar o‘g‘illarga qaraganda
o‘zining zaifligini his qilgan biror-bir sohada va faoliyatda muvaffaqiyatga erishish
uchun harakat qiladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Фрейд З.

(1930).

Введение в психоанализ. «Клуб Семейного Досуга». 32

2.

Фрейд З. (2007). Психология бессознательства. СПб: «Питер». 291-295

3.

Фрейд З. (1923). Я и Оно. М.: «Эксмо». 24

4.

Деларю В.В. (2004). Защитные механизмы личности

:

Методические

рекомендации. Волгоград: ВолгГАСА. 48
5.

Бассин Ф.В. (1969). О силе “Я” и психологической защите. Вопросы

философии. (2), 118-126. https://gov.cap.ru/SiteMap.aspx?gov_id=&id=743329
6.

Карвасарский Б.Д. (2006). Психотерапевтическая энциклопедия. СПб:

“Питер”. 620.
7.

Ильин Е.П. (2004). Психология индивидуальных различий. СПб: “Питер”.

703 б.
8.

Гребень. Н.Ф. (2007) Психологические тесты для профессионалов.– Минск:

“Современная школа”. 496.
9.

Ильин Е.П. (2004) Психология индивидуальных различий. – СПб: “Питер”.

417.
10.

Гребень. Н.Ф. (2007) Психологические тесты для профессионалов

.

- М:

“Современная школа”, 496.

Библиографические ссылки

Foydalanilgan adabiyotlar:

Фрейд З. (1930). Введение в психоанализ. «Клуб Семейного Досуга». 32

Фрейд З. (2007). Психология бессознательства. СПб: «Питер». 291-295

Фрейд З. (1923). Я и Оно. М.: «Эксмо». 24

Деларю В.В. (2004). Защитные механизмы личности: Методические рекомендации. Волгоград: ВолгГАСА. 48

Бассин Ф.В. (1969). О силе “Я” и психологической защите. Вопросы философии. (2), 118-126. https://gov.cap.ru/SiteMap.aspx?gov_id=&id=743329

Карвасарский Б.Д. (2006). Психотерапевтическая энциклопедия. СПб: “Питер”. 620.

Ильин Е.П. (2004). Психология индивидуальных различий. СПб: “Питер”. 703 б.

Гребень. Н.Ф. (2007) Психологические тесты для профессионалов.– Минск: “Современная школа”. 496.

Ильин Е.П. (2004) Психология индивидуальных различий. – СПб: “Питер”. 417.

Гребень. Н.Ф. (2007) Психологические тесты для профессионалов. - М: “Современная школа”, 496.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов