Jurnal haqida
"Tadbirkorlik va pedagogika” ilmiy-uslubiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tomonidan nashr etiladi. Jurnal 2020-yildan buyon muntazam faoliyat yuritib kelmoqda hamda yiliga 6 marotaba chop etiladi. Nashr sahifalarida pedagogika, iqtisodiyot, texnika fanlari, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar, filologiya, psixologiya, san’atshunoslik hamda boshqa dolzarb ilmiy sohalarga oid fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari e’lon qilinadi. Jurnalda ilgari nashr etilmagan, ilmiy yangilikka ega bo‘lgan, muallifning shaxsiy ilmiy hissasi va tadqiqot natijalarini aks ettiruvchi maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi. “Tadbirkorlik va pedagogika” jurnali ilmiy nashr sifatida milliy va xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olinib, Google Scholar, OpenAIRE, ResearchBib, InLibrary hamda SLIB.UZ kabi ilmiy axborot bazalari va indekslash tizimlarida ro‘yxatga olingan. Jurnal ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, professor-o‘qituvchilar hamda amaliyotchi mutaxassislar uchun ilmiy natijalarni ommalashtirish, tajriba almashish va zamonaviy ilmiy yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim akademik platforma vazifasini bajaradi.