ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
14
2181-
3187
MUSTAQIL SO'Z TURKUMLARI
Surxondaryo viloyati Termiz shahri
Termiz davlat universiteti akademik litseyi
ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Shoymardonova Fotima
Annotatsiya.
Ushbu ilmiy maqolada o’zbek tilidagi mustaqil so’z turkumlari
haqida fikr va mulohazalar keltirilgan.
Kalit so’zlar.
So’z turkumi, mustaqil so’zlar, ot, sifat, son, fe’l, ravish, olmosh,
grammatik.
Sо‘z turkumlari tilshunoslik tarixining eng qadimgi davrlaridayoq о‘rganish
obyekti bо‘lgan edi. Qadimgi Yunon tilshunosligidayoq sо‘z turkumlari tushunchasi
shakllana boshlagan.
Sharq tilshunosligida antik tilshunoslik bilan mushtarak tomonlar anchagina.
Xususan, hind va arab tilshunoslarining qarashlari antik tilshunoslarnikiga anchagina
yaqin keladi. Masalan, hindlar tо‘rt a’zoli, arablar uch a’zoli paradigma ajratganlar.
Hindlar ot va fe’l asosiy sо‘z turkumlaridan tashqari kо‘makchi va yuklamani ajratgan
bо‘lsalar, arablar yuklamanigina ajratadilar. Arab tilshunosligi an’analariga asoslanib
dastlabki turkiyshunoslar ham uchta sо‘z turkumini ham ajratadilar. Masalan, Mahmud
Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariylarda ham ana shunday uchlik kuzatiladi.
Keyinchalik, A.Navoiy ham ana shunday uchta sо‘z turkumini ajratgan, biroq о‘z
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
15
2181-
3187
navbatida ot va fe’l turkumiga xos jihatlarni aynan turkiy tillar xususiyatlariga
asoslanib ancha mukammal izohlab bera olgan.
Yana shunga e’tibor berish lozimki, bu
uchta sо‘z turkumi ichki bо‘linish xususiyatiga ega. Xususan, Mahmud Koshg‘ariy
arab tilshunosligi vorisi sifatida an’anaviy uchta turkumni ajratsa-da,
ot, sifat, son,
olmosh, fe’l, kо‘makchi va undovlarni
ancha izchil farqlagan.
Sо‘z turkumi, nomidan ma’lumki, sо‘zlardan tuzilgan bо‘lishi shubhasiz. Oʻzbek
tilida sо‘zlarni turkumlarga ajratilishda ularning qanday sо‘roqqa javob bо‘lishiga
qarab,
mustaqil, yordamchi va oraliq sо‘z
larga bо‘linadi.
So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra ayrim
leksik - grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni
turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’no-lari bilan bir qatorda, lug‘aviy
ma’nosi ham asosiy belgilardan hisob-lanadi. Ham grammatik, ham leksik ma’nolarga
ega bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok etadigan so‘zlar mustaqil
so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga:
№
Soʻz turkumi
Soʻrogʻi
Namuna
1
Ot
Kim?, Nima? , Qayer?
Ahmad, uy,
О‘zbekiston
2
Sifat
Qanday? Qanaqa ?
Qaysi ?
Katta, notо‘g‘ri,
bardavom, badfe’l
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
16
2181-
3187
3
Son
Necha? Nechanchi?
Nechta? Qancha?
tо‘qson, yuz,
ming, million,
milliard.
4
Olmosh
barcha, hamma,
ular, bu, qancha ?
5
Ravish
Qanday? Qanaqa?
Qancha? Qay holatda? Qay
tarzda? Qachon?
tez, kecha,
oldin, kо‘p
6
Fe’l
Nima qilmoq? Nima
qiladi? Nima qildi? Nima
qilmoqchi? Nima qilgan?
bordi, keldi,
о‘qigan, turibdi,
о‘qidi
Ot so`z turkumi — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir
necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat:
a) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bogʻbon, oshpaz,
Mirzachoʻl;
b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar;
d) egalik koʻrsatkichiga ega: otam, otang, otasi — otamiz, otangiz, otalari; g)
kelishik shakllari bilan oʻzgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga,
maktabda, maktabdan;
e) gapda barcha gap boʻlaklari vazifasida keladi Otlarning yasalishi natijasida
yasama otlar paydo boʻladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
17
2181-
3187
Sifat (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi.
Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rang-tus, hajm,
shaklkoʻrinish, xususiyat va sh.k.ga koʻra bildiradi: qizil, keng, yoqimli va boshqa Shu
xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi Sifat asosan
otga bog‘lanadi va uning belgisini aniqlaydi. Masalan: oq ko‘ylak, kuzgi ekin, aqlli
qiz, yumshoq non, o‘rtancha o‘g‘il. Bunda belgi bildiruvchi so‘z sifatlovchi, uni
boshqarib kelgan ot esa sifatlanmish deyiladi.
Narsaning, miqdori, sanog‘i yoki tartibini bildirib, qancha? nechta? nechanchi?
so‘roqlaridan briga javob bo‘ladigan so‘zlar
son
deyiladi. Sonlar sifat singari belgi
tasavvuri bilan aloqador bo‘lib, narsaning miqdori, sanog‘i va tartibiga ko‘ra belgisini
ifodalaydi:
beshta kitob, uchala talaba, birinchi kurs
kabi.
Sonning ma’no turlari.
Sonlar ma’no jihatdan, dastlab, ikki guruhga bo‘linadi:
1) miqdor son, 2) tartib son.
Fe’l barcha tillarda ham faol bo‘lgan so‘z turkumlaridan biridir. Fe’l semantik
doirasi keng, lekin, asosan, ish- harakat hamda ish-harakat tasavvurini beradigan
holatni anglatadi. Fe’l so‘z turkumining o‘rganilishi boshqa so‘z turkumlariga uzviy
bog‘liq. Eng katta so‘z turkumi ham fe’l hisoblanadi.
Harakat va holatning belgisini, belgining belgisini (sifat va ravishning), ba’zan
predmetning (ot) belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi ravish deyiladi. Sifat so`z
turkumi kabi ravish ham belgi bildiradi. Lekin sifat, asosan, predmetning belgisini,
ravish esa, asosan, ish-harakatning belgisini, belgining belgisini bildiradi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
18
2181-
3187
Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (astoydil urindi), payti (hozir keldi), o`rni
(yuqoriga intildi), miqdori (kam gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi (noiloj
ko`ndi) va maqsadi (jo`rttaga indamadi)ni anglatadi. Ayrim ravishlar ba’zan otga
bog`lanib, predmetning noaniq miqdorini (ko`p kitob), sifat va ravishning o`ziga
bog`lanib, belgini kuchini; darajasini, o`xshashligini (obdon pishiq, ancha ilgari,
toshday qattiq) ifodalaydi. SHu ma’no xususiyatlariga ko`ra ravish qanday? qay
tarzda? qachon? qaerga? qaerda? qaerdan? qancha? qay darajada? nega? nima
maqsadda? kabi so`roqlariga javob bo`ladi
Olmosh so'z turkumi boshqa so'z turkumlari ot, sifat, son, ravish so'z turkumlari
o'rnida qo'llanuvchi so'z turkumidir. Olmoshlarning asosiy vazifasi va qaysi so' z
turkumi o'rnida qo'llanishi matnda oydinlashadi. Olmoshlar ma'no va Grammatik
xususiyatlariga ko'ra, quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Kishilik olmoshlari - men, sen, u, biz, ular bo'lib, shaxslar o'rnida ishlatiladi;
2. O'zlik olmoshi - o'z so'zidan iborat bo'lib, predmet ma'nosini kuchaytirib,
ta'kidlab ko'rsatadi;
3. Ko'rsatish olmoshi - bu, shu, o'sha, u, ana, mana kabi so'zlar predmet va uning
belgilarini ko'rsatadi;
4. So'roq olmoshlari - kim?, nima?, qancha?, qanday? kabi so'zlar predmet, belgi
va miqdor haqida so'roqni bildiradi;
5. Belgilash - Jamlash olmoshi - hamma, bari, ba'zan, har nima, har qanday kabi
so'zlar predmet va uning belgisini umumlashtirib, jamlab ko'rsatadi;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
19
2181-
3187
6. Bo'lishsizlik olmoshi - hech kim, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi kabi
so'zlar inkor ma'nosini bildiradi;
7. Gumon olmoshi - allakim, allanima, nimadir, kimdir, birov kabi so'zlar predmet
va uning belgisini , miqdorini taxminlab, chamalab ko'rsatadi;
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Abdurahmonov X., Rafiyev M.,Shodmonqulov D. O'zbek tilining amaliy
grammatikasi. Toshkent, "O'qituvchi", 1993 yil.
2. Муҳитдинов Х., Худойберганова Д., Умиров И. ва бошқа. Ҳозирги ўзбек
адабий тили. (ўқув қўлланма), Т., Илм-зиё, 2004.
3. Abdusoliyeva Shahnoza “MUSTAQIL SOʻZ TURKUMLARI HAQIDA UMUMIY
MAʼLUMOT” T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali
4. A'zamov S. Maktab grammatikasi va ilmiy grammatika xususida. "Til va adabiyot
ta'limi", 1992 yil, 2-son, 32-33-bet.
5. Турсунов У. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Т., 1992.
6. Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек тили. Т., 2009.