Авторы

  • Shoymardonova Fotima

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121244

Ключевые слова:

Javoharlal Neru Hamid Olimjon Shoira Nilufar Pushkin Lermontov Nekrasov L. Ukrainka V. Inber Do‘stlarimga.

Аннотация

Ushbu maqolada taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin 
rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining 
jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol bizning dabdabali 
murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi 
va harakatlarining yorqin tasviri bo’lgan Zulfiyahonim haqida so’z borgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

10

2181-

3187

ZULFIYAXONIM HAYOTI VA IJODI.

Surxondaryo viloyati Termiz shahri

Termiz davlat universiteti akademik litseyi

ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Shoymardonova Fotima

Annostatsiya.

Ushbu maqolada taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin

rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining

jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol bizning dabdabali

murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi

va harakatlarining yorqin tasviri bo’lgan Zulfiyahonim haqida so’z borgan.

Kalit so’zlar

. Javoharlal Neru, Hamid Olimjon, Shoira, Nilufar, Pushkin,

Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber, Do‘stlarimga.

O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik

uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi

hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent

shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang’ich

maktabda, so’ng xotin – qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda

O’zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida o’qigan.

Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyib o’ttiz

tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin – qizlar jurnalida

bosh muharrir bo’lgan.

Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular

orzularga to’la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush

o’rtog’idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. Shoira badiiy ijodga

juda erta kirishdi. O’n yetti yoshida “Hayot varaqalari” deb atalmish dastlabki she’riy

kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o’ttizga yaqin she’riy to’plamlar,

o’ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o’ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor

bo’lgan holatlarni she’rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko’pchilikka manzur


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

11

2181-

3187

bo’ladi. Zulfiyaning ulkan iste’dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida

ham e’tirof etilgan.

U – xalqaro “Nilufar” mukofoti egasi. Shoira sherlarining el aro mashhurligi

tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat ko’zi bilan qarovchi, uning boshqalar

ko’rolmaydigan jihatlarini ilg’ovchi qizaloq ekanligi bilan ajralib turardi. Buning

ustiga, oilasidagi muhit ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi.

Shoira bolaligini shunday eslaydi: “Otamni… Isroil degrez der edilar. Otam

zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo’ldosh kasbidan faqat zavq

ko’rar edim. Otamday qudratli odam yo’q edi men uchun. Temirlar otam qo’lida

chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo’llari cho’g’ga aylangan

temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir

edi. Men hali-hanuz otamday bolishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira

bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish

har kimga ham muyassar bo’lavermas ekan…

Mening onam o’zining ta’bincha, “usti butun – ichi tutun” ayollardan edi. U

hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari, o’ylari mudroq emasligini, unga

mutelik, zaiflik yot ekan-ligini bilar edim. Ruhidagi ma’yuslik, ovozidagi hazinlik

faqat uning xarakteriga xos bir sifatgina edi, xolos.

Onamning qancha-qancha qo’shiq va afsonalarni, doston va er-taklarni bilisjiiga

aqlim bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va ertaklar bizga benihoya huzur bag’ishlar,

o’ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etardi. Aminmanki, mo’jizalar

yaratishga qodir, jahonni ko’zga keng ochuvchi, insonni go’zallik sari yetaklovchi

so’zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko’chaga chiqmagan oddiy

ayol – onam uyg’otgan…” Zulfiya she’riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv

ichgan ijoddir.

Xalq orasida “Oydinda”, “Sensiz”, “Yurak”, “Falak”, “Bahor keldi seni

soʻroqlab”, “Oʻgʻirlamang qalamim bir kun”, “Boʻm-boʻsh qolibdi bir varaq qogʻoz”

kabi sheʼrlari, “Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush”, “Mushoira” kabi sheʼrlari mashhur.

“Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi lirik va liro-epik


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

12

2181-

3187

dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning

bevaqt vofotidan soʻng koʻplab mahzun sheʼrlar yaratgan. Pushkin, Lermontov,

Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa koʻplab shoirlarning asarlaridan

namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Zulfiya she’riyati tabiatga hamda uning

ajralmas qismi va yuqori cho‘qqisi bo‘lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan

burkangan. Uning she’rlarida tabiat och ranglarda, yorqin bo‘yoq va timsollarda

gavdalanadi.

O’g’lim sira bo’lmaydi urush

To’lisharmi o’lkada bahor ,

Quyosh kezar osmon ko’ksida

Qaldirg’ochlar qanotmi qoqar

Unda soya labi ustida

Mana o’g’lim labi ustida

Qaldirg’ochning mayin qanoti

O’spirinim toza ko’ksida

Kunda oshar yangi his toti.

Qisqa qilib aytganda Zulfiyaxonim she’rlari yurakka g’ulg’ula soluvchi ,hayotbaxsh

yorqinligi bilan ajralib turadi .Zulfiyaxonim she’rlarini o’qigan odam beixtiyor o’zida

ajib bir tuyg’uni his qiladi,uning ichidagi barcha shodlik-u g’amlarni tushungandek

bo’ladi go’yo.Zulfiyaxonimning she’rlarini tushunib olish uncha qiyin emas ,o’qigan

sari o’qigingiz keladi .Shoirning qalbiga ijod bag’ishlovchi tuyg’u bu-bahor fasli

hisoblanadi.Zulfiyaxonim biz o’rnak olsak bo’ladigan ,fahrlansansak arziydigan va

tariximizda xotin-qizlarimiz uchun yetarli saboq berib ketgan shodlik kuychisidir.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam Zulfiyaxonim o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos

o‘ringa ega shoira bo‘lishi bilan birga inson sifatida ham shu xalqning barcha olijanob

xislatlariga ega ayol bo‘lgan. Bugun shu maqolani yozish va Zulfiyaxonimni ijodiga

chuqurroq nazar solish orqali yana bir karra amin bo`ldimki, o`zbek adabiyoti XX

asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va murakkab yo`lni bosib o`tgan bo`lmasin,

unda bir qator tom ma`nodagi ijodkorlar etishib chiqgan va ularni ichidagi porloq


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

13

2181-

3187

yuzluzlardan biri bu Zulfiyaxonim bo’lgan. Bugungi istiqlol kunlarida ularning ijodlari

yangi qirralari bilan namoyon bo`lmoqda. Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi barcha

xotin-qizlar uchun ibrat. Nеgaki, uning hayotidagi mеhnatsеvarligi, doimo olg’a

intilishi, sеvgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz

izlanuvchanligi hamda hayot qiyinchilik larida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar

oldida o’zini yo’qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg’otadi. Zulfiya

1996-yil 1-avgustda 81 yoshida vafot etgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdukarimov T.” Zulfiyaning 70-80- yillar ijodida lirik qahramon taviri”f.f.n. ilmiy

darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya T. 1995 y.

2. Zulfiya Tong bilan shorn aro.Saylanma .Toshkent.Sharq. 2006 y.

3. Yana bahor keldi, sizni so’roqlab. Toshkent.Tafakkur. 2015 y.

4. Bahor keldi seni so’roqlab .Toshkent.Yangi asr avlodi. 2015 y.

5. Boboev T. “Adabiyotshunoslik asoslari”. Toshkent. 2002, 470-471 betlar.

Библиографические ссылки

Abdukarimov T.” Zulfiyaning 70-80- yillar ijodida lirik qahramon taviri”f.f.n. ilmiy

darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya T. 1995 y.

Zulfiya Tong bilan shorn aro.Saylanma .Toshkent.Sharq. 2006 y.

Yana bahor keldi, sizni so’roqlab. Toshkent.Tafakkur. 2015 y.

Bahor keldi seni so’roqlab .Toshkent.Yangi asr avlodi. 2015 y.

Boboev T. “Adabiyotshunoslik asoslari”. Toshkent. 2002, 470-471 betlar.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)