ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
359
2181-
3187
MAKTABLARDA TEXNOLOGIYA DARSLARINI SAMARALI
TASHKIL ETISH
Yuldasheva Muxtasarxon
Ikromjom qizi Qo’qon Davlat universiteti
Texnologik ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya Ushbu maqola maktablarda texnologiya darslarini samarali tashkil
etishning ilmiy-metodik asoslarini yoritadi. Texnologiya fanining maqsad va
vazifalari, unga qo‘yiladigan talablar, samaradorlik shartlari batafsil tahlil qilinadi.
Sinf bo‘yicha texnologiya darslarining yo‘nalishlari, mavzulari, ularga xos talablari
va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. O‘quvchilarda
amaliy ko‘nikmalar, mehnat madaniyati, mustaqil fikrlash va ijodkorlikni
rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqola zamonaviy
yondashuvlar, innovatsion metodlar va AKT vositalaridan foydalanish bo‘yicha
tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar .texnologiya fanini o‘qitish, samaradorlik shartlari, sinf mavzulari,
amaliy ko‘nikma, kasbga yo‘naltirish, didaktik tamoyillar, pedagogik texnologiyalar,
kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion metodlar, mehnat madaniyati, AKT.
Kirish. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini o‘qitishni va tarbiyalashni va
ularni mehnatga tayyorlashni yanada takomillashtirish haqida“gi qarorida dars
o‘qitishni, o‘quvchilarda yuksak g‘oyaviy-ma’naviy sifatlarni tarbiyalash, ularni
hayotga, mehnat faoliyatiga tayyorlashni tashkil etishning sinalgan shaklidir, deyiladi.
Maktab oldiga qo‘yilgan bunday buyurtmadan zamonaviy dars oldiga qo‘yiladigan
eng muhim talab kelib chiqadi — dars ta’lim, tarbiya va o‘quvchilarni rivojlantirish
vazifasini kompleks hal etishi lozim. Mana shuning uchun ham har bir darsga
tayyorlanishda dastur hamda metodik qo‘llanmalar ko‘magida o‘quvchilarda qanday
asosiy bilim, ko‘nikma va malakalar tarkib toptirilishi, ularning ongiga qanday
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
360
2181-
3187
tarbiyaviy g‘oyalar singdirilishi, dars bilish qiziqishlarini, o‘quv mehnatini ratsional
tashkil etish malakalarini rivojlantirishga qanday yordam berishi ustida yaxshilab
o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi.
Texnologiya fani umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning hayotga
tayyorlanishida muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish,
balki o‘quvchilarda mehnatga, jamiyat hayotiga, o‘z kelajagiga mas’uliyat bilan
yondashish, kasb tanlashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishga xizmat qiladi. Shu sababli
texnologiya darslarini samarali tashkil etish, unga qo‘yiladigan talablar va
samaradorlik shartlarini aniqlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish
dolzarb masaladir. Texnologiya darslarini tashkil etishda o‘qituvchi har bir sinfning
yosh xususiyatini, o‘quvchilarning qiziqishlarini, dars mazmunining o‘ziga xosligini
hisobga olishi zarur.
Asosiy qism .Har bir dars tarbiyaviy xarakterga egadir. U o‘quvchilarni g‘oyaviy
siyosiy, mehnat, ma’naviy va jismoniy tarbiyalash birligini ta’minlaydi. 98 Darsda
o‘rganilayotgan fan asoslarining rivojlangan qurilish amaliyoti bilan aloqasi amalga
oshiriladi. Dars davomida o‘quvchilarda mehnatga munosabat tarbiyalanadi va
ularga mehnat ko‘nikmalari, malakalari singdiriladi. O‘quvchilar moddiy ishlab
chiqarish sohasidagi amaliy faoliyatga, kasbni ongli tanlashga tayyorlanadilar.
Darsda o‘quvchilarning chuqur va mustahkam bilimni egallash, ijodiy qobiliyatlarini
o‘stirish masalalari hal etiladi. Har bir darsning o‘quvchilarda diqqatni, ratsional
xotirlash, qiyoslay bilish, fikr yuritish, asosiy narsani ajratish, xulosa va
umumlashtirishlar qilish, o‘z ishini rejalashtirish, uni kerakli sur’atda amalga
oshirish, o‘zini o‘zi nazorat qilish usullarini shakllantirish imkoniyatlarini ko‘ra bilish
kerak. Bu o‘rinda mazkur vazifalar hozirgi kunda boshlang‘ich sinflarning o‘quv
dasturlarida u yoki bu darajada aks ettirilganligini nazarda tutish lozim.Texnologiya
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
361
2181-
3187
darslarini samarali tashkil etish uchun uning asosiy maqsad va vazifalarini to‘liq
anglash lozim.
Darsdagi o‘qitish vazifasi faqat kompleksgina emas, balki mazkur sinfni,
umuman har bir o‘quvchining alohida xususiyatlarini nazarda tutuvchi maksimal
aniqlilik ham bo‘lishi kerak. Ma’lumki, boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari maktabgacha
tayyorgarliklari, ish qobiliyatlarining turliligi, esda saqlab qolish xususiyati,
tengdoshlari bilan munosabati, qiziqishlarining har xilligi, xatti-harakatidagi
madaniyat shakllari, tartib intizom bir birlaridan turlichaligi bilan farqlanadilar. Dars
tuzilishi o‘quv materialining maqsadi va mazmuni, o‘quv faoliyatining tashkil
etilishiga qarab aniqlanadi. Zamonaviy dars mazmuni, o‘quv faoliyatini tashkil etish
usul va shakllari qanday talablarga javob berishi kerak? Dars mazmuniga
qo‘yiladigan eng muhim talab g‘oyaviylik va aniq maqsadga qaratilgan bo‘lishdir. Bu
talab o‘quv jarayonida o‘quvchilarning bilish imkonnyatlarini rivojlantirish, ularda
kundalik xatti-harakatning asosi sifatida odob-axloq asoslarini shakllantirish uchun
eng qulay sharoitlarni ta’minlash zarurligini anglatadi. Boshqa muhim talab dars
mazmunining ilmiy bo‘lishidir.y munosabatni shakllantirish, ularni kasb-hunarga
yo‘naltirish, hayotga tayyorlash, mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini
rivojlantirishdan iborat.
Olimlar kishining har qanday qobiliyati, xarakterining xususiyati ana shu
qobiliyat va intilishlar talab qilinadigan faoliyatda rivojlanishini ishonarli qilib
isbotlaganlar. Agarda o‘quvchining o‘quv faoliyati undan faol fikr yuritib ishlashni
talab qiladigan qilib tashkil etilgan bo‘lsa, bunday ta’lim o‘quvchining aqliy
qobiliyatlarini har kuni mashq qildiradigan ta’limga aylanadi. Ta’lim ularni mantiqiy
fikrlarning xilma-xil formalari, xulosalar va isbotlar bilan ta’minlab turadi. Faol aqliy
faoliyatga asoslangan ishdan bolalar katta qiziqish hissiyotiga ega bo‘ladilar. Ular
o‘zlari yaratgan «kashfiyot»lardan quvonadilar va fahrlanadilar, o‘zlarining ajoyib
misollarini topishga, ijodiy tashabbus va ijodiy qobiliyatini namoyon qilishga harakat
qiladilar. Bundan zamonaviy darsga qo‘yiladigan muhim talab o‘quvchilarning bilish
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
362
2181-
3187
va ijodiy faoliyatlarini faollashtirishdir degan xulosa kelib chiqadi. O‘quvchilarni
faollashtirish, ayniqsa o‘qitishning zamonaviy bosqichi sharoitlarida anchagina
murakkab pedagogik amaliyotdir. Shuning uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini
faollashtirishga yordam beruvchi vosita va usullarni tanlash o‘qituvchining doimo
diqqat markazida bo‘lishi shart.
llar vositasida faollashtirishga erishish mumkin. Bu usullarning ba’zilari bilan
tanishtirib o‘tamiz: Butun sinfga taklif etilgan muayyan ijodiy ishda har bir
o‘quvchining iloji boricha mustaqil ishlash hissasini maksimal ta’minlash zarurdir. Bu
maqsadda o‘qitishning alohida va umumiy shakllarini optimal biriktirish usullari bilan
birga maxsus didaktik tarqatma materiallardan foydalanish zarurdir. Faoliyat
turlarining o‘rganilayotgan material bilan to‘g‘ri munosabatini ta’minlash kerak.
Dastur materiali asosida darsda zehnlilik, diqqat, tasavvur va shu kabilarni tekshirish
hamda shakllantirish maqsadida o‘ziga xos tanlovlar o‘tkazish zarur. Texnologiya
darslarining muhim xususiyati shundaki, bolalar mehnat va texnikaga oid bilim,
ko‘nikma va malakalarni xilma-xil amaliy ishlarni bajarish, o‘zlariga kerak bo‘lgan va
odatda ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lgan buyumlar yasash jarayonida
egallaydilar.
O‘qituvchi har qanday, hatto eng oddiy predmetni yasash jarayonida ham
o‘quvchilarga qiyin va texnik bilim hamda ko‘nikmalarning butun bir jamlamasini
berishni nazarda tutishi lozim.
I.Detallarni belgilash va tayyor mahsulot qilishga kirishishdan oldin bolalarga
narsalarni yasash yoki biror ishni bajarish bo‘yicha o‘z mehnat faoliyatlarini oldindan
rejalashtirishni o‘rgatish va singdirish lozim.
Bu: a) darsda hal etilishi lozim bo‘lgan vazifani va uning ahamiyatini yaxshi
tushunish;
b) ishning xarakterini, mahsulot konstruksiyasini — qism yoki detallar sonini,
ularni mahsulotga biriktirish usullarini, kerakli materiallar, o‘lchamlar, shakl, mahsulot
va detallar qismni aniq tasavvur qilish;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
363
2181-
3187
d) detallarni yasash va ularga ishlov berish usullari; o‘lchash va hisoblash,
materialda belgilash tartibi, ishlov berish, detallarni yig‘ish, yakuniy bezak berish va
ishni umumiy baholash tartibini aniqlash;
e) mehnatni qanday tashkil etishni, ish joyini tayyorlashni, ishni kichik jamoa
o‘rtasida taqsimlashni aniqlash demakdir. Oldindan rejalashtirish bosqichi mehnat
jarayonida bolalarning bilish faolliklarini rivojlantirish, ularning aqliy konstruktorlik
texnik ko‘nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish manbayiga aylanishi uchun juda
muhimdir. Oldindan rejalashtirish dasturning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Shunga ko‘ra mehnat darslari dasturiga bolalar izchil egallab olishlari uchun birinchi
sinfdan boshlab texnik chizmachilik elementlari, ya’ni „texnik fikr“ni oldindan albatta
grafik usulida tasvirlash, oddiy chizmalarni, rasmlarni o‘qiy bilish va ular asosida
narsani yasay bilish kiritilgandir. Ikkinchi sinfda chizmani qo‘llab mehnat
topshiriqlarini bajarish faqat predmetning real namunasi mavjud bo‘lgandagina emas,
balki u yo‘qligida, darslikdagi texnik rasm, fotosurat, shuningdek, tayyor chizma,
og‘zaki tasvir, berilgan texnik shartlar va o‘lchamlar yoki o‘quvchilarning fikri asosida
ham o‘tkaziladi.
Texnologiya darslarida bolalar detallarni belgilash bo‘yicha tayyor mahsulot
qilish, namuna, chizma, berilgan texnik shart va o‘lchamlar asosida to‘g‘ri hamda
aniqligini tekshirishni; detallarni bir-biri bilan va mustahkamlash usuli turlicha bo‘lgan
mahsulotda biriktirishni, tayyor mahsulotni bezashni mustaqil bajaradilar. Mehnat
faoliyatining barcha bosqichlarida ham bolalar oldiga ijodiy, hatto eng oddiy bo‘lsada,
xarakterli topshiriqlar qo‘yilishiga alohida e’tibor berish zarur. Ba’zi hollarda bu
mavjud tajriba, bilim, ko‘nikmalarni yangi sharoitlarda qo‘llashni talab qiluvchi
topshiriq bo‘lishi mumkin. Boshqa hollarda esa bolalarga ular uchun yangi, ilgarigi
tajribalarida uchramagan topshiriq, ya’ni predmet ayrim elementlarining yechimini
topishni talab etuvchi vazifa beriladi. Bolalarga oddiy konstruksiyaga ega bo‘lgan
predmetlarning texnik shartlarini tuzishni, o‘lchashlarini aniqlashni, chizma yoki
belgilarini bajarishni ham topshiriq qilib bersa bo‘ladi. O‘quvchilar ish joyini to‘g‘ri
tayyorlashlari va ish vaqtida uni tartibli saqlashlari; to‘g‘ri ish qomatini egallab, uni ish
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
364
2181-
3187
davomida saqlashlari; asboblar, detallarni tayyorlash va mustahkamlashda
ishlatiladigan materiallardan to‘g‘ri, tartibli, ehtiyotkorlik bilan foydalanish usullarini
egallashlari; materiallarni tejamkorlik bilan sarflab, shaxsiy gigiyena hamda xavfsizlik
texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak.
Texnologiya darslarida doiralarini kengaytirishda foydalanish zarur. Bu
bolalarni umumta’lim predmetlari darslarida egallagan bilim va ko‘nikmalarini mehnat
jarayonida qo‘llashga o‘rgatish; turli materiallarning xususiyatlari, ularning kelib
chiqishi, nimalarga mo‘ljallanganligi hayotda qo‘llanishi haqidagi bilimlarni
egallashlariga yordam berish; oddiy asboblarning ish usullari bilan tanishtirish;
mehnatda egallangan bilim, ko‘nikmalarni umumta’lim predmetlari darslarida
qo‘llashga o‘rgatish demakdir. Aytilganlar asosida texnik mehnat darslarini tashkil
etishning quyidagi taxminiy chizmasini taklif etish mumkin.
1. Bolalar oldiga mehnat topshirig‘ining mavzusi va maqsadini qo‘yish: a)
darslarda bajarish mo‘ljallangan predmet yoki ishlarning bolalar jamoasi hayotining u
yoki bu ehtiyojini qondirishdagi ahamiyatini ko‘rsatish; b) belgilangan ishni yaxshi
bajarish uchun qanday yangi bilim, ko‘nikmalarni egallash kerak bo‘lishini aytish.
2. Ish joyi qanday tayyorlanganligini, asbob-uskunalarni, materiallar, namunalar,
doskadagi chizmani, „Mehnat“ darsliklarini tekshirish, yaxshi va uyushqoqlik bilan
ishlash mumkin bo‘lgan ish joyi qoidalarini eslatish.
3. Bo‘lajak mehnat harakatlarini oldindan rejalashtirish: a) namuna qismlar,
detallar soni; kerakli materiallar; berilgan hajmlar; b) chizmani o‘qishga o‘tish;
chizmada tasvirlangan predmet va uning detallarini tushunish, barcha o‘lchamlar va
ishchi chiziqlar (ya’ni predmetni yasash uchun qanday harakatlar qilish, qanday
asboblardan foydalanish kerakligi)ni topish va o‘qish, mehnat harakatlarini birin-ketin
bajarish tartibini aniqlash.
4. Materialni namuna va chizma, berilgan va chizmadan topilgan o‘lchamlar
bo‘yicha belgilash (bolalar belgilashning tartibini bilishlari va uni doskada, belgilash
o‘qituvchi bilan bir vaqtda bajarishlari kerak).
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
365
2181-
3187
5. O‘lcham, chizma bo‘yicha bajarish ishlari. Detallarni tayyor mahsulot qilish va
tayyorlashda hamda barcha detallarni yig‘ishga tayyorlashda, detallarni mahsulotga
yig‘ishda, tayyor mahsulotga ishlov berish bilim, ko‘nikmalarini egallash.
6. Amalda sinash, xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash, ishni baholash.
7. Darsga yakun yasash. Yangi vazifalar berish.
Keltirilgan bu taxminiy chizmadan o‘qituvchi mazkur darsga
mo‘ljallangan aniq buyum yoki ishning xususiyatlarini nazarda tutib foydalanishi
mumkin. Tayyorlanadigan narsa bir, ikki va uch darsda bajarishga mo‘ljallanganligini
hisobga olish ham muhimdir. Tabiiyki, agarda u 2—3 soatga mo‘ljallangan bo‘lsa,
dastlabki darslarda oldindan rejalashtirishga aloqador harakatlar ustunlik qiladi.
Keyingi darslarda ishlov beruvchi jarayonlar, o‘lcham, chizma, bezash va baholash
ishlariga ko‘proq vaqt sarflanadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ishni aytaylik, ikki-uch
darsning birinchisida bolalar faqat chizish, oldindan rejalashtirish, ikkinchi darsda qo‘l
bilan ishlash, uchinchi darsda bezash bilan shug‘ullanish tartibida taqsimlash mumkin
emas. Ishni shunday taqsimlash kerakki, bolalar o‘lcham, chizma ishlarini bajarib
bo‘lishlari bilanoq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri «qo‘l bilan ishlashga» o‘tsinlar.
Texnologiya darslariga qo‘yiladigan umumiy talablar: Dars mazmuni
o‘quvchilarning yosh, qobiliyat va qiziqishlariga mos bo‘lishi; nazariya va amaliyot
uyg‘unligi ta’minlanishi; mehnat xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi; didaktik
tamoyillarga rioya qilinishi; mehnat madaniyati va tartib-intizom rivojlantirilishi.
Boshlang‘ich sinflarda texnologiya darslari o‘quvchilarda oddiy mehnat
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratiladi. Mashg‘ulot yo‘nalishlari: qog‘oz va karton
bilan ishlash, plastilin va loy bilan ishlash, mozaika va rangli qog‘oz ishlari, qisqa iplar
bilan oddiy to‘qish. O‘rta sinflarda texnologiya darslari mustaqil ishlash
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Mashg‘ulot yo‘nalishlari: yog‘ochga ishlov berish,
matodan buyum tayyorlash, elektr texnologiyasi bo‘yicha boshlang‘ich ishlar, uy-
ro‘zg‘or ishlarini tashkil etish. Yuqori sinflarda texnologiya darslari kasbga
yo‘naltirishga qaratiladi. Mashg‘ulot yo‘nalishlari: yog‘och va metall bilan ishlashning
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
366
2181-
3187
murakkab turlari, elektronika asoslari, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, rivojlangan
tikuvchilik ishlari, loyiha ishlari.
Texnologiya darslarining samaradorlik shartlari: o‘quvchilar mustaqil va
guruh bo‘lib ishlashi, mehnat madaniyati shakllanishi, texnikaga oid bilimlar
o‘zlashtirilishi, zamonaviy metodlardan foydalanilishi, o‘quvchilarning ish natijalari
baholanib, tahlil qilinishi.
Xulosa Demak , Texnologiya darslarini samarali tashkil etish o‘quvchilarda
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, ijodkorlik va
mustaqillikni rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘qituvchi har bir darsni puxta
rejalashtirishi, didaktik tamoyillarga rioya qilishi va zamonaviy pedagogik
yondashuvlarni tatbiq etishi dars samaradorligini oshiradi. Texnologiya darslari
o‘quvchilarning mehnatga bo‘lgan munosabatini shakllantirib, ularni kelajakdagi faol
hayotga tayyorlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
„Ta’lim to‘g‘risidagi qonun“. T.: Sharq, 1997.
2.
Kadrlash tayyorlash Milliy dasturi. — T.: Sharq, 1997.
3.
R.A. Mavlonova, Taroxova, O.Ogluzdina „Mehnat ta’lim metodiaksi“ T.:
„O‘qituvchi“, 1986
4.
R. A. Mavlonova, O.T. To‘rayeva, K. Xoliqberdiyev. „Pedagogika”. T.:
„O‘qituvchi“, 2008.
5.
Y. Rasulova, O.Nurmatova. Pedagogika fanidan qo‘llanma. „Voris“. Nashriyot:
T.: 2002
6.
Y. Rasulova. „Didaktika“ T.: 2002
7.
X.R Sanakulov, M.Xaydarov. Boshlang‘ich sinflarda qog‘ozdan amaliy ishlar
– T.: 1996.
8.
R.A.Mavlonova, X.R.Sanakulov, D.P.Xodiyeva. „Mehnat va uni o‘qitish
metodiaksi”. — T.: Nizomiy TDPU, 2007.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
367
2181-
3187
9.
A. Pereverten. O‘quvchilardan ijodkorlikni shakllantirish. — T. „O‘qituvchi“,
1992.
10.
Mavlonova R.A., Satbayeva M.T. Mehnat o‘qitish metodikasi. Toshkent:
Noshir, 2013.
11.
Qodirov A. va boshqalar. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Toshkent,
2019.
12.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi texnologiya fanlari bo‘yicha
davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari.