ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
307
2181-
3187
TARMOQ HUJUMLARIDAN HIMOYALANISHNING ZAMONAVIY
TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Samatov Boburmirzo Xamidillo o‘g‘li
Andijon davlat universiteti
Axborot texnologiyalari o‘qituvchisi
Sharobidinov Qudratillo Kamoldin o‘g‘li
Andijon davlat universiteti Axborot
havfsizligi yo’nalishi1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada tashkilot tarmog‘ini internetdan himoya
qilishning muhim vositasi — tarmoqlararo ekran (firewall) tushunchasi va uning asosiy
funksiyalari yoritilgan. Tarmoqlararo ekran ma’lumotlarga markazlashtirilgan
boshqaruvni ta’minlab, ruxsatsiz trafiklarni bloklaydi, ichki tizimlarni himoya qiladi
hamda trafikni tahlil qiladi. TCP/IP protokolining zaif tomonlari va elektron pochta
orqali xaker hujumlari xavfi ham muhokama qilingan. Amaliy darajadagi shlyuzlar va
ularning xavfsizlikni oshirishdagi roli ko‘rsatilib, System Security Scanner (SSS)
dasturi orqali Unix tizimidagi xavflarni aniqlash imkoniyatlari sanab o‘tilgan.
Shuningdek, shifrlash algoritmlari, raqamli sertifikatlar, trafik tahlili va monitoring
vositalari haqida keng qamrovli tushunchalar berilgan. Material axborot xavfsizligini
ta'minlashda qo‘llaniladigan texnik, tashkiliy va huquqiy choralar bilan tanishtiradi
hamda O‘zbekiston Respublikasidagi monitoring institutlari faoliyati haqida ham
ma’lumot beradi. Ushbu ma’lumotlar kiberxavfsizlik sohasida tahdidlarni aniqlash va
ularga qarshi samarali choralar ko‘rishda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
Firewall, Brandmauer, TCP/IP, SMTP, System Security Scanner
(SSS), oimmetrik shifrlash, oqimli shifrlash, ochiq kalit, tarmoq monitoring, axborot
xavfsizligi, foydalanuvchi autentifikatsiyasi, ma’lumotni shifrlab uzatish, axborot
topologiyasi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
308
2181-
3187
Tarmoqlararo ekran
ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning
axborot zaxiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va
Internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi.
Тarmoqlararo ekranning asosiy funksiyasi ma’lumotlarga egalik qilishni
markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat.
Тarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi:
−
o‘rinsiz trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini taqiqlash;
−
qabul qilingan trafikni ichki tizimlarga yo‘naltirish;
−
ichki tizimning zaif qismlarini yashirish bilan Internet tomonidan
uyushtiriladigan hujumlardan himoyalash;
−
barcha trafiklarni bayonlashtirish;
−
ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq topologiyasini, tizim nomlarini, tarmoq
uskunalarini va foydalanuvchilarning identifikatorlarini Internetdan yashirish;
−
ishonchli autentifikatsiyani ta’minlash.
Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki
Fire Wall deb yuritilgan. Umuman bularning hammasi yagona tushunchadir.
ТCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) Internetning
global tarmog‘ida kommunikatsiyani ta’minlaydi va tarmoqlarda ommaviy ravishda
qo‘llaniladi, lekin ular ham himoyani yetarlicha ta’minlay olmaydi, chunki ТCP/IP
paketining boshida xaker hujumi uchun qulay ma’lumot ko‘rsatiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
309
2181-
3187
Internet
Tarmoqlararo
ekran
Marshrutizator
Ishchi stansiyalar
1-rasm. Tarmoqlararo ekranlarning ulanish sxemasi
Internetda elektron pochtani jo‘natishni oddiy protokol — pochta transport
xizmati amalga oshirad (SMТP — Simple Mail Transfer Protocol). Bu protokolda
mavjud bo‘lgan himoyalashning muhim muammolaridan biri — foydalanuvchi
jo‘natuvchining manzilini ko‘ra olmasligidir. Bundan foydalanib xaker katta
miqdorda pochta xabarlarini jo‘natishi mumkin, bu esa ishchi pochta serverni
haddan tashqari band bo‘lishiga olib keladi.
Тarmoq servislariga kirish siyosati, odatda, quyidagi prinsiplarga moyil bo‘ladi:
−
Internetdan ichki tarmoqqa kirishni taqiqlash, lekin ichki tarmoqdan
Internetga kirishga ruxsat berish;
−
vakolatlangan tizimlarga Internet dan ichki tarmoqqa cheklanilgan kirishga
ruxsat berish.
Amaliy darajadaga shlyuzlar
mijoz va tashqi xost-kompyuter bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydi. Shlyuz keladigan va
jo‘natiladigan paketlarni amaliy darajada filtrlaydi.
Server-dallollar shlyuz orqali aniq server tomonidan ishlab chiqilgan
ma’lumotlarni qaytadan yo‘naltiradi.
Amaliy darajadagi shlyuzlar nafaqat paketlarni filtrlash, balki serverning
barcha ishlarini qayd qilish va tarmoq administratorini noxush ishlardan xabar qilish
imkoniyatiga ham ega.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
310
2181-
3187
Amaliy darajadaga shlyuzlarning afzalliklari quyidagilardan iborat:
−
global tarmoq tomonidan ichki tarmoq tarkibi ko‘rinmaydi;
−
ishonchli autentifikatsiya va qayd qilish;
−
filtrlash qoidalarining yengilligi;
−
ko‘p tamoyilli nazoratlarni amalga oshirish mumkinligi.
SSS (System Security Scanner) dasturi.
Ushbu dastur Unix operatsion tizimi
o‘rnatilgan kompyuterlarda xavfsizlik holatini tekshirish va operatsion tizimning
tashqi hamda ichki zaif qismlarini aniqlashga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari u
kirish huquqlarini, fayllarga egalik qilish huquqlarini, tarmoq zaxiralarini
konfiguratsiyalashni, autentifikatsiyalash dasturlarini va boshqalarni tekshirishi
mumkin.
Dasturning quyidagi imkoniyatlari mavjud:
−
konfiguratsiyani tekshirish, ya’ni ruxsatsiz kirishlarning oldini olish maqsadida
konfiguratsiyani tekshirish. Bunga quyidagilar kiradi: konfiguratsiya
fayllari, operatsion tizim versiyasi, kirish huquqlari, foydalanuvchilarning
zaxiralari, parollar;
−
tizimdagi xavfli o‘zgarishlarni tekshirish. Ruxsatsiz kirishlar oqibatida tizimda
sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni qidirishda qo‘llaniladi. Bunday o‘zgarishlarga
quyidagilar kiradi: fayllar egallagan xotira hajmining o‘zgarishi,
ma’lumotlarga kirish huquqi yoki fayldagi ma’lumotlarning o‘zgarishi,
foydalanuvchilarning zaxiralarga kirish parametrlarining o‘zgarishi, fayllarni
ruxsatsiz boshqa bir tashqi kompyuterlarga uzatishlar;
−
foydalanuvchi interfeysining qulayligi. Bu interfeys yordamida nafaqat
dastur bilan qulay ishlash ta’minlanadi, balki bajarilgan ishlar bo‘yicha
hisobotlar ham yaratiladi;
−
masofadan skanerlash. Тarmoqdagi kompyuterlarni tekshirish va aloqa
jarayonida ma’lumotlarni shifrlash imkoniyati ta’minlanadi;
−
hisobotlar tuzish. Bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘liq hisobotlar yaratiladi.
Ushbu hisobotlarda tizimning aniqlangan zaif bo‘g‘inlarining izohi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
311
2181-
3187
keltiriladi va ularni tuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Hisobot HТML
yoki oddiy matn ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchi
Ma’lumotlar
bazasi serveri
Ochiq matn
Deshifrator
Ochiq matn
Shifrator
Shifr matn
2-rasm. Ma’lumotni shifrlab uzatish sxemasi
Shifrlash.
Axborotdagi belgilarni ma’lum bir matematik amallar va usullar
yordamida qayta akslantirish shifrlash jarayoni hisoblanadi. Axborotlarni shifrlashda
asosan simmetrik blokli shifrlash algoritmlari qo’llaniladi. Uzluksiz ma’lumotlar
uchun esa, oqimli shifrlash algoritmlari qo’llanilishi mumkin. 2.9-rasmda
ma’lumotlarni shifrlash sxemasi keltirilgan.
Sertifikatlarni o’rnatish.
Raqamli sertifikatlar ishlatilganida kompyuter tarmog’i
foydalanuvchilari xususidagihyech qanday axborotni saqlamaydi. Bunday axborotni
foydalanuvchilarning o’zi so’rov-sertifikatlarida taqdim etadilar. Bunda maxfiy
axborotni, xususan maxfiy kalitlarni saqlash vazifasi foydalanuvchilarning o’ziga
yuklanadi.Foydalanuvchi shaxsini tasdiqlovchi raqamli sertifikatlar foydalanuvchilar
so’rovi bo’yicha maxsus vakholatli tashkilot-sertifikasiya markazi CA tomonidan,
ma’lum shartlar bajarilganida beriladi. Ta’kidlash lozimki, sertifikat olish
muolajasining o’zi xam foydalanuvchining haqiqiyligini tekshirish bosqichini o’z
ichiga oladi. Bunda tekshiruvchi taraf sertifikasiyalovchi tashkilot bo’ladi. Sertifikat
olish uchun mijoz sertifikasiya markaziga shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotni va ochiq
kalitini taqdim etishi lozim.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
312
2181-
3187
Domen nazoratchisi
Sertifikat № 1
Sertifikat № 2
3-rasm. Sertifikatlarni qo’llash sxemasi
Ochiq kalitlarning sertifikatlar bilan uzviy bog’liqligini alohida ta’kidlash lozim.
Sertifikat nafaqat shaxsni, balki ochiq kalit mansubligini tasdiqlovchi xujjatdir.
Raqamli sertifikat ochiq kalit va uning egasi o’rtasidagi moslikni o’rnatadi va
kafolatlaydi. Bu ochiq kalitni almashtirish xavfini bartaraf etadi.
Trafikni tahlillash.
Tarmoqlarni tahlillash dasturlari va qurilmalari tarmoqni
berilgan qonun-qoidalar asosida tahlillashga bag’ishlangandir. U o’rnatilgan tarmoqda
qanday axborotlar kirib kelgani va chiqib ketganini paketlar asosida tahlildan
o’tkazadi. Agar begona paket aniqlansa, unda u haqida ma’murga xabar beradi.
Oqimlarni boshqarish
Trafikni tahlillash
qurilmasi
Hisobotlarni saqlash
Tarmoq
Marshrutizatorlar
Ma’lumotlarni
boshqarish
4-rasm. Tarmoq trafigini tahlillash
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
313
2181-
3187
Monitoring
. Ma’lumki, axborot-kommunikasiya tizimlari har xil texnologik
jarayonlarni yoki uning qismini amalga oshiradi. Ravshanki, axborot oqimlari
harakatidagi har qanday yanglishish yoki ulardan foydalanish qoidalarining buzilishi
ishdagi muammolarga va qo’shimcha harajatlarga yoki foydaning boy berilishiga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun, har qanday bank AXT xavfsizlik bo’limiga kuchli
etibor beradi.
Oʻzbekistonda Respublika Oliy Majlisi huzurida maxsus Amaldagi qonun
hujjatlari monitoringi instituti faoliyat koʻrsatadi. Keyingi vaqtda ommaviy axborot
vositalari M.i ham tashkil qilindi. Bu ishni Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi
tarkibida tuzilgan (2002 yil 3 iyul) Ommaviy axborot vositalari monitoringi va ularni
litsenziyalash markazi amalga oshiradi.
Monitoring
dispetcheri
Monitoring
qurilmasi
Ishchi
stansiyalar
Ishchi
stansiyalar
Ishchi
stansiyalar
Internet
Tarmoqlararo
ekran
Tarmoqlararo
ekran
Tarmoqlararo
ekran
Tarmoqlararo
ekran
Ishchi
stansiyalar
5-rasm. Tarmoq monitoringini amalga oshirish
Internet tarmog’i orqali umumiy kanal hosil qilingan bir nechta local
tarmoqlarning aynan bittasida monitoring qurilmasi o’rnatilgan va u monitoring
dispetcheri yordamida boshqarilib turadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
314
2181-
3187
Identifikatsiya
.Identifikatsiya
foydalanuvchilarni
tanib
olish
jarayoni
hisoblanadi. Tizimga ulangan foydalanuvchi o’zining nomi, mahfiy so’zi, ID va smart
kartalari hattoki, biometrik parametrlari: ko’z, yuz, barmoq izi, ko’z qorachig’i, DNK,
ovoz va boshqalari orqali identifikatsiyalanishi mumkin.
Tizim tomonidan tanib olingan foydalanuvchining haqiqiyligini tekshirish
muammosi yuzaga kelsa, autentifikatsiya yordamida amalga oshiriladi.
Autentifikatsiya
.Tanib olingan foydalanuvchini haqiqiyligini tekshirishda
autentifikatsiyalash usullaridan foydalaniladi. Autentifikatsiyalash usulining ham
identifikatsiyalash kabi, mahfiy so’zi, ID va smart kartalari hattoki, biometrik
parametrlari: ko’z, yuz, barmoq izi, ko’z qorachig’i, DNK, ovoz asosida kabi usullari
mavjud. Foydalanuvchi tanib olinadi va bazada mavjudligi tekshiriladi. Agar tanib
olingan foydalanuvchining autentifikatori uning identifikatoriga mos bo’lsa, demak,
foydalanuvchi haqiqiy hisoblanadi.
M
a’
lu
m
to
la
r
b
az
as
i
U == U’
Foydalanuvchini
tanib olish
ma’lumotlari
Autentifikatsiya
ma’lumotini
kiritish
Ha
Yo’q
6-rasm. Autentifikatiya jarayonini amalga oshirish
Avtorizatsiy
. Kompyutyer tizimlari, ma’lumotlar bazasi va serverdan
foydalanishda foydalanuvchilar guruhi yoki aynan bitta odamga o’zining huquqi
doirasida amallar bajarish avtorizatsiya orqali amalga oshiriladi. Yoki tizimdan
foydalanish huquqi faqatgina avtorizatsiyalangan foydalanuvchilarga taqdim etiladi.
Avtorizatsiyalash yuqorida aytib o’tilganidek, ma’lumotlar bazasining
himoyalash
modellari:
rolli,
mandatli,
diskretsion,
Pell-La-Padula
yoki
mujassamlashgan modellar asosida amalga oshiriladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
315
2181-
3187
Avtorizatsiyalash samaradorligini oshirish maqsadida qo’shimcha ravishda
kontekst, panjara va o’zgaruvchilar asosida ruhsatlarni nazoratlash modellari ham keng
qo’llaniladi.
Ma’murlash
. Tizim yoki tarmoqni xavfsizlik nuqtai nazaridan boshqarish va uni
nazoratlash ma’murlash yordamida amalga oshiriladi. Ko’pchilik adabiyotlarda ushbu
vazifalarni admin amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasidan kelib chiqib turli turdagi
adminlar farqlanadi.
Foydalanuvchining tarmoqdagi xarakatini, shu jumladan, uning rеsurslardan
foydalanishga urinishini qayd etish. Ushbu xisobot axboroti xavfsizlik nuqtai
nazaridan tarmoqdagi xavfsizlik xodisalarini oshkor qilish, taxlillash va ularga mos
rеaktsiya ko’rsatish uchun juda muximdir.
Ma’murlash (Adminlar)
Hisobotlar (hisobchilar)
Hodimlar ma’lumotlari
Lokal tarmoq
Shlyuz
7-rasm. Tizimni boshqarish adminlari
Hujumlar tasnifini hujumlar ro’yxati yoki hujumlar matritsasi yordamida amalga
oshirish mumkin. Bu usullarning har biri matritsa yoki ro’yhat elementini aniqlashni
ko’zda tutadi. Bu ayrim hujumlar uchun maqbul taksonomiyaning olti hususiyatini
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
316
2181-
3187
qanoatlantiruvchi tavfsifning mavjud emasligiga olib kelishi mumkin, bu esa o’z
navbatida hujumning noto’g’ri tasniflanishiga olib kelishi mumkin. Bu holda, maxsus
tavsifni yoki ba’zi bir umumiy hujum guruhini, masalan, "tasniflanmagan hollar"
hujumlari guruhini ishlatish mumkin.
Himoyalanishni taxlillash.
Himoyalanishni taxlillash vositalari zaifliklarni
topib va o’z vaqtida yo’q qilib xujumni amalga oshirish imkoniyatini bartaraf qiladi.
Natijada, himoyalash vositalarini ishlatilishiga bo’ladigan barcha sarfharajatlar
kamayadi.
Himoyalanishni taxlillash vositalari tarmoq sathida, operaqion tizim sathida va
ilovalar sathida ishlashi mumkin. Ular tekshirishlar so nini borabora ko’paytirish,
axborot tizimiga "ichkarilab borish" va uning barcha sathlarini tadqiqlash orqali
zaifliklarni qidirishi mumkin.
Boshqarish
moduli
Skanerlash
jarayoni
Javoblarni
ishlash jarayoni
Hisobotlarni
generatsiyalash
Natija
Internet skanner
Skanerlanadigan
uzellar
8-rasm. Internet Scanner tizimi misolida himoyalanganlikni tahlillash sxemasi
Viruslardan himoyalash.
Yaxshi ishlab chiqilgan zararkunanda dasturni tahlil
qilish uchun birinchi qadam bu bir qancha antivirus dasturiy vositalaridan foydalanish
kerak bo’ladi, lekin antivirus oeratsion tizimda bo’lsa bu zararkunanda dasturni
avtomatik tarzda ko’rib chiqqan bo’ladi. Lekin shuni aytish lozimki, antivirus dasturiy
vositalari zararkunanda dasturlarni topishda ideal dastur hisoblanmaydi. Antiviruslar
ma’lum shubhali kodlarni shuningdek, gumon qilinuvchi fayllarni aniqlashda evristik
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
317
2181-
3187
tahlil qiladi va o’zining bazasidan shubhali kodning qismalarini identifikatsiyalashga
tayanadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, eng qulay detektorlar bir emas, koplab keng tarqalgan
viruslarni "ushlaydi". Dastur-fayllar zararlangan dasturlarni tiklashni ta'minlaydi. Ish
jarayonida faga virus tanasini "tishlaydi" va virus o'zgartirib yuborgan buyruqlar
ketma-ketligini tiklaydi. Biz tilga olayotgan kompyuter viruslari fagasi hozirda
yaratilib bo'lingan. Hozir turli fagalarni yig'ish bilan odamlar band bo'lishmoqda. Bu,
bizningcha, noto'g'ri. Asosiy e'tiborni zararlanishning oldini olishga qaratish lozim. "1
gramm profilaktika 1 kilogramm davolashga teng" maqoli naqadar to'g'ri.
Antivirus himoya vositalarining dasturlar majmuasi
Markazlashgan boshqarishning dasturiy vositasi
Tekshirish
Antivirus monitori
Antivirus yadrosi
Antivirus skaneri
Signatura bazasi
Evristik hususiyatlar bazasi
Signatura bazasini to’plash
vositasi
Evristik hususiyatlar
bazasini to’plash vositasi
9-rasm. Antivirus himoya vositalarining dasturlar majmuasi
Ma’lumotlar bazasining serverini himoyalashning usullari juda ko’p va turli
bo’lib, ularni bir hususiyat bo’yicha tahlillash murakkab jarayondir. Chunki, har bir
usulning o’z vazifasi mavjud. Quyidagi jadvalda himoyalash usullarining vazifalari
keltirilgan.
1-jadval. Ma’lumotlar bazasi serverini himoyalash vositalarining tavsifi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
318
2181-
3187
Himoyalash
usuli
Vazifasi
Shifrlash
Ochiq tarmoqda ma’lumotni qayta akslantirish usullari
yordamida ma’nosini o’zgartirish
Sertifikat
Tarmoqqa masofaviy foydalanuvchi yoki xizmatni tanib olish
Trafikni
tahlillash
Tarmoqda axborotlar paket ko’rinishida jo’natilib, ularning turi,
ya’ni zararli yoki zararsiz va shu tarmoqqa tegishli ekanligini
aniqlaydi
Monitoring
Oldindan berilgan qonun-qoidalar asosida tarmoqni kuzatib
turadi
Identifikatsiya
Tarmoqqa ulangan foydalanuvchini yozib boradi
Autentifikatsiya
Ruhsatsizn
ulanishlarni
oldini
olish
maqsadida,
foydalanuvchilarni tanib oladi
Avtorizatsiya
Autentifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchining aynan qaysi
ma’lumotlar bazasiga ruhsati borligini aniqlab beradi
Ma’murlash
Server va ma’lumotlar bazasiga ulanishlarni boshqarib boradi
IDS/IPS
Ruhsatsiz harakatlarni aniqlash va bartaraf etish
Himoyalanishni
tahlillash
Tizimning himoyalanganlik darajasini tahlillaydi
Viruslardan
himoyalash
Viruslarni aniqlaydi va ularni bartaraf etadi. Asosan
antiviruslardan foydalaniladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1.
“Davlat sirlarini saqlash to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining qonuni.
1993 yil, 7 may.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–7_ июня–2025
319
2181-
3187
2.
“Elektron raqamli imzo to'g'risida” gi O'zbekiston Respublikasining qonuni.
2003 yil, 11 dekabr.
3.
“Elektron hujjat aylanishi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining
qonuni. 2004 yil, 29 aprel.
4.
Akbarov D. E. “Axborot xavfsizligini ta'minlashning kriptografik usullari va
ularning qo'llanilishi” – Toshkent, 2008 – 394 bet.
5.
Ganiev S.K., Karimov M.M., Toshev K.A. Axborot xavfsizligi. 2008.
6.
Information security, Principles and Practice. Mark Stamp. John Wiley & Sons,
Inc, 2011.
7.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
farmoni.
O’zbekiston
Respublikasini yanda rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida. 2017
yil.
8.
Newman P. ATM technology for corporate networks //IEEE Communications
Magazine. – 1992. – Т. 30. – №. 4. – С. 90-101.
9.
Ersoy C., Panwar S. S. Topological design of interconnected LAN/MAN
networks //IEEE Journal on Selected Areas in Communications. – 1993. – Т. 11. – №.
8. – С. 1172-1182.
Internet manbalari:
1.
HardTek.ru
2.
lifewire.ru
3.
fayllar.org
4.
iu.edu
5.
compress.ru
6.
computermaster.ru