Авторы

  • Bosimova Noila Ma‘rifjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124438

Ключевые слова:

Ginekologiya operatsiya sterilizator fiksatsiya scalpel qon quyish

Аннотация

 Hozirgi kunda  ginekologiya yo’nalishida  davolashning jarrohlik usullari keng qo‘llaniladi.Ushbu maqolada ginekologik bemorlarni operativ davolash bo’yicha kerakli maslahatlar berilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

134

2181-

3187

BALOG‘AT YOSHODAGI QIZLARDA GINEKOLOGIK OPERATIV

DAVOLASH

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti

1-sonli Akusherlik va ginekologiya

kafedrasi 1-kurs klinik ordinatori

Bosimova Noila Ma‘rifjon qizi

Annotatsiya:

Hozirgi kunda ginekologiya yo’nalishida davolashning jarrohlik

usullari keng qo‘llaniladi.Ushbu maqolada ginekologik bemorlarni operativ davolash

bo’yicha kerakli maslahatlar berilgan.

Kalit so’zlar:

Ginekologiya, operatsiya, sterilizator, fiksatsiya, scalpel, qon

quyish,

Operatsiya qilish uchun tegishli sharoit yaratishda o‘rta tibbiyot xodimlari

faolqatnashadi. Operatsiya xonasini, asboblarni tayyorlashga rahbarlik qilish,

operatsiya xonasini steril choyshablar, salfetkalar, kiyim-kechak, bog‘lov materiallari

bilan, narkoz hamda boshqa turdagi og‘riqsizlantirish uchun zarur narsalar bilan

ta’minlash operatsiya hamshirasining burchidir. Operatsiya xonasida konditsion havo

bo‘lmasa, bu xona yaxshilab shamollatilishi va devorlari vaqt-vaqtida (haftada kamida

bir marta) yuvib turilishi lozim. Operatsiya xonasining poli har bir operatsiya kunidan

keyin yuvilishi lozim. Operatsiya xonasidagi temperatura 20—25°C atrofida bo‘lishi

zarur.

Operatsiyadan oldin operatsiya stolini grelkalar bilan isitish kerak. Asboblar

maxsus sterilizatorlarda soda qo‘shib qaynatib, sterillanadi (asboblar zanglamasligi

uchun 1 % li soda qo‘shiladi). Asboblar kamida 20 minut qaynatilishi lozim.

Sterilizatorga asboblar suv qaynab chiqishi bilan solinadi. Qaynatilgan asboblarni

orastabonlar operatsiya hamshirasi stoliga keltirib qo‘yadi, operatsiya hamshirasi esa

bu asboblarni tegishlicha tartib bilan joylashtiradi va operatsiya boshlanguncha steril

choyshab bilan yopib qo‘yadi. Operatsiya vaqtida asbob tushib kesa yoki shu maqsad

uchun qo‘yilgan tog‘oraga ataylab tashlansa, o‘sha asbob cho‘tka bilan sovunlab


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

135

2181-

3187

yuvilishi va undan keyin qaynatilishi lozim. O‘tkir asboblar va ignalar qaynatilganda

o‘tmaslashib qolmasligi uchun dokaga o‘rab qaynatiladi. Skalpellar qaynatilgandan

keyin operatsiya vaqtida spirtda saqlanadi.

Operatsion hamshira qo‘l yuvishga ishlatadigan cho‘tkalar ham qaynatilib, toza

tutilishiga qarab turadi. Qo‘l Spaso-Kukoskiy usulida yuvilsa, shu maqsad uchun

ishlatiladigan tog‘oralar ham spirt yoqib kuydirilishi kerak. Choyshab, kiyim-kechak,

bog‘lov materiali va rezina qo‘lqoplar avtoklavda umumiy jarrohlik qoidalariga

muvofiq sterilizatsiya qilinadi. Choklash uchun ishlatiladigan ipak va ketgut xirurgiya

darsliklarida beriladigan maxsus retseptlarga muvofiq sterilizatsiya

qilinadi. Operatsiya hamshirasi zarur asboblar haqidagi masalani jarroh bilan

kelishib oladi.

Operatsiya vaqtida hamshira operatsiyaning qanday borishini kuzatib turishi

kerak. Tajribali hamshira operatsiyaning borishini kuzatib turar ekan, odatda,

jarrohning aytishini kutib turmasdan zarur asboblarni, choklash uchun

ishlatiladigan

ipak va ketgutni uzatib turadi. Qorin devorini kesib qilinadigan operatsiyalarda

jarroh odatda bemorning chap tomonida turadi, birinchi assistent uning qarshisida,

ikkinchi assistent esa bemorning oyoq tomonida turadi. Qin operatsiyalarida jarroh

vintli stulda o‘tiradi, yordamchilari esa ikki yon tomondan joy olishadi.

Yordamchilardan biri odatda qin ko‘zgulari va ko‘targichlarni ushlab turadi, ikkinchisi

esa jarrohning ko‘rsatmalariga muvofiq unga yordamlashadi. Zarur asboblar, ipak va

ketgutni operatsiya hamshirasi pastak stolchaga qo‘yadi. Bu stolcha odatda operatsiya

jarrohining o‘ng tomonida turadi. Jarroh zarur asboblarni o‘ng tomondan o‘zi bemalol

olib turadi.

Bemorni operatsiyaga tayyorlash

.

Operatsiya qilinadigan bemorlar oldindan tayyorlanishi lozim. Avval bemorning

operatsiyadan qo‘rqishini bartaraf qilish, operatsiyaning yomon natija bilan tugashi

haqidagi fikrlarini va boshqa noto‘g‘ri tasavvurlarini yengish uchun ularning

psixikasiga ta’sir etish, dalda berish kerak.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

136

2181-

3187

Operatsiyaning

eson-omon

o‘tishiga, operatsiya og‘riqsiz bo‘-lishiga,

operatsiyadan keyingi davr ham og‘riqsiz va bexatar o‘tishi uchun operatsiyadan keyin

tegishli choralar ko‘rilishiga bemorni ishontirish uchun hamma chorani ko‘rish zarur.

Shuni nazarda tutib, bo‘limda shunga o‘xshash operatsiyalardan sog‘ayayotgan

bemorlar haqida so‘zlab berish kerak.

Operatsiyaga tayyorlanayotgan bemorga qo‘l-oyoqni fiksatsiya qilish (bog‘lab

qo‘yish) kabi tadbirlarning mohiyatini tushuntirish zarur.

Bemor steril choyshab, kiyim-kechakka va operatsiya maydoni sohasiga

qo‘llarini tasodifan tekkizib, infeksiya yuqtirmasligi uchun qo‘l-oyog‘i bog‘lab

qo‘yiladi. Bundan tashqari, har bir ginekolog operatsiyadan oldin bemorni maxsus

tayyorlashi kerak. Avvalo, badanning umumiy tozaligiga ahamiyat berish zarur,

buning uchun operatsiyadan bir kun oldin bemor vannaga tushib, butun badanini

sovunlab yuvadi, vannadan keyin toza kiyim-kechak kiygiziladi. Badanni teng baravar

spirt qo‘shilgan suv bilan artib tozalash ham mumkin. Ayol infeksion kasallikdan keyin

ozib ketgan, kamqon yoki bequvvat bo‘lsa, operatsiyagacha uning umumiy ahvolini

yaxshilashga alohida e’tibor berish (yotqizib qo‘yish, oqsil va vitaminlarga boy

ovqatlar bilan yaxshi boqish, qon quyish) kerak. Rejali operatsiyadan ilgari

bemorni

terapevtga ko‘rsatish zarur. Bemorning ichagi operatsiyaga tayyorlanishi lozim.

Shu

maqsadda operatsiya arafasida bemorga yengil ovqat (suxari bilan bulyon va

kisel)

beriladi, kechqurun esa suxari bilan bir piyola shirin choy ichiriladi. Ba’zi

shifokorlar operatsiya kuni ertalab ham shirin choy berishni tavsiya etadilar, lekin bu

choy operatsiyadan kamida 2 soat ilgari ichiriladi. Ichakni yoki oraliqni operatsiya

qilishga to‘g‘ri kelsa (plastik operatsiyalarda), ayniqsa, oraliq uchinchi darajali

yirtilgan bo‘lsa, operatsiyaga ikki kun qolganda ich tozalanadi; bemorga yengil ovqat

beriladi, surgi va huqna qilinadi. Hayz qoni kelayotganligi, odatda, ginekologik

operatsiyalar qilishga yo‘l qo‘ymaydi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–3_ июня–2025

137

2181-

3187

Qin operatsiyalarida hayz qoni operatsiya jarohatini doim ho‘l qilib turishiga yo‘l

qo‘ymaslik uchun hayz qoni to‘xtagandan keyin operatsiya qilgan yaxshi.

Xulosa:

Qin operatsiyalarida qin florasining tozalik darajasiga e’tibor beriladi,

uchinchi va to‘rtinchi darajalar operatsiyaga monelik qiladi va oldindan tayyorgarlik

ko‘rishni talab etadi, buning uchun operatsiyaga bir necha kun qolganda qin vodorod

peroksid va kaliy yodid eritmasi bilan tozalanadi, shuningdek, dezinfeksiyalovchi

eritmalar bilan chayish buyuriladi. Operatsiya kuni bemorning qovi va tashqi jinsiy

a’zolaridagi juni takror qiriladi. Tashqi jinsiy a’zolar, sonning yondosh yuzalari va qin

dizeritma bilan chayiladi (yuviladi). Siydik pufagi (qovuq) kateter bilan bo‘shatiladi,

bemorning oyoqlariga steril paypoq kiygiziladi, qoviga choyshab solinadi, orqa

chiqaruv teshigi sochiqqa o‘ralgan kleyonka bilan yopiladi, bu sochiq ikkala tomondan

son terisniga qisqich bilan yopishtiriladi, o‘rtasidan esa oraliq terisiga ipak chok bilan

mahkamlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Allayorov Ya.N., Yusupova D.O‘., Asqarova F.Q. “Akusherlikda amaliy

ko‘nikma va muolajalar”, Samarqand, 2007.

2. Allayorov Ya.N. “Akusherlik” “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat

ilmiy nashriyoti, T., 2011.

3. Allayorov Ya.N., Tosheva D.G., Yusupova D.O‘. “Onalikda hamshiralik

parvarishi”, “Voris” nashriyoti, T., 2012

Библиографические ссылки

Allayorov Ya.N., Yusupova D.O‘., Asqarova F.Q. “Akusherlikda amaliy

ko‘nikma va muolajalar”, Samarqand, 2007.

Allayorov Ya.N. “Akusherlik” “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat

ilmiy nashriyoti, T., 2011.

Allayorov Ya.N., Tosheva D.G., Yusupova D.O‘. “Onalikda hamshiralik

parvarishi”, “Voris” nashriyoti, T., 2012

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)