ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
420
2181-
3187
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AYOLLAR MEHNAT
FAOLIYATINI MUHOFAZA QILISHNING AHAMIYATI VA ULARGA
YARATILAYOTGAN SHART-SHAROITLAR
Isroiljonov Islomxon Ilhomjon o‘g‘li
Andijon mashinasozlik instituti
“Transport va logistika” fakulteti
“Mehnat muhofazasi va texnika
xavfsizligi” yo‘nalishi 3 bosqich K-100-21 guruh talabasi
Annotatsiya:Davlatimiz
hayotida so’ngi yillarda beqiyos darajadagi
o’zgarishlar bo’lmoqda. Shulardan mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va
qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, mehnat huquqini kafolatlash
va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga hamda aytib o’tishimiz lozimki so'nggi
to'rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish,
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta'minlash,
xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni
tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar
amalga oshirildi. Asosan “Mehnat muhofazasi to’g’risidagi qonun”ning yangi
taxriri(23.09.2016) chiqqanligi va Mehnat Kodeksiga kiritilayotgan o’zgartirish,
qo’shimchalar mehnat muhofazasining qonun hujjatlariga ham alohida e’tibor
qaratilganigini ko’rshimiz mumkin.
Kalit so’zlar: mehnat muhofazasi, mehnat kodeksi, kafolatlar, imtiyozlar, ijtimoiy
himoya, ayollar, yoshlar, tadbirkorlar, huquqlar, mehnat muhofazasi to’g’risidagi
qonun, gender tengligi , mehnat huquqi.
Mamlakatning har bir fuqarosi o‘zi yashab turgan jamiyatni shakllantirishdagi,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
421
2181-
3187
rivojlantirishdagi, ishlab
chiqarishda ishlashdagi
va uni
boshqarishdagi
asosiy kuch hisoblanadi. Fuqarolar hayoti va mehnati xavfsizligini ta’minlash
muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala bo‘lib, u davlatning iqtisodiy
rivojlanganligiga va
barqarorligiga,
kuchli
ilmiy–texnik
va
intellektual
imkoniyatlarga ega ekanligiga bog‘liq. Davlat uchun kuchli ilmiy–texnik va
intellektual imkoniyatlar zaxirasi esa – yoshlardir,
ularning olgan ta’lim
va
tarbiyasi, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha egallagan bilimi va uquvi darajasidir.Ishlab
chiqarishda mehnatni tartibsiz, amaldagi qonun-qoidalar, standartlar va ko‘rsatmalarga
amal qilmasdan amalga oshirilishi, nafaqat jarohatlanish yoki shikastlanishni keltirib
chiqarishi, balki ayrim hollarda o‘limga ham olib kelishi mumkin. Tabiiyki, bu insonni
o‘zining mehnat faoliyatidagi tabiiy, texnik, antropogen, ekologik va boshqa turdagi
barcha xavfli faktorlardan himoyalashni ilmiy asosda tashkil qilishni talab
etadi.Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiy-nazariy izlanishlar asosida
vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitar-
texnik me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini
vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi.
Mamlakatimizda yillar o’tgan sayin ishlab chiqarish va boshqa juda ko’p
sohalarda ayollar mehnati ortib bormoqda. Ularga ta’lim olishda, kasbiy
tayyorlanishda, ishdagi mehnatlari uchun rag’batlantirishda hamda xizmat yuzasidan
ko’tarilishda teng huquqiy imkoniyatlar yanada ko’p yaratilmoqda. Shunday bo’lsada,
ayollar ba’zi hollarda, ayrim bir sharoitlarda, erkaklar bilan bir xil ishlarni bajara
olishmaydi. Ayolning organizmi o‘ziga xos fiziologik xususiyatga ega bo‘lganligi
sababli og‘ir jismoniy mehnatga, ba’zi zararli omillarga (chang, titrash, organizmning
qattiq qizib yoki sovib ketishi va boshqalar) ta’sirchan hisoblanadi. Bu zararli omillar
ta’siri ular organizmining homiladorlik kezlarida salbiy o‘zgarishlarga olib kelishi,
asoratlar qoldirishi (toksikoz, bola tushib qolishi, o‘lik tug‘ilish va boshqalar) bola
tug‘ish funksiyasining buzilishi (bola ko‘rmaslik), avloddagi o‘zgarishlarga (bolaning
erta tug‘ilishi, nogironlik) sabab bo‘lishi mumkin. Ayollar mehnatini muhofaza
qilishda ko‘p muammolar bo‘lib, uning biologik va ijtimoiy ahamiyati judayam muhim
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
422
2181-
3187
hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ayollar mehnatini muhofaza qilishda
ularga asosiy tayanch sifatida korxona va tashkilotlarda mehnat muxofazasiga oid
asosiy talablar xamda qoidalar O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (13-bob,
211-
233-moddalar
hamda
14-bob,
224-238-moddalarda),
O'zbekiston
Respublikasining 1993 yil 6 maydagi «Mehnatni muxofaza qilish to'grisida»gi
qonunda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlarida, tarmoq
vazirliklari va idoralar tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadigan mehnatni muxofaza
qilishga oid standartlar, korxonalarda tuzilgan jamoa shartnomalari, tarmoq jamoa
kelishuvlari, ichki mehnat tartibi qoidalarida va boshqa me'yoriy xujjatlarda nazarda
tutilgan.
Bundan tashqari 7.03.2019 yildagi PQ–4235-son qarorga ko’ra “
Xotin-
qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik
faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar” qabul qilindi.
Davlatimiz tomonidan kelajagimiz tayanchi boʼlgan yosh avlodni, ular tarbiyasi
bilan mashg’ul boʼlgan onalar va barcha xotin-qizlarni ishlab chiqarish jarayonida
himoyalashga qaratilgan ulkan ijtimoiy dasturlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, «Аyollarni ijtimoiy himoyalash», «Nogironlarni mehnatga qaytarish»
davlat dasturlarining roʼyobga chiqarila boshlanishi bilan bir necha minglab ish joylari
sog’lomlashuviga, qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishiga erishildi.Yuqorida
aytib o’tganimdek 2019-yil 7-martda qabul qilingan
“Xotin-qizlarning mehnat
huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-
quvvatlashga oid chora-tadbirlar” ga asosan:
“
Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etilmoqda. Ular uzoq muddat bola
parvarishlash ta’tilida boʻlgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni kasblar
boʻyicha qayta tayyorlashga koʻmaklashadi, ayollarning biznes yuritish koʻnikmalarini
shakllantiradi, ularga maslahatlar beradi va amaliy yordam koʻrsatadi. Tadbirkorlik
bilan shugʻullanish istagini bildirgan хotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va хotin-
qizlar qoʻmitasi tomonidan shakllantiriladigan roʻyхat asosida maхsus oʻqitish dasturi
boʻyicha oʻqitiladi. Maхsus dasturlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirganlarga tuman
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
423
2181-
3187
(shahar) хotin-qizlar qoʻmitasi tavsiyasiga koʻra tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish
uchun imtiyozli kredit beriladi. Kredit muddati 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yildan
oshmaydi, stavka – yillik 8%. Buning uchun Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-
quvvatlash jamoat fondi banklarga har yili 100 mlrd soʻm ajratadi, uning kamida yarmi
qishloq joylardagi хotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi” – deyilgan
va bundan tashqari boshqa bir qancha ayollarni mehnat huquqlarini kafolatlari
ko’rsatib o’tilgan.
Ayollarni mehnat jarayonida muhofazalash Mehnat kodeksining 224-238-
moddalarida ko‘zda tutiladi. Mehnat kodeksining XIV bobida ayrim toifadagi
xodimlarga, ayollarga, yoshlarga beriladigan qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar
ko‘rsatib berilgan.
Mehnat kodeksining 224-moddasida homilador ayollarni va bolasi bor
ayollarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar keltirib o’tilgan. Homiladorligi yoki
bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish
haqini kamaytirish taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshga to‘lmagan bolasi
bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish beruvchi rad etishning sabablarini
yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilish rad
etilsa ular sudga shikoyat qilish huquqiga ega hisoblanadi.
Ayollar
mehnatining qo‘llanishi taqiqlanadigan ishlar O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash
vazirligi,
O‘zbekiston kasaba
uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va korxona vakillari bilan kelishilgan holda
tasdiqlanadi.
Ish davomida tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollar sog‘lig‘ida ishga
bog‘liq o‘zgarishlar ehtimoli mavjud bo‘lganda, ularning xizmat ko‘rsatish me’yorlari
o‘zgartiriladi. Ba’zi hollarda o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda, yengilroq
yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi, zararsiz ishga
o‘tkazilishi mumkin. Farzandi ikki yoshga to‘lmagan ayollar avvalgi ishini
bajarishi imkoni bo‘lmagan taqdirda, avvalgi ishidagi o‘rtacha oylik ish haqi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
424
2181-
3187
saqlangan holda, bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar yengilroq ish bilan
ta’minlanishi zarur.
Mehnat muhofazasining me’yoriy hujjatlariga ko’ra homilador ayollarni va o‘n
to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor
ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam
olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Shuningdek homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor
ayollar tungi ishlarga jalb qilinmasligi kerak.
Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, budjet hisobidagi korxonalarda qonun
bo‘yicha ishlayotgan, ayollarga ish vaqtining haftasiga o‘ttiz besh soatli qilib
belgilangan muddati joriy etilishi mumkin.
Homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga
to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor
ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo‘lgan
shaxsning iltimosiga ko‘ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to‘liqsiz ish
kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi (119-modda) belgilashga majbur hisoblanadi.
O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga
to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollar har yili uch ish kunidan o‘n to‘rt kalendar
kundan kam bo‘lmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan ta’til olish huquqiga ega.
Bunday ta’til yillik ta’tilga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib
belgilanadigan davrda undan alohida (to‘liq yoki qismlarga bo‘lib) foydalanilishi
mumkin.
Alohida aytib o’tishim lozimki 2018-yil 12-noyabrdagi “18 yoshdan kichik
bo’lgan qizlar va ayollar uchun o’g’ir yuklarni qo’lda ko’tarish va tashishda yo’l
qo’yilishi mumkin bo’lgan yuklama me’yorlari” tasdiqlangan. Ushbu sanitariya
me’yorlari 18 yoshdan kichik bo'lgan qizlar va ayollar tomonidan og'ir yuklarni
ko'tarish va tashish bilan bog'liq bo'lgan ishlarning bajarilishida maqbul mehnat
sharoitini ta’minlash, reproduktiv funktsiyasini va salomatligi holati buzilishining
oldini olish maqsadida o'rnatiladi hamda bu sanitariya me’yorlari va qoidalariga mulk
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
425
2181-
3187
shaklidan qat’i nazar barcha korxonalar, tashkilotlar va birlashmalar hamda alohida
shaxslar tomonidan rioya qilishlari majburiydir.
Аyollar mehnatini muhofaza qilish faqat ular mehnatdan foydalanish taqiqlangan
ish va kasblarni belgilash, ular koʼtarishi yoki tashishi mumkin boʼlgan yuk
meʼyorlarini belgilashdangina iborat boʼlmay, boshqa koʼplab tashkiliy huquqiy
tadbirlar majmuini ham nazarda tutadi hamda ularning asosiy maqsadi,
yuqoridataʼkidlanganidek, bola tug’ish, parvarishlash va tarbiyalash qobiliyatlarini
himoya qilish, sog’liklariga shikast yetishining oldini olishdan iborat.
«Mehnatni muhofaza qilish toʼgrisida»gi qonunga koʼra, har bir xodim, shu
jumladan xotin-qizlar ham, oʼzlari mehnat qilayotgan sharoiti haqida, bu sharoitlarning
oʼz sog’ligi uchun qay darajada xavf-xatar tug’dirishi mumkinligi toʼgrisida toʼliq va
obyektiv axborotlarni olishga xaqli. Ular oʼzlarining kasb kasalliklariga yoxud mehnat
faoliyati bilan boglik boshqa kasalliklarga chalinib qolishlari ehtimolining oldini olish
maqsadida navbatdan tashqari tibbiy koʼrikdan oʼtkazilishlari, kasb kasalliklariga
chalinganlarida esa qonunda belgilangan tartibda oʼzlariga yetkazilgan zarar miqdorini
ish beruvchidan qoplab berilishini talab qilishlari mumkin. Kasb kasalliklari roʼyxati
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-sonli
qarori bilan tasdiqlangan.
Bugun kunda xotin-qizlar turli sohalarda o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarishlari
mumkin. Davlat boshqaruvida ayollar vakillarini ko'paytirish uchun siyosat,
iqtisodiyot va jamiyat hayotida yetakchi lavozimlarni egallashga qodir 15 ming
nafardan ortiq xotin-qizlardan kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Lider ayollar tayyorlash
borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.O'zbekiston tarixida ilk marotaba
parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga
etib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta
parlament orasida 37-o'ringa ko'tarildi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
426
2181-
3187
Davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan
yakka tartibdagi tadbirkor ayollar soni,
yosh guruhlari bo‘yicha
1)
(kishi)
2018
2019
2020
Jami
69 756
75 295
81 703
shu jumladan, yosh guruhlari
15-19
72
78
86
20-24
8 318
8 977
9 742
25-29
5 659
6 218
6 740
30-34
9 141
9 866
10 709
35-39
11 599
12 534
13 602
40-44
10 835
11 695
12 690
45-49
9 141
9 867
10 707
50-54
8 553
9 232
10 018
55-59
4 589
4 903
5 320
60-64
1 251
1 315
1 427
65+
598
610
662
Jadval ma’lumotlarida ko’rinib turibdiki, 2018-yilga nisbatan 2019-yilda, 2019-
yilga nisbatan 2020-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi ayollar
soni ortib bormoqda. Ya’ni ayollar va qizlarmiz yoshlaridan qat’i nazar berilayotgan
imkoniyatlardan yaxshi foydalanib o’sib, rivojlanib borishayotganini ko’rishimiz
mumkin. Bu albatta qonunchiligimizda ayollarga yaratib berilayotgan yengilliklar,
imtiyozlar hamda ular mehnatini muhofazasiga berilgan kafolatlar natijasi desak
bo’ladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
427
2181-
3187
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2016–2021-yillarda yoshlar
siyosatiga doir 5 ta qonun va 55 ta qonunosti hujjati qabul qilindi. 2016/2017 oʻquv
yilida oʻqishga qabul qilish parametrlari 57 907 nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2021/2022
oʻquv yilida qabul parametrlari qariyb uch barobar oshirilib, 157 755 ni tashkil etadi.
Xususan, davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari ham 1,5 barobar
oshirildi. Shu oʻrinda xotin-qizlarning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda
bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida Mahalla va oilani
qoʻllab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun
davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ajratilganligi, shuningdek, ehtiyojmand
oilalar farzandi boʻlgan xotin-qizlar uchun oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari
soni 2 barobarga oshirish orqali 2000 taga yetkazilgani tahsinga loyiq. Bunday
imkoniyatlarning yaratilishi qiz-yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni
qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi. Mamlakatimizda xalqaro talablarga javob
beradigan kadrlarni tayyorlashga eʼtibor qaratilmoqda.
Ta'lim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:
-
Yangi o'quv yilidan boshlab magistraturada o'qiyotgan qizlarning kontrakt
pullari to'liq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so'm);
-
har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari
magistraturaga yuboriladi;
-
har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo'qotgan 150
nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta'lim kontrakti mahalliy byudjetdan to'lab
beriladi;
-
yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o'qishga sharoit yaratiladi;
-
doktorantura yo'nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan
maqsadli kvota ajratiladi.
Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan, mamlakatimizda yildan yilga ayollar
mehnatiga qaratilayotgan e’tibor, ta’lim olishlari va mehnat qilishlari uchun
yaratilayotgan shart-sharoitlar, yengilliklar hamda ularni mehnatini muhofaza qilish
bo’yicha respublikamizdagi amalda bo’lgan bir qancha qonun hujjatlarida belgilangan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
428
2181-
3187
me’yorlar, imtiyozlar va kafolatlar orqali ularni vaqt o’tgan sayin juda yaxshi
rivojlanayotganliklarini ko’rishimiz mumkin.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
E.I.Ibragimov, S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev “Mehnat muhofazasi maxsus
kursi”,–Тoshkent, 2014. – 535 b. (oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar).
2.
Tursunov Y., “Mehnat huquqi”, O'quv qo'llanmasi. T., «Moliya», 2009 yil.
3.
2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi.
4.
“Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunning yangi taxriri, 23.09.2019.
5.
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O'zR 21.12.1995 y. 161-I-son
Qonuni bilan tasdiqlangan).
6.
Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va
tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar (7.03.2019
-son qaror).