ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
265
2181-
3187
“QUYOSHNING FIZIK TABIATI”
“THE PHYSICAL NATURE OF THE SUN”
Vohidova Ruxshona Baxtiyor qizi
Termiz davlat universiteti Astronomiya
ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqola Quyoshning fizik tabiati va uning asosiy
xususiyatlari ichki tuzilishiga atab yozilgan bo’lib. Unda Quyoshning tuzilishi ichki
energiya manbai va bizning sayyoramizga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan tushintiriladi.
Maqolada Quyoshning markazidagi yadroda sodir bo’ladigan hodisalar, Quyoshdagi
dog’lar, chaqnashlar va magnit faollik kabi hodisalar ham tahlil qilinadi.
Kalit so’z:
Quyoshning fizik tabiati, yadro, termoyadro sintezi, fotosfera,
xromosfera, quyosh toji, quyosh dog’lari.
Abstract:
This article focuses on the physical nature of the Sun and its
fundamental characteristics, including its internal structure. It scientifically explains
the Suns composition, its internal energy source, and its impact on our planet. The
article also analyzes phenomena occurring in the Suns central core, as well as sunspots,
flares, and magnetic activity on the Sun.
Keywords:
The Suns Physical Nature, Core, Thermonuclear Fusion,
Photostosphere Chromosphere Corona (Solar Crown) and Sunspot.
Quyoshning diametri uning ko’rinma diametric va ungacha bo’lgan masofa orqali
aniqlanadi. Quyosh atrofida aylanayotgan sayyoramiz ham undan turlicha masofada
bo’ladi. Quyoshning massasi M=2×10
33
kg; bu kattaliklar orqali aniqlangan zichligi
esa p=1.41g/sm
3
. Quyosh sirtida erkin tushish tezlanishi g=274m/s
2
ni tashkil qiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
266
2181-
3187
Quyoshning aylanishi. Quyoshning dog’larini uzluksiz kuzatish ularning quyosh
gardishi sharq tomomdan chiqib g’arb tomonga bir tekis siljib borishini ko’rsatadi.
Quyoshning sharq va g’arb tomonlarda gardishi spektrdagi chiziqlari siljishini
o’rganish, Quyosh o’z o’qi atrofida aylanayotganidan darak beradi. Quyoshning
ekvatori ekleptika teksligida 7
0
15′ li burchak hosil qiladi. Quyosh ham Yer aylangan
kabi g’arbdan shaqga tomon ya’ni shimoliy qutbidan qaraganda soat sitrelkasining
aylanish yo’nalishiga teskari yo’nalishda ekanligini ko’rsatadi.
Quyosh G–spektral singa kiradi. Quyoshning nurlanish quvvati, astrofizik va
geofizik hodisalarni xarakterlashda muhim rol o’ynaydi. Xususan Quyosh sirtida va
ichida kechadigan fizik jarayonlar haqidagi tasavvurlarning shakllanuishida Quyosh
nurlanishining intensivligi eng muhim ma’lumotlardan hisoblanadi. Quyoshning
differensial aylanish qonunini burchak tezlik orqali ifodalanishi quyidagi ko’rinishda
bo’ladi:
Ꞷ=14,38
0
-2,7
0
sin
𝜃
(1)
Bu yerda : Ꞷ-burchak tezlik birligi (grad/sutka);
𝜃
–Quyosh sirti uchun
geliografik kenglik hisoblanadi.
Quyosh doimiysi deb nimaga aytiladi? degan savol ham tug’ilishi mumkin.
Quyosh doimiysi deb bir minutda Quyoshdan Yergacha bo’lgan o’rtacha masofaga
(Yer atmosferasidan tashqarida) Quyoshdan kelayotgan nurlar yonalishda tik yotgan
1sm
2
yuzadan o’tadigan Quyosh energiyasining to’la miqdoriga Quyosh doimiysi
deyiladi. Har bir kattalikni yoki haroratni asbobda o’lchaganimizdek Quyosh
doimiysini ham maxsus ikki asbob yordamida o’chaymiz va ularning o’zini o’ziga xos
xususiyatlari bor.
1. Pirgeliometr- bu asbob yoradamida ma’lum vaqtda Quyoshning gorizontdagi
ma’lum balandligida aniq yuzaga tushayotgan to’la energiyasi hisoblab chiqiladi.
Lekin bu asbob yordamida olingan ma’lumotlar, Quyosh doimiysini hisoblash uchun
yetarli emas, chunki, Quyosh energiyasining ma’lum qismi Yer atmosferasida yutilib
qoladi va shu holatda quyoshning yutulgan energiyasini ham o’lchaydigan yana bir
asbob bor.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
267
2181-
3187
2. Spektrobolometr-bu asbob yordamida Quyoshning yutulgan energiyasi
o’lchanadi.
1-rasm:Quyoshdagi chaqnashlar.
Quyoshning ichki tuzilishi.
Quyoshning temperaturasi 6000
0
C dan (sirtida)
15000000
0
C gacha (markaziy qisimda) bo’lgan plazma shardan iborat bo’lib, uning
ichki tuzilishi fizik tabiatiga ko’ra bir-biridan farqlanuvchi turli qatlamlarga bo’linadi.
U qatlamlar quyidagilardan iboratdir:
1. Yadro
2. Radiatsion zona (Nurlanish zonasi).
3. Konvektiv zona.
2-rasm: Yadro, radiatsion zona, konvektiv zona
Yadro (Yadro qatlami).
Quyoshning eng markaziy va eng issiq qismidir.
Harorat taxminan 15 million °C gacha yetadi. Bu yerda termoyadroviy sintez
reaksiyalari sodir bo‘ladi: vodorod atomlari geliy atomlariga aylanishi natijasida katta
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
268
2181-
3187
miqdorda energiya ajraladi. Quyosh energiyasining manbai aynan shu qatlamda
joylashgan.
Radiatsion zona (Nurlanish zonasi).
Yadro bilan konvektiv zona orasida
joylashgan. Bu qatlamda energiya fotonlar orqali tashiladi. Radiatsion zonada harorat
yadroga qaraganda pastroq, lekin hanuz yuqori: taxminan 7 million °C atrofida.
Energiya bu zonada juda sekin harakatlanadi - fotonlar yadrodan chiqib Quyosh
yuzasiga yetguncha millionlab yillar o‘tishi mumkin.
Konvektiv zona (Konvektsiya zonasi).
Quyoshning tashqi ichki qatlami
hisoblanadi. Bu yerda issiqlik konvektsiya oqimlari yordamida tashiladi — issiq gazlar
yuqoriga ko‘tariladi, sovuq gazlar pastga tushadi. Harorat bu qatlamda 2 million °C
dan 6000 °C gacha kamayadi. Quyosh yuzasi — fotosfera — aynan shu qatlamning
ustki qismidir.
Quyosh atmosferasi.
Bu Quyoshning ichki qatlamlaridan tashqaridagi, ya'ni
uning yuzasidan (fotosferadan) yuqoriga qarab joylashgan tashqi gaz qatlami bo‘lib, u
bir nechta asosiy qismlarga bo‘linadi:
1.
Fotosfera
("nur chiqaruvchi sfera")
2.
Xromosfera
("rangli sfera")
3. Quyosh toji
Fotosfera:
Quyoshning ko‘z bilan ko‘rinadigan yuzasi. Harorati: ~5,500 °C.
Quyosh nurlari aynan shu qatlamdan chiqib bizga yetib keladi. Fotosfera qalinligi 500
kilometrga yaqin bo’lib, unda boshqa qatlamlarga nisbatdan yaxshi o’rganilgan
quyidagi obyektlarni kuzatish mumkin: granula (donadorlik ) mash’allar va quyosh
dog’lari.
Fotosfera, oddiy ko’z bilan kuzatilganda ko’rinadigandek bir tekis ravshanlikdagi
sirtdan iborat bo’lmay asalari uyasini, anor donalarini eslatuvchi donador obyektlarga
egadir. Bu donadorlik granulyatsiya “granula” yunon tilidan olingan bo’lib “donador”
degan ma’noni anglatadi. Quyosh granulyatsiyasini birinch marta Jansen Medon va
A.P.Ganskiylar tomonidan olingan fotosuratlarda ko’ringan. Keyingi yillarda
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
269
2181-
3187
granulyatsiya haqidagi tasavvurlar Quyosh tuzilishi, uning energiyasi va xususiyatlari
yanada insoniyatni qiziqtirib kelmoqda.
3- rasm: Quyosh fotosferasidagi granulalar.
Xromosfera Quyosh atmosferasining o’rta qatlami hisoblanadi. Xromosfera so’zi
yunon tilidan olingan bo’lib (“xromos” rangli) degan ma’noni anglatadi.
Xromosferaning nurlanishi fotosferaga nisbatdan judda kuchsiz. Asosiy nurlanishi bir
necha kuchli spektral chiziqlarning to’lqin uzunliklaridagina kuzatiladi.
Bu spektral chiziqlar vodorod, geliy, ionlashgan kalsiy atomlaridan iborat.
Xromosferaning yuqori sifatli spektiri Quyosh to’la tutilgan paytda olinadi.
Xromosferada tabiatdan bir-biridan farqlanuvchi quyidagi obyektlar kuzatiladi.
1.Spikulalar-xromosferadagi olchamlar kichik obyektlardir.Ular o’tkir uchli
konus ko’rinishida bolib, Quyosh radiusi bo’ulab yo’naladi. Spikulalarning yashash
davri judda qisqa bo’lib 2-5 minutdan oshmaydi.
2.Flokkulalar- xromosferaning fotosfera mash’allari ustidagi sohalari bo’lib ular
ham mash’allar kabi ravshanligi bilan ajarlib turadi.
3.Protuberanetslar-xromosfera gardishining chekka qisimlarida bo’lib bir necha
yuz mimg kilometrgacha ko’tarila oladigan “olovli halqalar chetidagi
do’ngliklar”dir.(4-rasm).
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
270
2181-
3187
4-rasm:Quyosh protuberanetslari.
4. Chaqnashlar - xromosferada kuzatiladigan eng quvvatli obyektlardan biri bu
chaqnashlardir.Chaqnash asosan aktiv zonalarda, aniqrog’i dog’li zonalarda kuzatiladi.
Chaqnash kuzatiladigan joyda ultrabinafsha rentgen va radiapazonda nurlanish bir
necha martaga ortadi. Xromosfera chaqnashlari ko’z bilan ko’rganda ajoyib shaklarda
bo’ladi.(5-rasm).
5-rasm: Xromosfera chaqnashlari.
Quyosh fotosferasining muammoga boy obyektlaridan biri bu
Quyosh
dog’lari
dir.
Quyosh dog’lari dastlab granulalar orasida kichik nuqta shaklida tug’iladi.
Dog’ning bu tug’ilish bosqichi-pora deb aytiladi. Poralar asosan mash’alli sohada
joylashgan granulalar orasida vujudga keladi. Quyosh dog’i ikki qismdan iborat.
Markaziy timqora qismi yadro yoki soya deyiladi. Yadroni o’rovchi qismi esa yarim
soya deb ataladi. Dog’larda judda kuchli magnit maydoni mavjud bo’lib, maydon
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
271
2181-
3187
kuchlanganligi ayrim do’larda 4000-4500 erstedgacha yetadi. Shu joyda ersted nima?
degan savol tug’iladi.
Ersted – bu magnit maydon kuchlanganligini o’lchash uchun ishlatiladigan birlik.
Bu birlik Daniyalik fizik Hans Kristian Ersted sharafiga nomlangan. U 1820-yilda
elektir to’ki magnit maydoni hosil qilishini kashf qilgan. 4000-4500 ersted –bu juda
kuchli magnit maydon kuchlanganligini ifodalaydi.
Quyosh dog’larida magnit maydonning mavjudligi 1908-yilda Xeylning spektral
kuzatishlarida ma’lum bo’lgan. Dog’larning diametri 40000 kilometrdan ortiq bo’lsa,
uni ko’z bilan ko’rish mumkin bo’ladi. Dog’larning o’lchami xilma-xil bo’lib,
ularnbing madonining diametri bir necha ming kilometrdan bir necha yuz ming
kilometrgacha bo’ladi. 1858-yilda kuzatilgan yirik dog’ning maydonining diametri 230
ming kilometrni tashkil qilgan va Yer diametridan 28 marta katta bo’lgan. Quyosh
dog’larining yashash vaqti turlicha bo’ladi. Quyoshda dog’larning soni vaqt o’tishi
bilan o’zgarib turadi. Shvetsariyalik astronom R.Volf kundalik dog’lar sonini hisoblash
uchun quyidagi formuladan foydalangan va bu formula keyinchalik Volf soni deb
atalgan:
W=k(10g+f) (2)
Bu yerda k- teleskop quvvatini aniqlovchi koeffisent bo’lib R.Volf foydalangan
teleskop uchun k=1; f-Quyoshdagi dog’larning umumiy soni , g-esa dog’ guruhlarining
soni.
Quyosh do’larining sovushini magnit maydon tasiri orqali tushintiradigan
gepotezani 1941-yilda Birman Va Xeyl olimlar tomonidantaklif qilindi. Har ikkala
olim ham bu gipoteza ustida ishlashadi ammo lekin hozirgi zamonda kuzatishlar
natijalariga ko’ra o’zini to’la oqlay olmasada, dog’larda plazmaning sovushi, Quyosh
ichki energiyasini sirtga tashuvchi konveksiyaning magnit maydoni qisman
tormozlanishidan ekanligiga yetarlicha dalillar mavjud.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
272
2181-
3187
6-rasm:Quyosh dog’lari
Quyoshning yana bir hayratga soladigan hodisasi bu Quyosh tojidir. Quyosh
tojining balandligi 10 million kilometrgacha yetadi. Tojning ravshanligi to’lin Oy
fazasidagi yorug’ligiga ham yetmasligi tufayli, unu oddiy ko’z bilan ko’rishning iloji
yo’q. Asrlar davomida Quyosh tojini Quyosh to’la tutilganda ko’rishgan. U gazsimon
moddadan tashkil topgan va ikki qismdan iborat. Qizil xromosferadan keyin keladigan
ichki toj - och sariq rangdagi chiziqdir. Tashqi toj - oq rangda boʻlib, oqimlar chetidan
millionlab kilometrlarga oʻtadi.
Xulosa qilib aytsak, Qyoshning fizik tabiatini o’rganish shunchaki astronomik
tadqiqot emas, balki koinotdagi o’rnimizni va hayotda bor manbalarni chuqurroq
o’rganishimiz va anglashimizdir. Biznin ulkan yulduzimiz Quyosh har bir jarayoni,
har bir zarrachasi bilan o’zida nihoyatda murakkab va ayni paytda mukammal tizimni
mujassam etgan. Quyoshning yuzsidagi dog’lar, chaqnashlar va toji koinot ob-
havosiga ta’sir ko’rsatib, bizning dunyomizga ta’sir ko’rsatishi ham mumkun. Quyosh
shunchaki yorug’lik va issiqlik manbai emas. U koinot qonuniyatlarining jonli timsoli,
hayotning asosi va ilm fan uchun cheksiz kashfiyotlar maydonidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Mamadazimov, M., and A. B. Narbayev. "An e-learning guide for students of
the 11th grade of secondary education and secondary special, vocational education
institutions." (2018).
2.
M.Mamadazimov. “Umumiy astronomiya” Yangi asr avlodi (2008)
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–3_ июня–2025
273
2181-
3187
3.
Bahramovich N. A. STRUCTURE AND DIDACTICAL POSSIBILITIES OF
THE ELECTRONIC TRAINING MANUAL ON ASTRONOMY DEVELOPED FOR
PUPILS OF THE 11TH GRADES OF SECONDARY SCHOOLS BASED ON
MEDIA EDUCATION //Archive of Conferences. – 2020. – Т. 5. – №. 1. – С. 40-42
4.
Azamat, Narbaev. "Structure and didactical possibilities of the electronic
training manual on astronomy developed for pupils of the 11th grades of secondary
schools based on media education."
Archive of Conferences
. Vol. 5. No. 1. 2020.