Авторы

  • Boltaboyeva Gulzoda Turg‘inboyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124492

Ключевые слова:

ekzosayyora Quyosh turidagi yulduz tranzit usuli retrograd orbita ilmiy xabardorlik kompetentsiyasi.

Аннотация

Maqolada zamonaviy astronomiya va uning ilmiy-tadqiqot yutuqlarini ta‟lim tizimiga qо„llashning nazariy asoslari yoritilgan. Mavjud astronomiya adabiyotlariga fandagi soʻnggi yutuqlarni kiritish masalasi koʻrib chiqilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

149

2181-

3187

ASTRONOMIYA FANINING TADQIQOTLARI VA YUTUQLARINI

TA’LIM TIZIMIGA QО‘LLASHNING NAZARIY ASOSLARI

Boltaboyeva Gulzoda Turg‘inboyevna

To‘raqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumi

Fizika va astranomiya fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA:

Maqolada zamonaviy astronomiya va uning ilmiy-tadqiqot

yutuqlarini ta‟lim

tizimiga qо„llashning nazariy asoslari yoritilgan. Mavjud astronomiya

adabiyotlariga

fandagi soʻnggi yutuqlarni kiritish masalasi koʻrib chiqilgan.

Kalit so‘zlar

: ekzosayyora, Quyosh turidagi yulduz, tranzit usuli, retrograd

orbita, ilmiy xabardorlik kompetentsiyasi.

ABSTRACT :

The article theoretical basis of modern astronomy and

implementations of its

research achievements into the education prosess are dedicated. Problems for

including of last achievements in astronomy textbooks are considered.

Keywords

: exoplanet, Solar type star, the transit method, retrograde orbit,

scientific awareness competence.

KIRISH

Jahon miqyosida ta’lim tizimida aniq va tabiiy fanlarni о’qitish sifatini

oshirishning pedagogik imkoniyatlarini, xususan, astronomiya о’qitishni amaliy-

tatbiqiy mazmun bilan boyitish, metodik asoslarini astronomiyaning zamonaviy

rivojlanish tendensiyalariga muvofiq takomillashtirish muhim o’rin egallaydi.

Ilg’or

ta’lim muassasalari astronomiyani samarali pedagogik texnologiyalar,

yondashuvlar

bilan boyitish bilan birga, talabalarning ilmiy xabardorlik kompetensiyaga ega

bо’lish


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

150

2181-

3187

zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Milliy o’quv dasturida kompetensiya ikki

qismga ajratilgan: 1) ilmiy xabardorlik kompetensiyasi, 2) amaliy kompetensiya.

Bo„lajak o„qituvchilarda ilmiy

xabardorlik kompetensiyasi bo’yicha ilmiy xabardorlik kompetentligini

shakllantirish

uchun astronomiya sohasidagi so’nggi ilmiy tadqiqot yutuqlaridan foydalanish

maqsadga muvofiqdir [1]. Amaliy kompetensiyani shakllantirishda, amaliy va

laboratoriya mashg’ulotlarida nazariyada o’tilgan mavzularga oid misol,

masalalar

ishlash va kuzatuvlarni tashkillashtirish hamda ularni amalda qo’llashni o’rgatish

muhim ahamiyat kasb etadi [2]. Astronomiyani о’qitishda bolajak

о’qituvchilarning ilmiy xabardorlik

kompetensiyasini shakillantirish, ularni ilmiy tadqiqot ishlariga yо’naltirish

uchun

xizmat qiladi. Astronomiya fanini rivojlantirish, iqtidorli talabalar orasidan ushbu

sohada malakali kadrlarini tayyorlash hamda o’sib kelayotgan yosh avlodni

astronomiya faniga qiziqtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib

hisoblanadi. Sohaga oid so’nggi ilmiy-tadqiqot yutuqlaridan foydalanib

astronomiya

fani adabiyotlarni yangilash maqsadga muvofiqdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi zamon astronomiya fani bir-biri bilan bog’langan bir necha asosiy

Bo’limlardan tashkil topgan. Quyida shu bo’limlar va ularning predmeti

keltirilgan:

1. Astrometriya kosmik jismlarning fazodagi ko’rinma vaziyatini va

harakatini tekshiradi. Vaqtni o’lchash masalalari bilan shug’ullanadi.

Astrometriya

bo„limi o„z navbatida: a) sferik astronomiya, b) fundamental astronomiya, s)

amaliy astronomiyaga bo„linadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

151

2181-

3187

2. Nazariy astronomiya va osmon mexanikasi Butun olam tortishish qonuni

va Kepler qonunlari asosida osmon jismlarining haqiqiy harakatlarini o„rganadi.

3. Astrofizika kosmik jismlarning tuzilishi, fizik tabiatlari va ximiyaviy

tarkibini o’rganadi.

4. Yulduzlar astronomiyasi yulduzlar, ularning sistemalari va yulduzlararo

materiyaning fazoda taqsimlanishi va harakatlarini, ularning fizik xususiyatlarini

hisobga olgan holda o„rganadi.

5. Kosmogoniya kosmik jismlar va ular sistemalarining paydo bo„lishi va

evolyusiyasi qonuniyatlarini o„rganadi.

6. Kosmologiya Koinotning tuzilishi va rivojlanishining umumiy

qonuniyatlarini o’rganish bilan shug„ullanadi [3].

Bugungi kundagi astronomiyaga faniga oid adabiyotlarning barchasiga

astronomiyaning sо’nggi yutuqlari kiritilmagan. Masalan: Gigant planetalar,

ularning

yо’ldoshlari va halqalari mavzusida ham sо’nggi yilarda ochilgan yо’ldoshlar

soni

aniq kо’rsatilmagan [4]. Bunday misollarni kо„plab keltirish mumkin. Bugungi

kunning dolzarb masalalaridan biri sohaga oid ilmiy-tadqiqot yutuqlarini

adabiyotlarda aks ettirishdir.

NATIJALAR

Bugungi kundagi ilmiy-tadqiqot yutuqlarini, astronomiyaning yuqorida

Ko’rsatilgan bo’limlariga mos holda ajratib, ularni mos mavzularga kiritish

adabiyotni

boyitibgina qolmasdan talabalarni fanga bo’lgan qiziqishlarini ham oshiradi.

Bundan

tashqari talabalani ilmiy xabardirlik kompetentsiyasini shakllantirishda katta

ahamiyat kasb etadi.

Masalan so’nggi 10 yil davomida astronomiya sohasida qilingan ilmiy-tadqiqot

ishlarini ko’rib chiqaylik. Olimlar Jeyms Pibls, Mishel Mayor hamda Didye Keloz


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

152

2181-

3187

Koinot evolyutsiyasi borasidagi nazariy kashfiyotlari hamda Quyosh turidagi

yulduz

atrofida aylanadigan ekzosayyorani kashf qilganlari uchun 2019 yili Nobel

mukofoti

bilan taqdirlanganlar.

“Ekzosayyora” termini ikki qismdan iborat: biz yaxshi biladigan sayyora

terminiga “ekzo” old qo„shimchasi bog„langan. “Sayyora” termini ma‟nosi

“harakatlanuvchi”, “ko’chib yuruvchi” degan ma‟nolarni beradi. “Sayyor sirk”

shahardan shaharga ko’chib yuruvchi sirk demakdir. Qadimgi munajjimlar tungi

osmonda, joyidan qo’zg’almaydigan yulduzlardan tashqari yana, 5 ta joyini

o’zgartirib turuvchi “yulduz” larni kuzatishgan. Shu sababli ham ularni “sayyora”

deb

atashgan. Aslida bu joyini o„zgartirib turuvchi osmon jismlari odamzotga

qadimdan

ma’lum 5 ta sayyora

Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn bo’lgan.

Demak

“sayyora” deganda biz ushbu sayyoralar va umuman, ular qatoridagi Quyosh

sistemasida joylashgan barcha 8 ta yirik sayyorani tushunamiz. (Yuqoridagi

ro„yxatga

yana Yer hamda keyinroq kashf qilingan Uran va Neptun ham kiradi). Bu

sayyoralarning barchasi biz uchun vatan bo„lgan Quyosh sistemasida joylashgan.

Endi, “sayyora” tushunchasiga “ekzo” old qo„shimchasi qo„shilishi orqali, bu

sayyoraning Quyosh sistemasidan tashqarida joylashgan ekanligiga urg„u

beriladi.

Demak ekzosayyora deganda boshqa yulduz atrofida aylanuvchi ya‟ni Quyosh

sistemasiga taalluqli bo„lmagan sayyora tushunilishi kerak.

Ekzosayyoralarning kashf etilishi faqat XX-asrning 90-yillaridagina imkonli

bo„ldi. Buning sabablaridan eng asosiysi, bizning tasavvurimizga ham sig„mas

darajada katta bo„lgan Koinotda sayyorani topish oson emasligi bilan bog„liq.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

153

2181-

3187

Masalan, bizning Quyosh sistemamizdagi eng katta sayyora – Yupiter ham

Quyosh

massasining mingdan bir qismichalik keladi xolos. Shuningdek, sayyoralar

o„zidan

nur taratmaydi. Shu sababli ham ularni topish yanada mushkuldir. Favqulodda

ulkan

o„lchamga ega bo„lgan, shuningdek juda yorqin nur bilan yarqiraydigan yulduz

yaqinidagi, unga nisbatan mitti va o„zidan hech qanday nur chiqarmaydigan

sayyorani aniqlash va ko„rish juda qiyin. Bunda, yulduz shu‟lasi ko„zni

qamashtirib,

kuzatuvchidan sayyorani pana qilib qo„yadi. Shu sababli ham astronomlar

Koinotdan

ekzosayyoralarni o„zini to„g„ridan-to„g„ri ko„rishga urinishmaydi balki, uning

o„z

yulduzi qarshisidan o„tayotgan vaqtda, yulduzni bizdan to„sib qo„yishi sababli,

o„sha

yulduz yorqinligining xiralashishiga sabab bo„lishidan kelib chiqib aniqlashadi.

Bunday aniqlash usuli fanda “tranzit usuli” deyiladi. Ya‟ni bunda sayyora yulduz

qarshisidan tranzit o„tishida yulduz yorqinligi o„zgaradi.

Tranzit usulidan tashqari, ezkzosayyorani aniqlashning yana bir usuli mavjud

bo„lib, u sayyora gravitatsiyasining yulduzga ko„rsatayotgan ta‟siriga asoslanadi.

Bunda, yulduz o„z yaqinidagi sayyora ta‟sirida Koinotdagi o„z holatini biroz

o„zgartiradi, buni Yerdagi supersezgir o„ta kuchli astronomik asboblar orqaligina

payqash mumkin. Shu usullar bilan, hozircha 4000 dan ziyod ekzosayyora kashf

qilingan.

Xalqaro Astronomiya Ittifoqining Kichik sayyoralar markazi Saturn

sayyorasining yana 20 ta yangi tabiiy yo„ldoshi aniqlanganini e’lon qildi. Demak,

endilikda, tabiiy yo’ldoshlari soni bo„yicha Saturn mutlaq rekordchi bo’lib,

bundan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

154

2181-

3187

buyon, uning yo’ldoshlari soni 82 ta deb hisoblanishi kerak. Shu choqqacha,

Quyosh

sistemasida yo’ldoshlari soniga ko’ra Yupiter yetakchi edi va uning 79 ta

yo’ldoshi borligi ma’lum edi. Halqali sayyoraning yangi yo’ldoshlarini Karnegi

institutida ishlovchi Skott Sheppard boshchiligidagi ilmiy guruh diametri 8,2 metr

bo’lgan “Subaru” teleskopi vositasida kashf qilgan. Ushbu teleskop Gavay

orollaridagi Mauna-Keya tog’ cho’qqisida joylashgan rasadxonaga o’rnatilgan.

Yangi kashf qilingan yo’ldoshlarning barchasining diametri taxminan 5 km ga

keladi. Ulardan 17 tasi, Saturnning o’z o’qi atrofida aylanishiga qarama-qarshi

yo’nalishda, ya’ni retrograd orbita bo’ylab harakatlanadi. Qolgan uchtasi esa

Saturn

bilan bir xil yo’nalishda aylanadi. Yangi kashf qilingan va retrograd orbitaga ega

yo„ldoshlardan biri Saturndan eng olisda joylashgan yo’ldosh bo’lib chiqdi.

Yangi

yo„ldoshlardan yana ikkitasi esa, Saturnga juda eng yaqini bo’lib, ular sayyora

atrofini ikki yilga yaqin muddatda aylanib chiqar ekan. Umuman olganda, yangi

kashf qilingan yo’ldoshlardan aksariyatining Saturn atrofini aylanib chiqish

muddati

uch yil atrofida ekanligi aniqlandi.

Bunday yangiliklarni adabiyotlarda aks ettirilishi talabalarga yangi

Mag’lumotlar beribgina qolmasdan, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga bo’lgan

qiziqishlarini ham orttiradi.

XULOSA

Astronomiyani o’qitishda ilmiy-tadqiqot yutuqlaridan foydalanish katta samara

beradi. Shuning uchun ham astronomiya faniga oid adabiyotlarni ilmiy-tadqiqot

yutuqlari bilan boyitish zarur. Talabalar astronomiyaning nazariy qonuniyatlari

bilan

tanishibgina qolmasdan, amaliy tadbiqlarini ham ko’rish imkoniyatiga ega

bo’ladilar.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

155

2181-

3187

Bu esa talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini boshlashga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Tillaboyev A., (2020). “Quyosh fizikasini o„qitishda zamonaviy bilimlarni

qo„llashning nazariy asoslari”, FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA ilmiy-

uslubiy jurnal, 3-son, 21-28 betlar

2. Muxamedov, G. I., Nurmamatov, S. E., & Sapayev, I. U. (2021). UMUMIY O'RTA

TA'LIM MAKTABLARIDA ASTRONOMIYADAN MASALALAR YECHISH

USULLARI. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 664-667.

3. Mamadazimov M., (2008). “Umumiy astronomiya”, Darslik, Yangi asr avlodi.

4. Mamadazimov M., (2018). “Astronomiya”, Darslik, Davr nashriyoti.

Библиографические ссылки

Tillaboyev A., (2020). “Quyosh fizikasini o„qitishda zamonaviy bilimlarni

qo„llashning nazariy asoslari”, FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA ilmiy-

uslubiy jurnal, 3-son, 21-28 betlar

Muxamedov, G. I., Nurmamatov, S. E., & Sapayev, I. U. (2021). UMUMIY O'RTA

TA'LIM MAKTABLARIDA ASTRONOMIYADAN MASALALAR YECHISH

USULLARI. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 664-667.

Mamadazimov M., (2008). “Umumiy astronomiya”, Darslik, Yangi asr avlodi.

Mamadazimov M., (2018). “Astronomiya”, Darslik, Davr nashriyoti.