Том 71 № 2 (2025)
Статьи
RAQOBAT SHAROITIDA SPORTCHILARNING HISSIY BOSHQARUVI
Maqola raqobat sharoitida sportchilarning hissiy boshqaruvi, uning ahamiyati va shakllanish omillari haqida so‘z yuritadi. Hissiy boshqaruv sportchilarning stressga bardosh berishida va musobaqada muvaffaqiyat qozonishida muhim rol o‘ynaydi.
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA DIDAKTIK O‘YINLAR ASOSIDA INGLIZ TILINI SAMARALI O‘RGATISH
Quyidagi tezisda ingliz tilini maktablarda o’qitishda didaktik o’yinlardan foydalanishning samaradorligi haqida so’z boradi. Maktablarda dars jarayoniga mos holatda didaktik o’yinlarni olib kirish va foydalansh o’quvchilar darslarni o’zlashtirish darajalariga ta’siri keng yoritilgan. Shu bilan birga didaktik o’yinlarning turlari va ahamiyati haqida so’z borgan.
TEENAGE PROBLEMS
This article discusses the main problems faced by teenagers, their causes, and possible solutions. Teenagers go through various psychological, physical, and social challenges. The article also highlights the role of parents, teachers, and society in
addressing these issues. Moreover, it analyzes ways to communicate effectively with teenagers and support them during this crucial stage.
YO‘L HARAKATI QOIDALARIGA BUZILISHLARNIN G OLDINI OLISHDA PROFILAKTIK TADBIRLAR
Ushbu maqolada yo‘l harakati qoidalariga buzilishlarning oldini olishda profilaktik tadbirlarning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda ta’lim, targ‘ibot, jazo choralarining qat’iy qo‘llanilishi, monitoring va jamoatchilik ishtirokining muhim o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar yordamida nazorat tizimlarini takomillashtirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni oshirishda samarali vosita sifatida ta’kidlanadi. Maqola yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan kompleks profilaktik ishlarning dolzarbligini va ularning jamiyat farovonligiga ta’sirini ko‘rsatadi.
POLITEXNIKUMDA MATEMATIKA FANINI SAMARALI O‘QITISH METODLARI VA YONDASHUVLARI
Ushbu maqolada politexnikumda matematika fanini o‘qitishda samarali metod va yondashuvlar tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida an’anaviy va zamonaviy pedagogik usullarni uyg‘unlashtirishning ahamiyati, interaktiv va faol o‘qitish metodlarining rolini o‘rganish, shuningdek, raqamli texnologiyalar va dasturlarning ta’lim sifatini oshirishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada
talabalar individual xususiyatlarini hisobga olgan holda differentsial yondashuv va samarali baholash tizimining ta’lim samaradorligiga ta’siri ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari politexnikum sharoitida matematika fanini o‘qitish sifatini yaxshilash uchun amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘ZBEKISTONDA AHOLINING MOLIYAVIY SAVODXONLIGI VA UNING BANK TIZIMI BILAN O‘ZARO ALOQASI
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida aholining moliyaviy savodxonligi darajasini va uning bank tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, aholining moliyaviy bilimlari, ko‘nikmalari va huquqlarini anglash darajasi (moliya savodxonligi) mamlakat bank tizimining rivojlanishi va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Past moliyaviy savodxonlik bank xizmatlaridan foydalanish darajasini cheklab, naqd pulga ishonishni kuchaytiradi, bu esa bank tizimining chuqurlashishiga to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birga, faol va innovatsion bank tzimi, aholiga qulay va tushunarli mahsulotlar taklif etish orqali, moliyaviy
savodxonlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlikni oshirish va bank tizimini rivojlantirish choralarini integratsiyalash zarurligi ta’kidlanib, ikkala soha o‘rtasidagi musbat sinergiya yaratish yo‘llari taklif etiladi. Natijada, yuqori moliyaviy savodxonlik bank tizimiga ishonchni oshiradi, moliyaviy inklyuzivlikni kengaytiradi va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadi.
TEACHER AND STUDENT PERCEPTIONS OF CHATGPT IN ACADEMIC WRITING AND ESL CLASSROOMS
This article explores the perceptions of teachers and students regarding the use of ChatGPT in academic writing within English as a Second Language (ESL) classrooms. With artificial intelligence (AI) increasingly influencing language learning, tools like ChatGPT are becoming accessible and popular among ESL learners. The research investigates the perceived benefits, drawbacks, ethical concerns,
and pedagogical implications of integrating ChatGPT into ESL writing instruction. Through a mixed-methods approach involving surveys and interviews, the study identifies emerging attitudes and practices, highlighting the potential of ChatGPT to enhance ESL writing skills while also raising important concerns about academic integrity and student dependence.
FIZIKA TA’LIMINI YAXSHILASHDA ALLOMALARNING O’RNI.
Ushbu maqolada mashinasozlik va muhandislik sohasida qo’llaniladigan innovatsion texnologiyalarni joriy etishda shuningdek, zamonaviy muhandislarni tayyorlashda Fizika fanining o’qitilishi va fanning shakllanish bosqichlarini ahamiyati to’g’risida gapirib o’tilgan.
ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA JANGOVAR VA JISMONIY TAYYORGARLIKNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Maqolada ichki ishlar organlarida jangovar va jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati, uning zamonaviy jamiyatda xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni, shuningdek, ichki ishlar tizimidagi xodimlarning professional rivojlanishida qanday hissa qo‘shishi haqida so‘z boradi. Ichki ishlar organlarida xizmat qiluvchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasi ularning vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun muhim omil bo‘lib, mamlakatdagi qonun ustuvorligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi masalalarda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada mavzuga oid turli adabiyotlar tahlili, tadqiqot metodologiyasi, olingan natijalar hamda amaliy tavsiyalar o‘rin olgan.
ABDULLA QODIRIY VA MARK TVEN HAJVİYOTINING O‘XSHASH VA FARQLI TOMONLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston mumtoz adabiyoti namoyandasi Abdulla Qodiriy va amerikalik yozuvchi Mark Tven hajviyotining o‘xshash va farqli jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Ikkala adibning ijtimoiy-siyosiy voqealarga bo‘lgan munosabati, ularning hajv uslubidagi o‘xshashlik va milliy-madaniy tafovutlar asosida yoritiladi. Maqola davomida hajviylikning ironik, satirik va sotsiologik jihatlari taqqoslanib, ikki adibning asarlari orqali jamiyatdagi illatlarni qanday ochib berganiga e’tibor qaratiladi.
АНАЛИЗ И ИССЛЕДОВАНИЕ АЛГОРИТМОВ И МЕТОДОВ В СЕТЯХ ИНТЕРНЕТА ВЕЩЕЙ ДЛЯ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ МОДУЛЕЙ
В мире начиная с 1999 года, когда была предложена концепция и терминология интернета вещей, началось бурное развитие сферы IoT. Данная технология является относительно новой и за такой короткий период времени
перетерпело довольно много обновлений и улучшений. На сегодняшний день IoT имеет свою инфраструктуру связанных между собой различных датчиков и цифровых элементов, которые в свою очередь объединяются с облачными
технологиями. Во всех развитых странах такие как, США, Великобритания, Япония, Китай, Германия, Корея и др., уже активно используются технологии интернета вещей в повседневной жизни, промышленности, а также в социальных
сферах. По данным Allied market research глобальный рынок платформы AIoT в 2023 году составила 27,7 миллиарда долларов и по прогнозам к 2032 году доля рынка достигнет 424 миллиарда долларов со среднегодовым темпом роста 35,8%
с 2024 по 2032 год [4].
SINGAPUR TA’LIM TIZIMIDA FIZIKA FANINING O’RNI
Singapur ta'lim tizimi — bu innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik metodlarni qo'llab-quvvatlaydigan bir tizim bo'lib, unda fizika fani muhim o'rin tutadi. Fizika, nafaqat tabiat qonunlarini tushuntirish, balki muhandislik, texnologiya va boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan holda, talabalarga analitik fikrlash va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega. Singapurda fizika ta'limi ko'plab tajriba asosidagi o'qitish usullari bilan boyitilgan bo'lib, bu esa talabalarni nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llashga undaydi.
3 ХОРИЖИЙ ТИЛНИ ЎРГАТИШДА ИНТЕГРАТИВ ПСИХОЛИНГВИСТИК ТРЕНИНГ
Интегратив психолингвистик тренинг хусусияти шундаки, унда ўқувчилар фақат ишлаётган тилда мулоқотга киришиб, аммо улар билан ишлаш жараёнининг психологиясига асосланган тарзда ҳам ўрганишади. Бу эса
болага тилни ўзлаштириш имконини яратади. Бола тилни ўзлаштирар екан ўз навбатида нутқ хам ривожланиб боради. Янги тилни ўрганиш, натижада, аниқ бир ёдлаш усули бўлмасдан, балки динамик, эмоционал ва когнитив жараёнлар
орқали амалга оширилиши керак. ИПТ Интегратив психолингвистик тренингда ишлаш инсоннинг психикасига ва ўзлаштириш жараёнига тўлиқ
интеграцияланади.
THE CHARACTERISTICS OF LEXICAL UNITS RELATED TO ENTREPRENEURSHIP
This article explores the linguistic and structural features of lexical units used in the field of entrepreneurship. It analyzes the mechanisms of word formation, semantic shifts, stylistic tendencies, and borrowing processes. The study also highlights how
global business trends and technological innovation have contributed to the development of a distinct entrepreneurial lexicon.
ИЗМЕНЕНИЯ МИКРОСТРУКТУРЫ ПОЧЕК ПРИ ОТРАВЛЕНИИ УКСУСНОЙ КИСЛОТОЙ
Характерные черты гемоглобинурического нефроза при случайном и суицидальном отравлении уксусной кислотой. Но наиболее ярко степень поражения паренхимы почки проявляется при остром или хроническом стрессе перед отравлением.
NAQD PULLARNING KELIB CHIQISH TARIXI
Zamonaviy dunyoda telefondan foydalanib, soniyalar ichida millionlab pullarni bir manzildan ikkinchisiga ko‘chirish mumkin. Asrlar davomida esa insoniyat tasavvurida pul – metall tangalardan iborat bo‘lib kelgan.
ЭФФЕКТИВНАЯ ОРГАНИЗАЦИЯ УРОКА ДЛЯ УЧАЩИХСЯ ПО ТЕМЕ «СТРУКТУРЫ ЭЛЕКТРОННОЙ ПОЧТЫ»
В статье рассматривается вопрос эффективной организации занятия по теме «Структуры сервисов электронной почты» для студентов учреждений профессионального образования. В статье также рассматриваются причины защиты информации, политика информационной безопасности в Узбекистане, виды угроз и их причины. Основной акцент сделан на
классификации видов методов защиты информации. В статье также анализируются и изучаются теоретические основы современных методов защиты, таких как парольная и биометрическая аутентификация.
KASBIY TA’LIMDA “EHTIMOLLIKNI HISOBLASHDA KOMBINATORIKA FORMULALARIDAN FOYDALANISH” MAVZUSINING TA’LIM TEXNOLOGIYASINING MODELINI ISHLAB CHIQISH
Mazkur maqolada kasbiy ta’limda “Ehtimollikni hisoblashda kombinatorika formulalaridan foydalanish” mavzusining ta’lim texnologiyasining modelini ishlab chiqish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, mavzuni samarali yoritish rejasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
MUAMMOLI O‘QITISH TIZIMIDAN FOYDALANIB BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING O‘QUV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
Boshlang‘ich ta’lim bosqichi har bir bolaning ta’lim olishdagi eng muhim davri hisoblanadi. Bu davrda o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, mustaqil fikrlash qobiliyati va o‘rganish ko‘nikmalari shakllanadi. Shu bois, boshlang‘ich sinf darslarida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini samarali rivojlantirish uchun zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish zarur. Muammoli o‘qitish tizimi aynan shunday yondashuvlardan biri bo‘lib, u o‘quvchilarning faolligini oshirish, fikrlash jarayonini rivojlantirish va o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga
xizmat qiladi.
TIRNOQGULDAN EFIR MOYLARI AJRATISH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING TAHLILI
Ushbu maqolada tirnoqgul o‘simligidan efir moylarini ajratishning zamonaviy texnologiyalari, ularning sifatini baholash usullari va tahlili haqida so‘z boradi. Turli usullar, jumladan distillash, ekstraksiya va superkritik suyuqlik ekstraksiyasi yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Efir moylarining kimyoviy tarkibi va sifat ko‘rsatkichlari zamonaviy analitik metodlar yordamida o‘rganilib, ularning kosmetik va dorivor xususiyatlari ta’kidlanadi.
TIBBIY BIOLOGIYA FANINI O'QITISHDA DARS TEXNOLOGIYALARINING O'RNI
Tibbiy biologiya va Genetika darslarini o'tish uchun bir qancha zamonaviy texnologiyalar va metodologiyalar mavjud. Ushbu texnologiyalar ta'lim jarayonini yanada interaktiv, qiziqarli va samarali qilishga yordam beradi. Maqolada tibbiy biologiya va genetika darslarini o'tish uchun foydali bo'lishi mumkin bo'lgan ba'zi texnologiyalar va usullar keltirilgan.
МЕТОДЫ ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ В ПРЕПОДАВАНИИ РУССКОМУ ЯЗЫКУ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Существует множество интерактивных методов обучения русскому языку. В частности, преподавание русского языка в профессиональном образовании значимо, поскольку имеет ряд эффектов. В статье рассматривается
использование русского языка в профессиональных процессах и интерактивные методы, широко используемые в сфере его преподавания.
MUSIQIY TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA XORIJIY MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TAJRIBALARINI O‘RGANISH VA AMALIYOTGA TATBIQ ETISH
Maqolada xorijiy maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy ta’lim jarayoni haqida tanishib o‘tamiz hamda aynan xorij mamlakatlaridan musiqiy ta’limda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qanday metod va yangiliklarni O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim muassasalarining aynan musiqa tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan, rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadigan metodlarni olib kirish to‘g‘risida so‘z boradi.
ShARQ ALLOMALARINING ASARLARIDA KASB TANLASH BORASIDAGI FIKIRLARNING PEDAGAGIK VA PSIXOLOGIK TAHLILI
Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri kasb tanlash va o’quvchilarni kasbga yo’naltirish masalasini sharq mutafakkirlarining asarlarida yoritilishini o’rganilgan
SHAXS TARAQQIYOTIDA MOTIVATSIYANING ROLI VA AXAMIYATI
Ushbu maqolada shaxs taraqqiyotida motivatsiyaning ahamiyati, motiv va motivatsiyaning turlari, motavatsiyaning ijobiy va salbiy jihatlari ularni keltirib chiqaruvchi omillari tahlil etilgan.
TOG‘AY MUROD HAYOTI VA IJODINI O‘QITISH – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri – Tog‘ay Murod (Tohir Malik) hayoti va ijodini umumta’lim maktablarida va oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishdagi dolzarb pedagogik muammolar tahlil qilinadi.
Shuningdek, adibning murakkab badiiy tafakkuri, timsollarga boy asarlari va ularning talabalarga yetkazilish metodikasi, estetik idrok va tarixiy ongni shakllantirishdagi o‘rni o‘rganiladi.
MIRZO ULUG‘BEK HAYOTI VA ILMIY-MA’RIFIY MEROSINI O‘RGANISH.
maqolada davlat arbobi, buyuk olim va sarkarda Mirzo Ulug’bekning hayot yo’li, uning Movarounnahr davlati va dunyo madaniyati hamda siyosati oldidagi yuksak xizmatlari va qo’shgan ulkan hissasi muhokama qilingan. Shuningdek, Mirzo Ulug’bekning astronomiya sohasidagi ilmiy izlanishlari va ularning bugungi kundagi ahamiyatiga doir fikr va mulohazalar keltirilgan..
NYUTONNING 2-QONUNINI QO'LLANISHI VA AHAMIYATI.
Ushbu maqolada Nyutonning 2-qonunining nazariy asoslari, kundalik hayot va texnika sohalaridagi qo‘llanilishi hamda ahamiyati yoritiladi. Nyutonning 2-qonuni mexanik harakatlarni tahlil qilishda muhim o‘rin tutadi va jismlarga ta’sir qiluvchi
kuch va ularning tezlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Maqolada ushbu qonunning formulasi, fizik tamoyillari va turli holatlarda amaliy misollari ko‘rsatilib, uning ilm-fan va texnologiyadagi o‘rni tahlil qilinadi.
OʻZBEKISTONNING SUV HAVZALARI
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan asosiy suv havzalari, ularning tabiiy-geografik xususiyatlari, ahamiyati hamda muammolari yoritilgan. Suv resurslarining hozirgi holati, ularni boshqarish, suvdan foydalanish
samaradorligi va ekologik muammolarga qarshi kurashish choralari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bu boradagi ilmiy-tadqiqot va ta’lim jarayonlariga qo‘llanishi haqida fikr yuritiladi.
ZAMONAVIY AVTOMOBILLARDA YANGI TURDAGI IYOD.
Ushbu maqolada zamonaviy avtomobillar dvigatellarining rivojlanish tendensiyalari, ularning ekologik xavfsizligi, yoqilg‘i samaradorligi va texnologik yangiliklari tahlil qilinadi. EIchki yonuv dvigatellarining modernizatsiyasi bilan
bog‘liq ilmiy-texnik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Maqola avtomobilsozlik sohasidagi global yangiliklar asosida tayyorlangan bo‘lib, dvigatel texnologiyalarining kelajakdagi istiqbollariga e’tibor qaratadi.
YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARIDA REABILITATSIYA QILISHNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada yurak-qon tomir kasalliklarida reabilitatsiya qilishning ahamiyati atroflicha tahlil qilingan.
MS ACCESSDA JADVALLARNI O‘ZARI BOG‘LASH
Ushbu maqolada Microsoft Access dasturida jadvalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar (relationship) yaratish usullari va ularning turlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Jadval bog‘lanishlari ma’lumotlar bazasining yaxlitligini ta’minlash, takroriy
ma’lumotlarni oldini olish hamda samarali so‘rovlar yaratish uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bir-biriga bog‘langan jadvallar orqali ma’lumotlarni qanday qilib oson va samarali boshqarish mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi. Asosiy e’tibor bir-beriga
bog‘langan jadvallar (birga-ko‘pga, birga-birga, ko‘pga-ko‘pga) va ularning real hayotdagi misollari, shuningdek, bog‘lanishlar yaratishda MS Accessning grafik interfeysidan foydalanish haqida bo‘ladi.
INFORMATIKA - ZAMONAVIY KASBLAR ASOSI
Ushbu maqolada texnikum va kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun informatika fanining ahamiyati yoritilgan. Maqolada informatikaning asosiy yo‘nalishlari-dasturlash, kompyuter tarmoqlari, axborot xavfsizligi, ma’lumotlar bazasi, sun’iy intellekt kabi sohalar haqida tushuncha berilgan. Shuningdek, informatikaning amaliy hayotdagi o‘rni, ish topish imkoniyatlari, frilans va masofaviy ishlar, raqamli savodxonlik va zamonaviy dasturlar bilan ishlash bo‘yicha foydali ma’lumotlar keltirilgan. Maqola o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganishga va o‘z ustida muntazam ishlashga undaydi.
" 2-SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR SHAKLLARINI TASHKIL ETISH"
Ushbu maqolada 2-sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning ahamiyati va samarali usullari ko‘rib chiqiladi.
O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va matematik tafakkurlarini shakllantirishga qaratilgan turli usullar, jumladan, matematik o‘yinlar, musobaqalar, to‘garaklar va amaliy mashg‘ulotlar tahlil
qilinadi. O‘qituvchining bu jarayondagi roli va samarali tashkil etish tamoyillari ham yoritiladi.
MAKTABGACHA TA’LIMNING RIVOJLANISH MARKAZLARIDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA O‘YINLARDAN FOYDALANISH VA TAHLIL QILISH.
Ushbu maqolada maktabgacha ta’limning rivojlanish markazlarida ta’lim-tarbiya jarayonida o‘yinlarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Bolalarning ijtimoiy, aqliy va jismoniy rivojlanishida o‘yin faoliyatining ta’siri tahlil qilingan. Turli xil o‘yin turlaridan – didaktik, rol o‘ynash, harakatli va mantiqiy o‘yinlardan samarali foydalanish usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, o‘yin jarayonini tashkil etish bosqichlari va uning samaradorligini baholash mezonlari haqida fikr yuritilgan. Maqola o‘qituvchi va tarbiyachilar uchun amaliy tavsiyalar va metodik yondashuvlarni
o‘z ichiga oladi.
“DORILAR HAQIDA MA’LUMOT.DORILARNING FARMAKALOGIK XOSSALARI” MAVZUSIDA
Dorilarning xususiyatlarini aniqlash, bazi dori turlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tish va uni saqlanish sharoiti va dorivor o‘simlik
xomashyosi - dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning qismlari haqida mulohazalar ilgari surilgan.
TIBBIYOTDA GERONTOLOGIYANING O‘RGANILISH NAZARIYASI
Ushbu maqolada tibbiyot fanining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan gerontologiya fanining nazariy asoslari, asosiy ilmiy yondashuvlari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Gerontologiya inson organizmining qarish jarayonlarini
biologik, psixologik va ijtimoiy jihatdan o‘rganadi. Maqolada qarishning genetik, erkin radikallar, endokrin va immun nazariyalari tahlil qilinadi hamda geriatrik tibbiyot, geroprofilaktika va zamonaviy tadqiqotlarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi.
ONA TILI DARSLARIDA KASBIY TERMINLARNI O‘RGATISH USULLARI
Ushbu maqolada kasb-hunar ta’limi tizimida ona tili darslari orqali kasbiy terminlarni o‘rgatishning dolzarbligi, ularni samarali o‘zlashtirish usullari, hamda bu jarayonda o‘qituvchi faoliyatining yangicha metodik yondashuvlarga asoslanishi zarurligi haqida so‘z yuritiladi. Maqolada kasbiy terminlarning o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, nutq madaniyatini
shakllantirish va kasbiy kommunikatsiya malakalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, terminlarni o‘qitishda kontekst asosida ishlash, lug‘atlar tuzish, integratsiyalashgan darslar tashkil etish, AKT vositalaridan foydalanish kabi samarali
usullar taklif etilgan. Maqola ona tili fani bilan kasbiy ta’lim o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
ВЛИЯНИЕ ПРИМЕНЕНИЯ АКТИВНЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ НА АКТИВНОСТЬ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА
В статье рассматривается влияние применения активных методов обучения на активность учащихся на уроках русского языка. Активные методы, такие как ролевые игры, групповые обсуждения, ситуационные упражнения и использование информационно-коммуникационных технологий, способствуют интерактивности и повышению интереса учащихся к изучению языка. Результаты исследования показывают, что применение активных методов способствует развитию коммуникативных навыков на русском языке, эффективному усвоению профессиональной терминологии и значительному
увеличению активности учащихся на занятиях. В статье даются рекомендации для преподавателей русского языка по расширению использования активных методов в учебном процессе.
ИЗМЕНЕНИЯ МИКРОСТРУКТУРЫ ПОЧЕК ПРИ ОТРАВЛЕНИИ УКСУСНОЙ КИСЛОТОЙ
Характерные черты гемоглобинурического нефроза при случайном и суицидальном отравлении уксусной кислотой. Но наиболее ярко степень поражения паренхимы почки проявляется при остром или хроническом стрессе перед отравлением.
MORPHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE LYMPHATIC SYSTEM AS A STRUCTURAL BASIS OF IMMUNE DEFENSE
an Important role in the body's adaptation to adverse endo - and exogenous factors is played by the immune system (is), the importance of which in maintaining immune homeostasis and, consequently, the necessary level of adaptive
potential of the body (APO), it is difficult to overestimate. This function is performed in the interaction of various immunocompetent organs, one of which is the lymph nodes (LU), visceral and peripheral (somatic) A new algorithm for studying the functional
immunomorphology of lymph nodes is proposed, based on the determination of five parmeters at the tissue level and the calculation of three coefficients. The new approach allows us to objectively and accurately assess the structural and functional
state of organs both in normal and pathological conditions, which reflects the immune
status and the overall level of adaptive potential of the body.
1946-1991 YILLARDA AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI
Ushbu maqolada 1946–1991 yillar oralig‘ida Amerika Qo‘shma Shtatlarining ichki va tashqi siyosati, sovuq urush davrida tutgan strategik pozitsiyasi hamda iqtisodiy va harbiy kuchining jahon miqyosidagi ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada
AQShning SSSR bilan raqobati, xalqaro siyosiy tashkilotlardagi faoliyati va demokratik qadriyatlarni targ‘ib qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari yoritilgan. Shuningdek, ushbu davrda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, iqtisodiy
rivojlanish omillari va AQShning global liderlik pozitsiyasi asosli manbalar asosida tahlil etiladi.
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ВОСТОЧНОЙ ОБРАЗНОСТИ В ПРОЗЕ ТИМУРА ПУЛАТОВА И ХАМИДА ИСМАЙЛОВА
Статья посвящена анализу восточной образности в прозе Тимура Пулатова и Хамида Исмайлова – двух ярких представителей современной узбекской литературы. Рассматриваются ключевые символы и мотивы, восходящие к суфийской традиции, фольклору и мифопоэтике Востока. Выявляются сходства и различия в поэтическом подходе авторов, особенности
интеграции традиционных образов в современный контекст.
FIZIKA TA’LIMIDA MANTIQIY TUZILISH SXEMANING AHAMIYATI
Ushbu maqola orqali mualliflar bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo‘lgan Fizika kursidan kurgazmali eksperimentlar, laboratoriya ishlari va masalalar echish jarayonida o‘quvchilar ongida ma’lumotlarni qayta ishlash ko‘nikmalari shakllan to‘g‘risida bir qatorda na’munalar ham kiltirgan.
ASTRONOMIYA FANINING TADQIQOTLARI VA YUTUQLARINI TA’LIM TIZIMIGA QО‘LLASHNING NAZARIY ASOSLARI
Maqolada zamonaviy astronomiya va uning ilmiy-tadqiqot yutuqlarini ta‟lim tizimiga qо„llashning nazariy asoslari yoritilgan. Mavjud astronomiya adabiyotlariga fandagi soʻnggi yutuqlarni kiritish masalasi koʻrib chiqilgan.
INGLIZ TILIDA PREDLOGLARNING ISHLATILISHI
Ushbu maqola ingliz tilida predloglarning grammatik va semantik xususiyatlarini tahlil qiladi. Predloglarning asosiy turlari — joy, vaqt, yo‘nalish, sabab va vosita predloglari — batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, predloglarning frazali fe’llar va sifat-birliklaridagi roli, o‘quvchilarning predloglarni o‘rganishda duch keladigan qiyinchiliklari tahlil etiladi. Maqolada predloglarni
o‘rgatishda samarali metod va usullar — kontekstual yondashuv, interaktiv mashqlar, vizual vositalar va rolli o‘yinlar — tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘rganuvchilarning predloglardan to‘g‘ri foydalanish qobiliyatini oshirishga xizmat
qiladi. Maqola o‘qituvchilar va til o‘rganayotganlar uchun amaliy qo‘llanma sifatida mo‘ljallangan.
"THE IMPACT OF FOREIGN AID ON POVERTY REDUCTION IN SUB-SAHARAN AFRICA: THE ROLE OF CORRUPTION AND ECONOMIC GROWTH"
This study examines the relationship between economic growth, corruption, and foreign aid in Sub-Saharan Africa to answer the following research question: What is the impact of foreign aid on poverty reduction in Sub-Saharan Africa? Panel data from
2010 to 2023 was chosen for the analysis and Ordinary Least Squares regression model is employed. The independent variable is foreign aid, the dependent variable is poverty headcount ratio, and the control variables are GDP per capita and the Corruption
Perceptions Index. The outcomes show that foreign aid falls short of its objective of reducing poverty in Sub-Saharan Africa. Furthermore, reduced corruption decreases the poverty rate, demonstrating its significance in the successful application of foreign
aid. Finally, it was demonstrated that GDP per capita alone had almost no impact. Three policy recommendations were made: eliminate corruption, improve control over finances, and put strategies for sustainable growth into practice.
YOSHLAR IJTIMOIY GURUHINING O’ZIGA HOS JIHATLARI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O’RNI
Mazkur maqolada yoshlar ijtimoiy guruhining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli tahlil qilinadi. Yoshlarning ijtimoiy faolligi, ma’naviy-axloqiy qarashlari, ta’lim va mehnat sohasidagi ishtiroki
orqali jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi yoritiladi. Uyushmagan yoshlar hisobidan faol yoshlarning sonini o’sish omillari hamda passiv yoshlarni salbiy taraflari yuzasidan fikr yuritgan. Shuningdek, maqolada davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari hamkorligida uyushmagan va passiv yoshlarni bunyodkorlik ishlarga jalb qilish mexanizmlari ochib berilgan.
YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARINING YOSHLAR ORASIDA KO’PAYISH SABABLARI
Ushbu maqolada so‘nggi yillarda yoshlar orasida yurak-qon tomir kasalliklarining ortib borishi sabablari tahlil qilinadi. Zamonaviy turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikning kamayishi, stress va zararli odatlarning keng tarqalganligi yurak
salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada ushbu omillar ilmiy asosda ko‘rib chiqilib, profilaktika choralariga ham e’tibor qaratilgan.
BOOSTING STUDENT INVOLVEMENT WITH ACTIVE LEARNING TECHNIQUES IN HIGHER EDUCATION
This article examines the influence of active learning strategies on academic performance and student engagement. This article employed a methodology that integrates quantitative surveys and qualitative interviews to inestigate the effects
of active learning in greater detail. The findings suggest a significant increase in student engagement and motivation, as well as an improvement in academic performance and participation in class activities. The essential information underscores that students
appreciate the interactive nature of effective teaching methods, such as collaborative projects and group discussions, despite the presence of certain challenges associated with the transition from passive to active learning and time management. This study
examines the advantages of active learning and offers potential solutions to the challenges that educators may encounter when attempting to implement these \techniques in the classroom.
JINSNING SHAKLLANISHIDA GARMONLARNING AHAMIYATI
Organik olam evolyutsiyasining ma’lum bosqichida Yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo‘lgan. Ayrim jinsli organizmning tarixiy jarayonda paydo bo’lishi katta biologik ahamiyatga ega. Har xil jinsli organizmlarning o‘zaro qo‘shilishi irsiy axborotning ko‘payishiga, muhit sharoitiga moslashishiga imkon bergan.
AROMATIK UGLEVODORODLAR.BENZOL.
Ushbu maqolada o’quvchi Aromatik uglevodorodlar. Benzolni nomlanishi ,olinishi va xossalari, hayotda ishlatilishi haqida tushunchaga ega bo’lishlari haqida yoritilib o’tilgan.
“BANK TIZIMLARIDA EKOTIZIM BOSHQARUVI: BARQAROR VA SAMARALI BOSHQARUVNING ASOSIY PRINSIP VA METODOLOGIYALARI”
Maqolada zamonaviy bank tizimlarida ekotizim boshqaruvining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Bugungi raqamli va globallashgan iqtisodiyot sharoitida bank ekotizimlari turli moliyaviy, texnologik va ijtimoiy komponentlarning o‘zaro integratsiyalashgan tizimidir. Ushbu maqolada bank ekotizimining samarali ishlashini ta'minlovchi boshqaruv tamoyillari, xususan, barqarorlik, moslashuvchanlik, shaffoflik, raqamli texnologiyalardan foydalanish, strategik sheriklik kabi omillar
chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada bank ekotizimlarining boshqaruvini takomillashtirishga doir ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy metodologik yondashuvlar (stakeholder yondashuvi, ESG tamoyillari, riskga asoslangan boshqaruv) tahlil
qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston bank tizimi uchun muhim taklif va
amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
ПОЛОЖИТЕЛЬНОЕ ВЛИЯНИЕ ОЗДОРОВИТЕЛЬНОГО БЕГА НА ФИЗИОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО ОРГАНИЗМА
В статье изложена двигательная активность человека, физические упражнения, навыки гигиены и здорового образа жизни, которые являются незаменимыми средствами профилактики заболеваний, важными факторами
совершенствования человека, укрепления его здоровья, поддерживания работоспособности. Но чтобы быть здоровым, недостаточно просто хотеть этого, нужно упорно и систематически заниматься физической
культурой.
ISLOM KARIMOV: MUSTAQIL O‘ZBEKISTON ASOSCHISI VA MILLIY TARAQQIYOT STRATEGIYASINING MUALLIFI
Mazkur maqolada Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qilishdagi tarixiy roli va milliy taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishdagi beqiyos hissasi yoritilgan. Uning siyosiy yetakchiligi, mustaqil davlat
qurishdagi strategik qarashlari, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi tashabbuslari hamda xalqaro maydonda O‘zbekistonning obro‘sini oshirishga qo‘shgan hissasi zamonaviy tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Islom Karimov asos solgan g‘oya va
tamoyillarning bugungi O‘zbekiston rivoji bilan qanday uzviy bog‘liqlikda davom etayotgani ham tahlil qilinadi.
ЭКОНОМИЯ ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ В НАСОСНЫХ УСТАНОВКАХ
В статье обоснована необходимость применения энергосберегающих технологий на насосных станциях и показаны пути экономии электрической энергии посредством применения многоскоростных двигателей с полюсопереключаемыми обмотками.
ВОПРОСЫ ЭНЕРГО- И РЕСУРСОСБЕРЕЖЕНИЯ НА НАСОСНЫХ УСТАНОВКАХ.
Данная статья посвящена проблеме энергосбережения на насосных установках. В статье представлены результаты исследования режимов работы циркуляционных насосов и для повышения их экономической эффективности
предложены мероприятия по энергосбережению.
POLIETILEN KABEL IZOLYATSIYASINING TERMOMEXANIK ESKIRISHI
TDTU Olmaliq filiali “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi” kafedrasi assistenti PEning uzoq muddatli termomexanik qarishi uning strukturaviy va termofizik xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladi [199-200], bu uning elektr va mexanik
xususiyatlariga ta'sir qiladi. charaktyorlik. Ushbu xususiyatlarni kamaytirish muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi va kabel mahsulotlarining ishonchliligini kamaytirishi mumkin.
INGLIZ TILIDA MODAL FEʼLLAR
Mazkur maqolada ingliz tilidagi modal fe’llarning (can, could, may, might, must, should, will, would va boshqalar) grammatik va
kommunikativ funksiyalari chuqur tahlil qilinadi. Modal fe’llar yordamida so‘zlovchi o‘z fikrini ehtimollik, majburiyat, maslahat, ruxsat yoki imkoniyat kabi turli ma’no ohanglarida ifoda etadi. Shu jihatdan ularni chet tili sifatida o‘rganayotgan
o‘quvchilarga o‘rgatish, ularning muloqot kompetensiyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada modal fe’llarning turlari, ularning qo‘llanilishidagi farqlar, o‘quvchilar duch keladigan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali
o‘qitish strategiyalari yoritilgan. Bundan tashqari, interaktiv metodlar, vizual vositalar, real hayotiy vaziyatlar asosidagi topshiriqlarning afzalliklari ham tahlil qilingan. Mazkur tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘qitishda modal fe’llar mavzusiga didaktik va amaliy yondashuvni taklif etadi.
AIR POLLUTION
This article analyzes the causes of air pollution and its negative effects on human health and the environment. The main sources of air pollution—industrial enterprises, motor vehicles, and energy systems—are examined in detail. In addition, measures being taken to address ecological problems are also considered. The study compares global trends with the situation in Uzbekistan and discusses ways to achieve sustainable development.
TEENAGE BULLYING
This article analyzes the issue of adolescent delinquency. It examines delinquent behavior that occurs during adolescence, its causes, social and psychological factors, as well as its consequences. The article explores the family, school, and societal environments influencing adolescents' delinquent actions. Additionally, recommendations for preventing and combating adolescent delinquency are provided.
PEDOGOGIK KASBIY KO‘NIKMALARNING TA’RIFI, TURLARI VA UNING PEDOGOGIK JARAYONLARDAGI AHAMIYATI
:Ushbu maqolada pedogogik mahorat va pedogogik kasbiy ko‘nikmalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilib, bugungi zamon ta’limi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to’liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog’liq ekanligi pedagogika orqali yoritiladi.
KO’Z KATARAKTASI KASALLIGI TURLARI VA DAVOSI
Ushbu maqolada ko‘z kataraktasi kasalligining etiologiyasi, klinik shakllari va zamonaviy davolash usullari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Kataraktaning tug‘ma, yoshga bog‘liq, travmatik hamda ikkilamchi shakllari to‘liq tavsiflanib, ularning patogenezi va klinik ifodalari tahlil qilingan. Zamonaviy tashxislash texnologiyalari hamda kataraktani jarrohlik yo‘li bilan davolashning ilg‘or
usullari – fakoemulsifikatsiya, intraokulyar linzalarni implantatsiyalash texnikasi, va femtosekund lazer yordamida olib boriladigan aralashuvlar ko‘rib chiqilgan. Maqola oxirida kataraktani erta aniqlash, individual yondashuv va texnologik yangiliklarning
kasallik oqibatlarini kamaytirishdagi ahamiyati ta’kidlangan.
ЛЕЧЕНИЕ ПЕРЕЛОМОВ ТРУБЧАТЫХ КОСТЕЙ У СОБАК МЕТОДОМ ИНТРАМЕДУЛЛЯРНОГО ОСТЕОСИНТЕЗА В УСЛОВИЯХ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН
В статье приведены результаты клинических наблюдений и хирургического лечения переломов длинных трубчатых костей у собак методом интрамедуллярного остеосинтеза в условиях ветеринарной практики Республики Каракалпакстан. Изучен процесс регенерации и восстановления функций конечностей в послеоперационный период.
YURIIK VA JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN MOL MULK SOLIG‘I BO’YICHA TAQDIM ETILGAN IMTIYOZLAR VA SOLIQ STAVKALARI.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi, soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgatirishlar ko‘rsatib o‘tilgan. Yuridik va jismoniy
shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stvkalari, taqdim etilgan imtiyozlar, molmulk solig’i bo'yicha 2024 - 2025 - yillardagi o‘zgarish ko‘rsatkichlari mualliflar tomonidan o‘rganilgan.
TARIXIY ASARLARNI TARJIMA QILISH MUAMMOLARI: USLUB, OBRAZLILIK VA MILLIY KOLORIT
Mazkur maqolada tarixiy asarlarning tarjimasi murakkab va ko‘p qirrali lingvistik hamda madaniy jarayon sifatida tahlil qilinadi. Tarjimada muallif uslubining saqlanishi, obrazlilik vositalarining adekvat talqini va milliy koloritning tabiiy uzatilishi kabi jihatlar alohida urg‘uga ega. Muallif tarjima jarayonining madaniyatlararo kommunikatsiyadagi o‘rni, tarjimonning dunyoqarashi va individual yondashuvlari, shuningdek, pragmatik adaptatsiya zarurati haqida batafsil to‘xtaladi. Maqolada Yujin Nayda, Roman Jakobson kabi tarjima nazariyotchilari fikrlariga tayanilgan holda ekvivalentlik, stilizatsiya va zamonaviylashtirish kabi tarjima strategiyalari muhokama qilinadi. Abdurauf Fitrat va G‘afur G‘ulom singari o‘zbek tarjimnlarining faoliyati misolida milliy ruhni saqlagan holda muvaffaqiyatli tarjima namunalariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, tarixiy matnlarni tarjima qilishda
lingvistik, madaniy va tarixiy bilimlarning uyg‘unligi zarurligi ta’kidlanadi. Maqola tarixiy asar tarjimasini samarali amalga oshirish uchun kompleks yondashuvning muhimligini asoslab beradi.
OʻZBEKISTON MOLIYA BOZORINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI:MUAMMOLAR, XAVF-XATARLAR VA ISLOHOTLAR ISTIQBOLLARI.
So‘nggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi moliya bozorida sezilarli o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirilmoqda. Raqamli texnologiyalarni joriy qilish, bank tizimining liberallashuvi, kapital bozorining rivojlanishiga oid chora-tadbirlar
mamlakat moliyaviy tizimini zamonaviy talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada moliya bozorining hozirgi holati, mavjud muammolar, xavf-xatarlar va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi.
TYPES OF VACCINES AGAINST COVID-19 AND ABOUT THEM
Covid-19 infection is very dangerous and its complications can be severe, so vaccination against infection is the most effective way. Several vaccines have been developed to combat the infection, but their effectiveness varies. For this reason, only highly effective and safe vaccines are used to prevent infection.
CLINICAL COURSE OF ACUTE SINUSITIS (ACUTUS SINUSITIS).
The purpose of the study is to study the clinical course of acute sinusitis and to identify and implement new approaches to its treatment.
COMPARATIVE CHARACTERISTICS OF MORPHOMETRIC CHANGES IN THE KIDNEYS DURING CHEMICAL BURNS OF THE DIGESTIVE ORGANS.
Comparative characteristics of morphometric changes in the kidneys during chemical burns is the main factor in their diagnosis and treatment and allows in this case to cure the patient completely without complications. Therefore, if scientific research is carried out in this direction, the life expectancy of most patients will increase and their health will improe.