Авторы

  • Shamshod Nosirjonovich G’ofurov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124546

Ключевые слова:

kuchli siyosatchi ilmiy meros Ziji Ko’ragoniy Ma’mun akademiyasi rasadxona astronomiya usturlob munajjimlar Shohrux Ali Qushchi.

Аннотация

maqolada davlat arbobi, buyuk olim va sarkarda Mirzo Ulug’bekning hayot yo’li, uning Movarounnahr davlati va dunyo madaniyati hamda siyosati oldidagi yuksak xizmatlari va qo’shgan ulkan hissasi  muhokama qilingan. Shuningdek, Mirzo Ulug’bekning astronomiya sohasidagi ilmiy izlanishlari va ularning bugungi kundagi ahamiyatiga doir fikr va mulohazalar keltirilgan.. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

251

2181-

3187

MIRZO ULUG‘BEK HAYOTI VA ILMIY-MA’RIFIY MEROSINI

O‘RGANISH.

ИЗУЧЕНИЕ ЖИЗНИ И НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКОГО

НАСЛЕДИЯ МИРЗО УЛУГБЕКА.

STUDY OF THE LIFE AND SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL

HERITAGE OF MIRZO ULUGBEK.

Muallif:

Shamshod Nosirjonovich G’ofurov.

TDTU. 146-22 guruh- Iqtisodiyot.

3-bosqich talabasi.

shamshodg954@gmail.com

.

+99891-9489848.

Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganish.

Изучение жизни и научно-просветительского наследия Мирзо Улугбека.

Study of the life and scientific and educational heritage of Mirzo Ulugbek.

Annotatsiya:

maqolada davlat arbobi, buyuk olim va sarkarda Mirzo

Ulug’bekning hayot yo’li, uning Movarounnahr davlati va dunyo madaniyati hamda

siyosati oldidagi yuksak xizmatlari va qo’shgan ulkan hissasi muhokama qilingan.

Shuningdek, Mirzo Ulug’bekning astronomiya sohasidagi ilmiy izlanishlari va

ularning bugungi kundagi ahamiyatiga doir fikr va mulohazalar keltirilgan..

Аннотация:

в статье рассматривается жизненный путь государственного

деятеля, крупного учёного и полководца Мирзо Улугбека, его большие заслуги

и большой вклад в государство Моваруннахр и мировую культуру и политику.

Также представлены научные исследования Мирзо Улугбека в области

астрономии и их значение сегодня.

Abstract:

the article discusses the life path of the statesman, great scientist and

general Mirzo Ulugbek, his great services and great contribution to the Movarounnahr

state and world culture and politics. Mirzo Ulug'bek's scientific researches in the field

of astronomy and their importance today are also presented.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

252

2181-

3187

Kalit so’zlar:

kuchli siyosatchi, ilmiy meros, Ziji Ko’ragoniy, Ma’mun

akademiyasi, rasadxona, astronomiya, usturlob, munajjimlar, Shohrux, Ali Qushchi.

Ключевые слова:

сильный политик, научное наследие, Зиджи Корагоний,

Академия Мамуна, обсерватория, астрономия, астролог, астрологи, Шахрух,

Али Кушчи.

Key words:

strong politician, scientific heritage, Ziji Koragoniy, Ma'mun

Academy, observatory, astronomy, astrologer, astrologers, Shahrukh, Ali Kushchi.

Asosiy qism

Mirzo Ulug‘bek – Amir Temurning nabirasi, buyuk o‘zbek astronomi, matematigi

va davlat arbobi.

Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy – 1394-yil 22-

mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida, Amir Temurning

to‘rtinchi o‘g‘li Shohrux Mirzo oilasida dunyoga kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1394-yilda Amir Temur Iroqdagi Mordin qal’asini qamal

qiladi. Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida yozilishicha, Amir

Temurga nabirasi tug‘ilgani haqida xabar keltiriladi va munajjimlar uning hukmdor va

olim bo‘lishini bashorat qiladi. Temur ushbu xushxabar tufayli Mordin qal’asi qamalini

to‘xtatadi va uning xalqiga yuklangan tovonni bekor qiladi. Yangi tug‘ilgan nabiraga

Muhammad Tarag‘ay ismi beriladi.

Ulug‘bek 1447-yilda otasining vafotidan

xabar topgach Balxga jo‘naydi. Bu yerda u

marhum

akasi

Boysung‘urning

o‘g‘li

Alovuddavlaning Hirotda Temuriylar saltanati

hukmronligini da’vo qilganidan xabar topadi.

Ulug‘bek Alouddavlaga qarshi yurish qiladi va

Murg‘obda bo‘lib o‘tgan jangda u bilan

uchrashadi. O‘z jiyani ustidan g‘alaba qozonib,

1448-yilda

Hirotga

qarab

yuradi.

Biroq


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

253

2181-

3187

Alouddavlaning ukasi Abulqosim Bobur Mirzo unga yordamga kelib birgalikda

Ulug‘bekni mag‘lub etishadi.

Ulug‘bek Balxga chekinadi va u yerda to‘ng‘ich o‘g‘li Abdullatif Mirzo ison

ko‘targanidan xabar topadi. Shahardagi notinchlik xabarini eshitib, Ulug‘bek hech

qanday jang bo‘lmasdan Samarqandga chekinishga majbur bo‘ladi. Abdullatif tez

orada Samarqandga yetib boradi va Ulug‘bek beixtiyor o‘g‘liga taslim bo‘ladi.

Abdullatif otasini hibsdan ozod qilib, Makkaga haj qilishiga ruxsat beradi. Biroq,

manziliga yetib bormasdan turib otasi va ukasi Abdulazizni ham 1449-yilda qatl

qildirdi.

Ulug‘bek davrida Samarqand ilm-fan o‘choqlardan biriga aylangan. U yerda 15-

asrning birinchi yarmida Ulug‘bekning atrofida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy,

Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi taniqli astronom va matematiklarni birlashtirgan

katta ilmiy maktab vujudga keladi. U vaqtlar Samarqandda O‘rta Osiyo haqida ajoyib

asar yozgan tarixshunos Hofiziy Abru, taniqli shifokor Mavlono Nefis, shoirlar

Sirojiddin Samarqandiy, Sakkokiy, Lutfiy, Badaxshiylar va boshqalar yashagan. Ular

o‘z davrining eng ilg‘or fikrli va ilmli kishilari bo‘lgan.

Ulug‘bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning “Zij”i bo‘lib,

bu asar “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Guragoniy” deb ham ataladi. “Zij”dan tashqari

uning qalamiga mansub matematik asari “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”,

astronomiyaga oid “Risolayi Ulug‘bek” (yagona nusxasi Hindistonda, Aligarh

universiteti kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir “Tarixi arba’ ulus” (“To‘rt ulus

tarixi”) asaridir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ulug‘bek tibbiyot va musiqaga ham qiziqqan. Jumladan,

Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida unng she’rlaridan namunalar keltirib

o‘tgan.

Mirzo Ulug‘bekning vafotidan so‘ng Samarqand olimlari asta-sekin Yaqin va

O‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab tarqalib ketadi. Olimlar o‘zlari borgan yerlarda

Samarqand olimlarining yutuqlari va “Zij”ning nusxalarini ham yetkazadilar. Xususan,

Ali Qushchi 1473-yil Istanbulga borib, rasadxona quradi. Shunday qilib Ulug‘bekning


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

254

2181-

3187

ushbu yirik asari Turkiyada tarqaladi va u orqali Yevropa mamlakatlariga yetib boradi.

Masalan, 1638-yili Istanbulga ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford universitetining

professori Jon Grivs (1602—1652) keladi. Qaytishida u o‘zi bilan Ulug‘bek “Zij”ining

bir nusxasini Angliyaga olib ketadi. 1648-yili avval “Zij”dagi 98 yulduzning jadvalini

chop etadi. O‘sha yilning o‘zida Grivs “Zij”dagi geografik jadvalni ham nashr etadi.

1650-yili esa u “Zij”ning birinchi maqolasining lotincha tarjimasini nashr etadi. Grivs

1652-yili mazkur oxirgi ikki ishni qayta nashr etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda “Zij” asarining yuzga yaqin forsiy nusxasi va

15 dan ortiq arab tilida nusxasi mavjud. U musulmon mamlakatlarining deyarli

barchasida o‘rganilgan.

Shunday bo‘lishiga qaramay, “Zij” asari umuman olganda to‘liq ravishda

o‘rganilmagan va biror zamonaviy tilga to‘liq tarjima qilinmagan. 1994-yili Mirzo

Ulug‘bek tavalludining 600-yilligi munosabati bilan asar ilk bor rus tilidagi to‘liq

tarjimasi nashr etiladi. Shu yili Ulug‘bekning yana bir asari “To‘rt ulus tarixi” ham

Toshkentda o‘zbek tilida nashr etiladi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lozmalar fondida

Mirzo Ulug‘bekning samarqandlik xattot Azizullo tomonidan nasx xatida taxminan

1439-yilda, Ulug‘bek 45 yoshda bo‘lganida ko‘chirilgan “Ziji Ko‘ragoniy”si

saqlanmoqda. Qo‘lyozma sahifalarida Ulug‘bekning tuzatishlari ham bor. Ushbu

tuzatishlar uning dastxati, yozuvi haqida ma’lumot beradi.

1417-1420 yillar Ulug‘bek Samarqandda madrasa qurdirib, Registonda barpo

etilgan birinchi me’moriy ansamblga aylanadi. Ushbu madrasaga Ulug‘bek islom

olamining ko‘plab astronom va matematiklarini taklif etadi. Qolgan ikki madrasa

G‘ijduvon va Buxoroda qurilgan. Ulug‘bek tomonidan qurilgna madrasalar universitet

vazifasini bajargan. Ulug‘bekning Buxoroda qurdirgan madrasasi peshtoqida “Ilmga

intilish har bir musulmon uchun farzdir” yozuvi saqlanib qolgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

255

2181-

3187

1428-1429-yillarda Ulug‘bek farmoyishi bilan Cho‘ponota tepaligida ulkan

silindr shaklida bunyod etilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”

asarida yozilishicha, balandligi 30,4 metrdan iborat 3 qavatli bino qurilgan. Unda

o‘ndan ortiq turli astronomik qurilmalar va asboblar bo‘lgan. Boburning yozishicha,

rasadxonaning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Uning ichiga o‘rnatilgan

juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlikda

o‘rganilgan. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra rasadxonada kutubxona bo‘lgan. Mirzo

Ulug‘bekning eng yirik astronomik asari “Ziji Ko‘ragoniy” rasadxonada yaratilgan.

Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulug‘bek taklifi bilan yig‘ilgan qator

mashhur olimlar G‘iyosiddin Koshiy, Qozizoda

Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan

bog‘liq.

Riga shahridagi

Mirzo Ulug’bek haykali

1966-yilda

O‘zbekistonda

“Ulug‘bek

yulduzi” filmi suratga olindi. Yozuvchi Maqsud

Shayxzoda

1964-yilda

“Mirzo Ulug‘bek”

pyesasini yozgan. Yozuvchi Odil Yoqubov

“Ulug‘bek xazinasi” (1970-1973) romanini yaratgan. Yozuvchi va shoir Xurshid

Davron “Sohibqironning nabirasi” qissasi va “Algul yulduzi yoki Ulug‘bekning

so‘nggi kuni” pyesasini yozgan. 1970 yillarda O‘zbekistonda Odil Yoqubovning

romani asosida “Ulug‘bek xazinasi” ko‘p qismli videofilm suratga olingan. 1994 yil

Mirzo Ulug‘bek yili deb e’lon qilingan. O‘zbekiston Milliy universiteti Mirzo

Ulug‘bek nomi bilan ataladi. Toshkent, Samarqand, Buxoro va O‘zbekistonning

boshqa shaharlaridagi xiyobon va ko‘chalarga Mirzo Ulug‘bek nomi berilgan.

Qozog‘istonning Olmaota shahrida Mirzo Ulug‘bek nomli ko‘cha bor. Toshkent

metropolitenidagi bekatlardan biri Mirzo Ulug‘bek nomi bilan atalgan. Poytaxt

tumanlaridan biri Mirzo Ulug‘bek nomi bilan atalgan. Samarqand davlat arxitektura-

qurilish instituti Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataladi. Samarqandda Mirzo Ulug‘bek


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

256

2181-

3187

muzeyi tashkil etilgan. Toshkent va Samarqandda Mirzo Ulug‘bek sharafiga haykallar

o‘rnatilgan. Riga shahridagi Kronvalda bog‘ida, O‘zbekiston elchixonasidan uzoq

bo‘lmagan joyda Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar

akademiyasi Astronomiya institutiga Ulug‘bek nomi berilgan. Oyning ko‘rinadigan

tomonida, limbning shimoli-g‘arbiy chekkasi yaqinida joylashgan kraterga,

shuningdek, 1977-yilda kashf etilgan asosiy kamar asteroidiga Ulug‘bek nomi

berilgan.

Xususan, davlatimiz oldidagi xizmatlari, yurtimiz ilm-fan sohasidagi taqqoslab

bo’lmas yutuqlarini nafaqat olimlarimizni, balki butun millatimizning ko’z o’ngida

namoyon qildirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2024-yilning o’zida Mirzo

Ulug’bekning 630-yilligiga bag’ishlab qator tadbirlar, jamoaviy yig’ilishlar va

seminarlar o’tkazish mas’ul davlat organlari va xodimlariga yuklatildi. Bularga misol

sifatida quyidagilarni keltirib o’tishni lozim deb topdim:

Mirzo Ulug‘bek nomi bilan bog‘liq obektlar, Mirzo Ulug‘bek sharafiga

barpo etilgan yodgorlik majmualari mukammal ta’mirlanadi va ularning hududi

obodonlashtirildi;

alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qo‘lyozma va boshqa madaniy

boyliklar restavratsiya qilinadi, ishonchli saqlash uchun zarur sharoit yaratildi;

Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlab «Jahon tamadduni

rivojida Mirzo Ulug‘bek ilmiy-ma’rifiy merosining o‘rni va ahamiyati» mavzusida

ilmiy-adabiy tadbirlar o‘tkazildi;

Samarqand shahrida 10-11 oktyabr kunlari «Mirzo Ulug‘bek: buyuk

qomusiy olim va mashhur davlat arbobi» mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi;

Mirzo Ulug‘bekning «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» asarini o‘zbek, rus va ingliz

tillarida, «To‘rt ulus tarixi» nomli tarixiy asarining o‘zbek tiliga tarjimasi qayta nashr

qilinadi;

Ulug‘bek haqida yaratilgan «Osmon toqiga qo‘yilgan narvon» nomli

hujjatli film taqdimoti o‘tkazildi.

Xulosa


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

257

2181-

3187

Maqolamning xulosasi sifatida shuni ta’kidlashim joizki, Mirzo Ulug’bek nafaqat

o’zi mansub millatning, ayni paytda butun insoniyatning ham faxridir. U xalqni,

saltanat sohiblarini ochiq yuzlilik, samimiyat, mehr-shafqat bilan o’ziga rom etdi,

adolat bilan ish yuritdi. Islom diniga bobosi kabi e’tiborla munosabatda bo’ldi.

Ulug’bek o’z asarlari, ma’naviy-axloqiy ta’limoti orqali barcha insonlarni go’zal

xulqli, mexr-oqibatli bo’lishga va yaxshilikka chaqirdi. Go’zal xulqli bo’lish, faqat

yaxshilikni o’ylab, yaxshilik qilishdan charchamaslik, ezgulik deya yashash, o’zida

borini o’zgalar bilan baham ko’rish, muhtojlarga yordam berish, yoru do’stlar sharafi,

nomusini himoya qilish, zohiran va botinan pok yurish, tirikchilikni halol topilgan non

bilan kechirish har qanday odamning ma’naviy qiyofasini bezaydi, deydi.

Ulug’bekday farzandi bo’lgan xalq har qancha faxrlansa arziydi. O’z

tomirlarimizda Ulug’bek qoni oqayotganligidan, ruhimizda ul muborak zotning ruhi

barhayotligidan baxtiyormiz. “Mirzo Ulug’bek o’z umrini kelajak uchun, bugungi

hayot uchun fido etdi. O’sha uzoq zamonlarda bashariyat taraqqiyotini o’ylab yashadi,

o’z avlodlari asrlar osha tartib etajak ma’rifatli bir jamiyatni orzu qildi. Har qanday

millat ham Ulug’bekday farzandni tarbiya etgani uchun g’ururlanishi tabiiy holdir.

Chunki bunday insonlar faqat o’z xalqiga emas, balki umumbashariy sivilizatsiya

uchun ham xizmat qiladi va jahonning e’tiborini qozonadi”.

Shunday qilib, Mirzo Ulug’bekning milliy va umumbashariy ma’naviy-ma’rifiy

va pedagogik ta’limotlar rivojlanishiga qo’shgan hissasi beqiyos bo’lib, u bugungi

kunda

ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O’zbekistonning xalqaro

maydonda obro’sini oshirish yo’lida katta xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1.

O’zbekiston Respublikasi PQ- “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi

Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”-12.09.2024.

2.

O’rta ta’lim maktabining “O’zbekiston tarixi” darsliklari-2023.

3.

“Ma’naviyat yulduzlari”- madaniy-ma’rifiy jurnal-2022.

4.

ziyouz.uz

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi PQ- “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi

Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”-12.09.2024.

O’rta ta’lim maktabining “O’zbekiston tarixi” darsliklari-2023.

“Ma’naviyat yulduzlari”- madaniy-ma’rifiy jurnal-2022.

ziyouz.uz