ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
220
2181-
3187
MUSIQIY TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA XORIJIY
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TAJRIBALARINI
O‘RGANISH VA AMALIYOTGA TATBIQ ETISH
Eshmuradova Sevara Mamasobir qizi,
Guliston Davlat Pedagogika Instituti
Musiqa ta’limi yo‘nalishi o‘quvchisi
Ilmiy rahbar: Nuraliyeva Zuhra Anvarovna
Annotatsiya.
Maqolada xorijiy maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy
ta’lim jarayoni haqida tanishib o‘tamiz hamda aynan xorij mamlakatlaridan musiqiy
ta’limda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qanday metod va yangiliklarni
O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim muassasalarining aynan musiqa tarbiyasi uchun
zarur bo‘lgan, rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadigan metodlarni olib kirish
to‘g‘risida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti, maktabgacha yosh, metod
,Respublika, pedagogika, konstruksiya, xorijiy tajriba, pedagogik metodika, Karl Orf
yondashuvi, Kodaly tizimi, Reggio Emilia konsepsiyasi, O‘zbekiston ta’lim tizimi,
musiqiy tarbiya, bolalar psixologiyasi, interaktiv o‘yinlar, milliy musiqa, didaktik
vositalar, musiqiy rivojlanish, estetik tarbiya.
Abstract.
The article will introduce you to the process of music education in
foreign preschool institutions and talk about what methods and innovations in music
education for preschool children from foreign countries are necessary for music
education in preschool institutions in Uzbekistan, which will contribute to its
development.
Key words.
Preschool education organization, preschool age, method, Republic,
pedagogy, construction, foreign experience, pedagogical methodology, Carl Orff
approach, Kodály system, Reggio Emilia concept, Uzbek education system, music
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
221
2181-
3187
education, child psychology, interactive games, national music, didactic tools, musical
development, aesthetic education.
Respublikamiz o‘z mustaqil fikriga ega, ijodkor,qalban va ruhan san’at ,musiqani
yaxshi tushunib, aynan musiqa orqali yosh avlodni tarbiyalashdek ulkan maqsadni o‘z
oldiga qo‘yib,unga erishish yo‘lida ulkan ishlarni bajarib kelmoqda. Kelgusida
maktabgacha ta’lim maskanlarida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi lozim? Uning yanada
yuqori o‘quv sifatini ta’minlash uchun qanday yangiliklar amaliyotga tatbiq etish
mumkin? Ayni savollarga bugungi maqola orqali fikr va mulohaza hamda takliflar
yuritib ko‘ramiz. Vatanimizda pedagogika fani va amaliyoti vakillari bu kabi muhim
masalalar yechimini topish borasida uzluksiz izlanishlar amalga oshirishmoqda.
Mazkur ilmiy maqolani tayyorlashdа xorijiy davlatlarning maktabgacha ta’lim
tizimida musiqiy tarbiyaga oid yondashuvlari, usullari va tajribalari bilan bog‘liq bir
qator ilmiy-metodik manbalar tahlil qilindi. Adabiyotlar tahlili, mavzuga oid ilg‘or
nazariyalarni, tajriba asoslarini, ta’lim texnologiyalarini va ularning qo‘llanilish
shakllarini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.
1. Adabiy manbalarni tanlash mezonlari:
Adabiyotlarni tanlashda quyidagi mezonlarga amal qilindi:
Ilmiylik va ishonchlilik (tanlangan manbalar ilmiy maqomgа ega bo‘lishi);
Tajribaning dolzarbligi (xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim tizimlarining
tajribasi);
Musiqa ta’limiga doir metodik yondashuvlarning mavjudligi;
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi pedagogik
yondashuvlarning mavjudligi.
2. Tahlil qilingan asosiy adabiyotlar va manbalar:
Karl Orfning "Orff-Schulwerk" tizimi — bolalarning musiqa vositasida tabiiy
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi ilg‘or metodika;
Zoltan Kodaly metodi — vokal va ritm orqali erta yoshdan musiqiy didni
shakllantirish;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
222
2181-
3187
Reggio Emilia yondashuvi – Italiyada shakllangan va bolalarning ijodiy
imkoniyatlarini oshirishga yo‘naltirilgan;
Montessori metodikasi — erkin tanlov va musiqa vositasida mustaqil ta’limga
asoslangan yondashuv;
Finlandiya, Yaponiya ва Janubiy Koreya tajribalari — innovatsion va
texnologiyalarga asoslangan musiqiy ta’lim.
3. Tahlil metodlari:
Adabiyotlar tahlilidaasosan quyidagi metodlardan foydalanildi:
Taqdim etilgan tajribalarni taqqoslash metodi: turli mamlakatlardagi
yondashuvlar o‘zaro solishtirildi.
Kontent tahlil: manbalardagi asosiy tushuncha va metodik yondashuvlar ajratib
olindi.
Kuzatuv va tajriba tahlili: mavjud tizimlarning amaliyotdagi samarasi o‘rganildi.
Deduktiv-analitik metod: umumiy nazariyalardan xulosa chiqarish yo‘li bilan
yondashildi.
4. Tahlil natijalari:
Musiqiy ta’limda xorijiy tajribalarda bolaning ichki dunyosini uyg‘otish, erkin
ifoda qilish, ijodkorlik va ritmik his qilish qobiliyatlarini shakllantirishga katta urg‘u
beriladi.
Aksariyat metodlarda musiqani pedagogik vosita sifatida faqat ko‘ngil ochar
emas, balki aqliy va emotsiyaviy rivojlanish manbai sifatida qaraladi.
O‘qituvchi va tarbiyachining vazifasi yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, ilhomlantiruvchi
sifatida aks ettiriladi, bola markazda turadi.
Bugungi globallashuv sharoitida har bir mamlakat ta’lim tizimi o‘zining tarixiy,
madaniy, ijtimoiy va pedagogik asoslariga tayangan holda yangilanmoqda. Ayniqsa,
maktabgacha ta’lim bosqichi – kelajak avlodning shaxsiyati, axloqiy qarashlari, estetik
didi, hissiy va aqliy salohiyati shakllanadigan eng muhim davr hisoblanadi. Shu nuqtai
nazardan, musiqiy ta’lim va tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalarda nafaqat eshitish
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
223
2181-
3187
va ifoda etish malakalarini, balki ijodiy tafakkur, emotsional muvozanat, ijtimoiy
o‘zaro aloqa va madaniy o‘zlikni shakllantirish vositasi sifatida muhim o‘rin tutadi.
1. Xorijiy maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy tarbiya yondashuvlari
Yevropa mamlakatlari, ayniqsa Germaniya, Vengriya va Skandinaviya
davlatlarida bolalarning musiqiy rivojiga holis va innovativ yondashuv kuzatiladi. Bu
davlatlarda bolalar musiqani qabul qiluvchi emas, balki uni yaratuvchi, tajriba qiluvchi
va izohlovchi shaxs sifatida shakllantiriladi.
Germaniyada Karl Orf metodikasi orqali musiqiy harakatlar, ritmik mashqlar va
bolalar cholg‘ulari bilan boyitilgan interaktiv o‘yinlar orqali bola o‘zini ifoda etishga
undaladi. Bu metod bola psixologiyasiga mos tushadi va uni tabiiy harakatlar orqali
musiqiy ongga olib kiradi.
Vengriyadagi Kodaly tizimi bolalarga xalq kuylarini yod olish, musiqiy eshituvni
rivojlantirish, nota o‘qishni o‘rgatish orqali ularning intellectual va fonetik qobiliyatini
kuchaytiradi. Kodalyning “Har bir bola musiqiy iste’dod bilan tug‘iladi” degan g‘oyasi
asosida ish olib boriladi.
Finlyandiya va Shvetsiyada musiqiy tarbiya orqali bolaning tabiiy muhiti, ichki
hissiyoti va ijtimoiy munosabatlari birgalikda rivojlantiriladi. Eng muhimi – musiqa
bola uchun baxt, erkinlik va shaxsiy ifoda vositasiga aylantiriladi.
Yaponiyada bolalar musiqani nafaqat tinglaydi, balki uni harakat, rasm, qo‘l
ishlari va tabiat manzaralari orqali ifodalaydi. Bu esa integrativ metod bo‘lib, bolaning
barcha hissiy a’zolarini uyg‘otishga xizmat qiladi.
Italiyadagi Reggio Emilia yondashuvida esa musiqa bolaning ichki ehtiyoji va
o‘ziga xos salohiyatiga ko‘ra qo‘llaniladi. Har bir bola “o‘z musiqangni top” shiori
ostida erkin yo‘naltiriladi.
2. Milliy tajriba: O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida musiqiy tarbiya
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikdan so‘ng maktabgacha ta’lim tizimida
tub islohotlar amalga oshirildi. Musiqiy tarbiya masalalari ham davlat e’tiborida bo‘lib,
yangi dasturlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimediaviy resurslar ishlab
chiqilmoqda. Ammo amaliyotda haligacha an’anaviy yondashuv ustunlik qilmoqda:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
224
2181-
3187
Musiqa darslari ko‘pincha tayyor ssenariy asosida, bolalarning qiziqishi va yosh
xususiyatlarini hisobga olmagan holda o‘tkaziladi.
Milliy cholg‘ular, xalq kuy va qo‘shiqlari o‘z o‘rniga ega bo‘lsa-da, ular
zamonaviy pedagogik metodlar bilan uyg‘unlashtirilmayotganini yashirib bo‘lmaydi.
Bolalarda erkin ijodkorlik, musiqiy improvizatsiya, ifoda qilish kabi ko‘nikmalar
kam shakllantirilmoqda.
Shu sababli xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, tanqidiy tahlil qilish va milliy
ta’lim tizimiga adaptatsiya qilish zarurati ortib bormoqda.
3. Xorijiy tajribalarni milliy tizimga integratsiyalash imkoniyatlari
Xorijiy tajriba bevosita ko‘chirib olinmasdan, balki O‘zbekistonning tarixiy-
madaniy merosi, urf-odatlari va bolalar psixologiyasiga mos holda qayta ishlab
chiqilishi kerak. Buning uchun quyidagi yo‘llar tavsiya etiladi:
Interaktiv metodlarni (Orf, Reggio Emilia) milliy cholg‘ular – dutor, doira, rubob,
karnay kabi vositalar bilan uyg‘unlashtirish.
Folklor musiqasiga asoslangan nota o‘qitish metodikasini Kodaly tizimiga
moslashtirish.
Bolalar uchun musiqiy spektakllar, audiokitoblar va ovozli ertaklar orqali eshituv
madaniyatini rivojlantirish.
Pedagoglar
malakasini
oshirish
kurslarida
xorijiy
musiqiy-pedagogik
yondashuvlar asosida maxsus o‘quv modullarni joriy etish.
Milliy identitetni saqlab qolgan holda, musiqani o‘yin, raqs, tasviriy san’at va
tabiat bilan integratsiya qilish.
4. Ilmiy asoslangan yondashuv zarurati
Pedagogik faoliyatda musiqaning ijtimoiy-psixologik, estetik, tarbiyaviy va
terapevtik funksiyalari mavjud. Xususan, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun:
Musiqa hissiy holatni muvozanatlashtiradi, stressni kamaytiradi, ijobiy ruhiy fon
yaratadi;
Ritm orqali bolalarda nutq, harakat va fikr uyg‘unligi shakllanadi;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
225
2181-
3187
Milliy musiqiy meros orqali tarixiy xotira, milliy g‘urur va estetik qadriyatlar
tarbiyalanadi;
Musiqiy o‘yinlar bolani guruhga moslashishga, ijtimoiy munosabatlar o‘rnatishga
o‘rgatadi.
Demak, xorijiy ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonning boy musiqa madaniyati bilan
uyg‘unlashtirib, maktabgacha ta’limda musiqiy tarbiyani yangicha bosqichga olib
chiqish – bugungi kun talabi hisoblanadi.
Musiqiy ta’limning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojidagi o‘rni zamonaviy
pedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida tobora kengayib bormoqda. Ushbu
maqolada olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xorijiy mamlakatlar tajribasida
musiqiy ta’lim bolalarni har tomonlama kamol toptirish vositasi sifatida e’tirof etilgan
bo‘lib, ularning ta’lim siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Tadqiqot
davomida bir nechta muhim natijalarga erishildi:
1. Xorijiy ta’lim tizimlarining musiqaga bo‘lgan yondashuvi: Germaniya,
Yaponiya, Italiya, Vengriya va Skandinaviya davlatlarida musiqiy tarbiya tizimi
nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmasdan, amaliy mashg‘ulotlar, erkin ifoda, musiqa
bilan o‘yin elementlarini uyg‘unlashtirish orqali bola shaxsining ijodiy, emotsional va
ijtimoiy jihatdan yetuk bo‘lishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, Orf va Kodaly tizimlarida
bola markazga qo‘yilib, musiqani his qilish, tovushlar bilan tajriba o‘tkazish, jismoniy
harakatlar orqali musiqani anglashga katta urg‘u beriladi.
2. O‘zbekiston ta’lim tizimidagi holat: Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim
sohasida olib borilayotgan islohotlarga qaramay, musiqiy tarbiya borasida hali ham
nazariyaga asoslangan, an’anaviy uslub ustunlik qilmoqda. Ba’zi muassasalarda
musiqiy mashg‘ulotlar formallikka aylanib, bolalarning faol ishtiroki va musiqiy ifoda
erkinligi yetarli darajada ta’minlanmagan.
3. Xalqaro tajribalarning moslashtirish imkoniyati: Tahlillar shuni ko‘rsatdiki,
xorijiy ilg‘or metodlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib olish emas, balki ularni mahalliy
shart-sharoit, milliy qadriyatlar, o‘zbek bolalarining psixologik va madaniy
xususiyatlari asosida moslashtirib, uyg‘unlashtirilgan pedagogik yondashuv zarur.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
226
2181-
3187
Masalan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, milliy kuy va qo‘shiqlar xorijiy uslublar bilan
integratsiyalashgan holda qo‘llanilsa, bu ikki tomonlama pedagogik yutuq beradi.
4. Pedagogik salohiyat masalalari: Musiqiy tarbiya samaradorligini oshirishda
o‘qituvchi va tarbiyachilarning malakasi hal qiluvchi omildir. Xorijda pedagoglar
muntazam ravishda musiqa terapiyasi, bolalar psixologiyasi, musiqa orqali muloqot
texnikalari bo‘yicha malaka oshiradilar. O‘zbekistonda ham bu borada doimiy o‘quv-
seminarlar, xalqaro tajriba almashinuvi dasturlarini tashkil etish dolzarbdir.
5. Innovatsion texnologiyalar va vositalar: Xorijiy maktabgacha ta’lim
muassasalarida musiqiy tarbiyada turli interaktiv platformalar, vizual-audio
materiallar, raqamli cholg‘ular samarali qo‘llanmoqda. Bunday vositalar yordamida
bolaning musiqa bilan bog‘liq estetik dunyoqarashi boyiydi, bu esa O‘zbekiston
tajribasida ham tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli yo‘nalishlardan biridir.
6. Psixologik va ijtimoiy ta’siri: Musiqa orqali bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi
oshadi, u o‘z fikrini erkin ifoda eta boshlaydi, emotsiyalarini boshqarish va tushunish
qobiliyati ortadi. Bundan tashqari, musiqa bolalarning bir-biriga nisbatan hurmat,
hamjihatlik va jamoada ishlash madaniyatini shakllantirishda muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi.
Musiqiy tarbiya — maktabgacha yoshdagi bolalar rivojida ajralmas vosita bo‘lib,
u bolaning nafaqat estetik didini, balki intellektual, emotsional, ruhiy va ijtimoiy
kompetensiyalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonning zamonaviy
ta’lim tizimida ham musiqiy tarbiyani yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish
zarurati ortib bormoqda. Xususan, xorijiy ilg‘or tajribalarning tahlili shuni
ko‘rsatadiki, musiqa o‘quvchilarda ritmik sezgi, nutq faoliyati, muvofiqlashtiruvchi
harakatlar, diqqat va eshituvni rivojlantirishda samarali vositadir.
Xorijiy mamlakatlar — Germaniya, Italiya, Vengriya, Yaponiya va Skandinaviya
davlatlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy tarbiya ilg‘or metodik
yondashuvlar asosida olib borilmoqda. Ayniqsa, Orf,
Kodaly, Montessori va Reggio
Emilia tizimlari bolalar psixofiziologik xususiyatlariga mos, interfaol, erkin va ijodiy
muhitda musiqa bilan shug‘ullanish imkonini beradi. Ushbu tizimlarning umumiy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
227
2181-
3187
jihati — bolani markazda qo‘yish, uning tabiiy qobiliyatlarini musiqa orqali yuzaga
chiqarishdir.
Mazkur maqola doirasida olib borilgan ilmiy-tahliliy tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, xorijiy ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston sharoitida amaliyotga tatbiq etish
orqali quyidagi samaralarga erishish mumkin:
Birinchidan, musiqiy tarbiya orqali bolalarning ijodkorligi, mustaqil fikrlashi,
o‘zini erkin ifodalash qobiliyatlari ortadi;
Ikkinchidan, musiqaning terapevtik va ijtimoiy moslashtiruvchi xususiyatlaridan
foydalanish imkoniyati kengayadi;
Uchinchidan, bolalar o‘rtasida ijobiy munosabat, guruhda ishlash, empatiya kabi
ijtimoiy his-tuyg‘ular mustahkamlanadi;
To‘rtinchidan, tarbiyachilar va pedagoglar uchun yangi pedagogik
yondashuvlarni o‘zlashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi, bu esa ta’lim sifatiga bevosita
ta’sir qiladi.
Shunday ekan, xorijiy tajribalarni chuqur o‘rganish va ularni milliy
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, bolalarimizning psixologik xususiyatlari bilan
uyg‘unlashtirib amaliyotga tatbiq etish maktabgacha ta’limni yangi bosqichga olib
chiqadi. Bu esa, o‘z navbatida, musiqiy tarbiyani bolalik davrining ajralmas, qiziqarli
va foydali qismiga aylantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Orff, Carl. Elementar Music and Movement Education. Schott Music, 1974.
2. Kodály, Zoltán. The Selected Writings of Zoltán Kodály. Boosey & Hawkes, 1974.
3. Edwards, Carolyn. The Hundred Languages of Children: The Reggio Emilia
Approach to Early Childhood Education. Praeger, 2011.
4. Рәхимов, А. Болаларга мусиқа ўргатиш методикаси. Т.: Ўқитувчи, 1995.
5. Axmedov, M., & Joʻrayev, A. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Toshkent: TDPU
nashriyoti, 2019.
6. Karimova, M. Maktabgacha ta’lim metodikasi. Toshkent: Ilm Ziyo, 2020.
7. G‘ulomov, N. Estetik tarbiya asoslari. Toshkent: Fan, 2008.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–2_ июня–2025
228
2181-
3187
8. Kholmuminov, O. O‘zbekiston musiqa tarixi va madaniyati. Toshkent: Musiqa,
2015.
9. ЮНЕСКО. Early Childhood Care and Education in Europe: Tackling Social and
Cultural Inequalities. UNESCO Publishing, 2021.
10. Turdiev, S. Musiqa va bola psixologiyasi. Samarqand: Zarafshon, 2022.
11.
– O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi rasmiy sayti.
12.
– Maktabgacha ta’lim agentligi rasmiy sayti.
– O‘zbekistondagi ilmiy maqolalar va dissertatsiyalar bazasi.
14.
– Xalqaro ilmiy maqolalar va pedagogik tadqiqotlar
manbasi.