ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня –2025
426
2181-3187
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA UNING ISTIQBOLLARI
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedra o'qituvchisi
Ochilov Abrorxon Qiyom o’g’li
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Boynazarova Sabrina O’rol qizi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat tushunchasi A. Toynbi
va E. Tafflerning nazariy qarashlari asosida tahlil etilgan. Toynbining sivilizatsiyalar
rivoji haqidagi tarixiy-falsafiy yondashuvi bilan Tafflerning texnologik va iqtisodiy
qarashlari qiyosiy tahlil qilingan. Mualliflar jamiyatda axborotning ahamiyatini har xil
nuqtai nazardan yoritgan: biri axloqiy va madaniy qadriyatlar, boshqasi esa innovatsiya
va bilimga asoslangan taraqqiyotga urg‘u beradi. Maqolada O‘zbekiston tajribasi
misolida ushbu nazariyalarning amaliy ahamiyati ham ochib berilgan.
Kalit
soʻzlar
: Axborotlashgan jamiyat, postindustrial jamiyat, sivilizatsiyalar
nazariyasi, madaniy barqarorlik, mexnologik taraqqiyot, bilim iqtisodiyoti, raqamli
transformatsiya, aqliy mehnat, Oʻzbekiston tajribasi, ma’naviy qadriyatlar, axborot
texnologiyalari, inson kapitali, innovatsion rivojlanish, Toynbi falsafasi, Taffler
nazariyasi.
Аннотация
: В статье анализируется концепция информационного
общества на основе теоретических взглядов А. Тойнби и Э. Таффлера.
Проводится сравнительный анализ историко-философского подхода Тойнби к
развитию цивилизаций и технолого-экономических взглядов Таффлера. Авторы
рассмотрели важность информации в обществе с разных точек зрения: одна
делает акцент на моральных и культурных ценностях, другая — на инновациях
и развитии, основанном на знаниях. В статье также раскрывается практическая
значимость этих теорий на примере опыта Узбекистана.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня –2025
427
2181-3187
Ключевые
слова
: Информационное общество, постиндустриальное
общество, теория цивилизаций, культурная устойчивость, технологический
прогресс, экономика знаний, цифровая трансформация, интеллектуальный труд,
узбекский опыт, духовные ценности, информационные технологии,
человеческий капитал, инновационное развитие, философия Тойнби, теория
Таффлера.
Abstract
: This article analyzes the concept of an information society based on
the theoretical views of A. Toynbee and E. Taffler. Toynbee's historical-philosophical
approach to the development of civilizations and Taffler's technological and economic
views are analyzed in a comparative manner. The authors highlight the importance of
information in society from different perspectives: one emphasizes moral and cultural
values, the other emphasizes innovation and knowledge-based development. The
article also reveals the practical significance of these theories using the example of the
experience of Uzbekistan.
Keywords
: Information society, post-industrial society, theory of civilizations,
cultural stability, technological progress, knowledge economy, digital transformation,
intellectual labor, Uzbek experience, spiritual values, information technologies, human
capital, innovative development, Toynbee's philosophy, Taffler's theory.
KIRISH:
Axborotlashgan jamiyat bugungi kunda ijtimoiy taraqqiyotning
asosiy mezoniga aylangan. Texnologik yuksalishlar, raqamli texnologiyalar va global
axborot oqimlari insoniyat hayotining barcha sohalarini qamrab olmoqda. Bu jarayon
nafaqat iqtisodiy va siyosiy tizimlarga, balki ijtimoiy ong, madaniyat va ma’naviyatga
ham chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat tushunchasi,
uning rivojlanish istiqbollari hamda bu boradagi turli g‘oyaviy yondashuvlar A. Toynbi
va E. Taffler asarlari asosida tahlil qilinadi. Maqsad – har ikki olimning fikrlari orqali
zamonaviy jamiyatning yo‘nalishlarini anglash va baholash.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня –2025
428
2181-3187
Arnold Toynbi sivilizatsiyalar rivojlanishini ularning ichki madaniy kuchi va
tashqi muhitga moslasha olish qobiliyati orqali tushuntiradi. U "sivilizatsiyaning
muvaffaqiyati"ni jamiyatning yangi muammolarga qanday javob qaytara olishi bilan
bog‘laydi. Toynbi uchun axborot – bu asosan madaniyatni uzatish va saqlash vositasi
sifatida ko‘riladi. U sivilizatsiyalar tarixida ilm-fan va ma’rifatning rolini chuqur tahlil
qiladi. Uning fikricha, jamiyat rivoji uchun axborotning chuqur tarixiy ildizlari va
uning ma’naviy, axloqiy omillar bilan uyg‘unligi zarur. Shuningdek, Toynbi insoniyat
tarixini doimiy sinovlar va javoblar zanjiri sifatida ko‘rib, axborotni ushbu jarayonning
boshqaruvchi omili sifatida tasvirlaydi. U fikrlaydi: agar jamiyat ma’naviy va madaniy
jihatdan kuchli bo‘lsa, u axborotdan oqilona foydalanib, taraqqiyotga erishadi.
Elliot Taffler esa postindustrial jamiyat tushunchasiga urg‘u beradi. U
axborotlashgan jamiyatni uchinchi to‘lqin bosqichi sifatida talqin qiladi. Tafflerga
ko‘ra, texnologik innovatsiyalar, axborot tizimlari va xizmat ko‘rsatish sohalarining
kengayishi jamiyatning asosiy yo‘nalishini belgilaydi. U axborotning iqtisodiy va
siyosiy qudratini tahlil qiladi hamda kelajakda aqliy mehnat va bilimga asoslangan
kasblarning ustunlik qilishini ta’kidlaydi. Taffler uchun axborot – bu kuch va
ustuvorlik manbai. U axborotga asoslangan ijtimoiy stratifikatsiya va bilim iqtisodiyoti
modelini
ilgari
suradi.
Taffler,
shuningdek,
inson
mehnatining
tobora
avtomatlashtirilishi, raqamli texnologiyalarning jamiyatda yaratadigan yangi etik,
huquqiy va siyosiy muammolariga ham e’tibor qaratadi. Unga ko‘ra, axborotlashgan
jamiyatda muvaffaqiyat kaliti – bu moslashuvchanlik, doimiy o‘rganish va yangilikka
ochiqlikdir.
Toynbi va Taffler qarashlarida sezilarli tafovutlar mavjud. Toynbi axborotni
tarixiy-madaniy kontekstda ko‘rib chiqsa, Taffler uni texnologik va iqtisodiy kuch
sifatida baholaydi. Toynbi axborotni sivilizatsiyalar barqarorligining asosiy elementi
deb biladi, Taffler esa axborot vositalari orqali jamiyatning dinamik va moslashuvchan
modelini ilgari suradi. Har ikkisi ham axborotning jamiyat hayotidagi ahamiyatini tan
oladi, biroq yondashuvlari turlicha: biri tarixiy falsafiy, ikkinchisi esa ilmiy-texnologik
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня –2025
429
2181-3187
asosga ega. Toynbi ma’naviyat, qadriyatlar va axloqiy tamoyillarga asoslangan
yondashuvni taklif etsa, Taffler esa amaliy, funksional va texnologik yechimlarga
urg‘u beradi. Ushbu tafovutlar zamonaviy jamiyat rivojlanishini har tomonlama
anglash imkonini beradi.
Toynbi va E. Taffler qarashlari zamonaviy axborotlashgan jamiyatni har
tomonlama anglash imkonini beradi. Ularning asarlari shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning
kelajagi nafaqat texnologiyalarga, balki madaniyat, axloq va ijtimoiy ong darajasiga
ham bog‘liq. O‘zbekiston ham axborotlashgan jamiyat sari harakatlanayotgan bir
vaqtda, ushbu nazariy yondashuvlar milliy taraqqiyot strategiyasini shakllantirishda
muhim
manba
bo‘la
oladi.
O‘zbekistonda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining jadal rivoji, raqamli iqtisodiyot, onlayn ta’lim va elektron hukumat
kabi yo‘nalishlar, Taffler bashorat qilgan postindustrial jamiyat belgilarini o‘zida
namoyon qilmoqda. Shu bilan birga, madaniy qadriyatlar, ma’naviy asoslar va milliy
o‘zlikni saqlash esa Toynbi urg‘u bergan tarixiy-madaniy tamoyillarga asoslanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Toynbee A. A Study of History. Oxford University Press, 1934–1961.
2.
Toffler A. The Third Wave. Bantam Books, 1980.
3.
Taffler E. The Future as a Way of Life. New York: Random House, 1974.
4.
Castells M. The Rise of the Network Society. Blackwell Publishers, 1996.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi rasmiy sayt
ma’lumotlari, 2024.
6.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.