Авторы

  • Ochilov Abrorxon Qiyom o’g’li
  • Botirova Dildora Fahriddin qizi

Биография автора

  • Botirova Dildora Fahriddin qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124722

Ключевые слова:

Kalit soʻzlar:Falsafa hayot ma’nosi inson tafakkuri falsafa predmeti falsafaning vazifalari ma’naviyat dunyoqarash axloq jamiyat ilmiy tafakkur falsafiy tahlil zamonaviy jamiyat ijtimoiy taraqqiyot. Ключевые слова :Философия смысл жизни человеческое мышление предмет философии функции философии духовность мировоззрение этика общество научное мышление философский анализ современное общество социальное развитие. Keywords:Philosophy meaning of life human thinking subject of philosophy functions of philosophy spirituality worldview ethics society scientific thinking philosophical analysis modern society social development.

Аннотация

Anatatsiya:Ushbu maqolada falsafa fanining inson hayotidagi o‘rni, uning asosiy predmeti va vazifalari tahlil qilinadi. Falsafa qadimdan beri inson tafakkurining chuqur ifodasi bo‘lib, borliq, ong, haqiqat, axloq va jamiyat kabi muhim masalalarni o‘rganadi. Maqolada falsafaning shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson tafakkurini rivojlantirishdagi roli, shuningdek, uning dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, falsafaning ilmiy, nazariy, amaliy va axloqiy vazifalari ham tahlil qilinadi. Maqola davomida falsafaning zamonaviy jamiyatdagi dolzarbligi va uning inson ma’naviyati hamda ijtimoiy taraqqiyotdagi tutgan o‘rni ochib beriladi.

Аннотация: В статье анализируется роль философии в жизни человека, ее основной предмет и задачи. Философия издавна является глубоким выражением человеческой мысли, изучая такие важные вопросы, как бытие, сознание, истина, мораль и общество. В статье подчеркивается значение философии в личной и общественной жизни, ее роль в развитии человеческого мышления, а также ее роль в формировании мировоззрения. Анализируются также научные, теоретические, практические и этические задачи философии. В статье раскрывается актуальность философии в современном обществе и ее роль в духовности человека и социальном развитии.

Abstract: This article analyzes the role of philosophy in human life, its main subject and tasks. Philosophy has long been a profound expression of human thought, studying such important issues as being, consciousness, truth, morality and society. The article highlights the importance of philosophy in personal and social life, its role in the development of human thinking, as well as its role in the formation of a worldview. The scientific, theoretical, practical and ethical tasks of philosophy are also analyzed. The article reveals the relevance of philosophy in modern society and its role in human spirituality and social development.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

420

2181-3187

FALSAFANING INSON HAYOTIDAGI OʻRNI VA UNING VAZEFASI

Shahrisabz davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar fakulteti oʻqituvchisi

Ochilov Abrorxon Qiyom o’g’li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

Botirova Dildora Fahriddin

qizi

Anatatsiya:

Ushbu maqolada falsafa fanining inson hayotidagi o‘rni, uning asosiy

predmeti va vazifalari tahlil qilinadi. Falsafa qadimdan beri inson tafakkurining chuqur

ifodasi bo‘lib, borliq, ong, haqiqat, axloq va jamiyat kabi muhim masalalarni o‘rganadi.

Maqolada falsafaning shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson tafakkurini

rivojlantirishdagi roli, shuningdek, uning dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni

yoritiladi. Shuningdek, falsafaning ilmiy, nazariy, amaliy va axloqiy vazifalari ham

tahlil qilinadi. Maqola davomida falsafaning zamonaviy jamiyatdagi dolzarbligi va

uning inson ma’naviyati hamda ijtimoiy taraqqiyotdagi tutgan o‘rni ochib beriladi.

Kalit soʻzlar:

Falsafa, hayot ma’nosi, inson tafakkuri, falsafa predmeti,

falsafaning vazifalari, ma’naviyat, dunyoqarash, axloq, jamiyat, ilmiy tafakkur,

falsafiy tahlil, zamonaviy jamiyat, ijtimoiy taraqqiyot.

Аннотация:

В статье анализируется роль философии в жизни человека, ее

основной предмет и задачи. Философия издавна является глубоким выражением

человеческой мысли, изучая такие важные вопросы, как бытие, сознание, истина,

мораль и общество. В статье подчеркивается значение философии в личной и

общественной жизни, ее роль в развитии человеческого мышления, а также ее

роль в формировании мировоззрения. Анализируются также научные,

теоретические, практические и этические задачи философии. В статье

раскрывается актуальность философии в современном обществе и ее роль в

духовности человека и социальном развитии.

Ключевые слова :

Философия, смысл жизни, человеческое мышление,

предмет философии, функции философии, духовность, мировоззрение, этика,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

421

2181-3187

общество, научное мышление, философский анализ, современное общество,

социальное развитие.

Abstract:

This article analyzes the role of philosophy in human life, its main

subject and tasks. Philosophy has long been a profound expression of human thought,

studying such important issues as being, consciousness, truth, morality and society.

The article highlights the importance of philosophy in personal and social life, its role

in the development of human thinking, as well as its role in the formation of a

worldview. The scientific, theoretical, practical and ethical tasks of philosophy are also

analyzed. The article reveals the relevance of philosophy in modern society and its role

in human spirituality and social development.

Keywords

:Philosophy, meaning of life, human thinking, subject of philosophy,

functions of philosophy, spirituality, worldview, ethics, society, scientific thinking,

philosophical analysis, modern society, social development.

Kirish

Falsafa, insoniyat tafakkurining eng qadimiy va murakkab sohalaridan biri

sifatida miloddan avvalgi VI asrda qadimgi Gretsiyada shakllana boshlagan. Uning

paydo bo‘lishi, avvalo, insonning tabiat va jamiyat haqidagi o‘zgaruvchan

tushunchalariga bog‘liqdir. Falsafaning kelib chiqishi haqida eng dastlabki

ma’lumotlar qadimgi yunon faylasuflari bilan bog‘liq. Tabiatni tushunishga intilgan

dastlabki faylasuflar, tabiat hodisalarini faqat diniy yoki afsonaviy izohlar bilan emas,

balki ratsional tahlil va tajriba asosida tushunishga harakat qilishgan.Bu davrda

qadimgi yunon faylasuflari tabiiy dunyoni tushunish uchun matematik, fizika va

astronomiyaga oid dastlabki ilmiy konsepsiyalarni yaratdilar. Tales (miloddan avvalgi

624-546 yillar) tabiiy hodisalarni ilohiy kuchlardan ajratishga harakat qilgan va

“barcha narsalar suvdan iborat” degan nazariyasini ilgari surgan. Keyinroq,

Anaksimandros va Anaksimenes ham tabiatning birlamchi moddasi va uning

o‘zgarishi haqidagi qarashlarni rivojlantirganlar. Shuningdek, falsafaning boshqa


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

422

2181-3187

madaniyatlarda ham rivojlanishi alohida e'tiborga sazovor. Indiyada Buda (miloddan

avvalgi VI asr) va Konfutsiy (miloddan avvalgi V asr) kabi buyuk mutafakkirlar, axloq

va hayotning ma'nosi haqidagi o‘z qarashlarini rivojlantirdilar. Budaning "Noble

Eightfold Path" (Oltita to‘g‘ri yo‘l) ta'limoti va Konfutsiyning jamiyatdagi tartib va

axloqiy qadriyatlar haqidagi falsafasi sharqiy dunyoda katta ta'sir ko‘rsatdi.Qadimgi

Misrda esa, falsafa va ilm-fan tabiatni tushunishga bo‘lgan intilishdan tashqari,

odamning ma'naviy va axloqiy kamoloti, haqiqat va adolat kabi g‘oyalarni ham o‘z

ichiga olgan. Falsafaning asosiy maqsadi, shubhasiz, insoniyatning mavjudlik, axloqiy

qadriyatlar, haqiqat va bilim haqida o‘zini o‘zi so‘rashi, tahlil qilishidir. Aynan shu

so‘rovlar va tafakkur usullari falsafaning boshqa ilmiy sohalardan ajralib turishini

ta'minlagan. Tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy yondashuvlar bilan bir qatorda, falsafiy

fikrlar insonning mohiyati, uning dunyodagi o‘rni va axloqiy burchlari haqida chuqur

mulohazalarni keltirib chiqardi.Shunday qilib, falsafaning paydo bo‘lishi — insonning

o‘zini, atrof-muhitni va jamiyatni tushunishga bo‘lgan intilishidan boshlanadi. Falsafa,

avvalo, tabiiy dunyoni ratsional tushunishning, ong va tafakkur imkoniyatlarini

kengaytirishning dastlabki shakli sifatida shakllanadi va insoniyat tarixidagi ilmiy va

madaniy taraqqiyotning muhim qismi bo‘lib qoladi. Falsafa fanining predmeti

Falsafaning predmeti — bu inson borliqda egallagan o‘rni, tafakkur va ong

mohiyati, haqiqat, qadriyatlar, bilim va jamiyat haqidagi eng umumiy, chuqur va tamal

masalalarni o‘rganishdir. Ya’ni, falsafa eng keng, abstrakt va nazariy darajadagi

savollarni ko‘taradi va ularga ratsional javob izlaydi.Falsafa:Borliq (ontologiya) —

ya’ni mavjudlik, olam va uning mohiyati nima degan savolga javob izlaydi;Bilim

(gnoseologiya) — inson qanday biladi? Bilim manbalari va chegaralari qanday?

Axloq (etika) — yaxshilik va yomonlik, inson burchi, ma’suliyat nima?

Estetika — go‘zallik mohiyati, san’atning ahamiyati;

Jamiyat (sotsial falsafa) — inson va jamiyat munosabati, adolat, erkinlik

tushunchalari;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

423

2181-3187

Mantiq — to‘g‘ri fikrlash qonuniyatlarini o‘rganadi.Falsafa fanining predmeti —

bu inson va olam o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni chuqur tahlil qilish, inson

tafakkurining eng yuksak savollariga javob izlashdan iboratdir. Falsafa faqat mavjud

haqiqatni tasvirlabgina qolmay, balki uni tushunish va takomillashtirish vositasidir.

Falsafa fanining vazifalari inson tafakkurini shakllantirish, jamiyatda ongli qarorlar

qabul qilishga yordam berish va hayotning chuqur ma'nosini anglashga xizmat qiladi.

Quyida falsafa fanining asosiy vazifalari ilmiy yondashuv asosida bayon etiladi:

Nazariy (teoretik) vazifa

Falsafa borliq, ong, bilim, haqiqat, qadriyatlar, inson mohiyati kabi umumiy va

asosiy tushunchalarni o‘rganadi. U barcha fanlar uchun nazariy asos yaratadi, ilmiy

tafakkur va umumlashmalarni shakllantiradi. Falsafa boshqa fanlarning metodologik

negizini belgilaydi.

Metodologik vazifa

Falsafa bilim olish jarayonida qo‘llaniladigan usullar va yondashuvlarni ishlab

chiqadi. U ilmiy izlanishlarning asosiy prinsiplarini, ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi

aloqani tushuntiradi. Masalan, dialektik metod, induksiya va deduksiya kabi usullar

falsafaning asosiy metodologik vositalaridir.

Tarbiyaviy va ma’naviy vazifa

Falsafa insonda mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv va axloqiy qarorlar qabul

qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Insonning dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy

qadriyatlari aynan falsafa orqali chuqurlashadi. U kishilarda halollik, adolat,

mas’uliyat kabi fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Dunyoqarash shakllantiruvchi vazifa

Falsafa har bir insonda va jamiyatda hayotga, borliqqa, jamiyat va insoniyat

taraqqiyotiga bo‘lgan munosabatni shakllantiradi. Falsafiy dunyoqarash odamning

qarorlar qabul qilishiga, hayotga ongli ravishda yondashishiga ta’sir ko‘rsatadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

424

2181-3187

Tanqidiy va reflektiv vazifa

Falsafa mavjud qarashlar, qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar va fanlar faoliyatini

tanqidiy tahlil qiladi. U jamiyatdagi muammolarni chuqur tahlil qilib, muqobil

yechimlar taklif qiladi. Refleksiya (ya’ni o‘z-o‘zini tahlil qilish) falsafaning ajralmas

jihatlaridan biridir.

Integratsiyalovchi (birlantiruvchi) vazifa

Falsafa turli fanlar orasida bog‘liqlik o‘rnatadi, ularni umumiy ilmiy tasavvurga

keltiradi. Bu orqali insoniyat tafakkurining yagona tizimini yaratishga xizmat

qiladi.Shunday qilib, falsafa fanining vazifalari ko‘p qirrali bo‘lib, nafaqat nazariy

bilim berish, balki inson va jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan

ma’naviy-mafkuraviy asosni ham yaratadi.

Xulosa

Falsafa fani inson hayotida muhim o‘rin egallaydi, chunki u insonni tafakkur

qilishga, savol berishga va borliq mohiyatini chuqur anglashga undaydi. Falsafa

yordamida inson o‘zining maqsadi, hayot mazmuni, axloqiy qadriyatlari va

jamiyatdagi o‘rnini aniqlay oladi. U insonni mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv va

hayotdagi turli muammolarga ongli ravishda yechim topishga o‘rgatadi.

Falsafa — bu faqat nazariya emas, balki amaliy hayotga ta’sir etuvchi kuchli

vositadir. U kishilarga adolat, erkinlik, mas’uliyat, burch kabi tushunchalarni anglatib,

harakatlarida ongli va ma’naviy yondashuvni shakllantiradi. Shunday ekan, falsafa fani

har bir inson uchun hayot maktabi bo‘lib xizmat qiladi.Falsafa eng qadimiy fanlardan

hamdir.Qadimda barcha fanlar falsafa deb atalgan shuning uchun barcha fanlarning

asosi ham otasi ham falsafa fani deb aytishimiz mumkun.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Toynbee A. A Study of History. Oxford University Press, 1934–

1961.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

425

2181-3187

2.

Toffler A. The Third Wave. Bantam Books, 1980.

3.

Taffler E. The Future as a Way of Life. New York: Random House,

1974.

4.

Castells M. The Rise of the Network Society. Blackwell Publishers,

1996.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi rasmiy

sayt ma’lumotlari, 2024.

6.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.:

Ma’naviyat, 2008.