ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
253
2181-3187
TARIX FANINI O‘QITISHDA BOSMA MATNLAR BILAN
ISHLASHNING AHAMIYATI
Farg’ona shahar 1-sonli
politexnikum
tarix fani o’qituvchisi
Sayitxonova Barchinoy Axatovna
Anotatsiya
: Tarix o‘qitishda qo‘llaniladigan matnlar, darslik matni, tarixiy fakt
va hodisalarning mohiyati, fanlararo yondashuv, Umumta’lim maktablari tajribasida
darslikdagi bosma matnlar, tarixiy hujjatlar, asarlar, ilmiy-ommabop va badiiy, tarixiy
adabiyotlar va boshqalar tarix darslarida qo‘llaniladigan matnlarga kiradi. Bosma
matnlar o‘qituvchi bayonining asosini tashkil etadi.
Kalit so‘zlar
: Bosma matnlar, tarixiy adabiyotlar, hujjatlar, xronologiya, darslik
matni, tarixiy faktlar. Tarix o‘qitishda qo‘llaniladigan matnlarga darslik matni, tarixiy
hujjatlar, ilmiy - ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar kiradi. Bosma matnlar
o‘quvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bo‘lgani kabi o‘qituvchining bilim
manbaining asosini tashkil etadi. Matnlar ustida ishlash o‘quvchilar bilimini
kengaytiradi, tarixiy fakt va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini
chuqurroq tushunib olishlariga yordam beradi. Maktab o‘quvchilari har xil matnlar
ustida ishlab mustaqil ish ko‘rish masalasini hosil qiladilar va tarixiy tadqiqot
ishlarining dastlabki usullari bilan amaliy ravishda tanishadilar. Tarix o‘qitishda
darslik matni ustidagi ishlar o‘quv o‘zlashtirilishi va uni esda saqlab qolish, o‘quv
matnini tahlil qilish va undan tarixiy voqea, hodisalarning muhim belgilarini bir-biriga
taqqoslash, aniqlashtirish va umumlashtirish kabi turli xil maqsadlarda olib boriladi.
Shuningdek, matn ustida ishlashda xronologiyani tayyor tarixiy tushunchalar tarifni
o’zlashtirish va ularni mustaqil aniqlash, darslikda bayon qilingan voqea va
hodisalarning rivojlanishini kuzatib borish, aniq tarixiy asoslar va statistik ma‘lumotlar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
254
2181-3187
asosida ijtimoiy rivojlanish bosqichlarini bilib olish, mahalliy, vaqtli, sabab-natijali va
tarixiy aloqalarning qonuniyatlarini o’zlashtirish va aniqlashtirish, lug‘at ishlarini
mazmunli va suratli rejalar, jadvallar tuzish va boshqa shu kabi uncha murakkab
bo‘lmagan yozuv va grafik ishlarini olib borish, matn ustida dasturlashgan ta‘lim
elementlarini amalga oshirish kabi vazifalar ham ko‘zda tutiladi.
Umumta‘lim maktablari tajribasida darslik matni ustida ishlashning bir qancha
usullari mavjud:
1. Tushuntirib va izohlab o‘qish. O’qituvchi tarix o’qitishda, ayniqsa V,VI,VII,
VIII sinflarda o‘qitishning dastlabki oylarida butun mavzu yoki uning biror bo‘limini
goh bayon qiladi, goh darslik matnini o‘qib, tushuntirib beradi. O‘quvchilar tarixiy
materialni tushunib, matnini o‘qishda ma‘lum darajada malaka hosil qilganlaridan
keyin matnning eng muhim qiyin joylarini izohlab o‘qishga o’tiladi.
2. Dasrlik matni mazmunini tahlil qilish va ular ustida o‘quvchilarning
mulohazalarini uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Bu yo‘l bilan o‘quvchilar matnini
e‘tibor bilan o‘qib, undagi bosh masalalarni ikkinchi darajadagi masalalardan ajratib
olishga, ular asosida reja tuzishga o‘rganadi.
3. O‘quvchilar bob, paragraf va undosh joylarni bir-biridan ajrata bilishga
o‘rgatiladi. O‘qituvchi yangi mavzuni bayon qilishdan oldin o‘quvchilarga shu
paragraf ichidagi kichik sarlavhani o‘qishni tavsiya qiladi va darsni bayon qilish rejasi
bilan tanishtiradi, ularning mazmuni va ifodalanishdagi tafovutlarning sabablarini
izohlab beradi.
4. Darslik matni mazmunini bevosita o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar. Bu
darslik matni ustida olib boriladigan ishning markaziy masalasidir. Bu ishlar matnini
tahlil qilish, umumlashtirish, tarixiy faktorga baho berish, ular o‘rtasidagi sabab va
boshqa alohalarni ochib ko’rsatish va ularni taqqoslashdan iboratdir.
5. Darslik matni ustida ishlashning muhim omillaridan biri o‘quvchilarni uyda
ishlash uchun beriladigan vazifani bajarishga o‘rgatishdir. Reja tuzish, shunga muvofiq
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
255
2181-3187
hikoya qilishga o‘rgatish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob topish, jadval,
chizma, ko’rsatkichlar to‘ldirish va boshqa xil grafik ishlarni bajarish uy vazifasini
ijodiy va mustaqil bajarish namunalaridir.
6. Tarix o‘qitishda o‘quvchilarni darslik matnidan zarur tez topa bilishga
o‘rganish ham ta‘limning muhim elementidir.
Darslik matni o‘quvchilarning darsda va darsdan tashqari tarixni o‘rganish,
o‘zlashtirish va uni esda saqlab qolishining, bilish faoliyatining, ijodiy izlanish
ishlarini olib borishning muhim manbaidir. Matn va ulardagi savollar, topshiriqlar tarix
kursining mazmunini ijodiy o‘zlashtirishga va olingan bilimlarni hayotda qo‘llashga
o‘rgatadi. Darslik matni ustidagi ishlash o‘quv materialini o‘zlashtirish va uni esda
saqlab qolish, o‘quv matnini tahlil qilish va undan tarixiy voqea, hodisalarning muhim
belgilarini topish, faktik materiallarni va tarixiy dalillarni bir-biriga taqqoslash,
umumlashtirish va natijaga erishish maqsadlarda olib boriladi. Bosma matnlar bilan
ishlashda davriy xronologiyani tayyor tarixiy tushunchalar ta’rifini o‘zlashtirish va
ularni mustaqil aniqlash, darslikda bayon qilingan voqea va hodisalarning
rivojlanishini kuzatib borish, aniq tarixiy voqealar va statistik ma’lumotlar asosida
ijtimoiy
rivojlanish
tendensiyalarini
bilib
olish,
tarixiy
aloqalar
qonuniyatlarinio‘zlashtirish va aniqlashtirishni, mavzular yuzasidan rejalar, jadvallar
tuzish va boshqa shu kabi yozuv va grafika ishlarini olib borish, matn ustida
dasturlashgan ta’lim elementlarini amalga oshirish kabi vazifalar ham ko‘zda tutiladi.
Xulosa
Tarixiy bosma matn hujjatlarida avvalo, o‘qituvchining bayonini aniqlashtirish,
chuqurlashtirish va unga yanada aniqlik kiritish uchun xizmat qiladi, tarix dasrliklar
bayonini ishonchli va emotsional bo‘lishini ta‘minlaydi, o‘tmishning erkin obrazlarini,
tarixiy voqealarning yahlit manzarasini gavdalantirishga, o‘rganilayotgan davr
xususiyatlarini anglab olishga yordam beradi, hujjat ustida ishlash o‘quvchilarni faktlar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
256
2181-3187
va hodisalarni mustaqil ravishda aniqlashga, ularni puxta anglab olib, xulosalar
chiqarishga o’rgatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sadullaev A. Qadimgi O'zbekiston ilk yozma manbalarda.T., 1996 2.
2. Kristeva O., Axryanov A. Toshdagi bitiklar.T.,1987 3.
3. Drachuk V. Yozuvlar o'tmish sirlari shohidi.T., 1980
4. Mahkamov, M. M. M., & Qodirov, A. (2024). 4K MODELI ORQALI TARIX
TALIMIDA ZAMONAVIY STRATEGIYALARNI QAMRAB OLISH. Universal
xalqaro ilmiy jurnal, 1(4), 298-300.
5. Nizomiytdinovna, Y.S. va Ugli, KAA (2023). JADIDIZM VA RERESSIYA
SIYOSATI. Fan va innovatsiyalar , 2 (C4), 128-133.