Авторы

  • D.Sh.Elmurodovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125083

Ключевые слова:

Pedagogik mahorat tarbiya o'qituvchi o'quvchi ta'lim kreativ shaxs vazifa fikr adolat munozara jumla.

Аннотация

Ushbu magolada pedagogning mahorati qanday bo'lishi kerak ekanligi, o'qituvchining qanday shaxs sifatida shakllanishi, ularni ta'lim-tarbiya berish talablari dars davomida o'zini qanday tutishi  lozimligi, o'quvchilar bilan olib borayotgan ish 
jarayonlari. Shu bilan birga o'quvchi va o'qituvchi munosabati pedagogik mahoratning ahamiyati. Adiblarimizning pedagoglar haqida fikrlari haqida ham ma'lumotlar keltirilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

385

2181-3187

O`QITUVCHINING MAHORATI VA UNING O'QUVCHILAR TA'LIM

TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

D.Sh.Elmurodovna

Iqtisodiyot va pedogogika universiteti o`qituvchi

Annotatsiya

Ushbu magolada pedagogning mahorati qanday bo'lishi kerak ekanligi,

o'qituvchining qanday shaxs sifatida shakllanishi, ularni ta'lim-tarbiya berish talablari

dars davomida o'zini qanday tutishi lozimligi, o'quvchilar bilan olib borayotgan ish

jarayonlari. Shu bilan birga o'quvchi va o'qituvchi munosabati pedagogik mahoratning

ahamiyati. Adiblarimizning pedagoglar haqida fikrlari haqida ham ma'lumotlar

keltirilgan.

Kalit so'zlar

Pedagogik mahorat, tarbiya, o'qituvchi, o'quvchi, ta'lim kreativ, shaxs, vazifa,

fikr, adolat, munozara, jumla.

Kirish

Maktab degan ulug' dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va

ta'sirini nafaqat yoshlarimiz balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o'qituvchi va

murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o'lchab, qiyoslab bo'lmaydi. (1-prezidentimiz

I.A.Karimov)

Asosiy

Biz bilamizki ta'lim-tarbiya deb atalgan murakkab jarayon subektlaridan biri

bu -pedagog hisoblanadi. Birinchi bo'lib pedagog shuni anglashi kerak, u davlat va

jamiyatning ishonchli hamda kerakli bo'lgan vakili. Shu sababli davlat pedagoglarga


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

386

2181-3187

o'zining katta boyligi, ishonchi, umidi va eng muhimi kelajagi bo'lgan bolalarni ishonib

qo'ygan. Bunday ulkan mas'uliyatli ishni har kim ham bajara olmaydi.

Bu kasbga umrini, mehnatini, hayotini bag'ishlagan har bir insondan doimiy

izlanish, ijod qilish, ulkan qalb kelajak avlod ya'ni bolalarga muhabbat va cheksiz

sadoqatni talab qiladi.

Pedagogik mahorat- pedagogning faoliyati davomida yuzaga chiqadi. Mahorat

bu - belgilangan vaqt ichida erishish mumkin bo'lgan hamda natija olib keladigan

pedagogik faoliyatning oliy darajasi hisoblanadi. Pedagogik mahorat turli pedagogik

topshiriqlarni samarali hal qilishda o'quv tarbiya jarayonlarini yuqori saviyada kreativ

yondashib qiziqarli tashkil etishda namoyon bo'ladi.

Pedagog tarbiya jarayoni qonun-qoidalari tarkibi, tartibi va uni tashkil etish

mexanizmlarini tashkil qiladi. Bolalarni tarbiyalash, o'qitish, bilim berish va

shakillantirish pedagogning asosiy vazifalaridan biri sanaladi.

Shaxsni tarbiyalash pedagogikadagi asosiy tushuncha hisoblanadi. Oila va

jamiyatning barkamol avlodni shakllantirishga yo'naltirilgan birgalikdagi faoliyatini

anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining ma'naviy jihatlarini rivojlanitirish

ko'zda tutiladi. E'tiqod, ezgulik, dunyoqarash yaxshilik, go'zallik ko'nikmalarining

shaxsda namoyon bo'lishida tarbiyaning o'rni katta. Pedagogning qo'liga kelgan

o'quvchi bamisoli oppoq qog'ozga o'xshaydi. Uni nima bilan to'ldirish pedagogning

o'ziga bog'liq. Biz bilamizki, maktabga endi qadam qo'ygan bola hali bu muhitga

moslashmagan bo'ladi va darslardan tez zerikadi. O'qituvchi mana shunday vaqtda

bolalarga qiziqarli dars o'tishi va dars mobaynida turli metodlardan foydalanish kerak.

Tadqiqotchilarning fikricha 4 ta komponent pedagogik mahorat asosini tashkil

etadi:

1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi;

2. O'qituvchilik kasbiga sadoqat;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

387

2181-3187

3. O'z fanini o'qitish metodikasini mukammal bilish;

4. Pedagogik qobiliyatini namoyish eta olishi.

Shunday qilib o'qituvchlik kasbi murakkab va ma'sulyatli kasb.

Pedagoglik kasbi hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tiborga

loyiq e'zozlab kelinayotgan kasbdir. Al-Farobiy o'z asarida pedagog haqida shunday

deydi: "O'qituvchi aql -farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga

aytmoqchi bo'lgan fikrini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur". U yana pedagog

haqida o'z fikirlarini davom ettirib "Pedagog vazifasi dono rahbar vazifasiga o'xshaydi.

Shuning uchun u har bir ishni o'ylab qilishi kerak. Shu bilan birga pedagog adolatli o'z

nomusini, sha'nini qadrlashi lozim. Ana shunda u insoniylikni yuksak darajasini

egallaydi va bilish cho'qqisiga erishadi".

Abu Ali Ibn Sinoning fikricha: "Pedagog sof, matonatli, bilimli, vijdonli,

rostgo'y, bolalarni tarbiyalash metodlarini biladigan axloqli odam bo'lmog'i joiz" -deb

ta'kidlaydi.

Nasriddin Tusiy "O'qituvchilarning tarbiyalash to'g'risida" asarida shunday

deydi: o'qituvchi munozaralarni olib borishi rad etib bo'lmas darajadagi isbot qilishni

bilishi, o'z fikrlarini to'g'riligiga ishonishi, nutqi mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy

ifodalanadigan bo'lishi, o'qituvchi nutq hech qachon, hech qayerda zaharxandali qo'pol

bo'lmasligi, arz paytida o'qituvchi ozini tutib turolmasligi ishini buzishi mumkin.

Xulosa

Yuqoridagi fikrlardan chiqib shuni aytish mumkinki, har bir inson ilm fan bilim

bilan hamnafas bo'lishi, ilim olib aqliy kamol topishi kerak, bu vazifani esa tabiiyki

o'qituvchi bajaradi.

Pedagoglar qanchalik mahoratli bo'lsa, talim, bilim va tarbiya olayotgan yosh

avlod shunchalik yuksak marralarga erishadi. Mahoratli, bilimli pedagogdan ta'lim


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

388

2181-3187

olgan bola hech qachon kam bo'lmaydi. Shunday ekan, dunyodagi har bir inson

pedagogik ta'lim va tarbiyasini olish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Hamidova Nilufar, Oksana Aleksandrovna "Pedagogik mahorat va uning

komponentlari";

2."Zamonaviy o'qituvchi". B.A.Ergashev;

3.P. Yusupova "Maktabgacha tarbiya pedagogikasi",

4.T. Nedopekina"Maktab bo'sag'asida";

5.I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch";

6.O'zbekiston Respublikasi "Kadrlarni qayta tayyorlash" milliy dasturi.

Библиографические ссылки

Hamidova Nilufar, Oksana Aleksandrovna "Pedagogik mahorat va uning

komponentlari";

"Zamonaviy o'qituvchi". B.A.Ergashev;

P. Yusupova "Maktabgacha tarbiya pedagogikasi",

T. Nedopekina"Maktab bo'sag'asida";

I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch";

O'zbekiston Respublikasi "Kadrlarni qayta tayyorlash" milliy dasturi.