ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
389
2181-3187
TABAQALASHTIRILGAN TA'LIM TEXNOLOGIYASI ORQALI
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA NUTQIY KOMPETENSIYANI
RIVOJLANTIRISH
D.Sh.Elmurodovna
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o`qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarida nutqiy kompetensiyani
rivojlantirish uchun differensial ta’lim texnologiyalardan foydalanishning chora
tadbirlari haqida keltirilgan
АННОТАЦИЯ
В данной статье представлена информация о мерах по использованию
дифференцированных образовательных технологий для развития речевой
компетенции у младших школьников
ANNOTATION
This article describes the measures of the use of differential educational
technologies for the development of speech competence in primary school students
KIRISH
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi
“Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha
Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son Farmonida uzluksiz ta'lim tizimini
yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat
bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini
davom ettirish, ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash,
ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va oʻquv-
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
390
2181-3187
metodik qoʻllanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni koʻrish ustuvor yoʻnalish sifatida
belgilab berildi. Oʻquvchilarning oʻzbek tili lugʻat boyligini toʻliq oʻzlashtirib
olishlarini ta'minlash, tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, oʻz
fikrini ogʻzaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a'zolari bilan erkin
muloqotda boʻla olish koʻnikma va malakalarini rivojlantirish ona tili ta'limi oldidagi
muhim vazifa hisoblanadi. Oʻquvchilar jonli nutqiy aloqaga toʻgʻri talaffuz va toʻgʻri
yozuvni elementar nazariy ma'lumotlar asosida amaliy egallash orqali kirishadilar.
KIRISH
Ta'lim mazmuni va maqsadi masalasi insoniyat tarixida eng qadimiy va
ayni vaqtda eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Chunki insonlar rivojlanishning
hamma davrlarida ham nimani oʻqitish haqida oʻylanib kelgan va bu jarayon davom
etib kelmoqda. Ta'lim mazmuni tushunchasi turlicha talqin qilinadi. I. Ya. Lerner va
M. N. Skatkin kabi ayrim olimlar ta'lim mazmuni deganda oʻrganish uchun tanlangan
va oʻquvchilarning oʻzlashtirishlari uchun metodik jihatdan ishlangan boy ijtimoiy
tajribaning bir qismi sifatida tushunsa, boshqa bir guruh olimlar bu tushuncha bilan
birga uni oʻrganish usullarini ham anglaydi. Respublikamizda ham ona tili oʻqitish
kompetensiyaviy yondashuvga asoslandi, tayanch kompetensiyalar negizida har bir
fanga doir alohida kompetensiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi.
Oʻzbek tili faniga doir esa nutqiy va lingvistik kompetensiyalar tanlandi,
tilning barcha sathlarni oʻqitish shu ikki mezonga asoslandi. Oʻquvchilarning ona
tilidan egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini xalqaro baholash tizimlariga
moslash, shu talablar asosida oʻqitish yoʻlga qoʻyilmoqda. Ona tili ta'limi oldiga
mamlakatimiz yoshlarini oʻz fikrini ogʻzaki va yozma ravishda erkin hamda savodli
bayon qila oladigan mustaqil fikr sohiblari etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni
qoʻyadi. Uzluksiz ta'lim tizimida oʻzbek tilini oʻqitish orqali oʻquvchilarda nutqiy
hamda lingvistik kompetensiyalarni, xususan, adabiy talaffuz koʻnikmasini toʻla
shakllantirish, soʻz boyligining oshishiga zamin yaratish va mustaqil fikrlashga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
391
2181-3187
oʻrgatish uchun oʻquv topshiriqlarni takomillashtirish zarurati mavjud. Ona tili oʻqitish
metodikasida keyingi yillarda bir qator ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borildi.
Jumladan, ona tili ta'limini zamonaviylashtirish, oʻquv materiallarini takomillashtirish,
oʻquv lugʻatchiligi ustida ishlashga doir B.Mengliev, B.Bahriddinova, Sh.Hamroeva,
Oʻ.Xolyorov, Gʻ.Hamroev, Sh. Yuldasheva kabilar qator ilmiy metodik tadqiqotlar
olib borgan. Biroq zamon shiddat bilan rivojlanayotgan ayni paytda yaratilgan darslik,
metodik qoʻllanma va metodik tavsiyalarda oʻquv topshiriqlari mazmunini
takomillashtirish, zamonaviylashtirishni taqozo qilmoqda. Boshlangʻich sinflarda
oʻquv topshiriqlari oʻquvchi va talabalarda nutqiy kompetensiyani toʻla shakllantira
olmayapti. Uzluksiz ta'lim tizimida oʻzbek tilini ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan
guruhlarda oʻqitilishi bilan bogʻliq monografik tadqiqotlar X.Muhitdinova tomonidan
tizimli ravishda olib borilganiga guvoh boʻlish mumkin. Ta'kidlash lozimki, mazkur
tadqiqotda oʻzbek tilini, asosan, rus guruhlarida oʻqitishda dastur va darsliklar
mazmunidagi uzluksizlik masalasiga asosiy e'tiborini qaratilgan . H.Mirzohidova
qardosh tillarga taqqoslab tushuntirishning qulayliklari haqida fikr yuritadi . Inson
hayotida nutq va tafakkurning oʻrni va roli hamda mustaqil fikrlash madaniyati va u
bilan bogʻliq bilish jarayonini faollashtirish muammosi Kaykovus, Forobiy, Mahmud
Koshgʻariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlar asarlarida oʻz
ifodasini topgan. Til ta'limida mustaqil ishlar, lugʻat ustida ishlash, nutq oʻstirish
Y.Abdullaev,
Q.Abdullaeva,
K.Qosimova,
M.Asqarova,
T.Niyazmetova,
S.Matchonov, R.Safarova, A.Hamroev kabi pedagog olimlar tomonidan tadqiq
qilingan. Ta'limning turli bosqichlarida nutq madaniyatini shakllantirish, nutqiy
faoliyat masalalari MDH davlatlarining K.E.Bezukladnikov, T.G.Ramzaeva,
T.P.Malyavina, L.V.Abakumova, N.F.Titova, A.F.Boysova, Ta'lim va innovasion
tadqiqotlar I.A.Zimnyaya, A.S.Egorova, V.K.Buryak, A.N.Vasileva, V.V.Gerbova,
L.S.Vigotskiy,
G.N.Pristupa,
T.I.Shamova,
N.G.Dmitruk,
I.G.Kalinina,
T.A.Ladijenskaya, P.A.Grushnikov kabi olimlari tomonidan turli darajada oʻrganilgan.
Biroq, boshlangʻich sinflarda oʻquv lugʻatlari orqali nutqiy kompetensiyani
rivojlantirish masalasi alohida oʻrganilmagan. Mazkur tadqiqotda esa ona tili
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
392
2181-3187
darslarida samarali foydalanish lozim boʻlgan oʻquv lugʻatlari va ulardan foydalanish
usullari oʻrganiladi. Tadqiqotda oʻquv lugʻat turlaridan foydalanishning usul va
vositalarini takomillashtirish, oʻquvchilarda bugungi kunda dolzarb boʻlib borayotgan
adabiy talaffuz koʻnikmalarini, imloviy savodxonlikni rivojlantirish, soʻz boyligini
oshirish metodikasiga doir masalalar oʻrganilgan. Bugungi kunda: boshlangʻich
sinflarda oʻquv lugʻatlaridan foydalanishning bugungi ahvolini oʻrganish;
boshlangʻich sinf “Ona tili” darsliklardagi oʻquv topshiriqlarining DTS va oʻquv
dasturi talablariga mosligini qiyosiy oʻrganish, shuningdek, ularda oʻquv lugʻatlardan
foydalanish bilan bogʻliq muammolarning sabablarini aniqlash va echimlarini topishga
harakat qilish; nutqiy kompetensiyani rivojlaniruvchi topshiriqlar bogʻlangan oʻquv
lugʻatlarining mazmun, usul, vositalarini ishlab chiqishni takomillashtirish; turli
uslubdagi matnlarni tahlil qilishda oʻquv lugʻatlaridan foydalangan holda oʻqish
savodxonligini oshiruvchi topshiriqlar ishlab chiqish, ona tili darslarida nutqiy
kompetensiyani rivojlantirishda qanday metod, usul va texnologiyalardan foydalanish
muhimligini aniqlash eng mhim masalalardan hisoblanadi. Shu oʻrinda H.Bakievaning
boshlangʻich sinflarda oʻquv lugʻatlaridan foydalanish haqidagi mulohazasi,
yondashuvini keltirish lozim: “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻquv lugʻatlari bilan
ishlash orqali nutqiy malakalarni rivojlantirish” mavzusidagi tadqiqot natijalari
umumiy oʻrta ta'lim tizimining ona tili ta'limi jarayoniga tatbiq etiladi. Kuzatishlar
boshlangʻich sinflarning ona tili darsliklariga kiritiladigan mashq materiallarini
quyidagi mezonlar asosida tanlash ijobiy natijalar berishini koʻrsatdi: -mashq
materiallarining bogʻlanishli matn xarakterida boʻlishi; -oʻrganilayotgan til bilimini
oʻzlashtirishni ta'minlashi va mustahkamlashi; - oʻquvchilar hayoti bilan bogʻliq va
yoshiga mos boʻlishi; - davr taraqqiyotini oʻzida aks etirishi; - ta'limning shu
bosqichida oʻqitiladigan fanlar bilan bogʻlanishi.” Shuningdek, H.Bakieva muammo
yuzasidan olib borilgan kuzatishlar oʻqituvchilarning dars rejasi va konspektlarida
mashq shartlarini bajarishdan nariga oʻtilmayotganligi, ma'nosi izohlanadigan soʻzlar
izohi aks etmayotganligi, savol topshiriqlarda soʻzlarning ma'no qirralari ustida
ishlashga e'tibor berilmayotganligini ham oʻrinli ta'kidlaydi. Shu ma'noda boshlangʻich
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
393
2181-3187
sinflarda oʻquv lugʻatlari bilan ishlash orqali nutqiy malakalarni rivojlantirish
vazifasiga alohida e'tibor berish, maktab oʻquvchilari, xususan, boshlangʻich sinflar
uchun “Imlo”, “Talaffuz” va oʻquv izohli lugʻatlar yaratish, ta'lim jarayoniga tatbiq
etish masalalari bugungi ona tili oʻqitish metodikasining asosiy qismini tashkil
qilmoqda.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda oʻquvchi xoh ona tili, xoh chet tili boʻlsin lugʻatlar
bilan ishlamasa, ularning nutqida tafakkurida ijobiy oʻzgarish boʻlmaydi, zero
muloqot, suhbat jarayonlarida yoki mutolaa vaqtida notanish soʻzlarning uchrab
qolishi oʻrganilayotgan matnning mazmunini toʻla anglashga imkon bermaydi.
Qolaversa, oʻquvchining gapirish (adabiy talaffuz), yozish (imlo) koʻnikmalarini
rivojlantirishda ham oʻquv lugʻatlari katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,
boshlangʻich ta'lim uchun tayyorlanadigan oʻquv metodik ta'minot sirasida, albatta,
oʻquv lugʻatlari, xususan, imlo, talaffuz va izohli lugʻatlarning boʻlishi koʻzda
tutilayotga nutqiy koʻnikmalarni rivojlantiruvchi asosiy ta'limi vosita hisoblanadi.
Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, oʻquv lugʻatlarini yaratishda multimediya,
illyustrasiyalardan foydlanish mashgʻulotlar samaradorligini yanada oshiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Mirziyoev Sh. Erkin va farovon demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. –T.: Oʻzbekiston, 2016. Ta'lim va innovasion tadqiqotlar (2021 yil №4) ISSN
2181-1709 (P) 260 Education and innovative research 2021 y. №4 –14-b.
2. Muhiddinova X. Ta'lim bosqichlarida oʻzbek tili oʻqitilishi uzluksizligini
ta'minlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish. Ped. fan. nom-di diss. TDPI
–Toshkent, 2011. -270 b
3. Mirzohidova H. Oʻzbek maktablarida fonetikani qirgʻiz tiliga qiyoslab oʻrganish:
ped. fan. nom-di diss. TDPI – Toshkent, 1998. -143 b. 4. Bakieva H. boshlangʻich sinf
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
394
2181-3187
oʻquvchilarida mustaqil ta'lim orqali nutq va tafakkurni rivojlantirish metodikasi.
Pedagogika fanlari boʻyicha fal.d-ri(PhD) diss.
4. Сарвиноз, З. (2023). способы определения лидерских способностей учащихся
классными руководителями. Международный журнал исследований и разработок
EPRA (IJRD), 8(4), 203-206.
5. Зиёдуллаева Сарвиноз Шамсиддин қизи. Лидерлик муаммосининг илмий-
назарий асослари. Belorus-o‘zbek ilmiy-metodik jurnal.Toshkent.-2023.№6.-B.77-
78.
6. Ziyodullayeva S. Sh. Liderlik muammosining aspektlari// Xalq ta’limi ilmiy metodik
jurnal.Toshkent.-2023.-№ 6. -B.102-103. (13.00.00; №17)
7. Ziyodullayeva S. Sh. Liderlik faoliyatining o‘ziga hos xususiyatlari.// Pedagogik
mahorat. Buxoro.-2024.№2.-B.155-158. (13.00.00; №23)
8. Ziyodullayeva S.Sh. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yetakchilik nazariyasining
shakllanishi //Mуғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў. Nukus.-2023.№6. -B.114-
115. (13.00.00; №20)
9. Ziyodullayeva S.Sh. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining liderlik fazilatlari
ustuvorligining shakllanishi. Interpretation and researches.Farg‘ona.-2024.13(35).-
B.109-113.