ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
41
2181-
3187
INTERTEKSTUALLIK VA BADIIY MATN
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
O‘zbek filologiyasi va folklori instituti
O‘zbek adabiyoti yo‘nalishi tayanch doktoranti
Sharipova Tursunoy Bozor qizi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada intertekstuallik hodisasi badiiy matn doirasida tahlil etiladi.
Xususan, o‘zbek she’riyatida allyuziya, reminissensiya, epigraf kabi intertekstual
birliklarning qo‘llanish usullari hamda ular orqali matnning estetik, semantik boyishi
yoritiladi. Rauf Parfi va Mirzo Kenjabek ijodi misolida bu birliklarning funksional
ahamiyati ilmiy tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
intertekstuallik, badiiy matn, allyuziya, reminissensiya, epigraf,
Rauf Parfi, Mirzo Kenjabek, intertekstual birlik
KIRISh
XX asrning ikkinchi yarmida adabiyotshunoslikda intertekstuallik atamasi muhim
ilmiy tushunchaga aylandi. Yu. Kristeva tomonidan ilgari surilgan bu g‘oya matnlararo
aloqani tushunishda yangi nazariy asos bo‘ldi. Intertekstuallik badiiy matnda muallif
bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni chuqurlashtiradi va asar semantik qamrovini
kengaytiradi. Ushbu maqolada intertekstuallik o‘zbek she’riyatidagi namunalarda,
xususan, Rauf Parfi va Mirzo Kenjabek asarlari asosida tahlil qilinadi.
Adabiyotlarni o’rganish
XX asrning so’nggi choragida adabiyotshunoslikka
intertekstuallik
tushunchasi
kirib kela boshladi. Bu tushuncha atama sifatida ilk bor 1967-yilda fransuz struktur
tadqiqotchisi Yu. Kristeva tomonidan olib kirildi. Kristeva o’zining intertekstuallik
konsepsiyasini 1924-yilda yozilgan M.Baxtinning asarini qayta ko’rib chiqish asosida
ishlab chiqdi.
Asosiy qism
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
42
2181-
3187
Intertekstuallik – bu matnlarning o’zaro aloqasidir. Ikki yoki undan ortiq
mualliflarning boshqa muallif matnidan joy olishi, og’zaki iboralarni aks ettirish
hodisasi odatda intertekst deb ataladi. Badiiy matndagi intertekstuallik hodisasi
ko’plab badiiy asarlar uchun tabiiy formuladir: yozuvchilar o’zlarining matnlari, shu
jumladan, iqtiboslar, parodiyalar, plagiat kabilarni bitta tushuncha – intertekst
tushunchasi bilan birlashtiradilar. O’tmishdoshlar va zamondoshlarning asarlaridan
namunalar keltirish, bir asarda boshqa bir matnning izi ham intertekstuallikdir. Albatta,
yozuvchi intertekstni o’z asariga olib kirar ekan, bundan muayyan bir maqsad
ko’zlaydi. Avvalo, kiritilayotgan begona matn umumiy matn ma’nosiga mos bo’lishi
kerak. Shunga ko’ra bir necha intertekstual birliklardan foydalanish mumkin:
•
Allyuziya.
•
Remissensiya.
•
Iqtiboslar.
•
Parodiya.
•
Tarjima.
•
Taqlid.
•
Havolalar.
•
Epigraf.
Ushbu
maqolamizda
yuqoridagi
intertekstual
birliklardan
allyuziya,
reminissensiya, epigraf kabi ko’rinishlariga bir qancha misollar keltirish orqali
fikrimizni dalillashga harakat qilamiz.
“Oʼzbek badiiy matnlarida uchraydigan intertekstlarni shakliy jihatdan
quyidagicha tasniflashga harakat qildik:
allyuziya, reministsentsiya, epigraf, sarlavha,
iqtibos (havola, sitata).
Intertekst sifatida oʼzbek badiiy matnlarida bu shakllar faol
uchraydi va aynan ular intertekstuallikning barcha xususiyatlarini oʼzida
mujassamlashtiradi”.
1
Albatta, adib bu ko’rinishdagi intertekstual birliklarni
qo’llashdan ko’zda tutgan maqsadi bor. Ushbu yozilgan asarda qo’llanilgan birliklar
1
Xomidova M. Badiiy matn pertsepsiyasida intertekstuallik. Fil.fan. b.cha falsafa d.ri – diss.- T. 2021. Bet 36.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
43
2181-
3187
badiiy estetik jihatdan kitobxonga ma’qul bo’lishi, ijodkorning badiiy mahoratini
ko’rsatishi va shu bilan birgalikda kitobxonga tushunarli bo’lishi ham katta ahamiyatga
ega. Hozir ana shunday birliklardan allyuziyani ko’rib o’tsak.
Allyuziya
(lot. Allusio –
ishora, hazil ) – barchaga tanish deb hisoblangan real siyosiy, maishiy, tarixiy yoki
adabiy faktga ishora qilishga asoslangan stilistik usul. Mohiyatan sharq mumtoz
she’riyatida keng qo’llangan talmeh san’atiga yaqin keladi.
2
Demak allyuziya biror bir
asar qahramonlari, o’tmishda bo’lgan voqealarga ishora ekan. Bunda yozuvchi bu
birlikdan ko’zlagan maqsadi o’zi ifodalamoqchi bo’lgan fikrni yanada dalillash
maqsadida, o’quvchi xotirasida tasviriylik uyg’otish niyatida foydalanadi. O’quvchi
asarni o’qiydi, ma’nosiga tushunishga harakat qiladi, unda keltirilgan allyuziv nomlar
esa uning mazmunini yanada boyitadi, tushunilishini osonlashtiradi. Shu o’rinda
allyuziyaga bir qancha misollarni ko’rib o’tsak:
Inon, ot oʼynatib bir tong mahali
Sarbozlarim kelar
Gʼirotlarida.
Zangor toʼlqinlarda otarmiz quloch,
Yana-da ketarmiz yiroq-yiroqqa.
Rauf Parfi qalamiga mansub ushbu she’riy parchada G’irot nomi keltirilgan. Shoir
nima uchun aynan
G’irot
nomini keltirdi? - degan tabiiy bir savol uyg’onadi. Xolbuki,
boshqa bir ot nomlaridan ham foydalansa bo’lar edi. Ma’lumki, bu nom xalq dostonida
uchraydigan otning nomi.
Zangor toʼlqinlarda otarmiz quloch
misrasiga e’tibor
qaratadigan bo’lsak, dostonlardan bilamizki, bu otning qanotlari ham bor, shoir aynan
shuning uchun ham “Zangor to’lqin”, ya’ni bulutlarga quloch ochishi haqida yozadi.
Demak, o’quvchi ongida afsonaviy ot va u keltirilgan doston, unda tasvirlangan otning
ko’rinishlari gavdalanadi. Bu esa, o’z navbatida, she’rning tasviriylik darajasini
oshirish uchun xizmat qiladi. Keyingi bir she’rga diqqatimizni qaratsak:
HАMLET
Soʼldirma! Dunyoga shafqat qil, qizgʼon!..
Shekspir
2
Д. Қуронов ва бошқ. Адабиётшунослик луғати. Т. Akademnashr.2013. b 27.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
44
2181-
3187
1. Faqat vijdon bilan oʼrtanar
Hamlet,
Doniyo — zindonga, qarab turar lol.
Biz ham shu sahnaga tikilamiz tek,
Bizni ham oʼrtaydi qadimiy savol.
Rauf Parfi qalamiga mansub ushbu parchaning sarlavhasiyoq intertekstni hosil
qiladi. Sarlavhani o’qigan kitobxon she’rning butun mazmuniga tushunib ulguradi.
Undan so’ng esa epigraf sifatida esa aynan Shekspir asarining o’zidan iqtibos sifatida
foydalanadi. Epigraf ham she’r mazmuniga uyg’un holda tanlangan. Bu ham
intertekstuallikning bir ko’rinishidir. Shoir ifodalamochi bo’lgan fikrini, she’rning
mazmunini, avvalo, sarlavhada so’ngra epigrafda oydinlashtirishga harakat qilgan.
She’r sarlavhasi
“Hamlet”
, demak kitobxon angladiki, she’r Shekspirning tragediyasi
qahramoni haqida. Undan so’ng epigraf ham aynan Shekspir asaridan olinyapti.
Soʼldirma! Dunyoga shafqat qil, qizgʼon!..
Shekspir qalamiga mansub ushbu sonet
Hamletning achchiq, alamli taqdiri haqida yozilgandek go’yo. She’r ichida esa
Hamlet, Ofeliya kabi personajlarning keltirilishi ham intertekstuallik hodisasiga yaqqol
misol bo’la oladi. Navbatdagi she’rda esa:
MUHАBBАT
Ogʼir, sevganimdan rashkim ham ogʼir,
Ul gʼoyib ilmdan olgayman saboq.
Аxir nohaq edi,
Otello
, axir,
Sevgilim, shafqatsiz muhabbatga boq!
Sodiq
Dezdemona
, ey jigarpora,
Nechun
boʼgʼizlandi muqaddas tuygʼu
,
Nechun qatl etildi sevgi bechora?!
Ushbu she’rni o’qir ekanmiz, unga kiritilgan allyuziv nomlarni ko’rganimiz
zamon asar va uning qahramonlari, ularning taqdiri beixtiyor yodimizga keladi. Otello,
Dezdemona va Dezdemona kabi qahramonlar kitobxonlar diqqatini tortadigan, juda
mashxur, xotirlanishi oson personajlardan hisoblanadi. Demak, kiritilgan intertekstni
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
45
2181-
3187
tushunish o’quvchidan ortiqcha bilim yoki harakatni talab etmaydi. Bu esa shoir
ko’zlagan maqsadini amalga oshira olganidan dalolatdir. She’rning ilk bosh
misralaridanoq
Ogʼir, sevganimdan rashkim ham ogʼir,
misrasi bilan boshlanadi.
“Otello” tragediyasidan ma’lumki, Otello va Dezdemona munosabatlarining
yomonlashuviga ham aynan Otelloning kuchli rashki sabab bo’lgan edi. Keyingi
misralarda esa shoir Otello shaxsiga munosabat bildirib o’tadi:
Аxir nohaq edi,
Otello
, axir,
Sevgilim, shafqatsiz muhabbatga boq!
Keyingi misralarda esa Dezdemona va uning asardagi achchiq qismati, ya’ni
bo’g’izlanganiga ishora qiladi. Nechun
boʼgʼizlandi muqaddas tuygʼu…
Shoir Mirzo Kenjabek ijodida ham bunga o’xshash misollar talaygina. Ularni ham
tahlil markaziga tortsak:
JАHON OʼZBEKLАRIGА
Turkiy kuyda Dulbarjinning yodi bor,
Qoshgʼariy
ham
Mir Аlisher
dodi bor,
Til yoʼqotgan zotning qanday zoti bor? –
Tilingizni asrang, ketgan oʼzbeklar!
«Аlla»
koʼrmay oʼsgan «qulun» qulunmas,
«Yor-yor»
koʼrmay tushgan kelin kelinmas,
Hali sizga yotlik makri bilinmas,
Tilingizni asrang, ketgan oʼzbeklar.
Bu she’rda reminissensiya orqali intertekst bo’laklari shakllangan ya’ni
“reministsentsiya – adabiyotdagi adabiyotlar obrazlaridir. Uning eng koʼp tarqalgan
turi aniq yoki noaniq, “qoʼshtirnoqqa olingan” yoki tagmaʼno orqali anglashiladigan
yashirin parchadir. Reministsentsiyalar muallif tomonidan asarga ongli tarzda va biror
maqsadni koʼzlab kiritilishi yoki uning irodasidan tashqari, beixtiyor kirib qolishi
(xotirlanishi) ham mumkin”.
3
She’rning ilk misrasi
Turkiy kuyda Dulbarjinning yodi
bor
, deya boshlanadi. Dulbarjin biz bilamizki qadimgi turkiy yozuvning yana bir nomi
3
Умурова Г.Х. Зулфия ижодига адабий таъсирнинг самаралари // Xorijiy filologiya. 2019. №1. – B. 44.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
46
2181-
3187
hisoblanadi. She’rning boshlanishiyoq turkiy xalqlarning qadimiy nomoddiy merosini
tanishtirish bilan boshlanadi. Keyingi misralarda ham bular davom etadi, turkiy tilining
rivojlanishiga hissa qo’shgan insonlar va ularning asarlari eslanib o’tiladi. Masalan,
Qoshg’ariy, Mir Alisher kabi president nomlarning keltirilishi ham ular haqidagi
ma’lumotlarni xayolimizda tiklaydi. Undan so’ng “Alla”, “Yor-yor” kabi xalq qo’shiq
nomlarining keltirilishi ham she’rning ma’no jihatdan boyishiga xizmat qilgan.
O’quvchining ongida esa bu qo’shiqlarni qaytadan jonlantirgan. Mirzo Kenjabekning
keyingi she’riga diqqat qarataylik:
XАLQIM QАSIDАSI
Tatabbuʼ
Tarixlarga koʼmdim men ham oʼzimni,
Xalqim, senga bergan ekan toʼzimni,
Dedim tunlar tinglab
«Qaro koʼzim»
ni:
Bitarmikan hech armoni oʼzbekning!
«Oltun yoruq»
sochgan turkiy sadolar,
«Xoʼbi bitik»
toshidagi nidolar,
Bu kun buyuk tilsim boʼlgan imlolar –
Kechmishlardan bir nishoni oʼzbekning.
Necha ovul, kentlardagi shevasi –
Bu
«Devonu lugʼatit-turk»
mevasi,
Olislarni koʼzlab-koʼzlab tevasi,
Borayotir zoʼr karvoni oʼzbekning.
Shoir she’rini bir o’qigan o’quvchining diqqatini tortuvchi mashxur “Qaro
ko’zum” jumlasi shu radifli Navoiyning g’azaliga ishora qilmoqchi ekanini tushunadi.
Birgina shu jumladan qaysi g’azal va g’azal muallifi esimizga tushadi. Albatta,
kiritilayotgan intertekst o’quvchi uchun tushunarlibo’lishi juda muhim ahamiyatga
egadir. Agar o’quvchi uchun notanish, uning dunyoqarashi uchun begona bir intermatn
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
47
2181-
3187
tanlanganda edi asar saviyasi bir pog’ona tashgan bo’lar edi. Shu jihatlarni hisobga
olgan holda ushbu she’rda qo’’langan “Qaro ko’zum” jumlasi intermatn sifatida o’zini
oqlagan deya ayta olamiz. Bundan tashqari she’rga kiritilgan
«Oltun yoruq», «Xoʼbi
bitik», «Devonu lugʼatit-turk»
asar nomlarining qo’llanilishi ham albatta, bu asarlar
va ularni bitgan shaxslar haqida ma’lumot yetkazishdan iboratdir.
Natija
Intertekstuallik hodisasi badiiy matnda fikrning chuqurroq anglanishi,
obrazlarning tarixiy-madaniy kontekstda o‘qilishi va muallif pozitsiyasining kengroq
ifodalanishiga xizmat qiladi. Rauf Parfi va Mirzo Kenjabek ijodidagi intertekstual
birliklar o‘zbek poeziyasining boy semantik qatlamga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Shunday qilib, intertekstuallik nafaqat uslubiy vosita, balki badiiy tafakkurning
ko‘rinishi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir so’z bilan aytganda, intertekstuallik hodisasi har bir matnning tushunilishi va
badiiyatini oshiruvchi bir badiiy vositalardan biridir. Yuqoridagi kabi misollar har bir
asarda uchrashi-- mumkin bo’lgan ba’zi namunalardir. Lingvistik tadqiqotlarda
intertekstuallik matnning eng muhim kategorik xarakteristikasi sifatida qaraladi.
“O’zimizning” va “birovning” so’zlarini o’zaro qorishiq shaklda aks ettiriladi.
Adabiyotshunoslikda intertekstuallik postmodern uslubni baholash uchun muhim asos
bo’lib, u matnni kotirovkalarning mozaikasi sifatida singishini, tizimli semantik
ta’sirga ega bo’lishini ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Baxtin M.M. Matn va muloqot nazariyasi. – Moskva: Progress, 1986. – 254 b.
2. Д. Қуронов ва бошқ. Адабиётшунослик луғати. Т. Akademnashr.2013. – b 412.
3. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. – T: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”
Davlat ilmiy nashriyoti, 2000. – 10 jild.
4. Shekspir U. Hamlet. Tragediya. – T: Yozuvchi, 1985. – 120 b.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
48
2181-
3187
5. Kenjabek M. Xushxabar. – T: Navro‘z nashriyoti, 2018. – 176 b.
6. Parfi R. Sakina: she’riy to‘plam. – T: Muharrir nashriyoti, 2013. – 376 b.