Том 73 № 2 (2025)
Статьи
THE ROLE OF ENGLISH AS A GLOBAL LINGUA FRANCA
Ingliz tili bugungi global dunyoda asosiy xalqaro aloqa vositasiga aylangan.
Uning tarixiy ildizlari, keng tarqalganligi va turli sohalardagi ta’siri maqolada
yoritiladi. Maqolada ingliz tilining afzalliklari bilan birga, uning ijtimoiy va madaniy
salbiy ta’sirlari ham tahlil qilinadi.
ТИЗИМЛИ СКЛЕРОДЕРМИЯДА ФИБРОЗЛАНИШ ЖАРАЁНИГА ҚОН ТОМИР ОМИЛЛАРИНИНГ ТАЪСИРИ
Ушбу мақолада тизимли склеродермия (ТС) касаллигида фиброз жараёнига
қон томир омилларининг таъсири ўрганилди. Беморларда PDGF, VEGF, TSP-1
ва Angiostatin маркёрларининг даражалари ELISA усулида аниқланди ва
уларнинг фиброз даражасига таъсири таҳлил қилинди.
ШЁГРЕН СИНДРОМИ: КЛИНИК КЎРИНИШЛАРИ ВА ПАТОГЕНЕЗИ
Шёгрен синдроми — аутоиммун табиатга эга бўлиб, асосан ташқи суюқлик
ишлаб чиқарувчи безларни (сувлик ва шиллиқ безлар) шикастлайдиган
яллиғланишли касалликдир. Мазкур мақолада синдромнинг патогенези, клиник
кўринишлари ва уларнинг патофизиологик асослари ҳақидаги замонавий
маълумотлар шарҳланади.
ДРОНЛАРГА ҚАРШИ КУРАШНИНГ АМАЛИЙ ЕЧИМЛАРИ: СЕНСОРЛАР, РАДАРЛАР ВА АВТОМАТЛАШТИРИЛГАН ТИЗИМЛАР ТАҲЛИЛИ
Мазкур мақолада террористик ҳаракатлар пайтида муҳим
давлат объектларига замонавий таҳдидларнинг ҳалокатли таъсири, муҳим давлат
объектларининг хавфсизлигини таъминлайдиган замонавий муҳандислик
техник қўриқлаш воситаларининг имкониятлари, ҳамда муҳандислик-техник
қўриқлаш воситаларидан фойдаланган ҳолда муҳим давлат объектларининг
хавфсизлигини таъминлашда мавжуд муаммолар, муҳим давлат объектларига
таҳдид солувчи энг муҳим воситалардан кичик ҳажмдаги учувчисиз учиш
аппаратларига қарши курашиш учун мўлжалланган муҳандислик-техник
қўриқлаш воситалари мажмуаларидан иборат аниқлаш ва йўқ қилиш ускуналари
самарадорлигини ошириш усуллари ёритилган.
MODDALAR ALMASHINUVI VA OQIMNING TERMOREGULYATSIYASI
Ushbu maqolada moddalar almashinuvi jarayonlari va
termoregulyatsiya mexanizmlarining inson organizmidagi asosiy biologik ahamiyati
tahlil qilingan. Metabolik oqimlarning issiqlik ishlab chiqarish va uni tartibga
solishdagi roli, shuningdek, gomeostazni saqlashdagi ishtiroki yoritilgan.
Termoregulyatsiya organizmning tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashish
strategiyasining asosiy komponentidir. Maqolada termoregulyatsiyani boshqaruvchi
markaziy va periferik mexanizmlar, shuningdek, patofiziologik holatlar ham
yoritilgan.
QON TOMIR SILLIQ MUSKUL HUJAYRALARIDA ENDOTELIYNING ROLI
Ushbu maqolada endotelin moddasining qon tomir silliq muskul
hujayralariga ko‘rsatadigan ta’siri, uning molekulyar mexanizmlari va klinik ahamiyati
tahlil qilinadi. Endotelin turlari, retseptorlar va signal uzatish yo‘llari batafsil ko‘rib
chiqiladi.
GEMODINAMIKA ASOSLARI, TOMIRLI TANASINING BOSHQARILISHI
Ushbu maqolada gemodinamikaning fiziologik asoslari, yurak-qon
tomir tizimining tuzilishi va funksional boshqaruvi haqida ilmiy tahlil berilgan.
Ayniqsa, arterial bosim, qon oqimining tezligi, periferik qarshilik va vegetativ nerv
tizimining tomirli tana faoliyatiga ta’siri atroflicha yoritilgan. Maqolada shuningdek,
klinik amaliyotda gemodinamikani nazorat qilish usullari va ularning diagnostik
ahamiyati ham muhokama qilingan.
PERIODONTIT TISHLARNI DAVOLASH
Ushbu maqolada periodontit kasalligining etiologiyasi,
patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va zamonaviy davolash usullari yoritilgan.
Kasallikning murakkab shakllari, ularning asoratlari va davolashdan keyingi gigiyenik
parvarish muhimligi ta’kidlangan. Ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida konservativ
va jarrohlik davolash usullari solishtirib tahlil qilingan.
TRANSPORT LOGISTIKASINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISH JARAYONINING RIVOJLANISHINI EKONOMETRIK MODELLAR ASOSIDA BAHOLASH
Ushbu maqolada transport logistikasini rivojlantirish va uning
boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish jarayonlari ekonometriya vositalari orqali
baholandi. Tadqiqotda transport-logistika sohasidagi asosiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi
bog‘liqliklar aniqlanib, regressiya modellari yordamida ularning iqtisodiy
samaradorlikka ta’siri o‘rganildi. Shu asosda logistika xarajatlari, infratuzilmaga
yo‘naltirilgan investitsiyalar, tashilgan yuk hajmi va tashqi savdo ko‘rsatkichlari
o‘rtasidagi statistik munosabatlar tahlil qilindi. Tadqiqotda 2010–2023 yillar
oralig‘idagi milliy va xalqaro miqyosdagi transport-ko‘rsatkichlar bazasidan
foydalanildi. Panel ma’lumotlar asosida tuzilgan ekonometrik modellar orqali
transport-logistika tizimi rivojlanishining iqtisodiy natijalarga ta’siri aniqlanib,
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda model natijalari amaliy tavsiyalar bilan boyitildi.
Tadqiqot natijalari transport-logistika tizimini strategik rejalashtirishda ilmiy
asoslangan yondashuvlar zarurligini ko‘rsatadi hamda samarali boshqaruv qarorlarini
ishlab chiqishda ekonometriyaning kuchli vosita ekanligini isbotlaydi.
TRANSPORT LOGISTIKASINI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI VA ULARNI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada transport logistikasini rivojlantirish borasidagi
yetakchi xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, ularning muhim jihatlari chuqur
o‘rganiladi. Xususan, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va Xitoy kabi
mamlakatlardagi zamonaviy logistika tizimlari, raqamli texnologiyalarni qo‘llash
amaliyoti hamda infratuzilmaviy yondashuvlar o‘rganiladi. Maqolada xalqaro
tajribaning dolzarb jihatlarini O‘zbekistonda tatbiq etish imkoniyatlari baholanib,
milliy transport-logistika tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston logistika infratuzilmasini
integratsiyalashgan, samarali va raqobatbardosh tizimga aylantirishda ilmiy
asoslangan yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
ОNKОGINEKОLОGIYА SОHАSIDА HОZIRGI KUNDАGI YАNGI DАVОLАSH USULLАRI
Оnkоginekоlоgiyа sоhаsi аyоllаrning reprоduktiv а’zоlаridа
rivоjlаnаdigаn sаrаtоn kаsаlliklаrini tаshxislаsh, dаvоlаsh vа оldini оlishgа qаrаtilgаn
muhim tibbiyоt yо‘nаlishidir. Sо‘nggi yillаrdа ushbu sоhаdа аniq оnkоlоgiyа,
immunоterаpiyа, mаqsаdli terаpiyа vа minimаl invаziv jаrrоhlik usullаri kаbi yаngi
yоndаshuvlаr keng jоriy etilmоqdа. Ushbu mаqоlа оnkоginekоlоgik kаsаlliklаrni
dаvоlаshdа qо‘llаnilаdigаn zаmоnаviy usullаrni tаhlil qilаdi, ulаrning аfzаlliklаri vа
cheklоvlаrini muhоkаmа qilаdi. Mаqоlа shuningdek, О‘zbekistоn vа xаlqаrо
tаjribаlаrni sоlishtirish оrqаli ushbu sоhаdа аmаlgа оshirilаyоtgаn innоvаtsiyаlаrni
yоritаdi. Mаqsаd – оnkоginekоlоgik kаsаlliklаrning dаvоlаsh sаmаrаdоrligini оshirish
vа bemоrlаrning hаyоt sifаtini yаxshilаsh bо‘yichа tаkliflаr berish.
CURRENT NEW TREATMENT METHODS IN THE FIELD OF ONCOGYNECOLOGY
The field of oncogynecology is an important medical field aimed at
diagnosing, treating, and preventing cancers that develop in the reproductive organs of
women. In recent years, new approaches such as precision oncology, immunotherapy,
targeted therapy, and minimally invasive surgical techniques have been widely
introduced in this field. This article analyzes modern methods used in the treatment of
oncogynecological diseases, discusses their advantages and limitations. The article also
highlights innovations being implemented in this area by comparing Uzbek and
international experience. The goal is to increase the effectiveness of treatment for
oncological diseases and make recommendations to improve the quality of life of
patients.
BRONXIAL ASTMA KASALLIGIDA O’PKA TO’QIMALARINING GISTOSTRUKTURAVIY O’ZGARISHLARI VA UNING ETIOLOGIYASI, PATOGENEZI, KLINIK MANZARASI , DIAGNOSTIK TEKSHIRUVLARI, KECHISHI , ASORATLARI VA UNI DAVOLASH.
Bronxial astma [yun. asthma bo'g'ilish], mayda bronxlarning
torayishi,shilliq pardasining ko'chishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial
o'tkazuvchanlikningbuzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqt
bevakt nafas qisishi vabo'g'ilish xuruji bilan o'tadigan allergik kasallik.So’nggi
yigirma yil ichida astma bilankasallanish holatlari ko’paydi va bugungi kunda VOZ
maʼlumotlariga qaraganda bukasallikdan 100 million kishi aziyat chekadi. Bu jins va
yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda engkeng tarqalgan surunkali kasalliklardan biridir.
Branxia lastma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi yuqori, xuruj darakchilari
davri, avj olgan davr, xurujning ortga qaytishdavri.
THE WORLD BANK AS A MECHANISM OF GLOBAL INFLUENCE BY THE UNITED STATES
The World Bank, established in 1944, is a pivotal institution in global economic
governance, ostensibly designed to promote development and reduce poverty.
However, its structure, decision-making processes, and policy priorities have long
been shaped by the United States, raising questions about its role as a mechanism of
U.S. global influence. This article examines the historical and contemporary
dynamics of U.S.
ANALYSIS OF TRADE TURNOVER, THE BELT AND ROAD INITIATIVE, AND TECHNOLOGY TRANSFER BETWEEN CHINA AND UZBEKISTAN
This study examines the economic relationship between China and Uzbekistan,
focusing on trade turnover, the Belt and Road Initiative (BRI), and technology
transfer. Employing a mixed-methods approach, including statistical analysis, case
studies, and policy reviews, the research analyzes data from 2017 to 2025 to identify
trends, impacts, and opportunities. Results indicate a significant increase in trade
volume, driven by BRI-related infrastructure projects, a growing role of Chinese
investments in Uzbekistan’s economy, and advancements in technology transfer in
sectors like telecommunications and renewable energy.
INTERTEKSTUALLIK VA BADIIY MATN
Ushbu maqolada intertekstuallik hodisasi badiiy matn doirasida tahlil etiladi.
Xususan, o‘zbek she’riyatida allyuziya, reminissensiya, epigraf kabi intertekstual
birliklarning qo‘llanish usullari hamda ular orqali matnning estetik, semantik boyishi
yoritiladi. Rauf Parfi va Mirzo Kenjabek ijodi misolida bu birliklarning funksional
ahamiyati ilmiy tahlil qilinadi.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MAYDA MOTORIKANI RIVOJLANTIRISH MASHQLARI
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda motorika ya’ni
barmoqlar va qo‘l detallarini aniq boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan mashqlar tizimli tarzda tahlil qilinadi. Avvalo, mayda motorikaning yosh
rivojlanishdagi o‘rni, uning nutq, yozuv, diqqat, ijod va akademik ko‘nikmalar
shakllanishidagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Keyin, an’anaviy va innovatsion metodlar
yordamida
mashqlar
guruhlari
grafomotor,
manipulyativ,
konstruktiv,
qo‘l-barmoqlar musiqali, san’at va sensorli mashqlar ko‘rib chiqiladi. Har bir
mashq turi pedagogik maqsad biri bolalarning motorik koordinatsiyasi, aniqlik, kuch,
ritm sezish, ijodiy fikrlash va mustaqillik darajasini rivojlantirishdir. Shuningdek,
tarbiyachilar uchun mashg‘ulotlarni rejalashtirish, umumiy metodik tavsiyalar va
baholash mezonlari ham yoritilgan. Tadqiqotga asoslangan tavsiyalar va amaliy
mashg‘ulot tajribalari maktabgacha ta’lim muassasalari uchun samarali
qo‘l yo‘riqnoma hisoblanadi.
Masofaviy sharoitda front-end dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or tajribalar
Ushbu maqolada masofaviy sharoitda front-end dasturlashni
o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
Maqolada masofaviy ta’limning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, web dasturlashga
bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotgani va ayniqsa, front-end sohasida zamonaviy
pedagogik yondashuvlar qo‘llanishi zarurati asoslab berilgan. Ilmiy adabiyotlar va
xalqaro amaliyotlar asosida samarali metodlar (projekt asosida o‘qitish, gamifikatsiya,
muammo asosida o‘qitish) tahlil qilinib, ularning afzalliklari va qo‘llanish
mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, masofaviy front-end o‘qitishdagi
muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va milliy ta’lim tizimiga moslashtirilgan
takliflar ishlab chiqilgan. Maqola orqali masofaviy front-end ta’limini sifatli tashkil
etish uchun ilmiy-metodik asoslar taklif qilinadi.
THE IMPACT OF TECHNOLOGY IN TEACHING ENGLISH
The integration of technology into education has revolutionized the teaching and
learning of English as a second or foreign language. This article explores the
multifaceted impact of technological advancements on English language instruction,
focusing on digital tools, online platforms, and artificial intelligence. It examines how
these innovations enhance learner engagement, personalize instruction, and expand
access to resources, while also addressing challenges such as digital divides and the
need for teacher training. By synthesizing current research and practical applications,
this article underscores the transformative potential of technology in fostering effective
English language acquisition.
XORIJIY INVISTITSIYALARNI JALB QILISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (FDI) har qanday
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy samaradorligini, uning iqtisodiy o‘sishga
ta’sirini, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni va bu sohada muhim
shaxslarning rolini tahlil qiladi. Mavzuni kengroq tushunish uchun so‘nggi misollar
keltiriladi.
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MOLIYAVIY ETIKA VA XAVFSIZLIK
Maqolada raqamli moliyaviy xizmatlarning rivojlanishi sharoitida
moliyaviy etika va xavfsizlik masalalari tahlil qilinadi. O‘zbekiston moliyaviy
tizimidagi ijobiy yutuqlar bilan bir qatorda mavjud muammolar ham ko‘rib chiqiladi.
Estoniya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ilg‘or tajribalari
asosida O‘zbekiston uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari aholining
moliyaviy madaniyatini oshirish, kiberxavfsizlikni kuchaytirish va raqamli
xizmatlarda etik me’yorlarni mustahkamlashning dolzarbligini ko‘rsatadi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JINOYAT-PROTSESSUAL KAFOLATLARNING MUSTAHKAMLANISHI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA AMALIY MUAMMOLAR.
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida jinoyat
protsessual kafolatlar tizimining takomillashuvi, xalqaro standartlarga muvofiqlik
holati va amaliy muammolar tahlil qilinadi. Sud-huquq sohasidagi tub islohotlar
doirasida tergov va sud jarayonlarida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari,
aybsizlik prezumpsiyasi, himoya huquqi, qonuniylik va shaffoflik prinsiplarining
ta’minlanishi chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, mavjud muammolar, ularning sabab va
oqibatlari, hamda huquqiy va institutsional yechimlar bo‘yicha takliflar ishlab
chiqiladi.
YEVROPA VA OSIYO MAMLAKATLARI MISOLIDA UZUN RELSLAR TASHKILIY MODELLARI
Mazkur maqolada Yevropa va Osiyo mamlakatlaridagi uzun relslar
(uzluksiz payvandlangan relslar)ni ishlab chiqarish, tashish, yotqizish va texnik xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy modellar tahlil qilinadi. Rivojlangan mamlakatlar
tajribasi asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Taqqosloviy tahlil Yevropa davlatlari (Germaniya, Fransiya) va Osiyo davlatlari
(Xitoy, Yaponiya, Hindiston) misolida olib boriladi. O‘zbekiston sharoitida ushbu
modellarni moslashtirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЛЁССОВЫХ ГРУНТОВ В ЗЕМЛЯНОМ ПОЛОТНЕ
Данная статья посвящена анализу применения лёссовых грунтов в
строительстве земляного полотна автомобильных и железных дорог.
Рассматриваются особенности лёссовых грунтов, их преимущества и
недостатки, а также методы повышения их устойчивости и долговечности при
использовании в дорожном строительстве. Особое внимание уделяется вопросам
уплотнения, стабилизации и защиты лёссовых массивов от негативного
воздействия влаги и динамических нагрузок.
BARQAROR QURILISH: LYOSSIMON GRUNTLARDA GEOSINTETIK MATERIALLARNI QO‘LLASH TAJRIBASI
Ushbu maqola lyossimon gruntlarda barqaror qurilishni ta'minlashda geosintetik
materiallarning qo'llanilishini atroflicha ko'rib chiqadi. Lyossimon gruntlarning o'ziga
xos xususiyatlari, ularning muhandislik masalalari hamda geosintetik materiallarning
gruntlar mustahkamligini oshirish, cho'kishni kamaytirish va suv o'tkazuvchanligini
nazorat qilishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada geosintetik to'siqlar, geogridlar,
geoto'qimalar va geomembranalar kabi asosiy geosintetik material turlari, ularning
lyossimon gruntlarda qo'llanilish mexanizmlari va samaradorligi yoritiladi.
Shuningdek, amaliy tajribalar, xalqaro loyihalar misollari keltirilgan bo'lib, ular
geosintetik materiallarning iqtisodiy samaradorligi va ekologik afzalliklarini
ko'rsatadi.
ВОДНО-ТЕПЛОВОЙ РЕЖИМ ЗЕМЛЯНОГО ПОЛОТНА
В данной статье рассматриваются особенности водно-теплового режима
земляного полотна в условиях различных климатических зон. Описываются
факторы, влияющие на температурный и водный балансы, а также их влияние на
прочностные и деформационные характеристики грунтов. Особое внимание
уделено методам регулирования водно-теплового режима для обеспечения
устойчивости и долговечности автомобильных дорог.
IMPROVING MECHANISMS FOR ENSURING THE RIGHT OF PERSONS WITH DISABILITIES TO PARTICIPATE IN ELECTIONS
This article examines the mechanisms for improving the right of persons
with disabilities to participate in elections, drawing on the experiences of foreign
countries. It discusses the creation of a convenient environment for persons with
disabilities during the electoral process, the provision of technical and organizational
conditions, and mechanisms for ensuring independence and confidentiality in voting.
The study also puts forward proposals and recommendations aimed at increasing the
political activity of persons with disabilities, involving them in the activities of civil
society institutions, ensuring the equal realization of human rights, strengthening social
inclusion, and upholding constitutional justice.
10-KLASLARDA QARAQALPAQ ÁDEBIYATÍN OQÍTÍWDÍŃ ILIMIY METODIKALÍQ TIYKARLARÍ
Ulıwma orta bilim beriw mektepleriniń 10-klasında qaraqalpaq
ádebiyatın oqıtıw metodikasınıń ilimiy-teoriyalıq tiykarları, didaktikalıq materiallar
toplamı, oqıtıwshılardıń kásiplik sheberligin asırıw hám sabaqlıqlardı dúziw principleri
ádebiyat sabaqlarında oqıtıwshı hám oqıwshılar menen birge islesiwge baǵdarlanǵan
teoriyalıq bilimlerdi ańlaw, ámelde qollanıw, kórkem shıǵarmalardı tallawdıń usılları,
analitikalıq, dóretiwshilik, alternativlik hám divergentlik qatnasıqlarǵa baǵdarlaw
tiykarında jetistirilgen;
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JINOYAT-PROTSESSUAL KAFOLATLARNING MUSTAHKAMLANISHI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA AMALIY MUAMMOLAR.
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida jinoyat
protsessual kafolatlar tizimining takomillashuvi, xalqaro standartlarga muvofiqlik
holati va amaliy muammolar tahlil qilinadi. Sud-huquq sohasidagi tub islohotlar
doirasida tergov va sud jarayonlarida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari,
aybsizlik prezumpsiyasi, himoya huquqi, qonuniylik va shaffoflik prinsiplarining
ta’minlanishi chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, mavjud muammolar, ularning sabab va
oqibatlari, hamda huquqiy va institutsional yechimlar bo‘yicha takliflar ishlab
chiqiladi.
YER VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHDA BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLASH
Ushbu maqolada oxirgi yillarda yerlarni o’zlashtirilishi insonlar
o’z manfaatlarini o’ylab ekin maydonlarini chetki qismlaridagi asosiy ariqlarni
bitonlashtirilishi oqibatida biologik xilma xillikga ta’sir ko’rsatishi tahlil qilinadi
Qolaversa,biologik xilma-xillikni yo’qolib borishini oldini olish maqsadida amalga
oshiriladigan ishlarni umumiy taxlili batafsil yoritiladi.
CHET ELLIKLAR ISHTIROKIDAGI ISHLAR BO‘YICHA YURISDIKSIYA MASALASINING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
Ushbu maqola chet elliklar ishtirokidagi ishlarda yurisdiksiya
masalasining nazariy va huquqiy asoslarini o‘rganadi. Unda turli huquqiy tizimlardan
bo‘lgan shaxslar yoki tashkilotlarning ishtiroki natijasida yuzaga keladigan
murakkabliklar ko‘rib chiqiladi, bunday ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish vakolati
qaysi sudga tegishli ekanligini aniqlovchi prinsiplarga e'tibor qaratiladi. Tadqiqot turli
yurisdiksiya nazariyalari, xalqaro konvensiyalar va milliy qonunchiliklarni o‘rganib
chiqadi, ularning transchegaraviy nizolarni hal qilishga ta’sirini tahlil qiladi. Asosiy
e'tibor shaxsiy yurisdiksiya, predmet yurisdiksiyasi, forum non conveniens tamoyili,
shuningdek, chet el sud qarorlarini tan olish va ijro etish masalalariga qaratilgan.
Maqolaning maqsadi globalashib borayotgan huquqiy makonda yurisdiksiya
masalalari bilan bog‘liq muammolar va yechimlar haqida keng qamrovli tushuncha
berishdan iborat.
CULTURAL FACTORS IN CONSUMER BEHAVIOR AND MARKETING STRATEGIES IN TASHKENT UZBEKISTAN
This
study
examines the significant influence of cultural
factors on consumer behavior and the subsequent implications for marketing
strategies in Tashkent, Uzbekistan. As a rapidly developing market, Uzbekistan
presents a unique cultural landscape that profoundly shapes how consumers perceive
products, make purchasing decisions, and respond to marketing communications. The
research aims to identify key cultural dimensions prevalent in Tashkent and analyze
their specific impact on consumer preferences, brand loyalty, and engagement with
various marketing initiatives. Employing a mixed-methods approach combining
surveys, focus groups, and content analysis of marketing materials, this study will
gather data from Tashkent consumers and local businesses. The anticipated findings
will offer valuable insights for both domestic and international marketers seeking to
effectively penetrate and thrive in the Uzbek market, providing a roadmap for
culturally congruent marketing strategies that resonate with local consumers.
TEZYURAR VA YUQORI TEZLIKDA HARAKATLANADIGAN TEMIR YO‘LLAR YER POLOTNOSI SIFATINI NAZORAT QILISH
Ushbu maqolada tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘l
magistrallarida er polotnosi sifatini nazorat qilishning zamonaviy usullari yoritiladi.
Grunt zichligi, cho‘kish ko‘rsatkichlari, namlik darajasi, yuklamalarga chidamlilik
kabi parametrlarning o‘lchash usullari, laboratoriya va dala sinovlari,
avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari haqida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyotidan misollar berilgan.
YARIM O‘TKAZGICHLI ASBOBLAR
Ushbu maqola zamonaviy elektronikaning ajralmas qismi bo‘lgan
yarim o‘tkazgichli asboblarning asosiy turlari, ishlash prinsiplari va qo‘llanilish
sohalarini o‘rganadi. Maqolada yarim o‘tkazgich materiallarining xususiyatlari, p-n
o‘tishining hosil bo‘lishi va uning asosidagi diodlar, tranzistorlar, tiristorlar kabi aktiv
va passiv komponentlarning tuzilishi va funksiyalari batafsil tahlil qilinadi.
Shuningdek, ushbu asboblarning elektron qurilmalardagi roli va ularning texnologik
taraqqiyotdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqola xulosasida yarim o‘tkazgichli
texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari yoritiladi.
RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI KASBIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA TRANSFORMASIYASI
Ushbu maqola kasbiy ta’lim tashkilotlarida raqamli ta’lim
texnologiyalarining joriy etilishi va transformatsion ta’sirini o'rganadi. Maqolada
raqamli texnologiyalarning afzalliklari, joriy etishdagi muammolar va ularni bartaraf
etish yo'llari tahlil qilinadi. Shuningdek, kasbiy ta’lim jarayonida interaktivlik,
moslashuvchanlik va samaradorlikni oshirishda raqamli resurslar va platformalarning
roli ko'rib chiqiladi. Maqola xulosasida kasbiy ta’lim tizimini raqamlashtirishning
istiqbollari va ustuvor vazifalari belgilab beriladi.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA EKOLOGIK TA’LIM TARBIYA BERISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik
ta’lim va tarbiyasini rivojlantirish, ularda ekologik madaniyatni shakllantirishning
pedagogik muammolari tahlil qilingan.
EASEMENT: STAGES OF DEVELOPMENT
In this article, the author examines the legal nature of an easement (the
right of limited use of someone else's land). As one of the institutions of civil law. The
stages of easement development from well-known land forms to the form of easement
in the digital space are studied. The most important phases of development are
regarded: Roman law, the unification of easements in civil laws of the XIX-XX
centuries, their adaptation to the realities of the industrial period. Due to the emergence
of new regulatory objects in the Internet space, the author pays attention to changes in
the easement and easements of legal relations in this environment. In the end, the
author's conclusion and suggestions on how to improve this institution in modern
realities are given.
ВВЕДЕНИЕ ИНСТИТУТА ПЕРЕГОВОРОВ В ГРАЖДАНСКИЙ КОДЕКС РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
В качестве одного из аспектов нового института переговоров
автор статьи анализирует возникновение в гражданском законодательстве
Республики Узбекистан понятия соглашения о порядке ведения переговоров.
Разъясняя позицию сторон соглашения о ведении переговоров, автор
утверждает, что сторонам не запрещается выбирать условия такого соглашения,
если
эти
условия
не
предусмотрены действующим гражданским
законодательством Республики Узбекистан и не противоречат принципу
добросовестности.
THE CONCEPT OF CONSUMER PROTECTION IN THE CONTEXT OF ONLINE TRADING
In the article, the author examines the main problems of protecting
rights in the field of online trade. Moreover, the rapid development of digital commerce
and its impact on buyers is examined, identifying gaps in legislation, difficulties in
refunding funds and threats of leaking personal information. Based on the study of
domestic and foreign experience, as well as regulatory acts and scientific works,
proposals are put forward to improve legal regulation. The key task is to adapt the
legislation to new conditions in order to make online commerce more reliable and
transparent.
SADRIDDIN AYNIY IJODIDA BARKAMOL AVLOD TARBIYASI VA BUGUNGI PEDAGOGIK YONDASHUVLAR.
Ushbu maqolada Sadriddin Ayniy ijodida barkamol avlod tarbiyasi
g oyalari va ularning zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan bog liqligi tahlil
qilinadi. Ayniy asarlarida ilgari surilgan ma rifatparvarlik, insonparvarlik, bilim va
tarbiya orqali jamiyatni rivojlantirish g oyalari hozirgi ta lim tizimi uchun ham
dolzarbdir. Maqolada ushbu qarashlar konstruktivizm, kompetensiyaviy yondashuv va
inkluziv ta lim tamoyillari bilan qiyosiy tahlil qilinadi.
SADRIDDIN AYNIYNING PEDAGOGIK QARASHLARIDAN ZAMONAVIY TA'LIMDA FOYDALANISH.
Ushbu maqolada mashhur ma'rifatparvar va pedagog olim
Sadriddin Ayniyning pedagogik qarashlari tahlil qilinib, ularning zamonaviy ta'lim
tizimida qanday tatbiq etilishi mumkinligi yoritilgan. Ayniyning asarlarida ilgari
surilgan g oyalar, ayniqsa, insonparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat, ilm-fanga
rag bat uyg otish kabi jihatlar bugungi ta'limning ustuvor yo nalishlari bilan
uyg unlashadi. Maqolada Ayniyning g oyalari asosida zamonaviy dars jarayonini
boyitish imkoniyatlari, o qituvchining axloqiy mas uliyati va o quvchiga individual
yondashuv masalalari keng yoritilgan.
ZAMONAVIY KIBERMUHITDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH: QONUNCHILIK, HAMKORLIK VA STRATEGIK ISLOHOTLAR
Mazkur maqolada global kiberxavfsizlik muammolari va ularga
qarshi kurashishda milliy hamda xalqaro hamkorlikning ahamiyati tahlil etilgan.
Raqamli iqtisodiyot rivoji va axborot texnologiyalarining keng tarqalishi ortidan
kiberjinoyatchilikning kuchayishi muammosi dolzarblik kasb etmoqda.
O‘zbekistonda qabul qilingan "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida"gi Qonun va unga mos
qonunosti hujjatlar asosida milliy tizim shakllantirilayotgani qayd etilgan. Shu
bilan birga, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish
uchun xalqaro konvensiyalar, xususan, Budapesht konvensiyasi kabi huquqiy
hujjatlarning ahamiyati, kadrlar tayyorlash, profilaktika tadbirlari va
infratuzilmani takomillashtirish masalalari muhokama qilingan. Maqolada
kiberjinoyatlar va ularni aniqlash, javobgarlikni belgilash, tezkor ma’lumot
almashish va institutsional hamkorlikka oid muammolarga yechimlar taklif
etilgan.