ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
91
2181-3187
ZARDO‘ZLIK SAN’ATI
Sadikova Gulbahor Qurol qizi
Jizzax viloyati Jizzax shahar 31-umumiy
o'rta ta'lim maktabining texnologiya fani o'qituvchisi
Annotatsiya: Mustaqil O‘zbekiston jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir
davrda ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratilgan. G‘oyat ulkan,
bebaho ma’naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash - davlat
siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Natijada xalqimiz o‘z taqdirining
chinakam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga xos milliy qadriyatlar va madaniyat
sohibiga aylandi. Mazkur metodik tavsiyada zardo‘zlik san’ati, uning kelib chiqish
tarixi, usullari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: zardo‘zlik, san’at, meros, zamindo‘zi, guldo‘zi, chok, shturgardon,
qaychi, andoza, gazlama.
KIRISh
Yurtimizning istiqlolga erishishi milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanishi bilan
bir qatorda, xalq hunarmandchiligi va amaliy san’atning naqqoshlik, ganchkorlik,
yog‘och o‘ymakorligi, kashtachilik, badiiy kulolchilik, zardo‘zlik, miniatyura san’ati
turlari kabi zardo‘zlik san’atida ham yangi amaliy ijodiy ishlar yaratilishiga hamda
taraqqiy etishga keng yo‘l ochib berdi.
O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati turlaridan biri zardo‘zlikdir. Zardo‘zlik zar ip
bilan naqsh (kashta)
tikish kasbi. U forscha zar (tilla), do‘zi (tikmoq) so‘zini anglatadi. Zardo‘zlikni
bilish uchun asosan quyidagi hunarlarni yaxshi bilishi kerak:
1.
Rasm solish va naqsh chizishni;
2.
Gul kesishni, ya’ni gulbur bo‘lishni;
3.
Kesilgan gulga zarni tika bilishi kerak;
Zardo‘z quyidagi tartibda ishlaydi. Tikiladigan har bir buyum uchun alohida
andoza tayyorlanadi va bichiladi. Axta va Xoka yordamida kartonga naqshi tushiriladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
92
2181-3187
Axta, ulgi, nusxa - naqsh yoki rasmni qog‘ozga chizib, chiziq yo‘llari igna bilan
teshilib, tayyorlangan andoza. Naqsh gullarini tuya bo‘yin qaychi yordamida kesib
olinadi. Bunday ishni gulbur bajaradi. Hozirda kartondan foydalaniladi. Kartonni
yuziga sariq bo‘z yopishtirilsa, bu holatda karton sinmaydi va bir tekisda chiqadi.
Kartondan gul kesish tez va oson, zar bilan tikish qulay hamda sifatli bo‘ladi. Gullar
kesilib, chambarak tayyor bo‘lgach, ya’ni unga bo‘zdan qilingan kerish tortiladi.
Kerish ustiga tikiladigan buyum gazlamasiga qadab chiqiladi. Gazlama ustidan
qirqilgan gul qirqilib ketmasligi uchun ular yirik qaviqlar bilan chatib qo‘yiladi. Odatda
tayyor ish batamom nihoyasiga yetgandan keyin olib tashlanadi. Zardo‘zlik ikki qo‘l
bilan tikilib, ignasi kalta va nozik bo‘lishi lozim. Tilla rangli zarni qizil, sariq iplar
bilan, kumush zar ip bilan tikiladi. Zar ipni to‘rt qavat qilib patilaga ya’ni zar ip
o‘raydigan cho‘pga o‘raladi. Keyin maxsus kartondan kesilgan gullar ustidan tikib
chiqiladi.
Zardo‘zlik ishi quyidagicha olib boriladi: dastlab zar ip bilan asosiy gullar, keyin
toftado‘ziy yoki simdo‘ziy zar ip bilan gulning ismlari tikiladi. Bu iplarni
berishimdo‘ziy, ipak, sun’iy ipak ip aralashgan zarrin sim kabi nomlar bilan ataladi.
Zargarlik ziynatlari, tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan tayyorlangan munchoqlar,
metall bo‘lakcha, bo‘rtma naqshlar tikiladi. Gullarning girdini aylantirish bilan
baravariga tikilmay qolgan joylarni ham margula, tagalak (jingalak, spiralsimon
jingalak nusha gullar bilan to‘ldirib bezatiladi. Erkak va ayollar kiyim - kechaklari, uy-
ro‘zg‘or buyumlari zardo‘zlik ishi tugashi bilan korcho‘pdan bira to‘la olinadi. Ko‘ylak
kashtalari, poyafzal, do‘ppilar, peshonaband, ro‘mollar va bosha buyumlar qalinroq
bo‘lishi uchun teskari tomonidan yelimda bir necha qavat gazlama yoki oz o‘yib
yelimlanadi va tayyor buyum holatiga keltirib tikiladi. Ma’lumki, xalqimiz asrlar
davomida zardo‘zlik bilan shug‘ullanib kelgan. Bu san’at hunarmandchilikdan to
san’at darajasiga
ko‘tara olgan va bizgacha boy madaniy meros bo‘lib yetib kelgan. Uni avaylab
asrash, yanada sayqallash, qayta tiklash, takomillashtirish va kelgusi avlodga yetkazib
berish bugungi kun mutaxassislarining kelajak oldidagi burchidir. Mana shu burch
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
93
2181-3187
mas’uliyati har bir hunar turining sir-asrorlarini ham amaliy, ham nazariy jihatdan juda
chuqur, mukammal va keng qamrovda o‘rganishni hamda tahlil qilishni taqazo etadi.
Zardo‘zlik san’ati tarixi va amaliy jihatlarini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab san’atshunos
olimlar va mutaxassislar shugullanganlar. Jumladan, P.A.Goncharova, S.Bulatov,
M.Akromxo‘jaeva, R.Akromxo‘jaeva G.Pugachenko, L.Rempel, N.Sodiqovalarning
zardo‘zlik san’atiga oid ilmiy, amaliy ishlari e’tiborga loyiqdir. Mazkur ishlanmada
zardo‘zlik san’ati tarixi, o‘zbek zardo‘zligi maktablari va ularning namoyandalari,
zardo‘zlik san’ati aks etgan badiiy buyumlar, naqsh namunalari, zardo‘zlik asboblari,
ulardan foydalanish usullari va tikish usullari haqida ko‘plab qimmatli ma’lumotlar
keltirilgan.
ASOSIY QISM:
Zardo‘zlik san’atining kelib chiqish tarixi
Zardo‘zlik san’ati o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lib, deyarli barcha Sharq
mamlakatlari uning vatani hisoblanadi. Zardo‘zlik san’atining an’analari Vizantiyada
ham mavjud va mashhur bo‘lgandir. Hozirgi Eronda esa XV-XVII asrlardagi
zardo‘zlik namunalari anchagina yodgorliklaridan saqlanib qolgandir.
XIX va XX asr boshlarida kashtachilik san’atining bir turi bo‘lgan zardo‘zlik
Buxoroning o‘ziga xos xususiyatini aks ettirgan. Qimmatbaho matodan
tayyorlanadigan zardo‘zi kiyimlar katta ahamiyatni kasb etgan. Bu kiyim-kechaklar
asosan amir saroyidagilarning ehtiyoji uchun tikilgandir. Ota-bobosidan meros bo‘lgan
kashtachilik kasbi bilan shug‘ullangan yuzlab qo‘li gul ustalar Buxoro amirining
hashamatli saroyidagi qimmatbaho zardo‘zi kiyimlarni tayyorlash bilan band edilar.
Buxoro zardo‘zi ashyolarining deyarli hammasi amir saroyining ehtiyoji uchun
ishlatilgan, faqat juda oz
miqdorigina sotish uchun bozorga chiqarilardi. U paytda zardan tikilgan erkaklar
kiyimlarini faqatgina xonga va uning qon-qarindoshlariga tegishli insonlar kiyar edilar.
Hech kim, hatto eng katta amaldorlardan birortasi ushbu qimmatbaho kiymlarni o‘ziga
buyurtirishga haqqi yo‘q edi. Ular bu kiyimlarni amir sovg‘a qilgandagina kiyishlari
mumkin edi. Ayollar va bolalarning zardo‘z kiyimlarini esa faqatgina badavlat
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
94
2181-3187
xonadon a’zolari kiyishga haqli edilar. XIX va XX asr boshlarida, ya’ni 1785-yildan
to 1920- yilgacha Buxoroda hukmronlik qilgan mang‘itlarning oxirgi sulolasiga
taalluqli bo‘lgan zardo‘zi kiyimlari hozirgi kunda yodgorlik bo‘lib qolgan.
Zardo‘zlik zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi hisoblanadi. Zardo‘zlik so‘zi
forscha «zar-tilla», «do‘zi-tikmoq» ya’ni zar iplar bilan gul, kashta tikmoq degan
ma’noni anglatadi. Zardo‘zlik san’ati uzoq tarixga ega. Zardo‘zlik vatani Vavilon
bo‘lib, u Rim imperiyasiga qarashli bo‘lgach, zar ipak va jun ip bilan qo‘shib tikilgan
rang-barang kashtachiligi bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan. XVII asrda yashagan
Samarqandlik Fitratning asosiy kasbi zardo‘zlik bo‘lgan. U matolarga zar ip bilan
ajoyib kashtalar tikkan. Biz zardo‘zlik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, zardo‘zlik
buyumlari tarixiy taraqqiyotda muhim vazifalarni bajarganligini ko‘ramiz.
Ayniqsa XVIII asr oxirida Buxoro xoni Amir Abdullaxon tomonidan zardo‘zlik
xususiy ustaxonalari ochishga ruxsat berilishi, boshqa shaharlarga qaraganda
Buxoroda zardo‘zlik kasbining gullab-yashnashiga sabab bo‘lgan. Natijada 25
zardo‘zlik ustaxonalari ochilib, ularda ishlaydigan zardo‘zlar soni
350 taga yetgan. Zardo‘zlik buyumlari, ulardagi naqshlar rang-barang va
murakkab bolib, ularni ishlab chiqarish texnologiyasi zardo‘zlar tomonidan asrlar
davomida yaratilgan.
YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TEXNOLOGIYA
FANIDAN “ZARDO‘ZLIK SAN’ATI” MAVZUSIDAGI
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Darsning maqsadi:
a)
Ta’limiy: o‘quvchilarga zardo‘zlik san’ati haqida tushuncha berish; milliy
qadriyatlarimizni hurmat qilishga o‘rgatish.
T.K1. Fikrlarni mantiqiy izchillikda ifodalay olish.
b)
Tarbiyaviy: O‘quvchilarning qalbiga milliy qadriyatlarimiz va urf-
odatlarimizni singdirish. O‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabat va o‘zaro tenglikka
erishish.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
95
2181-3187
TK 4: Atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya
qilishga o‘rgatish.
c)
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning
mustaqil fikrlash va
amaliy
bajarish malakalarini rivojlantirish.
FK2. O‘rganilgan tushunchalarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish, yangi bilimlar
hosil qilish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi va bilimlarni mustahkamlovchi dars Dars metodi:
―Klaster‖, ―Singapur‖ , ―Qizil quti‖ va ―BBB‖ metodlari Dars jihozi: Darslik,
multimedia ilovalari, AKT, slayd va mavzuga oid
ko‘rgazmali qurollar, tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
salomlashish; O‘qituvchi:-
Assalomu aleykum
Parvozga shay lochinlarim Mustaqil yurt egalari Alpomishu Barchinlarim.
O‘quvchilar: - Vaaleykum assalom.
- Hozir darsimiz nima?
- Texnologiya
- Shiorimiz?
Dil ba yoru, dast ba kor.
O‘qituvchi: Bugun kim navbatchi,
Ham ustozga ko‘makchi.
Navbatchi: Sinfda men navbatchi,
Darsga tayyor barcha o‘quvchi.
O‘qituvchi: G‘olib bo‘lar bugun kim,
Javob bering turmang jim.
O‘quvchilar baravariga – biz!!!
O‘qituvchi: Barakalla!!! Demak a’lo kayfiyatni hamroh qilgan holda darsimizni
boshlaymiz.
Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash.
Videorolik namoyish etiladi.
O‘tgan mavzuni mustahkamlash: Uy ishini tekshirish va baholash.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
96
2181-3187
4K nima degani?
Boshlang‘ich sinflarda qo‘llanishi boshlanayotgan yangi tamoyil haqida.
4K yondashuvi o‘z nomi bilan 4 ta tamoyilni o‘z ichiga oladi:
Kritik (tanqidiy) fikrlash: Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni
tanqidiy baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini
rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan
yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi
Kreativ fikrlash: O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi
yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va
ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kommunikativlik: O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga,
suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan
unumli foydalanishga o‘rganadi.
Kollaboratsiya: Darsliklar o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini
rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish,
samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga
ko‘maklashadi.
Yangi innovatsion yondashuvni O‘zbekiston maktablarida joriy etishdan oldin
xorijiy tajribalar ham o‘rganildi. Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya, Estoniya kabi
ta’limi ilg‘or mamlakatlar o‘quvchilarda 4K tamoyilini o‘z ichiga olgan XXI asr
ko‘nikmalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratadi.
Yangi mavzu bayoni:
"Zardo‘zlik san’ati" mavzusida nazariy darsda no‘ananaviy texnologiya
elementlaridan, jumladan, Klasterlarga ajratish usulidan foydalanish mumkin (sxema).
―Klaster‖ metodi. ―Klaster‖ (g‘uncha, to‘plam, bog‘lam) metodi puxta
o‘ylangan strategiya bo‘lib, uni o‘quvchilar bilan yakka tartibda, gurux asosida tashkil
etiladigan mashg‘ulotlarda qo‘llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g‘oyalarni
umumlashtirish, ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
Metoddan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
97
2181-3187
• nimani o‘ylagan bo‘lsangiz, uni qogozga yozing! Fikringizning sifati haqida
o‘ylab o‘tirmay, shunchaki yozib boring!
• yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jixatlariga e’tibor bermang!
• belgilangan vaqt nixoyasiga yetmagunicha, yozishdan to‘xtamang!
• agar ma’lum muddat o‘ylay olmasangiz, u holda qogozga biror narsaning
rasmini chiza boshlang!
• bu harakatni yangi goya tug‘ilguniga qadar davom ettiring!
• muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi goyalarni ilgari surish,
ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, bog‘likni ko‘rsatish.
Bu metod yordamida o‘quvchilar topshiriq bo‘yicha fikrlarlni klaster (mayda,
alohida qismlar) tarzida quyidagicha ifodalash mumkin:
1)
Doska yoki qogozning o‘rtasiga "kalit so‘z" yoziladi. Bizning darsimiz
mavzusidan kelib chiqib yozadigan bo‘lsak, "Zardo‘zlik san’ati" so‘zini yozamiz.
2)
O‘qituvchi o‘quvchilardan shu tushunchaga bogliq qanday fikr bo‘lsa
aytishlarini so‘raydi va aytilgan fikrlarni kalit so‘z atrofiga yoza boshlaydi. Bunda
zardo‘zlikda ish uslublari, zardo‘zlikda naqsh turlari, ular haqidagi ayrim tushunchalar
aytiladi va doskaga yoziladi.
3)
Bu yozish jarayoni ajratilgan vaqt tugaguncha yoki hamma fikrlar aytib
bo‘lguncha davom ettiriladi.
4)
Yozilgan barcha fikrlarni sxematik usulda "Zardo‘zlik san’ati" so‘zi bilan
boglaymiz. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazar ekan, ularning zardo‘zlikda
ishlatiladigan asbob-uskunalar va zar bilan tikishdagi naqsh turlarini bajarish
ko‘nikmalarini qanchalik o‘zlashtirganliklarini aniqlaydiki shunga qarab
o‘quvchilarning ko‘rsatilayotgan ish usullarini yaxshiroq tushunib olishlarini
ta’minlashga erishiladi.
Zardo‘zlik san’atiga oid tushunchalarni ―Klaster usuli‖ asosida tushuntirishga
oid tuzilmaviy sxema
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
98
2181-3187
“QIZIL QUTI” METODI
Darsning oxirida “Qizil quti” metodi haqida eslatiladi.Bu quti o‘qituvchi xonasida
turadi.
"Qizil quti" metodi (emotsional metod). Bu shunchaki o‘ziz uchun foydali bo‘lgan
metod. Barchamiz ijobiy va salbiy hissiy holatlarni boshdan kechirganmiz. Jahlimiz
chiqqan, xursand bo‘lganmiz yoki asabiylashganmiz. Maktab o‘quvchilarida ham
shunday hissiy lahzalar ko‘p uchraydi. Shunday ekan, bugungi "Qizil quti" metodi
sizga juda foydali bo‘ladi.
Bolalarga har kuni o‘zlarini baxtli his qilgan bir lahzani aks ettiruvchi stikerlardan
birini qutiga solishlarini taklif qilinadi.
Masalan, men qiyin masalani yecha oldim, do‘stim bilan maroqli vaqt o‘tkazdim,
tushlik menga yoqdi, chiroyli narsani ko‘rdim va hokazo.
Har bir dars so‘ngida bolalar bilan qizil qutiga solingan barcha stikerlarni olib
o‘qiladi.
Bolalar bunday texnikani yaxshi ko‘rib qolishadi. Chunki, bu - ularga ko‘plab
ijobiy lahzalar va go‘zal his-tuygular borligini ko‘rsatishga, his etishga imkon beradi.
Uyga vazifa:
―Bilaman‖ ―Bilishni istayman‖, ‖Bilib oldim‖ mavzulari asosida
fikrnoma yozadilar.
XULOSA:
Xulosa qilib aytganimizda, Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda texnik-
texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan
olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar
tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha
olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishishi uchun
talim tizimini rivojlantirishning hozirgi bosqichida ananaviy o‘qitish vositalari va
axborot texnologiyalaridan kompleks foydalangan holda badiiy hunarmandchilikni
o‘qitishning yangi usullarini ishlab chiqish zarurati tugiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
99
2181-3187
Shunday ekan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-9-sinf texnologiya o‘quv fani
orqali xalq hunarmandchiligini o‘rgatish nafaqat tor milliy maqsadlar bilan belgilanadi
balki, uning keng targiboti, uning rivojlanishining keyingi yollarini belgilab beradi
hamda yoshlarning kasb-hunar egasi bo‘lishiga yordam beradi.
Chunki xalqimizning asrlar davomida to‘planib kelingan amaliy tajribalari
negizida yuzaga kelgan xalq hunarmandchiligi turlari, shakllari va mintaqaviy
hususiyatlari bilan xilma xildir. Shu jumladan, zardo‘zlik ham xalq hunarmandchiligi
bezak turi sifatida amaliy san’atning zar-tilla kumush suvi yuritilgan ip, nozik sim, ipak
bilan kashta tikib bezak yaratiladigan sohasidir.
Mustaqillikdan keyin respublikamizda milliy qadriyatlarimizning rivojlanishi
uchun keng imkoniyatlar ochilib, hozirgi kunda qadimiy shaharlarimizdan bo‘lgan
Buxoro, Samarqand, Xiva hamda Qo‘qon shaharlarida zardo‘zlik san’ati keng
rivojlandi.
Zardo‘zlik badiiy hunarmandchilik turi sifatida Yaqin va O‘rta Sharqda keng
tarqalgan. Arxeologik topilmalar, tarixiy qo‘lyozmalar O‘rta Osiyo xalqlari o‘rtasida
zardo‘zlik, kiyim va badiiy buyumlar tikish qadimdan rivojlanganligini ko‘rsatadi.
Ayniqsa, 1890 -1900 yillarda bajarilgan zardo‘zlik ishlari zargarona o‘ta nozikligi,
nafisligi bilan ajralib turadi. Turli ko‘rinishdagi bo‘rtma girixlar, yulduzchalar va
shunga o‘xshagan boshqa bezaklar buyumga o‘zgacha zeb berib turadi. Ayniqsa
davqur mujassamoti alohida o‘rin tutadi. XX asrning 20–yillarida barcha amaliy san’at
ustalari qatori zardo‘zlar artellarga birlashtirildi va zarur xomashyo bilan ta’minlanib
turildi. Keyinchalik artellar birlashtirilib fabrikalarga aylantirildi.
Zardo‘zlikda to‘rtburchak chambarakka –korcho‘pga o‘rnatilgan baxmal, shoyi,
movut, charm va boshqa materiallarga zardo‘zi usulida kashta tikiladi. Kashtalarda
ba’zan metall, tosh, shisha munchoqlar ham ishlatiladi. Matoga mustahkamlangan
taxta qog‘oz zar ip bilan bir tomonlama qoplab tikiladi. Zardo‘zlar bezak yaratishda
bir necha usullarni qo‘llaydilar: zardo‘zi - zamindo‘zi hamda zardo‘zi – guldo‘zi, ipak
ishlatilganda esa birishimdo‘zi, tugmasimon metall yaproqchalar qo‘llanilganda
po‘lkado‘zi va h. k. Mustahkamlovchi va tahrir choklarning bir necha xilining
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
100
2181-3187
moxirona qo‘llanilishi hamda ularning naqsh mujassamoti xomashyo, uning tikilishi
hamda zardo‘z ustaning did va mahoratiga bog‘liq. Naqsh mujassamotida keng
tarqalgan an’anaviy o‘simliksimon naqshlar, xandasaviy shakllar (davqur, darxon,
donacha, bodommoy) va boshqalardan foydalaniladi.
Zardo‘zlik ishlarini onaxon-u momolarimiz qo‘l mehnati bilan bajarib (tikib)
kelishgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib kelinlik sarpolari, zar, to‘n, do‘ppilar zamonaviy
texnika, texnologiyalardan foydalanib tikilib, bu sohada yangiliklar, katta o‘zgarishlar
qiilnmoqda. Zamonaviy texnologiyalar hozirgi kundagi zardo‘z ayollarimizga foydasi
tegibgina qolmay, bu ularning qo‘l mehnatini bir necha barobarga yengillatdi va
yangidan – yangi gullarning tabiiy, yanada jilvakor bo‘lishiga erishilmoqda.
Zardo‘zlarimiz bugungi kunda chet elning ―Zinger‖, ―Yamata‖ kabi tikuv
mashinalaridan foydalangan xolda o‘z ishlarini yengillatib, faoliyat samaradorligini
oshirishmoqda.
Xalq hunarmandchiligini o‘rgatish orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablari
o‘quvchilarida vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish vositasi sifatida o‘rgatib, ular
bolaning ijtimoiy va manaviy rivojlanishida muhim o‘rin tutishiga erishish mumkin.
Shunda o‘quvchilarning dunyoqarashi va ona vataniga, boshqa millat va elatlarga
bo‘lgan munosabatining ajralmas qismi sifatida qarashga harakat qilishadi.
Demak, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9 sinf o‘quvchilariga Texnologiya
fanidan ―Servis xizmati‖ yo‘nalishi boyicha olib boriladigan dars mashg‘ulotlarida
zardo‘zlik ishlariga oid ma’lumotlardan foydalanish va zardo‘zlikka oid amaliy
mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun qulay imkoniyatlar mavjud. Xususan, o‘quvchilarga
zardo‘zlik ishlarini bajarish texnologiyasining dastlabki jarayonlari, rivojlanish tarixi,
usullari, zardo‘zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalarning turlari haqidagi ma’lumotni
berish mumkin.
Texnologiya ta’limi darslarida o‘quvchilarga zardo‘zlik san’atini keng va to‘liq
tushuntirib, ularga batafsil ma’lumotlar berish hamda amaliyotda namoyish etish bilan
birga uning yo‘nalishlari vazifalarini kengaytirish, bugungi olib borilayotgan uzluksiz
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
101
2181-3187
ta’lim tizimida keyingi bosqichlarda ham xalq hunarmandchiligini boshqa usullarini
davom ettira olish ko‘nikmasini hosil qilishga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Umumiy o‘rta ta’limning Texnologiya fanidan DTS va o‘quv dasturi. Toshkent.
2017 yil
2.
Jabborova I.Tikuvchilik texnologiyasi. Toshkent. O‘qituvchi 1968 y.
3.
Jabbarova D.I.Zardo‘zlik texnologiyasi. Toshkent. «O‘qituvchi», 2002.
4.
Muslimov N.A., Sharipov
Sh.S.Qo‘ysinov O.A. Mehnat
ta’limi
metodikasi va kasb tanlashga yo‘llash.Toshkent. Sharq. 2014
5.
Yusufxo‘jaeva F. Mehnat ta’limi darslarida zardo‘zlik ishlarini tashkil etish. //
Xalq ta’limi jurnali. 2010 yil 4-son B.99-102
6.
Sharipov Sh. Qo‘ysinov O., Abdullaeva Q. Texnologiya. 6-sinf darsligi.
Toshkent. Sharq. 2017 y.
7.
Tolipov O.Q, Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari
Fan. Toshkent 2006
8.
Mamajonova, K., & Xolmatov, P. (2020). Kasb-hunarga yo‘llash ishlarini
tashkil qilishda darsdan tashqari mashgulotlar shakllari va mazmunini tanlashning
tashkiliy-pedagogik mezonlari. Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI.