ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
52
2181-3187
OTA-ONANING FARZAND TARBIYASIDAGI MUHIM ROLI
Axatova Sevinch Bahriddin qizi,
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
1- kurs 2-24- guruh talabasi
Annotatsiya
:Mazkur maqolada ota-onaning farzand tarbiyasidagi muhim roli
yoritilgan. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida ota-onaning namunasi, mehr va
e’tibor, intizom va mas’uliyat, muloqot, ma’naviy tarbiya hamda ta’limga yo‘naltirish
kabi jihatlar muhim ekani ta’kidlangan. Shuningdek, ota-onaning farzand bilan ochiq
va samimiy muloqoti uning ruhiy barqarorligi va kelajakdagi muvaffaqiyati uchun asos
bo‘lishi qayd etilgan. Maqola ota-onalarni farzand tarbiyasiga jiddiy yondashishga,
unga vaqt va e’tibor ajratishga undaydi.
Kalit so‘zlar:
Ota-ona, farzand, ma'suliyat, kelajak, ma’naviy tarbiya, muloqot,
ruhiy barqarorlik, mehr, e'tibor, intizom, jamiyat, halollik, mehnatsevarlik,
mehribonlik, sabrlilik.
Farzand tarbiyasi jamiyatning kelajagini belgilovchi asosiy omillardan
biridir. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida ota-onaning roli beqiyosdir. Tarbiya
jarayoni bola tug‘ilganidan boshlab, butun umr davom etadigan murakkab jarayondir.
Ota-onaning qanday o'zini tutishi, intizomi, tartib-qoidalari, kelib chiqishi, xulq-
atvorini yaqqol namoyon etadigan shaxs bu farzand. Farzand ko'zgudir, negaki
qarshisiga kelgan narsani oshkor qiladi. Bejizga bobolarimiz: “Qush uyasida ko'rganini
qiladi” deyishmagan. Shunday ekan farzand tarbiyasi bugungi kunda eng dolzarb
masala bo'lib qaralmoqda va turli xil muhim tarbiyaviy jarayonlar o'ylab topilmoqda.
Quyida ota-onaning farzand tarbiyasidagi muhim jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
1. Ota-onaning namunasi – eng yaxshi tarbiya
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
53
2181-3187
Bola eng avvalo o‘z ota-onasidan o‘rnak oladi. Agar ota-ona halollik,
mehnatsevarlik, mehribonlik va sabr kabi fazilatlarni namoyon etsa, farzand ham shu
qadriyatlarni o‘zlashtiradi. Aksincha, noto‘g‘ri xatti-harakatlar bolada ham xuddi
shunday odatlarning shakllanishiga sabab bo‘lishi.Jaloliddin Rumiy: “Bolaga
gapirganday emas, unga o‘rnak bo‘lganday tarbiya ber.”¹
2. Mehr va e’tibor – bolani baxtli qilishning asosi
Farzandning ruhiy holati va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ota-onaning unga bo‘lgan
munosabatiga bog‘liq. Mehribon va e’tiborli ota-ona farzandiga sevgi va ishonch bilan
yondashsa, bola o‘zini qadrlangan his qiladi va ruhiy barqarorlikka ega bo‘ladi. Bu esa
uning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi.Ibn Sino: “Bola tarbiyasida shirin
so‘z va sabr-matonat eng kuchli quroldir.”²
3. Intizom va mas’uliyatni o‘rgatish
Farzand tarbiyasida mehr va e’tibor bilan bir qatorda, intizom ham muhim o‘rin
tutadi. Ota-ona bolaga tartib va mas’uliyatni o‘rgatishi kerak. Masalan, o‘z ishlarini
o‘z vaqtida bajarish, vazifalarini unutmaslik, axloq qoidalariga rioya qilish kabi odatlar
hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun muhimdir.
4. Farzand bilan muloqot qilish.
Ko‘pchilik ota-onalar bolalari bilan do‘stona muloqot qilishni e’tibordan chetda
qoldiradi. Holbuki, farzand bilan ochiq va samimiy suhbatlashish uning ichki
dunyosini tushunishga, muammolarini hal qilishga yordam beradi. Farzand ota-onasiga
ishonch bilan murojaat qilishi uchun ularning doimo tinglashga tayyor bo‘lishi muhim.
Abu Nasr Forobiy: “Bola bilan muomala qilishda unga do‘st bo‘ling, shunda u sizdan
qo‘rqmaydi, balki sizga mehr bilan bog‘lanadi”,³-deganlar. Bu fikrning yaqqol dalili
shundaki, farzandning ilk do'sti ota-onadir.
5. Ma’naviy va axloqiy tarbiya
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
54
2181-3187
Farzandga ezgulik, adolat, insof, odob kabi qadriyatlarni singdirish ota-onaning
muhim vazifalaridan biridir. Axloqiy tarbiya bolaning to‘g‘ri yo‘lda yurishiga, yomon
odatlardan uzoq bo‘lishiga yordam beradi. Jaloliddin Rumiy: “Farzandingizni o‘z
davringiz uchun emas, balki uning kelajagi uchun tarbiyalang”,⁴ - deb bejizga
aytmagan. Kelajak yoshlarni qo'lida. "Nima eksang, shuni o'rasan", - deydi donolar.
6. Ta’lim va kelajak sari yo‘naltirish
Ota-ona farzandining bilim olishi va kelajak rejalari borasida ham katta
mas’uliyatga ega. Farzandning qiziqishlarini inobatga olib, uni to‘g‘ri yo‘nalishga
yo‘naltirish muhim. Ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni oshirish, ilmga muhabbat
uyg‘otish uning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi."Tarbiyasiz ilm – olov ichida
qolgan guldir." Shunday ekan tarbiya va ta'lim et bilab tirnoq kabidir.
Xulosa o‘rnida shuni aytishim joizki, ota-ona farzandining hayot yo‘lida eng
muhim tarbiyachi va yo‘lboshchidir. Mehribonlik, to‘g‘ri tarbiya, intizom, axloqiy
qadriyatlarni singdirish, doimiy muloqot va ilmga bo‘lgan e’tibor – bularning barchasi
farzandning baxtli va muvaffaqiyatli inson bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Shunday
ekan, har bir ota-ona farzand tarbiyasiga jiddiy yondashishi, unga vaqt va e’tibor
ajratishi lozim.So'zim yakunida bir hikmatni ta'kidlashni zarur deb bildim, “Tarbiya –
bu faqat so‘z emas, balki insonning butun hayoti bilan bergan namunasidir", - Lev
Tolsyoy.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jaloliddin Rumiy. Masnaviy-i ma’naviy. Tehron: Iqbol, 2005.
2.Ibn Sino. Tib qonunlari. Toshkent: Adabiyot va san’at, 1198.
3.Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. Toshkent: Fan, 1993.
4.Jaloliddin Rumiy. Masnaviy-i ma’naviy. Tehron: Iqbol, 2005.
5.Tolstoy, Lev. Bolalar va tarbiya haqida. Moskva: Pedagogika, 1985.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
55
2181-3187
6. https://youtu.be/FrSp7j-qAHg?si=wOZxwcI5agaEWCc6