Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Paradigmatic aspect of the verbalizers of the “bread”
concept in Uzbek and English languages
Kamola BUZURKHANOVA
1
Andijan State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
10
February 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
This research explores the paradigmatic aspect of the
concept “bread” in Uzbek and English linguistic systems. The
study investigates the semantic structure of the lexeme
non/bread and its derivatives, considering historical, cultural,
and cognitive dimensions. It reveals that the word bread holds
significant cultural, conceptual, and symbolic meanings in both
languages. The analysis covers nominative fields, syntagmatic-
paradigmatic relations, and the use of bread in phraseological
expressions. Through comparative lexicographic and contextual
analysis, the paper identifies shared and distinct features of the
concept in both linguistic environments. The research also
highlights how bread operates as a marker of identity, value,
and worldview. Findings contribute to broader conceptual and
cognitive linguistic theories by illustrating how everyday words
reflect deeper semantic structures and sociocultural realities.
Ultimately, the concept of bread emerges not merely as food but
as a carrier of meaning embedded in cultural and linguistic
consciousness.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
concept,
bread,
semantics,
lexeme,
paradigmatic,
syntagmatic,
cognition,
phraseology,
culture,
language,
Uzbek,
English,
worldview,
conceptualization.
O‘zbek va ingliz tillarida “non/bread” konsepti
verbalizatorlarining paradigmatik aspekti
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
konsept,
non,
semantika,
leksema,
paradigmatik,
Ushbu maqola o‘zbek va ingliz tillarida “non/bread”
konseptining paradigmatik aspektini yoritadi. Tadqiqot non
leksemasi va uning derivatlari orqali konseptning semantik
tuzilmasi, madaniy, tarixiy va kognitiv jihatlarini tahlil qiladi.
So‘zning oddiy yegulik sifatidagi ma’nosidan tashqari, u turmush
1
Independent researcher, Andijan State Institute of Foreign Languages. E-mail: kamolabu@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
363
sintagmatik,
kognitsiya,
frazeologiya,
madaniyat,
til,
o‘zbek,
ingliz,
dunyoqarash,
konseptualizatsiya.
tarzi, qadriyat va ongdagi aksni ifoda etuvchi vosita sifatida ham
talqin etiladi. Non atrofidagi leksik birliklar, frazeologizmlar va
ularning sintagmatik-paradigmatik aloqalari tadqiq etiladi.
O‘zaro solishti
rma yondashuv asosida konseptning ikki tildagi
umumiy va farqli jihatlari ochib beriladi. Non so‘zi milliy o‘zlik,
axloqiy qadriyat va madaniy tafakkur timsoli sifatida talqin
qilinadi. Tadqiqot natijalari kognitiv lingvistika doirasidagi
konseptual tahlil
larga hissa qo‘shadi. Xulosa sifatida, “non”
konsepti shunchaki oziq-ovqat emas, balki xalq ruhiyatida
chuqur ildiz otgan ma’no tashuvchidir.
Парадигматический аспект вербализаторов концепта
«хлеб/bread» в узбекском и английском языках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
концепт,
хлеб,
семантика,
лексема,
парадигматический,
синтагматический,
когниция,
фразеология,
культура,
язык,
узбекский,
английский,
картина мира,
концептуализация.
Исследование посвящено парадигматическому аспекту
концепта «хлеб» в узбекском и английском языках.
Анализируется
семантическая
структура
лексемы
non/bread и её производных в историческом, культурном и
когнитивном
контекстах.
Установлено,
что
слово
«хлеб» обладает не только значением пищевого продукта,
но
и
выражает
ценностные,
символические
и
мировоззренческие
смыслы.
Рассматриваются
номинативные поля, синтагматико
-
парадигматические
связи
и
фразеологизмы
с
компонентом
«хлеб».
Сравнительный анализ позволяет выявить как общие, так
и специфические черты концепта в обеих языковых
картинах мира. Подчёркивается роль хлеба как носителя
национальной идентичности и культурной памяти.
Исследование вносит вклад в развитие когнитивной
лингвистики, демонстрируя, как повседневные слова
отражают
сложные
семантические
и
культурные
структуры. Концепт «хлеб» представлен как важный
элемент ментального и языкового пространства народов.
Har vaqt tildan muloqot vositasi sifatida foydalanamiz, fikr-
o‘y
larimizni
shakl
lantirish va ifoda etishda tilga murojaat qilamiz. Insonlar o‘rtasida kechadigan
og‘zaki yoki yozma ravishda kechadigan muloqot jarayoni albatta so‘z va so‘zlar shodasi
(zanjiri) yordamida amalga oshadi va ular turfa ma’nolarini ifoda etadilar. So‘z va bos
hqa
lisoniy birliklar ular mansub bo‘lgan xalq, millat, etnos turmush tarzi, ular yashayotgan
muhit, makon va davr bilan bog‘liq ekanligi bois ularning ma’nolarida xalq qismati, uning
orzu-umidlari, xulq-atvori qadiriyat va urf-odatlari, idrok tarzi kabilar aks etib boradi.
Shu jihatdan so‘z tilning fonologik
,morfologik, sintaktik birliklari orasida markaziy
o‘r
inni egallaydi. Lekin bugungi kun tilshunosligi nuqtai nazaridan semantika nafaqat
leksik balki fonologik, morfologik, sintaktik sath birliklariga kognilingvistikada
konseptual ma’no
,
psixolingvistikada psixologik ma’no, pragmalingvistikada pragmatik
ma’no kabilar ham aloqador ekanligini ko‘rsatmoqda.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
364
Har qanday jonli til sathlari yaxlit makrosistemaning mikrosistemalarini tashkillab,
ularning miqyosi
ichki va tashqi omillar ta’sirida kengayib (ba’zi
hollarda torayib),
muvofiq ravishda ma’no ko‘lami ham rivojlanib, o‘zgarib borishligini hisobga olib ularni
ochiq si
stemalar tarzida tasavvur qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Demak, inson tili, uning mikrosistem
alari birliklaridagi shakliy o‘zgarishlar,
ma’noviy kengayishlar hisobiga rivojlanib, takomillashib va boyib boradi. Bu albatta,
olam va uning bo‘laklari haqidagi bilimlar majmuini tashkillovchi konseptlar, ularning
tarkibidan o‘rin olgan yangi tushunchala
r, belgi
–
xususiyatlarni muntazam ravishda
lisoniy ifodasi va nominatsiyasini yaratish, muloqot jarayonida qo‘llash ehtiyojlari tufayli
yuzaga keladi,
deb o‘ylaymiz.
Borliq va uning bo‘laklari, narsa –
hodisalarni nomlash, aniqrog‘i narsa, predmet va
tov
ush qobig‘iga ega bo‘lgan so‘z reprezentant o‘rtasidagi aloqa mohiyatini tushuntirishga
bo‘lgan dastlabki urinishlar antiq falsafa namoyondlari tomonidan amalga oshirilgan.
Ushbu nazariya vakillaridan bir guruhi predmetning nomi uning tabiatiga mos
keladi, degan fikrni bildirsalar, yana bir guruhi predmetlarning nomi shartli kelishuv,
ongli idrok orqali yuzaga keladi degan fikrni yoqlab chiqqanlar. Geralit Efesskiy
(e.a. 544
–
483 y.)
va uning izdoshlari so‘zni bilimlar tashuvchi vosita sifatida izohlagan
bo‘lsalar, Filon
a Aleksandriysk
iy (E.I asri) so‘zi bilimlar tashuvchi va bilimlar ma
nbai
vositasi sifatida qaraganlar.
Lekin ushbu nazariya vakillari so‘zni muloqot instrumenti sifat
ida insonga tortiq
qilingan narsa sifatida tushunadilar. Ularning fikricha, so‘z material olamda o‘zini inson
ishtiroki
siz voqelantira oladigan, timsol bo‘l
a
oladigan va tarix yo‘nalish
ini belgilash
qobiliyatiga egadir.
Lisoniy ma’noning ger
manevtika (grek. hermeneo
–
tushuntirib beraman,
izohlayman tarjima qilib beraman) deb nom olgan konsepsiyasi uyg‘onish davrida yuzaga
keldi. Ushbu nazariya asosiy e’tiborni lisoniy ma’noni boshqalar uchun izohlab berishga
emas, balki birinchi navbatda so‘z, matnni ma’no
ning shaxsiy, ijtimoiy, subyektiv va
obyek
tiv qirallariga e’tibor kuchaydi.
Germenevtikada lisoniy ma’noning tarixiy –
madaniy, badiiy (estetik) va
spekulyativ (falsafiy qimmati) aspektlariga e’tibor qaratiladi, chunki ularda inson
yashayotgan olam haqiqatlarini anglash va tushunish borasidagi tajribalari muhrlangan
bo‘ladi. Ushbu nazariya ta
rafdo
rlari fikricha, so‘z va ma
tn shaxsiy ijodiy faoliyat mahsuli
va hayotiy tajribalar umumlashmasi sifatida qaraladi.
Taniqli filosof va psixolog Vilgelm Diltey (1833
–1911) til birliklari ma’nosini
subyektiv
–
psixologik mazmun bilan tenglashtiradi. Shu bois u tilda obyektivlashgan
psixik hayotni ko‘radi.
Germenevtika vakillaridan yana biri Martin Xaydeggerda (1889
–
1976) masalaning
boshqacha talqinini kuzatish mumkin
. Uning nazariyasida ilgari surilgan qarashga ko‘ra
inson tilga nisbatan passiv, ya’ni tilni tushuni
shi shart emas, balki unga quloq tutatishi,
undagi donishmandliklarni qabul qilishi kerak xolos. Bundan inson tilda gapirmaydi,
aksincha, til insonda va u orqali gapiradi ,degan tezis kelib chiqadi.
Umumiy va nazariy tilshunoslik asoslariga tamal toshini qo‘ygan buyuk
nemis olimi
Vilgelm Gumboldt (1767
–
1835) tilning belgilar nazariyasiga asos soldi. Uning
fikricha, so‘z
alohida tushunchaning
belgisidir. So‘z so‘zlik maqomiga ega bo‘lish
i uchun tovush va
tushuncha birligiga ega bo‘lish
i
zarur. Boshqa so‘zlar bilan izohlaydigan bo‘lsak, so‘zning
tovush qobig‘i predmet xususiyatlarini belgilab bermaydi. So‘z til elementi sifatida
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
365
predmetga xos, uni nomlashga as
os bo‘lgan belgi tushunchasini ifoda etadi. Predmetga xos
belgilar bir nechta bo‘lishi ham mumkinligini ta’kidla
ydi. V. Fon Gumbold tilda tashqi va
ichki formalarni farqlaydi. Uning tashqi shakli tovushli qobiqq
a ega bo‘lib, u tilning
materi
al aspektini tashkillaydi. Tilning ichki shakli uning ideal, nomaterial aspekti bo‘lib, u
psixik, mental substansiyalardan ibora
t bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan u til
ni material va
ideal substansiyalar birligidan iborat deb hisoblaydi. Buyuk nemis olimi, shuningdek,
fiziologik
–
akustik tovush va artikulyatsiya qilingan tovushlarni farqlaydi. Agar tovush
bir
on narsani anglatish va fikr qo‘z
g
‘atish maqsadida yuzaga keladigan bo‘lsa, demak u
biron narsani anglatish funksiyasiga ega. Mazmuniy tovushlarni artikulyatsiya qilish
insonlarga xos bo‘lib u inson tafa
k
kuri bilan chambarchas bog‘liq. Mazmunli tushunchalar
borliqdagi predmetlar guruhi umumiy belgilarini aks ettirgani bois insonlar bir
–
birlarini
tushunadilar va muloqotga kirishadilar.
Slavyan tilshunosligining yorqin vakili Aleksandr Afanasyevich Potebnya
(1835
–1891 “Har qanday so‘z istisnosiz ravishda uch elementdan tashkil topadi:
birinchidan, nutq tovushi, ikkinchidan, tasavvurlar va uchinchidan,
so‘z ma’nosidan”.
Ma’no miqyosi tasavvur miqyosidan kengligini e’ti
rof etar ekan, A.A. Potebnya har
qanday so‘z yangi ma’no bilan birgalikda yangi tasavvur ham
hosil qilishi
ni e’tirof etgan
holda so‘zning t
ashqi formasi, mazmun va ichki formasini farqlaydi. Ichki forma deganda
so‘zning eng yaqin etimologik ma’nosini tushunadi.
A.A. Potebnya yangi tushuncha ifodasi uchun tovushdan foydalanish uchun avvalgi
ma’nosi or
q
ali belgilanadi. So‘zning obyektiv va subyektiv ma’nol
a
ri haqida so‘z yuritar
ekan, shunday yozadi: “...So‘zning ya
q
in ma’nosi xalq
chil, uzoq
ma’nosi elementlar soni va
sifatiga ko‘ra sha
x
siydir”.
Bunday talqin tilning sotsil va individual tomonlari talqiniga hamohangdir.
Daslatb A.A.
Potebnya ichki forma deganda so‘zning etimologik ma’nosini nazarda
tutgan bo‘lsa, keyinchalik ushbu terminni so‘zning yaqin ma’nosi va u bir
qancha
ma’nolar yig‘indisidan iborat ekanlig
ini nazarda tutgan holda ishlatadi.
Dastlab idrok etilayotgan narsa-
hodisani nomlash uning yaqqol ko‘zga tashlanib
turgan belgilariga asoslangan. Ular orasida muhim hisoblangan belgi predmet obrazini
tashkil etgan. Masalan, boychechak, подснежник, snowdrop piyozguldoshlarga m
ansub,
ilk bahorda ochiladigan ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib,
uni nomlashga bir necha belgilaridan
biri
”
qor ketmasdan turib, erta bahorda unib chiqishi
asos bo‘lgan.
N.F.
Alefirenkoning fikricha, “klassik semasiologiyaning asosiy integrallashtiruvchi
yutug‘i nutqiy tafakkur paradigmasini yaratilish
i
bo‘lib, uning g‘oyalar
tashuvchisi
sifatida real borliq “tafakkur”, “ong”, “nutq” va “til” konseptlari yuzaga keldi. Ushbu
paradigma doirasida qabul qilingan haqiqiy ong tili aksiomasi real borliqni til
semantikasida ko‘p darajali reprezentatsiyasini lingvistik modellashtir
ishga metodologik
asoslar yaratdi. Bunday psixolingvistik qurilmalar kognitiv va introspektiv (emotsiyalar,
baholar, intensiyalar) ong tomonidan idrok etilgan psixik hodisalar, insonning
intellektual va emotsional hayoti
da til semanotik strukturasida qanday o‘z aksini
top
iligini ko‘rsatib beradi.
Bugungi kunga kelib ma’noning asl tabiati
, mohiyati borasidagi masala
dolzarbligicha qolmoqdaki, zamonaviy semasiologiya kun tartibida ma’noning qaysi
aspektl
ari o‘rgani
li
shi masalasi turibdi. Bu yo‘nalishda ikki
t
a semiologik ta’l
imot yuzaga
keldi va ularning birinchisi aks ettiruvchi (отраждательная)
, ikkinchisi relyatsion deb
atalmoqda. Birinchi
ta’limotga muvofiq ma’no nominatsiya obyektini so‘z va
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
366
frazeologizmning akustik obrazi bilan mustahkam aloqadorlikda ongimizda aks etishi
tushuniladi. Relyatsion
ta’limotning
tub mohiyatini belgining predmetga, u haqidagi
tushunchaga yoki boshqa bir belgiga munosabati tashkil etadi.
Ushbu
ta’limotlar lingvistik darajaga ko‘tarilgun
ga qadar semantika, mantiq va
falsafa obyekti sifatida o‘r
ganildi.
Semantika va u bilan bog‘lik masalalar tarix
iga nazar tashlasak, u yoki bu masalalar
faylasuf mantiqshunos va tilshunoslar Yu.D. Apresyan, N.I. Kondakov, N.D. Arutyunova,
Ye.S. Kubryakova, Yu.S. Stepanov, G.V. Kolshanskiy, V.M. Solnsev, Dj. Syorl, K. Tayk,
Dj. Lakoff, R. Shenk, V. Lemon, Sh.
Safarov, G‘.M.
Xoshimov va boshqalar tomonidan
turlicha talqin qilinganligig
a guvoh bo‘lamiz.
G.V. Kolsha
nskiy ma’noning aks ettirish funksiyasi haqida quyidagi mulohazani
yozadi:
“
Tild
a namoyon bo‘lgan har qanday semantik kategoriya uning aks ettir
ish
vazifasi bilan bog‘liq.
V.M. Solsev bu borada shunday fikrni bildiradi:
“O
lam fikrlovchi miyada o
‘
z aksini
topadi, til olamini aks ettirmaydi u olamni aks ettirishda qatnashadi va olamni aks
ettirish natijalarini o‘z ma’nolari
ga joylashtirib boradi.
N.F. Alefire
nko bunday talqin lisoniy ma’no mohiyati borasida avvalgi
tasavvurlarni quyidagi ikki nuqtai nazardan chuqurlashtirishi
ni yozadi: 1) ma’no asosida
belgining ifodalanuvchi obyekt bilan aloqasi yotadi, lekin bu aloqa bevosita emas, aloqa
tafakkurning u yoki bu formalari orqali bilvosita ravishda amalga oshadi; 2) ma’no
inson
faoliyatining turli shakllari bilan bog‘liq; a) predmetik faoliyati jarayonida real borli
q,
predmet (hodisalar) l
ar o‘rtasidagi obyektiv aloqalar, munosabatlar va o‘zaro ta’sir
harakatlari birgalikda ma’noda qaydini topadi; b) nutqiy faoliyatida, til aks ettirish
jarayonlarida fikrlarni yuzaga keltiruvchi asosiy instrument, olamni bilishning asosiy
shakli va u haqidagi bilimlarni shakllantiruvchi omil sifatida xizmat qiladi.
Lingvistikada
uning keng tarqalgan va e’tirof etiladigan turlari to‘g‘ri ma’no,
ko‘ch
m
a ma’no, bosh ma’no, yasama (xosila) ma’no, erkin ma’no, bog‘liq ma’no,
nominativ ma’no, emotsional
–
ekspressiv ma’no. Bosh yoki yetakchi
ma’no
arxisema deb
ham atalmoqda.
U. Tursunov, J. Muxtarov va Sh.
Raxmatullaevlarning haqli ta’kidlashlaricha, har
qanday jonli tilda leksik ma’noning hozirgi leksik ma’no va avvalgi leksik ma’no turlariga
bo‘lib o‘rganish ham mumkin. Biz ularni sinxron va diaxron (yoki arx
a
ik) leksik ma’no
deb atashni taklif etgan bo‘la
r edik.
Leksik ma’no mohiyatini so‘zlarning o‘zaro aloq
alari rakursida tavsiflash maqbul
deb o‘ylaymiz. Shu jihatdan professorlar N.Nurmanov va R.Rasulovlar leksik ma’noning
nominativ (erkin) ma’no tipidan tashqari frazeologik (bog‘liq) va sintaktik (xosl
angan)
ma’no tiplarini farqlaydilar.
Ularnin
g to‘g‘ri ta’
ki
dicha, frazeologik ma’no faqat barqaror birikma ichida yuzaga
chiqadigan ma’no bo‘lsa, sintaktik ma’no sintaktik qurshov bilan bog‘liq ma’nodir.
Shuningdek, bu ikki
o‘zbek tilshunosl
ari leksik ma
’no qatlamla
rini nominativ
ma’no, struktur ma’no (uning sinta
g
matik struktur ma’no, paradigmatik struktur ma’no)
va konnotativ ma’no tiplariga bo‘lganlar. Struktur ma’no, ularning yozishicha
, leksik
birliklarning til sistemasidagi o‘rnini belgilovchi ma’no. Bu ma’no leksik birliklar
munosabati orqali aniqlanadi.
Til sistemasida leksik birliklar o‘zaro
sintagmatik va paradigmatik munosabatda
bo‘ladi. Sintagmatik struktur ma’no leksik birliklarning ketma
–
ket munosabatini
ko‘rsatadi. Leksik birliklar o‘zaro
grammatik jihatdagina emas, semantik moslik asosida
ham baholanadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
367
Masalan, o‘zbek va igliz tilidagi
ea
t, drink, read, yemoq, ichmoq, o‘qimoq
fe’llari
tushum kelishigidagi
ot bilan bog‘lanadi va bu ot yeyish
, ichish,
o‘qish mumkin bo‘lgan
narsalarni ifodalaydi. Masalan, eat bread (an apple), drink tea (water), read a letter
(fiction), non yemoq,
suv ichmoq, ertak o‘qimoq va boshqalar. Bunday qovushuv asosida
semantik moslik yotadi. Shu jihatdan: Men meva o‘qidim, U ki
tob ichdi: I read fruits,
He drank a book kabi gaplar mazmunan noto‘g‘ri bo‘lib qoladi.
Paradigmatik struktur ma’no leksik birliklarning farqlovchi ma’nolarini o‘z ichiga
oladi va bu ma’nolari o‘zaro yaqin bo‘lgan leksik birliklarni bir
–
biriga qarama
–
qarshi
qo‘yish yo‘li bilan aniqlanadi. Paradigmatik struktur ma’no leksik birlik qi
mmatini ham
ko‘rsatadi, qimmat leks
e
malarning farqlovchi belgilari asosida uning sistemadagi o‘rnini
belgilaydi.
Masalan, ingliz tilida
robber
so‘zi zo‘ravonlik va tahdid
orqali kishi yoki joydan
narsa o‘g‘irlaydig
an kishini bildirsa,
thief
so‘zi boshqa bir kishidan yoki joydan biron
narsani o‘g‘irlaydig
an kishini anglatadi.
Pickpocket
pul va boshqa narsalarni boshqa
odamlar cho‘ntagidan (odam ko‘p joylarda) o‘g‘irlaydig
an odamni ifoda etadi.
Ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi ot leksemalar to‘g‘ri umumiy semasiga ko‘ra bir
–
birlari bilan munosabatda bo‘lsalar,
pickpocket
cho‘ntak o‘g‘risi
differensial semasiga
ko‘ra boshqalardan farqlanadi.
Bular leksik ma’no mazmun va ifoda (struktur funksional) aspektli hodisa
ekanligini ko‘rsatadi. Ularning birinchisi uchun sem
ema ikkinchisi uchun nomema
atamalari ham qo‘llanilmoqda. Sema semalardan ta
shkil topadi va ular qavatlanish
xususiyatiga ega.
Professor A.Nurmonov buni quyidagicha tasvirlaydi: 1) nominativ sema (denotativ,
sigmatik ma’no); 2) aks ettirish (signi
fikativ) semasi; 3) struktur sema (belgining boshqa
belgi bilan munosabatini ifodalo
vchi ma’no
); 4) ifoda semasi (konnotativ sema);
5) amaliy sema (pragmatik sema);
Ifoda semasi konnotativ yoki uslubiy sema deb ham nomlanadi. Bunday sema
leksemalarni u yoki bu uslubga xos ekanligini ko‘rsatuvchi sema sanaladi. “So‘zlovchining
belgi orqali ifodalanayotgan obyektg
a bo‘lgan
munosabati pragmatik sema sanaladi.
Pragmatik semada subyektiv baho (munosabat) aks etib u orqali ijobiy, salbiy yoki
betaraflik baholari o‘z ifodasini topadi. A.Nurmonov tomonidan taqdim etilgan misolga
murojat qilamiz.
“Nutqiy faoliyat ko‘rsatish” semasi orqali umumiy paradigma hosil
qiluvchi
gapirmoq, so‘zlamoq, do‘ng‘i
l
lamoq, shang‘i
l
lamoq, vaysamoq, g‘in
gshimoq
fe’llari
bir
–
birlaridan ularda ijobiy ,
salbiy va neytral baho semasining mavjudligiga ko‘ra
farqlanadilar. Aniqroq aytadiga
n bo‘lsak, ushbu qato
rdagi birinchi va ikkinchi leksemalar
betaraflik, qolganlari salbiy bahoga egalar.
A.
Nurmonovning to‘g‘ri ta’kidlash
icha, struktur sema semantik nazariya nuqtai
nazaridan belgilar sistemasidagi muayyan belgining boshqa belgiga munosabati orqali
aniqlanadi. Bunga ko‘ra sinta
gmatik va paradigmatik struktur semalar farqlanadi.
Sint
aktik struktur sema ma’lum lisoniy belgilarning boshqa belgi(lar) bilan qo‘shnichilik
munosabatida namoyon bo‘ladi. Bunday munosa
bat valentlik deb ham atalmoqda.
Leksik biriklarning o‘zaro qovushuvi so‘z bir
ikmalari tarkibida yuz beradi va
bunday valentlik asosida leksik birliklarning mazmuniy muvofiqligi turadi. Bunday sema
muvofiqligining buzilishi tasodifiy h
odisa bo‘lmay, u ko‘
pincha individual
lik ko‘ri
nishga
ega bo‘ladi. Leksemalar va boshqa birliklar o‘rtasida bunday nomuvofiqlik ko‘pincha nutq
ta’sirchanligi, ifodali
li
gini ta’minlash maqsadlariga xizmat qiladi. Masalan,
a deafening
silence
(quloqni kar qiladigan jimlik)
a good death
(yaxshi o‘lim),
to rain cats and dogs
(mushuk va itlar yomg‘ir bo‘lib yo
g
‘
moq) va boshqalar.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
368
Sintagmatik struktur sema birdan ortiq leksemalarning sintaktik aloqaga
kirishuviga asos bo‘lardi va bunday aloqa, munosabat tufayli so‘z birikmalari va gap
(jumla)lar paydo bo‘ladi.
H.Ne’matov va
R
asulovlarning til birliklari o‘rtasidagi munosabatlarning uch turi
mavjud ekanligini e’tirof etadilar:
1.
O‘xshashlik (paradigmatik) munosabatlar
2.
Pog‘ona
li (ierarxik) munosabatlar
3.
Qo‘shnichilik (sinta
gmatik) munosabatlar
Olamning o‘zi alohida paradigmalardan iborat bo‘lganidek
, til sistemasi birliklari
o‘rtasida ham nafaqat paradigmatik, balki sinta
gmatik munosabatlar kuzatiladi.
O‘zbek tilshunos olimi
A.
Nurmonov leksik birliklar o‘rtasidagi munosabatlarni ikki
turga ajratadi, ya’ni a) bir sathga mansub bo‘lgan bir
liklar munosabati va b) turli sathga
mansub bo‘lga birliklar munosabati. Birinchi tur munosabatlar paradigmatik munosabatlarni
tashkillaydi. Ushbu munosabatni A. Nurmonov uyadoshlik munosabati deb ham ataydi.
Leksik birliklarni bitta uyaga birlashtirishning asosiy sharti umumiy barcha uya
a’zolarida takrorlanishdir. Masalan, qo‘y sher, bo‘ri, echki leksemalarda hayvon umumiy
ma’nosi mavjud. Ag
ar buni paradigma (uya) deb ataydigan bo
‘
lsak , uning tarkibi yana
mikroparadigma (uya
)larga bo‘linishi mumkin. Masalan, yuqoridagi
zoonimlarni yovvoyi,
uy hayvonlari va boshqalarga bo‘lish mumkin.
Har qanday semantik maydon p
aradigma a’zolari o‘rtasida ma’nodoshlik
(si
nonimiya) munosabatlari mavjud bo‘lishi va u bir nechta sinonimlik qatorla
rdan
tashkil topishi mumkin. Shuni aytish joizki, bunday munosabatlar tilning grammatik
sathida ham kuzatiladi: bunga professor M.A. Abduvaliyev tomonidan aniqlangan
to‘siqsizlikning
ingliz tilida 13 ta ,
o‘zbek tilida 12 ta sinonimik qatolarini misol sifatida
keltirishimiz mumkin:
Ingliz tilida:
I read which ever book you give
I read which so ever book you give
I read no, matter which book you give
It doesn’t matter which book you give to read
I read despite which book you give
I read any book you give
O‘zbek tilida
Odamlar nima desa
–
desin, parvoyimga kelmaydi.
Odamlar nima desalar ham, parvoyimga kelmaydi.
Odamlar namaiki demasin, parvoyimga kelmaydi
Odamlar nima deyishidan qa’tiy
nazar parvoyimga kelmaydi.
Har qanday tilda leksik birliklar uzual ma’nolardan tashqari okkazional ma’noda
ham qo‘llanilishi mumkin. Okkazional ma’nolar jonli tillar lug‘atlarida qayd etilmagan
bo‘ladi va ayrim shaxsning yoki adibning ma’lum nutqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda
leksemaning semik tarkibiga yangi ma’no qo‘shishdan iborat. Bunday ma’noni aniqlash
da
kontekstn
ing roli katta bo‘ladi. Masalan:
–
Mehmon kel
adi. Hamma yoq top toza bo‘lsin.
–
Ho‘p bo‘ladi. Bozorlikni kim qiladi?
–
O‘zim.
–
Siz cho‘ntakni tozalarkansizd
a?
–
Senchalikmas.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
369
O‘TILda qayd etilgan tozalamoq fe’l
i
ning uch ma’nolari orasida “ship
-shiydom
qilmoq” ma’nosi ko‘rsatilmaganligi uning okkazional xususiyatidan darak beradi
. Gap
leksik birliklar semantikasi haqida borar ekan, ular monosemantik yoki polisemantik
xususiyatga ega bo‘lishi mumkinligini alohida ta’kidlash lozim. O‘zbek tilida
guruch, tun,
uchlamoq, uch (din etn), olchazor, randa
, ingliz tilida
breakfast, compliance, gristle,
predictor mate, break, perfect, speaker
lar esa polisemant leksik birliklardir.
Konseptlarning o‘rganishning lingvokognitiv
va modellashtirish metodikasi
konseptni obyektivlashtiruvchi lisoniy vositalar tahlilini talab etadi. Aniqroq qilib
aytadiga
n bo‘lsak, konsept mohiyatini ochib berish uni nomlovchi
lisoniy vositalarining
semantik
–
struktur jihatlarini o‘rganish va olingan natijalarni interpretatsiyalashdan
boshlanadi.
Shu bois, o‘zbek va ingliz tillarida non (bread) konsepti so‘z –
reprezentantlari va
ularning turli derivatlari leksikografik tahlilidan boshlaymiz.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida (O‘TIL) da non leksemasining etimologiyasi forscha
نان
(non, oziq
–
ovqat) leksemasi bilan bog‘liqligi va uning ikki ma’nosi qayd etilgan.
1. Hamirdan tayyorlanib, tandir, o‘choq, tova va sh.k.da. pishiriladigan yegulik. Bug‘doy non,
zo
g‘
o
ra non. Shirmon non, bo‘lka non. (
K
ampir) non yasab bo‘lguncha, tandir qizidi. Keyin
bir chekkadan yopdim. (Oybek, Tanlangan asarlar) 2. Umuman, yegulik
–
ichgulik, yashash,
tiriklik uchun zarur narsa.
–
Matqovul aka, men non toparmikan
man, deb qorin g‘
amida
maktab ochganim yo‘q, –
dedi u bos
ig‘
lik bilan. (M. Ismoil
iy, Farg‘ona tong ot
guncha.)
So‘ng tar
k
ibida non leksemasi bo‘lgan olti
t
a frazeologizmlar va ularning ma’nolari
taqdim etilgan: non gadoyi, nonga zor, kambag‘al
–
qoshshoq, non yemoq. Biror narsadan
foydalanib tirikchilik o‘tkazmoq, kun kechirmoq; non sindirish (yoki ushatish) etn. Nikoh
to‘yi marosimlarining bir qismi: qiz tomon, ya’ni uning ota
-onalari sovchi yuborgan
tomonga o‘z roziligini bergach sovchilar kel
tirgan dasturxon ochilib, shu rozichilik belgisi
sifatida non sindirilishi va to‘y bilan bog‘liq masalalarning belgilanishi, hal qilinishi, noni
butun tirikchilik, yashash uchun zarur narsalari but, muhayyo, hech narsadan kamchiligi
yo‘q, bekamu
-
ko‘st, to‘kis; noni yarimga biror sheri
k yoki raqobatchi tufayli topish
–
tutishi
kamaygan, yetishmay qolgan, nonni tuya qilmoq, birovga tegishli haqning ma’lum
qismini olmoq, o‘zlashtirmoq
.
Mazkur lug‘atning 58
-59-sahifalarda
non
komponenti yasama, qo‘shma so‘z va
birikma shaklidagi birliklar va ularning semantikasi misollar bilan berilgan: Nonvoy ayn.
novvoy nondon (
هبعج
نان
–
non saqlagich, nontovoq) non turadigan saqlanadigan quti, quti
idish; Nonjiyda jiydaning yirik, sershir
a, go‘shtdor mevali turi; nonko‘r (
نان
نیب
yaxshilikni
bilmaydigan, non ko‘r qiladigan).
Nonk
o‘rlik nonko‘r kishilarga xos hatti
–
harakat, ish; ko‘rnamaylik, nontepkilik;
non
–
namak (
نان
و
کمن
–
non tuz; mehmondo‘stlik) 1. Rizq
–
ro‘z, nasiba, ulush, hissa. 2.
Yeyishlik- ichishlik narsa, ovqat; non
–
namak bo‘lmoq suhbatda bo‘lmoq, birgalikda
ovqatlanmoq; biror o‘tirishda, mehmonda birga bo‘lmoq; Non
–
nasiba ayn. Non
–
namak;
Nonpaz (
یاونان
–
non pishiruvchi) novvoy; Nontepki ayn. Nonko‘r; nontepkilik ayn.
Nonko‘rlik; nontopar non topadig
an, daromad keltiradigan; nonushta ertalabki non-choy;
nonushta qilmoq, ertalabki xo‘rakni yemoq
-
nonxo‘r (
روخنان
–
non yeyuvchi, boqimanda)
1. Nonni
yaxshi ko‘radig
a
n, ko‘p non yeydig
a
n. 2. Biror oila boshlig‘ining ta’minotida
,
qaramog‘ida bo‘lgan kishi; xo‘randa, jon. 3. Ko‘chma nafr. Tekintomoq, tekinxo‘r;
Nonxo‘rak (
نان
روخ
–
non yeyish vaqti) tar eski usuldagi maktabda tanaffus vaqti va shu
vaqtdagi ovqatlanish; non
–
qatiq: non qatiq bo‘lmoq ayn. Osh
–
qatiq bo‘lmoq.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
370
A.S.
Xornbi muharrirligi ostida nashr etilgan “Oxford advanced learner’s
dictionary
” izohli lug‘atida bread quyidagicha ta’riflangan: bread / bread noun (U)
1. A type of food made from flour, water and usually yeast mixed together and baked: a
loaf/ piece of bread, white / browa/ whalemed bread. 2. (old
–
fashioned, slang, money
IDM take the bread out of sb’s mouth, to take away sb’s job so that they are no longer able
to earn enough money to live. Bread and butter noun (U) 1. Slice of bread that have been
spread with butter: a piece of bread and butter. 2. (informal) a person or company’s main
source of income.
Bread
–
and
–
butter adj: (only before noun) basic; very important: Employment
and taxation are the bread -and -butter issues of politics; bread basket noun (sing)
(especially AmE) the part of a country or region that produces large amounts of food,
especially grain, for the rest of the country or region; bread board noun a flat board used
for cutting bread on; bread crumbs noun (pl) very small pieces of bread that can be used
in cooking; breaded adj covered in breadcrumbs: breaded cod; bread fruit noun (C.U) (pl.
bread fruit) a large tropical fruit with a thick shin that tastes and feels like bread when it
is cooked; bread line noun (the breadline) (sing) (BrE) the level of income of very poor
people; bread null noun= roll; bread winner noun a person who supports their family
with the money they earn.
O‘
zbek va ingliz tillarida non (bread) konseptiga xos umumiy
va differensial belgi
–
xususiyatlar, sematik mundarijasi, uning ikki xalq
konseptosfe
rasidagi o‘rni kabilarni o‘zbek va ingliz tillari lisoniy manzarasini
tashkilovchi birliklarining semantik
–
kognitiv va sistem
–
struktur tahlili orqali
aniqlashga yuzlanamiz.
O‘zbek tilida non ot leksemasi uning boshqa leksik nominantlari orasida
dom
inantlik xususiyatiga ega. Sodda tarkibli non so‘zining bosh ma’nosi “hamirdan
tayyorlanib, tandir, o‘choq, tova va shu kabilarda pi
shiriladigan yegulikdir: Nonvoy non
yopadi, somsapaz somsa; (Kampir) non yasab
bo‘lguncha, tandir qizidi
.
Non semantik maydoni arxisemasi maqomidagi ushbu ma’no atrofida uning
quyidagi semalari mavjud 2) tirikchilik uchun zarur narsa (yoki, hunar, kasb):
–
Matqobul
aka, men non toparmikanman, deb qorin
g‘amida ochganim yo‘q
–
dedi u
Do‘ppido‘zlik
mening nonim; 3) taom, oziq
–
ovqat, yegulik (rizq): Men non bermasam, ular nima qilar
edi? Rizq, rizq- nasiba, rizq
–
ro‘z: Yigit kishining noni ko‘chada; 4). To‘qchilik, farovonlik:
Nonim bor nima
g‘amim
bor, 5) pul: Duradgorlik orqasidan non topyapman; 6) boylik:
Shu uyni sotsak nonli bo‘lamiz, sotmasak tayyor nondan ma
hr
um bo‘lamiz, aka;
7) insonni yom
on va zararli narsalardan saqlovchi (himoyalovchi) narsa: Qo‘yni
ngda non
bo‘lsa, jin ham urmaydi;
8) aziz, qadrli
ne’mat
: Non yerda yotadigan narsa emas; Nonni
oyoq osti qilish gunoh, bolam.
Shuni ta’kidlash lozimki,, yuqorida zikr etilgan semalarning da
stlabki uchtasidan
tashqari
non
leksemasiga tegishli
bo‘lgan
semalar mavjud lug‘atlarda o‘z aksini
topmagan.
Mazkur ot leksemaning ma’nodosh
i
(sinonimi) yoki ma’nodoshlari aniqlanmadi.
Uning
nanna
varianti asosan bolalar nutqiga xos bo‘lib, u non va ovqat ma’nolariga ega.
Non
polisemant leksemasining antonim va omonimlari aniqlanmagani uning mazmun va
ifoda plani simmetrik xususiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Non
tub ot
leksemasining tayanch modeli
N
dir. Tahlillar non leksemasi uslubiy jihatdan betaraf
(neytral) ekanligini ko‘rsatdi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda , u nutqning barcha
funksional uslublariga xos faolikka egaligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
371
Endi non leksemasi asosida yuz
aga kelgan yasama va qo‘shma so‘z shaklidagi
leksemalarning semik,
struktur va boshqa xususiyatlari tahliliga to‘xtalamiz:
Fors tilidan o‘zlashgan novvoy ot leksemas
i non pishiruvchi, non sotuvchi
ma’nosini anglatadi. Novvoy o‘zbek tilidagi leksikografik ta’rifi “non yopish, pishirish va
sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxs”dir. U non ot leksemasi va boy sifat leksemasi
qo‘shilishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, u noni ko‘p, nonga boy ma’nosini anglatadi. Novvoy
nonvoy
so‘zining so‘zlashuv uslubiga xos dialektal v
arianti. Ushbu monosemant
qo‘shma
so‘zning tayanch modeli N + Adj=Ndir.
Nonvoyning ma’nodoshi
nonpaz
bo‘lib, u
non
va
paz
(fors tilida pishiruvchi) o‘zak
so‘zlar qo‘
shiluv
idan yasalgan. Ushbu qo‘shma ot so‘zning ikkinchi komponenti
“pishirmoq”, “pishmoq”,
“kuydirmoq”, fe’llarining hozirgi zamon shaklidan yasalgan.
Asosan, taom nomlariga qo‘shilib, uni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi kasb egasini
bildiradi: mantipaz, oshpaz, xolvapa
z, va boshqalar. Ushbu qo‘shma so‘zning modeli:
N+N=N: Yapasqi novvoy har kuni peshin vaqtida ikkita shirmoy nonni boyga tashlab
ketar edi.
Non yopish faoliyati bilan shug‘ullanish faoliyati yoki kasbi novvoylik deb ataladi.
Mazkur leksemaning ikkinchi ma’nosi non yopib sotiladigan joy, ma
skanni anglatadi:
Qalay, novvoylikdan bir nima ortadimi?
Ro‘molchani yelk
aga solib, novvoylikka qarab yugurdim,
–
dedi Shum bola.
Novvoylik uya o‘zak
so‘z
(nov + voy va
–
lik suffiksi asosida yuzaga kelgan:
N+Adj+Suf=N.
Novvoylik o‘zining ikkinchi
, non yopiladigan, pishiriladigan va sotiladigan
ma’nosiga ko‘ra novvoyxona
,
non markazi leksemalari bilan ma’nodosh hisoblanadi.
Novvoyxona va non markazi novvoylikga nisbatan qo‘llanish chastotasi va uslubiy
ko‘lami sezilarli darajada yuqori. Novvoylik tarixiy so‘z shakli sifatida deyarli iste’m
oldan
chiqib ulgurgan arxaik istorizmdir. Novvoyxona va non markazi N+N+CN modeli asosida
yuzaga kelgan: Qiyoslang: U novvoyxonada ishlaydi/=
U non marakazida ishlaydi. O‘zbek
tilidagi
nondo
n, nonjiyda, nonko‘r, non
-namak, non-tuz, non- nasiba, nontepki, n
onxo‘r, non
xo‘rak, non
-qatiq
qo‘shma ot leksemalari ham asosan konkret va abstrakt otlar
qo‘shiluvidan N+N modeli asosida shakllanganiga guvoh bo‘ldik.
Nondon
fors
tilidan o‘zlashgan bo‘lib
,
هبعج
نان
so‘zi non saqlagich, nontovoq
ma’nosida qo‘llanga
n
. Nondan non quti, non tovoq, non idish ma’nodosh
lariga ega.
Nondonning yaqin ma’nodoshi non idish bo‘lib
,
ular ma’lum ma’noda mavhumiy
xususiyatiga ega. Non quti, non tovoq leksemalari non saqlanadigan va turadigan konkret
narsani anglatadilar. Shu bois bo‘lsa kerak, nond
on va nonidish leksemalari
kommunikatsiya jarayonida non turgun obyekt muloqot uchun ahamiyatsiz bo‘lgan
hollarda qo‘llanadi: Otam nondonni ochib, bor nonni
xurjuniga solib: Men shaharga
ketdim,
–
degan holda uydan chiqdi.
Yana bir leksema
nonjiyda
bo‘lib, u jiydaning yirik, sershira, go‘sht
dor, mevali
turini anglatadi. Bizningcha, ushbu leksema jiyda daraxti mevasining etini yumshoq,
qalin, oppoq, va to‘yimli nonga qiyoslash, o‘xshatish as
osida yuzga kelgan: Ona Egashboy
ota bilan E’zozaxonni Botirali olib kelgan qora bu
l
ka va yong‘oq, nonjiyda bilan siyladi.
Nonko‘rlik
qo‘shma yasama so‘z tarkibli leksema bo‘lib, nonko‘r kishilar
ga xos
hatti-
harakat, ish; ko‘rnamaklik, nontepkilik, yaxshi
likka yomonlik qilishlik, tuzini yeb,
tuzlig‘iga tupurish insonga xos salbiy ma’no otten
kalariga ega. Ushbu ot leksema asosida
nonko‘r sifat leksemasi turadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
372
Nonko‘r
leksemasining etimologiyasi forscha
نان
نیب
so‘ziga borib taqaladi. Ushbu
olinma so‘z salbiy, ya’ni yaxshilikni bilmaydigan, nonko‘r qiladigan
konnotatsiyaga ega.
Ot leksema N+Adj=Adj modeli asosida N+Adj+suf=CN shaklida yuzaga kelgan.
Nonko‘rlik nontepkilik, ko‘rnamaklik kabi ma’nodosh leksemalarga sinonim bo‘lsa,
nonko‘r
,
nontepki va ko‘rnamak sinonim
la
riga ega. Nonko‘r va nontepki salbiy sub
yektiv
bahoga sabab bo‘luvchi hayotiy (ziddiyatli, janjalli) vaziyatlarga tushgan insonlar
so‘zlashuv nutqida va nasriy asarlar uslubida uchraydi. Boy qut
urib baqirdi;
–
San
nonko‘rsan
, man sani tuqqanim, jigarim, dedim. Ovqat berdim, kiyim berdim, bu
–
zulm
emish!
Non
–
namak t
o‘g‘ri ma’noli polisemant leksema bo‘lib, uning ikki ma’nosi
farqlanadi va kelib chiqish
asoslariga ko‘ra
o
linma so‘z hisoblanadi. U fors, tilidagi
نان
و
کمن
–
n
on tuz ma’nosini anglatadi: 1. Rizq
–
ro‘zi, nasiba, ulush, hissa; 2. Yeyishlik
–
ichishlik narsa, ovqat
. Bu ma’nolar umumiy taom arxisemasining nutqiy ko‘rinishlarini
ifoda etadilar: U har gal shaharga tushganda, non
–
namak olib, o‘sha yerga intilar,
L
a’
lining tu
zalishidan umidvor bo‘lar....edi.
Shuni ta’kidlash lozimki, non
–
namak bo‘lmoq ko‘makchi fe’li bilan birikib, turg‘un
birikma maqomiga o‘tadi va frazeologik ma’no kasb etadi. Bu ham bo‘lsa, suhbatda
bo‘lmoq, birgalikda ovqatlanmoq; biror o‘tirishda, mehmonda birga bo‘lmoq
: Sodiqjon
aka bilan biz bir necha bor non
–
namak bo‘lganmiz
; U kishi davrning guli (Gazetadan).
G
ap mazmunidan ko‘rinib turibdiki, ushbu frazemaning asl ma’nosi birgalikd
a
ovqatlanmoqdir. Aynan shu nuqtai nazardan tuz
–
nama
k bo‘lmoq frazemasi non
–
namak bo‘lmoqning sinonimi deb hisoblash mumkin. Qiyoslang: Yo‘lni yashna
tayotgan
odamlar yonida bo‘lish ishtiyoq
i
uni (yarani) cho‘lquv
ar bilan tuz
–
namak (yoki non =
namak) b
o‘lib yashashga da’vat etdi
. Funksional
–
uslubiy xususiyatlariga ko‘ra hozirda
tuz
–
namak bo‘lmoq non
–
namak bo‘lmoqqa nisbatan faoldir.
Non
–
namak, non
–
nasiba, osh
–
non, non
–
nasiba, tuz
–
nasib(a), tuz-namak kabi
leksik birliklar bilan sinonimik munosabatiga umumiy ovqat, taom integral semasi orqali
bir qatorga birlashadilar.
Tuz
–
namakning birinchi ovqatning tuzlanganlik darajasi, tuzining past
–
balandligi differansia
l ma’nosi bilan farq
lanadi. Shuningdek, non
–
nasiba, tuz
–
nasib(a)
leksemalari boshqalardan tarkibida Olloh tomonida beriladigan rizq
–
ro‘z, nasiba
differensial semasi mavjudligi bilan farq qiladi. Qiyoslang: Bilmayman, tuz
–
nasib (non
–
nasiba) qayerga tortar, m
enda yo‘qdir, bova, sira ixtiyor (Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li)
. Yuqoridagi
qo‘shma ot leksema maqomidagi so‘zlar umumiy N+N=CN model asosida yuzag
a kelib
non, tuz elementlari so‘z tar
kibida birinchi pozitsiyani, boshqa elementlar keyingi
pozitsiyani egallaydilar.
Osh
–
non
leksemasida tartib o‘zgarish bilan (non
-
osh) “
oziq
–
ovqat” semasi o‘zgarma
gan kuzatiladi: Muhabbat osh
–
non bo‘lib qorin to‘yg‘azmaydi.
Yana bir fors tilidan o‘zlashgan nonxo‘rak (forscha
نان
روخ
-non yeyish vaqti) arxaik
so‘z eski usuldagi maktabda tan
affus vaqti va shu vaq
tdagi ovqatlanish ma’nos
ini
anglatadi. Ushbu so‘z forscha non va xo‘rak (ma’nosi ovqat, oziq, yemish, ishtaxa) ot
leksemalarining o‘zaro qovush
uvi N+CW
modeli asosida hosil bo‘lgan. Bunday qovushuv
i
yuqoridagi yangi ma’noni paydo qilgan: Bugun tushda nonxo‘rakka uyga kelmas ekan
.
K
o‘rinib turibdiki, nonxo‘rlik so‘zi badiiy asarlar matnida kam bo‘lsa
–
da uchrab turadi.
Nonxo‘r poliseman
t leksemasi etimologik jihatdan forscha
نان
روخ
so‘ziga bevosita
aloqador bo‘lib, u non yeyuvchi, boq
i
manda ma’nosiga ega. Ush
b
u qo‘shma so‘z non ot va
sifat so‘zlar negizida yuzaga kelgan. 1. Nonni yaxshi ko‘radig
a
n, ko‘p yeydig
an. 2. Biror
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
373
oila boshlig‘ining ta’minotida, qarmog‘ida bo‘lgan kishi, xo‘randa, jon, 3. Ko‘chma
. nafar
tekintomoq, tekinxo‘r. Masalan, Non xo‘rga non, oshxo‘rga osh (Maqol)
; Oilam oltita
nonxo‘rdan iborat; O‘z uyida bir nonxo‘r ortishi
, mahdumga, albatta yoqmas edi.
Misollar tahlili Nonxo‘rning birinchi va ikkinchi ma’nolari ijobiy uchinchi ma’nosi
esa salbiy konnotatsiyaga ega ekanligini ko‘rsatdi. Nonxo‘rning uch
i
nchi ma’nosi
ikkilamchi, bog‘li ma’nodir
. T
ekintomoq, tekinxo‘r leksemalari aynan shu sema asos
ida
ma’nodoshdirlar.
Mazkur leksemaning birinchi ma’nosiga ko‘ra hali lug‘atlarda o‘z aksini topmagan,
lekin so‘zlashuv muloqo
tida uchraydigan nonqopi
sifat so‘z turkumiga mansub leksema
bilan ma’nodoshlik munosabatida bo‘ladi. Nonxo‘rning uchinchi semasiga ko‘ra nonqopi
ot leksemasiga sinonim hisoblash mumkin:. Haligi non -qopi bola qani?; Nonqopilar, tur
o‘rni
ngdan, ishla!
Shuni alohida ta’kidlash joizki, sinonim leksik birliklarga baho berishda ularning
semantik maydondagi o‘rniga, ya’ni qo‘llanishidagi faollik samarasi, kontekstual
–
uslubiy
jihatlari, etnolingvistik va psixolin
gvistik xususiyatlari kabilarni e’tiborga olish ular
borasida chuqur va atroflicha bilimlarga ega bo‘l
i
shni ta’minlaydi.
Non konsepti leksik qatlami ifodalarini mavzuiy tasniflash ham joiz, deb
hisoblaymiz. Professor E. Begmatov
fikriga qo‘shilgan holda, tematik gu
ruh (yoki qator
deganda bir umumiy mavzu, g‘oya atrofiga birlashgan (u
y
g‘
un
lashgan) so‘zlar majmuini,
yig‘indisini tushunamiz).
Non
leksik
–
semantik maydoni uzvlari o‘rtasida uyg‘un
lik munosabatini belgilashda
arxisema
(umumiy ma’no) belgi
si hisobga olinada. Chunki, professor A.Sh. Sobirovning
to‘g‘ri ta’kidlashicha, “leksemalarni bitta uyaga birlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat
qilayotgan umumiy ma’no shu uyaga kirgan barcha a’zolarda takrorlanish
i
shart”. Masalan,
kulcha, patir, ushoq, bulka, teshik kulcha (ingliz tilida loaf, crumb, crust, bun, bagel, cake,
toast,
toaster, bo‘lka, булочка, лаваш, хлеб, хлебница, хлебопёк, хлебороб va boshqa
leksemalarda non umumiy ma’nosi takrorlanmoqda.
Bu hol taom nonlarini anglatuvchi non
qovurma, nonpolov, non shashlik leksemalarida ham kuzatiladi.
Non
konseptining leksik ekspli
katorlari o‘zaro sintaktik munosabatiga kirishadilar.
Nutq jarayonida u yoki
bu leksik lisoniy birlik tanlovi o‘zbek tilining bugungi kunda amal
qilayotgan ichki tuzilish qonuniyatlariga muvofiq ravishda amalga oshadi. Bunday
so‘zlarning g
a
p va jumlalar voqelashuvi va boshqa so‘z bilan kombinatsiyaga kirishi
shi
xususyatini sintaktik valentlik deb tushunamiz. L
eksemalar o‘rtasidagi turli sinta
gmatik
munosabatlar chog‘ida semantik valentlik ham ro‘y beradi. Buni non leksemasining
o‘zbek tilidagi kombinatsion imkoniyatari misolida ko‘ramiz.
Tahlillar non leksemasi til va nutqda quyida
gi fe’llar bilan birikishi mumkinligini
ko‘rsat
di: yemoq, chaynamoq, tishlamoq, sindirmoq, ushatmoq, kesmoq, yutmoq, olmoq,
sotmoq, yopmoq, uzmoq, yasamoq, chekichlamoq, suvlamoq, tarqatmoq, pishirmoq,
yog‘lamoq, qovurmoq, to‘g‘ramoq, tanovul qilmoq, yopis
htirmoq, gullamoq, qaramoq,
qiza
rmoq, kuymoq, pishmoq. Non va fe’llar birikuvchi N+V va N ni +V so‘z birikmasi
modellari asosida yuzaga kelmoqda. Jumla tarkibida subyekt predmet yoki obyekt
–
predmet munosabatlarini namoyon etadilar (Modeli S+P va O+P).
Ko‘rinib turibdiki,
obyektlik ko‘rsa
t
kichi bo‘lgan
–
ni
shakl va ma’no ifodasi uchun obligator emas. Lekin
so‘nggi uchta fe’llar (gullamoq , kuymoq,
pishmoq) hech qanday morfologik
ko‘rsatkichlarsiz ega
–
kesim munosabatlariga kirishadilar. Bunday hollarda
ko‘makchi
fe’llar ham qo‘llanishi mumkin (gullab ketmoq kuyib ketmoq, qizarib ketmoq, pishib
qolmoq).
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
374
Non leksemasi unga qo‘shni o‘z toifasidagi va boshqa leksemalar bilan atributiv
aniqlovchi aniqlanmish munosabatiga kirishishi mumkin. Bu hol non mahsulotlari turi
(patir non, kulcha non, bulka non lavsh non), ingredimentlari (qiymali
non, do‘lta non,
go‘shtli non, piyozli non, q
oqili non, g
ijda non, obi non, sutli non, yog‘li non, sedanali non,
bug‘doy non, arpa non, jo‘
xori non, jizzali non, qiyomli non) shakli (katta, kichik,
dumoloq, to‘rtburchak, uzun)
,
sifati (ko‘pigan, ko‘pimagan, kuygan, pishgan, pishmagan,
xomsiq, quritilgan),
tami (mazali, totli, bemaza, sho‘r, tuzsiz, tuzli)
, rangi (oq non olmoq,
qora non olmoq) kabi leksemalar bilan sintagmatik
aloqasida ko‘rinadi. Bundaylar Natr +
N, Natr+li+N, Vp1+gan/magan+ N, Pref+N+N; Natr + suf+N, Atr+N+V kabi modellar
asosida yuzaga keladi.
So‘z birikmasi tarkibidagi ma’nolari voqelantiruvchi va o‘zaro aloqa o‘rnatishda
kelishik qo‘shimchalari (
-ga, -ning,-dan,-ni,
–
da kabi, ko‘makchilar (bilan uchun, haqida
to‘rida, boshqa, tashqari, bo‘lak, tomon) egalik qo‘shimchalari (
-m,
–
im,
–
ng,
–
ing,
–
i,
kabilar) muhim analitik va sintaktik funksional shakllar rol o‘ynaydi. Masalan: nonni
nonga yuzlanmoq, non bilan yemoq, non uchun ishlamoq, noniga tegmoq, nonimizning
ta’mi kabi misollardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilida leksemalararo munosabatlarini
ng
grammatik funksional (sintaktik) shakllari leksema tarkibida ketma
–
ketlikda
joylashadilar (shaxs, egalik).
O‘zbek tili materiallari tahlili ko‘makchi
l
i so‘z birikmalari bosh ke
lishikdagi
non
ot
leksemasi bilan qo‘llanuvchi
bilan uchun
j
o‘nalish keligi
dagi
non
ot leksemasi bilan
qo‘llanuvchi (qarab, tomon), chiqish kelishigidagi
non
leksemasi bilan (so‘ng, keyin,
boshqa, tashqari) qo‘llanadi
gan va ko‘makchi ot vazifasidagi so‘zlar bilan qo‘lanuvchi
ustida, old bosh non leksemasi deb tasniflash imkonini berdi.
Bunday erkin birikmalar N + Aux: word+V; Nga + V, N ning+N; N dan + AuxW;
N+Aux+N kabi modellar asosida yuzaga keladilar.
Non
leksemasi frazeoemalar tarkibida ham kelishi kuzatildi: non(i)ni tuya qilmoq (
bo‘sh
–
bayovligidan foydalanib, aldab
–
su
ldab xaqini o‘zlashtirmoq
), non yemoq (biror
narsadan foydalanib tirikchilik qilmoq, kun kechirmoq), non sindirish (ushatish) (etn.
n
igoh to‘yi marosimlaridan bir qismi; sovchilar keltirgan dasturxon ochilib shu rozilik
belgisi sifati
da non sindirilishi va to‘y bilan bog‘liq
tadbirlarni belgilanishi, hal qilinishi),
noni butun (tirikchilik, yashash uchun zarur narsalari but; muhayyo, hech narsadan
kamchiligi yo‘q, bekam
–
ko‘st, to‘kis)
, noni yarimta (biror sherik yoki raqobatchi tufayli
topish -tutishi kamaygan, yetishmay qolgan), osh
–
qatiq bo‘lmoq (biror shaxs bilan bordi
keldi qilmoq, yaqin munosabtda bo‘lmoq, non
–
namak bo‘lmoq (suhbatda bo‘lmoq,
birgalikda ovqatlanmoq,
biror o‘tirishda, mehmonda birga bo‘lmoq) va boshqalar.
Non
komponentli frazeoe
malar ham lug‘aviy
birlik sanaladi. Frazeoema tashqi
ifoda plani va leksik tark
ibiga ko‘ra erkin so‘z birikma yoki gapga teng bo‘lish mumkin.
Patir ushatish (unashish, unashtirish marosimi), hamir (ning) uchidan patir(katta
narsaning, ishning boshla(n) masi, dastlabki kichik bir qismi, ulushi), nonni nanna demoq
(katta bo‘lgani bilan yosh bolalar
cha fikrlaydigan), nonimni tuya qilishdi (gap frazeoema)
va boshqalar. Bunday frazeoemalar yaxlit h
olda ko‘chma ma’no ifoda
etmoqdalar. Bunday
o‘zbek xalqi va tilig
a xos birliklarni lakuna frazemalar deb atash maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Bunday non komponentli frazeologizmlar
o‘zbek xalqi umumiy leksik fondidan
qadim qadimlardan zamonlardayoq o‘rin olib ulgurgan va hozirda ham qo‘llanib
kelayotgan birliklardir. Shu bois ularning tarkibidagi leksik birliklarni va strukturasini
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
375
o‘zgartirish mumkin emas. Biroq, shuni aytish lozimki, badiiy asarlar
matnida jonli
so‘zlashuv nutqida ifodali
likni, obrazlili
kni ta’minlash maqsadida bunda
y talablardan
chetlatish kuzatiladi. Shuni aytish lozimki, bunday frazemalarning asl mazmuni
o‘zgarmaydi. Qiyoslang: Pulni pul chaqiradi
–
noni non chaqiradi.
Ikkinchi frazeologik tipdagi gapda qo‘llangan non leksemasi birinchi gapdagi pulga
kontekstual s
inonim sifatida qo‘llangan
. Yuqorida aytilgandek, bu toifa FB larning
semantik tarkibida frazeologik ma
’
nodan tashqari uslubiy (ijobiy, salbiy) b
o‘
yoq ham
mavjud bo‘ladi.
Non komponentli frazelogizmlarni qaysi so‘z turkumiga mansubligiga ko‘ra fe’l
frazeologizmlar (non yemoq), ot frazeologizmlar (non (patir) sindirish), sifat
frazeologizmlar (noni yarimta, noni butun), turlari aniqlandi.
O‘zbek tilidagi non tarkibli FB lar kishilarning moddiy ahvoli, miqdor, harakat,
belgi kabi ma’nolarini farqlaymiz. Masa
lan, non tarkibli FB lar miqdor (narsa
–
buyumning miqdor belgisi)ni ifodalaydi: hamir uchidan patir: Yoki noni butun, noni
yarimta kishilarning moddiy ahvoli darajasini ifodalaydilar; Non ursin! Qar
g‘
ish, qasam
ma’nosida, non namak bo‘lmoq fraze
ologizmli mehmondor
chilik ma’nosida qo‘llanadigan
frazemlardir.
FB lar tarkibini tashkill
ovchi non va boshqa leksik birliklar o‘rtasidagi aloqalar
modelining uch turini farqladik:
1.
Non (km)+BLB(TM)
2.
Non (km) + BLB (km)
3.
Non (xm) + BLB (xm)
Tahlillarga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, non konsepti nominativ
maydonini tashkillovchi uzvlar til tizimining turli sathlariga mansubligi, ularning
semantik mundarijasi miqyosi keng va turli
–
tuman ekanligi, nominativ birliklar
strukturasi va miqdori ko‘p ekanligi uning o‘zbeklar uchun kommunikativ jihatdan
relevantligidan dalolatdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Begmatov, E. Sh.
Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. –
Тошкент: Фан, 1985. –
Б. 116–
125.
2.
Собиров А.Ш. Ўзбек тили лексикасининг айтем
-
структур таҳлили
//
Biomonitoring, 2022.
–
Б. 157.
3.
Ойбек. Болалик / Ойбек. –
Тошкент: Ўқитувчи, 1972. –
64 б.
4.
Қодирий
А. Меҳробдан чаян / Абдулла Қодирий. –
Тошкент: Ғафур Ғулом
номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986. –
128 б.
5.
Ғулом
Ҳ. Машъал / Ҳамид Ғулом. –
Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. –
240 б.
6.
Акбарий С. У ҳаётни севади / Сирожиддин Акбарий. –
Тошкент: Ёш
гвардия, 1977. –
72 б.
7.
Ашуров Т. Оқ от / Тоҳир Ашуров. –
Тошкент: Ёш гвардия, 1983. –
80 б.
8.
Айний С. Эсдаликлар / Садриддин Айний. –
Тошкент: Ғафур Ғулом
номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1960. –
320 б.
9.
Нурматов А. Танланган асарлар. III жилд / Абдулла Нурматов. –
Тошкент:
Академнашр, 2012. –
160 б.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2025) / ISSN 2181-3701
376
10.
Ойбек. Танланган асарлар. 6 жилдлик. 1
-
жилд / нашрга тайёрловчилар:
Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. –
Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги
нашриёт
-
матбаа ижодий уйи, 2006. –
456 б.
11.
Ғулом Ғ. Шум бола / Ғафур Ғулом. –
Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти, 2014. –
176 б.
12.
Hornby A. S.
Oxford Advanced Learner’s Dictionary of Current English.
–
6th ed.
–
Oxford: Oxford University Press, 2000.
–
1336 p.
–
P. 80.
13.
Исмоийлий
М
.
Фарғона
тонг
отгунча
.
–
Тошкент
:
Адабиёт
ва
санъат
нашриёти
, 1983.
–
432
б
.
14.
Ойбек
.
Қутлуғ
қон
/
тўпловчи
ва
нашрга
тайёрловчи
Т
.
Қудратов
.
–
Тошкент
:
Ўқитувчи
, 1975.
–
132
б
.
15.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Тўртинчи жилд: Е.
–
Тошкент:
“Ўзбекистон миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриёти, 2020. –
57
б.
16.
Abduvaliyev M.A.
"To‘siqsizlik" konsepti nominativ maydonini tashkil etuvchi
birliklarning kognitiv, lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari (ingliz, o‘zbek va
boshqa tillar misolida) : Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya.
–
Andijon, 2023.
–
94 b.
17.
Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари –
Тошкент.: Ўқитувчи, 1995.
-
б.14
-15
18.
Hуpмонов A. Танланган асарлар I
II
жилд.
E
–
Тошкент: Aкадeмнашр, 2012.
–
Б. 1
54-155.
19.
Виноградов В.В. Основные типы лексических значений слова // Избранные
труды. Лексикология и лексикография
.
–
М.: Наука, 1977. –
С. 182–189.; Фомина М.И.
Лексика современного русского языка
.
–
М.: Просвещение, 1972. –
С. 32.
20.
Турсунов У., Мухтаров Ж., Рахматуллаев Ш. Ҳозирги
ўзбек адабий тили
.
–
Тошкент: Ўзбекистон, 1992. –
Б. 89–
101.
21.
Нурмонов А., Расулов Р. Ўзбек тили жадвалларда
.
–
Тошкент: Ўқитувчи,
1993.
–
Б. 26.
22.
Кольшанский
Г.В.
Некоторые
вопросы
семантики
языка
в
гносеологическом аспекте // Принципы и методы семантических исследований. –
М.: Наука, 1976. –
С. 7.
23.
Солнцев В.М. О лингвистических мифах // Знание языка и языкознание
.
–
М.: Наука, 1991. –
С. 63.
24.
Потебня А.А. Из лекций по теории словесности
.
–
Харьков: Тип. М.
Зильберберг и Сыновья, 1905. –
328 с. –
С. 123.
25.
Потебня А.А.
Мысль и язык
.
–
Харьков: Изд. А.А. Поповой, 1913. –
324 с. –
С.
145
–
146.
26.
Алефиренка Н.Ф. Спорные проблемы семантики
.
–
М.: Гнозис, 2005. –
208
с. –
С. 11–
12.
27.
Верещагин Е.М., Костомаров В.Г. Лингвострановедческая теория слова //
Язык и культура: Лингвострановедческий аспект
.
–
М.: Русский язык, 1980. –
С.
192
–
193.
28.
https://ru.wikipedia.org
29.
https://uzbaza.uz/til-haqida-maqollar
