Research methods of pedagogy

Abstract

The article analyzes methods of research activities in the field of pedagogy. Pedagogical science, like any other scientific discipline, has unique research methods designed to study specific aspects of educational processes. Both traditional and innovative research methods that are actively being introduced into teaching practice are discussed.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
741-744
23

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdullaeva , X. . (2024). Research methods of pedagogy. Foreign Linguistics and Lingvodidactics, 2(1/S), 741–744. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/67721
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article analyzes methods of research activities in the field of pedagogy. Pedagogical science, like any other scientific discipline, has unique research methods designed to study specific aspects of educational processes. Both traditional and innovative research methods that are actively being introduced into teaching practice are discussed.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Research methods of pedagogy

Khavokhan ABDULLAEVA

1


Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024

Received in revised form

10 May 2024

Accepted 25 May 2024

Available online

25 June 2024

The article analyzes methods of research activities in the field

of pedagogy. Pedagogical science, like any other scientific
discipline, has unique research methods designed to study
specific aspects of educational processes. Both traditional and

innovative research methods that are actively being introduced
into teaching practice are discussed.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1

/S

-pp741-744

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

research,

scientific problem,

method,

objective essence,

observation,

conversation,

questionnaire,

test,

pedagogical analysis,

pedagogical experience,

mathematical statistics,

prediction (forecast )

Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

tadqiqot,

ilmiy muammo,

metod,

ob'ektiv mohiyat,

kuzatish,

suhbat,

anketa,

test,

pedagogik tahlil,

pedagogik tajriba,

matematikaviy statistika,

bashorat (prognoz)

Aniq izlanish predmetiga ega bo'lgan pedagogika fani ham

o‘zga fanlar singari o'z mohiyatini yoritish va materiallarini
to‘plash uchun maxsus uslublar va vositalardan foydalanadi. Ular

fanning metodlari deb yuritiladi. Ushbu maqolada pedagogika
fanining ilmiy-

tadqiqot metodlari haqida so’z yuritiladi.

1

Senior teacher, Department of General Pedagogy, Andijan State University


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

742

Научно

-

исследовательские методы педагогики

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

исследование,

научная проблема,

метод,

объективная сущность,

наблюдение,

беседа,

анкета,

тест,

педагогический анализ,

педагогический

эксперимент,

математическая

статистика, прогноз

(Прогноз)

В

статье

анализируются

методы

научно

-

исследовательской деятельности в области педагогики.
Педагогическая наука, как и любая другая научная

дисциплина,

обладает

уникальными

методами

исследования,

предназначенными

для

изучения

специфических аспектов образовательных процессов.

Обсуждаются как традиционные, так и инновационные
исследовательские методы, активно внедряемые в

педагогическую практику.

Har qanday fan o‘zining ilmiy

-

tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z

mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani

o‘rgatish va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar

mavjud

bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim –

degan

muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir. Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va

yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va va

zifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy

-

tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real
jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshiri

sh, bilish metodlari,

uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz. Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash
jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi:

Ularning umumiy aloqasi, bir-

birini taqozo etishi hamda o’zaro ta’sir jarayonida

bolalarni o’qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq, va san’at, ta’lim

-tarbiyaning qayerda

amalga oshirilishidan qat’iy nazar uzviy aloqada bo’lishi;

Ularning to’xtovsiz harakati, o’zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan

o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari, metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil
andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkin emasligi;

Bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, aqliy va xulqiy

faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga tayanish;

Bolalar

kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf

-odatlar, ular eskilik bilan yangilik,

o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va boshqalar ;

Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib

borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy

va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi, shaxsni har tomonlama kamol toptirish
imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs

ma’naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya
jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish,

mavjud

ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora

-tadbirlarni

belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning

samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv om

illarga bog‘liq.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

743

Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo

etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo’lgan
jarayon bo’lib, uning samarali bo’lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zar

ur. Ular

quyidagilardir:

1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;

2) ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi;

3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi;

4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;
5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh,

psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining

to‘g‘ri hisobga olinganligi;

6) tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o‘tish;

7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi;

Shuningdek, metodlar belgilanishida dars jarayonida ishtirok etayotgan o’quvchilarning

ko’nikmasi, o’zlashtirish darajasi hisobga olinadi va o’rni kelganda bir vaqtda bir nechta

metoddan foydalanishga to’g’ri keladi. Bunday vaziyatda metodlar bir

-biriga mu

tanosib bo’lishi

va o’quvchilar darajasiga mos bo’lishi ham kerak. Pedagogika fanining ilmiy

-tadqiqot usullari

qanchalik to’g’ri tanlansa, ta’lim

-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada

yuksaladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ilmiy

-tadqi

qot metodlari aynan tizimi hozirgacha fanda to’la

yaratilmagan, hal etilmagan. O’qituvchilar bilim ko’nikmasi oshgani sari tadqiqot metodlarning

soni va usullari ortib boradi.

Hozirda asosan mavjud bo’lgan metod usullari quyidagilarni tashkil etadi:

1. Adabiyotlarni o’rganish metodi;

2. Kuzatish metodi;
3. Suhbat metodi;

4. Bolalar ijodini o’rganish metodi;

5. Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi;

6. Eksperiment-tajriba, sinov usuli;
7. Test sinovlari metodi;

8. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usuli;

9. Matematik va kibernetik usullar;

10. Sotsiollogik tadqiqot metodi.

Ma’lumot o’rnida shuni ham aytib o’tish joizki, Zamonaviy pedagogika nazariyasida

nimani o'rganish va o'rgatish, kimni va qanday tarbiyalash lozim, degan masalalar bugungi

kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmasdan, o'zaro uzviy bog'liqlikda yechimini kutmoq

da.

Pedagogika fani o'z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik

hodisa va nazariyalarni, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan

o'rganadi. Aniq izlanish predmetiga ega bo'lgan pedagogika fani ta'lim-tarbiya masalalariga
aloqador jarayonlarning mohiyatini yoritish va materiallar to'plash uchun maxsus metodlar va

vositalardan foydalanadi. Ular fanning metodlari deb yuritiladi.

Zamonaviy fanning ilmiy -tadqiqot metodlari yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va

o'qitishning aniq jarayonlariga xos bo'lgan ichki aloqa va munosabatlarini bilish yo'llari, usullari

va vositalarini o‘rganadi.

Pedagogikaning ilmiy -tadqiqot metodlari qanchalik to'gri tanlansa ta'lim - tarbiya

mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham

boyib boradi. Pedagogika fani o'z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

744

pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan uslublari

bilan o'rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot uslublari deganda, yosh avlodni tarbiyalash,

bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa

va munosabatlarni

tekshirish, bilish yo‘llari, usullari va vositalari majmui tushuniladi. Metodlar asosan ikki usul
yordamida amalga oshiriladi. Bular: kuzatish va tajriba. Kuzatish ilmiy pedagogik metodi bo’lib,

pedagogik voqea va hodisalarni ilmiy asosl

ashga tayanadi. Tajriba bo’lsa ta’lim

-tarbiya

jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini aniqlash maqsadida

o’tkaziladi. Kuzatishning ikki turi mavjud bo’lib, oddiy kuzatish hayotiy voqea

-hodisalarni tahlil

qilish bilan cheklanadi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot esa pedagogik voqea-hodisalarning ichki

qonuniyatlarini, mohiyatini ilmiy asoslab beradi, maxsus kuzatish natijalari qayd etib boriladi.

Tajriba ham ikki turga bo’linib, labaratoriya o’tkaziladigan tajriba va tabiiy holat

da

o’tkaziladigan tajriba. Labaratoriya o’tkaziladigan tajriba maxsus ajratilgan xonalarda, didaktik
vositalar yordamida o’tkaziladi. Bu labaratoriya jarayonlaridan asosan, kimyo va fizika

fanlarida o’qilgan nazariyani amaliyotda qo’llashda foydalaniladi. Tabiiy holatda o’tkaziladigan
tajriba esa shaxs rivojlanishining turli bosqichlarida o’tkaziladi. Ya’ni psixologik va jismoniy

holatlarning bosqichlarida bo’lishi mumkin.

Muammo - bu ilmiy-tadqiqot ishidagi yechimi talab qilinadigan nazariy yoki amaliy

masala bo’lib, u mavzuning dolzarbligi asosida ifoda qilinadi. Ular ilmiy, ilmiy, uslubiy, ilmiy

-

metadologik jihatdan tadqiq etiladigan masaladan iborat bo’ladi. Ilmiiy tadqi

qot ishi davomida

muammoni to’g’ri qo’yish va unga mos tadqiqot maqsadini aniqlash muhim bosqich

hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, barcha ilmiy izlanishlar va metodlarni qo’llanishi ma’lum bir

masala-muammoga yechim va unga yakuniy xulosalar berishdan iborat. Asosiy masala esa

o’sha muammoni aniq topish va to’g’ri yechim bera olishdir. Dars o’tish jarayonida sin

fdagi yoki

dars holatidagi muammolarni to’g’ri yo’nalish bilan bartaraf etish o’qituvchining vazifasidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

B.X. Xodjayev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” “Sano

-standart Toshkent

-

2017

2.

M.X.Toxtaxodjayeva

“Pedagogika” “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti

Toshkent-2010

3.

X. Ibragimov, SH.Abdullayeva “Pedagogika nazariyasi” “Fan va texnologiya” Toshkent

-2008

4.

J. Hasanboyev, X.A. To’raqulov, I.Sh. Alqarov, N.O’.

Usmanov “Pedagogika” “Noshir”

Toshkent-2011

5.

Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН

ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural

and social sciences, 3(1/2), 92-96.

6.

Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий –

психологик тасвир муаммоси объекти

сифатида. O‘zMU xabarlari. Toshkent –

2022. №1/5.

7.

Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic

Psychological Image in

Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 2795-7365.

8.

Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in

"Boburnoma" Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue:

06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.

References

B.X. Xodjayev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” “Sano-standart “ Toshkent-2017

M.X.Toxtaxodjayeva “Pedagogika” “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti Toshkent-2010

X. Ibragimov, SH.Abdullayeva “Pedagogika nazariyasi” “Fan va texnologiya” Toshkent-2008

J. Hasanboyev, X.A. To’raqulov, I.Sh. Alqarov, N.O’.Usmanov “Pedagogika” “Noshir” Toshkent-2011

Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий – психологик тасвир муаммоси объекти сифатида. O‘zMU xabarlari. Toshkent – 2022. №1/5.

Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic – Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 2795-7365.

Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.