Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Priority principles for improving competencies regarding
the family economy of students
Maftuna NURMATOVA
Kokand State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
10 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
25 June 2024
Pedagogical education is considered a consistent, continuous,
systematically organized process during a certain period -
bachelor's or master's period - on the basis of a specific goal of
improving students' competencies related to family economics.
In the article, the principles that gain priority in the pedagogical
activities aimed at this goal in improving the competencies of
students in the process of pedagogical education are analyzed.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
pedagogical education,
family economy,
priority principles,
problem-based education,
vitagenicity.
Talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni
takomillashtirishning ustuvor tamoyillari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
pedagogik ta’lim,
oila iqtisodi,
ustuvor tamoyillar,
muammoli ta’lim,
vitagenlik.
Pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid
kompetensiyalarni takomillashtirish aniq maqsad asosida
muayyan muddat
–
bakalavriat yoki magistratura davri davomida
izchil, uzluksiz, tizimli tashkil qilinadigan jarayon sanaladi.
Maqolada pedag
ogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga
oid kompetensiyalarni takomillashtirishda shu maqsadga
yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatda ustuvorlik kasb etuvchi
tamoyillar tahlil qilingan
1
PhD Student, Kokand State Pedagogical Institute, Kokand, Uzbekistan. E-mail: maftunanurmatova2020@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
789
Приоритетные
принципы
совершенствования
компетенций студентов по семейной экономике
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
педагогическое
образование,
семейная экономика,
приоритетные принципы,
проблемное образование,
витагенность
.
Педагогическое образование рассматривается как
последовательный,
непрерывный,
систематически
организованный процесс в течение определенного периода
-
бакалавриата или магистратуры
-
исходя из конкретной
цели повышения компетенций студентов, связанных с
экономикой семьи. В статье анализируются принципы,
которые приобретают приоритет в педагогической
деятельности, направленной на достижение этой цели в
совершенствовании компетенций студентов в процессе
педагогического образования.
KIRISH
Pedagogik ta
’
lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni
takomillashtirishda shu maqsadga yo
‘
naltirilgan pedagogik faoliyatda ustuvorlik kasb
etuvchi tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi.
V.M.Polonskiyning fikriga ko‘ra, tamoyil
(lot. “principium”, yunon. “αρχή” –
“boshlang‘ich”, “dastlabki”) “me’yoriy xarakterdagi asos yoki tegishli sohada barcha
ko‘rinishlarda keng ommalashgan faoliyat uchun umumiy ko‘rsatma” [7,]; “sub’yektiv
ma’noda asosiy holat, nuqtai nazar, ob’yektiv ma’noda boshlang‘ich o‘rin, dastlabki, eng
birinchi asos”[6] ma’nosini anglatadi. Bizning fikrimizcha, tamoyil muayyan jarayon,
harakat yoki faoliyat uchun yo‘naltiruvchi g‘oya, muhim talab, nazariya asos hisoblanadi.
O‘z mohiyati nuqtai nazaridan tamoyil faoliyatning “yo‘nalishlarini belgilab beradi hamda
muayyan jarayonning ijodiy tashkil qilinishi uchun xizmat qiladi [8].
Pedagogik manbalarda xarakteriga ko‘ra tamoyillar ta’lim hamda tarbiya jarayonida
tayaniladigan umumpedagogik va xususiy tamoyillarga ajratiladi. Talabalarda oila
iqtisodiga oid kompetensiyalarni takomillashtirishning ob’yekti sifatida garchi pedagogik
ta’lim jarayoni qabul qilinganligi sababli o‘qitish xarakteridagi tamoyillarni tanlashga
e’tibor qaratiladi. Biroq, tadqiqot muammosining mohiyati yechimni topishda ta’limiy va
tarbiyaviy xarakterdagi tamoyillar birligiga tayanib ish ko‘rish zarurligini ko‘rs
atadi. Zero,
ko‘zda tutilayotgan jarayonda talabalarda oila iqtisodiga oid tushuncha, malaka,
kompetensiyalarni rivojlantirish bilan birga mehnatsevarlik, tadbirlilik, tejamkorlik, pul
mablag‘lari va ularni sarflashga nisbatan oqilona yondashish, mas’uliya
t kabi sifatlar ham
tarbiyalanadi.
ASOSIY QISM
Pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid
kompetensiyalarni
takomillashtirish jarayonida ana shu maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatning yo‘naltiruvchi
g‘oyalari sifatida quyidagi ustuvor tamoyillar belgilangan (1
-rasm):
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
790
1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga moslik tamoyili.
Ayni vaqtda shaxsni iqtisodiy
ijtimoiylashtirishda xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, milliy hunarmandchilik,
fermerlik kabi faoliyat turlarining jamiyat hayotida paydo bo‘lishi va mustahkam o‘rin
egallashi, kichik ishlab chiqarishning joriy qilinishini inoba
tga olish zarur. Pedagogik ta’lim
jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni takomillashtirishda ham
ularning mazkur yo‘nalish turlari, mazmuni va uslublari bilan tanishtirish maqsadga
muvofiqdir. Ilmiy-pedagogik tadqiqotni olib borishda talabalarni xususiy tadbirkorlik,
oilaviy tadbirkorlik, milliy hunarmandchilik, fermerlik kabi faoliyat turlariga faol jalb
qilish, ular bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantiri
sh alohida ahamiyat kasb etdi.
2. OTM va oilaning ijtimoiy-madaniy integratsiyasi tamoyili
. Yagonalik
(yaxlitlik) va universallik (umumiylik)ning ko‘rinishi bo‘lgan ijtimoiy hodisa va jarayon
sifatida OTM bilan oila o‘rtasidagi ijtimoiy
-madaniy integratsiya talabalarni oila iqtisodi va
uni yuritishga oid bilimlar bilan qurollantiradi, oila xo‘j
aligini boshqarish borasidagi
malaka va kompetensiyalarni samarali o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Bunda OTMning
o‘qitish hamda ma’naviy
-
ma’rifiy ishlarni muayyan rejaga muvofiq izchil, tizimli, uzl
uksiz
tashkil etishdagi tajribasi, oilaning esa mehnat va farzandlarni mustaqil hayotga
tayyorlashdagi ijtimoiy layoqati muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
OTM va oila kabi ijtimoiy sub’yektlar tajribalarini o‘zaro integratsiyalash bozor
munosabatlari sharoitida talabalarning samarali iqtisodiy ijtimoiylashuviga yordam
beradi. Bunda, ayniqsa, OTMning oilalarga ko‘rsatadigan amaliy
-metodik yordami
talabalar to
monidan oila iqtisodi va uni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishga oid bilim, ko‘nikma,
malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
3. Xalqaro tajribalarga tayanish tamoyili.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan xorijiy
mamlakatlar bolalar, yoshlar, hatto katta yoshli shaxslarni iqtisodiy munosabatlarga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
791
tayyorlash, ularda oila iqtisodini yuritishga oid malakalarini shakllantirishda boy tajribaga
ega. Bu tajriba asosini o‘yin texnologiyalari tashkil etadi.
Xususan, AQSHda “Monopoliya”, “Pul oqimi”, Buyuk Britaniyada “Marbles”, Rossiya
FRda “Ekonomikus”, “Yuztaliklar”, “Iqtisodiy o‘n ikkilik” o‘yinlari ijtimoiy sub’yektlarni
real iqtisodiy munosabatlar jarayonida faol, samarali ishlashga tayyorlaydi.
4.Nazariya va amaliyot birligi tamoyili.
Pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda
oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni takomillashtirishda nazariy bilimlar berishni
talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy
mashg‘ulotlar bilan qo‘shib olib borilishi kutilgan natijalarni kafolatlaydi. Bunda ma’ruza
mashg‘ulotlarida tegishli mavzu doirasida shaxs iqtisodiy faoliyati va uni tashkil etishga
oid bilimlarni oila iqtisodiga oid tushunchalar bilan boyitish, daromadi va xarajatlari
misolida oilaning bir va uch oylik, yarim yillik hamda yillik iqtisodiy faoliyatini
rejalashtirishga oid auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish mumkin. Bunday
mashg‘ulotlarni mustaqil ta’lim hisobidan ham amalga oshirish imkoniyati m
avjud.
5.
Oila an’analarining ustuvorligi va tarixiy vorisiylik tamoyili.
Har bir oila
o‘zining muayyan an’analariga ega. “Oilaning tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlari asosida vujudga
kelib, avloddan avlodga meros sifatida o‘tish orqali oila a’zolarining ma’naviy
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy
-
madaniy hodisa”[3] bo‘lgan oila an’analari
(yoki oilaviy an’analar) oilada farzandlarni har tomonlama tarbiyalashga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Oila an’analari yillar, balki asrlar davomida shakllanadi va u oila a’zol
arining
hayotiy-
ma’naviy ehtiyojlari, tajribasiturmush tarzi, kasbiy yoki maishiy faoliyati turiga
tayanadi.
Pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni
takomillashtirishda oilalarda fermerlik, savdo-sotiq, hunarmandchilik (kashtachilik,
zardo‘zlik, do‘ppido‘zlik, kulollik, pichoqchilik, kandakorlik, duradgorlik, temirchilik,
nov
voylik, oshpazlik, qandolatchilik, gilam, atlas hamda adras to‘qish va boshqalar), kichik
ishlab chiqarish yo‘nalishlarida shakllangan tadbirkorlik faoliyati an’analari muhim
ahamiyat kasb etadi. Qayd qilingan yo‘nalishlarda farzandlarning oila an’analari
ruhida
tarbiyalash ularda yoshlikdan mehnat va tegishli faoliyat jarayoniga qiziqishni uyg‘otadi.
Qolaversa, farzandlar balog‘at yetgunga qadar ularda mehnat va tegishli faoliyat jarayonini
samarali tashkil qilish malaka, kompetensiyalarini rivojlantiradi.
6.Individual qobiliyatni hisobga olish tamoyil
i. Oila iqtisodini yuritish shaxsdan
muayyan layoqat, iqtidorga ega bo‘lishni taqozo qiladi. Bunda oilada ota
-onalar, OTMda
pedagog va moderatorlar har bir talabaning iqtisodiy faoliyatni tashkil etish yuzasidan
malaka, layoqat va iqtidorga egaligini tashx
islash hamda aniqlashga e’tibor qaratishlari
zarur.
7.Koorporativ yondashish va interfaollik tamoyili.
OTMning talabalari yosh,
psixologik xususiyatlariga ko‘ra bilimlarni tanqidiy, tahliliy hamda ijodiy, shuningdek,
guruhli yoki jamoaviy yondashgan holda o‘rganish qobiliyatiga ega shaxslar sanaladi. Shu
sababli tadqiqot jarayonida respondent-talabalar tomonidan oila iqtisodi asoslariga oid
bilimlarning o‘rganilishi, oila xo‘jaligining oqilona yuritilishi, oilaviy byudjetning samarali
shakllantirilishi, oiladagi pul mablag‘i yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolarning
ijobiy hal qilinishiga oid kompetensiyalarni o‘zlashtirishga erishish maqsadga muvofiq deb
topildi. Bunda talabalar “Oila xo‘jaligini rivojlantirish”, “Oilaning qo‘shimcha daromad
manbalari”, “Oilaviy tadbirkorlik”, “Oilaning iqtisodiy m
uammosini hal qilishning samarali
yo‘llari”, “Oila iqtisodini yuritishda oila a’zolarining imkoniyatidan foydalanish” kabi
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
792
mavzularda kichik tadqiqotni tashkil qilish, tadqiqot muammosiga tegishli mavzularda
ijodiy loyihalarni amalga oshirish kabi faoliyat turlariga jalb qilindi.
8.Muammoli vaziyatlarga asoslanish tamoyili.
OTM talabalarini bevosita
muammoli vaziyatlarni hal qilishga yo‘naltirish ularda oila iqtisodiga oid
kompetensiyalarni takomillashtirishda yuqori darajada samaradorlikka erishish imkonini
beradi.
Muammoli vaziyatlarni shakllantirishda quyidagilarni nazarda tutish talab qilinadi:
taqdim qilinayotgan muammoli vaziyat, keys talabalarni yangi munosabat, bilim, harakat
usullarini o‘zlashtirishdan iborat bilish
-anglash ehtiyojini yuzaga keltiradigan harakatni
bajarishga undashi lozim; talaba mavjud holatda muammoli vaziyat mazmunida
“yashiringan” noma’lumni “ocha bilishi” kerak; talabalarning qo‘yilgan masalani yechish,
mavjud sharoitni tahlil qilish hamda “noma’lum “sir”ni ochishdagi ta’limiy, tajribaviy
imkoniyatlari hisobga olish zarur”[7].
9.Faoliyatning vitagen xarakterga egaligi tamoyili.
Pedagogik ta’lim jarayonida
talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni takomillashtirishda respondentlarning
tegishli yo‘nalish bo‘yicha iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish orqali amaliy tajribaga ega
bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Zero, kompete
nsiyaga egalik bevosita mavjud bilim,
malaka, tajribalardan amaliy faoliyatda hech bir qiyinchiliklarsiz foydalanishni ifodalaydi.
Pedagogik manbalarda “vitagen” yoki “vitagenlik” tushunchasi shunday ta’riflanadi:
vitagen (lot. “vitalis” –
“hayotiy”) –
ijtimoiy (hayotiy) hodisalarga nisbatan munosabat
bo‘lib, vaqtincha yoki doimiy yashash yoki qayerdadir bo‘lish, qo‘nim topish[5] ma’n
olarini
anglatadi. A.S.Belkin, N.O.Verbiskayaning izohiga ko‘ra, vitagenlik shaxs uchun yetarli
darajada qiymatga ega bo‘lmagan holda u tomonidan hayot va faoliyatning u yoki bu
tomonlarini o‘zlashtirish[4] sanaladi.
Vitagen tajriba shaxs uni o‘z faoliyati amaliyoti orqali o‘zlashtirgani bois uzoq vaqt
davomida saqlanib qoladi, aksincha, keyingi hayotiy bosqichlarda tobora mustahkamlanib,
rivojlanib boradi. Pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid
kompetensiyalarni takomillashtirishda vitagenlik tamoyili ana shu maqsadga xizmat
qiladi.
XULOSA
Shunday qilib, pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid
kompetensiyalarni takomillashtirish aniq maqsad asosida muayyan muddat
–
bakalavriat
yoki magistratura davri davomida izchil, uzluksiz, tizimli tashkil qilinadigan jarayon
sanaladi.
Muayyan yo‘nalishlarda pedagogik faoliyatni olib borishda yo‘naltiruvchi,
boshlang‘ich g‘oyalar sifatida ijtimoiy
-iqtisodiy taraqqiyotga moslik, otm va oilaning
ijtimoiy-madaniy integratsiyasi, xalqaro tajribalarga tayanish, nazariya va amaliyot birligi,
oila an’analarining ustuvorligi va tarixiy vorisiylik, individual qobiliyatni hisobga olish,
koorporativ yondashish va interfaollik, muammoli vaziyatlarga asoslanish, faoliyatning
vitagen xarakterga egaligi kabi tamoyillarning ustuvor ahamiyatga egaligi aniqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
793
1.
Jon Gallo, Eileen Gallo. The Financially Intelligent Parent.
–
New York: New
American Library, 2005. - 223 p.
2.
Stacey B.G. Economic socialization in the pre-adult years / B.G.Stacey // British
Journal of Social Psychology.
–
London: 1982. 21 (2).
–
pp. 159-173.
3.
Pedagogika. Qisqacha izohli lug‘at / O‘.Asqarova, M.Usmonboyeva, X.Raxmatova,
F.Asqarova.
–
Namangan: Namangan DU, 2014.
–
133-b.
4.
Быкова Л.В., Терентьев А.Е. Биографии в образовательном процессе как
источник витагенного опыта // Ж. Педагогическое образование в России. –
Екатеринбург: 2007.
-
№ 1. –
С. 38.
5.
Даль В.И. Толковый словарь русского языка. –
М.: Эксмо
-
пресс, 1999. –
С. 126.
6.
Землянская Е.Н. Критерии и конкретизирующие показатели оценки
экономических знаний младших школьников. –
М.: 2000. –
С. 421.
7.
Полонский В.М. Словарь по образованию и педагогике. –
М.: Высш. школа,
2004.
–
С. 159.
8.
Принципы
и
закономерности
педагогического
процесса
//
https://zaochnik.com/spravochnik/
pedagogika/teorija-obuchenija/printsipy-i-
zakonomernosti-pedagogicheskogo-protse.
9.
Реан А.А., Бордовская Н.В., Розум С.И. Психология и педагогика. –
СПб.: Питер,
2010.
–
С. 289.
