Авторы

  • Хусния Джумагулова
    Преподаватель, 4-й общеобразовательная школа, Кокдалинский район Кашкадарьинской области

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67401

Ключевые слова:

словосочетание номинатив лексема понятие фразеологизм речь формальный фразема

Аннотация

В статье рассматриваются лингвопоэтические особенности использования языковых единиц в творчестве Откира Хошимова. Исследуется роль этих единиц в повышении эффективности и выразительности речи, а также их влияние на восприятие слушателем цели и содержания высказывания. Особое внимание уделяется тому, как структурные и стилистические особенности языка способствуют ускорению процесса восприятия и понимания текста.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The linguopoetic features of phrases in the works of Utkir
Khashimov

Khusniya JUMAGULOVA

1


4th general secondary school

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2024

Received in revised form

10 July 2024

Accepted 25 July 2024

Available online

25 August 2024

The article examines the linguo-poetic features of the use of

linguistic units in the works of Utkir Khashimov. It explores the

role of these units in enhancing the efficiency and
expressiveness of speech, as well as their impact on the

listener's perception of the purpose and content of the
utterance. Particular attention is given to how the structural
and stylistic characteristics of the language contribute to the

acceleration of the process of text comprehension and
perception.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2

/S

-pp117-120

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

phrase,

nominative unit,

lexeme,

concept,

phraseologism,

speech,

formal,

phraseme.

O‘tkir Hoshimov asarlarida iboralarning lingvopoetik

xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ibora,

nominativ birlik,

leksema,

tushuncha,

frazeologizm,

nutq,

rasmiy,

frazema.

Maqolada O‘tkir Hoshimov ijodida til birliklarining

qo‘llanishining lingvopoetik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.

Nutqning samaradorligi va ifodaliligini oshirishda bu

birliklarning roli, shuningdek, tinglovchining nutqning maqsadi

va mazmunini idrok etishiga ta’siri o‘rganiladi. Tilning

strukturaviy va stilistik xususiyatlari matnni idrok etish va

tushunish jarayonini tezlashtirishga qanday hissa qo‘shishiga
alohida e’tibor beriladi.

1

Teacher, 4th general secondary school, Kokdala district, Kashkadarya region.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

118

Лингвопоэтические особенности фраз в произведениях
Уткир Хашимов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

словосочетание,

номинатив,

лексема,

понятие,

фразеологизм,

речь,

формальный,

фразема.

В

статье

рассматриваются

лингвопоэтические

особенности использования языковых единиц в творчестве
Откира Хошимова. Исследуется роль этих единиц в
повышении эффективности и выразительности речи, а

также их влияние на восприятие слушателем цели и
содержания высказывания. Особое внимание уделяется
тому, как структурные и стилистические особенности

языка способствуют ускорению процесса восприятия и
понимания текста.

Ilmiy va rasmiy nutqda, ko‘pincha nominativ funksiyani bajaradi. Ba’zi iboralarda

qonun hujjatlari tiliga ixtisoslashish, terminlashish ham uchraydi. Bunday paytlarda
frazema ma’nosida neytrallashish yuz beradi, uslubiy bo‘yoq sustlashib, oxiri tushib

qoladi. Badiiy adabiyotda iboralardan foydalanish, qo`llash usullari turlichadir.
Yozuvchilar tilimizda tayyor material hisoblangan iboralardan unumli foydalanibgina

qolmay, o‘zlari ham shular zamirida yangi iboralar yaratadilar. Bu jarayonda ularumumtil
iborasi zamiridagi ma’noning yangicha talqinini ochish, iboraning leksik tarkibini

o‘zgartirish, uning semantik

-

stilistik funksiyalarini kengaytirish, iboraga yangicha

majoziy va obrazli ma’nolarni kiritish kabi usullardan foydalanadilar.

Tilshunoslikda frazeologizmlar tuzilishi, leksik

-

semantik, funksional

-

uslubiy va

sintaktik vazifalari, shuningdek, o‘ziga xos shakllanish xususiyatiga ega bo‘lgan tilning

mustaqil birligi sifatida allaqachonlar tan olingan. Ular leksikadan yuqori, gapdan quyi
sathdaturadigan til hodisasisifatida ham e’tirof etilgan. Biz nutqimizning har tomonlama

mukammal va o‘ta tasirchan bo‘lishiga, tinglovchi so‘zlayotgan nutqimizning maqsad –
muddaosini tezroq anglab olishiga ko‘maklashadigan bir qancha tilning tayyor

materiallaridan, ya’ni til birliklaridan juda ko‘p foydalanishga harakat qilamiz. Maqol,
matal, iboralarsiz nutq hech qanday estetik ta’sirchanlikka ega bo‘lmay qolishi mumkin.

Ayniqsa, iboralarda nutqqa emotsional

-

ekspressivlik ottenkasini berish vazifasi boshqa til

birliklariga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Iboralar barqaror birikmalar sifatida tilda doimiy

tayyor materialdir. Shuning uchun ham har bir yozuvchi o‘zining ijod mahsulini yaratish
jarayonida ularga murojaat etmasdan qo‘ymaydi. Ibora ham tarkibli til birligi, lekin uning

ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolarning oddiy yig‘indisiga teng bo‘lmaydi.
Iboraga xos ma’no tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga nisbatan maxraj ma’no, ustama

ma’no sifatida gavdalanadi, bu ma’no ibora tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga
suyanmasligi ham mumkin. Ma’lumki, voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘zi

o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda frazeologik iboralarning o‘rni, ahamiyati beqiyosdir.
Iboralar hayotdagi voqea

-

hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi ijobiy va salbiy harakat

-

holatlarni baholash, turmushda bo‘lib o‘tadigan turli hayotiy tajribalarni umulashtirish
asosida xalq chiqargan xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodalaridir. Frazeologizm til

hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir. Birdan ortiq leksema ko‘rinishining
birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm

deyiladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

119

El sevgan adib O‘tkir Hoshimov hajviy hikoya yaratish jarayonida iboralarga juda

ko‘p o‘rinlarda murojaat etgan. Masalan

: 1. Nortoy deng, bir ko

‘z

ida sal aybi bo

‘l

sayam xo

p

ishning ko

zini biladigan

odamda!. (“Osh”) Karnay tagiga o

‘t

irib qolgan ekan, mikrofonni

og

ziga tiqib baqirayotgan hofizning chiyildoq ovozi

u qulog

idan kirib, bu qulog

idan

kirib teshib chiqib ketdi

-

yov! (“Osh”)

Yozuvchilar odatda tasvir maqsadiga muvofiq

iboralarni tanlab qo‘llash bilangina kifoyalanib qolmaydilar. Balki, qahramonlar tabiati,

ruhiy holati, hayot tarziga moslab o‘zgartiradi va qayta ishlaydi. Darhaqiqat, yozuvchi o‘zi
yaratayotgan qahramonning o‘ziga xos xarakter

-

xususiyatlarini ochib berish jarayonida,

tabiatan qanday shaxs ekanligini to‘liqroq tasvirlashda iboralardan foydalanadi. O‘tkir
Hoshimov ham hajviy hikoyalarining bir qancha o‘rinlarida qahramonlarning oiladagi,

kollektivdagi va ba’zan ko‘cha

-

ko‘ydagi yurishturishini, ijobiy va salbiy tomonlarini

bo‘rttiribroq, ayniqsa, kulgiga moyilroq qilib aks ettirish maqsadida qo‘llagan. Ayniqsa,

yozuvchi insonning tana a’zolari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralarni qo‘llab, yuqori saviyadagi
hikoyalarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

Masalan:

1.

Soat ikkilarga yaqin

ko

zi ilindi.

2.

U

qoshini chimirdi.

Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida poetic matn tilini tadqiq etish yuzasidan olib

borilayotgan izlanishlar ham o‘z ko‘lamini tobora kengaytirib doimo o‘sish va o‘zgarishda
ekanligi seziladi. Matn tahlili bilan bog‘liq ishlarda shaxs va til o‘rtasidagi aloqadorlikni

yoritib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Professor Sh.

Safarov to‘g‘ri ta’kidlab

o‘tganidek, “Natijada tilshunoslikning mantiq, psixologiya, bilish nazariyasi kabi kognitiv

fan sohalari bilan hamkorlikka ehtiyoji kuchaymoqda”. Demak, olim tomonidan ta’kidlab
o‘tilgan muammo matn bilan bog‘liq kuzatishlarda til va kishilik jamiyati munosabati

mavzu mohiyatini yoritishda kognitiv yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Tilshunoslar
tomonidan tan olingan tadqiq usullari poetik matnlarni, xususan O‘tkir Hoshimov asarlari

tilini lingvistik jihatdan tahlil qilishimizda ham yordam beradi. Alohida olingan ijodkor
asarlarida qo‘llanilgan til birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, ya’ni “lingvistik

tahlil– kognitiv tahlilning bir turi, uning ma’lum bir ko‘rinishda namoyon bo‘lishidir”.
O‘zbek tilshunosligida lingvopoetik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlarda xalqimiz

orasida yetishib chiqqan so‘z san’atkorlarining badiiy ijodlari, ular tomonidan yaratilgan
badiiy asarlar tilining uslubiy, badiiy

-

estetik jihatlari haqida so‘z yuritilgan, ularda

yozuvchi yoki shoirning o‘ziga xos tili va uslubi, badiiy til vositalaridan foydalanish
mahorati, milliy an’ana va qadriyatlarimizga bo‘lgan munosabati, voqea

-

hodisalar

tasvirini berishda o‘ziga xos yangidan yangi so‘z va iboralar yaratishi kabi masalalar
to‘g‘risida fikr yuritilgan. Badiiy matnda leksik vositalarning uslubiy jihatlari bo‘yicha

kuzatishlar olib borgan A.

Hasanov o‘zbek tilshunosligida badiiy matnlarni o‘rganish

bo‘yicha olib borgan izlanishlarida shunday xulosaga keladi: “Ayniqsa, M.

Yo‘ldoshev

tomonidan badiiy matn lingvopoetik xususiyatlarining o‘zbek tilshunosligida birinchi
marta dissertatsion planda tadqiq etilishi bu boradagi ishlarni yana bir pog‘ona yuqoriga

ko‘tardi. Olim badiiy matnni lingvopoetik tahlil etishning yetti tamoyilini: shakl va
mazmun birligi, makon va zamon birligi, matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga

munosabatini aniqlash, badiiy matnga badiiy

-

estetik butunlik sifatida yondashish va asar

konseptini aniqlash, badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash, badiiy

matndagi eksplisitlik va implisitlik nisbatini aniqlash, badiiy matndagi intertekstuallik
mexanizmlarining lisoniy va semantik xususiyatlarini aniqlash tamoyillarini ishlab

chiqdi”.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

120

Darhaqiqat, har bir ijodkorning til birliklarini tanlashdagi o‘ziga xosligi u

tomonidan yaratilgan badiiy matnda namoyon bo‘ladi. Badiiy matnni lingvopoetik tahlil

qilish orqali shoir yoki yozuvchining o‘ziga xos uslubiy mahorati haqida aniq tasavvurga
ega bo‘lish mumkin. Badiiy matnning asosiy quroli so‘z hisoblanadi. A.

Nurmonov va

Sh.Iskandarovalar tomonidan “tilshunoslik fani badiiy adabiyot bilan uzviy aloqadadir.
Chunki til aloqa vositasi sifatida muayyan axborot tashuvchi oddiy belgilar sistemasigina

bo‘lib qolmay, balki tinglovchiga ta’sir qiluvchi qudratli vosita hamdir. Tilning birinchi
funksiyasi an’anaviy va sistem

-

struktur tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lsa, ikkinchi

funksiyasi lingvopoetikaning o‘rganish obyektidir”, – deya ta’kidlab o‘tiladi. “Lingvistik
poetikaning har qaysi turini alohida

-

alohida o‘rganish va ularning o‘zaro munosabatini

ochish hozirgi tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biridir”. Ijodkor til
birliklarini o‘rinli qo‘llay olsagina u tomonidan yaratilgan asar o‘quvchi tomonidan yaxshi

qabul qilinadi.To‘g‘ri tanlangan til vositalari badiiy matnda qo‘llanilar ekan, o‘quvchiga
badiiy

-

estetik ta’sir qilish vositasiga aylanadi va unda asarda tasvirlangan voqea

-

hodisa,

kishilar xarakter

-

xususiyatlari badiiy tarzda o‘z ifodasini topadi. Bu esa badiiy asar

ijodkori tili va uslubi to‘g‘risida ma’lum bir xulosalarga kelishga asos bo‘ladi. Iste’dodli

shoira O‘tkir Hoshimov ijodida lingvopoetik vositalar muhim o‘rin egallaydi. Ijodkor
asarlari tilini lingvopoetik jihatdan tadqiq etish jarayonida uning badiiy tasvirning usul va

vositalarini yaxshi bilishi va o‘z she’rlarida ulardan mohirona foydalana olishining guvohi
bo‘lamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi. – T.:1995.

2.

Pinxasov U. Hozirgi o’zbek adabiy tili leksikologiyasi. – T.: “Fan”,1968.

3.

Rafiyev A. Iboralar nutqimiz ko’rki – T.: “Fan” 1985.

4.

Raxmatullayev Sh. O‘zbek tili frazeologiyasining ba’zi masalalari – T.: “Fan”.

1966.

-

55 –58 b.

5.

Raxmatullayev Sh. Frazeologik birliklarning asosiy ma’no turlari. – T.: Akadem

nashr.1985.

6.

Raxmatullayev Sh. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. – T.: Qomuslar yosh

tahririyati. – T.:1982.

7.

Rajabova M. Ingliz tilida kishi nomlari bilan kelgan frazeologizmlarning kelib

chiqishi tarixi. BuxDU Ilmiy Axboroti. 2011№2(42) –B 70 –75.

Библиографические ссылки

Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi. – T.:1995.

Pinxasov U. Hozirgi o’zbek adabiy tili leksikologiyasi. – T.: “Fan”,1968.

Rafiyev A. Iboralar nutqimiz ko’rki – T.: “Fan” 1985.

Raxmatullayev Sh. O‘zbek tili frazeologiyasining ba’zi masalalari - T.: “Fan”. 1966.-55 –58 b.

Raxmatullayev Sh. Frazeologik birliklarning asosiy ma’no turlari. – T.: Akadem nashr.1985.

Raxmatullayev Sh. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. – T.: Qomuslar yosh tahririyati. – T.:1982.

Rajabova M. Ingliz tilida kishi nomlari bilan kelgan frazeologizmlarning kelib chiqishi tarixi. BuxDU Ilmiy Axboroti. 2011№2(42) –B 70 –75.