Авторы

  • Рохиля Абдуллаева
    Доцент, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67404

Ключевые слова:

овладение языком родной язык роль матери социальная среда социальное влияние языковой опыт социально-экономическая среда структура семьи

Аннотация

В данной статье рассматривается понятие "родной язык" как научный термин, используемый в узком и широком смысле. В широком смысле это понятие может быть связано с языковой семьёй, обозначающей язык или группу родственных языков. В узком смысле под родным языком понимается язык, который оказывает наибольшее влияние на речь ребёнка на начальном этапе её усвоения. В статье на основе зарубежных исследований показано, что язык и особенности семьи являются важными факторами, формирующими речь ребёнка. Выделены аспекты данной проблемы, которые могут быть применимы к узбекскому языкознанию.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The role of the family in the process of language acquisition

Rohila ABDULLAYEVA

1


Alisher

Navo’i Tashkent State University of the Uzbek Language and Literature

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2024

Received in revised form

10 July 2024

Accepted 25 July 2024

Available online

25 August 2024

This article discusses the concept of "mother tongue" as a

scientific term used in both a broad and narrow sense. In a

broad sense, the term can be associated with the concept of a
language family, representing a language or a group of related

languages. In a narrower context, it refers to the primary
influence on a child's speech during the early stages of language
acquisition, viewed as the first manifestation of social influence

on the child's speech. The article, based on foreign studies,
demonstrates that both the language and the characteristics of
the family play a crucial role in shaping the child's speech.

It also highlights aspects of the issue that can be applied to
Uzbek linguistics.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2

/S

-pp166-170

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

language acquisition,

mother tongue,

mother's role,

social environment,

social influence,

language experience,

socioeconomic environment,

family structure.

Til o‘zlashtirish jarayonida oilaning roli

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

til o‘zlashtirish,

ona tili,

onaning roli,

ijtimoiy muhit,

ijtimoiy ta’sir,

til tajribasi,

sotsial-iqtisodiy muhit,

oila tarkibi.

Ushbu maqolada ona tili tushunchasining tor va keng

doirada qo‘llanuvchi ilmiy termin ekanligi to‘g‘risida so‘z

boradi. Keng doirada tushuncha til oilasi tushunchasi bilan

bog‘

lanib bir til yoki qardosh tillar guruhini ifodalashi mumkin.

Tor doirada ilk o‘zlashtirish bosqichida bola nutqiga keng ta’sir
ko‘rsatuvchi obyekt, bola nutqida ijtimoiy ta’sirning ilk

boshlang‘ich ko‘rinishi sifatida keltiriladi. Maqolada oilaning tili

va xususiyatlari bola nutqini shakllantiruvchi omil sifatida
xizmat qilishi xorijiy tadqiqotlar asosida dalillangan. Masalaning

o‘zbek tilshunosligi uchun tatbiq qilish mumkin bo‘lgan jihatlari

yoritilgan.

1

Acting

Associate Professor, Alisher Navo’i Tashkent State University of the Uzbek Language and Literature

.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

167

Роль семьи в процессе овладения языком

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

овладение языком,

родной язык,

роль матери,

социальная среда,

социальное влияние,

языковой опыт,

социально

-

экономическая

среда,

структура семьи.

В данной статье рассматривается понятие «родной

язык»

как научный термин, используемый в узком и

широком смысле. В широком смысле это понятие может

быть связано с языковой семьёй, обозначающей язык или

группу родственных языков. В узком смысле под родным

языком понимается язык, который оказывает наибольшее

влияние на речь ребёнка на начальном этапе её усвоения.

В статье на основе зарубежных исследований показано,

что язык и особенности семьи являются важными

факторами, формирующими речь ребёнка. Выделены

аспекты данной проблемы, которые могут быть

применимы

к узбекскому языкознанию.

Ma’lumki, qadimdan turli til oilalariga mansub bo‘lgan tillarda so‘zlashuvchi

xalqlar yaqin qo‘shnichilik munosabatida yashab kelganlar. Ijtimoiy

, siyosiy, savdo-sotiq

aloqalari ta

sirida tillarning ham o

zaro ta

sirlanishi yuz bergan va mazkur jarayon hozir

ham davom etib kelmoqda. Ko

p tillilik muhitida metaforik xususiyatga ega

ona tili

tushunchasi shakllangan va mazkur tushuncha xalq tilini boshqa tillardan farqlab

turuvchi termin sifatida qo

llanilgan. Keyinchalik tushunchaning qamrovi kengayib, xalq

tilini o

rgatuvchi soha sifatida qo

llaniladi. Dunyoning turli tillarida tushuncha mazmuni

saqlangan holda keltiriladi. O

zbek tilida ham o

zbek tili imkoniyatlari, til sathlarini

o

rganuvchi predmet shunday nomlanadi. Ona tili tushunchasi tor doirada til o

zlashtirish

jarayonida onaning farzandga ta

sir ko

rsatuvchi ijtimoiy ta

sirni anglatadi. Xorij

tajribasida bolaning nutqiy rivojlanishida ona nutqini ota va oilaning boshqa a

zolari

nutqi bilan birgalikda tahlil qilish amaliyoti bor. Bundan tashqari ta

sir ko

lamining

yuqoriligini inobatga olgan holda til o

zlashtirish jarayonida onaning rolini ajratib,

ta

kidlab olib borilgan ko

plab izlanishlar mavjud. Masalan, Aliyeva B.Sh. ona nutqining til

o‘zlashtirish jarayonini etnokulturologik jarayon sifatida talqin qiladi. Tadqiqotchiga

ko‘ra, bola ilk o‘zlashtirish jarayonida onadan nafaqat til, balki unda saqlanib kelayotgan

xalq madaniyatini ham o‘zlashtiradi. Olim keyinchalik ona tomonidan aytiladigan

ertaklar, allalar jarayonni boyitishga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Tadqiqotchining mazkur

qarashlariga qo‘shilish mumkin. Chunki har qanday tilda xalqning ma’lum bir davrgacha

to‘plagan madaniyat izi, xalq haqidagi axborot mavjud bo‘ladi. Bola tilni o‘zlashtirib

borish borobarida mazkur madaniyatga aloqador bo‘lgan birliklarni ham egallab boradi.

Til etnik birlik sifatida talqin qilinishini inobatga olganda, mazkur nazariya o‘zini to‘liq

oqlaydi. Tadqiqotchi bola ilk o‘zlashtirish jarayonida ohang, urg‘u kabi nutqning sifatiy

jihatlarini aynan ona nutqidagi singari takrorlashga harakat qilishini aytadi. Bu jarayon

bolaning nutqi shakllanishidan tashqari uning shaxsiyatiga, ruhiyatiga ham ta’sir qilishi

mumkinligini ta’kidlaydi. Umuman olganda, tiloshunoslik va pedagogika tarixida onaning

rolini ko‘rsatishga qaratilgan tadqiqotlarning barchasida ona farzandiga milliy

madaniyatning tashuvchisi bo‘lishi urg‘ulangan. Jumladan, chex pedagog olimi

Y.

Kamenskiy «Материнская

школа» risolasida til o‘zlashtirish, ta’lim jarayonida oila va

onaning muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi. Olim har qanday bolaga madaniyat va san’at

o‘rgatilishi zarurligini aytadi. Shundagina bu farzand keyinchalik xoh saroy ishi bo‘lsin,

xoh siyosat yuqori natijalarga erishishi mumkinligini bashorat qiladi. Ayni manbada bola


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

168

o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan uch jihat to‘g‘risida so‘z yuritilib, til o‘zlashtirish va ilm,

mazkur uchlikning birini tashkil qilishi haqida mulohaza bor. Mazkur uchlikda ishonch,

yaxshi ishlarni amalga oshirish va til o‘rgatish va bilim berish har qanday bolani

barkamol qiluvchi ishlar ekanligi aytilgan. Olim farzand tarbiyasida dastlabki olti yilni

eng muhim davr sifatida keltiradi. Farzand saroy ilmi yoki ma’lum hunarga

yo‘naltirilgungacha bo‘lgan davrni ota

-

onasi bilan o‘tkazishi muhimligini aytadi. Demak,

bola jamiyatga qo‘shilib, yangi nutqiy malaka va bilimlarni egallashiga qadar bo‘lgan

davrda uning asosiy nutqiy etaloni oila a’zolari, asosan, ota

-

onasi ta’sirida rivojlanishi

pedagogika va tilshunoslik tarixi uchun avvaldan ma’lum hodisa. Biroq tilshunoslikning

antroposentrik paradigmasi va unga kiruvchi sohalarning taraqqiyoti hodisaga yangi

aspekt orqali qarash, uni batafsil tahlil qilish imkonini yaratdi. Hozirda til o‘zlashtirish

jarayoniga

psixolingvistik,

pragmatik,

lingvokulturologik,

sotsiokulturologik,

etnokulturologik jihatdan yondashish mumkin.

Jumladan, tadqiqotchilar Dina Kapengut va Kimberly Noble murakkab sotsio-

iqtisodiy muhit ta’sirida bolalarning aqliy va nutqiy rivojlanishi, uy ta’limining roli va ota

-

onalarning jarayondagi hissasi haqida so‘z yuritadilar. Unga ko‘ra, oilaviy daromad

yuqori bo‘lgan oila farzandlarida aqliy rivojlanishning yuqori ko‘rsatkichi, til

imkoniyatlarining balandligi va iqtisodiy muvaffaqiyat kuzatilgan. Shu o‘rinda mazkur

manbada yana bir tajribaga e’tibor qaratiladi. Ular Kanzas universiteti tadqiqotchilari

Betty Hart va Todd Risley tomonidan olib borilgan tajribalarga diqqat qaratadilar.

Mazkur tajriba natijalariga asosan kam daromadli oilalarda ulg‘aygan bolalarning lug‘at

boyligi huddi shu yoshdagi (3 yoshgacha bo‘lgan davr) katta daromadli oilalarda voyaga

yetayotgan tengdoshlaridan bir barobar farq qilishi aytiladi, ya’ni kam daromadli

oilalarda ulg‘aygan bolalar amaliyotda katta daromadli oilalarda ulg‘aygan tengdoshlar

qo‘llaydigan so‘zlarning yarmini qo‘llay oladilar va, shuningdek, shu miqdordagisini

tushunish imkoniyatiga egalar. Natijani kutilganidek, farzandga qaratish mumkin bo‘lgan

qo‘shimcha e’tibor va moliyaviy imkoniyatlar bilan bog‘lash mumkin. Kuzatishlarda

yaxshi ta’minlangan oilalarda farzand ko‘proq vaqt ajratish imkoning bo‘lishi, o‘zaro

muloqot muhitining ko‘pligi yoki jarayon uchun maxsus yollangan insonning mavjud

bo‘lishi ham so‘z boyligining o‘sishiga ta’sir qilishi aniqlanadi. Bundan tashqari, elita

qatlam nutqida tor doira uchun amal qiluvchi ayrim so‘zlarni qo‘llashi, murakkab

grammatik birikmlardan foydalanishi

ham bolalar nutqiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Chet

tillarini o‘zlashtirish faol rag‘batlantiriladi. Demak, xulosa qilish mumkinki, sotsial

-

moliyaviy tabaqalanish til bilimlarining tabaqalanishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston sharoitida sanab o‘tilgan omillarni bolalar nutqida tekshirish zaruriyati bor.

Ilk o‘zlashtirish jarayonida oila muhim tashqi omil sifatida oilaning tarkibini

keltirish mumkin. Bu sotsial ta’sirning dastlabki muhim ko‘rinishi.

To‘liq oilalarda (ota va

onaning mavjud bo‘lishi nazarda tutiladi) bolaning til o‘zlashtirishi oson kechadi, chunki

unda nutq o‘rganish obyekti ko‘p bo‘ladi. Keyinchalik o‘smir nutqida jins xususiyatidan

kelib chiqib ota yoki ona nuqtiga taqlid ortadi (o‘smirlik davridagi nutqda yaqqol ko‘zga

tashlanadi). Oila tarkibining noto‘liq bo‘lishi qarama

-qarshi jinsga mansub bola uchun

etalon nutq tanlash vazifasini qiyinlashtiradi. Oilada farzandlarning ko‘p bo‘lishi, yoki

ioila tarkibining bobo, buvi singari yaqin qarindoshlar asosida kengayishi ham bola

nutqiga ijobiy ta’sir qiladi. Chunki shu asosda bolada keng kuzatuv obyekti bo‘lishini

ta’minlanadi. Tadqiqotchilar bunday tarkibli oilalarga nisbatan multitarkibli oila

tushunchasini qo‘llagan. O‘zbek tilida oila tarkibining til o‘zlashtirish jarayoniga ta’sirini

muhokama qiluvchi adabiyotlarga ehtiyoj seziladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

169

Nevrologiya azaldan ancha mavhum va murakkab deb qaralgan ko‘plab

hodisalarni ilmiy asoslashga harakat qilayotgan soha. Bolaning miyasi unga g‘amxo‘rlik

ko‘rsatayotgan, homiylik qilayotgan insonlarning nutqiga, va umuman shaxsiy
xususiyatlariga nisbatan yuqori ta’sirchanlikda bo‘ladi. Bolalarda ota

-onalar nutqidagi

tashqi faktorlar: nutq tezligi, balandligi, ohangdan tashqari so‘zlar va jumlalarga aynan

taqlid kuzatiladi. Ayni vatqda taqlid tilda kechish barobarida aqliy faoliyatda ham

namoyon bo‘ladi. Ota

-

onasining sohasiga oid so‘z va terminlarni, jumlalarni

tengdoshlariga nisbatan yaxshiroq bilagidan bolalar buning yorqin namunasidir.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, mazkur omil bolalarning kasb tanlash jarayonida, maktab
ta’limida ham muhim rol o‘ynaydi. Demak, umimiy qilib olganda, bolaning ilk til

o‘zlashtirish jarayonida oila muhiti keyingi maktab ta’limi, aqliy va nutqiy rivojlanishi,
kasbiy faoliyatini tashkil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Demak, oila a’zolari mansub

bo‘lgan kasb yoki yoki oila uchun an’ana tusini olgan mashg‘ulotlarni ham bola nutqiga
ta’sir ko‘rsatuvchi faol ijtimoiy ta’sir sifatida e’tirof qilish mumkin.

Oilada ijobiy til muhitini yaratish va bolalarda yuqorida keltirilgan omadli iqtisodiy

omadga erishtirish

murakkab vazifa. Buni bir necha tashqi omillar bilan bog‘lash

mumkin. Masalan, bolaga ajratish mumkin bo‘lgan vaqt, oilaning moliyaviy holati,
mamlakatda hukmron aqida, an’ana va din, bularning bari bolaga oilaga bevosita va

bilvosita ta’sir qiladi, shu jumladan, bolalarning nutqida ham aks etadi.

Xorij tajribasida ilk o‘zlashtirish bosqichi murakkab xarakterli ekanligi bois bir

necha jarayonni yengillashtirishga xizmat qiluvchi vositalar bor. Masalan, ota-onalar

klubi va h. shular jumlasidan. Til o‘zlashtirishni samarali tashkil qilish jarayonida rollarga

kirish, ko‘zgazmalar namoyish qilish va bir qancha yengillashtiruvchi usullar taklif

qilingan.

Ilk o‘zlashtirish jarayoni bola uchun ham, uning ota

-onasi uchun ham eng muhim

davr ekanligini yuqorida keltirilgan misollar asosida tahlil qildik. Tadqiqotchilar bu

davrni o‘z ichida ma’lum bir bosqichlarga ajratgan holda tadqiq qilishni tavsiya qiladilar.
Eve Clark til o‘zlashtirish jarayonida dastlabki o‘n ikki oyni alohida ta’kidlab ko‘rsatadi.

Buni o‘zlashtirish jarayonining fundamental bosqichi sifatida ajratadi. Ma’lumki, bu davr

chaqaloqlik davri deb yuritib bola sotsial-pragmatik jarayonlarga chuqur kirib bormagan

muddatga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bu jarayonning asosiy mazmuni kattalar nutqini
tinglash va jumlalarni umumiy miqyosda tushunib olishdan iborat bo‘ladi. Til

tajribasining dastlabki materiallari yig‘ila boshlaydi. Keyinchalik mazkur tajriba mahsulot
ishlab chiqarish jarayoniga, ya’ni og‘zaki nutqning shakllanishiga xizmat qiladi. Ayrim

tadqiqotchilar mazkur davrning 44 oygacha davom etishini aytib o‘tadi va bu davrda
bolada temperament xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu bosqichning xarakterli

jihati shundan iboratki, mazkur vaqtda ma’lumotlar til orqali berilishidan tashqari imo

-

ishoralar, yuz ifodasi orqali ham berilishi mumkin. Aynan shu davrda o‘zlashtirgan

bilimlari sabab bola nutqiy ohang va uning ifoda maqsadini o‘zlashtiradi. Eve Clark
mazkur jarayonni emotsional ta’sir bilan bog‘laydi, bola ohangning qaysi hissiyot bilan

bog‘lanishi, yuz ifodasining qaysi ma’lumotlarni berishga qaratilgani haqida tasavvurga
ega bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, til o‘zlashtirish jarayonida oila eng muhim va

dastlabki bo‘g‘in sifatida ishtirok etadi. Oila doimiy ravishda sotsial munosabatlarning

eng kichik bo‘g‘ini sifatida jamiyatdagi hodisalarni bola nutqiga tashiydi. Oila sotsial

-

iqtisodiy statusining barqaror bo‘lishi bolaning nutqiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Aksincha


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

170

holat ham bola nutqida o‘z ifodasini topadi. Til o‘zlashtirish jarayonini mazkur omillar
ta’sirida o‘rganish jarayoni o‘zbek tilshunosligi uchun muhim va dolzarb masala bo‘lib,

keng ko‘lamli monografik plandagi amaliy tadqiqotlarni taqozo qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1.

Алиева Б.Ш. Материнский язык как этнокультурный фактор воспитания

школьников / Мир науки, культуры, образования. № 3, 2015. С

-7.

2.

Kapengut D and Kimberly G. Noble. Parental Language and Learning Directed to

the Young Child / www.future children.org. 2020. P

71.

3.

Eve Clark. First language Acquistion. Cambridge university press. 2003. P

10.

4.

Коменский Я.А. Избранные педагогические сочинения. 1

-

том. Москва:

Педагогика. 1982. С

- 205-207

5.

Edward G. Conture, Ellen M. Kelly, and Tedra A. Walden. Temperament, Speech

and Language: An Overview / Author Manuscript, 2012.

Библиографические ссылки

Алиева Б.Ш. Материнский язык как этнокультурный фактор воспитания школьников / Мир науки, культуры, образования. № 3, 2015. С-7.

Kapengut D and Kimberly G. Noble. Parental Language and Learning Directed to the Young Child / www.future children.org. 2020. P – 71.

Eve Clark. First language Acquistion. Cambridge university press. 2003. P – 10.

Коменский Я.А. Избранные педагогические сочинения. 1-том. Москва: Педагогика. 1982. С- 205-207

Edward G. Conture, Ellen M. Kelly, and Tedra A. Walden. Temperament, Speech and Language: An Overview / Author Manuscript, 2012.