Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Goethe's philosophy and its reflection on his novels
Zarnigor ATABAYEVA
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
10 July 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
25 August 2024
This article examines Goethe’s philosophy and its
reflection
in his works of art. Through his multifaceted div of work,
Goethe deeply explored fundamental questions such as the
nature of humanity, freedom, morality, and the meaning of life,
expressing these themes through artistic images and figures.
The article analyzes how Goethe’s philosophical views are
embodied in his most renowned works, including the tragedy
Faust. Additionally, it explores the complex relationship
between Goethe’s artistic style and philosophical perspective,
and how these elements reveal aspects of human experience
and existential issues. The article provides a deeper
understanding of the synthesis between Goethe’s philosophical
ideas and their artistic expression.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Johann Wolfgang von
Goethe,
"Jos von Berlichingen",
"Prometheus",
"Muhammad",
"Faust",
Streben,
transcendence,
good and evil,
"Dedication",
"Prelude",
"Prologue".
Gyote falsafasi va uning badiiy asarda aks ettirishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Iogan Volfgang fon Gyote,
“Gyos fon Berlixingen”,
“Prometey”,
“Muhammad”,
“Faust”,
Streben,
transsendentsiya,
ezgulik va yovuzlik,
“Bag‘ishlov”,
“Teatr muqaddimasi”,
“Arshi a’lodagi debocha”
.
Ushbu maqola Gyotening falsafasi va uning badiiy asarlarda
qanday aks ettirilishini tahlil qiladi. Gyote o
‘
zining ko
‘
p qirrali
ijodi orqali insoniyatning tabiati, erkinlik, axloq va hayot
ma
’
nosi kabi fundamental masalalarni chuqur o
‘
rganib, ularni
badiiy obrazlar va siymolar orqali ifoda etgan. Maqolada
Gyotening falsafiy qarashlari uning eng mashhur asarlarida,
jumladan,
“
Faust
”
tragediyasida qanday gavdalanganligi ko
‘
rib
chiqiladi. Shuningdek, Gyotening badiiy uslubi va falsafiy nuqtai
nazari o
‘
rtasidagi murakkab aloqalar, ularning insoniy tajriba va
ekzistentsial muammolarni qanday ochib berganligi muhokama
qilinadi. Maqola Gyotening falsafiy g
‘
oyalari va ularning badiiy
tasvirlari o
‘
rtasidagi sintezni chuqurroq anglashga yordam
beradi.
1
PhD student, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
211
Философия Гете и ее отражение в художественных
произведениях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Иоганн Вольфганг фон
Гете,
Йос фон Берлихинген,
Прометей,
Мухаммед,
Фауст,
Стребен,
трансцендентность,
добро и зло,
«Посвящение»
,
«Прелюдия»
,
«Пролог»
.
В данной статье анализируется философия Гёте и её
отражение в его произведениях искусства. Благодаря
многогранному творчеству, Гёте глубоко исследовал
фундаментальные вопросы, такие как природа человека,
свобода, мораль и смысл жизни, выражая их через
художественные
образы
и
фигуры.
В
статье
рассматривается,
как
философские
взгляды
Гёте
воплощены в его наиболее известных произведениях,
включая трагедию «Фауст». Также обсуждаются сложные
взаимосвязи между художественным стилем Гёте и его
философской перспективой, а также то, как они
раскрывают человеческий опыт и экзистенциальные
проблемы.
Статья
способствует
более
глубокому
пониманию синтеза философских идей Гёте и их
художественного выражения
.
KIRISH
Iogann Volfgang fon Gyote Yevropaning eng buyuk shaxslari qatorida,
Germaniyaning yetuk shoiri sifatida umume
’
tirof etilgan bo
‘
lsa-da, uning boshqa
yutuqlarining ko
‘
lami va xilma-xilligi
bilan mutafakkirlar orasida alohida o‘ringa egaligi
ahamiyatlidir. U serqirra ijodkor sifatida nafaqat shoir, balki rassom, olim, davlat arbobi,
faylasuf, tanqidchi va teatr boshqaruvchisi
kabi kasblar egasi bo‘lgan
. Olimlar tomonidan
Gyotega, dunyo tomonidan haqiqatni beg
‘
araz izlashga intilgan so
‘
nggi universal shaxs
sifatida qaraldi. U umri davomida chinakam
buyuk inson bo‘lishga
intildi. Gyote “ajralgan
va hafsalasi pir bo‘lgan inson parchalari”, zamonda ilm sahnasida namoyon bo‘lgan
buyuk alloma desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Gyote falsafasining ahamiyatli jihati shundaki, aqlni materiyadan, tanani ruhdan
ajratuvchi dualistik tafakkur uni o
‘
rab olganligiga qaramay, pirovardida insonning
individ sifatida birligiga, tabiat bilan hamohangligiga ishongan. Uning falsafiy
tafakkurining asosiy mazmuni “jamiyatda faqat yaxshiliklarga va yaxshi insonlar sari
intilish
”larni tashkil etgan.
Gyote inson va tabiatning ikki olami o
‘
sish va yo
‘
nalishning bir
xil universal qonunlari bilan boshqariladi, deb hisoblagan. Inson tabiatga qarshi emas,
ikkalasi bir butunlikni tashkil etadi deya ishongan.
Buyuk nemis shoiri va mutafakkiri, Yevropa ma’rifatchilik oqimining so‘nggi yorqin
namoyandasi Iogann Volfgang Gyote 1749-yili Leypsig shahrida imperator maslahatchisi
oilasida tug
‘
ildi. Otasi Yoxann Kaspar Gyote imperiya maslahatchisi, huquqshunoslik
fanlari doktori bo‘lgan. Onasi Elizabet Gyote Gekstor shahar meri Yoxann Volfrang
Testoming qizi 17 yoshida 38 yoshli maslahatchiga turmushga chiqqan edi. Oilada to‘ng‘ich
farzand bo‘lgan Iogann avval Leypsigda o‘qiydi, so'ngra esa Strasburgda huquq va tabiyot
fanlaridan tahsil oladi. Mutafakkirning ilk ko‘zga ko‘ringan ishlarining debochasi sigfatida,
1771-
yili cherkov va davlat o‘rtasidagi munosabatlar mavzusida dissertatsiyasini
keltirishimiz joiz. Adibning serqirraa ijodkorligini geologiya, optika, hayvon va o‘simliklar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
212
haqidagi asotirlaridan ham bilib olishimiz mumkin, shu bilan birga san’at tarixini
o‘rgangan va biroz muddat rassomchilik bilan ham mashg‘ul bo‘lgan. Uning she’riyatga
dastlabki qiziqishlari Shekspir ijodiga bag‘ishlangan ma’ruzalarni tinglashdan boshlangan
va biroz she’r yozish mashg‘uloti bilan ham shug‘ullangan. Yosh Gyotega, bir qator buyuk
yozuvchilar Shekspir, V.Skott, Gizo, Vilmen va Kuzen kabi romantik yozuvchilarning ijodi
ilhom bag‘ishlagan va shu qatorda Fixte, Shelling, Gegel kabi faylasuflarning ijodidagi
falsafiy fikr parvozi ham uni maftun qilgan va bolajak buyuk shoir dunyoqarashining
shakllanishida katta rol o‘ynagan. Yuqorida nomlari keltirilgan ijodkorlarning ishlaridan
ilhomlangan adib, keyinchalik o‘zining falsafasiy qarashlari va ularni badiiy asarda aks
etishiga asosiy omil vazifasini o‘tagan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shu tariqa Gyote o‘z ijodini 1770
-yillarda boshlagan. Uning qalamiga mansub ilk
dramalari “Gyos fon Berlixingen”, “Prometey”, “Muhammad” qator she’riy asarlari unga
katta shuhrat keltirdi. Gyotening Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga bo‘lgan hayrati uning
Islom diniga aloqadorligining yana bir muhim jihatidir. Bu ehtiromni o‘zining
("Mahomets Gesang"
–
Muhammad qo‘shig‘i) (
dissertant tarjimasi
) she’rida Payg‘ambar
(s.a.v.)ni tabiatning harakatchan va o‘zgartiruvchi kuchi sifatida tasvirlagan. Gyote bu
she’rida Muhammad (s.a.v.)ni kichik buloqdan boshlanib, kuchli daryoga aylanib
ketadigan qudratli oqim sifatida kitobxon uchun gavdalantiradi. 1774-
yilda “
Die Leiden
des jungen Werthers
–
Yosh Verterning iztiroblari” (
dissertant tarjimasi
) romanini
yaratdi. Iogann Volfgang Gyote tomonidan yozilgan epistolyar romanining asl nomi
bo‘lib, unda yosh yuridik amaliyotchi Verter o‘z joniga qasd qilguniga qadar boshqa erkak
bilan unashtirilgan Lotte bilan baxtsiz ishqiy munosabati tasvirlanadi, unda yosh
qalbning ishqiy kechinmalari tasviri ijtimoiy voqealar bilan bog‘lanib ketadi.
Shu o‘rinda aytish joizki, Gyotening “Faust” asari nafaqat badiiy asar, balki insoniy
holatni chuqur falsafiy tadqiqotidir. Olimning intilish, ikkiyuzlamachilik va ma’no izlash
haqidagi g‘oyalari hikoyaga chuqur singdirilgan bo‘lib, “Faust” asarini nafaqat Germaniyada,
balki ingliz va amerika adabiy an’analariga ta’sir ko‘rsatadigan asar darajasiga ko‘taradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Biz tadqiq etayotgan Gyotening “Faust” asari falsafasining markaziy elementi
“Streben” yoki intilish konsepti hisoblanadi. Gyote insoniyatning mohiyati doimiy
intilishda, cheksiz bilim, o‘zini rivojlantirish va ma’no izlashda yotadi, deb hisoblaydi.
Bu g‘oya Faust obrazida aks etadi, u dunyoning taklif qilganidan doimo ko‘proq narsani
izlaydigan bezovta inson ruhining timsoli hisoblanadi. Gyotening Fausti ilhomlantiruvchi
va ogohlantiruvchi obraz bo‘lib, u bilimni izlashning qadrli, ammo xatarli ekanini ham
ko‘rsatadi.
Gyote falsafasining ingliz adabiyotiga ta’siri Romantik shoirlar ijodida kuzatilishi
mumkin, ular ham individual va transsendentsiyaga intilish mavzularini o‘rganganlar.
Uilyam Vordsvort insonning tabiat bilan aloqasi va ruhiy to‘laqonlikka intilishi haqidagi
izlanishlarida, Gyotening intilishni inson mavjudligining asosiy
qismi sifatida ta’kidlashini
aks ettiradi.
Vordsvortning she’riyati ko‘pincha hayotning ma’nosi maqsadlarga
erishishda emas, balki aynan izlanishning o‘zida ekanligini ta’kidlaydi.
Ingliz romantizmining yana bir muhim arbobi Persi Bisshe Shelli ham Gyotening
falsafasi bilan bog‘liq mavzulardan o‘z ijodida foydalangan. “Zanjirband Prometey”
asarida Shelli zulmga qarshi qo‘zg‘olon va intellektual va ruhiy erkinlikka intilish
g‘oyalarini o‘rganadi, bu g‘oyalar Gyotening Faustni jamiyat va din tomonidan qo‘yilgan
cheklovlarga qarshi kurashayotgan obrazini aks ettiradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
213
Gyotening dunyoqarashiga Sharq ijtimoiy-
falsafiy qarashlarining ta’siri katta
bo‘lgan. “Yevropadagi hayot sharoiti va davr taqozo qildi” deya Gyote Sharq falsafiy
mavzusiga qiziqishiga va unga murojaat qilishini yuqoridagi so‘zlari orqali izohlaydi.
Napoleon urushidan so‘ng tushkunlikka tushgan Yevropa voqeligidan ko‘ra Sharq uni
o‘ziga ko‘proq jalb qiladi. Gyote Sharq mamlakatlari madaniyati, tarixi, adabiyotini juda
yaxshi bilgan, Firdavsiy, Anvoriy, Sa’diy, Nizomiy, Rumiy, Hofiz, Jomiy kabi buyuk sharq
ijodkorlari asarlari bilan yaqindan tanish bo‘lgan. U Hofiz Sheroziyni o‘ziga ustoz deb
biladi. Sharq she’riyatidagi hayotsevarlik, inson aqliga, imkoniyatlariga ishonch tuyg‘usi
kabi falsafiy qarashlar uni o‘ziga chorlaydi. Bu kayfiyat uning 1819
-
yilda e’lon qilingan
“Mag‘rib
-
u Mashriq devoni” she’rlar turkumida o‘z ifodasini topgan. Ayni paytda Gyote
buyuk asari “Faust” ustida 1772
-
yili boshlagan ishini davom ettiradi. “Faust” Gyotening
butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi bo‘lib, Yevropa ma’rifatchilik
harakati qarashlarini yorqin aks ettiradi. “Faust” asari asosida afsona yotadi, unga ko‘ra
dunyo va g‘ayb ilmlarini mukammal egallagan isyonkor doktor Faust iblisga imonini
sotadi. Gyote ijodini o
‘
rgangan olimlarning fikricha, Faust VI
–
VII asrlarda yashagan
tarixiy shaxs bo‘lib, favqulodda o‘tkii aqli va g‘aroyib shaxsiyati bilan shuhrat qozongan,
sayohat qilishni sevgan. U nihoyatda qobiliyatli, bilimdon kishi bo‘lganligi sababli, uning
izlanishlari, ko‘rsatgan mo’jizalari elni qoyil qoldirgan, xalq unga ishongan, muhabbat
qo‘ygan. Bu esa Faust haqida ko‘plab rivoyat
-
u afsonalar to‘qilishiga sabab bolgan.
XVI asrda yashagan frankfurtlik noshir Shpis “Mashhur folbin va afsungar
213lso213s
Yoxann Faust tarixi” nomli kitobida Faust haqidagi barcha rivoyat va hikoyatlarni
jamlaydi. Muallif 213lso213s
, do‘zax, qiyomat haqidagi diniy qarashlar, tasavvurlarni
ham bayon etadi. Shpis talqinida Faust tafakkur va bilimlari kuchini ishlatib inson bajara
olishga qodir bolmagan ishni qila olmagach, ya’ni afsonaviy go‘zal Yelenani asrlar
qa’ridan o‘z yoniga chorlashga muvaffaq bo‘lmagach, iblis bilan shartnoma tuzadi va
uning yordamida Yelena vasliga muyassar bo‘ladi. Shpisning fikricha, isyonkor Faust bu
qilmishi uchun u dunyoda do‘zax olida yonmog‘
I lozim. Isyonkor Faust shaxsi Gyoteni
o‘ziga maftun qiladi, ilk marotaba Faust haqidagi afsonaga “Prafoust” asarida murojaat
qiladi. “Faust” asari murakkab, ramzlarga, tag ma’nolarga tola asar. Unda aniq makon va
davr ko‘rsatilmagan, konkret shaxslar nomi keltirilmagan, biroq doston o‘z davrining
muammolari, g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan noyob asar hisoblanadi. Aytii paytda
unda butun insoniyat dardlari, intilishlari o‘z ifodasini topganligi asarning qiymatini
yanada oshiradi. Gyote insonga cheksiz mehr va ishonch bilan qaraydi, uning qudratiga
qoyil qoladi, ojizligidan iztirob chekadi. “Faust” tragediyasi insonning ruhiy imkoniyatlari
tadqiqiga bag‘ishlangan. “Faust”ning tuzilishiga e’tibor qaratsak, u she’riy shaklda
yozilgan bo‘lib, ikki qismdan iborat tragediyadir. “Faust” asari klassitsizm an’analariga
ko
’ra “Bag‘ishlov”, “Teatr muqaddimasi” va “Arshi a’lodagi debocha” bilan boshlanadi.
Muqaddimada san’atga turlicha qarashlar namoyon bo‘ladi U qiziqchi, shoir va muzey
direktorining suhbatidan iborat. Shoir: “Avlodlarga qolur haqiqiy san’at” deb hisoblaydi,
qiziqchi esa: “Bu kungi yoshlarni xursand qilur kim? Zamonga yor bo‘lish kichkina
ishmas” deydi. Direktor: “Eng zaruri sarguzasht bo‘lsin, Ko‘zga quvonch bo‘lsin, dilga
gasht bo‘lsin” degan fikrni ilgari suradi. Gyote asl
213lso213s
, san’atga ko‘ngil ochish
vositasi yoki pul 213lso213sh
manbai deb qarovchilarga qarshi chiqadi, iste’dod ilohiy
ne’mat, uningcha san’at inson qalbini o‘zgartirishga qodir buyuk kuch, u buyuk ishlarga
xizmat qilishi kerak:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
214
Bor, izla о‘zingga bo‘lak xizmatkor,
Sen boshlagan yo‘lga
214lso bormasman.
Menda tangri bermish oliy huquq bor,
Sen deb men uni loyga qormasman.
She’riyat qalblarni yoqur ne sabab?
Nahot bois bo‘Isa balandparvoz gap!
Shoir yuragida pinhondir olam,
Jahoniy uyg‘unlik unda mujassam
.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
“Faust” asarida Gyote san’at to‘g‘risidagi ana shunday falsafiy qarashlariga asoslangan,
shoir Faust timsolida o‘zining inson va borliq haqidagi qarashlarini bayon qiladi.
“
Faust
”
ning asosiy mavzularidan biri
–
doimiy o‘sishga va o‘z
-
o‘zini
takomillashtirishga intilish g‘oyasi. Faustning bilim va tajribaga bo‘lgan tashnaligi uni
inson borlig‘ining qa’rini o‘rganishga undaydi, uni o‘z
-
o‘zini kashf qilish sari
o‘zgartiruvchi sayohatga yetaklaydi. Bu Gyotening shaxsiy rivojlanish va uzluksiz
o‘sishning muvaffaqiyat va ma'rifatga erishish vositasi sifatida muhimligiga ishonchini
aks ettiradi.
Ijodkor o‘zining falsafiy qarashlarini bir qator ishlarida batafsil berishga harakat
qilgan.
“
Faust
”
asarida ham falsafiy tafakkur g‘oyalarini aks ettirganli diqqatga sazovordir,
shu bilan birga, inson qalbining ikki tomonlama tabiati tushunchasiga ham alohida
yondashadi.
“
Faust
”da har bir shaxsning ichidagi ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasidagi
abadiy kurashni ifodalanadi, inson tabiatining murakkabliklarini va hayotning axloqiy
muammolarini hal qilishda qanday tanlov qilishimiz kerakligini ta’kidlanadi. Bu dualistik
nuqtai nazar Gyotening qarama-
qarshiliklarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘z ichidagi qarama
-
qarshi kuchlarni muvozanatlash zarurligi haqidagi falsafiy qarashlariga mos keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
O‘zimizning «Faust». O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov bilan shoir Shukur
Qurbon suhbati. «Jahon adabiyoti» jumali, 9
- son
2.
Abrams, M. H. (1971). The Mirror and the Lamp: Romantic Theory and the
Critical Tradition. Oxford University Press
3.
David E. Welbery:
Eine Neue Geschichte der deutschen Literatur
. Hrsg.: David E.
Welbery. 1. Auflage. Berlin University Press, Berlin 2007, ISBN 978-3-940432-12-4, S. 498.
4.
Elizabeth Mary Wilkinson and Leonard Ashley Willoughby, Goethe Poet and
Thinker, (London, 1962), p. 10
5.
Elizabeth Mary Wilkinson and Leonard Ashley Willoughby, Goethe Poet and
Thinker, (London, 1962), p. 10.
6.
Faust (Wayback Machine saytida 2007-03-15 sanasida arxivlangan) Boris
Pasternakning tarjimasida
7.
Goethe, J. W. (1808). Faust: Part One. Cotta’scher Verlag
8.
Shelley, P. B. (1820). Prometheus Unbound. C. & J. Ollier
9.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Johann_Wolfgang_von_Goethe. Murojat etilgan
sana. 17.07.2024
10.
https://en.wikipedia.org/wiki/G%C3%B6tz_von_Berlichingen_(Goethe).17.07.2024
11.
German Wikisource has original text related to this article: "Prometheus"
(1827 version)
12.
https://medium.com/@SaidAbdulLatif/goethes-embrace-of-islam 17.07.2024.