Авторы

  • Шохсида Эшбутаева
    Преподаватель, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67414

Ключевые слова:

музыкальные термины лингвокультура этимология общетюркский слой мелодия песня

Аннотация

В данной статье этимологически и лингвистически анализируются музыкальные термины, относящиеся к общетюркскому пласту узбекского языка. В результате анализа установлено, что на формирование и развитие этих терминов значительное влияние оказывают этнические, религиозные и национально-культурные особенности народа.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Linguistic and cultural analysis of all-Turkish musical
terms

Shokhsida ESHBUTAYEVA

1

Alisher Navo’i Tashkent State University of the Uzbek Language and Literature

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2024

Received in revised form

10 July 2024

Accepted 25 July 2024

Available online

25 August 2024

In this article, musical terms related to the common Turkic

layer of the Uzbek language are analyzed from an etymological

and linguistic perspective. The analysis revealed that ethnic,
religious, national, and cultural characteristics of the people

have significantly influenced the formation and development of
these terms.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2

/S

-pp171-180

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

music terms,

linguistic culture,

etymology,

general Turkish layer,

melody,

song.

Umumturkiy musiqa terminlarining lingvokulturologik
tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

musiqa terminlar,

lingvokulturologiya,

etimologiya,

umumturkiy qatlam,

kuy,

qo‘shiq

.

Ushbu maqolada o‘zbek tilining umumturkiy qatlamiga oid

musiqa terminlari etimologik, lingvokulturologik jihatdan tahlil
etilgan. Tahlil natijasida ushbu terminlarning shakllanishi

va rivojlanishida xalqga xos etnik, diniy, milliy, madaniy

xususiyatlari ta’siri yuqori ekanligi aniqlangan.

1

Teacher, Alisher Navo’i

Tashkent State University of the Uzbek Language and Literature.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

172

Лингвокультурологический анализ общетурецких
музыкальных терминов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

музыкальные термины,

лингвокультура,

этимология,

общетюркский слой,

мелодия,

песня

.

В данной статье этимологически и лингвистически

анализируются музыкальные термины, относящиеся к
общетюркскому пласту узбекского языка. В результате
анализа установлено, что на формирование и развитие

этих терминов

значительное

влияние

оказывают

этнические, религиозные и национально

-

культурные

особенности народа.

Turkiy xalqlar tarixan til, madaniyat, san’at va adabiyot sohalari mushtarak bo‘lgan

xalqlar sanaladi. Ularning etnik kelib chiqishi, lisoniy shakllanishi, madaniy qarashlari bir
ildizga borib taqaladi. Oltoy tillar oilasi tarkibiga kiruvchi tillar tadqiqi turkologiya

sohasining obyekti sanaladi. 1926-

yilda Bokuda Birinchi turkologiya qurultoyi bo‘lib

o‘tgan. Shu yildan boshlab rasman ushbu xalqlarning tilga va tilshunoslikka oid

qarashlari umumiylik kasb etdi. Keyinchalik bu xalqlarning til xususiyatlari jahon
tilshunosligi tomonidan ham chuqur tadqiq etila boshlandi. Masalan, Germaniyadagi

turkologiya va turkiy tilshunoslik uzoq davr mobaynida dunyo turkologiya fanining

karvonboshilaridan biri bo‘lib keldi.

Musiqa terminlari ham ushbu xalqlarda umumiy xarakterga ega bo‘lib, ma’lum

lekisik, fonetik hamda morfologik xususiyatlariga ko‘ra farqli jihatlari mavjud. Bu farqlar,

asosan, ushbu xalqlarning boshqa hududlar va xalqlar bilan aloqasi natijasida yuzaga
kelgan.

Izlanishimizda o‘zbek tili musiqa terminlari tarkibidagi turkiy qatlamga oid

terminlarni til tarixi va lingvomadaniyatshunoslik fanlarining nazariy bilimlariga

tayangan holda tahlil etish maqsad qilingan.

Ushbu tadqiqot musiqa terminlarining shakllanishi va rivojlanishida o‘zbek

xalqining etnik, geografik, diniy, milliy-madaniy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa

xususiyatlarining ta’sirini aniqlash yuzasidan dolzarb sanaladi.

Tadqiqot obyekti sifatida hozirgi o‘zbek adabiy tili tarkibidagi turkiy qatlam

leksemalarining terminosistemaga o‘tgan va termin sifatida muayyan sohaga oid

tushunchani ifodalayotgan leksik birliklari olindi.

Inson borliqni anglash va nomlash jarayonida uni madaniy dunyoqarash

prizmasidan o‘tkazadi. Ana shu madaniy dunyoqarashning shakllanishida esa diniy
tasavvurlar ustuvorlik qiladi. Turkiy xalqlar ham ana shunday diniy ta’sir asosida

shakllangan madaniy dunyoqarashdan kelib chiqib, umumiy leksik qatalmni

shakllantirgan. Ilk musiqa terminlar diniy marosimlarda ishlatilgan musiqa cholg‘u

nomlari bo‘lib, ular haqidagi ma’lumotlar tasviriy san’at namunalari, arxeologik
topilmalar va xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi ta’riflar orqali

olingan. O‘zbek tilining

shakllanishi sifatida ko‘rsatiluvchi ushbu davrga oid eng qadimgi yozma yodgorliklar
tarkibida ham ayrim musiqa terminlar aks etgan bo‘lib, ushbu terminlar bugunga qadar

shakli va ma’nosini o‘zgartirgan holda o‘zbek tilida qo‘llanmoqda. Bular turk

-moniy,

budizm, islom dini va madaniyati ta’sirida paydo bo‘lgan yozma manbalardir. Q.

Sodiqov

bir qator musiqa terminlarining etimologiyasiga to‘xtalib o‘tadi. Jumladan,

küg~kög,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

173

qošuq~qošuğ, yïr~ïr

so‘zlarini ilk turkiy tilga oid musiqa terminlari sirasiga kiritadi.

N.Rahmonov va Q.Sodiqovlar qadimgi turkiy til tarkibini VII asrgacha

turkiy-run yozma

yodgorliklar yaratilgunga qadar davrdagi mavqeini xorijiy manbalar asosida tadqiq etish

natijasida ishonchli xulosalarga kelish mumkinligini ta’kidlaydi. Miloddan oldingi va

milodning boshlaridagi turkiy madaniyat hamda turkiy qavmlarning ijtimoiy, madaniy,

siyosiy va etnik tarixiga oid manbalarning aksariyati Xitoy yilnomalaridan o‘rin olgan.

Ushbu nomalarda turkiy qavmlar haqidagi ma’lumotlar mil.ol.III asrdan kiritila
boshlangan. Bu davrda musiqa cholg‘ulari aynan qanday atalgani to‘g‘risida yozma

ma’lumotlar yo‘q. Asosan, naysimon, arfasimon, do‘mbirasimon, udsimon,

dutorsimon,

changsimon, piyolasimon, doirasimon, tirnama cholg‘ular bu davrga xos.

Turkiy tilga oid musiqa terminlar bugungi kunda terminosistema chegarasiga

yaqinlashgan hamda so‘zlar bilan umumiylik kasb etgan. Ular nutqda umumiste’mol

so‘zlari kabi faol qo‘llanila olish xususiyatiga ega. Umumturkiy qatlamga oid musiqa

terminlari turkiy xalqlarning madaniy qarashlari, borliqni anglash jarayoni va uni

voqelantiruvchi birliklari bilan umumleksik qatlamni yuzaga keltirgan.

Mana shunday terminlardan biri

“kuy”

leksemasi bo‘lib, “turli baland va

uzunlikdagi tovushlarning ma’lum bir ritm va ladda badiiy holatda kelishi” tushunchasini

ifolaydi. Ushbu leksemaning shakllanish jarayoni tilning madaniy taraqqiyoti bilan uzviy

bog‘liq. Xususan, Sh.Rahmatullayev bu leksema “

kög”

tarzida XI asrda umumturkiy sathda

faol

qo‘llangani va arab tilidagi

gof

bilan ifodalanganda

“ashulada ovozni baland

-past

qilish”

[

Будагов

, 1969

–1971] ma’nosida kelgani,

kof

fonemasi bilan esa

“she’rning vazni,

o

‘lchovi”

[Mahmud Qoshg‘ariy,

1960

1963: 144]

ma’nolarini anglatganligi haqida

ma’lumot beradi. Ushbu terminning fonematik tizimidagi taraqqiyotini olim

kög>ko‘y >

kuy

[Rahmatullayev, 2000: 213] tarzida tahlil qiladi.

Sh.

Rahmatullayev ushbu termin etimologiyasini “Qadimgi turkiy til lug‘atida

“nimagadir xitoycha deb ta’kidlangan” deya

fikr bildiradi.

Lug‘atda termin

“tsyuy”,

“khyog” –

“kuy” ma’nosini ifodalashi “Devonu lug‘otit –

turk” asariga tayanilgan holda

beriladi. A.Fitrat

“O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” asarida ushbu terminga:

“Turklar butun kuylarini, ashulalarini shul uch “usul doirasi” uzra “ijro qilar emishlar.
Bularga “kug”lar der emishlar”, –

deya fikr bildiradi va “kug” so‘ziga ilova tarzida: “bu

kungi “kuy” bilan munosabati bormi?”,

deya savol qoldiradi. Shuningdek, xitoyshunos

olimlardan ba’zilari, Chin manbalarida yuzlab ko‘hna turkiy so‘zlar bor deb, e’tirof

etadilar. Bunga sabab qilib, Chin (Xitoy)ning VI

VIII asrlarda turkiy qabilalar tomonidan

tuzilgan Turk xoqonligi tarkibida bo‘lganligidir. Qadimgi turkiy til davrida turkiy xalqlar

xitoy xalqi bilan bir arealga kirgani uchun ham ushbu tillarda o‘zaro integratsiya jarayoni

kichadi. Shuning uchun ham A. Fitrat xalqlarning madaniy va tillararo aloqasidan kelib

chiqib, “kug” leksemasini xitoy tiliga oid birlik sifatida baholaydi.

A.

Fitrat “Xitoylarda uch yuz oltmish kuy bor emish. Turk xoqonlarining

majlislarida bu uch yuz oltmish kuyning har biri bir kunda chalinib, bir yilda tamom

bo‘lar emish. Bu uch yuz oltmish “kug” ning buyugi, asosi to‘qqiz “kug” emish”, –

deya

keltirilgan ma’lumotlarni XIV asrning 2

-

yarmida yashab ijod qilgan Marog‘ali Xoja

Abdulqodirning “Tuhfatu

-s-

surur” nomli asariga tayangan holda beradi. Tarixdan

ma’lumki, Turk xoqonligi Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha o‘lkalarni
o‘z ichiga olgan yirik saltanat bo‘lib, VI–

VIII asrlarda tarix sahnasida edi. Turkiylar

tomonidan Yevrosiyoda yaratilgan ulkan imperiya tarkibiga Xitoyning ma’lum hududlari

ham kirgan. Xitoyga Suy va Tan sulolalari davrida Turk xoqonligining siyosiy va madaniy


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

174

ta’siri katta edi. Bu paytda esa Sirdaryo va Amudaryo oralig‘i hamda unga tutash
hududlar Xoqonlik tarkibida bo‘lib, Xitoy bilan aloqlar karvonlar va boshqa vositalar

orqali amalga oshirilgan. Ushbu davr haqida ma’lumot beruvchi Marog‘ali Xoja

Abdulqodirning fikrlariga tayangan holda A.

Fitrat: “Burung‘i turk musiqiysining Xitoy

ta’siri ostida bo‘lg‘ani anglashilmoqdadir”, –

deya xulosa qiladi. Ushbu xulosa Xitoy va

turkiy xalqlar orasidagi uzoq tarixga ega madaniy aloqalar sabab paydo bo‘lgan degan

xulosani yuzaga keltiradi.

Tadqiqot jarayonida

kuy

terminini etimologik tahlil etish orqali ushbu leksema

an’anaviy xitoy tilida

xuánlǜ

deb nomlanishi aniqlanildi. Xitoy hududidagi turkiy xalq

sanalgan uyg‘urlarning turkiy madaniyatidan kelib chiqib, ushbu terminni tahlil etish

lozim degan xulosaga kelindi. Qadimgi turkiy tilga oid leksik birliklar haqidagi yozma

manbalarning katta qismi uyg‘ur yozuvida yoki xitoy tilida yozilgan bo‘lib, ushbu yozuv

turlari turkiy tildagi tovushlarni to‘liq ifodalay olmagan.

Shuningdek, VIII

–IX asrda keng qo‘llanilgan uyg‘ur yozuvi xususiyatlariga

e’tibor

qaratadigan bo‘lsak,

k-g

tovushlari bir xil harflar bilan yozilgan, ö

-

ü unlilari “vav” harfi va

undan so‘ng “ya” orqali ifodalangan. Ushbu yozuv turkiy til tovushlar tiziminining fonetik

tuzilishini to‘liq aks ettira olmaganini inobatga olgan holda

küg~kög

leksemasining

ko‘k

osmon

ma’nosini beruvchi leksema bilan farqlanmagani, ö

-

ü unlilari ham har xil shaklda

berilganligidan kelib chiqib, musiqashunos A. Muhambetovaning

“kuy” nomli musiqiy

namunalar turkiy xalqlarning islomga qadar madaniyatiga taalluqli b

o‘lib, mazmunan

qadimiy kosmologik qarashlarni aks ettirgan”,

degan qarashlar ham asosli sanaladi.

Ushbu fikr turkiy xalqlarning ilk diniy qarashlari bilan aloqador. Jumladan, Turk

xoqonligi hududidagilar

tangrichilik

, ya’ni

yagona osmon ruhi

ga topinishgan. VIII asrda

arablarning O‘rta Osiyoni iste’lo qilishi natijasidagina bu hududga islom dini kirib kelgan.

Turkiy xalqlarning ilk musiqiy ohangga ega qo‘shiqlari ham aynan ko‘k ilohi va
ilohalariga bag‘ishlab yaratilgan.

Küg~kög

leksemasining etimologiyasi va uning semantik xususiyatlari bo‘yicha

yana bir qarashlardan biri uni hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi “alanga (issiq) ta’sirida yonib,

iste’molga yaroqsiz (ko‘mir) holatiga yetgan” ma’nosini anglatuvchi “kuymoq” fe’lining
ma’no ko‘chishi asosida hosil bo‘lgan degan qarashlar ham mavjud. Qadimgi turkiy tilda

bu fe’l asli

köy

tarzida talaffuz qilingan.

Ayni mana shu ma’no asosida shakllangan

kuylar ma’lum bir tur va turkumlarga birikib, O‘rta Osiyoda maqom san’atining

shakllanishiga asos bo‘lgan. Tasavvufiy qarashlar asosida ishqda (ishqi ilohiyda) yonib

kuygan oshiqning

ruhiy holatlarini ifodalash uchun yaratilgan kuylar jam bo‘lib, yaxlit

“kög”ni, ya’ni “maqom”ni tashkil qilgan. Bugungi maqom tizimiga asos bo‘lgan O‘n ikki
maqom tarkibidagi maqom nomlari ma’nolari ham

kuy

leksemasining ishqi ilohiyda

yonish bosqichlarini ifodalaydi:

Ushshoq

oshiqlar, yuksak ishq timsoli;

Navo

ishq, muhabbat kuyi; oshiqlarning dardli kuyi;

Busalik

mahbubini izlashga chiqqan yo‘lovchi;

Rost

to‘g‘ri, haqiqiy, (oshiq) ixtiyor qilgan to‘g‘ri yo‘l ramzi;

Xusayniy

oshiqning yo‘lboshchisi;

Rohaviy

(“roh” so‘zidan)

yo‘l ramzi; yo‘l harakatiga ishora;

Hijoz

(Makkayi Mukarrama va

Madinayi Munavvara shaharlari joylashgan o‘lka) –

haj safariga ishora; asosiy maqsad timsoli;

Zangula

qo‘ng‘iroqcha, “talab tuyasi”, yo‘ldagi karvon ramzi;


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

175

Iroq

(ziyoratchilar karvoni o‘tadigan mamlakat nomi) –

solik o‘tishi lozim bo‘lgan

va ayni vaqtda maqsadga “olib boruvchi yo‘l” ramzi;

Isfahon

(“sarkash, to‘shak, yotish payti”) –

safarbarlik harakatining poyoniga

yetishi, ziyoratning tugashi;

Kuchak

(Zirafkandning qo‘shimcha ikkinchi nomi, “kichik”ma’nosini bildiradi) –

kichik olam, mikrokosmos;

Buzrug

(katta, ulug‘, buyuk) –

katta olam, makrokosmos.

Maqom san’atining shakllanishida turkiy xalqlarning borliqni anglash haqidagi

bilimlari zardushtiylik, islomiy, tasavvufiy qarashlar asosida shakllangan

Küg~köglar

eng

muhim manbaa bo‘lib xizmat qilgan.

VIII asrga qadar

küg~kög

bugungi

maqom

ma’nosini bajargani “Devon u

-

lug‘otit

turk”dagi quyidagi she’riy parcha mazmunidan anglashiladi:

“Köglär qamug‘ tüzüldi,

Jwrïq izish tizildi.

Sëniz özüm özäldi,

Kelgil amul ojnalïm.

Ma’nosi:

Kuylar bir-biriga moslashtirildi,

May idishlari qatorlashtirildi,

Ko‘nglim sensiz seni istab beqarordir.

Kel, ko‘ngilni tinchitib shodlanaylik.

Matn asosida ma’lum sistema holatiga kelgan ohanglar

küg~kögni

tashkil qilganligi

ma’lum bo‘ladi.

Musiqashunos O.Ibragimov ushbu ta’riflarni Najmiddin Kavkabiyning “Kulliyot”

asari asosida berib o‘tadi: ishq ko‘yida “kuy”gan oshiqning ruhiy holatlarini ifodalash va

ishqning avj (koinot cho‘qqisi)ga ko‘tarilishidagi bosqichlarni aks ettirish

uchun

yaratilgan “kuy”lar bugungi “maqam” san’atining asosiga aylangan.

Aynan shuning uchun

ham musiqashunos O. Ibragimov, I. Rajabov va A.

Muhambetovalar “kuy” so‘zini “ko‘k”

shaklida berishgan.

Shuningdek, M.

Qoshg‘ariy “ko‘k” va “kök” so‘zlarini o‘zaro farqlaganda “kök”:

osmon, she’r vazni, ohang, havo rang, xotinlar yuzidagi dog‘ ma’nolarida; “ko‘k”: egar

chilviri va urug‘

-

avlod ma’nolarida izohlagan. Ushbu asarni sharhlagan S.Mutallibov

Navoiy davrida ushbu ikki leksema bir xil fonematik tizimga ega bo‘lganligi haqida

ma’lumot beradi:

1.

ko‘k –

osmon:

Ko‘kka yetti sadoyi no‘shonush.

2.

ko‘k –

osmon rang:

Chiqti ko‘k atlasin kiyib xurshid,

Ko‘k libos ichra nilufar yanglig‘.

3.

ko‘k –

kuy:

Mutribi navha aro navha ko‘kin choldi yana…

4.

sozlamoq, ma’lum vaznda tuzmoq:

Ey mug‘anniy, sen navo ohangida ko‘kla qo‘buz.

Q.

Sodiqov bir qator musiqiy terminlar etimologiyasiga to‘xtalib o‘tadi, xususan,

küg~kög

leksemasi qadimgi turkiy tilda “she’r, qo‘shiq” ma’nosida keng qo‘llanilgan

bo‘lib, turk moniy adabiyotining namoyandasi Aprinchur tigin she’rlarining yakuniga

Tügädi Apričor tigin kügi

(Tugadi Aprinchur

she’ri

) deb yozib qo‘yilgani haqida ma’lumot

beradi. Qadimgi turkiy manbalarda ba’zan bu atama

küg tağšut

shaklida qo‘llanilib,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

176

“she’riyat” ma’nosini bildirgan”, –

deya fikr bildirib quyidagicha ilmiy asoslaydi: til

taraqqiyotining keyingi davrlarida mazkur so‘z “küy”ga aylangan. Moniylik davri turk

adabiyotida

bašïk, küg, taqšut, küg taqšut

kabi she’r turlari mavjud bo‘lib, bizgacha

ulardan ayrimlari yetib kelgan. Hozirgi o‘zbek tilidagi “ohang” ma’nosini bildiruvchi

küy

qadimgi kügning o‘zgargan shakli hisoblanadi: (

-k// -g>-y; -

ö>ü). Tilimizda uning “she’r,

qo‘shiq” ma’nosi hozir ham saqlanib qolingan. Tadqiqotchi ushbu leksema m’nosini

“ohang, kuy” ma’nosiga emas, “she’r, qo‘shiq” ma’nosiga bog‘laydi. Ushbu fikr asosi

sifatida

kuyla

so‘zida “kuy chalmoq” ma’nosi emas, “qo‘shiq aytmoq” ma’nosi mujassam

ekanligini aytib, san’atkor kuyladi –

san’atkor qo‘shiq aytdi misoli orqali asoslaydi.

Shuningdek, bu so‘zni “Devonu lug‘otit turk”da qo‘llangan köglä (er köglädi) fe’lining

fonetik jihatdan o‘zgargan shakli ekanligini aytib:

köglä~küglä> küylä

sifatida tahlil etadi.

Mahmud Koshg‘ariy

köglä

fe’lini izohlar ekan, uning “

kuylamoq, ashula aytmoq

ma’nosida ekanligini ta’kidlaydi. Alisher Navoiy “Muhokamatu

-l-

lug‘atayn” asarida

hozirgi “ohang, kuy” ma’nosidagi “kuy”ni “kök” shaklida keltirgan. Navoiy asarlari

bo‘yicha tuzilgan “Abushqa” lug‘atida “

kök

”dan yasalgan

kökla

fe’liga keng izoh beriladi.

Kitobda muallif kökla fe’lining ma’nosi haqida shunday yozadi: kökla –

kāflar kāf

-

i‘arabi:dur. Amr edüp sāz čal ma’nāsïnadur deb izohlanib, unga misollar berilgan”.

Kuy

termini tarkibida dastlab “ohang” ma’nosi emas, “she’rni ma’lum ohanga solib aytish”

ma’nosi bo‘lganini musiqa lug‘atlari tarkibida yunon tilidan o‘zlashgan “melodiya”

termini “qo‘shiq kuylash” ma’nosida izohlangani orqali bilishimiz mumkin.

Jamiyat rivojlanishi va uning madaniy taraqqiyoti o‘z

-

o‘zidan o‘sha millatning til

tarkibi rivojiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Turkiy xalqlar muloqot vositasi bo‘lgan

tillar

tarixan mo‘g‘ul va tungus

-manchjur tillari bilan birgalikda Oltoy tillar oilasi tarkibiga

kirgan. Natijada, ushbu xalqlar madaniy birliklari ham bu davrda umumiylik kasb etgan.
Ushbu til birliklari qadimgi turkiy til davrining Oltoy va Xun davrlarida umumiy leksik

qatlamga ega bo‘lgan.

Qadimgi turkiy tilning birinchi davri eng qadimgi davrdan to milodning

V yuzyilliklariga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida Oltoy
davrining oxirida bu tillar ikkita katta til guruhiga bo‘linib,

tungus-manchjur va turk-

mo‘g‘ul tillar guruhlariga ajraladi. Natijada, bu davrda turk

-

mo‘g‘ul tillari tarkibi o‘zaro

fonologik, morfem-morfologik, leksik va semantik jihatdan umumiylik kasb eta

boshlagan. Bu davrga oid manbalar, asosan, xalq og‘zaki ijodi namunalari bo‘lib, ular
og‘zaki shaklda vujudga kelgan, vaqtlar o‘tishi bilan o‘zgarib borgan. Jumladan, bu davrga

oid o‘zgarishlarni “küg~kög” leksemasining semantik mundarijasini tahlil etish
jarayonida ko‘radigan bo‘lsak: “she’r”, “ohang”, “kuy”, “ashulada ovozni baland

-past

qilish”, “maqom” “cholg‘u” kabi ma’nolari shakllangan bo‘lib, ular tilimizning tarixiy

taraqqiyoti davomida rivojlanib borgan. Fin tadqiqotchisi Chingduang Yurayong turkiy

tillar uchun

musiqa

termini ma’nosini ifodalovchi

küg~kög

leksemasi umumiy ekanligini

tadqiqotlari tahlilida berib o‘tadi.

Shuningdek, turk tili musiqa terminlarini tadqiq etgan

Gültekin Oransay ham ushbu termin arabiy o‘zlashma sanalgan

musiqa

termini

mazmunini ifodalagan sof turkiy birlik ekanligini ilmiy izohlaydi. Termin turkiy tillarga

oid manbalarda “

kük”, “kög”, “kök”, “gük”, “gök”, “gög” yoki “küğ

” tarzida kelishi haqida

ma’lumot beradi.

Qadimgi turkiy til davrida ushbu termin oltoy tillari va uning tarkibiga kiruvchi

turkiy tillar uchun umumiy semani ifodalab, leksemaning semantik taraqqiyoti natijasida

she’r > qo‘shiq > kuy >musiqa >maqom

ma’nolarini anglatgan. I.Rajabovning: “Maqomlar

insonning musiqa haqidagi tushunchalari, musiqiy-

estetik qarashlari barkamol bo‘lgan,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

177

kishilarning ongi va saviyasi yuksalgan bir davrda yuzaga kelgan” degan fikri ham turkiy

xalqlar, xususan, o‘zbek xalqining musiqiy qarashlari VIII asrga qadar “küg~kög”

leksemasi orqali ifodalangan musiqiy bilimi taraqqiyotini dalillaydi.

Fikrimiz isboti sifatida leksemaning bugungi mo‘g‘ul tilida “

musiqa

” ma’nosini

ifodalashini keltirish mumkin. Shuningdek, tadqiqotchi A.Bo‘ronov turkiy xalqlarning

tarixiy ildizi sanalgan oltoy tili tadqiqida doston ijro etuvchilar Oltoylarda

kaychi

(

kuychi

)lar deb nomlangani haqida ma’lumot beradi.

Bundan ko‘rinadiki, “musiqa ijro

etuvchi” ma’nosi

kaychi

termini orqali ifodalangani ham

kuy

termini

musiqa

ma’nosini

ifodalovchi sof turkiy leksema ekanligini anglatadi.

Shuningdek, “taqshut”,

“yır”, “ïr”, “jir”

terminlari ham turkiy tillar uchun umumiy

bo‘lib

,

so‘z va kuy jo‘rligidagi ijroni ifodalagan.

Tarixan bir umumiy madaniy konseptga ega bo‘lgan turkiy xalqlar musiqiy

terminologiyasini qiyosiy tadqiq etish orqali til egasi bo‘lgan insonning madaniyatga va

uning madaniy qarashlari til tarkibiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash mumkin. Inson

bolaligidan boshlab o‘z millatiga xos tilni va u orqali madaniyatni o‘zlashtirib boradi.

Xalqning o‘ziga xos madaniy xususiyatlari tilida yuzaga chiqadi. O‘zida ana shunday

qarashlarni aks ettirgan o‘zbek tili musiqa terminlarining shakllanishi va rivojlanish

jarayonlarini tadqiq etish orqali o‘zbek tiliga o‘zga tillarning va shu orqali turli

madaniyatlarning ta’siri hamda natijada xalq konseptidagi o‘zgarishlar aniqlaniladi. Ya’ni,

tildagi madaniyat omili, u orqali insondagi til omili tadqiq etiladi.

Madaniy tashuvchi

vazifasini bajaruvchi

musiqa terminlari

o‘zbek tili tarkibida

salmoqli qismni tashkil qiladi. Ushbu terminlarning leksik-grammatik tadqiqiga oid

qarashlar S.Azizov tomonidan alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilgan. Tadqiqot

tarkibida terminlarning tarixiy tadrijiga ham e’tibor qaratilgan. Biroq terminologik

tizimdagi bunday o‘zgarishlarga ta’sir etuvchi omillar tahlil etilmagan. Shuningdek,

bugungi sinxron sath uchun tadqiqot yaratilgan davr diaxron bo‘lib, natijada

terminologik tizimdagi ko‘plab musiqa terminlari istorizm yoki arxaizimga aylangan.

Ushbu tadqiqotda ana shunday o‘zgarishlarni madaniy ta’sir omilida tahlil etishga

harakat qilindi.

V.Belyaevning fikricha hozirgi kunda o‘zbek va tojiklarda musiqa asarlarining

dastlabki shakllari marosim qo‘shiqlari, bolalar qo‘shiqlari, onalar allasi, yig‘ilar vositalari

bilan bizgacha yetib kelgan.

Yır, ïr, jir –

kuy, maqom.

Ol jïr jïrladï

u bir maqomni kuyladi. Ko‘pinchi bu so‘z

she’rga nisbatan qo‘llandi. Bu so‘zni

ïr

tarzida ham talaffuz qilinadi.

Ushbu leksema asosida

jïrla

fe’li yasalgan bo‘lib,

kuyla

ma’nosi ifodalangan.

Bugungi kunda

jirov

leksemasi ushbu asosdan yasalgan bo‘lib,

doston kuylovchi

ma’nosida

qo‘llaniladi.

Shuningdek, aza marosimlarida yig‘ichilarning yig‘lash jarayoni o‘zbek tili qipchoq

lahjasida

jila

shaklida qo‘llanilib,

muayyan ritmik asosga ega ohang

ma’nosini ifodalaydi.

Ayni ushbu ma’no

jirlamoq

fe’lining o‘zbek tili dialektida saqlanib qolingan varianti

sanaladi.

Aytim

so‘z, kuy va o‘yin (raqs) unsurlarining o‘zaro “qorishib” kelishini

ifodalaydi. O.Ibrohimov xalq aytimlarining ohangini notaga tushirilsa, yurak urish ritmi

hosil bo‘lishini aytadi. Bundan xulosa chiqadiki, turkiy xalqlar musiqiy bilimi

insoniyatning musiqiy tafakkuri zamiriga qurilgan. Aytimlarda yig‘i ohangi yetakchilik

qilishi ushbu terminning etimologiyasi semantik jihatdan

jir

va

jila

leksemalari bilan

bog‘liqligini bildiradi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

178

Qo‘shiq

ushbu termin

qoš –

juft

ma’nosini ifodalovchi asosga

–(u)g‘

qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasalgan. Bu ot asli “she’r”, “qasida” ma’nosini anglatgan,

ma’no taraqqiyoti natijasida “ashula qilib aytiladigan she’r”, umuman “ashula” ma’nosi

yuzaga kelgan. Sh.Rahmatullayev ushbu so‘z eski turkiy til davrida rivojlangan bo‘lib, so‘z

oxiridagi

g‘

undoshi

q

undoshiga, ikkinchi bo‘g‘indagi

u

unlisi

i

unlisiga almashgan deya

izohlaydi:

qosh

+ ug‘ = qoshug‘ > qoshuq > qoshiq.

Ushbu termin terminosistemaga yaqinlashgan leksema sanalib, soha vakillari

nutqidan tashqarida ham ma’nosi anglashiladi. Antroposentrik nazariya asosida g‘arb

ilm-fani

qo‘shiq

leksemasini

kuy va she’r uyg‘unligini anglatuvchi birlik

sifatida tahlil

etayotgan bir paytda, turkiy xalqlar qadimgi turkiy til, eski turkiy davrlaridayoq ushbu

birlikda san’at, xususan, musiqaga oid tushunchalarini aks ettira olgan. Qo‘shiq tor

ma’noda aytimning muayyan turi, janrini anglatadi.

Turkiy poetikani tadqiq etgan I.Stebleva ham yir (jir), qo‘sh (qo‘shiq), ko‘g (kuy)

kabi janrlar turkiy xalqlarning eng qadimgi janrlari ekanligi haqida xulosa qiladi. Ushbu

xulosa yuqorida tahlillarimizni dalillash uchun xizmat qiladi.

Cholg‘u

kuy ijro etish asbobi. Sh.

Rahmatullayev ushbu so‘z eski o‘zbek tilida

chal

fe’lining “

kuy ijro et

” ma’nosidan

-

g‘u

qo‘shimchasi bilan yasalganini aytib, keyinchalik

a

unlisi

ȃ

unlisiga almashgani haqida ma’lumot beradi. Ushbu asosdan hozirgi o‘zbek

adabiy tilida harakatni yuzaga keltiruvchi shaxs nomini ifodalovchi

cholg‘uchi

termini

,

faoliyat-jarayonni anglatuvchi

cholg‘uchilik

leksemasi yasalgan.

Chal

musiqa asbobida kuy ijro et. Ushbu leksemaning musiqa termini sifatida

ifodalanuvchi ma’nosi qadimgi turkiy tildagi

chal

fe’lining

ur

ma’nosidan o‘sib

chiqqan. Dastlab,

chal

fe’lining

ur

ma’nosidan “

urib ovoz chiqar

” ma’nosi, keyinchalik

ma’no taraqqiyoti natijasida “

urib kuy ijro et

” ma’nosi, keyinchalik “

musiqa asbobida kuy

ijro et

” ma’nosi yuzaga kelgan.

Ilk musiqa cholg‘ulari urib ijro etiluvchi cholg‘ular sanalib, shomonlarning

doira

lari

turkiy xalqlar uchun dastlabgi cholg‘ular sanaladi. Shuning uchun ham chal–

leksemasi

mazmunida insonlarning borliqni anglash haqidagi qarashlari taraqqiyotini ko‘rish

mumkin.

Qo‘biz

(qo‘buz) tadqiqotchi K.Rixsiyeva ushbu leksemani G.

Dyorferning fikriga

tayangan holda bu musiqa asbobining nomi aslida

qopuz

shaklida bo‘lgani va turli turkiy

tillarda turlicha fonetik variantlarga egaligi haqida ma’lumot beradi. Ushbu leksemaning

asosi qadimgi turkiy tilda “

ko‘tarilmoq

”, “

yuqorilamoq

” ma’nolariga ega bo‘lgan

qop

fe’li

ekanligini aytib o‘tadi.

Ushbu musiqa cholg‘usi turkiy xalqlarning tangrichilik dini ta’sirida paydo bo‘lgan

bo‘lib,

shumercha

tengir

“koinot”

ma’nosi asosida shakllangan ma’noga ega.

O‘yna

tana, oyoq, qo‘l va qosh

-

ko‘zlarni kuyga monand holda go‘zal harakatlantir,

raqsga tush

ma’nolarini ifodalaydi. Sh.

Rahmatullayev ushbu fe’l qadimgi turkiy tildagi

oyun

otidan

-a

qo‘shimchasi bilan yasalgan bo‘lib, qo‘shimcha qo‘shilganidan so‘ng

ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan, o‘zbek tilida

a

unlisi

ӓ

unlisiga

almashgan:

oyun + a = oyuna

> oyna

> oynӓ

shakliga kelgani haqida ma’lumot beradi.

Leksema ma’nosi hozirgi o‘zbek adabiy tilida

raqs

termini orqali ifodalanadi.

Harakatlar asosida muayyan ritmik ohang turgani uchun ham ushbu leksema musiqa

termini sanaladi. Ushbu termin ifodalagan tushuncha turkiy xalqlarning shomonizmga

oid qarashlari asosida shakllangan bo‘lib, diniy marosim paytida shomonlar tomonidan

amalga oshirilgan harakatlar, shuningdek, aza marosimlarida yig‘ichilarning muayyan

ritmik tebranishlari, harakatlari bunga asos bo‘lib xizmat qilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

179

Sibizg‘a

“nay” cholg‘u asbobining mumtoz shakli. Sh.Rahmatullayev

ushbu

leksemani qadimgi turkiy tilda

sıbızg‘u

tarzida, eski turkiy tilda esa uchinchi bo‘g‘indagi

unlilarning qattiqlik belgisi yo‘qolib,

a

unlisi

ӓ

unlisiga almashgani:

sıbızg‘u > sıbızg‘a >

sibizg‘a > sibizg‘ӓ

shakliga kelgani haqida ma’lumot beradi

.

Musiqa cholg‘u nomini ifodalovchi ushbu termin etimologiyasini Sh.Rahmatullayev

sıbız

asosining “

ingichka ovoz chiqar

” ma’nosidan o‘sib chiqqani haqida xulosa bildiradi.

Biz ham ushbu fikrga qo‘shilgan holda ovoz diapazoni naydan ingichka sanalishini fikrni
dalillash uchun keltirib o‘tamiz.

Shuningdek,

baraban, changqobuz, do‘mbira

kabi terminlar ham turkiy qatlamga

oid musiqa terminlari sanaladi.

Yuqorida tahlil etilgan musiqa terminlari turkiy xalqlarning borliqni anglash, tahlil

etish va xulosalar chiqarish jarayoniga etnik kelib chiqish, diniy, dunyoviy bilimlar, areal

joylashuv, urf-

odat va marosimlarning ta’siri natijasida shakllanganini ko‘rishimiz

mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Akbarov I. Musiqa lug‘ati. –

Toshkent: O‘qituvchi, 1997. –

B. 146.

2.

Abdurauf Fitrat. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi. –

Toshkent: Fan, 1993.

3.

Abdurauf Fitrat. Eng eski turk adabiyoti namunalari (Adabiyotimizning tarixi

uchun materiallar). Toshkent: Mumtoz so‘z, 2008.

4.

Ali U

ҫ

an. Ge

ҫmişten gününümize, günümüzden geleceğe Türk müzik kültürü.

Müzik Ansikpedisi Yayinlari, 2000.

5.

Abdurahmonov G‘.., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent: O‘qituvchi, 1982.

6.

Abdurahmonov N. Qadimgi turkiy til.

Toshkent: O‘qituvchi, 1989.

7.

Aliyev A. Sodiqov Q. O‘zbek adabiy til tarixidan. –

Toshkent: O‘zbekiston, 1994.

8.

Abdushukurov B. Qadimgi turkiy til.

Toshkent: NAVOIY UNIVERSITETI, 2019.

9.

Asli Gedikli. Türkҫe müzik terminolojisi sorunsali ekseninde Gültekin Oransay.

Türk Müziği, Mart 2023. Turkmuzigidergisi.com

10.

Budagov L.Z. Sravnitilniy slovar turetskogo

tatarskix narechiy. I

II tomlar.

Sangpeterburg,1969 -1971;

11.

Bo‘ronov A. Oltoylar. –

Toshkent: Muharrir, 2017.

12.

Boltaboyev H. Aruz ilmi saboqlari // Maqom. Toshkent: BOOKMANY PRINT. №

1. 2022.

13.

Drevnetyurkskiy slovar. Leningrad: NAUKA.

14.

Eltazarov J. O‘zbek tilining Germaniyada o‘rganilishi tarixidan (XX asrgacha

bo‘lgan davr). Uluslararası Türk Lehҫe Araştırmaları Dergesi (TȔRKLAD) 3. Cilt, 1. Sayı,

2019. Türkiye.

15.

Jamoliddinova D. Badiiy matnda terminlarning lingvopoyetik va

lingvokulturologik xususiyatlari. Diss: Filol.fan.dok. (DSc). Toshkent, 2021.

16.

Ibrohimov O. O‘zbek xalq musiqa ijodi. –

Toshkent, 1994.

17.

Ibragimov O. Maqom asoslari.

Toshkent, 2018.

18.

Jamoliddinova D. Badiiy matnda terminlarning lingvopoyetik va

lingvokulturologik xususiyatlari. Diss: Filol.fan.dok. (DSc). Toshkent, 2021.

19.

Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy fonetikasi. T.: 2006.

20.

Matniyozov A. R., Yusufov B. O‘zbek tilining shakllanish va rivojlanish tarixi. –

Toshkent, 2023.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

2 (2024) / ISSN 2181-3701

180

21.

Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. II jild. –

Toshkent, 2003.

22.

Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. T. III. Tarjimon va nashrga

tayyorlovchi filologiya fanlari nomzodi S.Mutallibov.

Toshkent, 1960-1963.

23.

Kemal Atatürk ve Küg. Ankara: Küg Yayını. 1965.

24.

Oltun yorug‘. –

Toshkent: Fan, 2009. 1-kitob.

25.

Oransay Gültekin. “Küg” Ankara: Küg yayını. Küg Dergesi Sayilar: 1

-2. 1969.

26.

Qo‘chqortoyev I. Isabekov B. Turkiy filologiyaga kirish. –

Toshkent:O‘qituvchi,

1984.

27.

Rahmonov N. Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –

Toshkent, 2009.

28.

Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. I jild. –

Toshkent:

Universitet, 2000.

29.

Rajabov I. Maqomlar.

Toshkent, 2006.

30.

Sodiqov Q. Turkiy yozma yodgorliklar tili adabiy tilning yuzaga kelishi va

tiklanishi.

Toshkent, 2006.

31.

Sodiqov Q. Turkiy til tarixi. T.: 2009.

32.

Stebleva I.V. Tyurkskaya poetika. Etapi razvitiya VIII-XX vv. M.: Vostochnaya

literatura, 2012.

33.

Chingduang Yurayong. Areal-linguistik approach to the diversity of the generic

terms for ‘Music‘ in the world‘s languages. University of Helsinki. 24.IX.2018. vol. 681.

Библиографические ссылки

Akbarov I. Musiqa lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. – B. 146.

Abdurauf Fitrat. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi. – Toshkent: Fan, 1993.

Abdurauf Fitrat. Eng eski turk adabiyoti namunalari ( Adabiyotimizning tarixi uchun materiallar). Toshkent: Mumtoz so‘z, 2008.

Ali Uҫan. Geҫmişten gününümize, günümüzden geleceğe Türk müzik kültürü. Müzik Ansikpedisi Yayinlari, 2000.

Abdurahmonov G‘.., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent: O‘qituvchi, 1982.

Abdurahmonov N. Qadimgi turkiy til. – Toshkent: O‘qituvchi, 1989.

Aliyev A. Sodiqov Q. O‘zbek adabiy til tarixidan. – Toshkent: O‘zbekiston, 1994.

Abdushukurov B. Qadimgi turkiy til. – Toshkent: NAVOIY UNIVERSITETI, 2019.

Asli Gedikli. Türkҫe müzik terminolojisi sorunsali ekseninde Gültekin Oransay. Türk Müziği, Mart 2023. Turkmuzigidergisi.com

Budagov L.Z. Sravnitilniy slovar turetskogo – tatarskix narechiy.

I – II tomlar. Sangpeterburg,1969 -1971;

Bo‘ronov A. Oltoylar. – Toshkent: Muharrir, 2017.

Boltaboyev H. Aruz ilmi saboqlari // Maqom. Toshkent: BOOKMANY PRINT. № 1. 2022.

Drevnetyurkskiy slovar. Leningrad: NAUKA.

Eltazarov J. O‘zbek tilining Germaniyada o‘rganilishi tarixidan (XX asrgacha bo‘lgan davr). Uluslararası Türk Lehҫe Araştırmaları Dergesi (TȔRKLAD) 3. Cilt, 1. Sayı, 2019. Türkiye.

Jamoliddinova D. Badiiy matnda terminlarning lingvopoyetik va lingvokulturologik xususiyatlari. Diss: Filol.fan.dok. (DSc). Toshkent, 2021.

Ibrohimov O. O‘zbek xalq musiqa ijodi. –Toshkent, 1994.

Ibragimov O. Maqom asoslari. – Toshkent, 2018.

Jamoliddinova D. Badiiy matnda terminlarning lingvopoyetik va lingvokulturologik xususiyatlari. Diss: Filol.fan.dok. (DSc). Toshkent, 2021.

Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy fonetikasi. T.: 2006.

Matniyozov A. R., Yusufov B. O‘zbek tilining shakllanish va rivojlanish tarixi. – Toshkent, 2023.

Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. II jild. – Toshkent, 2003.

Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. T. III. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi filologiya fanlari nomzodi S.Mutallibov. – Toshkent, 1960-1963.

Kemal Atatürk ve Küg. Ankara: Küg Yayını. 1965.

Oltun yorug‘. – Toshkent: Fan, 2009. 1-kitob.

Oransay Gültekin. “Küg” Ankara: Küg yayını. Küg Dergesi Sayilar: 1-2. 1969.

Qo‘chqortoyev I. Isabekov B. Turkiy filologiyaga kirish.

– Toshkent:O‘qituvchi, 1984.

Rahmonov N. Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. – Toshkent, 2009.

Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. I jild.

–Toshkent: Universitet, 2000.

Rajabov I. Maqomlar. – Toshkent, 2006.

Sodiqov Q. Turkiy yozma yodgorliklar tili adabiy tilning yuzaga kelishi va tiklanishi. – Toshkent, 2006.

Sodiqov Q. Turkiy til tarixi. T.: 2009.

Stebleva I.V. Tyurkskaya poetika. Etapi razvitiya VIII-XX vv. M.: Vostochnaya literatura, 2012.

Chingduang Yurayong. Areal-linguistik approach to the diversity of the generic terms for ‘Music‘ in the world‘s languages. University of Helsinki. 24.IX.2018. vol. 681.