Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Linguocognitive aspect of verbs of intensity in English and
Uzbek languages
Sherzod VALIJANOV
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
10 July 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
25 August 2024
This article examines the lingua-cognitive characteristics of
action verbs expressing intensity semantics in both English and
Uzbek languages. These characteristics include the universal
nature of action verbs, the emergence of new types of action
verbs in the languages
—
such as the replacement of older verb
forms with newer ones
—
the introduction of new forms, the
adaptation of action verbs to various functional styles,
homonymy among action verbs, and the intentional use of
passive action verbs. These findings were identified through the
course of the research.
2181-
3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
intensification,
cognitive approach,
concept,
homonym,
styles,
universal,
uniqueness.
Ingliz va o‘zbek tillarida intensivlikni ifodalovchi harakat
fe’llarining lingvokognitiv aspekti
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
intensifikatsiya,
kognativ yondashuv,
konsept,
omonim,
stillar,
universal,
unikaliya.
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida intensivlik
semantikani ifodalovchi harakat fe’llarining lingvokognitiv
xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotni olib borishda intensivlikni
ifodalovchi harakat fe’llarining lingvokognitiv xususiyatlariga
quyidagilar
kirishi aniqlandi, jumladan, harakat fe’llarining
universal tabiatga egaligi, harakat fe'llarini yangi turlarining
tillarga kirib kelishi, ya'ni eski fe'l shakllari o'rniga yangi fe'l
shakllarining tilga kirib kelishi, harakat fe'llarining u yoki bu
funksional
stillarga
dahldorligi,
harakat
fe'llarining
1
PhD Student, Namangan State University. E-mail: sherzodvalijonov@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
264
omonimlashuvi, majhul nisbatdagi harakat fe'llarining aktiv
nisbat o'rnida maqsadli qo'llanishi.
Лингвокогнитивный аспект глаголов интенсивности в
английском и узбекском языках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
интенсификация,
когнитивный подход,
концепт,
омоним,
стили,
универсальность,
уникальность.
В данной статье рассматриваются лингвокогнитивные
характеристики
глаголов
действия,
выражающих
семантику интенсивности, в английском и узбекском
языках.
К
таким
характеристикам
относятся:
универсальный характер глаголов действия, появление в
языках новых типов глаголов —
замена старых глагольных
форм новыми, внедрение новых форм в язык, адаптация
глаголов действия к различным функциональным стилям,
омонимичность
глаголов
действия,
а
также
целенаправленное
использование
пассивных
форм
глаголов действия. Эти особенности были выявлены в ходе
проведённого исследования.
KIRISH
Hammaga ma’lumki, turli sathdagi til birliklarini chog‘
ishtirma tadqiqini olib
borishda ma’lum bir til oilalari doirasida o‘
tkazilishi bilan bir qatorda, turli tizimli tillarda
ham qog
‘
ishtirma tilshunoslik yo
‘
nalishida qiyosiy asnodagi tadqiqotlar olib borilmoqda.
Jumladan, ingliz va o
‘zbek tillarida intensivlik semantikani ifodalovchi harakat fe’llari va
ularning lingvokognitiv xususiyatlari yuqorida keltirilgan tadqiqotlardan biri hisoblanadi.
Qiyoslanayotgan tillarda fe’l so‘
z turkumini qiyosiy taxlilini olib borilgan bo
‘
lishiga
qaramay, intensivlik semantikani ifodalovchi harakat fe’llarining lingvokognitiv
xususiyatlari tadqiqot obyekti sifatida o
‘
rganilmagan.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Tilshunos olim Shahriyor Safarov
ta’kidlashicha “Kognitiv tilshunoslik atamasining
mazmuni inglizcha “cognitive –
bilishga oid” so‘
zi bilan bog
‘
liq. Dunyoni bilish, uni idrok
etish oddiy hodisa emas. Ayrim hollarda bilishni to
‘
g
‘
ridan to
‘
g
‘
ri fahmlash, tushunish
harakatlari bilan bog
‘
lab qo
‘
yishadi. Ammo hayvonlarga ham qisman (oddiy shaklda
bo
‘lsa) fahmlash, tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyati xos ekanligi ma’lum. Shu sababli
bilish faoliyati haqida gap ketganda, faqatgina cogitation (lotincha), ya’ni “aql, tafakkur”
hodisasini tasavvur qilish bilan cheklanmasdan, balki cogitatorium
–
tafakkur faoliyati
shaxsini hamda bu faoliyat bilan bog
‘
liq bo
‘
lgan barcha turdagi nomental (ijtimoiy,
madaniy, lisoniy) hodisalarni ham inobatga olish kerak bo
‘ladi.” [1, 10
-11]
V.Z.Demyankovning fikricha, “Kognitiv tilshunoslikning asosiy vazifasini inson
tomonidan tilni o'zlashtirish mexanizmlari hamda bu mexanizmlarning
tarkibini«sistemaviy tasvirlash va tushuntirishdan iborat» deb ta'riflashi bundan
guvohlik beradi. Haqiqatan, kognitiv tahlilda olamni bilish jarayonida yuzaga keladigan
mantiqiy (mental) strukturalarning lisoniy ifoda topishini ta'minlovchi mexanizmlar
qamrovidagi uslub va vositalar tadqiqi asosiy o'ringa ko'chadi”. [2. 17]
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
265
Professor Shahriyor Safarov kognativ yondashuv asosida til birliklarining
kategoriyalarga bo
‘
linishi, tasavvur va idrok qilish orqali til va dunyoni bilish kabi
tushunchalar yotadi. Kognativ tilshunoslik sohasi vakillarining fikricha, “moddiy dunyo
idroki, ayni paytda, idrok etilayotgan predmet-hodisalar haqida tushuncha tug
‘
ilishi,
keyinchalik ushbu tushunchaning mental namuna
–
konsept sifatida shakllanib, moddiy
ko
‘rinishni taqazo etadi”[3, 41]
D.Ashurova ta’kidlashicha, “Konsept –
yaxlit mental mohiyatga ega bo
‘
lib, olam
tasvirining asosiy qismini tashkil etadi hamda shaxs nuqtida madaniy ahamiyat kasb etib,
lingvomadaniy muloqotni ta’minlaydi. Konsept xalqaro harakatga ham ega bo‘
lib, har bir
tilda o
‘ziga xos birliklar orqali verballashadi.”[4,26
-33]
D.S.Xudoyberdiyeva fikricha, “Konsept ko‘
p qirrali va ko
‘
p qatlamli mental tuzilma
bir vaqtning o
‘
zida psixologik va kognitiv-semantik va lingvokulturologik jihatlarni bayon
etadi”. [5,12
-19]
S.Muhamedovaning fikricha, “Konsept kognitiv lingvistikaning markaziy
tushunchasi hisoblanadi. Konsept quyidagi turlarga bo
‘
linadi: 1) ontologik, 2) pragmatik,
3) aprior, 4) lingvokreativ, 5) konsept-universaliya, 6) konsept-unikaliyalar kabi oltita
tipga ajratadi”. [6, 189
-193]
A.E.Mamatovning fikricha “Kognitiv tilshunoslikning predmeti til va nutqda aniq
konseptlarni aks ettiruvchi leksik, frazeologik birliklar, fikrlar va matnlardir. Konseptning
qanday tomonlari, qatlamlari, komponentlari tilning semantik maydoniga kirish, qanday
qilib ularni kategoriyalashtirish, ma’lum tilning qaysi qismlarida yuzaga kelishi, namoyon
bo
‘
lishi kognitiv lingvistikada o
‘z aksini topadi.” [7,9
-10]
Sо‘z ma’nosini anglashda faqat uning semantik tuzilmasini bilishimiz kamlik qiladi.
Biz muayyan tilda sо‘zlashuvchi odamlarning tafakkur xususiyatlari, fikrlash tarzlari
va dunyoni til unsurlari yordamida bilish xususiyatlaridan ham xabard
or bо‘lishimiz
lozim. Chunki mazkur vazifalarni sо‘zlarning sof lingvistik tahliliga yuklash qiyin. Bu
esa til hodisasining tabiatini, mohiyatini chuqurroq tushunish uchun unda
sо‘zlashuvchining borliqni bilishi va uni ongida “pishirib”, о‘z tilida (nutqida)
tinglovchiga bekamu kо‘st uzatishi bilan bog‘liq masalalarni ham tadqiqotlarimiz kun
tartibiga qо‘yishni talab qilmoqda.
Professor D. Ashurova о‘z maqolasida kognitiv tilshunoslikning maqsad va
vazifalari, о‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni kо‘rsatib о‘tadi. Olimaning qayd
etishicha “Hozirgi davrda shakllanib borayotgan kognitiv tilshunoslikning kogn
itiv
fonologiya, kognitiv grammatika, kognitiv leksikologiya, kognitiv semantika kabi yangi
yо‘nalishlari vujudga kelganligi ta’kidlanadi. Kognitiv yondashuv asosida sо‘z
turkumlari, til birliklarining kategoriyalarga bо‘linishi va konseptualizat
siyalashuvi, til va
dunyoni bilish kabi tushunchalar yangicha talqinlarga ega bо‘ladi. Kognitiv
tilshunoslikning asosiy tushunchalari tizimidan freym, ssenariy, skript,
kategoriyalashtirish, konsept, konseptualizatsiya, kognitiv struktura, kognitiv metafora
kabilar о‘rin olmoqda. Mazkur yо‘nalishning asosiy tadqiq metodlariga freymlar asosida
tahlil qilish, modellashtirish (kognitiv xaritasini yaratish), konseptual tahlil singarilar
kiradi”. [8,33]
Konseptlar inson ongida nafaqat sо‘zning lug‘aviy ma’nolari asosida, balki shaxsiy
hamda butun bir xalqning madaniy-
tarixiy tajribasidan kelib chiqib paydo bо‘ladi.
Tajriba qancha boy bо‘lsa, konseptning chegarasi shunchalik keng bо‘ladi
. Aynan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
266
shunday holatda konsept о‘zini har tomonlama namoyon eta oladi. Zotan, konsept
dunyoni bilish va u haqda о‘z tasavvuriga ega bо‘lish demakdir [9. 2.8].
NATIJALAR VA TAHLILLAR
Qiyoslanayotgan tillarda biz ko'p hollarda intensivlik konseptual semantikasini
ifodalovchi harakat
fe'llarining biron bir madaniy komponentini o'zida
mujassamlantirganligining guvohi bo'lamiz, ya'ni ularda quyidagi xususiyatlar ko'zga
tashlanadi:
1. Harakat fe'lining tillar tizimidagi maqomi (Bu omil harakat fe'llarining universal
tabiatidan dalolat beradi, chunki u kundalik muloqot uchun zarur hisoblanadi).
2. Harakat fe'lining yangi turining tillarga kirib kelishi. Bu holat harakat fe'llarini
yangi turlarining tillarga kirib kelishi, ya'ni eski fe'l shakllari o'rniga yangi fe'l shakllarining
tilga kirib kelishi va uning me'yorlashuvi fe'l tizimida kechayotgan lingvokognitiv va
lingvokulturologik jarayonlardan dalolat beradi. Demak, eski harakat fe'li tillarda
so'zlashuvchilarning muloqot ehtiyojini to'la qondira olmay qolganda, yoki siyqalashib
ketganda, til tizimida uning o'rnini yangisi egallaydi, lekin eski shakl ham cheklangan
bo'lsada qo'llanishda davom etaveradi.
3. Harakat fe'llarining u yoki bu funksional stillarga (yoki sheva va variantlarga)
dahldorligi; yuqorida keltirilgan harakat fe'llarining yangi turlarining funksional stillarda
keng qo'llanadi, bu omil esa ularda ” funksional sinonimlik” jihatlar mavjud ekan
ligini
ko'rsatadi. Shunday qilib, intensivlik konseptual semantikasini ifodalovchi harakat fe'llari
turlarining sinonimlashuvi hamda tillardagi ularning tizimlarida kechayotgan
lingvokulturologik jarayonlarning bevosita natijasidir.
4. Harakat fe'llarining omonimlashuvi, masalan, qanoti chiqmoq (qush bolasining
qanoti chiqdi va tez-tez borib turmoq ma'nolari), qanot bog'lab uchmoq (qushga o'xshab
o'ziga qanot bog'lab uchmoq va tez bormoq), o'tib ketmoq (U bu yerdan o'tib ketdi) va U
sherigidan o'tib ketdi. Ma'nolariga e'tibor qarating. Bunday hollarda fe'lining nisbat
shakllarining neytrallashuvi jarayoni kuzatiladi. Natijada, ularning omonimiyasi xosil
bo'ladi. Masalan, “outrun” yoki “outride” harakat fe'llari boshqa noharakat fe'lla
ri bilan
omonimik munosabatga kirishib, kamida ikkita ma'noni ifodalayapti: 1 o'zib ketishni, 2.
Nimaningdir son va miqdor jihatdan yetishmay qolishligini ifodalayapti, ularning shakli bir
xil, ya'ni omonimik ko'rinishga ega, lekin ma'nosi har xil, shu bois ular tilni o'rganish
jarayonida o'rganuvchilar uchun katta muammolar tug'diradi.
5. Majhul nisbatdagi harakat fe'llarining aktiv nisbat o'rnida maqsadli qo'llanishi.
Masalan, Oldinga yurmoq (aktiv) qurilmasi, “Oldinga yurilmoq” passiv qurilmasi yoki “to
overcome” aktiv qurilmasi “to be overcome” passiv
qurilmasi bilan maqsadli
almashtiriladi. Bunday holatda, muloqot jarayonida aktiv fe'l shakli o'rniga odatda majhul
nisbat shakli qo’llaniladi, buning lingvokulturologik jihati shundaki, muloqotdoshlar aktiv
nisbat o’rniga majhul nisbatni quyidagi hollarda maqsadli qo’llanaydilar:
1)
ish harakatni bajaruvchi umuman notanish bo
‘
lgan holatda
2)
ish harakatni bajaruvchi umuman mavjud bo
‘
lmagan holatda
3)
ish harakatni bajaruvchi gapning egasini sir tutish
4)
so
‘
zlovchi tomonidan yoshi ulug
‘
, tinglovchi odamga to
‘
g
‘
ridan to
‘
g
‘
ri fikr-mulohaza,
ko
‘
rsatma yoki topshiriq bera olmaslik odobini saqlash
5)
so
‘
zlovchi tomonidan hurmatli odamga to
‘
g
‘
ridan to
‘
g
‘
ri fikr-mulohaza, ko
‘
rsatma
yoki topshiriq bera olmaslik odobini saqlash
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
267
6)
so
‘
zlovchi tomonidan lavozimi yuqori odamga to
‘
g
‘
ridan to
‘
g
‘
ri fikr-mulohaza,
ko
‘
rsatma yoki topshiriq bera olmaslik odobini saqlash
7)
so
‘
zlovchi tomonidan boy-badavlat odamga to
‘
g
‘
ridan to
‘
g
‘
ri fikr-mulohaza,
ko
‘
rsatma yoki topshiriq bera olmaslik odobini saqlash
8)
so
‘
zlovchi tomonidan berilayotgan ko
‘
rsatma yoki topshiriqning umumiy ekanligini
ta’kidlash
9)
so
‘
zlovchi tomonidan berilayotgan ko
‘
rsatma yoki topshiriqning ahamiyatini
oshirish, ta’kidlash
10)
so
‘
zlovchi tomonidan berilayotgan ko
‘
rsatma yoki topshiriqning adresatga qattiq
botmasin degan maqsadda
11)
so
‘
zlovchi tomonidan berilayotgan ko
‘
rsatma yoki topshiriqning adresatga istihola
qilib, tortinib, iymanib yetkazish maqsadida.
12)
Gapning ta’kidlanadigan qismini bo‘rtirish maqsadida (ya’ni gap urg‘
usini joyiga
qo
‘
yish maqsadida)
13)
Noma'lum yoki keraksiz agentlarni (to
‘
ldiruvchi, egalarni) tushirib qoldirish
maqsadi
14)
Kimnidir ayblashdan qochish
15)
Gapdagi voqealikni obyektiv ifodalash maqsadida
16)
Odatiy qo
‘
llanishga sodiq qolish madsadida
17)
Ma’lum ma’noni yashirish madsadida
18)
Javobgarlikdan qochish maqsadida
19)
Soxta obyektivlik yaratish maqsadida
XULOSA
Shuni ta’kidlash lozimki, tillarda (harakat) fe’llarining aktiv nisbatda
qo
‘
llanilmaydigan zamonlarning bor-yo
‘
qligi ham nisbat shakllarining lingvokulturologik
jihatlarini mavjudligidan dalolat beradi. Masalan ingliz tilida harakat fe’llari kelasi davomli
zamon, o
‘
tgan kelasi davomli zamon, hamda to
‘
rta perfektli zamonlarda jami bo
‘
lib oltita
zamonda passiv nisbat shaklda qo
‘
llanilmaydi chunki bu zamonlarning passiv shakllari
mavjud emas, shunning uchun mazkur zamonlarga mantiqan (semantikasiga ko
‘
ra) mos
fe’l shakllarini shu zamonlarning aktiv shakllilari orqali berish qonuniyatdir, uning boshqa
yo
‘
li yo
‘
q. Ingliz tilidan farqli o
‘
laroq o
‘zbek tilida ham harakat fe’llari boshqa har qanday
fe’l kabi hamma zamonlarda passiv shaklda bemalol qo‘
llanaveradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO’YXATI:
1.
Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik.
–
Jizzax: Sangzor 2006 - 11b
2.
Демьянков
В.З.
Когнитивная
лингвистика
как
разновидность
интерпр
e
тующего подхода// Вопросы языкознания, 1994, №4. –с. 17 33
3.
Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik.
–
Jizzax: Sangzor 2006.- 41 b
4.
Ашурова.Д.У.Новие подходи к лингвистике текста.
-
хорижий филология.
-
№3.
-
Самарқанд.
- 2011. -26-
33 б
5.
Xudoyberganova.D.S. O‘zbek tilida badiiy matnlaning antroposentrik talqini. –
Toshkent, 2015.
–
12 bet
6.
Muhamedova.S. Kognitiv lingvistika: vujudga kelishi, asosiy tushunchalari va
yo‘nalishlari. System
-struktur tilshunoslik muammolari. Respublika ilmiy-nazariy
konferensiya materiallari. Samarqand, 2010. -189-191
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
2 (2024) / ISSN 2181-3701
268
7.
Маматов А.Э. Язикова картина мира как когнитивний феномен.Хорижий
тил таълимининг когнитив
-
прагматик тамойиллари.
-
Самарқанд, 2007.
-9-10
8.
Ашурова.Д.У.Новие подходи к лингвистике текста.
-
хорижий филология.
-
№3.
-
Самарқанд.
- 2011. -26-
33 б
9.
Sayidirahimova. N.S. kognitiv tilshunoslikda
“
tushuncha
”
va
“
konsept
”,
ularni
tahlil qilish usullari. Scientific-
methodological electronic journal “Foreign Languages in
Uzbekistan”, 2022, No 2.