Авторы

  • Наргиза Тоирова
    PhD, доцент, Факультет английского языка и литературы, Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67843

Ключевые слова:

Чингиз Айтматов литература тюркских народов национальные ценности гуманизм художественное мастерство литературное наследие общечеловеческие идеи

Аннотация

Творчество Чингиза Айтматова занимает особое место в литературе тюркских народов. В его произведениях с высоким художественным мастерством поднимаются вопросы гуманизма, нравственных ценностей, сохранения национальной идентичности. Герои Айтматова, отражая историю, культуру и традиции тюркских народов, обращаются и к общечеловеческим проблемам. В статье анализируется вклад писателя в литературу тюркских народов, гармония национальных и общечеловеческих идей в его произведениях.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The role of Chingiz Aitmatov's work in the literature of
Turkic peoples

Nargiza TOIROVA

1


Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024

Received in revised form

10 October 2024
Accepted 25 October 2024

Available online

15 November 2024

Chinghiz Aitmatov's work occupies a special role in the

literature of the Turkic peoples. His works highlight the issues of
humanity, moral values, and the preservation of national identity

with high artistic skill. Aitmatov's heroes, reflecting the history,

culture, and traditions of the Turkic peoples, also address

universal human problems. This article analyzes the writer's
contribution to the literature of the Turkic peoples, the harmony

of national and universal ideas in his works.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp253-257

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Chinghiz Aitmatov,

literature of the Turkic
peoples,
national values,

humanity,
artistic skill,
literary heritage,
universal ideas.

Turkiy xalqlar adabiyotida Chingiz Aytmatov ijodi o'rni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Chingiz Aytmatov,
turkiy xalqlar adabiyoti,

milliy qadriyatlar,
insoniylik,
badiiy mahorat,

adabiy meros,
umuminsoniy g‘oyalar.

Chingiz Aytmatov ijodi turkiy xalqlar adabiyotida alohida

o‘rin tutadi. Uning asarlari insoniylik, axloqiy qadriyatlar va
milliy o‘zlikni saqlash masalalarini yuksak badiiy mahorat bilan

yoritadi. Aytmatovning qahramonlari turkiy xalqlarning tarixi,

madaniyati va urf-odatlarini aks ettirgan holda, umuminsoniy

muammolarga ham murojaat qiladi. Ushbu maqolada
yozuvchining turkiy xalqlar adabiyotiga qo‘shgan hissasi, uning

asarlarida milliy va umuminsoniy g‘oyalar uyg‘unligi tahlil

qilinadi.

1

PhD, Associate Professor, Faculty of English Language and Literature, Ferghana State University.

E-mail: nargizatoirova@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701

254

Роль творчества Чингиза Айтматова в литературе
тюркских народов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Чингиз Айтматов,
литература тюркских
народов,

национальные ценности,
гуманизм,
художественное

мастерство,
литературное наследие,
общечеловеческие идеи.

Творчество Чингиза Айтматова занимает особое место в

литературе тюркских народов. В его произведениях с

высоким художественным мастерством поднимаются

вопросы гуманизма, нравственных ценностей, сохранения

национальной идентичности. Герои Айтматова, отражая
историю, культуру и традиции тюркских народов,
обращаются и к общечеловеческим проблемам. В статье

анализируется вклад писателя в литературу тюркских

народов, гармония национальных и общечеловеческих идей
в его произведениях.


Chingiz To‘raqulovich Aytmatov 1928 yil, 12 dekabrda Qirg‘izistonning Talas

vodiysi Shakar ovulida ma’rifatli oilada tug‘ildi. Uning otasi To‘raqul Aytmatov ziyoli shaxs
bo‘lib, davlat arbobi va olim edi. Onasi Nagima Xazievna mahalliy teatrda aktrisa bo‘lgan.
Yosh Chingiz dastlab rus-tuzem maktabida, so‘ng qirg‘iz maktabida o‘qidi. 1937 yildagi
qatag‘on ularning oilasini ham chetlab o‘tmadi.Otasi To‘raqul Aytmatovga “xalq dushmani”
degan ayb qo‘yilib, qatag‘on qilindi. Xuddi shu vaqtlarda bo‘lg‘usi yozuvchi insoniy g‘urur
o‘gitini oldi. “Kimning o‘g‘lisan?” degan savolga buvisi boshini quyi solmasdan,
odamlarning ko‘ziga tik qarab otasining ismini aytishga undadi. Ushbu hayot darsi uning
hayot yo‘riqnomasiga, keyinroq ijod tamoyiliga aylandi.

Urush yillarida oltinchi sinfni tugatgach, u Shakar ovulida kotiblik qildi, soliq agenti,

traktorchilar brigadasida hisobchi bo‘lib ishladi. Chingiz Aytmatov Jambuldagi
zooveterinariya texnikumida o‘qidi, so‘ng qishloq xo‘jalik institutining zootexnika
fakultetida tahsilni davom ettirdi. Talabalik yillarida respublika matbuotida kichik
xabarlar, lavhalar, ocherk va maqolalar yozib chop ettirdi. Xuddi shu yillarda filologiya
sohasi bo‘yicha ilmiy izlanishlarini boshladi. Uning “Asliyatdan uzoq tarjimalar”, “Qirg‘iz
tilining atamashunosligi haqida” kabi ilmiy maqolalari yaratildi. U qishloq xo‘jaligi
institutini bitirgach, shu soha bo‘yicha 1956 yilgacha ishladi. Badiiy adabiyotga bo‘lgan
oshuftalik uni Moskvadagi ikki yillik adabiyot institutiga yetakladi.

Chingiz Aytmatov “Pravda” gazetasining Qirg‘izistondagi muxbiri, “Literaturniy

Kirgizistan” jurnalining redaktori, Qirg‘iziston yozuvchilar uyushmasining raisi,
“Inostrannaya literatura” jurnalining muharriri, Rossiyaning Lyuksemburg davlatidagi
elchisi, “Issiqko‘l forumi”ning boshlig‘i, Qirg‘iziston kinematografchilar uyushmasi
boshqaruvining raisi, “Turkiston umumiy uyimiz” deb nomlangan Markaziy Osiyo
ijodkorlari tashkilotining boshlig‘i kabi vazifalarda faoliyat olib bordi.

1990—1994 yillarda sobiq ittifoq va Rossiyaning Benilyuksdagi elchisi, 2008 yilning

martiga qadar Qirg‘izistonning Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiyadagi elchisi
bo‘lib ishladi. 2006 yilda “Asr dastxati” kitobining nashrida ishtirok etdi. Aytmatovning
"Tog‘ va cho‘l qissalari" turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Aytmatovning
"Oqkema" (1970) qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya
muammolari teran tadqiq etiladi. "Oq kema" kinofilmi ham asar kabi shuhrat
qozondi."Dengiz yoqalab chopayotgan olapar" (1977) qissasida muhim ma’naviy


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701

255

masalalar, sho‘ro davridagi hayotning mash’um manzaralari o‘z ifodasini topgan. "Asrga
tatigulik kun" (1980), "Qiyomat" (1986), "Kassandra tamg‘asi" (1990) romanlarida
zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy,
axloqiy va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan. O‘tmishini unutgan, hissiz, hamma narsaga
loqayd, itoat-u, buyruqni bajarishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuyg‘u, noziq
hissiyotlari so‘ngan manqurt obrazi tasviri Aytmatov ijodining muhim qirralaridan biri
bo‘ldi [1].

Asar qahramonlarining hayoti shu tarzda kechib borar edi. Sultonmurot, ukasi

Ajimirot va onasi otasini urushdan qaytib kelishiga umid qilishar va qattiq ishonishar edi,
oilaning yumushlari esa uning o'zida va onasida edi. U tengdoshlariga nisbatan ancha
baquvvat va jasur edi. Yozuvchi ta'rifida esa " Agar otasi urushdan eson-omon qaytib kelsa,
mayli, uniki, faqat Ajimurotniki boʻla qolsin. Mayli, u Ajimurotni qoʻllaridan, yelkasidan
tushirmasin.Faqat kelsa boʻldi.Ishqilib, nima boʻlsa ham u bilan eson-omon yuz
koʻrishsin.Unga, Sultonmurotga ana shu baxtning oʻzi yetarli. Otasi qaytsa
boʻlgani".Afsuski, bu kutish o'z samarasini bermadi.

Bundan yashqari kitobda " Birinchi muallim" qissasi ham mavjud bo'lib, bir

insonning chekka bir qishloqda o'g'il bolalarning va qizlarning ta'lim olishi uchun qilgan
fidoiyliklarini yoritib beradi. Quyida qissadan parcha, "Aytganiday, Duyshen bilganlarini
ayamasdan, sabr-toqat bilan bizga ta’lim bera boshladi. Har birimizning yonimizga kelib
qalam ushlashni o‘rgatib bo‘lgandan keyin, biz eshitmagan gaplarni zo‘r ishtiyoq bilan
tushuntirib, qulog‘imizga quyib bordi. Hozir ham o‘ylab turib, yozilgan narsani o‘zi zo‘rg‘a
hijjalab o‘qiydigan bu chalasavod yigitning shunday buyuk ishga bel bog‘laganiga hayron
qolaman, axir uning qo‘lida bironta darslik, hatto oddiy alifbe kitob ham yo‘q edi-da! Ota-
buvalari, yetti pushti xat-savodsiz o‘tib kelgan bolalarni o‘qitish oson gap deysizmi!
Duyshenning na dars programmasi va na metodikadan xabari bor edi. Dunyoda bunday
narsalar borligini bilmasdi ham"... Qahramonimiz Dyushen bolalarga nafaqat ilmini
ulashar balki, ularning taqdiri uchun ham o'zini ma'sul deb hisoblar edi.Oltinoyning esa
hayotini butkul o'zgartirishga, uni ulkan zafarlarga ega bo'lishiga o'zini hissasini qo'shgan
inson edi.

Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani asari 1980 yilda “Noviy mir”

jurnalida e’lon qilindi. Asar Frunzeda kitob holida bosilib chiqdi.1981 yilda Moskvada
“Molodaya gvardiya” nashriyotida “Bo‘ronli bekat” sarlavhasi bilan chop etildi. Roman
haqida jamoatchilikda yaxshi fikrlar, taqrizlar paydo bo‘ldi, asar hozirgi romanchilikning
eng sara namunasi sifatida e’tirof etildi. Asarga yozilgan so‘zboshida yozuvchining
quyidagi so‘zlari berilgan: “Ma’lumki, mehnatga muhabbat inson qadr-qimmatini
belgilovchi zaruriy me’yorlardan biridir. Shu ma’noda Yedigey Jongeldin chin ma’noda
haqiqiy mehnatkashdir. Zamin shundaylar tufayli barqarordir. U o‘z davri bilan
mustahkam bog‘langan deb o‘ylayman.Uning mohiyati shundaki, u o‘z davrining farzandi.
Shuning uchun ham romanda tilga olingan muammolarga murojaat etar ekanman, kechagi
jangchining, bugungi temir yo‘l ishchisining taqdiri orqali dunyoni ko‘rish men uchun
muhim edi. Men qo‘limdan kelganicha shunga intildim”.Asar voqealari Sario‘zak cho‘lidan
o‘tgan poezd yo‘li atrofidagi besh-olti xo‘jalik oila kishilari hayoti bilan bog‘lanadi. Biroq,
ularning sarguzashtlari asnosida butun bir millatning taqdiri, kelajagi haqida bong uriladi,
insoniyat va tabiatda ro‘y berayotgan ofatlar haqida bong uriladi. Poezd stantsiyasi
yaqinida kosmodrom joylashgan bo‘lib, bu yerdan ikki kosmonavt fazoga uchirilgan edi.
Ular o‘zga sayyoradan hayot signalini olishgach, u yerga qo‘nishadi va yerdagidan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701

256

o‘zgacharoq, urush va inqirozlarsiz, yovuzliklarsiz sayyora mavjudligini ko‘rishadi va
yerga qaytib kelishmaydi. Shu vaqtda Yedigeyning yaqin do‘sti Qozongap vafot etadi.Uning
vasiyati o‘limidan keyin Ona Bayit qabristonidan makon topish edi.Ona Bayit qabristoniga
esa kosmodrom qurilgan edi. Biroq Yedigey qancha urinmasin kosmodrom boshlig‘i va
qorovul Qozongapni u yerga dafn etishga ko‘nmaydi. Bir kunlik dafn marosimi ichida
Yedigey bir asrlik millat taqdiri va tarixini ko‘z o‘ngidan o‘tkazadi. U do‘stining vasiyatini
bajarolmay poezd yo‘lidagi kimsasiz joyga uni ko‘madi. Qabriston va kosmodrom yozuvchi
anglatmoqchi bo‘lgan tarix va bugungi kunning to‘qnashuvi ramzi sifatida talqin etilgan.
Romandagi Yedigey inson hayotda yashashni o‘rgansa, u inqirozga yuz tutmaydi, degan
fikrda bo‘ladi. Uningcha, o‘tmish haqidagi xotiralarni unutgan inson faqat bugungi kun
bilangina yashaydi. Asarda markaziy o‘rinda turuvchi muammolardan biri ham tarixiy
xotiradir.

Ona Bayit qabristonining o’z tarixi bor. Rivoyatga ko’ra, o’tgan zamonlarda

Sario’zakni bosib olgan jungjanglar asrga tushgan jangchilarga nisbatan behad
shafqatsizlik qilar ekanlar.Ular kezi kelib bunday tutqunlarni qo’shni o’lkalarga qul qilib
sotib yuborishar ekan.Bu esa tutqunning omadi kelgani hisoblanar ekan. Chunki sotib
yuborilgan qul ertami-kechmi, bir kun o’z vataniga qochib ketishi mumkin ekan-da.
Jungjanglarning qo’l ostida tutqun bo’lib qolganlarning esa sho’ri qurir ekan. Ular
mahkumning boshiga teri qalpoq tortish yo’li bilan dahshatli bir tarzda qiynab, uning
xotirasini yo’qotar ekanlar. Odatda bunday jazoga jangda asir tushgan yosh yigitlar giriftor
bo’lishardi. Avvaliga jungjanglar tutqunning sochini dastlab o’ngidan, so’ngra teskarisidan
taqir qirib gashlashadi.Sartaroshlik marosimi tugagach, jungjanglarning chapdast
qassoblari kattakon bir tuyani so’yib, terisini shila boshlaydilar. Ular birinchi navbatda,
eng qalin va eng og’ir bo’lgan bo’yin terisini ajratib bo’laklarga bo’lishar, hovuri chiqib
turgan yopishqoq terini shu zahotiyoq hozirda suzuvchilar kiyadigan qalpoqcha singari,
tutqunning yangi qirilgan taqir boshiga kiygizib qo’yishardi. Mana shu — teri qoplash
deyiladi. Bunday qiynoqqa duchor etilgan qul yo dahshatli azoblarga bardosh berolmay
o’lib ketar, yo xotirasidan umrbod mahrum etilib, o’tmishini eslay olmaydigan qulga —
manqurtga aylanib qolar edi.

Chingiz Aytmatov 1963 yilda laureat bo’ldi, uch marta (1968, 1977, 1983) davlat

mukofoti bilan taqdirlandi, Qirg’iziston xalq yozuvchisi, mehnat qahramoni (1978)
unvonini oldi, Oliy sovet deputati, Qirg’iziston Markaziy qo’mitasining a’zosi, Osiyo va
Afrika mamlakatlari birdamligi bo’yicha qo’mita rahbari sifatida faoliyat olib bordi.

Chingiz Aytmatovning adabiyotga bo’lgan muhabbati dastlab oilasida shakllangan.

Uning buvisi yosh Chingizga xalq ertaklari, qo’shiq va dostonlarini aytib berguvchi ayol
bo’lgan. Ijod olamiga u 1950-yillarda kirib keldi. Institutda o’qib yurgan kezlarida u ilk
hikoyalarini yoza boshladi va matbuotda e’lon qilindi. Uning ilk asari “Gazetafurush
Dzyudo” hikoyasi edi.Birin-ketin “Hoshim”, “Sepoyachi”, “Oq yomg’ir”, “Bo’tako’z”,
“Baydamtol daryosida”, “Og’ir kechik” hamda “Yuzma-yuz” hikoyalari yozildi.1958-yilda
yozuvchining ilk kitobi “Yuzma-yuz” nashr etildi.

Yozuvchini dunyoga tanitgan asari “Jamila” qissasi edi.Uning iste’dodini hatto

tanqidchilar ham yuqori baholagan edilar. Qissa 1958 yilda chop etildi. Ikki yil davomida
jahonning 30 dan ortiq tillariga tarjima qilindi, frantsuz yozuvchisi Lui Aragon uni frantsuz
tiliga tarjima qildi va asarga so’zboshi yozib, unga yuksak baho berdi, “muhabbat haqida
yozilgan dunyodagi eng ajoyib qissa” deb atadi. Qissadagi voqealar jahon urushi davrida
ro’y beradi. Urushdan oyog’i yaralanib qaytgan Doniyor hamda eri urushga ketgan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701

257

Jamilaning chin muhabbati qissada hikoya qilinadi. Qissa bosh qahramonlarining sof
ko’ngilligi, mehnatkashligi va insoniyligi kitobxonni befarq qoldirmaydi. Ularning
muhabbati oldida har qanday eski urf-odatlar, turmush qiyinchiliklari, turli to’siqlar
arzimas ekanligi mahorat bilan ko’rsatib berilgan [3].

Asarning shuhrat qozonish sabablaridan biri unda erkak va ayol muhabbati

tasvirlangani uchun emas, balki inson hayotining mazmuni masalasi markazga
qo’yilganidir “Oq kema” qissasi bolalik olami haqidagi fojeiy ruhdagi asardir. Bu asar 1970-
yillarda yaratilgan yozuvchining eng yaxshi qissalaridan biri hisoblanadi.Yozuvchi
dastlabki asarlarini qirg’iz tilida yozib so’ng rus tiliga o’girgan bo’lsa, “Oq kema” qissasidan
so’ng asarlarni rus tilida yozib keyin qirg’iz tiliga tarjima qiladigan bo’ldi. Rus tilini erkin
bilishi yozuvchining nafaqat keng muxlislar ommasining e’tiboriga tushish va millionlab
kishilarning muhabbatiga sazovor bo’lish imkonini berdi, balki rus zamonaviy klassik
yozuvchilari qatoridan munosib o’rin egallashiga omil bo’ldi. Chingiz Aytmatovning sara
asarlari hozirgi jahon klassik adabiyotining uzviy bir bo’lagi hisoblanadi [2]. Bu asarlar
uslubi va janri jihatidan o’zaro farqlanadi, biroq umumiy jihati shundaki, kitobxon vaqti
vaqti bilan uni qayta o’qishni istaydi va bundan qoniqish hosil qiladi. Yozuvchi asarlarining
o’ziga xos psixologizmi kitobxonda kuchli hissiy munosabat uyg’otadiki, bu his-tuyg’ular
jamiyatda mavjud ma’naviy mezonlarga tayanadi.

Chingiz Aytmatov asarlarida inson va tabiat bilan bog’liq juda ko’p muammolar

qamrab olingan. Bu asarlar o’zganing dardi uchun qayg’urish, atrofdagilarga shafqatli
bo’lish, loqayd bo’lmaslik va qo’ldan kelgancha yordam berishga intilish tuyg’ularini
o’stiradi. Shu bois bo’lsa kerak, yozuvchining o’zi bu haqda: “Tashvishlanmasam va iztirob
tortmasam, izlamasam va to’lqinlanmasam - o’sha kun hayotimdagi eng og’ir kun bo’lar
edi”, deydi [4].

Chingiz Aytmatov asarlari insonni atrofida bo’layotgan voqea-hodisalarga tiyrak

nigoh bilan boqishga, o’z qondoshiga va jonli tabiatga munosabatda shafqatli bo’lishga,
ajdodlarga, tarixga ehtirom bilan yondashishga undaydi. Chingiz Aytmatov asarlariga xos
bo’lgan xususiyatlardan biri yozuvchi aksariyat asarlarida xalq afsona va rivoyatlari, mifik
elementlarni kiritadi. Manqurt haqidagi rivoyat o’tmishini, ajdodlarini, tarixini, demakki,
milliy o’zligini yo’qotganlar taqdiri bayonidir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Aytmatov Ch. (2017). Erta qaytgan turnalar: qissalar va hikoyalar. Toshkent:

Yangi asr avlodi.

2.

Aytmatov Ch. (2016). Tanlangan asarlar. qissalar. Toshkent: Sharq.

3.

Aytmatov Ch., Shoxonov, M (1998). Choʻqqida qolgan ovchining ohi-zori

(I-qism). –Toshkent: «Sharq» Nashriyot-Matbaa Konserni Bosh Tahririyati.

4.

XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi. (2016). Tahrir hay’ati A.Oripov va boshq.

Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

Библиографические ссылки

Aytmatov Ch. (2017). Erta qaytgan turnalar: qissalar va hikoyalar. Toshkent: Yangi asr avlodi.

Aytmatov Ch. (2016). Tanlangan asarlar. qissalar. Toshkent: Sharq.

Aytmatov Ch., Shoxonov, M (1998). Choʻqqida qolgan ovchining ohi-zori (I-qism). –Toshkent: «Sharq» Nashriyot-Matbaa Konserni Bosh Tahririyati.

XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi. (2016). Tahrir hay’ati A.Oripov va boshq. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.