Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Exploring aphorisms in world linguistics
Gulizebo AKHMEDOVA
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
10 January 2024
Accepted 25 January 2024
Available online
25 February 2025
This article examines the meaning of aphorisms and the
various approaches to their study in world linguistics. Aphorisms
convey profound meaning and social values through short and
precise expressions, making them one of the widely studied
phenomena in linguistics. Linguists have long been interested in
understanding the structure, function, and cognitive processing
of language, continuously exploring how aphorisms encapsulate
deep linguistic ideas in a concise form. By analyzing the linguistic
features of aphorisms such as syntax, semantics, and pragmatics
researchers gain valuable insights into the mechanisms through
which language expresses and conveys meaning. The article also
reviews the contributions of linguists from Germany, France,
England, and the United States to the study of aphorisms.
2181-3663/© 2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss2-pp153-159
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
aphorisms,
world linguistics,
language and man,
aphoristics,
pragmatics,
maxim,
dictum.
Jahon tilshunosligida aforizmlar tadqiqi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
aforizmlar,
jahon tilshunosligi,
til va inson,
aforistika,
pragmatika,
maksima,
diktema.
Mazkur maqolada jahon tilshunosligida aforizmlar
tadqiqining ahamiyati va yondashuvlari tahlil qilingan.
Aforizmlar qisqa va aniq ifodalarda chuqur ma’no va ijtimoiy
qadriyatlarni aks ettiradi, shu sababli ular tilshunoslikda keng
o‘rganiladigan fenomenlardan biri hisoblanadi. Tilshunoslar
uzoq vaqtdan beri tilning tuzilishi, funksiyasi va qayta
ishlanishini tushunishga qiziqish bildirishgan va aforizmlar
tilning chuqur g‘oyalarni ixcham shaklda qanday qamrab olishi
haqida izlanishlarni davom ettirganlar. Aforizmlarning lingvistik
xususiyatlarini, sintaksis, semantikasi va pragmatikligini tahlil
qilib, tadqiqotchilar tilning ma’noni ifodalash va yetkazish
mexanizmlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Maqolada
1
PhD student, Samarkand State Institute of Foreign Languages. E-mail: gulizebo.ahmedova@bk.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
154
Germaniya, Fransiya, Angliya va Amerika lingvistlari tomonidan
aforizm tadqiqiga oid olib borilgan ishlar ko‘rib chiqilgan.
Исследование афоризмов в мировой лингвистике
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
афоризмы,
мировая лингвистика,
язык и человек,
афористика,
прагматика,
максима,
диктема.
В данной статье анализируется значение и подходы к
изучению афоризмов в мировом языкознании. Афоризмы
выражают глубокий смысл и отражают социальные
ценности в коротких и точных высказываниях, поэтому они
являются одним из широко изучаемых явлений
в лингвистике. Лингвисты давно проявляют интерес к
пониманию структуры, функции и обработки языка и
продолжают исследования того, как афоризмы способны
сжато
передавать
глубокие
идеи.
Анализируя
лингвистические особенности афоризмов, их синтаксис,
семантику и прагматичность, исследователи получают
представление о механизмах выражения и передачи смысла
языком. В статье также рассмотрены работы лингвистов из
Германии, Франции, Англии и Америки по изучению
афоризмов.
KIRISH
Tilshunos va madaniyatshunos olimlar aforizmlarni tadqiq etish orqali til,
madaniyat va idrokning yashirin ma’nolarini ochib beradigan va insonlarga yetkazadigan
lingvistlar hisoblanadilar. Jahon tilshunosligida aforizmlarni o‘rganish, jamiyatning barcha
jabhalari, jumladan: madaniy, kognitiv va lingvistik nyuanslarida o‘ziga xos ma’nolar kashf
etiladi. Tilshunoslikda aforizmlarning tadqiqi – bu ibtidoiy iboralarning shakllanganligini,
ularning madaniy ahamiyatini, turli jamiyatlarning qadriyatlari va e’tiqodlarini qanday aks
ettirishini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Aforizmlar umumiy haqiqat yoki tamoyilning
ixcham bayoni tarzida insonlar o‘rtasidagi muloqotning muhim qismi sifatida e’tirof
etilgan va turli til, adabiy va falsafiy an’analarda o‘rganilgan.
Til va jamiyatning o‘zaro ta’siri muammosi tilshunoslarning doimiy e’tiborida
bo‘lgan masaladir. Ma’lumki, til faol ijtimoiy hodisa hisoblanib, u millat madaniyati hamda
uning an’analari bilan bevosita bog‘liqdir. So‘nggi yillarda tilshunoslikning “til va inson”
muammosiga murojaat qilishi tilni inson ongi, tafakkuri, madaniyatiga chambarchas
bog‘liq ekanligini tadqiq etishga qaratilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Dastlab, jahon tilshunosligida aforizmlarni o‘rganish falsafa, adabiyot va ritorika
sohalarida tadqiq etilgan. Faylasuflar ko‘pincha mazkur konseptlarni haqiqat yoki
hikmatning ixcham va ma’noli ifodasi uchun tahlil qiladilar va bu qisqa mazmunli
gaplarning falsafiy ma’nolarini o‘rganadilar. Adabiyotshunos olimlar aforizmlarning
uslubiy elementlarini tadqiq qiladilar, ular turli adabiy asarlarda chuqurroq ma’nolarni
yetkazish yoki fikrni uyg‘otish uchun ulardan qay tarzda foydalanish borasida izlanishlar
olib borganlar. Ritoriklar esa bu tushunchalarni ishontirish kuchi qisqaligi va mazmunli
so‘zlari orqali kuzatuvchilarni o‘ziga jalb qilish qobiliyati uchun o‘rganadilar. Umuman
olganda, jahon tilshunosligida aforizmlarni o‘rganish til san’ati, muloqot, murakkab
fikrlarni ixcham va esda qolarli tarzda yetkazish borasidagi tushunchani beradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
155
Aforizmlar umumiy haqiqat yoki tamoyillarni o‘zida mujassam etgan mazmunli gaplar
yig‘indisidir. Qolaversa, aforizmlarni tadqiq etishda, ularning tarixiy kelib chiqishi,
adabiyot va falsafada tutgan o‘rni, murakkab g‘oyalarni ixcham shaklda ifodalashda
qo‘llanishi ham batafsil o‘rganiladi. Tilshunos olimlarning aforizmlar bo‘yicha
tadqiqotlarini o‘rganganimizda, ular qanday qilib insonlarni mazmunli so‘zlarga
ishontirish, mulohaza yuritish va donolikni, mazmunga boy fikrlarni avlodlardan
ajdodlarga yetkazish vositasi sifatida xizmat qilishini o‘rganishlarini angladik. Bundan
tashqari, biz tadqiq etayotgan aforizm konsepti jahon tilshunosligida aniq, mazmunga boy
iboralarning yasalishi va talqin qilinishini shakllantiruvchi til, ritorika va madaniy
qadriyatlarning nozik jihatlarini yoritib beradi. Aforizmlarni tadqiqi umuminsoniy
haqiqat, axloqiy yoki mushohadani esda qolarli ta’sirchan tarzda yetkazuvchi ixcham
gaplarni tekshirish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotchilar aforizmlar qanday
tuzilganligini, ularning madaniy ahamiyatini va turli tillar va madaniyatlarda muloqot va
tushunishga qay holatda ta’sir qilishini o‘rganadilar [5].
Bugungi kunda aforizmlar tadqiqining ilmiy asoslaridan biri tilni murakkab aloqa
tizimi sifatida o‘rganishdir. Tilshunoslar uzoq vaqtdan beri tilning tuzilishi, funksiyasi va
qayta ishlanishini tushunishga qiziqish bildirishgan va aforizmlar tilning chuqur g‘oyalarni
ixcham shaklda qanday qamrab olishi haqida izlanishlarni davom ettirganlar.
Aforizmlarning lingvistik xususiyatlarini, sintaksis, semantikasi va pragmatikligini tahlil
qilib, tadqiqotchilar tilning ma’noni ifodalash va yetkazish mexanizmlari haqida
tushunchaga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, aforizmlarni o‘rganish adabiy va ritorik an’analarning tarixiy
rivojlanishiga asoslanadi. Tarix davomida aforizmlar og‘zaki va yozma nutqning muhim
xususiyati bo‘lib, ular asosan diniy matnlarda, falsafiy risolalar, adabiy asarlar va kundalik
nutqda uchraydi. Aforizmlarning alohida lingvistik va ritorik shakl sifatida e’tirof etilishi
ularning til va adabiyot faniga, shuningdek, kengroq madaniy va intellektual an’analarga
kiritilishiga olib keldi.
Shu bilan birga, zamonaviy tilshunoslikda aforizmlarni o‘rganish tilni tushunish va
izohlash bo‘yicha kognitiv va psixologik tadqiqotlarga tayanadi. Aforizmlar ko‘pincha
majoziy til, metafora va boshqa ritorik vositalardan tashkil topadi, bu esa kognitiv qayta
ishlash va tushunish uchun bahstalab munozaralarga sabab bo‘ladi. Odamlar aforizmlarni
qanday izohlashi va ulardan ma’no olishini o‘rganish orqali tadqiqotchilar tilni tushunish
va xulosa chiqarishning kognitiv mexanizmlarini yoritishi mumkin.
Аforizmlarni ilmiy o‘rganish kommunikativ maqsadlarga erishish uchun tildan
qanday foydalanishi pragmatikaning kengroq sohasi tomonidan tadqiq qilinadi.
Aforizmlar tabiatan kontekstga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha umumiy madaniy bilim va
taxminlarga tayanadi, bu ularni implikatsiya, presuppozitsiya va nutq aktlari kabi
pragmatik hodisalarni o‘rganish uchun boy maydonga aylantiradi. Aforizmlarning
kommunikativ akt sifatida qanday ishlashini tushunish turli xil ijtimoiy va madaniy
kontekstlarda tildan foydalanishni yanada to‘liqroq tushunishga yordam beradi.
Qolaversa, zamonaviy tilshunoslikda aforizmlar tadqiqining tarixiy asoslari
ularning madaniy-intellektual meros shakli sifatida e’tirof etilishi bilan boyidi. Asrlar
mobaynida aforizmlar adabiyot, falsafa, din va siyosatning ko‘zga ko‘ringan
namoyandalariga taalluqli bo‘lib, hikmat va idrokning unutilmas mujassamlanishi sifatida
namoyon bo‘lgan. Aforizmlarning tarixiy qo‘llanilishi va uzatilishini tadqiqi tufayli
tilshunoslar til, madaniyat va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda aforistik
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
156
iboralarning inson tushunchasi va ifodasiga doimiy ta’siri borasida bir qator fikrlar
mavjud.
“Aforizm” atamasi qadim zamonlardan beri ma’lum. Biz izlanish olib borayotgan bu
konsept ilk marotaba mashhur tabib Gippokratning “Kitob al-Fusul” (“Aforizmlar”)
kitobida qo‘llanilgan [16]. Kitobda aforizm tushunchasiga “kasalliklarning belgilari va
diagnostikasi, davolash va oldini olish san’ati haqidagi tibbiy traktati” deya ta’rif
keltirilgan.
Aforizmlar Suqrotgacha bo‘lgan davrdan beri falsafiy va keyinchalik filologik
tushunishning mavzusi bo‘lib kelgan.
Aforizm dastlab Gretsiyada rivojlangan. Jumladan Pifagor, Demokrit, Aflotun,
Arastu, Epikur, Epiktet, Plutarx kabi qadimgi yunon mutafakkirlarining aforizmga oid
hikmatli so‘zlari, maqollari hozirda ham keng qo‘llanib kelinmoqda. Antik adabiyotda
“aforizm” so‘zining kengroq qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar mavjud. Tibbiy atamaga
qo‘shimcha ravishda bu so‘z allaqachon “maksima”, “gnoma”, “dono” ma’nosini anglatardi.
XII asrda Dante “aforizm” so‘zini faqat tibbiy ma’noda ishlatgan [1].
Turli janrdagi matnlarni tuzishda umumiy (jumladan, aforistik) hukmlarning roli,
o‘rni qadimgi ritorika va grammatikada batafsil tasvirlangan, bu keyingi Yevropa filologik
an’analarida davom ettirilgan. Ammo bu tushunchaning umumiy qabul qilingan ta’rifi hali
shakllanmagan [2].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yevropa tilshunoslarining aforizmlar tadqiqiga oid izlanishlari aforistika sohasini
dunyo miqyosida o‘rganish zarurligini ko‘rsatdi. Chunonchi, Germaniya, Fransiya, Angliya
va Amerika lingvistlari tomonidan aforizm tadqiqiga oid monografiyalar, dissertatsiyalar
ushbu fan rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi.
F. Mautnerning Olmon yurtining aforizm bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning asoschisi
deyishimiz asoslidir, sababi birinchi marta 1933 yilda nashr etilgan “Aforizm adabiy janr
sifatida” nomli ilmiy ishi ushbu mavzu bo‘yicha jiddiy tadqiqotlarning boshlanishiga zamin
yaratdi. Unda muallif aforizmning asosiy parametrlarini shakllantiradi va birinchi marta,
uning mustaqil adabiy janr sifatidagi maqomini belgilaydi [6]. Olimning ishi aforizmning
mohiyati va maqsadi to‘g‘risidagi ko‘plab tadqiqotlar yaratilishiga asos bo‘ldi.
F. Mautnerning izdoshi sifatida G. Figut aforizmning xususiyatlarini tadqiq etishda doimiy
ravishdagi tilshunoslik maydoniga chiqdi [7].
Nemis tilshunosligida aforizm masalasiga doir ishlarni o‘rganishimiz jarayonida,
G. Noymanning “Ideenparadise” monografiyasida Germaniyada aforizm janrining
rivojlanish tarixini yoritibgina qolmay, G.K. Lixtenberg hamda Novalis ijodidagi aforizmlar
haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tganligini aniqladik [8].
Shu bilan bir qatorda, G. Figut o‘z ilmiy ishlarida J. Pol aforizmlarini tahlil qilgan
bo‘lsa [7], K. Disfelbinger buyuk nemis adibi Kafka aforizmlarining o‘ziga xos jihatlarini
aniqlaganligini ko‘rishimiz mumkin.
Fransuz aforistikasi haqida gap ketganda avvalambor, Laroshfuko [3],
Labruyerlarning aforizmning tadqiqiga oid izlanishlari keltirish o‘rinlidir [17]. Zero, ular
o‘zlarining betakror aforizmlari bilan fransuz aforizm maktabini butun dunyoga
tanitishgan. Klassik fransuz aforizmida inson ma’naviyatini yuksaltiradigan va tafakkur
jarayonlarini aks ettiruvchi ruh, taqdir, imon, umid, sevgi, yaxshilik, yomonlik, go‘zallik,
bilim, do‘stlik kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, insonning ijtimoiy, etnik, diniy, siyosiy
qarashlari asrlar davomida ularda o‘z aksini topgan. Shu nuqtai nazardan, fransuz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
157
aforistikasining lingvistik tahlili ma’naviy qadriyatlarni anglash orqali amalga oshirishda
ajoyib imkoniyatni yaratadi.
XX asr Fransiyada aforizm janrining chinakam oltin davri sifatida talqin etilib, uning
keng tarqalishi, tarkibiy qismining o‘ziga xos jihatlari bilan ifodalangan. Aforizm
adabiyotning bir qismi sifatida, zamonaviy fransuz she’riyatida o‘z o‘rnini saqlab qolgan.
Shunday qilib, aforizm klassitsizm va zamonaviylik, mutlaqlik va nisbiylik, hajviylik va
g‘amginlik o‘rtasidagi kurash maydoniga aylandi.
1980-yillardan buyon ushbu qarama-qarshiliklarni aks ettiruvchi, shuningdek,
aforizmning turli xil ta’riflari mujassamlashgan ko‘plab tanqidiy ilmiy asarlar yaratildi. Bir
guruh fransuz olimlari Nemer, Montandon, Syuzini-Anastopulos, Mari-Pol Berranje, Filipp
Morelar tilshunoslik maydonida aforizm janrining tadqiqi bilan izlanishlar olib bordilar
[9]. Mari-Pol Berranjening syurrealistik aforizm xususida yozgan “Aforizmlar to‘g‘risidagi
hisobot” dissertatsiyasi, hamda Filipp Morening post-syurrealistik aforizm haqidagi
“Aforizm an’anasi va zamonaviyligi” [10] asari ikkita eng muhim ilmiy tadqiqot ishi
hisoblanadi.
Shuni aytish lozimki, Fransiyada aforizmlar xususidagi tadqiqot ishlarida, fransuz
tilida nafaqat fransuz ijodkorlarining va ba’zan nemis aforist yozuvchilarining asarlarini
ham tahlil qilishga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar mavjud. Masalan, J. Teppning “Shamfor,
uning hayoti, ijodi, maksimalari” [11] kitobini; I. Loizoning “Fivarol” kabi asarlarini
keltirish mumkin. Brigham Young universiteti fransuz tili mutaxassisi Mark Bell fransuz
adiblarining yigirmanchi asrda nashr etilgan yettita romanlarida aforizmlardan qay tarzda
foydalanilganliklari yuzasidan muhim ahamiyat kasb etuvchi “Aphorism in the
Francophone novel of the twentieth century” [12] kitobini yozadi. Mazkur kitobda fransuz
yozuvchilari o‘zlarining aforizmlarini qanday o‘ylab topishlari va ularni roman voqealar
zanjiriga qay yo‘sinda yo‘naltirganlik masalalari tahlil qilingan.
Mark Bell aforizmni, ayniqsa Fransiya va Germaniyada nasriy yozuvning an’anaviy
qismi deb hisoblaydi. Kitobda u aforizm atamasiga xos bo‘lgan muammolarni, roman
janridagi aforizmning hikoyaviy va diskursiv funksiyasiga, aforizm tuzilishi va ushbu
kichik janrning hikoya tarkibiy qismi sifatida bajarishi mumkin bo‘lgan epistemologik va
germenevtik funksiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini, aforizmlarning “milliy” xarakteri
va ularni to‘plashdan kelib chiqadigan muammolarni ko‘rib chiqqan. Fransuz adabiy
an’analarida aforizmlaning muhimligi va ularning zamonaviy romanchilikda
qo‘llanilganligi ushbu tadqiqotni mazmunli va samarali ekanligini belgilaydi [12].
Hozirgi kunga qadar zamonaviy fransuz tilida yozilgan romanlarda qo‘llanilgan
aforizmlar bo‘yicha jiddiy tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq, Jefferson Xamfrisning “The
Puritan and the Cynic: Moralists and Theorists in French and American Letters” [13]
kitobida XVII asr fransuz nasrida va zamonaviy fransuz she’riyatida qo‘llanilgan
aforizmlarga alohida e’tibor qaratadi. Xamfris tadqiqotlari natijasida “maksima”
zamonaviy fransuz she’riyatida saqlanib qolganligini ta’kidlaydi.
Jeffri Bennington “Sententiousness and the Novel: Laying Down the Law in
Eighteenth-Century French Fiction” [14] tadqiqot ishida badiiy adabiyotda aforizmlarni
qo‘llashda duch keladigan muammolarni ko‘rsatib bergan. Bennington tadqiqotida
XVIII asr fransuz badiiy adabiyotida qo‘llanilgan aforizmlarning sentensiyaviy vazifani
bajarganligini ko‘rsatib o‘tgan.
Bugungi kunda Fransiyada, tilshunos olimlar va taniqli shaxslarning aforizmlaridan
iborat ko‘plab to‘plam va qomusiy lug‘atlar nashr etilmoqda. Umuman olganda, fransuz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
158
aforistikasini, ayniqsa tadqiqotchilar tomonidan mustaqil aforizmlar toifasiga alohida
e’tibor berilganligi bois yetarlicha rivojlangan sohalar safiga qo‘shish mumkin.
Aforizmlarni o‘rganish ingliz tilida donolik va falsafani tushunishning usuli bo‘lishi
mumkin. Aforizmlar – bu chuqur haqiqat yoki mushohadani aqlli va tushunarli tarzda
ifodalovchi ixcham va esda qolarli gaplar. Ular ko‘pincha bir nechta yaxshi tanlangan
so‘zlar bilan maslahat, tushuncha yoki falsafiy mulohazalarni taklif qilishadi.
Amerika va Angliya tinshunosligida Yevropa davlatlari orasida aforizmlar tadqiqiga
oid ishlar kam e’tibor qaratilgan deyishimiz o‘rinli. Mazkur davlatlarning tadqiqotchilari
adabiy yo‘nalishdan izlanishlar olib borgan bo‘lib, aforizmning lingvistik tadqiqotiga
bag‘ishlangan ilmiy ishlar kam va ingliz tilida deyarli yo‘q. Shu boisdan, ingliz aforizmlarini
tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish qiziqarli va zarur hisoblanadi.
Amerika va Angliyaning aforistikasi o‘rtasida juda ko‘p o‘xshashliklarga bor.
Germaniya va Fransiyaning aforistikasi bilan taqqoslaganda, XX asrda Angliya va
Amerikaning aforistikasi kamroq rivojlandi. Bu mamlakatlarda qabul qilingan aforistik
terminologiyaga kelsak, aytish mumkinki, “ingliz aforizmi” va “аmerika aforizmi”
atamalari muayyan bir yondashuvga ega emas va bu borada puxta nazariy ish
yaratilmagan. Hozirda har ikki mamlakatda alohida aforizmlar tadqiqiga oid izlanishlarni
topish mushkul, shuningdek, aforizmlarga oid ilmiy ishlar ko‘p emas, lekin aforizmlar
to‘plamlarini yaratish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Ben Grantning “The Aphorism and Other Short Forms” [15] monografiyasi Britaniyada
aforizmning tadqiqiga bag‘ishlangan birinchi tanqidiy tadqiqotdir. Muallif asarda aforizmni
juda qisqa bayonotda ulkan haqiqat, ma’no va aql mujassamlashgan deb izohlaydi.
Tadqiqotchining fikricha, aforizm klassik davrlardan boshlab hozirga qadar ishlatilgan,
o‘rganilgan va bugungi kunda zamonaviy aloqa vositalarida, matnli xabarlarda qo‘llanilishi
uning dolzarbligini yanada oshirmoqda, deya izohlaydi. Mazkur ilmiy asarda Ben Grant bir
nechta masalalar yuzasidan izlanishlar olib borgan: jumladan, aforizmning hozirgi kungacha
bo‘lgan tarixi, uning boshqa shakllar, fragment(parcha), maqol, maksima, xayku, epigramma
va iqtibos bilan bog‘liqligi, tarixning buyuk shaxslari Geraklit, Bekon, Laroshfuko, Chjuan-zi,
Bleyk, Shlegel, Emerson, Nitsshe, Uayld, Vulf va Bart [15] kabi mualliflar tomonidan
aforizmning qo‘llanilishi, aforizmning fan, falsafa, adabiyot va dinni birlashtirgan fanlararo
tabiati. Ben Grant ushbu asari orqali aforizmning barcha asosiy jihatlarini o‘rganib chiqadi va
uni har tomonlama va tanqidiy asoslangan holda o‘rganishni taklif qiladi.
Amerikalik adabiyotshunos, professor Gary Sol Morson aforizmni tadqiq etishga
bag‘ishlangan “The Aphorism: Fragments from the Breakdown of Reason”[18]
ilmiy maqolasida
asosiy e’tiborni aforizm va diktema o‘rtasidagi farqqa qaratadi va aforizmni diktemaning aks
ko‘rinishi deya ta’riflaydi. Morson diktemani sirlilik va murakkabliklardan xoli, ya’ni hamma
narsa allaqachon hal qilinganga o‘xshasa, aforizm esa aksincha, yashirin holatda bo‘ladi. (diktema
(diktema – lotincha dico, dixi, dictum – “gapiryapman, ifoda etyapman”) matnning ma’lum
situativ mavzusini yoritish uchun xizmat qiladigan elementlar yig‘indisidir) [4].
XULOSA
Shuni ta’kidlash kerakki, aforizmlarni o‘rganish doimiy va fanlararo soha bo‘lib,
doimiy ravishda yangi tadqiqotlar paydo bo‘ladi. Muayyan shaxslarni osongina nomlash
mumkin bo‘lmasa-da, turli fanlar olimlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari jahon
tilshunosligidagi aforizmlarni tushunishimizga yordam berdi.
Bundan tashqari, folklorshunoslik, antropologiya va madaniyatshunoslik kabi
sohalarning olimlari ko‘pincha aforizmlar va ularning turli madaniyatlarda ahamiyatini
o‘rganadilar. Shu tarzda, jahon tilshunosligida aforizmlar tadqiqi nafaqat til o‘rganish,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
159
balki madaniyatlararo aloqalar va xalqlarning dunyoqarashlarini tushunish nuqtai
nazaridan ham muhim ilmiy ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
А.П.Антипова. К вопросу об определении афоризма /Антипова. – Смоленск:
Риторика – лингвистика, 2001. – 135 c
2.
Верещагин Е. M, Костомаров В. Г. Язык и культура: Лингвострановедение в
преподавании русского языка как иностранного. 4-е изд., перераб. и доп.–М.: Рус. яз.,
1990. 246 с.
3.
Разумовская М. В. Жизнь и творчество Франсуа де Ларошфуко.
Комментарии // Франсуа де Ларошфуко. Мемуары. Максимы. – Л.: Наука
(Ленинградское отделение), 1971. – С. 237–178. – 280 с. – (Литературные
памятники).
4.
Блох М.Я. Диктема в уровневой структуре языка//Вопросы языкознания,
№4, 2000.-С.57-67
5.
Yakubovna, A. G. (2024). AFORIZMLAR TILNING MILLIYMADANIY TARKIBIY
QISMI SIFATIDA.
Science and innovation
,
3
(Special Issue 19), 764-767.
6.
Mautner, F.H. Der Aphorismus als literarische Gattung Text. / F.H. Mautner. // Der
Aphorismus : Ziir Geschichte, zu den Formen und?Möglichkeiten einer literarischen
Gattung; Darmstadt: Wiss. Buchges., 1976; – S. 19-74.
7.
Fieguth, G. Jean Paul als Aphoristiker Text. / G. Fieguth. Meisenheim am Gean :
Hain. 1969.-189 S
8.
Neumann, H. Einleitung Text. / H. Neumann. // Der Aphorismus: Zur Geschichte,
zu den Formen und Möglichkeiten einer literarischen Gattung. -Darmstadt: Wiss. Buchges.,
1976. S.3-18
9.
Marie-Paule Berranger, Dépaysement de l'aphorisme (1988)
10.
Philippe Moret, Tradition et modernité de l'aphorisme (1997)
11.
Teppe, J., & Rostand, J. (1951). Chamfort. Sa vie. Son œuvre. Sa pensée.
Revue
Philosophique de la France Et de l
,
141
.
12.
Bell, M. (1997).
Aphorism in the Francophone novel of the twentieth century
.
McGill-Queen's Press-MQUP
13.
Humphries, J. (1987). The puritan and the cynic: moralists and theorists in
French and American letters. Oxford University Press.
14.
Bennington, G. (1985). Sententiousness and the Novel: Laying Down the Law in
Eighteenth-Century French Fiction.
(No Title)
.
15.
Grant, B. (2016).
The aphorism and other short forms
. Routledge.
16.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gippokrat
17.
https://www.houseofnames.com/labruyer-family-crest
18.
chromeextension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://web.english.u
penn.edu/~cavitch/pdf-library/Morson_Aphorism.pdf
