Авторы

  • Лазиза Абдуллаева
    PhD, Университет мировой экономики и дипломатии

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.75719

Ключевые слова:

ESP юридический английский язык языковая компетенция обучение на основе заданий коммуникативный подход кейс-стади аутентичные материалы

Аннотация

В данной статье рассматриваются методы развития языковой компетенции при обучении английскому языку для специальных целей (ESP) в области юриспруденции. Анализируется значение профессиональных языковых навыков для юристов, а также педагогические стратегии, такие как обучение на основе заданий, коммуникативный подход и изучение кейсов. В исследовании подчеркивается важность использования аутентичных материалов и интерактивных занятий для повышения уровня владения юридическим английским языком.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Methods for developing language competence in teaching
English for specific purposes (ESP) in the field of law

Laziza ABDULLAYEVA

1


The University of World Economy and Diplomacy

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form
10 January 2025
Accepted 25 January 2025
Available online

25 February 2025

This article explores methods for developing language

competence in teaching English for Specific Purposes (ESP) in
the field of law. It discusses the importance of professional

language skills for legal practitioners and examines various

pedagogical strategies, including task-based learning,

communicative approaches, and case studies. The study
emphasizes the role of authentic materials and interactive

activities in enhancing students’ proficiency in legal English.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss2

/S

-pp322-325

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

ESP,

legal English,

language competence,

task-based learning,

communicative approach,
case studies,

authentic materials.

Huquq sohasida maxsus maqsadli ingliz tilini (ESP)
o‘qitishda til kompetensiyasini rivojlantirishning usullari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

ESP,

yuridik ingliz tili,

til kompetensiyasi,

topshiriq asosida o‘qitish,
kommunikativ yondashuv,
amaliy holatlar,

ishonchli materiallar.

Ushbu maqolada huquq sohasida maxsus maqsadli ingliz

tilini (ESP) o‘qitishda til kompetensiyasini rivojlantirish usullari

o‘rganiladi. Unda yuridik mutaxassislar uchun kasbiy til

ko‘nikmalarining ahamiyati yoritilib, topshiriq asosidagi ta’lim,

kommunikativ yondashuv hamda amaliy holatlar (case studies)
kabi pedagogik strategiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda

ishonchli materiallar va interaktiv mashg‘ulotlarning talabalarni

yuridik ingliz tilidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi

o‘rni ta’kidlanadi.

1

Doctor of philosophy (PhD) in philological sciences, The University of World Economy and Diplomacy.

E-mail: labdullayeva.uwed@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

323

Методы развития языковой компетенции при
преподавании английского языка для специальных
целей (ESP) в области права

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

ESP,

юридический английский

язык,

языковая компетенция,
обучение на основе
заданий,

коммуникативный подход,
кейс-стади,

аутентичные материалы.

В данной статье рассматриваются методы развития

языковой компетенции при обучении английскому языку

для специальных целей (ESP) в области юриспруденции.

Анализируется значение профессиональных языковых

навыков для юристов, а также педагогические стратегии,
такие как обучение на основе заданий, коммуникативный

подход и изучение кейсов. В исследовании подчеркивается

важность использования аутентичных материалов и

интерактивных занятий для повышения уровня владения
юридическим английским языком.


KIRISH

Ingliz tili global til sifatida turli sohalarda, jumladan, huquqshunoslikda ham

muhim ahamiyat kasb etmoqda. Huquq sohasida maxsus maqsadli ingliz tili (ESP for
Law) ushbu yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalar va amaliyotchi huquqshunoslar uchun
zarur kompetensiyalarni shakllantirishga yordam beradi. Til kompetensiyasini
rivojlantirish ushbu sohaga xos terminologiya, yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini
o‘z ichiga oladi. Ushbu maqola huquqiy ingliz tilini o‘qitishda samarali usullarni
o‘rganishga qaratilgan.Maxsus maqsadli ingliz tili (English for Specific Purposes – ESP)
huquq sohasida professional muloqotni ta’minlash, huquqiy hujjatlarni tushunish, yozish
va og‘zaki muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan til o‘qitish
yo‘nalishidir. ESP nazariyasi umumiy til o‘qitish yondashuvlaridan farqli ravishda,
o‘quvchilarning kasbiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘qitish usullarini ishlab
chiqishni talab qiladi. ESP bo‘yicha tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu yo‘nalish
kommunikativ til o‘rganish nazariyasi va tilni kasbiy maqsadlarga moslashtirish
g‘oyalariga asoslanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Adabiyotlar tahlili

– ESP va huquqiy ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha mavjud ilmiy

maqolalar, darsliklar va tadqiqotlar o‘rganildi.

Amaliy kuzatuv

– ESP darslarida qo‘llanilayotgan usullar tahlil qilindi.

So‘rovnomalar va intervyular

– Huquqshunoslik fakulteti talabalari va ESP

o‘qituvchilari bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Eksperimental o‘rganish

– Talabalarning til kompetensiyasini oshirish uchun

interaktiv usullar (rol o‘yinlari, keis-stadi, sud jarayonlari tahlili) sinovdan o‘tkazildi.

Til kompetensiyasi – bu o‘quvchilarning chet tilida samarali va maqsadga muvofiq

muloqot qilish qobiliyatidir. Bu quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:

Lingvistik kompetensiya

– huquqiy terminologiyani, grammatik strukturalarni

va uslubiy xususiyatlarni bilish;

Kommunikativ kompetensiya

– huquqiy muloqotda til birliklaridan to‘g‘ri

foydalanish qobiliyati;


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

324

Diskursiv kompetensiya

– huquqiy matnlarni tahlil qilish, sharhlash va yozish

malakalari;

Sotsiolingvistik kompetensiya

– huquqiy nutq muhitiga mos keladigan ifodalar

va uslublarni tanlash;

Strategik kompetensiya

– muloqotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan

tushunmovchiliklarni bartaraf etish usullarini bilish.

ESP bo‘yicha o‘qitish quyidagi asosiy yondashuvlarga asoslanadi:

Analitik yondashuv (Needs Analysis)

– o‘quvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish va

til kursini shunga mos ravishda shakllantirish;

Jadallashtirilgan o‘qitish (Task-Based Learning)

– kasbiy faoliyatga mos

keluvchi topshiriqlar orqali til o‘rgatish;

Kommunikativ yondashuv (Communicative Approach)

– real huquqiy

kontekstlarda til kompetensiyasini rivojlantirish;

Korpus lingvistika yondashuvi

– huquqiy matnlar korpusini o‘rganish va undan

amaliy foydalanish.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Huquqiy ingliz tilini o‘rganishda

rol o‘yinlari

(masalan, sud jarayonlari

simulyatsiyasi) talabalarning muloqot ko‘nikmalarini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Autentik materiallardan foydalanish

(huquqiy hujjatlar, sud qarorlari,

shartnomalar) talabalar terminologiyani tezroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. Ushbu
usullar samarali hisoblanadi:

Huquqiy lug‘atni o‘rganish

– maxsus atamalarni kontekstda tushunish va

yodlash.

Autentik hujjatlar tahlili

– shartnomalar, qonunlar, sud qarorlarini o‘qish va

tahlil qilish.

Huquqiy definitsiyalarni yozish

– o‘z so‘zlari bilan huquqiy atamalarga izoh

berish.

Case-study va real hayotga asoslangan topshiriqlar

Ish yuritish hujjatlarini yozish

– sudga murojaat qilish, shartnoma tuzish yoki

qonuniy maslahatlarga doir hujjatlar tayyorlash;

Huquqiy bahslar va muhokamalar (Moot Court)

– talabalar o‘rtasida sud

protseduralarini o‘tkazish;

Huquqiy maslahat xizmatlarini simulyatsiya qilish

– mijoz bilan ingliz tilida

huquqiy maslahatlarga oid mashqlar bajarish.

Kommunikativ yondashuv va rolli o‘yinlar

Huquqiy intervyu va suhbatlar

– advokat va mijoz o‘rtasidagi suhbatlarni

simulyatsiya qilish;

Mediator sifatida muzokaralar o‘tkazish

– tomonlar o‘rtasida huquqiy

kelishuvga erishish bo‘yicha mashg‘ulotlar;

Huquqiy chiqishlar va nutq so‘zlash

– sud zalida yoki konferensiyalarda chiqish

qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Raqamli texnologiyalar va multimedia vositalaridan foydalanish

ESP uchun onlayn platformalar

– huquqiy ingliz tilini o‘rganish uchun mo‘ljallangan

veb-saytlar va kurslardan foydalanish (masalan, Coursera, Legal English UK);

Huquqiy podcast va video materiallar

– huquqiy mavzularga bag‘ishlangan

podkast va videolarni tinglash va tahlil qilish;


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701

325

Interaktiv testlar va mashqlar

– huquqiy til bo‘yicha onlayn testlar orqali

bilimlarni mustahkamlash.

Korpus lingvistikasidan foydalanish

huquqiy matnlarni tahlil qilish

ko‘nikmalarini shakllantiradi.Talabalarning yozma ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun

korpus asosida yozish texnikalari

samarali bo‘ldi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ESP

darslarida huquqiy kontekstga mos metodlarni qo‘llash til kompetensiyasini
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchilarning intervyu natijalari shuni
anglatadiki, huquqiy ingliz tilini o‘rganishda an’anaviy grammatika va lug‘at yodlash
usullari talabalar ehtiyojini to‘liq qondira olmaydi. Shu sababli,

interaktiv va amaliy

usullar

, ayniqsa, real hayotdagi huquqiy vaziyatlar asosida o‘qitish, samaradorlikni

oshiradi.Shuningdek, huquqiy ingliz tilida yozish kompetensiyasini rivojlantirish uchun

matnlarni lingvistik tahlil qilish va strukturalangan yozish texnikalaridan
foydalanish tavsiya etiladi

. Ushbu yondashuv nafaqat talabalar nutqini rivojlantiradi,

balki ularning huquqiy tahlil qilish qobiliyatini ham oshiradi.

XULOSA

ESP va huquqiy ingliz tilini o‘qitishda talabalar til kompetensiyasini rivojlantirish

uchun an’anaviy yondashuvlardan tashqari,

rol o‘yinlari, huquqiy hujjatlar bilan

ishlash, korpus lingvistikasi, va yozma tahliliy usullar

samarali ekanligi aniqlandi.

O‘qituvchilar ushbu usullardan foydalanish orqali talabalar bilimini yanada
mustahkamlashlari mumkin. Huquqiy ingliz tilida kommunikativ va kasbiy malakalarni
shakllantirish uchun turli metod va strategiyalar qo‘llaniladi. Huquqiy sohada til
kompetensiyasini rivojlantirish uchun maxsus terminologiya va hujjatlar bilan ishlash
muhim ahamiyatga ega. Huquqiy ingliz tilini (ESP) o‘qitishda til kompetensiyasini
rivojlantirish uchun lingvistik, kommunikativ va kasbiy malakalarga asoslangan
yondashuvlarni qo‘llash zarur. Terminologik lug‘at, case-study, rolli o‘yinlar va raqamli
texnologiyalar kabi usullar orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘ladilar, balki
real huquqiy jarayonlarda ingliz tilidan samarali foydalanish imkoniyatiga ham ega
bo‘ladilar. Shunday qilib, ESP huquqiy sohaga mos ravishda maxsus metodikalar asosida
o‘qitilishi kerak.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Jalolov J.

Chet tili o‘qitish metodikasi

. Toshkent: O‘qituvchi, 2012.

2.

Brown, D.

Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language

Pedagogy

. New Jersey: Prentice Hall Regents, 1994.

3.

Bygate, M.

Speaking

. New York: Oxford University Press, 1987.

4.

Kadota, S.

Shadowing to Ondoku no Kagaku

[Science of Shadowing and Oral

Reading]. Tokyo: Cosmopier, 2007.

5.

Kurata, K.

"Nihogo Shadowing no Ninchi Mechanism ni Kansuru Kisokenkyu" [A

Basic Research on Cognitive Mechanism of Shadowing].

Bulletin of the Graduate School of

Education of Hiroshima University

, 56(2), 259-265, 2007.

6.

Normatovna, N. N.

"Chet tili sifatida ingliz tilining og‘zaki nutq malakalarini

oshirish muammolari va ularni yo‘q qilish imkoniyatlari".

Integratsiyalashgan ta’lim

bo‘yicha xalqaro jurnal

, 5(12), 96-99.

7.

Yuldasheva O.O.

"O‘quvchilarning diskurs og‘zaki nutq ko‘nikmasini

rivojlantirishga oid metod va texnologiyalar".

Academic Research in Educational Sciences

,

2022, 270

Библиографические ссылки

Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi, 2012.

Brown, D. Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language Pedagogy. New Jersey: Prentice Hall Regents, 1994.

Bygate, M. Speaking. New York: Oxford University Press, 1987.

Kadota, S. Shadowing to Ondoku no Kagaku [Science of Shadowing and Oral Reading]. Tokyo: Cosmopier, 2007.

Kurata, K. "Nihogo Shadowing no Ninchi Mechanism ni Kansuru Kisokenkyu" [A Basic Research on Cognitive Mechanism of Shadowing]. Bulletin of the Graduate School of Education of Hiroshima University, 56(2), 259-265, 2007.

Normatovna, N. N. "Chet tili sifatida ingliz tilining og‘zaki nutq malakalarini oshirish muammolari va ularni yo‘q qilish imkoniyatlari". Integratsiyalashgan ta’lim bo‘yicha xalqaro jurnal, 5(12), 96-99.

Yuldasheva O.O. "O‘quvchilarning diskurs og‘zaki nutq ko‘nikmasini rivojlantirishga oid metod va texnologiyalar". Academic Research in Educational Sciences, 2022, 270