Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Linguistic and pragmatic analysis of interjections in
Italian and Uzbek linguaculture
Malika GULAMOVA
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
10
February 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
This article is dedicated to the analysis of the linguistic and
pragmatic characteristics of exclamatory expressions in Italian
and Uzbek linguoculture. The syntactic, semantic, and
pragmatic aspects of exclamatory expressions are examined in
both languages, analyzing their role and functions in
communication. The study explores the influence of cultural
factors on the formation of exclamatory expressions and their
usage features from a comparative perspective. Based on
linguistic and pragmatic research, the article aims to reveal the
similarities and differences between exclamatory expressions in
Italian and Uzbek. The chosen research method is literature
analysis, providing analytical and comparative conclusions
based on existing academic sources. This article may be useful
for linguistics researchers, translators, and language specialists.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
exclamatory expressions,
linguoculture,
pragmatics,
communicative strategies,
Uzbek language,
Italian language,
speech acts,
literature analysis.
Italyan va o‘zbek lingvomadaniyatida undov ifodalarining
lingvistik va pragmatik tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
undov ifodalar,
lingvomadaniyat,
pragmatika,
kommunikativ strategiyalar,
o‘zbek tili,
italyan tili,
nutq aktlari,
adabiyotlar tahlili.
Ushbu maqola italyan va o‘zbek lingvomadaniyatida undov
ifodalarning lingvistik va pragmatik xususiyatlarini tahlil
qilishga bag‘ishlangan. Undov ifodalarning sintaktik, semantik
va pragmatik jihatlari har ikkala til misolida o‘rganilib, ularning
muloqot jarayonidagi roli va funksiyalari tahlil qilinadi.
Tadqiqot davomida undov ifodalarning madaniy omillar
ta’sirida shakllanishi va ularning qo‘llanish xususiyatlari qiyosiy
nuqtai nazardan o‘rganiladi. Maqola tilshunoslik va pragmatika
sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, italyan va
1
Teacher, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
178
o‘zbek tillaridagi undov ifodalarning o‘xshashlik va farqlarini
ochib berishga qaratilgan. Tadqiqot usuli sifatida adabiyotlar
tahlili tanlangan bo‘lib, mavjud ilmiy manbalar asosida tahliliy
va qiyosiy xulosalar beriladi. Ushbu maqola lingvistik
tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar, tarjimonlar
va tilshunoslar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Итальянский и узбекский лингвокультурный анализ
восклицательных выражений: лингвистический и
прагматический аспект
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
восклицательные
выражения,
лингвокультура,
прагматика,
коммуникативные
стратегии,
узбекский язык,
итальянский язык,
речевые акты,
анализ литературы.
Данная статья посвящена анализу лингвистических и
прагматических
особенностей
восклицательных
выражений в итальянской и узбекской лингвокультуре.
Рассматриваются
синтаксические,
семантические
и
прагматические аспекты восклицательных выражений
в обоих языках, а также их роль и функции в процессе
общения. В ходе исследования изучается влияние
культурных факторов на формирование восклицательных
выражений
и
особенности
их
использования
с
сопоставительной точки зрения. Статья основана на
научных исследованиях в области лингвистики и
прагматики, с целью выявления сходств и различий
восклицательных выражений в итальянском и узбекском
языках. В качестве метода исследования выбран анализ
литературы,
на
основе
которого
представлены
аналитические и сравнительные выводы. Данная работа
может быть полезна специалистам в области лингвистики,
переводчикам и исследователям языка.
KIRISH
Til nafaqat fikr almashish vositasi, balki madaniyat, mentalitet va ijtimoiy
munosabatlarning aksidir. Har bir til o‘ziga xos nutq strategiyalari, uslublari, ifodaviylik
xususiyati va vositalariga ega. Ushbu vositalardan biri undov ifodalari bo‘lib, ular inson
his-tuyg‘ularini, emotsional holatini va muloqot jarayonidagi pragmatik maqsadlarini
ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Undov ifodalar og‘zaki va yozma nutqda dinamik ta’sirga
ega bo‘lib, ularning ishlatilishi madaniy va lingvistik an’analarga bog‘liq ravishda o‘zgarib
boradi. Ushbu maqola italyan va o‘zbek tillarida uchraydigan undov ifodalarining
lingvistik va pragmatik tahliliga bag‘ishlanadi. O‘zbek va italyan lingvomadaniyatlarida
muloqot jarayonida undov ifodalarning qo‘llanilishi turlicha bo‘lsa-da, ularning asosiy
maqsadi nutqning ta’sirchanligini oshirishdan iborat. Tadqiqot davomida ushbu
ifodalarning morfologik, sintaktik, semantik va pragmatik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.
Maqolaning asosiy maqsadi – o‘zbek va italyan tillarida undov ifodalarning lingvistik
va pragmatik jihatdan qanday shakllanishini, qanday o‘rinlarda va maqsadlarda
qo‘llanilishini aniqlashdir. Tadqiqot davomida o‘zbek va italyan tillarida undov ifodalar
qanday grammatik va semantik xususiyatlarga ega ekani, ularning ishlatilishida madaniy
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
179
omillar qanday rol o‘ynashi hamda pragmatik nuqtai nazardan undov ifodalarning
kommunikativ strategiyalardagi ahamiyati qanday namoyon bo‘lishi kabi masalalar tahlil
qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tilshunoslikda undov ifodalarining lingvistik va pragmatik tahlili uzoq yillardan
buyon tadqiqot obyekti sifatida qaralib kelmoqda. Turli tillarda undov ifodalarning
o‘rganilishi ularning sintaktik, semantik va pragmatik jihatlarini ochib berish bilan birga,
madaniy xususiyatlarga bog‘liqligini ham ko‘rsatadi. O‘zbek tilshunosligida undov so‘zlar
va ifodalar alohida tadqiqot yo‘nalishi sifatida ko‘rib chiqilgan. O‘zbek tili grammatikasi
bo‘yicha O. Mo‘minova [10] va V.A. Maslova[9]lar ilmiy tadqiqotlarida undov so‘zlarning
sintaktik vazifalarini tahlil qilib, ularning hissiy ifodalardagi rolini ko‘rsatadi. A. Mamatov
[8] va N. Mahmudov[6]lar esa o‘zbek tili bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida undov
ifodalarining semantik jihatlarini yoritib bergan. Xususan, u undov ifodalarning xalq
maqollari va idiomalar tarkibida qanday qo‘llanilishiga e’tibor qaratgan. Shuningdek,
Z. Xudoyberganova [12]
Kommunikativ tilshunoslik va til kompetensiyalari
nomli
tadqiqotida undovlarning pragmatik ahamiyatiga alohida urg‘u bergan.
Italyan tilshunosligida undov ifodalarning lingvistik va pragmatik xususiyatlari
bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar mavjud. Xususan, italofil lingvistlari orasida A. Berruto [2]
tomonidan ishlab chiqilgan
Sociolinguistica dell'italiano contemporaneo
asari muhim
manbalardan biri hisoblanadi. Unda italyan tilida undovlarning funksional jihatlari va
muloqotdagi roli tahlil qilingan. Bundan tashqari, G. Cortelazzo va P. Zolli [3] tomonidan
tuzilgan
Dizionario Etimologico della Lingua Italiana
lug‘atida italyan undov ifodalari va
ularning kelib chiqishi haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. S. Batistella [1] esa
italyan pragmatikasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida undovlarning muloqot
jarayonidagi ahamiyatiga e’tibor qaratib, ularni kontekstga bog‘liq holda turlicha
qo‘llanilishiga urg‘u bergan.
Ushbu tadqiqot adabiyotlar tahlili usuliga asoslangan bo‘lib, o‘zbek va italyan
tillarida undov ifodalarning lingvistik va pragmatik jihatlarini qiyosiy tahlil qilishga
yo‘naltirilgan. Tadqiqot davomida bir necha metodik yondashuvlar qo‘llanilgan bo‘lib,
ular (1) qiyosiy-tarixiy tahlil – o‘zbek va italyan tillarida undov ifodalarning shakllanishi,
ularning kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlarini taqqoslash orqali umumiy va farqli
jihatlarni aniqlashdan iborat. (2) Sotsiopragmatik yondashuv – orqali esa undov
ifodalarning muloqot jarayonidagi ahamiyati o‘rganilib, ularning ijtimoiy va madaniy
kontekstdagi roli tahlil qilinadi va (3) diskurs tahlilidan foydalanib undov ifodalarning
real muloqotda qanday ishlatilishi tahlil qilinib, adabiy va kundalik nutqda ularning o‘rni
va funksiyasi aniqlanadi. So‘ngida esa frazeologik va semantik tahlil orqali undov
ifodalarning ma’noviy xususiyatlarini o‘rganish, ularning leksik-semantik jihatdan
qanday shakllanishi aniqlanadi. Tadqiqotda o‘zbek va italyan tillariga oid lingvistik
manbalar, ilmiy maqolalar va lug‘atlar asosiy manba sifatida ishlatiladi. Natijalar asosida
ushbu ikki tilda undov ifodalarning o‘xshashligi va farqlari haqida ilmiy xulosalar
beriladi.
NATIJALAR TAHLILI VA MUHOKAMA
Tilshunoslikda undov ifodalari turli nuqtai nazardan o‘rganilib, ularning lingvistik
va pragmatik xususiyatlari ham bir qator tadqiqotchilar tomonidan tahlil qilingan. O‘zbek
va italyan tillarida undov ifodalarning qo‘llanilishi madaniy va ijtimoiy omillarga bog‘liq
bo‘lib, ularning semantik va sintaktik xususiyatlari har xil shakllarda namoyon bo‘ladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
180
O‘zbek va italyan tillarida undov ifodalar sintaktik jihatdan mustaqil bo‘lib,
ko‘pincha gap tarkibida aniqlovchi yoki ta’kidlovchi vazifasini bajaradi. O‘zbek tilida
undov so‘zlar va iboralar, asosan, his-tuyg‘ularni ifodalashda ishlatiladi. Masalan, “Voy!”
(hayrat), “Obbo!” (achinish), “E-ha!” (tasdiq) kabi so‘zlar nutqning ta’sirchanligini
oshirishga xizmat qiladi [8]. Italyan tilida esa undov ifodalar grammatik jihatdan yanada
murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ba’zan ma’no jihatidan kengaytirilgan shaklda keladi.
Masalan, “Ohimè!” (achinish), “Evviva!” (xursandchilik), “Accidenti!” (g‘azab) kabi so‘zlar
orqali har xil emotsiyalar ifodalanadi [2]. Shuningdek, o‘zbek va italyan tillarida ayrim
undov ifodalar o‘zaro ekvivalent bo‘lsa-da, ularning ishlatilish chastotasi va konteksti
farqlanadi. Masalan, o‘zbek tilidagi “Voy dod!” ifodasi kuchli hayrat yoki tashvish
bildirishda ishlatilsa, italyan tilida unga mos keluvchi ifoda “Mamma mia!” bo‘lib,
u ko‘proq hayrat yoki taajjubni bildiradi [3].
Undov ifodalarning
pragmatik
jihatdan qo‘llanilishi har ikkala tilda ijtimoiy va
madaniy omillar bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbek tilida undov ifodalarning ishlatilishi
ko‘pincha ijtimoiy odob-axloq qoidalariga bog‘liq bo‘lib, ular muloqot jarayonida hurmat
yoki samimiylikni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Masalan, “E-ha!” so‘zi suhbat davomida
tasdiq yoki tasdiqlovchi munosabat bildirishda ishlatiladi, lekin ohangiga qarab turli
pragmatik ma’nolar kasb etishi mumkin [6]. Italyan tilida esa undov ifodalarning
ishlatilishi ko‘proq muloqotning dinamikasiga bog‘liq. Masalan, “Boh!” so‘zi noma’lumlik
yoki befarqlikni bildirsa, “Uffa!” so‘zi zerikish yoki asabiylashish holatini ifodalash uchun
ishlatiladi. Bundan tashqari, italyan tilida undov ifodalarning quyi dialektlar va
mintaqaviy lahjalarga qarab o‘zgarishi kuzatiladi. Masalan, Neapolitan lahjasida “Azz!”
so‘zi hayrat yoki hafsalasi pir bo‘lishni bildiradi [1].
Undov ifodalarning
madaniy
jihatdan shakllanishi tilning tarixiy rivojlanishi va
jamiyatdagi an’analarga bog‘liq. O‘zbek tilida undov ifodalar ko‘pincha folklor va xalq
og‘zaki ijodida ko‘p uchraydi. Masalan, maqollarda: “Voy bechoram, boy bo‘lib o‘lgan!”
kabi iboralar undov so‘zlar orqali kuchaytirilgan ma’no kasb etadi. Italyan tilida esa teatr
va san’at an’analari undov ifodalarning boyligini belgilaydi. Masalan, “Bravo!” so‘zi
tomoshabinlar tomonidan san’atkorni rag‘batlantirish uchun ishlatiladi. Bu esa italyan
madaniyatida undov ifodalarning muloqot jarayonidagi ahamiyatini ko‘rsatadi [2].
O‘zbek va italyan tillarida undov ifodalarning grammatik, semantik va pragmatik
xususiyatlari o‘xshash bo‘lishiga qaramay, ularning ishlatilish chastotasi, funksiyasi va
madaniy kontekstdagi o‘rni har xil. O‘zbek tilida undov ifodalarning muloqotdagi o‘rni
ko‘proq hissiyot va odob-axloq me’yorlari bilan bog‘liq bo‘lsa, italyan tilida ular ijtimoiy
muloqotning ekspressiv vositasi sifatida xizmat qiladi. Kelajakda bu mavzuda
eksperimental tadqiqotlar olib borish orqali undov ifodalarning qo‘llanilishiga oid yanada
chuqurroq ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
XULOSA
Ushbu tadqiqot italyan va o‘zbek tillarida undov ifodalarning lingvistik va pragmatik
jihatlarini qiyosiy tahlil qilinib, unda undov ifodalar har ikkala tilda ham muloqot
jarayonida muhim rol o‘ynashi, biroq ularning shakllanishi va ishlatilishi madaniy
xususiyatlarga bog‘liq holda farqlanishi aniqlandi. O‘zbek tilida undov ifodalar asosan
og‘zaki nutqda hissiy holatni ifodalash, hayrat, quvonch yoki ogohlantirish kabi
maqsadlarda qo‘llaniladi. Italyan tilida esa ular ko‘proq ifodaviyroq bo‘lib, muloqotni
jonlantirish va suhbatdosh e’tiborini jalb qilish uchun ishlatiladi. Pragmatik jihatdan,
italyan tilida undov ifodalar ijtimoiy yaqinlikni oshirish, o‘zbek tilida esa bosiqlik va
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
181
madaniy me’yorlarni saqlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari undov
ifodalarning tarjima va madaniyatlararo muloqot jarayonlarida muhimligini ko‘rsatadi.
Kelgusida ushbu mavzu bo‘yicha yanada kengroq tadqiqotlar olib borish lozim. Ushbu ish
lingvistlar, tarjimonlar va kommunikatsiya mutaxassislari uchun foydali bo‘lishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Batistella S.
Pragmatica e comunicazione.
– Roma: Carocci; 2008.
2.
Berruto A.
Sociolinguistica dell'italiano contemporaneo.
– Torino: Loescher; 1987.
3.
Cortelazzo G, Zolli P.
Dizionario Etimologico della Lingua Italiana.
– Bologna:
Zanichelli; 2005.
4.
Djalilova D. Kommunikativ nutqni rivojlantirishning amaliy asoslari.
Academic
Research in Educational Sciences
[Internet]. 2021;2(6):84-91. https://cyberleninka.ru
5.
Kurbanbaeva M. Важность формирования навыков самостоятельного
мышления при подготовке конкурентоспособных кадров. –
Tamaddun nuri jurnali.
2023;5(44):95-96.
6.
Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab... –
O‘zbek tili va
adabiyoti.
Toshkent; 2012.
7.
Mamatov A.
O‘zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi.
Toshkent; 1997.
8.
Mamatov A.E.
Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma
muammolari.
Toshkent; 1991.
9.
Maslova VA.
Лингвокультурология: Учеб. Разрешение.
– Москва: Академия;
2001.
10.
Mo‘minova O.
O‘zbek tilida mansab va unvon nomlarining leksik-semantik tarkibi.
– Toshkent: Asian Book House; 2023. b – 128.
11.
Mo‘minova O.
O‘zbek tilining kommunikativ xususiyatlari.
– Toshkent; 2010.
12.
Xudoyberganova ZN.
Kommunikativ tilshunoslik va til kompetensiyalari.
–
Toshkent; 2018. b – 55.
