Авторы

  • Озода Бекчанова
    Преподаватель, Ургенчский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.79861

Ключевые слова:

ценности джадид методология метод стиль пособие история создание манкурт

Аннотация

В данной статье рассматриваются методы активизации студенческой молодежи с использованием богатого духовного наследия джадидов. Автор также отмечает, что через произведения, созданные джадидами, молодежь может получить большой объем воспитательной и образовательной информации.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Improving the method of enhancing the spiritual
worldview of future teachers based on the Jadid heritage

Ozoda BEKCHANOVA

1


Urgench State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form
10

February 2025

Accepted 25 February 2025
Available online

25 March 2025

This article explores methods of engaging student youth by

utilizing the rich spiritual heritage of the Jadids. Additionally,
the author notes that through the works created by the Jadids,

students can gain access to a wealth of educational and

character-building information.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3

/S

-pp164-168

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

values,

Jadid,

methodology,

method,

style,

manual,

history,

creation,

mankurt.

Jadidlar merosi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy

dunyoqarashini faollashtirish metodini takomillashtirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

qadriyatlar,

jadid,

metodologiya,

metod,

uslub,

qo‘llanma,

tarix,

yaratish,

manqurt.

Ushbu maqolada talaba yoshlarni jadidlar boy ma’naviy

merosidan foydalanib faollashtirish uslublarini o‘rganish

mumkin. Shuningdek, muallif tomonidan ular yaratgan asarlar

orqali juda ko‘p tarbiyaviy, ta’limiy ma’lumotlarga ega bo‘lishi
mumkinligi qayd etilgan.

1

Teacher, Urgench State Pedagogical Institute.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

165

Совершенствование метода активизации духовного

мировоззрения будущих педагогов на основе наследия
джадидов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

ценности,

джадид,

методология,

метод,

стиль,

пособие,

история,

создание,

манкурт.

В данной статье рассматриваются методы активизации

студенческой молодежи с использованием богатого

духовного наследия джадидов. Автор также отмечает, что

через произведения, созданные джадидами, молодежь

может получить большой объем воспитательной и
образовательной информации.


O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach axloqiy tarbiyaning maqsadi

vazifalari, metodologiyasi, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida o‘zgartirildi.

O‘zlikni anglash tarixni o‘rganishdan boshlanadi. O‘z xalqi tarixini bilmaslik, ajdodi

o‘tmishidan bexabarlik manqurtlikning nishonasidir. Tarixdan ma’lumki, tuprog‘imizga
bostirib kirgan har bosqinchi borki, yurtni egallab olarkan, avvalo, xalqning asrlar
davomida misqollab yiqqan moddiy va ma’naviy boyliklarini, ayniqsa, uning ma’naviy
merosini yo‘qotishga, shu bilan uni o‘zligidan ayirish orqali o‘z mafkurasi, manfur
g‘oyalarini singdirishga harakat qilgan va afsuski, ko‘p hollarda buning uddasidan chiqa
olgan ham. Bugun garchi mustaqillikka erishgan, o‘z milliy davlatchiligimizni tiklab,
milliy-ma’naviy tiklanish bosqichiga kirgan bo‘lsak ham, tashqi tahdid va turli yot,
buzg‘unchi ta’sirlardan qutula olganimiz yo‘q. Bunday tahdidlar esa har kuni, har
qadamda bizni ta’qib etib turibdi. Inson ongi va qalbi uchun kurash ketayotgan hozirgi
kunda alohida kuchlar odamlarni o‘zligidan, milliy qiyofasidan ayirish yo‘lida millionlab
mablag‘larni sarflayotgani sir emas. Ularning maqsadi ma’lum, odamlar qalbi va ongini
egallash orqali dunyoning muayyan hududidagi moddiy boyliklarni egallash, o‘z ta’sir
doirasiga olish. Bugungi globallashuv sharoiti, axborot asrida yashar ekanmiz,
turmushimizga kirib kelayotgan, milliy qiyofamizga yot, begona har turli ko‘rinishdagi,
bir-biridan bejirim, silliq g‘oya, mafkuralarga qarshi yoshlar ongi va qalbida Vatan
tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimiz qiyofasini jonlantirish, ular tomonidan amalga
oshirilgan ishlar haqida chuqur bilim berish, bu ezgu ishlarga, yoshlarda tarix,
ota-bobolarimiz ruhiga hurmat, ular olg‘a surgan g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini
tarbiyalamoq kerak hamda shu orqali ularning ongi va qalbida har qanday yot, begona
g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirmoq zarur.

Jadidlar vatan istiqloli va istiqboli uchun fidoyilik ko‘rsatgan shaxslardir. Ular

sovetlar mafkurasiga qarshi o‘z ezgu g‘oyalarini ilgari surdilar, davrning beshafqat
tazyiqlariga qaramay yurt taqdiri, mamlakat kelajagining porloq bo‘lishi uchun tinimsiz
kurash olib borib, xalqni o‘z ortidan ergashtirishga, Turkistonni taraqqiy etgan
mamlakatlar qatoriga olib chiqishga intildilar. Ularning ko‘rsatgan jasoratlari, o‘z
mafkurasi va maqsadi yo‘lidagi sobitligi, imon-e’tiqodiga sadoqati, Vatan, yurt uchun
fidoyiliklarini namuna sifatida ko‘rsatish orqali yoshlarda vatanparvarlik, millatparvarlik
tuyg‘usini tarbiyalash ushbu fanning vazifasini belgilaydi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

166

Jadidlar harakatini o‘rganar ekanmiz, avvalambor, ularning faoliyatida

ma’rifatparvarlik harakatini ko‘ramiz. Ular o‘zlarining taraqqiyparvarlik g‘oyalarini
amalga oshirish uchun millatni taraqqiyotga yetaklash eng maqbul yo‘l deb hisoblab,
ta’lim tizimini isloh etishda deb bilganlar va shu maqsadda yangi usul maktablariga asos
solganlar.

Turkistondagi maktablar o‘qituvchilari masjid imomi yoki madrasani xatm qilgan

kishilar bo‘lgan. Maktabda asosan o‘g‘il bolalar o‘qigan, qizlar esa otinoyilar tomonidan
uylarda o‘qitilgan. “O‘g‘il bolalar maktablaridan farqli ravishda, qizlar maktablarida
mumtoz shoiralar ijodini o‘rganishiga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ularda
qizlar tarbiyasining o‘ziga xos jihatlari, chunonchi, uy-ro‘zg‘or tutish, pazandalik,
pokizalik, sharqona odob-axloq kabilarga o‘rgatuvchi Aliy Nazimoning “Ta’limi banot”,
Olimat ul Banotning “Muolarat odobi”, Faxriddin ibn Rizouddinning “Tarbiyali xotun”
kabi darsliklaridan foydalanilgan. Eski tartibdagi maktablarda xoh o‘g‘il bolalar, xoh qiz
bolalar maktabi bo‘lsin, biror kasb yoki hunar o‘rgatilmagan. Bu yerda o‘quvchilarga
hayotga asqatadigan kasb berish maqsadi qo‘yilmagan, faqat dastlabki xat-savod
chiqarilgan, xolos. O‘qishni bitirganlik to‘g‘risida biror hujjat ham berilmagan. Maktab
asosan, ta’limning 2-bosqichi – madrasada o‘qishni davom ettirishga yo‘naltirilgan holda
ta’lim-tarbiyani olib borgan. Maktabda yagona dars o‘tish dasturi bo‘lmagan, shuning
uchun har bir o‘qituvchi o‘z bilim doirasidan kelib chiqqan holda, an’anaga kirgan tizim
asosida o‘qitgan.

O‘quvchilar maktabni bitirganlaridan so‘ng madrasalarda o‘qishni davom

ettirishlari mumkin bo‘lgan. Madrasalar o‘rta va oliy bosqich o‘quv yurti sifatida odatda,
xonlar, katta mol-mulk egalari, davlatmand kishilar tomonidan qurilgan. Madrasalarda
o‘qish oktabr oyidan to aprelgacha davom etgan, mashg‘ulotlar uchun aniq vaqt
ajratilmagan. “Bu davrda madrasalarda bizning hozirgi tushunchamizdagi o‘quv bo‘limi
yo‘q bo‘lib, arxiv hujjatlariga qaraganda, mudarris va muqarrirlar bilganini o‘qitar,
moliyani esa mutavalli boshqarardi. Madrasadagi sinflar “adno” (quyi), “avsat” (o‘rta),
“amo” (yuqori) sinflardan iborat bo‘lib, o‘quv muddati ma’lum muddatlar bilan
cheklanmagan, o‘quvchining yoshi ham deyarli ahamiyatsiz edi.

Yangi tipdagi maktablarni darsliklar bilan muntazam ta’minlaydigan

markazlashgan muayyan matbaa va kutubxonalarning yo‘qligi sabab, muallimlar o‘zi
tashkil etgan maktablar uchun o‘zi darslik yozish yoki albatta shunday darsliklarni izlab
topishga majbur edilar. Chunki chet,ellardan kirib kelgan darsliklarning aksariyati tatar,
turk, ozarbayjon kabi tillarda edi. Tatar, ozarbayjon, turk ma’rifatparvarlari asarlaridan
foydalanishning o‘ng‘aysizligi, bu tillarda yaratilgan adabiyotlarni o‘qish, ulardan
yetarlicha foydalanishning qiyinligi sabab turkistonlik jadid ma’rifatparvarlarining o‘zlari
ham endi mahalliy bolalar uchun tushunarli asarlar, darslik va qo‘llanmalar yaratishni
boshlab yubordilar. Ular milliy uyg‘onishning asosini ta’limni, o‘quv dasturlarini
isloh qilishda ko‘rdilar. O‘lkada boshlangan maktab-maorif islohotida jadid
ma’rifatparvarlarining murabbiylik faoliyatidan tashqari ijodiy salohiyati ham muhim
o‘rin egalladi.

Jadidlar tomonidan yozilgan darslik va qo‘llanmalar haqida quyidagi ma’lumotlarni

keltirishimiz mumkin:

1901-yil – Munavvar Qorining “Adibi avval” (ba’zi manbalarda,

Sh.E. Nematovning “O‘zbek ma’rifatparvarlari yaratgan darsliklar va ularning didaktik
asoslari” risolasida 1907-yil deb ko‘rsatiladi);


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

167

1902-yil – S. Aziziyning “Ustodi avval” (ayrim manbalarda 1901-yil);

1903-yil – Ali Asqar Kalininning “Muallimi soniy”;

1904-yil – M. Behbudiyning “Risolai asbobi savod”;

1904-yil – Shermuhammad Avazboy o‘gMi Munisning “Savodi ta’lim”;

1905-yil – M. Behbudiyning “Qisqacha umumiy jug‘rofiya”;

1905-yil – M. Behbudiyning “Risolai jug‘rofii Rusiy”;

1906-yil – M. Behbudiyning “Alifboi maktabi islomiya”, “Salim ul-avval”, “Kitobi

muntaxabi jug‘rofiyai umumiy va namunai jug‘rofiya”;

1907-yil – Munavvar Qorining “Adib us-soniy “, “Sabzavor”;

1907-yil – A. Shakuriyning “Jome’ ul-hikoyat”;

1907–10-yillar – R. Yusufbekovning “Ta’limi alifbo” va “Ta’limi

soniy” darsligi;

1908-yil – M. Behbudiyning “Kitob ul-atfol”, “Amaliyoti islom”;

1908-yil – Munavvar Qorining “Tajvid" (ba’zi manbalarda, Sh.E. Nematovning

“o‘zbek ma’rifatparvarlari yaratgan darsliklar va ularning didaktik asoslari” risolasida
1911-yil deb ko‘rsatiladi);

1908-yil – H. Muinning “Rahnomai savod”, “o‘qituvchi”;

1908-yil – A. Shakuriyning “Rahnomai savod”;

1909-yil – M. Behbudiyning “Tarixi islom”;

1909–1917-yillar – A. Avloniyning “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” (1-2 qism);

1909-yil – S. Ayniyning “Taxzib us-sibyon”, “Yoshlar tarbiyasi”;

1910-yil – A. Avloniyning “Adibi avval”;

1910-yil – M. Behbudiyning “Islomning qisqacha ta’rifi”;

1910-yil – M. Behbudiyning “Aholi jug‘roflyasiga kirish”;

1911-yil – Abduxoliq Usmon qorining “Tahsil ul tajvid”;

1911-yil – Munavvar Qorining “Usuli hisob”, “Tarixi qavm turk”, “Havoyiji

diniya”, “Tarixi anbiyo”, “Tarixi Islomiya”;

1912-yil – A. Avloniyning “Birinchi muallim”;

1912-yil – A. Zohiriyning “Turkiy xrestomatiya yoxud terma kitob” (S. Oqayev

bilan birgalikda);

1912-yil – R. Shokirjonning “Ona tili” (Fitrat va Q. Ramazon bilan birgalikda);

1913-yil – A. Avloniyning “Ikkinchi muallim”;

1913-yil – Munavvar Qorining “Yer yuzi”;

1913-yil – Muhammadamin ibn Muhammadkarimning “Turkcha qoida”;

1914-yil – H.H. Niyoziyning “Yengil adabiyot”;

1915-yil – H.H. Niyoziyning “Qiroat”;

1915-yil – A. Avloniyning “Maktab gulistoni”;

1916-yil – A. Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” (ayrim manbalarda

1913-yil);

1916-yil – Muhammadrasul Rasuliyning “Qiroat forsiy yoxud maktabda guliston”,

“Bolalar bog‘chasi”;

1917-yil – Muhammadrasul Rasuliyning “Rahbari forsiy”;

1917-yil – A. Ibodiyning “Tahsili alifbo”;

1917-yil – R. Yusufbekovning “Ta’limi avval”;

1917-yil – A. Avloniyning “Mardikorlar ashulasi”;

1917-yil – S. Alizodaning “Birinchi yil”;


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

168

1917-yil – A. Fitratning “o‘quv. Ibtidoiy maktablarning so‘ngsinf o‘quvchilari uchun”;

1924-yil – Elbekning “Go‘zal yozg‘ichlar”;

1925-yil – A. Fitratning “S a r f “Nahv”;

1933-yil – A. Avloniyning “Adabiyot xrestomatiyasi”.

Talabalarning yuqoridagi kitoblarni o‘rganishi hozirgi davrda yoshlar duch kelib

qolishi mumkin bo‘lgan muammolarni yechishga yordam beradi. Xususan, shu davrlarda
ham til o‘rganish muhim sanalgan va bu masala hozirgi kunda ham muhim hisoblanadi.
Jadidlarimiz shunday fikrlarni ilgari surganlar: “Dunyo tillarini o‘rganishimiz kerak,
chunki ular bizdan juda ilgarilab ketdi, agar ularning tilini o‘rganib, yaratilgan
yangiliklardan xabardor bo‘lsak, biz tez fursatda ularga yetib olishimiz mumkin. Agar shu
zayilda ketishni davom etsak biz yana rivojlanishdan orqada qolamiz ”.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. 4-jild. -Т:

O‘zbekiston, 2020.

2.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi 0 ‘zbekiston strategiyasi. – Т.: O‘zbekiston, 2021.

3.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Т.: Ma’naviyat, 2008.

4.

А. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. – Т.: Ma’naviyat, 2006.

5.

Abdulxayrov B. Miyon Buzruk – jadid dramaturgiyasi va teatri tadqiqotchisi. Т.:

Fan, 2009.

6.

Jabrdiyda yozuvchilar adabiy merosi mustaqillik xizmatida //Ilmiy maqolalar

to‘plami. – Т.: Fan, 2013.

7.

Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash.-Т .:

Universitet, 1999.

8.

Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – Т.: G‘.G‘ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2016.

9.

Milliy matbuotimizning ikki durdonasi. – Т.: Mumtoz so‘z, 2015.

10.

Munawarqori Abdurashidxonov. Tanlangan asarlar. – Т.: Ma’naviyat, 2003.

11.

Sharafiddinov O. Mustafo Cho‘qay, Cho‘lpon, Otajon Hoshim. – Т.: Sharq, 1993.

12.

Sharipov R. Turkiston jadidchilik harakati tarixidan. – Т.: O‘qituvchi, 2002.

13.

Hoji Muin. Tanlangan asarlar. – Т.: Ma’naviyat, 2005.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. 4-jild. -Т: O‘zbekiston, 2020.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi 0 ‘zbekiston strategiyasi. - Т.: O‘zbekiston, 2021.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Т.: Ma’naviyat, 2008.

А. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. - Т.: Ma’naviyat, 2006.

Abdulxayrov B. Miyon Buzruk - jadid dramaturgiyasi va teatri tadqiqotchisi. Т.: Fan, 2009.

Jabrdiyda yozuvchilar adabiy merosi mustaqillik xizmatida //Ilmiy maqolalar to‘plami. - Т.: Fan, 2013.

Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash.-Т .: Universitet, 1999.

Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. - Т.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2016.

Milliy matbuotimizning ikki durdonasi. - Т.: Mumtoz so‘z, 2015.

Munawarqori Abdurashidxonov. Tanlangan asarlar. - Т.: Ma’naviyat, 2003.

Sharafiddinov O. Mustafo Cho‘qay, Cho‘lpon, Otajon Hoshim. - Т.: Sharq, 1993.

Sharipov R. Turkiston jadidchilik harakati tarixidan. - Т.: O‘qituvchi, 2002.

Hoji Muin. Tanlangan asarlar. - Т.: Ma’naviyat, 2005