Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Methodology for initial instruction of technical and
tactical methods in volleyball training
Jakhongir SULAYMONOV
1
, Shaakrom ISROILOV
2
Institute of Scientific Research in Physical Education and Sports.
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
10
February 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
The article focuses on the methodology of initial training in
technical and tactical approaches for volleyball practice. The
study examines the fundamental principles and methods used
in training new athletes. It describes techniques and tools that
contribute to the effective mastery of volleyball techniques and
tactics. The research findings indicate that a comprehensive
approach to training, which combines physical preparation with
tactical tasks, helps beginner volleyball players develop their
skills more quickly and effectively.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
volleyball,
game,
initial instruction,
technical training,
tactical training,
learning process,
pedagogical methods,
sports training,
skill development,
educational institutions.
Voleybol mashg‘ulotlarida texnik-taktik uslublarini
dastlabki o‘rgatish metodikasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Voleybol,
o‘yin,
dastlabki o‘rgatish,
texnik tayyorgarlik,
taktik tayyorgarlik,
o‘quv jarayoni,
pedagogik usullar,
sport mashg‘ulotlari,
ko‘nikmalarni rivojlantirish,
ta'lim muassasalari.
Maqola voleybol mashg‘ulotlarida texnik-taktik uslublarda
boshlang‘ich tayyorgarlik metodologiyasiga bag‘ishlangan.
Tadqiqot yangi sportchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan asosiy
tamoyillar va yondashuvlarni o‘rganadi. Voleybol texnikasi va
taktikasini samarali egallashga yordam beruvchi usul va
vositalar bayon etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
mashg‘ulotlarga kompleks yondashuv, jismoniy tayyorgarlikni
taktik
vazifalar
bilan
uyg‘unlashtirib,
boshlang‘ich
voleybolchilarning
mahoratini
tezroq
va
yaxshiroq
rivojlantirishga yordam beradi.
1
Independent Researcher, Institute of Scientific Research in Physical Education and Sports.
2
Scientific Supervisor. Candidate of Pedagogical Sciences, Professor. Institute of Scientific Research in Physical
Education and Sports.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
116
Методика начального обучения технико-тактическим
приемам на занятиях по волейболу
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
волейбол,
игра,
предварительная
подготовка,
техническая подготовка,
тактическая подготовка,
образовательный процесс,
педагогические методы,
спортивная подготовка,
повышение
квалификации,
образовательные
учреждения.
Статья посвящена методике начального обучения
технико-тактическим
приемам
в
волейбольной
подготовке. В исследовании рассматриваются основные
принципы и подходы, используемые в подготовке новых
спортсменов. Описаны методы и средства, помогающие
эффективно овладевать приемами и тактикой игры в
волейбол. Результаты исследований показывают, что
комплексный подход к тренировкам, сочетающий
физическую подготовку с тактическими задачами,
помогает начинающим волейболистам быстрее и лучше
развивать свое мастерство.
KIRISH
Professorlar Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A.larning (2011. – 279b) olib borgan
tadqiqotlariga ko‘ra, sport malakalariga dastlabki o‘rgatish jarayoni ko‘p yillik sport
tayyorgarligi tizimining poydevori bo‘lib hisoblanadi. Dastlabki o‘rgatish o‘z tashkiliy,
uslubiy, ilmiy va moddiy-texnika nuqtayi nazaridan qanchalik puxta asoslangan bo‘lsa,
sifatli bo‘lsa, shunchalik sport o‘rinbosarlarini tayyorlash yo‘li qisqaroq va osonroq
bo‘ladi. Ammo bu, albatta, mutaxassisning bilimiga, kasbiy ko‘nikma va malakalariga
bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv
dasturining eng e’tiborli va asosiy bo‘limlaridan biri boshlang‘ich o‘rgatish uslubiyati
(texnologiyasi) bo‘lib hisoblanadi [1].
Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A.larning tadqiqotlarida esa o‘rgatish bosqichlari,
uslublari va vositalarini 4 bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb
hisoblaganlar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
O‘rgatish bosqichlari:
1-bosqich. O‘rgatilayotgan malaka (harakat) haqida tushuncha hosil qilish;
2-bosqich. Malakalarga oddiy sharoitda o‘rgatish (yakka tartibda qo‘shimcha
vazifalarsiz);
3-bosqich. Malakalarga murakkablashtirilgan sharoitda o‘rgatish (vaziyatli
vazifalar berish, juftlikda, uchlikda va h.k.);
4-bosqich. O‘rgatishni davom ettirish, takomillashtirish va mukammallashtirish;
O‘rgatish uslublari:
1 Tushuntirish-tahlil qilish, ko‘rsatish-izoh berish;
2. Qismlarga bo‘lib, element va fazalarga bo‘lib o‘rgatish, malakani to‘liq holda
o‘rgatish, xatolarni tuzatish, rag‘batlantirish, qaytarish;
3. Malakalarni to‘liq holda o‘rgatish, tezlik va aniqlikni kuchaytirib o‘rgatish, turli
yo‘nalishdagi harakatlardan so‘ng ijro etish, reproduktiv qaytarish asosida o‘rgatish,
o‘zaro tahlil va baholash asosida o‘rgatish;
4. Barcha uslublar.
O‘rgatish vositalari:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
117
Jismoniy sifat va texnik-taktik tayyorgarlikni rivojlantirish uchun maxsus
tanlab olingan namunaviy mashqlar:
1. Turli og‘irlikdagi to‘ldirma to‘plarni o‘tirgan va turgan holda irg‘itish. Asosiy
e’tibor qo‘l harakatlariga qaratiladi.
1-“a” rasm 1-“b” rasm
1-“v” rasm 2-“g” rasm
2. Qo‘llarga tayanib yotgan holda ularni bukib-yozish;
2-“a” rasm 2-“b” rasm 2-“v” rasm
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
118
3. Joydan yuqoriga ilib qo‘yilgan predmetga ikki va bir qo‘lni tekkizish;
3-“a” rasm 3-“b” rasm
4. Bir va ikki oyoqda to‘siqlar ustidan sakrab o‘tish va o‘rindiq (skameyka) ustidan
juft oyoqda sakrashlar
4-“a” rasm 4-“b” rasm
5. 6*5mga estafetali yugurishlar va “Archasimon” yo‘nalishda yugurish tezligini
aniqlash (92 m);
5-“a” rasm 5-“b” rasm
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
119
6. Ko‘krak-qorin qismi bilan sirg‘alib yiqilgan holda bir qo‘l bilan to‘pni qabul qilish
usuli (erkaklar uchun) va 2 metr chiziqli doira ichida o‘tirgan holda to‘pni yuqoridan
1 metr balandlikda havoda o‘ynash.
6-“a” rasm 6-“b” rasm
7. 2 metr chiziqli doira ichida tik turgan holda to‘pni yuqoridan 1,5 metr
balandlikda havoda o‘ynash.
7-“a” rasm 7-“b” rasm
8.
15-20 sek. davomida uzunasiga qo‘yilgan gimnastika skameyksida yonlamasiga
turib juft oyoqlab sakrashlar. Birinchi urinishda maksimal darajada ko‘p sakrash. Ikkinchi
urinishda maksimal darajada balandroq sakrash. 4–5-seriyalarda 1–1,5 daq.
8-“a” rasm 8-“b” rasm
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
120
9. Arg‘amchilar 1 daqiqa davomida sakrash va cho‘zilish mashqlari.
9 -“a” rasm 9 -“b” rasm 9 -“v” rasm
10. 1,6,5 (3 metrdan qilib bo‘lib qo‘yiladi) zonalarga 3 martadan to‘pni o‘yinga
kiritish – jami 9 marta
10-rasm
Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar va fikr-mulohazalar tahlilidan ko‘rinib turibdiki,
yosh voleybolchilarni tayyorlash, ayniqsa professional voleybolga qadam qo‘yayotgan
15-16 yoshli voleybolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazish, ularning jismoniy va funksional
imkoniyatlari, boshqacha qilib aytganda umumiy va maxsus jismoniy ish qobiliyatini
shakllantirishda yillik tayyorgarlik sikllarining o‘ziga xos xususiyatlariga rioya qilishni talab
qiladi. Bu borada shug‘ullanuvchi bolalarda ob’ektiv natijalar beruvchi testlar o‘tkazish
orqali ularning real imkoniyatlarini bilish va mashqlarni qo‘llashda ana shu imkoniyatlarga
asoslanish olib borilayotgan pedagogik jarayonning samaradorligini ta’minlaydi.
Tadqiqot maqsadi:
maktab sport seksiyasi mashg‘ulotlari orqali 15-16 yoshli
voleybolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab
chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
15-16 yoshdagi voleybolchilarda darsdan tashqari
mashg‘ulotlar jarayonida jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun maxsus jismoniy
mashqlarni ishlab chiqish; 15-16 yoshdagi voleybolchilarni darsdan tashqari
mashg‘ulotlarida jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, jismoniy tayyorgarlik darajalarini
uzviyligini ta’minlashga jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
121
Sport amaliyotida dastlabki o‘rgatish jarayoni ko‘p yillik sport trenirovkasining
fundamental bosqichi bo‘lib, ushbu bosqichda o‘rgatish uslublari va vositalaridan to‘g‘ri
foydalanish keyingi bosqichlarda sport mahoratini samarali shakllanishiga imkon
yaratadi. Dastlabki o‘rgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda bolaning
ontogenetik hamda biopsixologik xususiyatlari e’tiborga olinishi zarur. Boshqacha qilib
aytganda, dastlabki o‘rgatish jarayonida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar yuklamalari
shug‘ullanuvchilarning jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab me’yorlanishi va
qo‘llanilishi lozim [2].
J.M. Shukurllayevning tadqiqotlarida bayon qilinishicha, voleybol sport turiga
o‘rgatishning asosiy vazifasi voleybol elementlari va maxsus bilim va mashqlarini
egallashdir. Voleybol sport turida biror bir harakatga o‘rgatish shug‘ullanuvchilarning
voleybol harakatlariga yo‘nalganligi, rivojlanishi, funksional imkoniyatlarini oshirish va
rivojlantirish, sog‘liqni mustahkamlash va hakozolar bilan bog‘liqdir hamda jismoniy
sifatlarni oshirib borish sodir bo‘lishini o‘rgatish bosqichlari haqida quyidagi
ma’lumotlarni berib o‘tgan:
1. Dastlabki o‘rgatish
. Bu o‘rgatish jarayonida harakatning asosiy variantini
umumiy tarzda bajarish malakasidan tarkib topadi.
2. Chuqurroq o‘rganish.
Bunda harakatni zarur darajada aniq bajarish malakasi
hosil bo‘ladi.
3. Harakatlarni mustahkamlash va yanada takomillashtirish bosqichi.
Bu harakat ko‘nikmasining paydo bo‘lishi, shuningdek, undan har xil sharoitlarda
foydalana olish bilan bog‘liqdir [3].
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Professor A.A. Pulatovning fikricha esa an’anaviy metodikada o‘qitish va
takomillashtirish asoslari aksariyat hollarda o‘rinli ekanligini inkor etib bo‘lmaysligi, bu
yondashuv sport mashg‘ulotlarining barcha tamoyillari (ko‘rgazmalilik, soddalik,
muntazamlilik, onglilik va b.)ga tegishliligini tushuntirib o‘tgan. Harakat ko‘nikmalarini
shakllantirish qonuniyatlarini anglashdan kelib chiqib, voleybolga o‘rgatish jarayoni
bosqichlarga bo‘linadi. Ularda “Soddadan murakkabga” tamoyili bo‘yicha o‘rgatuvchi
mashqlar tanlangan va tizimlashtirilgan. Bu esa jamoalarimizga g‘alabalar olib kelgan.
Voleybolchilarni tayyorlash asoslari ham berilgan. Biroq shu vaziyatda metodikaning
amalga oshirishda ba’zi kamchiliklari yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi. Masalan hozirgi
kundagi murabbiy yoki maktab jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari asosiy e’tiborni tezroq
natijalar olinishiga qaratib, yuqorida keltirilgan olimlarimizning metodikalarini
bajarmasdan, qo‘l ostidagi shug‘ullanuvchilarning faqatgina o‘yin amaliyotiga va qisman
jismoniy amaliyotiga qaratgani bor haqiqatdir (albatta barcha murabbiylar emas). Buni
oqibatida olimlarimiz isbotini keltirgan oqibatlarni keltirib chiqarmoqda, ya’ni endi
еtishib chiqayotgan shug‘ullanuvchi berilayotgan yuklamalarga yoki ruxiy bosimlarga
dosh bera olmay erta so‘nishi kuzatilmoqda. Bu faqatgina metodikalarni xatoligidan
dalolat emas, aksincha еtishib chiqayotgan murabbiy va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarni
bilim darajasi juda pastligi bilan bog‘liq desak xato bo‘lmasa kerak.
Tadqiqot muhokamasi:
Buni xatto, 2024-yil 30-sentyabrdagi Prezident Shavkat
Mirziyoyev boshchiligidagi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan davlat
mukofotlarini topshirish hamda soha vakillari bilan ta’limda amalga oshirilayotgan ishlar
va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan muloqoti jarayonida ta’kidlab
o‘tkanidek, maktablarda 33 000 nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va 150 ming nafar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
122
sport murabbiylari borligi, ularning kasbiy va jismoniy mahorati yеtarli emasligini tanqid
qildi. “Bizning qanday mard va jasur chempionlarimiz bor? Ularning har biri yoshlarimiz
uchun vatanparvarlik bo‘yicha chinakam maktab bo‘lib hizmat qilishi kerak. Shu borada,
milliy sportimiz fidoyilari, xususan, jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ko‘p narsa bog‘liq.
Afsuski, maktablardagi 33 ming nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy va
jismoniy mahorati yеtarli emas, Ikramov endi bu o‘qituvchilar tarkibini tubdan yangilab,
faol va chempion sportchilar orasidan tanlov asosida to‘ldiradi. Ularning kasbiy mahorati
va malakasini Jismoniy tarbiya institutida oshirib borishni yo‘lga qo‘yadi” deb ta’kidladi
o‘z ma’ruzasida [4].
Voleybolchilar o‘yin uslublari mukammal texnikasi borasida aniq tushunchalar
mavjud emas, shu bois nimani o‘rgatish masalasi ham mavhumligicha qolmoqda.
Masalan: barcha murabbiylarda yoki jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida birdek
tasdiqlangan, asoslangan va imzolangan yillik ish rejalari mavjud, ammo hammasi ham
undan samarali foydalanmaydi, foydalangani ham juda kam. Ba’zi mashqlar kompleksini
yoki asosini murabbiy yoki o‘qituvchini o‘zi yaxshi bilmaydi (albatta hammasi ham
emas).
O‘yin texnikasi uslublari “Optimal modellari”ni asoslash borasidagi olimlarning
harakatlari hali muvaffaqiyat keltirmadi deb hisoblagan professor A.A. Pulatov o‘z
darsligida. Bunga sabab qilib yuqoridagi murabbiy yoki o‘qituvchilarni nazariy bilimlari
sayoz ekani deb bilsak bo‘laveradi.
Qo‘llanilayotgan metodologik yondashuv tufayli tadqiqotchilar, avvalo, o‘yinchilar
voleybol o‘yin uslublarini qanday bajarish kerakligini emas, balki qanday bajarayotganini
o‘rganishmoqda (A.A. Pulatov). Bunday yondashuv tasviriy xarakterga ega.
Tadqiqot natijalari:
O‘yin texnikasi uslublarining optimal modellari mavjud
emasligi muammolariga asosan murabbiylarning yosh voleybolchilar mahorati ustida
ishlash o‘rniga o‘yin komponentiga asossiz katta e’tibor qaratishi sabab bo‘ladi. Texnika
ustida ishlashni unutib, yosh voleybolchilar o‘yini amaliyotiga urg‘u qo‘yish natijaga
“Undash”
ga olib keladi, bu esa ularni keyingi taraqqiyotini to‘xtatadi yoki sekinlashtiradi.
O‘yinchilarni rasmiy natijaga undash keng tarqalib, voleybolchilar tayyorgarligi
metodikasi uchun xos bo‘lib qoladi. Amaliyotda va tahlil davomida aynan shunday
hodisalarni guvohi bo‘ldikki, aksariyat murabbiylar 80–90% mashg‘ulotlar o‘tkazishni
o‘rtoqlik musobaqalariga yoki o‘zaro ikki tomonlama o‘yinlar bilan chegaralanib
qolishmoqda. Xattoki murabbiylar qo‘l ostidagi shug‘ullanayotgan o‘quvchi yoki talaba
mashqlar ketma ketligini yoki qaysi mashqlar kerakli, qaysi biri mumkin emasligi haqida
tushunchaga ega emas.
Tadqiqotimizdagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aksariyat murabbiylar yoki
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari “Oddiy qilib aytganda seksiya mashg‘ulotlari 60–90 daqiqa
bo‘ladi, avvaliga qizdirish (razminka) mashqlari bajariladi, to‘pni bir-biriga oshiradi,
to‘pni o‘yinga kiritadi va shundan keyin o‘zaro o‘yin bilan mashg‘ulot tugallanadi” deb
bilishadi. Buni o‘sish yoki musobaqa tayyorgarlik deb bo‘lmaydi bizningcha.
Murabbiylar mashqlarni to‘g‘ri va me’yoriga yеtkazib bajarishga yеtarlicha e’tibor
berishmaydi va harakatlar samaradorligi shartlarini amalga oshirishda erishilgan
yutuqlarni mustahkamlaydigan texnika ustida ishlashmaydi.
Voleybolchilarning harakat vazifalarini samarali hal etishdagi asosiy shartlarni
bilmasligi bilan bu holatni izohlab bo‘lmaydi. Ko‘pchilik murabbiylarning shogirdlari
o‘yin uslublarini turlicha bajarishadi. Bu farqni voleybolchilar individual xususiyatlari
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
123
bilan izohlab bo‘lmaydi, bu individual xatolardir. Buning asosiy sababi murabbiy
tomonidan texnikaga o‘rgatish jarayonini to‘g‘ri bajarilmaganligi, o‘z holiga tashlab
qo‘yilganidadir. Shu o‘rinda hozirgi kunda ko‘plab ijobiy natijalarga erishayotgan
yurtimiz murabbiylarini ishlarini solishtiradigan bo‘lsak, kurashchilar yoki boks maktabi
murabbiylari yangi texnikalar yoki mavjud texnikalarni chuqur tahlil qilish orqali
olimpiada o‘yinlarida va nufuzli musobaqalarni zabt etishmoqda.
Bunga sabab ushbu murabbiylar doimiy izlanishda bo‘lib kelmoqdalar. Turli xil
raqibni o‘rganish bo‘yicha fotolavhalar, video-audio yozuvli alohida yondashuvlar orqali
o‘z shogirdlariga kerakli ma’lumotlarni bera olmoqdalar.
Kerak bo‘lsa bu allaqachon rivojlangan davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan uslub bo‘lsada
bundan keragicha samarali foydalanmoqdalar.
O‘yinchilarni tayyorlash an’anaviy metodikasi kamchiliklariga voleybol o‘yini
uslublariga o‘rgatish va takomillashtirish bosqichlari so‘zsiz almashinuvini kiritish
mumkin. Aslida an’anaviy metodika sport sohasida hali ham eskirgan deb hisoblamaslik
kerak, faqatgina uning mazmun mohiyatini yaxshi anglab yеtgan holda o‘z shogirdlariga
kerakligicha yеtkaza olsa, shunda naf keltiradi bizningcha.
O‘rgatishning har bir bosqichidagi afzalliklari to‘liq almashinishi va oldingi bosqich
mashqlarini unutish bilan ifodalanadi. Voleybolda o‘yin uslublariga o‘rgatish ketma-
ketligi ham uzulib qolgan, avval bir texnik uslublar, keyin esa boshqalarini o‘rganish
tavsiya etiladi. Shu tarzda, ketma-ketligi orasida to‘siq paydo bo‘ladi. Ilgari o‘rgangan
harakatlar texnikasi
“Maktabi”
takrorlanmagani bois ularni aksariyati unutiladi. Bunday
yondashuv ta’limning erishilgan natijalarini mustahkamlamaydi, o‘yinchilar mahorati
taraqqiyotini cheklaydi va texnikada xatolar qilishga sabab bo‘ladi, tobora orqaga ketadi.
Voleybolni o‘rgatishda yuqorida keltirilgan umumiy metodikasi trenajyorlar va
maxsus jihozlardan foydalanish samarasiz texnologiyasini ham belgilaydi. Mavjud
trenajyorlar tanlanmay, ularning samaradorligi hisobga olinmay foydalaniladi [5].
Tayyorgarlik va o‘quv o‘yinlarida har bir usulni (malakani) o‘rganish, uni
takomillashtirish va mukammallashtirish ko‘zda tuliladi. Malakani mustahkamlashning
eng yuqori vositasi – bu musobaqalashishdir [2].
Voleybol mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazishda o‘ziga xos bo‘lgan jihozlar hamda
asbob-anjomlardan foydalaniladi. Bu jihozlar va asbob-anjomlar voleybol harakatlariga
o‘rgatish, hosil qilingan malakalarni takomillashtirish, shug‘ullanuvchilarning jismoniy
tayyorgarliklarini va jismoniy sifatlarini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib hisoblanadi.
Jihozlar va asbob-anjomlarni ta’sir ko‘rsatish xususiyatlariga qarab ikki guruhga
ajratish mumkin:
1) texnik-taktik tayyorgarliklar uchun;
2) jismoniy tayyorgarliklar uchun.
Birinchi guruhga mansub bo‘lgan asbob-anjomlarga osma to‘plar va to‘pni ma’lum
bir holatlarda tutib turuvchi qurilmalar kiritilib, ulardan harakatlarni o‘rgatish va
takomillashtirishda foydalaniladi.
Ikkinchi guruhga asosan tezkorlik-kuch va sakrovchanlik sifatlarini
tarbiyalashda foydalaniladigan turli qurilmalar, to‘ldirma to‘plar, gantellar,
sakrashda foydalaniladigan maxsus tumbalar kiritiladi [1].
XULOSA
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, voleybol mashg‘ulotlarida texnika va taktika
bo‘yicha dastlabki tayyorgarlikni o‘tkazish metodikasi ilmiy asoslangan tamoyillarga
asoslanishi va o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olishi kerak.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
124
Bosqichlilik, tizimlilik, qo‘llaniladigan usul va vositalarning xilma-xilligi, shuningdek,
bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda baholash va nazorat qilish voleybolning
asosiy elementlarining samarali rivojlanishini ta’minlaydi va sportchilarning yanada
muvaffaqiyatli rivojlanishiga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. Jismoniy
tarbiya institutlari va Oliy pedagogika bilim yurtlari uchun darslik. 2011. – 279b.
2.
A.A.Pulatov.
Voleybol
nazariyasi
va
uslubiyati.
Darslik.Toshkent.
«O‘zkitobsàvdonashriyoti», 2020. – 448 b.
3.
J.M.Shukurllayev. Sport va harakatli o`yinlarni o`qitish metodikasi
(voleybol).O‘quv qo‘llanma. Chirchiq-2022. 192 sahifa.
4.
O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 30 –
sentyabrdagi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” dagi ma’ruzasi.
5.
Z.B. Boltayev. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. Darslik. samarqand – 2019. 380
sahifa.
