Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Didactic possibilities of using the principle of cooperation
in the teaching process
Sherzod SHAROPOV
1
Bukhara State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
10
February 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
Teaching English first begins with teaching oral speech, since
language learning is carried out on the basis of various
structures, patterns of speech. It is also assumed that the
exercises should be based on this, those that require multiple
repetitions of the language material.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
cooperative,
didactic,
collaborative,
intensive,
grice,
method,
linguistics,
exercise,
principle.
O‘qitish jarayonida kooperatsiya tamoyilidan foydalanishning
didaktik imkoniyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
kooperatsiya,
didaktik,
hamkorlik,
intensiv,
grice,
metod,
tilshunoslik,
mashq,
prinsip.
Ingliz tilini o‘rgatish avval og‘zaki nutqni o‘rgatishdan
boshlanadi, chunki til o‘rganish turli strukturalar, nutq
namunalari asosida amalga oshiriladi. Mashqlar ham shunga
asoslangan holda til materialini ko‘p marta takrorlashni talab
qiluvchi mashqlar bo‘lishi kerakligi taqozo etiladi.
1
PhD, Teacher, Department of English language and literature, Bukhara State Pedagogical Institute.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
107
Дидактические возможности использования принципа
кооперации в процессе обучения
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
кооперация,
дидактика,
сотрудничество,
интенсивность,
грация,
метод,
лингвистика,
упражнение,
принцип.
Обучение
английскому
языку
начинается
с
формирования навыков устной речи, поскольку усвоение
языка основывается на различных речевых структурах и
паттернах. В связи с этим важно, чтобы упражнения были
ориентированы на многократное повторение языкового
материала, способствуя его закреплению и автоматизации.
Taniqli uslubshunos E.I. Passovning aytishicha, ingliz tilini o‘qitishda amalda
qo‘llanilayotgan kommunikativ va kooperativ yondashish intensiv o‘qitishning bir
ko‘rinishi bo‘lib, intensiv metod bilan o‘qitishning quyidagi ikki xarakterli xususiyatini
ko‘rsatish mumkin:
– qisqa vaqt ichida ma’lum o‘quv materiali asosida xorijiy nutq faoliyatini amalga
oshirish;
– shaxsning barcha psixologik rezervlaridan maksimal darajada foydalanish, ya’ni
talabalarning faolligini oshirish.
Intensiv o‘qitish metodi dastlab XX asrning boshlarida “to‘g‘ri” metod asosida
shakllandi. Tilshunos N.I. Gez aytishicha, “ushbu metod xorijiy intensiv o‘qitishga o‘tishga
qulay imkoniyat, asos yaratib berdi”, chunki bu metodning ba’zi bir prinsipial tomonlari
mavjud.
Hozirgi zamonaviy intensiv metodlarning u yoki bunisiga asos qilib olingan yangi
metod o‘zidan oldin o‘tgan metodning yaxshi tomonlarini saqlab qoladi. So‘ngi yillarda
audiolingvual, audiovizual, gipnopediya, relaksopediya, suggestopediya, ritmopediya kabi
yangi bir yo‘nalishni bildiruvchi so‘zlar tez-tez metodik adabiyotlarda uchraydi, aytish
joizki, olingan metodlardan audiolingual va audiovizual metodlar intensiv o‘qitish
amaliyotida qo‘llana olmaydi, bunga ularning prinsipial tomoni, ya’ni ona tilini ishlatishga
suyanmaslik, til imitasiyasi, ya’ni taqlid qilish orqali o‘rganish, yod olish va ijodiy
mashqlarning yo‘qligi xalaqit beradi. [1,139].
INTENSIV O‘QITISH METODI
Og‘zaki nutqqa bo‘lgan qiziqish
Situatsiyalar tanlash
Dialog ko‘rinishdagi nutq
Talabalarning darsdagi faolligini
oshirish
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
108
Ma’lumki, chet tili mashq va topshiriqlar yordamida o‘rganiladi, shuning uchun
ham an’anaviy ta’limni samarali tashkil etish uchun taklif etilgan texnologiyalarda
mashqlar tizimi yaxshi samara berganligini ko‘rish mumkin. Bunda har bir kishi bilan
alohida alohida ish olib boriladi. Biroq, kooperatsiya tamoyilida esa guruh bilan ishlash
orqali ta’lim sifatiga erishiladi.
Ingliz tilini o‘qitishda mashq va topshiriqlarning o‘rni D. Nunan, J. Uillis, J. Richards
va T. Rodjers, V.A. Buxbinder, A.N. Shukin, I.L. Bim, V.I. Andriyanova, V.A. Brilova,
J.J. Jalolov, M. Djusupov, S. Saidaliyev va E. Lagaylar kabilar tomonidan ilmiy tadqiq
etilgan [2,214].
Gricening hamkorlik prinsipi pragmatikada asosiy tushuncha sifatida qaraladi,
ammo uning asosiy talqini doimo muammoli bo‘lib kelgan. “Kooperativ” so‘zining
ishlatilishi umumiy, leksik va Gricening texnik tushunchalari o‘rtasida bir nechta
chalkashliklar mavjud. “Kooperativ prinsip” termini turli manbalarda falsafadan
tilshunoslikka o‘tgan deya ta’riflanadi [3,225].
“Hamkorlik tamoyili” termini kengroq mushohada qilish uchun Gricening
asarlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning qo‘lyozmalaridagi kontekstlardan qanday
ta’riflanganini anglash mumkin. Gricening izlanishlarida hamkorlik tushunchasi muhim
emasdek ko‘rinadi ammo u inson omili markaz bo‘lgan tildagi tizimlilik, ratsionallik
g‘oyalari bilan bog‘liq. Ushbu terminni mulohaza va tahlil qilib bahs yuritishimiz
mumkinki, Gricening texnik termini va xalq -lingvistikasi hamkorligi o‘rtasida o‘zaro
bog‘liqlik bor. Hamkorlik – bu lingvistik adabiyotlarda inson xatti-harakatlarini tavsiflash
uchun tez-tez ishlatiladigan atama. Ba’zan esa kontekst va yozishmalarda Gricening
hamkorlik tamoyili sifatida mustaqil termin sifatida ishlatiladi. Hozirgi kundagi
tadqiqotlarda ikkala atama ham turlicha muhokama va talqin qilinadi. Grice tilga oid
g‘oyalarini rivojlantirayotgan vaqtda, boshqa faylasuflar, masalan, Austin va Searle,
to‘g‘ridan to‘g‘ri emas balki so‘z amallari o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor qaratdilar.
Ular tilning amallarni bajarish uchun qo‘llanilishi mumkinligiga e’tibor qilganlar, buning
yorqin misoli sifatida tilni eshikni ochish yoki derazani yopishga qiyoslaydilar [4,228].
Bu nuqtai nazar, "foydalanish nazariyasi" deb ataladi, Frege va Russell kabi
tilshunoslar tomonidan taqdim qilingan ma'no uchun haqiqiylik qiymatiga va ma'no
uchun maqsadga asoslanadigan g'oyalaridan uzoqroq turadi. Aksincha, bu faylasuflar
tilning amallarni bajarish va maqsadlarni yetkazishda o‘z faol rolini ajratib chiqishdi. Bu
mulohazada gaplardan ko‘ra gaplarning ma’nosiga alohida urg’u beriladi. Diskurs tahlilda
esa tilning lingvistik shakli va og’zaki ma’nosida aniq bir yo‘nalish mavjud emas. Gapning
muayyan ma’nosi nutq aktlari yordamida tinglovchiga yetkaziladi. Gricening fikricha,
so‘zning o‘z ma’nosi va nazarda tutilgan ma’nosi o‘rtasida bir nechta tafovutlar borligini
qayd etadi. Bu kabi yashirin ma’nolarda tinglovchilar so‘zlovchining nimani nazarda
tutayotganliklarini anglashda qiyinchiliklarga duch keladilar. Gricening maqsadi esa
mana shu yashirin tarzdagi gaplarning ma’nosini ochib berish va aniq bayon qilishdir.
A: Is there another pint of milk?
B: I’m going to the supermarket in five minutes.
Yuqoridagi misoldan ko‘rishimiz mumkinki, ingliz tilida yaxshi so‘zlashuvchi
xulosa chiqarishda qiyinchilikka uchramaydi. Bu misoldan anglashimiz mumkinki,
so‘zlovchi sut yo‘qligini ta’kidlaydi ammo sut tez orada supermarketdan sotib olinishini
aytib o‘tadi. Bu misolni Gricening hamkorlik tamoyili asosida tahlil qiladigan bo‘lsak,
odatdagi muloqot tarzi sifatida qabul qilamiz, qachonki biz biror gapni gapirganimizda
yoki eshitganimizda uni haqiqat deb o‘ylaymiz.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
109
Hamkorlik tamoyiliga ko‘ra so‘zlovchi qisqa, lo‘nda va haqiqatni bayon qilishi
kerak. Bu esa tinglovchining behuda va ortiqcha savollariga o‘rin qoldirmaydi. Grice
mana shu kabi misollarda o‘z maksimlarini qo‘llashni taklif etadi ammo har doim ham
uning hamkorlik printsipi gaplarga mos kelavermaydi. Buning yorqin dalili sifatida
olimlar Kameron va Teylor suhbatlarda Gricening hamkorlik printsipini samarali bo‘ladi
deb o‘ylamaydilar aksincha ular suhbat yanada samaraliroq chiqishi uchun turli xil
maksimlardan foydalanishni afzal ko‘rishadi [5,256]. Ingliz tilshunosi Lindbolm esa o‘z
kuzatuvlaridan kelib chiqib shuni bayon qiladiki, Gricening hamkorlik prinsipi haligacha
to‘liq mushohada qilinmaganligini ta’kidlaydi.
Grice “kooperativ” terminini o‘z asarlarida o‘zaro ta’sir deya sharhlamaydi va
uning lug’atlarda uchraydigan ma’nosini nazarda tutadi. Gricening hamkorlik printsipi
boshqa maqsadda yaratilgan bo‘lsada, ular bizning printsiplarga xizmat qiladi ya’ni
suhbatning samarali bo‘lishi, qisqa va lo‘ndalik kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
Hamkorlik printsipi suhbatni chuqurroq tushunish, muloqotni sifatliroq bo‘lishiga xizmat
qiladi. Keltirilgan tahlil va mulozahazalardan xulosa qiladigan bo‘lsak, “hamkorlik
prinsipi” terminining lingvistikada qo‘llanilishining aniq ifodasi yo‘q. Ushbu atamani
ishlatishdan maqsad shuki, so‘zlashuvda noaniq bo‘lgan so‘zlar va og’zaki nutqdagi
tushunmovchiliklardan qochish. Gricening maqsadi suhbatlar o‘rtasidagi mantiqiy
bo‘shliqni to‘ldirishdan iborat.
Ingliz tilini samarali o‘qitish uchun mashqlarni to‘g‘ri tizimlash va munosib ketma-
ketlikda bajarish lozim, bu esa, albatta, ilmiy izlanishlar asosida amalga oshiriladi. Ingliz
olimi D.Nunan ingliz tilini o‘rganish uchun topshiriqlarni ularning maqsadidan kelib
chiqqan holda quyidagi ikki turga bo‘lishni taklif qiladi:
Ko‘pgina manbalarda olimlar topshiriqlarni dizayni va tavsifiga ko‘ra
tasniflashgan. Bunday olimlardan, T. Pika topshiriqlarni quyidagicha tasniflaydilar:
bo‘lishi ham mumkin.
Autentik mashqlar
-
real hayotda tilni
amaliy qo‘llashga
mo‘ljallangan
topshiriqlar
Pedagogik mashqlar
-
o‘quvchilarning bilimini
maqsadli ravishda
takomillashtirishga
mo‘ljallangan
topshiriqlar
Ingliz tilini
o‘rganish uchun
topshiriqlar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
110
Ingliz tili darslarini an’anaviy o‘qitishda olim J. Uillis talabalarga topshiriqlar berish
orqali ularning salohiyatini oshirish mumkinligi haqida ilmiy mulohaza yuritadi. U
tadqiqotida topshiriqlarni oltita guruhga ajratadi:
1) ro‘yxat (listing);
2) tartibga solish va saralash (ordering and sorting);
3) taqqoslash (comparing);
4) muammolarni hal qilish (problem solving);
5) shaxsiy maʼlumotlarni bo‘lishish (sharing personal information);
6) ijodiy mashqlar (creative tasks).
J. Richards va T.Rodjerslar ham mashqlarni tasnifini beradi:
1) bir tomonlama yoki ikki tomonlama (one way or two way) – topshiriq bir
tomonlama maʼlumot almashishni o‘z ichiga oladimi yoki ikki tomonlama almashishni;
2) konvergent yoki divergent (convergent or divergent) – talabalar umumiy
maqsadga erishadimi yoki bir necha xil maqsadlarga erishadimi;
3) hamkorlik yoki raqobat (collaborative or competative) – talabalar topshiriqni
bajarish uchun hamkorlik qiladimi yoki topshiriqni bajarish davomida bir -biri bilan
raqobatlashadimi;
4) bitta yoki bir nechta natijalar (single or multiple outcomes) – bitta natija
bo‘ladimi yoki har xil natijalarga erishish mumkinmi;
5) aniq yoki mavhum til (concrete or abstract language) – topshiriq aniq tilni yoki
mavhum tildan foydalanishni nazarda tutadimi;
6) oddiy yoki murakkab jarayon (simple or complex processing) – topshiriq
nisbatan oddiy yoki murakkab kognitiv jarayonni talab qiladimi;
7) sodda yoki murakkab til (simple or complex language) – topshiriqning lingvistik
talablari nisbatan sodda yoki murakkabmi;
ING
LIZ
TILINI O
‘RGA
NISH
U
CHUN T
O
P
SHIR
IQ
LA
R
(T
.P
IKA
)
Jigsov mashqlar (Jigsaw tasks)
— talabalar aralashtirilgan maʼlumotning turli
qismlarini birlashtirib, uni yaxlit holga keltirishlari lozim
Qaror qabul qilish mashqlari (decision-making)
— bunday topshiriqni bajarishda
ham muammo hal qilinadi, lekin muammoni hal qilish mashqlaridan farqi
shundaki, talabalar yechim sifatida har xil variantlardan birini tanlashi kerak
bo‘ladi. Yaʼni o‘quvchi/talabaga taklif qilingan yechimlar variantlari beriladi
Fikr almashuvchi mashqlar (Opinion exchange)
— talabalar muhokama
qilinayotgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini almashadilar suyanib ish ko‘rish
Maʼlumot tushirib qoldirilgan mashqlar (information gap)
— o‘quvchilarning
birinchi guruhida maʼlumotning bir qismi bor bo‘lsa, ikkinchi guruhda to‘liq
shaklda bo‘ladi. Maʼlumot to‘liq bo‘lishi uchun birinchi guruh aʼzolari tushirib
qoldirilgan bo‘shliqlarni ikkinchi guruhdan maʼlumotlarni so‘rab to‘ldirishlari
lozim
Muammoni hal qilish mashqlari (Problem-solving)
— o‘quvchilarga muammo
beriladi va ular buning yechimini topishlari lozim
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
111
8) voqelikka asoslangan yoki voqelikka asoslanmagan (reality-based or not reality-
based) – topshiriq hayotiy faoliyatni aks ettiradimi yoki pedagogik faoliyatnimi .
A.N. Shukin esa mashqlar tizimini:
1) taklif etishiga ko‘ra;
2) tavsifiy xarakteriga ko‘ra;
3) bajarilish usuliga ko‘ra kabi kategoriyalarga ajratadi.
Olim mashqlar tizimi kategoriyasini aniq va tushunarli bo‘lishi uchun har bir
kategoriyani ham o‘z navbatida quyidagicha guruhlarga ajratadi:
1) taklif etishiga ko‘ra:
a) nazorat,
b) kompleks,
d) reseptiv mashqlar;
2) tavsifiy xarakteriga ko‘ra:
a) dialogik,
b) monologik mashqlar;
3) bajarilish usuliga ko‘ra:
a) og’zaki yoki yozma,
b) sinfda yoki uyda,
d) yakka yoki jamoa bo‘lib bajariladigan mashqlar.
E.A. Lagay ham chet tilini o‘qitishda mashqlarni quyidagicha uch turga ajratib,
foydalanish maqsadga muvofiq deb ta’kidlaydi:
1) reseptiv mashqlar:
a) tayyorlov,
b) analitik,
d) imitativ;
2) reproduktiv mashqlar:
a) sintetik,
b) yarimkonstruktiv;
3) produktiv mashqlar:
a) konstruktiv,
b) transformatsion.
J. Jalolov “Chet til o‘qitish metodikasi” kitobida “Vulf Abramovich Buxbinder esa
informatsion, operatsion va motivatsion mashqlar haqida tadqiqot olib borgan. Sodda
qilib, ularni bilim, ko‘nikma, malaka berish mashqlari, deyish joizdir”, – deb yozadi. Ya’ni
information mashqlar bu bilim beruvchi mashqlar bo‘lsa, operatsion mashqlar talabada
ko‘nikmani shakllantiradi. Motivatsion mashqlar esa o‘z navbatida o‘rganuvchining til
bilish malakasini rivojlantiradi. J.Jalolov metodist olimlar mashqlarni shakllantiruvchi,
rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashq turlariga ajratgan bo‘lib, mazmunni
o‘zlashtirishda shakllantiruvchi, o‘rgangan bilimni qo‘llashda rivojlantiruvchi,
produksion jarayonda esa takomillashtiruvchi mashqlar qo‘llanishini taʼkidlab o‘tadi .
M. Djusupov esa mashqlarni:
1) til sistemalarida bilimlarni shakllantirishga doir;
2) til dinamikasida bilimlarni shakllantirishga doir;
3) nutq faoliyatida ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi mashqlar kabi
guruhlarga ajratadi hamda chet tilini o‘qitishda birinchi va ikkinchi guruh mashqlarini
tayyorlov, uchinchi guruhni esa asosiy mashq sifatida foydalanish mumkin deb
hisoblaydi [6,185].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
112
Yana bir o‘zbek olimi S. Saidaliyev mashqlarni: tilga oid va tayyorlov mashqlariga
ajratadi. Olimning ta’kidlab o‘tishicha, birinchi guruhga kiruvchi tilga oid mashqlar
talabaga tildan muomala vositasi sifatida foydalanishiga o‘rgatuvchi mashqlar hisoblansa,
tayyorlov mashqlari tilning fonetikasi, grammatikasi, leksikasini hamda nutq
mexanizmlarini shakllantiruvchi mashqlardir.
Olimlar tomonidan mashq va uning turlari ustida olib borilgan ilmiy izlanishlarni
tahlil qilish chog‘ida chet tilini o‘qitishda mashqlarni maʼlum bir sistema asosida tashkil
etish muhimligiga hech bir shubha qolmadi. Topshiriq va mashqlarning tasnifi borasidagi
tadqiqot ishlarini o‘rganib chiqib, biz filologik yo‘nalish talabalariga ingliz tilini o‘qitishda
anʼanaviy (offlayn) ta’limni samarali olib borish uchun quyidagi mashqlar tasnifini ishlab
chiqdik.
Chet tilini, xususan, ingliz tilini o‘qitishda mashqlardan shu ketma-ketlikda, yaʼni
dars boshida motivatsion, undan so‘ng mavzuga doir sinov, keyin esa tanqidiy fikrlash
mashqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
1) Motivatsion mashq (motivational task) — talabalarni asosiy mashqqa tayyorlab,
dars davomidagi keyingi jarayonlarda talabalarni yuqori qiziqish bilan faol bo‘lishga
undovchi topshiriqlar. Baʼzida talabalar topshiriqlarni bajarishdan zerikishlari mumkin,
bunday vaziyatda mazkur mashqlar talabalarga motivatsiya berib, yana yangidan
topshiriqlarni qiziqish bilan bajarishga undaydi. Motivatsion mashqlar talabalarni ingliz
tilini o‘rganishga qiziqishini oshiradigan mashqlar bo‘lib, mashg‘ulot oxirida talabalar
chet tilini o‘rganishga ishtiyoqlari oshib, qiziqish bilan o‘quv jarayonini davom ettiradilar.
Misol sifatida tajriba-sinov davomida talabalar tomonidan qiziqish bilan bajarilgan
quyidagi motivatsion mashqlarni keltirib o‘tamiz.
Filologik yo‘nalish talabalariga ingliz tilini o‘qitishda anʼanaviy (offlayn) ta’limni
samarali olib borish uchun quyidagi mashqlar tasnifi
Sinov mashqlari
Tanqidiy fikrlash mashqlari
Motivatsion mashq (motivational
task) -
o‘quvchilarni asosiy mashqqa
tayyorlab, dars davomidagi keyingi
jarayonlarda talabalarni yuqori
qiziqish bilan faol bo‘lishga undovchi
topshiriqlar
Ingliz tilini o‘qitishda mashqlar ketma-ketligi
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi
mashqlar
- tanqidiy fikrlash chuqur
o‘rganishni rag‘batlantiradi va
rivojlantirish kerak bo‘lgan asosiy
ko‘nikma hisoblanadi, shuning uchun
mazkur mashqlar o‘quvchilarga bu
ko‘nikmani shakllantirish va
rivojlantirish uchun beriladi.
Sinov mashqlari
-
yangi mavzuni
o‘rganish uchun
bajariladigan
topshiriqlar
Motivatsion mashqlar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
113
Motivational task This task can be played individually or with two teams. To set up
the task, pass out an index card and a pen for each participant. Ask each person to write
down something interesting they have done. Try to instruct students to write a fact that
most people don't already know – the sillier (or more unbelievable) the better. Collect all
the cards (separate them into two piles if two teams are playing). Shuffle the cards and
then pass them back out. Each person (or team) takes turns reading aloud their card and
then the reader must guess whose fact he or she read. After he or she guesses, the
guessed student simply says "yes" or "no". If the person guesses correctly, the guessed
person can briefly explain what they wrote (if desired). The guessing continues until all
cards are exhausted. Everyone reveals who wrote which card at the end.
2) Sinov mashqlari – yangi mavzuni o‘rganish uchun bajariladigan topshiriqlar.
Sinov mashqlari quyidagi ikki usulda foydalanilishi mumkin:
1) mavzu o‘qituvchi tomonidan tushuntirilmasdan, aksincha talabalarning o‘zlari
anglab yetishlariga undash maqsadida yangi mavzu doirasidagi bir necha mashqlar
talabalarga beriladi. Bu topshiriqlarni bajarib, o‘qituvchidan xatolari haqida fidbek
olgandan so‘ng, talabalar yangi mavzuni o‘zlari tushunib yetadilar.
2) Yoki sinov topshiriqlarini o‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirgandan so‘ng,
konsepsiyani amalda qo‘llash va yaxshiroq tushunish uchun berish mumkin.
Ingliz tilini samarali o‘qitishda sinov mashqlarini quyidagi texnologiya orqali
bajarish maqsadga muvofiq. Talabalarning mustaqil ingliz tilini o‘rganishga undash
maqsadida darslikdagi tayyor mashqlar emas, balki ularni moslashtirib foydalanish
lozim. Retseptiv til ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun tinglab tushunish va o‘qib
tushunish mashqlarini quyidagicha moslashtirish lozim: talabalar ingliz tilidagi matnni
tinglab yoki o‘qib bo‘lgach, o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan yoki darslikda berilgan
savollarga javob berish o‘rniga, talabalar o‘zlari matn yuzasidan savollar, to‘g‘ri/noto‘g‘ri
mashqi uchun matn asosida to‘g‘ri/noto‘g‘ri gaplar tuzadilar. So‘ng talabalar
tengdoshlarining ingliz tilidagi matnni tushunganini tekshirish uchun o‘zlari tuzgan
savollarni so‘rashlari va tengdoshlarining savollariga javob berishlari lozim bo‘ladi.
Albatta, avval tayyor, faqat javobini topadigan mashqlarni bajargan talabalar uchun
bunday mashqlar qiyin va zerikarli tuyulishi tabiiy. Bunday qiyinchilikni bartaraf etish
uchun dars davomida moslashtirilgan mashqlardan birdaniga to‘liq emas, balki har bir
darsda birma-bir foydalanish maqsadga muvofiq. Shunda talabalar moslashtirilgan sinov
mashqlarini qiyinchiliksiz bajara oladi. Bunday mashqlarni bajarish orqali filologik
yo‘nalish talabalari nafaqat ingliz tilini o‘rganadilar, balki bo‘lajak o‘qituvchi sifatida
o‘zlari mashqlarni til o‘rganuvchilarga moslab o‘zgartirishlar kiritish kabi kasb
mahoratini ham rivojlantiradilar. Sinov mashqlariga misol sifatida quyidagilarni
keltiramiz: An’anaviy foydalanilayotgan tinglab tushunish mashqi: Moslashtirilgan
tinglab tushunish mashqi: Listen to a song “9 to 5”. Make 5 comprehension questions
based on the song. Ask and answer created comprehension questions in pairs to check
that your partner understood the song. An’anaviy foydalanilayotgan o‘qish mashqi:
Produktiv til ko‘nikmalari uchun taklif qilingan texnologiyada gapirish va yozishni,
shu bilan birga bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining muhim kasb mahoratlaridan biri
baholash ko‘nikmasini rivojlantirish uchun sinov mashqlari quyidagicha moslashtiriladi:
talabalarga gapirish/yozishlari uchun mavzu, mashqni bajarishlari uchun yo‘riqnoma va
baholash mezoni beriladi. Mashqlar yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarilishi
mumkin. Talabalar berilgan mavzu va baholash mezoni asosida topshiriqni bajargandan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
114
so‘ng, partadoshlari yoki boshqa guruh vakillari bilan bajargan mashqlarini almashadilar.
Yaʼni yozish ko‘nikmasini rivojlantirish mashqlarida yozgan insho yoki xatni almashsalar,
gapirish mashqlarida bir-birlariga nutq so‘zlaydilar. Talabalar bir-birlarini berilgan
baholash mezoni asosida tekshirib, fidbek beradi. Tengdoshlarining fikr-mulohazalarini
inobatga olgan holda talabalar yozma ishlarini qayta yozib, keyin o‘qituvchiga tekshirish
uchun topshiradi. Gapirish mashqlarida esa tengdoshining fikr-mulohazasini inobatga
olib, xatolarni tuzatib, o‘qituvchiga yaxshiroq nutq so‘zlash imkoniga ega bo‘ladi. Bu,
albatta, talabaning xatolari kamayishiga, bir-biridan o‘rganib bilimlari oshishiga va o‘z
navbatida yuqoriroq baho olishiga hamda eng muhimi ingliz tilini mustaqil ravishda
o‘rganishiga olib keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Raximova N. N. Xorijiy tilni o‘qitishning zamonaviy usullari “ZAMONAVIY FAN
VA TALIM-TARBIYA: MUAMMO, YECHIM, NATIJA” ilmiy-amaliy onlayn konferensiya
materiallari Buxoro. 2020. № 1. B.139-141
2.
Sharofov Sh.Sh. Kooperatsiya asosida til o‘rganish xususiyatlari // “Pedagogik
mahorat” 9-son 2023 yil. 213-216 betlar
3.
Grice, H. Paul. Utterer’s meaning, sentence meaning and word meaning.
Foundations of Language 4, 1989. P. 225–242.
4.
Austin, John L., 1992. How to Do Things With Words. Clarendon Press, Oxford,
228-301
5.
Джураев Р. Х., Зуфарова О. И. Индикаторы качества образования
//Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах
устойчивого развития. – 2014. – Т. 12. – №. 1. – С. 224-227.
6.
Джусупов М. Билингвальное образование: подходы, методы (неродной
язык в тюркоязычной аудитории) // От билингвизма в транслингвизму: про и
контра. Материалы III международной научно-практической конференции. РУДН.
— М., 2017. — C. 185–190.
7.
Sharopov Sh.Sh. Kooperatsiya asosida til o‘rganish xususiyatlari. Pedagogik
mahorat.Buxoro, 9-son 2023 yil. 213-216 b.
8.
Sharopov Sh.Sh. Commitments of the gricean maxims in the grasping of
importance: a survey. Herald pedagogiki. Nauka I Praktika.Warszawa, 2024-yil.4-10b.
