Авторы

  • Гулхумор Юсупова
    Докторант, Ургенчский государственный университет имени Абу Райхана Беруни
  • Дурдона Матсабирова
    Студентка, Ургенчский государственный университет имени Абу Райхана Беруни Ургенч, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.79912

Ключевые слова:

гендерные стереотипы язык социальные нормы маскулинность фемининность языковые выражения гендерные роли

Аннотация

В статье анализируется взаимосвязь между языком и гендерными стереотипами. Установлено, что лингвистические выражения играют важную роль в формировании и закреплении гендерных норм в обществе. Рассматриваются теоретические подходы к изучению гендерных стереотипов, а также приводятся основные определения данного понятия. Изучены механизмы формирования гендерных стереотипов в социокультурном контексте. Показано, что язык используется не только как инструмент сохранения стереотипов, но и как средство их преодоления. Проанализировано влияние языковых выражений и грамматических конструкций на представление гендерных ролей в обществе. Сравнительный анализ узбекского и немецкого языков демонстрирует, как гендерные роли отражаются в лингвистических структурах. Выявлены характерные особенности и прослежены их причинно-следственные связи.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Language and Gender Stereotypes: A Linguistic Analysis
Based on German and Uzbek Examples

Gulkhumor YUSUPOVA

1

, Durdona MATSABIROVA

2


Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025
Received in revised form
10

February 2025

Accepted 25 February 2025

Available online
25 March 2025

The article analyzes the relationship between language and

gender stereotypes. It has been established that linguistic
expressions play a crucial role in the formation and

reinforcement of gender norms in society. The paper examines

theoretical approaches to the study of gender stereotypes and

provides key definitions of this concept. The mechanisms of
gender stereotype formation in a sociocultural context are

explored. The study demonstrates that language serves not only

as a tool for preserving stereotypes but also as a means of

overcoming them. The influence of linguistic expressions and
grammatical constructions on the representation of gender

roles in society is analyzed. A comparative analysis of Uzbek

and German languages illustrates how gender roles are

reflected in linguistic structures. Characteristic features are
identified, and their causal relationships are traced.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3

/S

-pp1

51-155

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

gender stereotypes,
language,

social norms,

masculinity,

femininity,

linguistic expressions,
gender roles.

Til va gender stereotiplari: nemis va o‘zbek tillari misolida

lingvistik tahlil

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

gender stereotiplari,

til,

ijtimoiy me’yorlar,

maskulinlik,

feminilik,

lingvistik ifodalar,

gender rollari.

Maqolada til va gender stereotiplari o‘rtasidagi bog‘lanish

tahlil qilindi. Lingvistik ifodalar jamiyatdagi gender me’yorlarini

shakllantirish

va mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Gender

stereotiplarini o‘rganishga oid nazariy yondashuvlar va asosiy

ta’riflar ko‘rib chiqildi. Sotsiomadaniy makonda gender

stereotiplarining shakllanish mexanizmlari o‘rganildi. Ma’lum

bo‘lishicha, til gender ster

eotiplarini nafaqat saqlab qolish, balki

1

PhD Student, Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni. E-mail: gulkhumor.yusupova22@mail.ru

2

Student, Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni. E-mail: durdonamatsabirova@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2025) / ISSN 2181-3701

152

ularni yo‘q qilish vositasi sifatida ham faol ishlatiladi. Ta’sir

baholandi: tildagi genderga oid ifoda va konstruksiyalar orqali

jamiyatda ayol va erkaklarga nisbatan qaysi rollar ustuvor etib

ko‘rsatilayotgani tavsiflandi. O‘zbek va nemis tillaridagi qiyosiy

misollar orqali gender rollarining lingvistik tuzilmalarda

qanday aks etgani ko‘rsatilgan.

Xususiyatlar aniqlanib, ularning

sabab-

oqibatli bog‘lanishi tahlil qilindi.

Язык и гендерные стереотипы: лингвистический

анализ на примере немецкого и узбекского языков

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

гендерные стереотипы,
язык,

социальные нормы,

маскулинность,
фемининность,

языковые выражения,

гендерные роли.

В статье анализируется взаимосвязь между языком и

гендерными

стереотипами.

Установлено,

что

лингвистические выражения играют важную роль в
формировании и закреплении гендерных норм в обществе.

Рассматриваются теоретические подходы к изучению

гендерных стереотипов, а также приводятся основные

определения данного понятия. Изучены механизмы

формирования гендерных стереотипов в социокультурном
контексте. Показано, что язык используется не только как

инструмент сохранения стереотипов, но и как средство их

преодоления.

Проанализировано

влияние

языковых

выражений

и

грамматических

конструкций

на

представление гендерных ролей в обществе. Сравнительный

анализ узбекского и немецкого языков демонстрирует, как

гендерные роли отражаются в лингвистических структурах.

Выявлены характерные особенности и прослежены их
причинно

-

следственные связи.

KIRISH

Jamiyatda gender tushunchasi nafaqat biologik, balki ijtimoiy va madaniy

konstruksiya sifatida ham shakllanadi. Gender stereotiplari esa ushbu konstruksiyaning

muhim tarkibiy qismi bo‘lib, erkaklar va ayollar haqidagi an’anaviy qarashlarni
mustahkamlash yoki o‘zgartirishga xizmat qiladi. Bunday stereotiplarning shakllanishida
tilning o‘rni juda katta. Til nafaqat muloqot vositasi, balki jamiyatda mavjud bo‘lgan
gender me’yorlarini ifodalovchi va uzatuvchi vosita hamd

ir.

Turli tillarda erkak va ayollarga nisbatan ishlatiladigan so‘zlar, iboralar va nutq

me’yorlari gender rollarini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, ayollarga nisbatan
ko‘proq yumshoqlik, muloyimlik va itoatkorlik bilan bog‘liq so‘zlar qo‘llanilsa

, erkaklar

muloqotida jasorat, yetakchilik va kuchlilik singari tushunchalar ko‘proq uchraydi.

Bunday til hodisalari gender tengsizliklarini mustahkamlashi yoki aksincha, ularni

yo‘qotishga yordam berishi mumkin.

Ushbu ishda til va gender stereotiplari o‘zaro qanday bog‘liqligi, til orqali gender

stereotiplari qanday shakllanishi va mustahkamlanishi, shuningdek, jamiyatda til orqali

gender me’yorlarini o‘zgartirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2025) / ISSN 2181-3701

153

MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI

Gender stereotiplarini o‘

rganishning nazariy asoslari, asosiy tushunchalari va

yondashuvlari, shuningdek, ularning mazmuni va sotsiomadaniy makonda shakllanish

mexanizmlari ko‘plab monografik tadqiqotlarda, ilmiy maqolalarda yoritilgan [2,

3, 4].

Bu borada ilmiy izlanish olib borgan olimlar orasida S. Basov, H. Lips, R. Asmore,
F. Del Boca, I.H. Freeze, C. Stoll, G. Fauconnier, S.L. Gilman, K. Deaux, L. Lewis kabi

tadqiqotchilarni sanab o‘tish mumkin.

Gender stereotiplarini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus nashrlar ham mavjud,

jumladan,

Sex Roles: A Journal of Research

jurnali. Ushbu nashrlar gender

stereotiplarini turli jihatlari bilan tahlil qilib, ularning asosiy xususiyatlarini ochib beradi

hamda jamiyatda erkak va ayol qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi tasavvurlarni

shakllantirishga xizmat qiladi.

Gender stereotiplari hanuzgacha mustahkam va o‘zgarishsiz saqlanib kelmoqda:

o‘rta asrlardan meros bo‘lib qolgan ayollarning hissiyotga beriluvchanligi, aqlan zaifligi

va ojizligi haqidagi tasavvurlar bugungi kunda ham dolzarblig

ini yo‘qotmagan. Ularga

qarshi qo‘yilgan obraz esa mantiq va aql

-idrokka tayanadigan erkak timsolidir [5; 4].

Gender stereotiplari masalasi maskulinlik va feminilikka bag‘ishlangan

tadqiqotlarda ham keng yoritilgan. Agar 1970-yillardan boshlab feminilik/ayollik

stereotiplari bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar yaratilgan bo‘lsa, so‘nggi o‘n yillikda
maskulinlikning turli jihatlari tadqiqotchilar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ushbu
yo‘nalishda R.W.

Connell, M.A. Messner, M.S. Kimmel, M.B. Zinn, Chaters va M. Raguz kabi

olimlarning ishlari alohida e’tiborga loyiq.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Gender stereotiplari erkaklik (maskulinlik) va ayollik (feminilik) haqidagi ijtimoiy

tasavvurlar bilan bog‘liq. Biroq, bu tushunchaning aniqlanishida yagona yondashuv yo‘q.

Ba

’zi tadqiqotchilar gender stereotiplarini erkaklar va ayollarning shaxsiy fazilatlari bilan

bog‘laydi. Masalan, Ashmore va Del Boca ularni “erkaklar va ayollarning shaxsiy
xususiyatlari haqida shakllangan umumiy tasavvurlar tizimi” deb ta’riflaydi [1; 222]

.

Til va gender stereotiplari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish uchun turli tillardagi

lingvistik hodisalarni tahlil qilish muhimdir. Har bir til o‘ziga xos tarzda gender rollarini
aks ettiradi va ularning jamiyatdagi mustahkamlanishiga yoki o‘zgarishiga

ta’sir qiladi.

Bu jarayon tilning ijtimoiy, madaniy va lingvistik jihatlarini o‘z ichiga oladi.

1-jadval


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2025) / ISSN 2181-3701

154

Jamiyatdagi gender rollari, nutq madaniyati, sintaksis farqlari, frazeologik birliklar

hamda grammatik jihatlar til orqali genderga oid tasavvurlarni mustahkamlashga yoki

o‘zgartirishga xizmat qiladi. Masalan, erkaklar va ayollar uchun qo‘llaniladigan so‘zlar,

iboralar yoki grammatik shakllar jamiyatdagi gender munosabatlarini ifoda etadi. Til va

gender o‘rtasidagi bu o‘zaro bog‘liqlik jam

iyat taraqqiyotiga, ijtimoiy tenglikka va

madaniy o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

2-jadval

Nemis tilida “zart” (zaif, nozik) so‘zi ayollar uchun ishlatilsa, “stark” (kuchli,

baquvvat) so‘zi erkaklar uchun ishlatiladi. Bu ham gender stereotip

larini

mustahkamlovchi leksik birliklardir.

3-jadval

O‘zbek tilida

“Ayolning joyi o‘choq boshida”

degan ibora ayollarning asosiy roli uy

ishlari bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Bu frazeologik birlik ayollarning uyda
o‘tkazadigan roli va mas'uliyatini ta’kidlaydi. Nemis tilida esa

“Männer sind das starke

Geschlecht”

(Erkaklar kuchli jins hisoblanadi) iborasi erkaklarning jismoniy va aqliy

ustunligini ifodalaydi. Bu kabi iboralar gender stereotiplarini yanada kuchaytiradi.

Ein Mann, ein W

ort” –

Erkak kishining va’dasiga sodiq bo‘lishi kerakligi haqidagi

tasavvur o‘zbek tilida yigit so‘zidan, arslon izidan qaytmaydi iborasi bilan muqobildir.

Nemis tilidagi

Weibermund tut Wahrheit kund

(Ayol og‘zi faqat haqiqatni gapiradi)

iborasi avvaliga i

jobiy ma’noga ega bo‘lib ko‘rinsa ham, ba’zan kinoya sifatida ishlatiladi.

O‘zbek tilidagi

“Uy bekasi bo‘lmagan uy –

uy emas”

frazeologik birligida ayolning

oiladagi markaziy o‘rni ta’kidlanadi, lekin ayni paytda uning rolini faqatgina uy ishlari

bilan cheklaydi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2025) / ISSN 2181-3701

155

4-jadval

O‘zbek tilida gender neytral shakllar mavjud bo‘lsa

-

da, ba’zi kasb va lavozim

nomlari erkak jinsiga oid bo‘lib qolgan: masalan, “muallim” (o‘qituvchi), “direktor”
(rahbar). Bu holat gender tengligini ta’minlashda qiyinchiliklar tug‘

diradi.

Nemis tilida esa kasb nomlari ikki shaklda ishlatiladi: “Lehrer” (o‘qituvchi, erkak)

va “Lehrerin” (o‘qituvchi, ayol). Bu esa gender farqlarini grammatik jihatdan

mustahkamlashi mumkin.

Zamonaviy nemis tilida gender tengligini targ‘ib qilish uchun

“gendergerechte

Sprache” (gender jihatdan adolatli til) qo‘llanilmoqda. Masalan, “Student*innen”

(talabalar, erkak va ayol) kabi inklyuziv shakllar ishlatilmoqda. Bu tendensiya gender
tengligini oshirishga qaratilgan.

O‘zbek tilida esa hali ham ko‘p hollarda gender neytrallikka kam e’tibor qaratiladi,

lekin so‘nggi yillarda gender masalalariga oid tushunchalar ommalashmoqda. Bu jarayon

gender stereotiplarini kamaytirishga yordam berishi mumkin.

XULOSA

Til gender stereotiplarini shakllantirish va ularni mustahkamlashda muhim rol

o‘ynaydi. O‘zbek va nemis tillarida genderga oid tasavvurlar turlicha ifodalanishi mumkin,
lekin har ikkala til ham ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlarning aksini namoyish etadi.

Nemis tilida gender tengligini ta’minlash uchun tilni o‘zgartirishga qaratilgan

harakatlar kuchaygan bo‘lsa, o‘zbek tilida bu jarayon hali endigina rivojlanib bormoqda.
Bu esa shuni ko‘rsatadiki, til nafaqat mavjud gender stereotiplarini aks ettiradi, balki
ularni o‘zgartirish vositasi ham bo‘lishi mumkin.

Ke

lajakda gender tengligini ta’minlash uchun tilning inklyuzivligi va neytralligini

oshirishga qaratilgan tadqiqotlar hamda amaliy o‘zgarishlar zarurdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ashmore R.D., Del Boca F.K. The Social Psychology of Female-male Relations:

A Critical Analysis of Central Concepts. N.Y., 1986.

2.

Basow S.A. Gender stereotypes and roles. Pacific Grove, 1992.

3.

Ткачева В.А. Гендерные стереотипы в современной России и влияние на

них массовой культуры. Социология в современном мире: наука, образование,
творчество. 2020. № 12 (1). С. 261—

264.

4.

Рябова Т.Б. Маскулинность в российском политическом дискурсе: история

и современность // Женщина в российском обществе. 2000. № 4.

Библиографические ссылки

Ashmore R.D., Del Boca F.K. The Social Psychology of Female-male Relations: A Critical Analysis of Central Concepts. N.Y., 1986.

Basow S.A. Gender stereotypes and roles. Pacific Grove, 1992.

Ткачева В.А. Гендерные стереотипы в современной России и влияние на них массовой культуры. Социология в современном мире: наука, образование, творчество. 2020. № 12 (1). С. 261—264.

Рябова Т.Б. Маскулинность в российском политическом дискурсе: история и современность // Женщина в российском обществе. 2000. № 4.