Авторы

  • Наргиза Муратова
    Преподаватель, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.84546

Ключевые слова:

критическое мышление филология образовательные технологии самостоятельный анализ логическое мышление навыки студентов педагогический подход творческое мышление

Аннотация

В данной статье рассматриваются теоретические и практические основы обучения студентов критическому мышлению. Изучаются

сущность критического мышления в процессе обучения студентов по направлению филологии его роль в образовательном процессе и повседневной жизни, а также педагогические подходы и технологии, способствующие его развитию. Формирование критического мышления представлено как важный инструмент для развития навыков анализа информации, самостоятельного вывода и творческого мышления студентов. На основе анализа отечественной и международной литературы разработаны практические рекомендации.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Developing critical thinking of philology students

Nargiza MURATOVA

1


Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025
Received in revised form

10

February 2025

Accepted 25 February 2025
Available online

25 March 2025

This article examines the theoretical and practical

foundations of teaching students critical thinking. It explores

the essence of critical thinking, its role in the educational

process and daily life, as well as pedagogical approaches and

technologies that contribute to its development. Critical
thinking is presented as an essential tool for developing

students' skills in analyzing information, making independent

conclusions, and fostering creative thinking. Practical

recommendations are proposed based on the analysis of
national and international literature.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3

/S

-pp249-252

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Critical thinking,

educational technologies,
philology students,
independent analysis,

logical thinking,

student skills,

pedagogical approach,
creative thinking.

Filologiya yo’nalishidagi talabalarning tanqidiy fikrlashini
rivojlantirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Tanqidiy fikrlash,

ta’lim texnologiyalari,

mustaqil tahlil,

mantiqiy fikrlash,

filologiya,

talabalar ko‘nikmalari,
pedagogik yondashuv,

ijodiy fikrlash.

Mazkur

maqolada

talabalarni

tanqidiy

fikrlashga

o‘rgatishning nazariy va amaliy asoslari ko‘rib chiqiladi.
Tanqidiy fikrlashning mohiyati, uning ta’lim jarayonidagi va

kundalik hayotdagi o‘rni, shuningdek, uni rivojlantirishga

xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar va texnologiyalar tahlil

qilinadi. Filologiya yo’nalishi talabalarining tanqidiy fikrlashni
shakllantirish talabalarning ma’lumotlarni tahlil qilish,

mustaqil xulosalar chiqarish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini

rivojlantirishda muhim vosita ekanligi yoritib beriladi. Mavzuga

oid mahalliy va xalqaro adabiyotlarning tahlili asosida amaliy
tavsiyalar ishlab chiqilgan.

1

Teacher, Uzbekistan State World Languages University. E-mail: nargizabakhramovna77@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

250

Развитие критического мышления у студентов

филологов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

критическое мышление,
филология,
образовательные

технологии,
самостоятельный анализ,
логическое мышление,
навыки студентов,

педагогический подход,
творческое мышление.

В данной статье рассматриваются теоретические и

практические основы обучения студентов критическому

мышлению. Изучаются сущность критического мышления в

процессе обучения студентов по направлению филологии его
роль в образовательном процессе и повседневной жизни,

а

также

педагогические

подходы

и

технологии,

способствующие его развитию. Формирование критического
мышления представлено как важный инструмент для
развития навыков анализа информации, самостоятельного

вывода и творческого мышления студентов. На основе

анализа отечественной и международной литературы

разработаны практические рекомендации.


KIRISH

Tanqidiy fikrlash – bu shaxsning axborotni izlash, tahlil qilish, baholash va

asoslangan xulosalar chiqarish qobiliyatini o‘z ichiga oluvchi murakkab jarayon. Hozirgi
rivojlanib borayotgan dunyoda insonning mustaqil fikrlashi, har qanday vaziyatda
ratsional qarorlar qabul qilishi hamda o‘z hayotiy yo‘lini belgilashda muhim vosita
sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni davrda ta’lim tizimida talabalarni nafaqat ma’lumotlarni
yodlashga, balki ulardan foydalanishga, tahlil qilishga va chuqur mulohaza yuritishga
o‘rgatish talab etiladi. Bu esa o‘quv jarayonida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. Tanqidiy
fikrlash talabalarning nafaqat ta’limda, balki kundalik hayotda ham ijtimoiy, iqtisodiy va
ma’naviy masalalarni hal qilishda muvaffaqiyatli bo‘lishlariga yordam beradi. Ushbu
maqolada tanqidiy fikrlashning mohiyati, uning ta’lim va hayotdagi roli hamda aynan
ta’lim tizimida filologoya yo’nalishi talabalarida bu ko‘nikmani rivojlantirish yo‘llari
ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tanqidiy fikrlashning mohiyati. Tanqidiy
fikrlash – bu insonning o‘z faoliyatida ma’lumotlarni mustaqil tahlil qilish, ular
orasidagimantiqiy bog‘liqliklarni aniqlash, baholash va asosli xulosalar chiqarish
qobiliyatini ifodalovchi jarayondir. U nafaqat bilim olish, balki bu bilimlarni chuqur
tushunish va ulardan oqilona foydalanish imkonini beradi. Bu ko‘nikma zamonaviy
dunyoning murakkabliklarini anglashda va insonni ongli qarorlar qabul qilishga
tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Tanqidiy fikrlashning asosiy xususiyatlari: Tahlil
qilish qobiliyati. Bu qobiliyat odamga har qanday ma’lumotni chuqur tahlil qilish,
ularning mazmunini anglash va bir-biriga bog‘liq jihatlarini aniqlash imkonini beradi.
Mantiqiy mulohaza yuritish. Tanqidiy fikrlovchi inson o‘z fikrlarini mantiqiy asoslash va
turli dalillarni birlashtirish orqali to‘g‘ri xulosalar chiqarishga intiladi. Neytral
yondashuv. Tanqidiy fikrlashda inson har qanday ma’lumotni subyektiv his-tuyg‘ulardan
xoli, neytral yondashuv bilan baholaydi. Kuzatuvchanlik va savol berish ko‘nikmasi.
Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan shaxs ma’lumotlar, voqealar va jarayonlarni
diqqat bilan kuzatadi hamda asosiy savollarga javob izlaydi. Yechimlar ishlab chiqish
qobiliyati. Bu ko‘nikma muammolarni tezkor va samarali hal qilish uchun ijodiy va
ratsional yondashuvni rivojlantiradi. Tanqidiy fikrlashning pedagogik mazmuni Tanqidiy


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

251

fikrlash ta’lim jarayonida quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: Talabalar o‘rgangan
bilimlarini tahlil qilib, ular orasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni aniqlashadi. O‘quvchilar
turli manbalarni solishtirish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini baholashadi.
Talabalar mustaqil xulosalar chiqarib, o‘z nuqtai nazarini asoslashga harakat qilishadi.

Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan talaba ijtimoiy tarmoqlarda

uchraydigan turli axborotlarni tahlil qiladi, ularning ishonchliligini tekshiradi va

shoshqaloqlik bilan xulosa chiqarishdan o‘zini tiyadi. Bu qobiliyat unga noto‘g‘ri

ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishning oldini olish imkonini beradi.

Tanqidiy fikrlashning ahamiyati Tanqidiy fikrlash insonga: O‘z fikrlarini asoslash va

isbotlash; Qiyin sharoitlarda tezkor qaror qabul qilish; Hayotiy vaziyatlarni chuqur

tushunish va oqilona echimlar topishda yordam beradi. Shunday qilib, tanqidiy fikrlash

zamonaviy ta’limning ajralmas qismi bo‘lib, talabalarni kelajakda ijtimoiy va professional

hayotda muvaffaqiyatli bo‘lishga tayyorlaydi.

TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH METODLARI

Talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish uchun quyidagi metodlardan

foydalanish mumkin: Muammoli ta’lim – talabalarni turli masalalar yechimini mustaqil

izlashga rag‘batlantirish. Munozara va debatlar – talabalarni o‘z fikrlarini asoslash va

himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.Matn va turli adabiyotlarning tahlili. Tanqidiy

fikrlash mavzusi bugungi kunda ko‘plab tadqiqotlarning diqqat markazida bo‘lib,

u zamonaviy ta’lim, psixologiya, pedagogika va ijtimoiy fanlar sohasida keng o‘rganilgan.

Ushbu bo‘limda mavzuga oid adabiyotlarning asosiy yo‘nalishlari va muhim xulosalari

tahlil qilinadi. Tanqidiy fikrlashning nazariy asoslari Peter A. Facione o‘zining

"The Delphi Report (1990)" maqolasida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun zarur

bo‘lgan ko‘nikma va qobiliyatlarni tizimli tasniflagan. U tanqidiy fikrlashni mantiqiy,

tahliliy va baholovchi yondashuv sifatida talqin qilib, uning inson qaror qabul qilish

qobiliyatidagi rolini yoritgan.

Stephen D. Brookfield (2012) Teaching for Critical Thinking tanqidiy fikrlashni

ta’limda o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishning vositasi sifatida baholagan. Ular

tanqidiy fikrlashni shakllantirish uchun o‘qituvchilarning muhim vazifasi sifatida tahliliy

savollar berishni va mustaqil fikrlashni qo‘llab-quvvatlashni tavsiya etganlar. Pedagogik

yondashuvlar va texnologiyalar Diane F. Halpern o‘zining "Thought and Knowledge:

An Introduction to Critical Thinking" asarida ijtimoiy muloqotning tanqidiy fikrlash

rivojidagi o‘rni haqida so‘z yuritadi. Unga ko‘ra, talabalar fikrlash jarayonini o‘zaro

hamkorlik va muhokamalar orqali shakllantiradilar. John Dewey, “How We Think” (1910,

qayta ishlangan nashri – 1933) kitobida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish

uchun o‘qituvchilarning qanday pedagogik strategiyalarni qo‘llashi lozimligini batafsil

bayon qilgan. U muammoli ta’lim va real hayotiy keys-stadilarni asosiy vositalardan biri

sifatida ko‘rsatgan.3. Tanqidiy fikrlashning psixologik aspektlari Piaget J. (1970) tanqidiy

fikrlash rivojlanishini tafakkur va kognitiv rivojlanish jarayoni bilan bog‘liq holda

o‘rgangan. U tanqidiy fikrlashni talabalar yoshiga qarab turli bosqichlarda rivojlantirish

mumkinligini asoslagan. Facione P.A. (1990) o‘zining "The Delphi Report" ishida tanqidiy

fikrlashning kognitiv va affektiv jihatlarini ajratib, bu ko‘nikmaning baholash mezonlarini

ishlab chiqqan. Tanqidiy fikrlashning amaliy qo‘llanilishi Halpern D.F. (1998) "Teaching

Critical Thinking for Transfer Across Domains" maqolasida tanqidiy fikrlashni

rivojlantirishning hayotiy ahamiyatini ko‘rsatib, bu ko‘nikmalarni turli sohalarda qo‘llash

imkoniyatlarini tahlil qilgan. Lipman M. (2003) "Thinking in Education" asarida tanqidiy

fikrlashni ta’limning asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilab, uning nafaqat

intellektual, balki axloqiy rivojlanishga ham xizmat qilishini qayd etgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

252

XULOSA

Tanqidiy fikrlash – bugungi kunda nafaqat ta’lim tizimining, balki shaxsning har

tomonlama rivojlanishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqola davomida
tanqidiy fikrlashning mohiyati, uning ta’lim va hayotdagi o‘rni hamda rivojlantirish
usullari tahlil qilindi.

Tanqidiy fikrlash talabalarning:Axborotlarni tahlil qilish; Noto‘g‘ri yoki ishonchsiz

ma’lumotlarni aniqlash;Muammolarni hal qilish uchun ijodiy va ratsional yondashuv
ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.Adabiyotlar tahlili
shuni ko‘rsatadiki, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun pedagogik texnologiyalar,
muammoli ta’lim va interaktiv metodlar samarali hisoblanadi. Ushbu yondashuvlar
talabalarni mustaqil fikrlashga va o‘z qarorlarini asoslashga undaydi.

Amaliy tavsiyalar

Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlashni shakllantirish:Muammoli savollar va vazifalar

asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish;Talabalarni turli manbalar bilan ishlashga
rag‘batlantirish; Munozara va debatlarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish. O‘qituvchilar
uchun metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish:Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat
qiluvchi pedagogik strategiyalarni o‘rgatish;

Interaktiv va muammoli yondashuvlar asosida darslarni loyihalashtirish.

Tanqidiy fikrlashni baholash mezonlarini joriy qilish: Talabalarning tahliliy,

mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o‘lchash uchun maxsus ko‘rsatkichlar ishlab
chiqish. Shunday qilib, tanqidiy fikrlashning rivojlanishi nafaqat talabalarning ta’limdagi
muvaffaqiyatini, balki ularning hayotiy vaziyatlarga moslashish qobiliyatini ham oshiradi.
Bu esa jamiyatda yuqori malakali, intellektual salohiyatli kadrlarni shakllantirishda
asosiy omil hisoblanadi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni
davom ettirish, milliy va xalqaro tajribalarni o‘rganish ushbu yo‘nalishdagi ishlarni
yanada rivojlantirish uchun zarurdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ennis, R. H. (1987). A Taxonomy of Critical Thinking Dispositions and Abilities.

In J. B. Baron & R. J. Sternberg (Eds.), Teaching

2.

Thinking Skills: Theory and Practice. New York: W.H. Freeman and Company.

3.

Paul, R., & Elder, L. (2002). Critical Thinking: Tools for Taking Charge of Your

Professional and Personal Life. Financial Times Prentice Hall.

4.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher

Psychological Processes. Harvard University Press.

5.

Brookfield, S. D. (2012). Teaching for Critical Thinking: Tools and Techniques to

Help Students Question Their Assumptions. JosseyBass.

6.

Halpern, D. F. (1998). Teaching Critical Thinking for Transfer Across Domains:

Dispositions, Skills, Structure Training, and

7.

Metacognitive Monitoring. American Psychologist, 53(4), 449–455.

8.

Facione, P. A. (1990). The Delphi Report: Critical Thinking: A Statement of

Expert Consensus for Purposes of Educational Assessment

9.

and Instruction. The California Academic Press.

10.

Lipman, M. (2003). Thinking in Education. Cambridge University Press.

11.

Piaget, J. (1970). The Science of Education and the Psychology of the Child.

Oxford University Press.

Библиографические ссылки

Ennis, R. H. (1987). A Taxonomy of Critical Thinking Dispositions and Abilities. In J. B. Baron & R. J. Sternberg (Eds.), Teaching

Thinking Skills: Theory and Practice. New York: W.H. Freeman and Company.

Paul, R., & Elder, L. (2002). Critical Thinking: Tools for Taking Charge of Your Professional and Personal Life. Financial Times Prentice

Hall.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press.

Brookfield, S. D. (2012). Teaching for Critical Thinking: Tools and Techniques to Help Students Question Their Assumptions. JosseyBass.

Halpern, D. F. (1998). Teaching Critical Thinking for Transfer Across Domains: Dispositions, Skills, Structure Training, and

Metacognitive Monitoring. American Psychologist, 53(4), 449–455.

Facione, P. A. (1990). The Delphi Report: Critical Thinking: A Statement of Expert Consensus for Purposes of Educational Assessment

and Instruction. The California Academic Press.

Lipman, M. (2003). Thinking in Education. Cambridge University Press.

Piaget, J. (1970). The Science of Education and the Psychology of the Child. Oxford University Press.