Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Ancient Turkic monuments in Eshkobil Shukur's works:
imagery and methods of expression
Nargiza NORMURODOVA
1
Gulistan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
10
February 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
This article discusses the work of Eshkobil Shukur, a poet
who has been contributing to Uzbek poetry with his prolific
work, and his poems infused with a unique folk-like rhythm.
The article focuses on Eshkobil Shukur's remarkable and unique
poems about inscriptions on ancient historical tablets,
providing an artistic analysis of these works.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
image,
style of expression,
mastery of word usage,
ancient inscriptions,
power of words,
magastvi.
Eshqobil Shukur ijodida qadimgi turkiy yodgorliklar:
obraz va uning ifodalanish usullari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
obraz,
ifoda uslubi,
so‘z qo‘llash mahorati,
qadimgi bitiktoshlar,
so‘z qudrati,
mag‘astvi.
Ushbu maqolada o‘zining sermahsul ijodi bilan o‘zbek
she’riyatiga hissa qo‘shib kelayotgan shoir Eshqobil Shukurning
ijodi, uning o‘ziga xos xalqona ohang bilan yo‘g‘rilgan she’rlari
xususida so‘z yuritiladi. Eshqobil Shukurning qadim tarix
zarvaraqlaridagi bitiktoshlar haqidagi ajoyib, takrorlanmas
she’rlariga murojaat etib, badiiy tahlil qilinadi.
1
PhD, educator-pedagogue, Creative School named after Khalima Khudoyberdieva, Gulistan State University.
E-mail: nargizanormurodova1982@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
254
Эшкобил Шукур в творчестве древнетюркских
памятников: образ и способы его выражения
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
образ,
манера выражения,
умение использовать
слова,
древние писцовые камни,
сила слова,
магастви.
В данной статье рассматривается творчество поэта
Эшкобила Шукура, который вносит значительный вклад в
узбекскую
поэзию
своими
плодотворными
произведениями, и его стихи, проникнутые своеобразной
народной мелодичностью. Обращаясь к прекрасным,
неповторимым стихотворениям Эшкобила Шукура о
надписях на каменных плитах, хранящихся на золотых
страницах древней истории, проводится художественный
анализ его творчества.
Biz bilamizki, mustaqilligimiz tufayli har jabhada juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Ayniqsa, ma’naviyatimizning asosi bo‘lgan o‘zbek adabiyotiga, so‘z san’atiga bo‘lgan
qarashlar, munosabatni yaratilgan badiiy asarlarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Mustaqilligimiz ma’naviy qadriyatlarimizning tiklanishi, o‘zligimizni yanada yaqqolroq
anglashimiz uchun juda katta zamin yaratib berdi. Bu yangi davr adabiyot tarixiga ham
boshqacha nazar bilan qarash imkonini berdi. Bu esa, albatta, zamonaviy-badiiy
jarayonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ayniqsa, o‘zbek she’riyatida bu tub tarixiy
evrilishlarning akslarini ko‘ra boshladik. O‘zbek she’riyati yetarli darajada ma’naviy
miqyosdan, badiiy salohiyat nuqtai nazaridan ham o‘sdi. Bu she’riyatning alohida ajralib
turadigan jihati shu ediki, bunda shoir qalbidagi his-tuyg‘ularini ko‘proq aks ettira
boshladi. Yangi mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida xalqimizning har bir a’zosida
bo‘lgani kabi ijodkorlar, xususan, shoirlar qalbida ham mustaqillikka shukronalik tuyg‘usi
bo‘lishi bilan birga buyuk kelajagimizga bo‘lgan ishonch ham bor edi, albatta. Bu davrda
sermahsul ijod qilgan shoirlar Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf,
Halima Xudoyberdiyeva, Azim Suyun, Usmon Azim, Sirojiddin Sayyid, Oydin Hojiyeva,
Iqbol Mirzo, Abduvali Qutbiddin, Salim Ashur, Faxriyor, Xosiyat Xusanova, Qo‘chqor
Norqobil, Omon Matjon kabi shoirlar orasida o‘z yo‘li va ovoziga ega shoir Eshqobil
Shukurning ham alohida o‘rni bor, albatta.
“Osha tanish ohang shoirni boshqalardan ajratib “Bu Eshqobil Shukur she’ri” deb
shivirlagan ohang va rangin tuyg‘ular, yangi ohanglar bilan o‘rangan. Bu she’rlardan
ufurib turgan harirlik, osha ko‘xna she’rni she’r qilib kelgan hech qachon baqirmaydigan,
faqat shivirlaydigan hazinlik, kishini tushkunlikka emas, yorug‘likka chorlaydigan
hazinlik, yorqin tus olgani va tozaligi, Ibrohim muallim aytmoqchi “jadidiy” ma’nosi bilan
ajralib turadi..” [1].
Darhaqiqat, Eshqobil Shukur she’riyati hazin ohanglar emas, qalbni yashnatuvchi,
ruhni davolovchi nozik bir tizmalardir. Eshqobil Shukur she’riyati ozining ohangdorligi,
go‘zallikni tarannum etuvchi, goh tarixning eng buyuk, qadimiy davrlariga murojaat eta
olgan, o‘sha qadim navolarni qalblarimizda uyg‘ota olgan inja bir she’riyatdir. Ayniqsa,
shoir ijodini bezab turuvchi xalqona ohang va qadimiy navolar Eshqobil Shukurning xalq
va vatan taqdiri, kelajagi, tarixi oldida naqadar burchli ekanligidan dalolat beradi.
Eshqobil Shukur o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rnini topa olgan, o‘z ovoziga ega bo‘lgan
shoirdir. Shoirning ilk she’riy to‘plami “Yurakni o‘rganish” (1984) nomi bilan chop
etilgan. Shundan so‘ng uning “Sochlari sumbul” (1988), “Yashil qushlar” (1995), “Hamal
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
255
ayvoni” (2000) she’riy kitoblari va 2005-yilda “Ko‘xna bog‘ rivoyatlari” nasriy kitobi
nashr etilgan. “Naqshband”, “Ibtido xatosi” kabi dostonlari “Nasoyim-ul muhabbatga
sayr” turkumi, shuningdek, “Oqibat oqshomi”, “Dunyoning ko‘chishi” kabi qissalari ham
keng kitobxonlarning sevimli asarlariga aylanib ulgurgan. 2022-yil nashr etilgan
“Bobosoz izidan” nomli qayta to‘ldirilgan nashri tez fursatda o‘zbek ziyolilarining
e’tiborini qozondi. Ijobiy ma’nodagi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Bobosoz izidan”
kitobi yozuvchi Eshqobil Shukurning ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatidan darak
beradi. Kitobning bosh sahifasidagi “mehr va muhabbat bilan, azizim, mehribonim,
suyuklim ona tilimga bag‘ishlayman” degan jumlalari fikrimiz dalilidir.
O‘zbek she’riyatining zabardast vakillaridan biriga aylangan Eshqobil Shukur
ijodida o‘ziga xos ohanglarni, ezgulikka yo‘g‘rilgan misralarni, Vatan tarixining eng ko‘xna
davrlariga murojaat etib, ularni bugungi kun nigohi bilan ko‘ra olgan shoir qalbini
sezgandek bo‘lamiz.
Shoirning qalb istagi, ko‘ngil amri bu she’r yozmoqdir. She’r yozganda ham
insonning qalbiga, yuragiga ta’sir eta oladigan, uni mushohadaga chorlab, junbishga
keltira oladigan misralarni topib yozishdir. Eshqobil Shukur ijodining mavzu ko‘lami
rang-barang.Unda momolarimiz dildan kuylagan o‘sha qadim yor-yor ohanglarini ham,
keng dalada javlon urgan bolakay o‘yinqaroqliklari-yu, hammaga tanish sevgi-muhabbat
ohanglarini ham bot-bot uchratish mumkin. Fikrimiz dalili sifatida shoirning
“Ko‘ngil yoshi” she’ridagi mana bu misralarga quloq solaylik-chi:
“Ko‘nglim gulga to‘ldi alvon daladay,
Unda yalpizbo‘yli yellar yeladi
Huv kitob qo‘ltiqlab yurgan boladay,
Mening go‘zal she’rlar yozgim keladi.”
Yoki:
“Umr bahorimi, kuzmi, qishimi,
Ulug‘lab o‘tarman ulug‘ hayotni
Har kim yashab o‘tsin ko‘ngil yoshini
Har dil Vatan tutsin Adabiyotni [2]
Shoir Eshqobil Shukur she’rlarida ana shunday she’riyatga, adabiyotga bo‘lgan
go‘zal bir beg‘ubor sevgini ko‘ramiz. Hayotni sevish, umrning qay fasli bo‘lsa-da, uni
ulug‘lash shoir qalbining muddaosidir. Xalqona ohanglar bilan sug‘orilgan Eshqobil
Shukur ijodi har qanday inson yuragiga qadim-qadim, sokin va betimsol navolarni olib
kiradi. O‘zbek xalqining boy tarixiy o‘tmishi, ma’naviyati, madaniyatini o‘zida aks ettirgan
shoir ijodi alohida bir tahsinga loyiqdir. Masalan, o‘sha qadim kuy-navolarni yodga
soluvchi mana bu “Sumbula” she’riga bir quloq tutaylik-a:
“Sumbula-yo,sumbula,
O‘rab olay gul bilan.
Mening ko‘nglim siz bilan-ey,
Siz ketasiz kim bilan?
Sumbula,jon,sumbula.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
256
Turnalarim ketmoqdalar
Ko‘z yoshday qator-qator.
Turnalarim ketmoqdalar sochlaringizday uzun.
Osmonda bulut bo‘lib yig‘laydi g‘amgin bahor
Qaldiroqlar qulab ketar.
Ko‘kdan yerga siz uchun
Sumbula, jon, Sumbula,
Siz ketasiz kim bilan? [3].
Eshqobil Shukur ijodida bu kabi milliyligimiz aks etgan qadimiy qo‘shiqlarni ko‘p
uchratishimiz mumkin.Bunday xalqona ohanglar, albatta, har qanday kitobxonni o‘ziga
maftun eta oladi. Hattoki, Eshqobil Shukurning bu kabi she’rlari ko‘plab ustoz xalq
shoirlarining mehr va e’tibori, chin ma’nodagi e’tiroflariga ham sazovor bo‘lgan. Masalan,
O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim shoir she’rlariga shunday ta’rif beradi:‘‘Eshqobilning
she’rlari g‘alati-go‘yo ko‘pni ko‘rgan odamning yozganiga o‘xshaydi:bosiq va chuqur,
shu bilan birga satrlarida allaqanday jangovarlik, qaysarlik bor.She’rlari unutilayozgan
ohanglarga, unutilayozgan so‘zlarga boy” [4]. Yoki O‘zbekiston xalq yozuvchisi
Erkin A’zam ham Eshqobil Shukur ijodining alohida qirrasi haqida mana shunday iliq
fikrlarini aytadi: “She’r so‘zi bo‘lmaydi.Demoqchimanki, so‘zlar orasida she’rga
mo‘ljallangan alohida so‘zlar bo‘lmaydi.Lekin chin shoirning qo‘liga tushsa, hamma so‘z
she’r bo‘ladi.Eshqobil juda xalqchil shoir. Shunday bo‘lsa-da, boshqalarga o‘xshamaydi.
Men qidirib ko‘rdim, kimga o‘xshar ekan deb, yo‘q, o‘xshamaydi.” [5]. Darhaqiqat,
Eshqobil Shukur ijodining eng muhim bezab turuvchi, ungagina xos bo‘lgan bu jihat uning
xalqchilligidir. Bizga ma’lumki, shoir ijodidagi “Hamal ayvoni” to‘plami alohida
ahamiyatga ega. Negaki, bu to‘plamda shoirning eng sara she’rlari jamlangan. Shuni
alohida ta’kidlab o‘tish joizki,bu to‘plamda shoir qadimgi yodgorliklarimiz bo‘lgan
bitiktoshlar haqida o‘zining dildagi hasrati, armonini aks ettiradi. “Hamal ayvoni”
kitobining bosh sahifasidagi quyidagi so‘zlarga e’tibor qaratamiz: “... she’rlarda insonning
ruhan ozodligi, qalb kechinmalari badiiy talqin etiladi. Shoirning she’rlari majoziy
sifatlari, xalqning qadimiy ohanglarini o‘ziga singdirgani bilan ayricha go‘zal bir manzara
hosil qiladi. So‘fiyona naqllar, fikrlar taloshida suvratlanadiki, bu hol nazm hamisha
ilohiyotdan suv ichajagiga botinda yana bir karra ishonch uyg‘otadi” [6]. Darhaqiqat,
Eshqobil Shukur qalamiga mansub “Hamal ayvoni” she’riy to‘plamining “Qadimgi daftar
yoxud unutilgan ohanglar” turkum she’rlari o‘ziga xos shoirona uslubda, o‘ziga xos ifoda
yo‘sini bilan ajralib turadi. Bu turkum she’rdagi “Vatan”(qadimgi bolaning qadimgi
qo‘shig‘i”, “Irq bitigi”ga bitik”, “Sevgi”, “Yonib ketgan marsiya bo‘laklari”, “Qadimgi
shoirning tug‘ilishi”, “Fasllar haqida ibtidoiy bitik”, “Kuyov”, “Istibdod”, “Yo‘qolgan
bitiktoshdagi yozuv”, “Qadimgi kuy”, “Singilga bag‘ishlov”, “Ko‘xna yurt haqida yangi
she’r” kabi turkum she’rlari o‘zbek xalqining eng buyuk tarixga ega millat sifatida hayot
kechirganini, hech bir millat tenglasha olmaydigan juda yuksak tarixi, shajarasi, buyuk-
buyuk ajdodlari borligidan faxrlanadigan xalq ekanligini anglatuvchi she’rlardir.
Bizga ma’lumki, xalqimiz ma’naviyatining shakllanishida uzoq o‘tmishda yaratilgan
yozma yodgorliklar alohida ahamiyatga ega. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari tarkibiga kirgan
qadimiy bitiktoshlar ana shu uzoq o‘tmish, tarix haqida so‘zlovchi qimmatbaho
manbalardir.Bu bitiktoshlar bilan tanishgan har qanday insonning ko‘nglida Vatan
tarixini, adabiyotini, ilmiy-madaniy merosini, qadim-qadim ildizlarini sinchiklab
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
257
o‘rganish istagi paydo bo‘ladi.O‘rxun-Enasoy yodgorliklari tarkibiga kirgan “Tunyuquq
bitigtoshi”, “Kul Tegin bitigtoshi”, “Bilga xoqon bitigtoshi”, “Irq bitigi” kabilarni o‘qib
hayratga tushib, turkiy xalqlarni birlashtirib, o‘z erki uchun kurashgan xalq yetakchisi,
dono maslahatchi, kuchli, botir sarkardalar haqidagi bitiklar shoir Eshqobil
Shukur qo‘liga ham qalam tutqazgan bo‘lsa, neajab.Shoir Eshqobil Shukur “Hamal
ayvoni” to‘plamidagi “Qadimgi bitiktoshlarga yozuvlar” turkum she’rlarida ana o‘sha
bitiktoshlardan olgan hissiyotlarini to‘kib soladi.
“So‘z ilohiy ne’mat, shu bois so‘z aytish hamisha ulkan mas’uliyatdir.Jamiyat, millat
yoki insonga qilinadigan zulm uning so‘ziga zug‘umdan boshlanadi. Har qanday erk ham
so‘z hurligidan ibtido oladi.Shu boisdan so‘z erkinligi hur insonning dastlabki talabi
hisoblanadi” [7]. – deydi adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshev. Darhaqiqat, so‘z
muqaddas va qudratli kuchga ega ilohiy ne’matdir.Shoir Eshqobil Shukur ham ana ilohiy
ne’mat so‘z qudratini e’tirof etgan holda “Qadimgi bitiktoshlarga yozuvlar’’ turkumidagi
1-she’rni ham “So‘z” deb ataydi va buni shunday izohlaydi:
“Baridan muqaddas so‘z bo‘ldi faqat
Tangrilar insondan qizg‘ongan daho
Boshi bir yoqadan chiqqan mamlakat,
Mangulikni yo‘rgaklagan ibtido.
Baridan muqaddas so‘z bo‘ldi faqat.
Olamdan o‘tganni tuproq ostiga,
Tuproqning ustiga so‘zni qo‘ydilar
Quyoshdan uyalib, oydan uyalib,
Yalang‘och yuraklar so‘zni kiydilar” [8].
Shoir ushbu ‘‘Olamdan o‘tganni tuproq ostiga, tuproqning ustiga so‘zni qo‘ydilar”
misralari orqali har qanday inson bu dunyoni tark etsa-da, ammo undan faqat yaxshi
a’mol qolajagini ta’kidlab o‘tadi. Ya’ni so‘z uning yodi, yo yaxshi, yoki yomon yodi bilan
inson abadiy qolajagini uqtiradi. Nafaqat inson, balki, butun bir boshli mamlakatning
ibtidosi so‘zdan boshlanib, so‘z bilan tugaydi. Ahil, inoq, birlashgan xalqqina dunyoda o‘z
qudratli “so‘z”ini ayta oladi, deydi shoir. “Chinakam shoir she’r yozayin deb emas, balki
bag‘ridagi olov shashtini pasaytirayin deb, chorasizlikdan qo‘l uradi bu ishga
quvonchning yo‘rig‘i boshqa. Kishi har qanday quvonchni ko‘tara olishi mumkin, lekin
g‘amni kim bilandir bo‘lishgisi keladi. She’r-qisib-bostirib kelayotgan dard zarbalaridan
qochishning eng shaxsiy yo‘li” – deydi taniqli adib va olim Ulug‘bek Hamdam” [9].
Darhaqiqat, haqiqiy shoirni ilhomning, ichki bir dardning o‘zi tinmay ta’qib etadi,
ana shundan bir go‘zal she’r paydo bo‘ladi. Eshqobil Shukurning qalbi haqiqatni izlab,
to‘lib ketganidan, dardlari toshib ketganidan qo‘liga qalam oladi va xayolan tarixning eng
qadim davriga murojaat etadi. “Tashlab ketilgan ming yilliklar” nomli II she’riy parchada
shoir erkinlikni qumsagan qalb hasratini to‘kib soladi. Tarix sahifasidagi o‘tmish
xotiralardagi go‘yo mum tishlagan odamdek qotib qolgan inson dardini, xalq dardini
tasvirlaydi. Ana shu dardlarni eldan elga, asrdan asrga olib yuruvchilar, ya’ni – “she’r” va
“shoir”ni o‘zgacha bir tashbehlarda ifoda etadi. E’tibor qaratamiz:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
258
Og‘iroyoq toshlarning homilasi-shoirlar,
Uch ming yildan beri dardning tishlari bilan
Ayamay yuragin tishlab kelgan shoirlar.
Toshlarning tor qornida uch ming yildan beri
Yuzlab mashrablar yagona bir she’rni aytar,
Toshlarning to‘lg‘og‘i haqida u she’r…
U she’r…
Og‘iroyoq toshlarning homilasi- shoirlar… [10].
Darhaqiqat, Eshqobil Shukur ta’biri bilan aytganda tarixiy haqiqatlarni u davrdan
bu davrga tashib kelayotgan insonlar “ayamay yuragin tishlab kelgan shoirlar”dir.
“…inson mohiyati turli davrlar she’riyatida turlicha jilo beradi.Chunki har bir davr
alohida spetsifikaga ega ijtimoiy-psixologik muhit sifatida insonga-shoirga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi va bu ta’sir shoir orqali she’rga ko‘chadi. Shu tariqa she’riyat shoir tomonidan
taklif etilgan davr siyratini aks ettiruvchi ko‘zguga aylanadi. Zero, shoir shaxsini muayyan
iqlimli davr yoki davrlar yetiltiradi.Shunga ko‘ra, uning she’riyati o‘zi mansub bo‘lgan
davr (yoki davrlar) ruhi bilan to‘yingandir. Binobarin, ma’lum ma’noda she’r davr
farzandi hamdir. Lekin she’r muayyan bir davrgagina bog‘lanib qolmaydi, shunday
she’rlar borki, ular davrlar osha yashaydi. Bunda shoir shaxsi muhim o‘rin tutadi. Chunki
shoir individlik qobig‘ini yorib, shaxslik maqomi sari boshlovchi yo‘lga chiqib olgan yoki
o‘sha maqomga erishgan bo‘ladi.Chunki shaxslik, avvalo, bir kalla baland bo‘lib dunyoga
boqishdir, o‘tmish, hozir va kelajakni uzviy bog‘liqlikda va o‘zaro qonuniy aloqadorlikda
ko‘ra bilishdir, o‘zlikni ko‘pchilikning manfaati yo‘lida fido qilish va eng muhimi, hayotni
qalb amriga muvofiq qurish salohiyatidir. Shoir shaxsi ana shunday fazilatlar sohibi ekan,
she’r ham shunga yarasha ma’nan yuksalib boradi. Shuning uchun ham shaxs-shoir
qismat shoiri va u davrdan mavzu olishi barobarida o‘rni kelganda unga mavzu ham
beradi, bera oladi. Shu tarzda haqiqiy she’riyat faqat davrning farzandi bo‘lib qololmaydi,
u shaxs shoir qiyofasida davrlarga o‘git beradi, uning holiga u yoki bu darajada ta’sir
o‘tkazadi” [11].
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Eshqobil Shukur she’rlari o‘zining ma’no-
mazmuni kuchliligi, misralardagi so‘z qo‘llanishining o‘zgachaligi, ifoda usuli bilan
alohida ajralib turadi. Ayniqsa, biz tahlilga tortgan she’rlardagi qadimgi turkiy
yodgorliklarni, shu bahonada qadim va buyuk tariximizni yodga olishga yordam bergan,
biz o‘zbek xalqi azal-azaldan tengsiz tarixga ega xalq ekanligimizni yana bir bor eslatib
o‘tadi. Bizning xalqimiz ko‘p tarixiy davrlarni boshidan kechirdi. Turli bosqinlar ostida
ezildi, ammo hech qachon o‘zligidan o‘zbekligidan ayro tushmadi.Qadim tarixda
ota-bobolarining qoldirgan milliy g‘ururi, or-nomusini saqlab qoldi. Bu o‘gitlar, mardlik,
g‘urur kabi tuyg‘ular aks-sadosini biz ana shu qadim yodgorliklarimizda ko‘ramiz.Buni
bizga yetkazguvchi, albatta, Eshqobil Shukur kabi tarixini, qadim an’analarini unutmagan
xalqparvar shoirlardir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Abdulla Ulug‘ov “Adabiyotshunoslikka kirish”.”Universitet”,Toshkent-2005.
2.
Abdulla Ulug‘ov “Adabiyotshunoslik nazariyasi”.G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent-2018.
3.
Dilmurod Quronov “Adabiyotshunoslikka kirish”. “Fan”, Toshkent-2007
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
259
4.
Dilmurod Quronov Vahob Rahmonov. G‘arb adabiy-tanqidiy tafakkuri tarixi
ocherkalri.”Fan”, Toshkent-2008
5.
Dilmurod Quronov “Adabiyot nazariyasi asoslari”, “Noshir”, Toshkent-2019
6.
Эшкобил Шукур “Бобосуз изидан”, ‘‘Adabiyot”, Тошкент-2022
7.
Eshqobil Shukur “Hamal ayvoni”,
8.
Qozoqboy Yo‘ldosh “So‘z yolqini”, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, Toshkent-2018.
