Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The concept of authorial consciousness and its forms of
expression in autobiographical works
Abduvakhob ZARIPOV
1
Samarkand State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
10
February 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
This article scientifically and systematically examines the
entry of autobiographical authors, and creative individuals in
general, into the world of artistic creation. It explores the
connections in consciousness between the work's protagonist,
narrator, and author, as well as the boundaries between author
and narrator, and author and character, which create a unique
creative space within the text. The study argues that the
narrator's image does not fully correspond to the author, but
rather performs important functions while maintaining a
certain distance. Based on scholarly perspectives, it is
substantiated that the narrator becomes a unique mask for the
author, helping to alleviate the burden of responsibility, and can
reflect the author's will, which does not exist within the artistic
world of the work itself.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
autobiographical,
memoir,
author's consciousness,
Western scholarship,
comparison,
narrator,
author,
character,
psychological development,
the concept of "self".
Muallif ongi tushunchasi va uning avtobiografik asarda
ifodalanish shakllari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
avtobiografik,
memuar, muallif ongi,
G‘arb ilm-fani,
qiyoslash,
hikoyachi,
muallif,
personaj,
ruhiy-psixologik rivojlanish,
“men” tushunchasi.
Ushbu maqolada avtobiografik asarlarning mualliflari,
umuman, ijodkorning ijod olamiga kirib kelishi, asarning
qahramoni, hikoyachi va muallif ongidagi aloqadorlik, muallif va
hikoyachi, muallif va personaj o‘rtasidagi chegaralar matnning
o‘ziga xos ijodiy makonni yaratishi ilmiy tomondan izchil
asoslangan. Dalillarda hikoyachi obrazining muallifga to‘liq mos
kelmasligi, undan ma’lum darajada masofada turib, muhim
vazifalarni bajarishi asoslanadi. Bunda hikoyachi muallifning
o‘ziga xos niqobiga aylanishi, unga mas’uliyat yukini
1
Independent Researcher, Samarkand State University. E-mail: qovunchi1989@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
322
zimmasidan soqit qilishga ko‘maklashishi hamda asarning
badiiy olamida mavjud bo‘lmagan muallifning irodasini aks
ettira olishi olimlarning qarashlari asosida asosli tadqiq etilgan.
Концепция авторского сознания и формы его
выражения в автобиографическом произведении
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
автобиографический,
мемуары,
авторское сознание,
западная наука,
сопоставление,
повествователь,
автор,
персонаж,
духовно-психологическое
развитие,
концепция «я».
В
данной
статье
научно
и
последовательно
обосновывается,
как
авторы
автобиографических
произведений входят в мир творчества, как создается
уникальное творческое пространство текста через связь в
сознании героя произведения, рассказчика и автора, а также
через границы между автором и рассказчиком, автором и
персонажем. На основе доказательств утверждается, что
образ рассказчика не полностью соответствует автору,
выполняя важные задачи с определенной дистанции.
При этом, опираясь на взгляды ученых, обоснованно
исследуется, как рассказчик становится своеобразной
маской автора, помогая ему снять с себя бремя
ответственности, и как он может отражать волю автора, не
существующего в художественном мире произведения.
KIRISH
Ijodkor shaxsiyatining rivojlanishi fanning turli sohalaridagi tadqiqotchilarni
doimo qiziqtirib kelgan. Adabiy ijodning ajralmas hodisasi sifatida muallif ongi ijodkor
shaxsining shakllanishi va taraqqiyot jarayonini o‘rganish imkonini beradi. U muallifning
dunyoqarashi, hissiy holati va ma’naviy izlanishlaridagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi
ko‘zgu vazifasini bajaradi. Badiiy asarlarda muallif ongini tadqiq etish ijodning psixologik
tabiatini tushunishda yangi yutuqlarga olib chiqadi.
Muallif ongi adabiy-badiiy asarning markaziy kategoriyasi sanaladi. U so‘z estetik
belgisining mazmuniy asosini shakllantirib, adabiy-badiiy muloqot jarayonida
tug‘iladigan ma’noning shakllanishida hal qiluvchi unsur vazifasini bajaradi. Shuningdek,
muallifning ongi uning haqiqiy shaxsiyatini aniq aks ettirmaydi, balki turli badiiy
vositalar yordamida matnda yaratilgan murakkab tuzilmani ifodalaydi.
Muallif ongi – bu shunchaki muallif g‘oyalari va qarashlari yig‘indisi emas, balki
matnni yaratish jarayonida shakllanadigan va o‘quvchi tomonidan asarning ajralmas
qismi sifatida qabul qilinadigan o‘zaro bog‘liq elementlarning murakkab tizimidir. Muallif
ongini o‘rganish asarning ma’nosini chuqurroq anglash, muallif bilan muloqot o‘rnatish
va adabiy ufqlarini kengaytirish imkonini beradi. Biroq bunda muallif ongi adabiy
asarning tarkibiy qismlaridan biri ekanligini va uni to‘liq tushunish uchun boshqa
omillarni ham hisobga olish kerakligini yodda tutish muhimdir. Shu boisdan masalaga
chuqurroq kirish uchun muallif ongi prizmasining tadrijiy shakllanish jarayoniga
e’tiborimizni qaratsak.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
XX asrning ikkinchi yarmida muallif muammosini o‘rganishga B.A. Uspenskiy
salmoqli hissa qo‘shdi. U muallif nuqtai nazarini turli qarashlarning murakkab o‘zaro
ta’siri sifatida ko‘rib chiqib, shunday ta’kidlaydi: ... badiiy matn tuzilishini turli nuqtai
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
323
nazarlarni, ya’ni hikoya (tavsif) amalga oshiriladigan muallif pozitsiyalarini ajratib
ko‘rsatish va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish orqali tavsiflash mumkin.
V.V. Vinogradov, M.M. Baxtin va boshqa olimlarning ishlariga asoslanib, Uspenskiy
matndagi nuqtai nazarlar namoyon bo‘ladigan to‘rtta darajani ajratib ko‘rsatadi: g‘oyaviy
reja, frazeologik reja, makon va zamon tavsifi rejasi hamda psixologik reja. U ushbu
darajalarning bir-biridan mustaqilligini ta’kidlab, ularning muallifning dunyoni yaxlit
idrok etishini aks ettirishini qayd etadi. Uspenskiy nuqtai nazarlarni ifoda va mazmun
(tasvir va tasvirlanayotgan narsa) mavjud bo‘lgan semantika va san’at turlari bilan
bog‘laydi. Izohlaydigan bo‘lsak, Uspenskiy har bir badiiy asarda ifoda va mazmunning
dialektik birligi mavjudligini ta’kidlab, nuqtai nazar, semantika va san’atning turli
ko‘rinishlari o‘rtasida chuqur aloqadorlikni o‘rnatadi deb fikr bildiradi. Shunday qilib,
muallifning nuqtai nazari nafaqat materialni taqdim etish usulini belgilaydi, balki
asarning o‘ziga xos semantikasini shakllantiradi, unga betakror badiiy tasvir beradi.
Muallif va hikoyachi, muallif va personaj o‘rtasidagi chegaralar matnning o‘ziga xos
ijodiy makonini yaratadi. Hikoyachi obrazi muallifga to‘liq mos kelmay, undan ma’lum
darajada masofada turib, muhim vazifalarni bajaradi. Birinchidan, hikoyachi muallifning
o‘ziga xos niqobiga aylanib, unga mas’uliyat yukini zimmasidan soqit qilishga
ko‘maklashadi hamda asarning badiiy olamida mavjud bo‘lmagan muallifning irodasini
aks ettiradi. Ikkinchidan, u kitobxonga nafaqat syujet vaziyatining mohiyatini va
personajlar tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini yetkazadi, balki yashirin va noaniq
ma’nolarni ochib berish orqali hikoyaning muayyan lahzasida qahramonlarning kayfiyati
va his-tuyg‘ularini yanada chuqurroq emotsional idrok etishga ko‘maklashadi.
Uchinchidan, badiiy matnga hikoyachi obrazining kiritilishi o‘quvchi va muallif
o‘rtasida bevosita muloqot ta’sirini yaratadi. Bu jarayonda muallif, hikoyachi va kitobxon
ongi o‘ziga xos tarzda birlashadi. Hikoyachi voqealarni shunchaki so‘zlab beruvchi rolida
qolmaydi, balki hikoya tafsilotlari va syujet mantiqini nozik tarzda tiklaydi. Ba’zan
muallif, o‘quvchiga shunday tuyulishi mumkinki, muayyan badiiy maqsadlarni ko‘zlab,
o‘zi bilan hikoyachi o‘rtasidagi masofani ataylab yo‘qotadi. Bunday hollarda muallif va
hikoyachi obrazi bir-biriga yaqinlashadi, bu esa matnda muallifning hozirligini
ta’kidlaydi.Toporov muallif va o‘quvchi o‘rtasidagi badiiy munosabatlarning shakllarini,
shuningdek, voqelik va illyuziyaning o‘zaro nisbati shakllarini tahlil qilib, shunday
xulosaga keladi: “bu ikki shakl – “mualliflik” va “kitobxonlik”, “reallik” va “illyuziya” –
o‘rtasida, hech bo‘lmaganda ma’lum vaziyatlarda, bo‘shliqlar yoki hatto ziddiyatlar
mavjud”. Muallif aynan shu ziddiyatlar asosida “badiiy” o‘yinni quradi va “faktik” va
“uydirma”, real va illyuziya, haqiqiy va xayoliy unsurlarning o‘zigacha noma’lum bo‘lgan
murakkab kombinatsiyalarini yaratadi. Ushbu fikrlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, muallif
ongli ravishda qarama-qarshiliklardan o‘z badiiy g‘oyasini amalga oshirish vositasi
sifatida foydalanadi. U reallik va xayoliylikning murakkab kombinatsiyalarini yaratish
orqali o‘quvchida muayyan his-tuyg‘ularni uyg‘otishga, reallikning tabiati va dunyoni
bilishda san’atning o‘rni haqida o‘ylashga majbur qilishga intiladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Toporov tarixiy va transformatsion yondashuvlarga ham alohida e’tibor qaratadi.
Bu usullar muallifning estetik tajribasi, ruhiy kuzatishlari va falsafiy mulohazalarini turli
jihatlardan: shaxsiy-biografik, tarixiy-adabiy, ma’naviy-axloqiy, adabiy-uslubiy va lisoniy,
shuningdek, qiyosiy-adabiy, psixologik va tipologik nuqtai nazarlardan ochib berish
orqali chuqurroq o‘rganish imkonini beradi. Tadqiqotchining fikricha, badiiy matnni
o‘rganish ijodkor “Men”ining ichki holatini va uning tashqi hayotiy vaziyatlar bilan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
324
aloqasini ochib berishni talab etadi. Badiiy matn yaratish uchun asos sifatida hayotiy
tajriba xizmat qiladi, u matnni chuqurlik va ma’no bilan boyitadi. Olim matnni
shakllantirish usulini tashqi adabiy matnda qalbning ichki hayotini aks ettiruvchi o‘ziga
xos reportaj deb ta’riflaydi. Bu jarayonda tashqi va ichki alohida bir makon yaratadi, bu
yerda ular deyarli ajralmas bo‘lib qoladi va uyg‘unlikda harakat qiladi. Ushbu fikrlarga
qo‘shilgan holda shuni qo‘shimcha qilmoqchimizki, yuqoridagi yondashuvlarda syujet
chegarasidan tashqariga chiqib, muallifning ichki tajribasi olamiga, go‘zallikni
tushunishiga, inson ruhiyatiga va o‘z ijodida ko‘tarayotgan falsafiy masalalarga
chuqurroq kirib borish zarur.
Toporov ichki va tashqining o‘zaro ta’sir xususiyatlarini muallif ongi prizmasi
orqali o‘rganib, badiiy matnning xronotopik koordinatalari bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy va
peyzaj tushunchalarini kiritadi va talqin qiladi. Olimning fikricha, tarixiy va peyzaj bir-
birini to‘ldirib, yaxlit bir butunlikni yaratadi: tarixiy o‘zgaruvchan vaqt atrofida
jamlanadi, peyzaj esa barqaror, o‘zgarmas makonda jamlanadi. Shunday qilib, bu
kategoriyalar badiiy olamning yaxlitligini ta’minlagan holda uning dinamik va statik
tarkibiy qismlarini ifodalaydi. Umumlashtirib aytganda, Toporov badiiy matnni
murakkab tizim sifatida ko‘rishni taklif etadi, bunda vaqt va makon shunchaki voqealar
uchun fon bo‘lib qolmay, balki asarning mazmunini shakllantiradigan va chuqurligini
yaratadiган faol ishtirokchilar hisoblanadi.
Toporovning ta’kidlashicha, sintagmatik darajadagi makon-zamon munosabatlari
muallif ongini ifodalashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. U o‘zining “Makon va matn” asarida
mifopoetik makonga va shunga mos ravishda mifopoetik matnga alohida e’tibor qaratadi.
M.M. Baxtinning qarashlariga qo‘shilgan holda, Toporov vaqtni to‘rtinchi o‘lchov sifatida
qabul qiladi va ularning uzviy bog‘liqligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, makonning yo‘qligi
vaqtning yo‘qligini anglatadi, makonning tugallanganligi esa vaqtning tugallanganligiga
mos keladi. Makon va zamonning markaziy unsurlari ham o‘zaro bog‘liq: makon markazi –
zamon markazidir. Shundan kelib chiqqan holda, har qanday makon tavsifi shu yerda –
hozir koordinatalarini ko‘rsatishni nazarda tutadi. Badiiy matnda bunday makon va zamon
ko‘rsatkichlari muallif idrokining o‘ziga xosligini ifodalab, matnni o‘quvchi tomonidan
idrok etilishiga asos yaratishda muhim vazifani bajaradi.
Toporov tarixiy va manzara o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning badiiy ahamiyatini
ta’kidlab, uzoq va yaqin rejalar orasidagi bog‘liqlikka alohida e’tibor qaratadi.
Olim shunday ta’kidlaydi: “keng ufqda yaqin rejalardagi aniqlik noaniqlikda yo‘qolib,
chegaradan narida o‘tib bo‘lmas hududning boshlanishidan darak beradi”. U, shuningdek,
semantik makonni gorizontal va vertikal yo‘nalishlarga ajratish g‘oyasini ilgari suradi.
Gorizontal makon voqealarning rivojlanishi, ularning davomiyligi va dinamikasi bilan
bog‘liq bo‘lsa, vertikal makon chuqurlik, ma’naviy jihatlar va transsendent o‘lchovlarni
aks ettiradi. Bunday ajratish nafaqat matnning turli ma’no qatlamlarini ajratib
ko‘rsatishga, balki ularning o‘zaro ta’sirini kuzatish orqali muallif g‘oyasini chuqurroq
anglashga imkon beradi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Toporov personajlar tizimining muallif ongi ajralmas qismi ekanligini ta’kidlab,
u asarning syujet-kompozitsion va madaniy chuqurligini aks ettirishi muhimligini
ko‘rsatadi. U asarning ichki mantiqini saqlash uchun personajlar soni va ularning
harakatlari hajmi o‘zaro uyg‘un bog‘liq bo‘lishi zarurligiga e’tibor qaratadi. Bu bog‘liqlik
nafaqat miqdor jihatidan, balki tarkibiy maqsadga muvofiqlik nuqtai nazaridan ham
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
325
muhim bo‘lib, personajlarga hikoya doirasida o‘z vazifalarini samarali bajarishga imkon
beradi. Qo‘shimcha sifatida shuni aytishimiz mumkinki, qahramonlarning ismlari ham
muhim madaniy va semantik yuk tashishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Ismlar
tasodifiy tanlanmaydi, balki kitobxonda ma’lum bir kutilgan reaksiyani uyg‘otishi
mumkin bo‘lgan ma’noviy aloqalarga ega. “Nominalizm” va konvensionalizm deb
ataladigan bu jihat yozuvchi va kitobxon o‘rtasida umumiy kontekst yaratishga xizmat
qiladi. Bu yerda ism tanlash va uning assotsiatsiyalari qo‘shimcha ma’no qatlamlarini
ochib berishi va tinglovchilarda tegishli his-tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkin.
B.O. Korman adabiyotshunoslikda muallif nazariyasini rivojlantirishda hal qiluvchi
rol o‘ynadi. U muallif ongi va uning matn bilan o‘zaro ta’sirini chuqur tushunishga
salmoqli hissa qo‘shgan ilmiy maktab yaratdi. Korman muallif muammosini nazariy
jihatdan anglash badiiy asarlarni tahlil qilish va ularni idrok etish uchun yangi ufqlar
ochishiga qat’iy ishonardi. Kormanning asosiy maqsadi o‘tgan davrdagi ilmiy tadqiqotlar
natijalarini umumlashtirish va muallifning ijodiy faoliyatining turli jihatlarini
birlashtiruvchi yaxlit nazariya yaratish edi. Bu nazariya tizimlashtirilgan qoidalar tarzida
taqdim etilib, o‘quv qo‘llanmalari va adabiyotshunoslik amaliyotida o‘z o‘rnini topdi.
Korman asarlari kabi ishlar zamonaviy filologiyaning terminologik apparatini
kengaytirish, matnlarni yanada chuqurroq tahlil qilish uchun yangi tushunchalarni joriy
etish imkonini berdi. Korman o‘z ishida V.V. Vinogradov, M.M. Baxtin, L.Y. Ginzburg,
V.D. Dneprov va Y.M. Lotman kabi mashhur filologlarning g‘oyalariga tayanib, tahlilning
ham filologik, ham falsafiy jihatlarini qamrab olgan muallif nazariyasini yaratdi. U muallif
ongi va matn o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatdi, shuningdek, matn va muallifning adabiy
an’anadagi o‘rnini belgiladi.
Korman, aslida, Baxtinning ko‘p ovozlilik g‘oyasini Vinogradovning muallif obrazi
nazariyasi bilan uyg‘unlashtirdi va subyekt hamda obyektning o‘zaro ta’siriga asoslangan
tadqiqot usulini yaratdi. U bu usulni tarixiy-adabiy tahlil bilan bog‘lab qo‘lladi.
Adabiyotshunos muallif tushunchasining bir necha ma’nolarini ajratib ko‘rsatadi.
Birinchidan, muallif so‘zi yozuvchi, haqiqatda mavjud bo‘lgan shaxsni bildiradi. Biografik
muallif olimlar tomonidan hayotiy materiallar manbai, syujet prototipining asosi sifatida
qabul qilinadi.
Ikkinchidan, muallif so‘zi butun asar ifodalanishi bo‘lgan voqelikka nisbatan
ma’lum bir qarash degan ma’noni anglatadi.Ushbu kontekstda muallif real biografik
shaxsdan ajralib turadi. Biografik muallifdan farqli o‘laroq, bunday muallif konseptual
tarzda idrok etiladi va uning siymosi asar yaratuvchisidan qanchalik uzoqlashsa,
shunchalik shartli tusga kiradi, faqatgina badiiy matn doirasida mavjud bo‘ladi. Korman
ta’kidlaydiki, “muallif asarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirmaydi: matnning qaysi qismini tahlil
qilishimizdan qat’i nazar, unda muallifning o‘zini topa olmaymiz; gap faqat uning
bilvosita subyektiv ifodalari haqida ketadi, bular oz yoki ko‘p darajada murakkab bo‘lishi
mumkin”. Shunday qilib, muallifning e’tibori subyektiv darajaga qaratilgan bo‘lib, unda
uning konsepsiyasi matnda aks etgan turli nuqtai nazarlarning o‘zaro ta’siri orqali
namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, “muallif” atamasi turli janrdagi asarlarda uchraydi, bu yerda u
“hikoyachi” yoki “naql qiluvchi” ma’nosini anglatishi mumkin. Kormanning ta’kidlashicha,
“mualliflik nuqtai nazari hikoyachining nuqtai nazaridan kengroqdir, chunki u nafaqat
alohida nutq subyekti tomonidan (u muallifga qanchalik yaqin bo‘lmasin), balki umuman
olganda asarning butun subyektiv tuzilishi orqali ifodalanadi”. Mazkur fikrga qo‘shilgan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
326
holda, shuni qo‘shimcha qilamizki, mualliflik pozitsiyasi nafaqat qahramon yoki
hikoyachi orqali ifodalangan subyektiv fikrlar yoki kechinmalarni, balki muallif ongini
namoyon qiladigan asarning barcha tarkibiy va kompozitsion elementlarini ham qamrab
oladi. Bu muallif konsepsiyasining umuman matn, shu jumladan uning shakli, uslubi va
tuzilishi bilan qanday o‘zaro ta’sir qilishini chuqurroq tushunishga imkon beradi.
Korman o‘z ilmiy tadqiqotlari doirasida muallif tushunchasini matndagi subyekt-
obyekt munosabatlari kontekstida tahlil etadi. V.V. Vinogradovning monologik
nazariyasiga asoslangan va M.M. Baxtinning adabiyotshunoslik hamda falsafiy g‘oyalarini
inobatga olgan holda, Korman muallif bilan dialogik munosabatga kirishuvchi
subyektning mustaqilligini ta’kidlaydi. Tadqiqotchi badiiy asarni subyektli tashkil
etishning bir necha tamoyillarini ilgari suradi, bu esa matnning nutq subyektlari bilan
aloqadorligini nazarda tutadi. Umuman olganda, badiiy asarning subyektli tashkil etilishi
tushunchasi nutqning turli subyektlari, ularning o‘zaro munosabatlari va asar
ma’nosining shakllanishiga ta’sirini aniqlash va tahlil qilish maqsadida matnga chuqur
kirib borishni nazarda tutadi.
Adabiyotshunos Korman muallif ongini uning o‘ziga xos faoliyati va mustaqil
bo‘lgan hamda muallif ongidan ajralgan boshqa onglar bilan o‘zaro aloqasi nuqtai
nazaridan tadqiq etadi. Bir subyekt tilining uslubiy qatlamlari o‘rtasidagi munosabatga
e’tibor qaratgan V.V. Vinogradovdan farqli o‘laroq, Korman tizimli-subyektiv usulni
qo‘llab, matnning turli qismlarida ifodalangan turli subyektlarning xilma-xil onglarining
o‘zaro ta’siriga e’tibor qaratadi. Bu qismlarning har biri o‘ziga xos nuqtai nazarga ega
bo‘lib, muallif ongini ifodalash shakli sifatida xizmat qiladi.
Kormanning ta’kidlashicha, “muallifning badiiy obrazi zamirida yozuvchining
dunyoqarashi, g‘oyaviy nuqtai nazari va ijodiy tafakkuri yotadi”. Adabiyotshunosning
qarashlariga
ko‘ra,
muallifning
ongi
badiiy
yaxlitlik
orqali
vositalanib,
konseptuallashtirilgan ong subyekti yoki voqelikka ma’lum bir qarash sifatida talqin
etiladi. Subyektli tashkilot g‘oyasi Korman nazariyasining konseptual o‘zagiga aylanadi va
aynan shu g‘oya har bir muallifning o‘ziga xosligini namoyon etadi.Bu fikrlarga
qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, Kormanning ong subyekti konsepsiyasi muallif
identikligining dinamikligi va ko‘p qirraliligini ta’kidlaydi. Ongning ushbu konseptual
subyekti statik figura emas, balki boshqa subyektlar va tashqi madaniy, tarixiy va ijtimoiy
omillar bilan o‘zaro ta’sir qilish kontekstida rivojlanadi. Natijada har bir asar muallif
ongini nafaqat aks ettiruvchi, balki voqelikni yaratuvchi, uni shaxsiy idrok va badiiy niyat
prizmasi orqali o‘zgartiruvchi o‘ziga xos konstruksiya sifatida ochib beradi. Qo‘shimcha
qiladigan bo‘lsak, B.O. Korman tomonidan taklif etilgan ong subyekti konsepsiyasi ijodkor
psixikasini tushunishda muhim rol o‘ynaydi, chunki u muallif ongini ifodalash usullarini
va matnda turli subyektlarning o‘zaro ta’sirini ochib beradi. Korman ong subyektini
badiiy asarning markaziy elementi sifatida ko‘rib chiqdi, u orqali muallifning dunyoga
qarashlari, uning voqelik konsepsiyasi va ichki kechinmalari namoyon bo‘ladi.
Kormanning muallif nazariyasini ishlab chiqishdagi alohida xizmati uning asarga
ongning tuzilmasi sifatida yondashuvidir. Bunda matnning har bir elementi muallif
idrokining turli jihatlarini namoyon etuvchi vosita sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Baxtin
polifoniya g‘oyasidan foydalanib, adabiyotshunos qahramon va hikoyachi o‘rtasidagi
muloqot orqali muallifning fikri qanday ifodalanishini tahlil qiladi, syujet rivojlanishi
muallifning ichki dunyosini qay tarzda aks ettirishini ko‘rsatadi. Asarning syujet-
kompozitsion tuzilmasi nafaqat voqealar rivojini ta’minlaydi, balki muallif ongini
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
327
chuqurroq anglashga yordam beradi, o‘quvchiga uning matnga singib ketganligini his
qilish imkonini yaratadi. Kormanning ta’kidlashicha, ushbu tuzilmani tahlil qilish
qahramonlar nutqining muallif fikrini qanchalik aniq yetkazishini tushunishga imkon
beradi, bu esa ko‘pincha yuzaki ko‘rinmaydigan yashirin qatlam va ma’no nozikliklarini
ochib beradi. Shunday qilib, asarning hikoya matni va tuzilishi muallif ongini tushunish
uchun muhim manba hisoblanadi. Chunki matn turli syujet chiziqlari, qahramonlar,
ularning nutqi va fikrlari bir-biriga chambarchas bog‘langan yaxlit tizimni tashkil etadi.
Bu unsurlar o‘zaro ta’sirlashib, muallif g‘oyasini ifodalashning ham subyektiv, ham
obyektiv shakllarini namoyon etadi. Ushbu tarkibiy qismlarni tahlil qilish orqali
o‘quvchilar muallif niyatining teranligiga kirib borishlari va matnning turli qatlamlari –
qahramonlardan tortib hikoyachigacha – muallif qarashlarini aks ettiruvchi ko‘p qirrali
manzarani qanday yaratishini anglashlari mumkin.
Haqiqiy biografik muallif o‘z tasavvuridan foydalanib, hayotiy materiallarni tanlab
va qayta ishlab, asarning markaziy g‘oyasini ifoda etuvchi konsepsiyalashtirilgan muallif
obrazini yaratadi. Bu jarayonni muallifning o‘z badiiy ishi orqali ideal o‘quvchini
shakllantiruvchi boshqa mavjudlik yaratishi sifatida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida, asarni
idrok etish jarayoni – bu haqiqiy o‘quvchining shu konsepsiyalashtirilgan, oldindan
mo‘ljallangan o‘quvchiga aylanishidir. Bunday o‘quvchini shakllantirishda asarning barcha
qatlamlari, jumladan, muallif ongini ifodalashning turli shakllari ishtirok etadi. Bu esa
o‘quvchiga asarni muallif g‘oyasi doirasida tushunish va talqin qilish imkonini beradi.
N.D. Tamarchenko muallif ongi nazariyasi sohasidagi tadqiqotlarini davom ettirib,
muallifni tarixiy shaxs bo‘lgan real yozuvchidan ham, asar ichida aks ettirilishi mumkin
bo‘lgan turli xil tasvirlovchi subyektlardan (muallif obrazi, hikoyachi yoki qissachi kabi)
ham farqlash lozimligini ta’kidlaydi. Bunday chegaralash mualliflik ongining o‘ziga
xosligini yanada aniqroq aniqlashga imkon beradi. Bu xususiyat nafaqat yozuvchining
shaxsiyati yoki asardagi muayyan qahramon bilan cheklanib qolmaydi, balki uning ijodiy
shaxsiyati va falsafasini aks ettiruvchi kengroq va mavhumroq tushunchani o‘z ichiga
oladi. N.D. Tamarchenko Baxtin nazariyasiga asoslanib, muallif obrazi va ijodkor-muallif
tushunchalarini farqlaydi. U asardagi muallif obrazi nafaqat nutq va tasvir subyekti
bo‘lgan personajlar bilan o‘zaro ta’sir qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki asarni
yaratuvchi haqiqiy tarixiy shaxs bo‘lgan ijodkor-muallif bilan ham munosabatda
bo‘lishini ta’kidlaydi. Bu tafovut muallifning obrazi ko‘p qirrali va ko‘p ma’noli bo‘lishi
mumkin bo‘lgan asarda muallif ongi qanday faoliyat ko‘rsatishini chuqurroq tushunishga
imkon beradi, haqiqiy muallif-ijodkor esa bu badiiy tasvir ortida yashiringan bo‘lib, talqin
qilish va o‘quvchi bilan o‘zaro ta’sir qilish uchun makon yaratadi.
N. Stepanva badiiy avtobiografik asarlarning muallif ongini ifodalash shakllari va
subyektli tashkil etish muammolarini o‘rganib, muallif ishtirokining subyektli va
subyektdan tashqari shakllari kabi ikki guruhga ajratib o‘rganadi. N. Stepanva muallif
ongini ifodalashning subyektiv shakllari sifatida konseptual muallif, hikoyachi, lirik
qahramonni belgilaydi, subyektdan tashqari shakllar sifatida esa – syujet-kompozitsion
va makon-zamon xususiyatlari (xronotop), motivlar tizimi, peyzaj, hikoya qilishning
hissiy ohangi (va foni), badiiy obrazlar tizimini belgilaydi. Shunday qilib, Stepanova
badiiy matnni tahlil qilishga kompleks yondashuvni taklif etadi. Bu yondashuv muallif
ongining nafaqat aniq subyektlar (konseptual muallif, hikoyachi, lirik qahramon) orqali,
balki turli xil badiiy vositalar va uslublar vositasida ham qanday ifodalanishini ko‘rish
imkonini beradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701
328
Rimar va Skobelevning fikriga ko‘ra, yozuvchining shaxsi asardagi muallif obrazi
bilan mos kelmaydi. Muallif ongi tugallanmaganlik, cheksizlik va bashorat qilib bo‘lmaslik
xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, muallif (shaxsdan ustun) ongi va boshqa
qahramonlar (shaxsiy) ongi o‘rtasidagi chegaralar harakatchan va o‘zgaruvchan bo‘lib,
aynan ular mohiyatan borliqning turli shakllarining uchrashish nuqtalari hisoblanadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, ijodkor shaxsiyati va uning asardagi muallif obrazi o‘rtasidagi
bevosita bog‘liqlik yo‘qligini tan olish ijodkorning ruhiy-psixologik holatini o‘rganish
zaruratini yanada ko‘rsatib beradi. Buni muallif ongini chuqurroq tadqiq etish orqali
o‘rganishimiz mumkin. Chunki muallif ongi ijodkorning ruhiy holati aks ettirilgan
dunyoqarashning o‘ziga xosligini aniqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Badiiy obraz tushunchasining muallif ongi tushunchasiga nisbatan ahamiyati turli
asarlarda ta’kidlab o‘tilgan. Masalan, T.T. Davidova va V.A. Pronin shuni qayd etadilarki,
dastlabki muallif g‘oyasi, odatda, keyinchalik rivojlanishi lozim bo‘lgan g‘oya va kichik
yaxlit obraz ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Har qanday badiiy obrazning rivojlanishi matnning
turli darajalarida muallif ongining mujassamlanishi, badiiy asarda muallifning ifodalanishi
mantiqini ham hisobga oluvchi estetik qonuniyatlar majmui bilan belgilanadi.
MUHOKAMA
Shunday qilib, muallif ongining tabiati, uning matndagi ishtiroki darajasi hamda
turli subyektlar, asosiy qahramon va kitobxon bilan o‘zaro munosabati masalasi dunyo
adabiyotshunosligida faol tadqiq etilgan. Lekin muallif ongini o‘rganish orqali ijodkorning
ruhiy-psixologik holati o‘rganilmagan. Maqsadimiz muallif ongini tadqiq etish orqali
ijodkor ruhiyatini o‘rganish.
XULOSA
Xulosa qiladigan bo‘lsak, muallif ongini o‘rganish ijodkor shaxsining psixologik va
hissiy evolyutsiyasini tushunish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Bu jarayon nafaqat
muallifning shaxsiy transformatsiyasini, balki uning jamiyat, madaniyat va zamon bilan
o‘zaro ta’sirini ham aks ettiradi. Bu sohadagi kelgusi tadqiqotlar ijodkor shaxsi va uning
badiiy merosi o‘rtasidagi munosabatlarning yangi qirralarini ochib berishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Корман Б. О. [Предисл. и составл. В. И.Чулкова]. Ижевск: Изд-во Удм. ун-та,
1992. С. 174.
2.
Тамарченко Н.Д. Автор // ЛЭТП. М.: Интелвак, 2001. С. 17.
3.
Тамарченко Н.Д. Теория литературы. Т. 1. С. 244.
4.
Степанова Н. С. Концептосфера «путь жизни» в автобиографической прозе
первой волны русской эмиграции: дис. … д-ра филол. наук. Москва, 2016. 396 с.283-c.
5.
Рымарь Н.Т., Скобелев В.П. Теория автора и проблема художественности. С. 119.
6.
Давыдова Т.Т., Пронин В.А. Теория литературы. М.: Логос, 2003. С.36.
7.
Топоров В.Н. «Бедная Лиза» Карамзина. Опыт прочтения. С. 165.
8.
Корман Б. О. Избранные труды по теории и истории литературы. С. 43.
