Авторы

  • Зарина Бахронова
    Магистрант, Самаркандский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.84557

Ключевые слова:

孝道 (сыновняя почтительность) туризм ценности праздники одежда воспитание семейные ценности обряды помолвки и свадьбы

Аннотация

Цель данной работы – проанализировать сходные и уникальные черты традиций в развитии культурных связей между Узбекистаном и Китаем.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Analysis of similarities and distinctive features in the
customs of Uzbekistan and China in the development of
cultural relations between the two countries

Zarina BAKHRONOVA

1

Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form
10

February 2025

Accepted 25 February 2025

Available online
25 March 2025

The aim of this work is to analyze the similarities and

distinctive features of the customs and traditions of the two
countries in the context of developing cultural relations

between Uzbekistan and China.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3

/S

-pp240-248

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

孝道

(filial piety),

tourism,

values,

holidays,

clothing,

upbringing,

family values,

engagement and wedding

ceremonies.

O‘zbekiston va Xitoy madaniy aloqalarining rivojlanishida
ikki davlat urf-odatlarining o‘xshash va o‘ziga xos jihatlari
tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

孝道

,

turizm,

qadriyatlar,

bayramlar,

liboslar,

tarbiya,

oilaviy qadriyatlar,

nikoy va to‘y marosimlari.

Ushbu ishning maqsadi O’zbekiston va Xitoy madaniy

aloqalarining rivojlanishida ikki davlat urf-odatlarining

o’xshash va o’ziga xos jihatlarini tahlil qilishdir.

1

Master degree student, Samarkand State Institute of Foreign Languages.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

241

Анализ сходств и особенностей традиций в развитии

культурных связей между Узбекистаном и Китаем

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

孝道

(сыновняя

почтительность),

туризм,

ценности,

праздники,

одежда,

воспитание,

семейные ценности,

обряды помолвки и

свадьбы.

Цель данной работы – проанализировать сходные и

уникальные черты традиций в развитии культурных

связей между Узбекистаном и Китаем.

Oʻzbekiston va Xitoyni uzoq tarixiy aloqalar bogʻlab turadi. Ikki davlat

munosabatlari miloddan avvalgi davrlarga borib taqalib, Buyuk Ipak yoʻli orqali savdo,

madaniyat va ilm-fan almashinuvi sodir boʻlgan. Aynan shu yoʻnalish orqali Markaziy

Osiyo va Xitoy oʻrtasida ipak, qimmatbaho toshlar, ziravorlar, qogʻoz, chinni buyumlar va

boshqa mahsulotlar savdosi rivojlangan. Bu jarayon nafaqat iqtisodiy, balki madaniy

ta’sirning ham o‘zaro almashinuviga olib kelgan.

Bugungi kunda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik iqtisodiyot, infratuzilma,

ta’lim va madaniyat sohalarida jadal rivojlanmoqda. Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik

iqtisodiy hamkorlaridan biri boʻlish bilan birga, madaniy hamkorlik yoʻnalishida ham

muhim rol oʻynamoqda. Xitoyda oʻzbek madaniyatiga qiziqish ortib borayotgan boʻlsa,

Oʻzbekistonda ham xitoy tiliga, urf-odatlariga va san’atiga qiziqish oshmoqda.

Xususan,

最有中国味儿的字和

kitobi

mualliflari

L.L. Vetrujeskaya

va

M.B. Xatdapova o‘z kitobida chuqur tushuntirib o‘tgan xitoy urf-odatlari, madaniyati va

an’anaviy bayramlarini misollar bilan juda ham keng yoritib berishgan, aynan mana shu

kitobda berilgan madaniy bayram va urf-odatlarni O‘zbekiston madaniyati va urf-odatlari

bilan solishtirish imkonini beradi. Bundan tashqari xitoy tili o’rganuvchilari orasida juda

ommabop o‘qib o‘rganiladigan HSK Standart Course kitobida xitoyliklarning ovqatlanish
vaqtida ishlatadigan

筷子

(kuaizi) va bayram ovqati hisoblangan

饺子

jiaozi

ya’ni

chuchvaralar haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.

Mana shunday qiziqarli ma’lumotlarga tayangan holda mazkur maqolada

Oʻzbekiston va Xitoy madaniy an’analarining oʻxshash va oʻziga xos jihatlari tahlil qilinadi

hamda ularning ikki tomonlama aloqalar rivojiga ta’siri koʻrib chiqiladi. Madaniy jihatdan

oʻxshashliklar ikki xalq oʻrtasidagi tushunishni yanada mustahkamlashga xizmat qilsa,

oʻziga xos jihatlar esa turli tadbirlarda bir-birining madaniyatidan o‘rganish imkonini

yaratadi.

Biz bu maqolada ikki davlatning o‘xshash va farqli jihatlarini quyidagi

yo‘nalishlarda ko‘rib chiqamiz:

An’anaviy oilaviy qadriyatlar

Oila har bir jamiyatning asosi hisoblanadi va Oʻzbekiston hamda Xitoyda oilaga

boʻlgan munosabat madaniy qadriyatlarning eng muhim qismini tashkil etadi. Ikkala xalq

ham oilaviy an’analarga katta e’tibor qaratadi, katta avlodni hurmat qilish, oilaviy

birdamlik va farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish bu madaniyatlarning umumiy

jihatlaridan biridir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

242

Katta avlodga hurmat va oilaviy ierarxiya. Oʻzbekiston va Xitoyda ota-onalar va keksa

avlodga hurmat qilish qadimdan muhim an’ana hisoblanadi. Oʻzbek jamiyatida oiladagi katta

yoshli insonlar, xususan, bobolar va buvilar hurmat bilan e’zozlanadi, ularning hayotiy

tajribasi va maslahatlariga quloq solish odat tusiga kirgan. Oʻzbek oilasida ota-onaning duosi

va roziligi har qanday qaror qabul qilishda katta ahamiyat kasb etadi.

Xuddi shu singari, Xitoyda ham Konfutsiy ta’limotining ta’siri kuchli boʻlib,

"Xiaodao" (

孝道

) yoki "filial piety" tushunchasi keng tarqalgan. Bu tushuncha ota-onaga

va katta avlodga sadoqatli boʻlishni, ularni hurmat qilishni va qarilik chogʻida ularga

gʻamxoʻrlik qilishni nazarda tutadi. Xitoy oilalarida katta yoshdagilar oila boshlig‘i

hisoblanadi va ularning so‘zi e’tiborga olinadi.

Oila birligi va birdamlik.

Oʻzbekistonda ham, Xitoyda ham oilaning birdamligi muhim qadriyat hisoblanadi.

An’anaviy o‘zbek oilalarida ko‘pchilik aka-uka va opa-singillar birga yashaydi yoki doimiy

aloqada bo‘lib, bir-biriga yordam berishadi. Ayniqsa, qishloq joylarda kengaytirilgan

oilalar, ya’ni bir necha avlod vakillarining bir uyda yashashi hanuz saqlanib qolgan.

Xitoyda ham bu an’ana uzoq yillar davomida mavjud bo‘lib kelgan. An’anaviy xitoy

oilalari uch avlod vakillarining bir joyda yashashi bilan ajralib turgan. Garchi zamonaviy

urbanizatsiya va iqtisodiy o‘zgarishlar sababli bu model biroz o‘zgargan bo‘lsa ham,

oilaviy birdamlik va qarindosh-urug‘chilik aloqalarini mustahkamlash Xitoy jamiyatida

hamon muhim ahamiyatga ega.

Farzand tarbiyasi va ta’limga bo‘lgan munosabat.

Oʻzbekiston va Xitoy oilalarida farzand tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Oʻzbek

oilalarida ota-ona bolani nafaqat yaxshi odob-axloq bilan tarbiyalashga, balki unga

mehnatsevarlik, kattalarni hurmat qilish va milliy qadriyatlarni singdirishga harakat qiladi.

Ta’lim Oʻzbekistonda muhim o‘rin tutadi, ota-onalar farzandlarining yaxshi bilim olishiga

intiladi va ularning kelajagi uchun katta sarmoya kiritishadi. Xuddi shu holat Xitoy

jamiyatida ham kuzatiladi. Xitoy oilalarida ta’limga bo‘lgan talab juda yuqori. An’anaviy

xitoylik ota-onalar bolalarini yoshligidan intizomli, tartibli va muvaffaqiyat sari intiluvchi

shaxs sifatida tarbiyalashga harakat qiladi. "Tiger parenting" deb ataladigan tarbiya uslubi

Xitoyda keng tarqalgan boʻlib, bunda ota-onalar farzandlaridan akademik yutuqlarga

erishishni va yuqori natijalar ko‘rsatishni talab qiladi.

Nikoh va to‘y marosimlari.

Oʻzbekiston va Xitoyda nikoh va oila qurishga bo‘lgan yondashuv an’anaviy

qadriyatlarga asoslangan. Oʻzbek oilalarida to‘y marosimlari juda katta bayram sifatida

nishonlanadi. An’anaviy nikohda kelinning ota-onasidan rozilik olish, sovchilik marosimi

va to‘y oldi rasm-rusumlar katta ahamiyatga ega. Yangi kelinchak oilaga moslashishi va

qaynonaning hurmatini qozonishi muhim sanaladi.

Xitoyda ham nikoh marosimlari an’anaviy urf-odatlarga asoslanadi. An’anaviy

xitoy to‘ylari qizil rangdagi bezaklar bilan o‘tadi, chunki qizil baxt va farovonlik ramzi

hisoblanadi. Kelinning ota-onasidan ruxsat so‘rash va kuyov tomonidan kelin tomoniga

sovg‘alar berish marosimlari ham qadimdan davom etib kelgan. Zamonaviy Xitoyda esa

ko‘pchilik yoshlar an’anaviy urf-odatlarni zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirib, oddiyroq

to‘ylarga ham ustunlik bermoqda.

Oilaviy bayramlar va an’analar

.

Oʻzbek oilalarida oilaviy bayramlar juda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, Navro‘z,

Qurbon hayiti, Ramazon hayiti kabi bayramlar butun oila a’zolarini bir joyga jamlaydi va

birlikni mustahkamlaydi. Bu bayramlar davomida oila a’zolari bir-birinikiga mehmonga

boradi, kattalar duolari olinadi va mehmondo‘stlik namoyon etiladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

243

Xitoyda ham oilaviy bayramlar juda muhim hisoblanadi. Bahor festivali (Chunjie)

yoki Xitoy Yangi yili Xitoydagi eng muhim bayram bo‘lib, bu paytda oilalar bir joyga

to‘planadi, uzoq masofada yashaydigan qarindoshlar bir-birinikiga tashrif buyuradi va

an’anaviy taomlar tayyorlanadi. Shuningdek, Oila kunlari, Ajdaho qayiq festivali, Oltin kuz

festivali kabi tadbirlar ham oilaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mehmondo‘stlik

Oʻzbekiston va Xitoy – qadimiy an’analar va boy madaniyatga ega ikki davlat bo‘lib,

mehmondo‘stlik ularning eng muhim qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Har ikkala

mamlakatda mehmon kutish

i

madaniyati yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, u do‘stlik,

hurmat va insoniy munosabatlarning muhim qismi hisoblanadi. Quyida Oʻzbekiston va

Xitoy mehmondo‘stligining o‘xshash jihatlari haqida so‘z yuritamiz. Xitoyliklar o’z yaqin

do’stini mehmonchilikga taklif qilish orqali mehmonga bo’lgan o’zlarining samimiy

munosabatlari va xulq atvorini namoyish qilishadi. Ayniqsa, ular yangi uyga ko’chib

o’tishganda ham qarindoshlari va do’stlarini mehmondorchilikka chaqirib ularni tansiq
taom va chiroyli muhit bilan siylashadi bu

暖房

(nuanfang) ya’ni iliq xonadon ma’nosiga

ega bo‘lib, yangi xonadonning ilk mehmonlarini iliq kutib olishadi. Bunda nafaqat tansiq

va mazali taomlar, shu bilan birga o‘zaro samimiy suhbat, har xil mavzularda qiziq gaplar

va ko‘tarinki ruhdagi hamgomalar ham bo‘lib o‘tadi.

Mehmon hurmati va mehmon kutish odoblari

.

Oʻzbekistonda mehmonni kutib olish juda katta e’tibor talab qiladi. Mehmon tashrif

buyurganda mezbon uni hurmat bilan qarshi oladi, eng yaxshi joyga o‘tqazadi va

dasturxonga eng saralangan taomlarni tortadi. Shu bilan birga, mehmon kelganda unga

choy tortish Oʻzbekistonda qadimdan shakllangan urf-odatlardan biridir. Xitoyda ham

mehmon hurmati katta ahamiyatga ega. Mehmon uyga kirganda mezbon unga iliq so‘zlar

bilan murojaat qiladi, hushmuomalalik bilan kutib oladi va dasturxonga choy tortadi.

Xitoy an’analarida ham mehmon uchun eng yaxshi taomlar tayyorlanadi va unga hurmat

belgisi sifatida mezbon o‘z taomidan mehmonning likopchasiga solib berishi mumkin.

Dasturxon va mehmon uchun maxsus taomlar tayyorlash.

Oʻzbekistonda mehmon kelsa, albatta, dasturxon yoziladi va unga milliy taomlar

tortiladi. Osh, somsa, qandolat mahsulotlari, turli xil salatlar va shirinliklar mehmonning

hurmatiga tayyorlanadi. Mehmonni och qoldirish o‘zbek madaniyatida odobsizlik

hisoblanadi. Xitoyda ham mehmon uchun maxsus taomlar tayyorlash an’anasi mavjud.

Xitoy milliy taomlaridan dim sum, choyxo‘rlar uchun turli xil choy navlari, baliq va dengiz

mahsulotlari mehmon dasturxonining ajralmas qismi hisoblanadi. Mehmonning

lazzatlanib ovqatlanishi mezbon uchun katta sharafdir.

Mehmon bilan samimiy munosabat.

Har ikkala mamlakatda mehmon bilan suhbat qurish va uni e’tibor bilan tinglash

muhim hisoblanadi. Oʻzbekistonda mehmonni iliq so‘zlar bilan qarshi olish va uning

kelish sababini hurmat bilan tinglash madaniy odatlardan biri sanaladi. Odatda,

dasturxon atrofida uzoq suhbatlar bo‘lib o‘tadi, bu esa mehmonning o‘zini qulay his

qilishiga yordam beradi.

Xitoyda ham mehmon bilan samimiy muloqot muhim sanaladi. Mehmon oldida

o‘zini juda rasmiy tutish odatiy hol emas, aksincha, uni ochiq chehra bilan kutib olish,

tabassum qilish va iliq so‘zlar aytish Xitoy mehmondo‘stligining ajralmas qismidir.

Mehmonni kuzatish an’analari

.

Oʻzbekistonda mehmonni hurmat bilan kuzatish ham alohida e’tibor talab

qiladigan odatlardan biridir. Mehmon ketayotganida mezbon uni eshik oldigacha kuzatib

qo‘yadi va unga yaxshi tilaklar bildiradi. Ko‘pincha mehmon bilan yana uchrashish

umidida xayrlashiladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

244

Xitoyda ham mehmonni kuzatish odatiy hol bo‘lib, mezbon uni eshik oldigacha

kuzatib qo‘yadi. Mehmon jo‘nab ketayotganida unga bexatar uyigacha qaytishini tilab,
qo‘shimcha choy yoki meva bilan yo‘lda iste’mol qilish uchun sovg‘a qilish ham
xitoyliklarning mehmondo‘stlik odatlaridan biridir.

An’anaviy bayramlar

Oʻzbekiston va Xitoy uzoq tarix va boy madaniyatga ega davlatlar bo‘lib, ularning

bayramlari ham qadriyatlar, oila va jamiyat birligini mustahkamlash kabi umumiy
g‘oyalarga asoslangan. Ushbu ikki mamlakatda ma’no va mohiyati jihatidan o‘xshash
bo‘lgan bir necha bayramlarni taqqoslash mumkin. O’zbekistonning an’anaviy bayramlari
kabi xitoy an’anaviy bayramlarini ham o’z milliy taomlari mavjud, misol uchun Bahor
bayrami

节(

Chunjie da

饺子

(jiaozi-chuchvara),

元宵

节(

Yuanxiao Jie

Fonuslar

festivalida

唐元

(tang yuan) shirinligi,

端午

(Duanwu Jie) Ajdarho bayramida

粽子

(zongzi-bambuk barglariga o’ralgan guruchli taom),

中秋

节(

Zhongqiu Jie

Kuz

festivalida

(yue bing-oy shaklida yasalgan shirinlik)lar tayyorlashadi.

Navro‘z va Bahor festivali (Xitoy Yangi yili).

Navro‘z–Oʻzbekistonda bahor faslining boshlanishi va tabiatning uyg‘onishini

nishonlash bilan bog‘liq eng qadimiy bayramlardan biri. Bu bayramning asosiy mohiyati
yangi yilga kirish, tabiatga hurmat va oila, do‘stlar bilan birdamlikda bo‘lishdan iborat.
Xitoyning Bahor festivali ham yangi yilning boshlanishi sifatida katta ahamiyatga ega
bo‘lib, aynan shu bayramda insonlar oila a’zolari bilan birga bo‘lishadi, uylarini
bezatishadi va qadimiy urf-odatlarni bajarishadi.

Ikkala bayramda ham uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan qadriyatlar

saqlanib qolgan. O‘zbekistonda Navro‘z kuni sumalak tayyorlash, milliy o‘yinlar o‘tkazish
va tabiatni e’zozlash an’anasi mavjud bo‘lsa, Xitoyda Bahor festivali davomida qizil
qog‘ozlarga baxt tilovchi yozuvlar yozish, mushakbozlik va oilaviy yig‘ilishlar katta
ahamiyat kasb etadi.

Ramazon hayiti va Oltin kuz festivali (Oy festivali).

Ramazon hayiti Oʻzbekistonda Islom diniga asoslangan muhim bayramlardan biri

bo‘lib, u saxovat, poklik va oilaviy birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu
bayram davomida odamlar hayit namozini o‘qib, bir-birlarini yo‘qlashadi, sovg‘alar
ulashadi va muhtojlarga yordam berishadi.

Xitoyda Oy festivali yoki Oltin kuz festivali ham oilaviy qadriyatlar va mehr-

muruvvatni ifodalovchi bayramlardan biri hisoblanadi. Bu bayram Xitoyda hosil yig‘im-
terimi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, uning asosiy mohiyati oila bilan vaqt o‘tkazish va birlikni
mustahkamlashdan iborat. Bayram davomida mashhur oy pirogi (yuebin) iste’mol
qilinadi, shuningdek, oyga qarab tilaklar tilash an’anasi bor. Ramazon hayitida ham
shirinliklar tayyorlash, osh va milliy taomlarni iste’mol qilish, qo‘ni-qo‘shnilar bilan bir-
biriga mehmondorchilik qilish odati mavjud.

Qurbon hayiti va Ajdaho qayiq festivali.

Qurbon hayiti Oʻzbekistonda fidokorlik va saxovat bayrami sifatida nishonlanadi.

Ushbu bayram Payg‘ambar Ibrohim(a.s.)ning Allohga bo‘lgan sadoqatiga asoslanib,
qurbonlik qilish, muhtojlarga yordam berish va oilaviy birdamlikni mustahkamlash bilan
bog‘liq. Odamlar bir-birlarini yo‘qlab, o‘zlarining mehr-muruvvatini namoyon etishadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

245

Xitoyning Ajdaho qayiq festivali ham tarixiy qahramon Qu Yuan xotirasiga

bag‘ishlangan bo‘lib, milliy g‘urur va birdamlikni ifodalaydi. Bayramda ajdaho qayiqlari
poygasi o‘tkazilib, odamlar guruchli taom – zongzi iste’mol qilishadi. Har ikkala
bayramda ham tarixiy shaxslarni xotirlash, jamoatchilikni birlashtirish va an’analarni
davom ettirishga katta ahamiyat beriladi. Qurbon hayitida muhtojlarga yordam berish
asosiy qadriyat bo‘lsa, Ajdaho qayiq festivalida xalq qahramonlariga hurmat bajo
keltirish va jamiyat birdamligini mustahkamlash asosiy maqsad hisoblanadi.

An’anaviy liboslar

Xitoyning an’anaviy liboslariga quyidagilar kiradi: Hanfu (

汉服

) – Han sulolasi

davridagi kiyim. Hanfu Xitoyning eng qadimgi milliy kiyimi bo‘lib, Han sulolasi davridan
boshlab keng tarqalgan. U uzun, keng yengli, kamarga bog‘lanadigan va oqimli matodan
tikilgan bo‘ladi. Zamonaviy Xitoyda Hanfu festivallar, to‘y va madaniy tadbirlarda kiyiladi.
Qipao (

旗袍

, cheongsam) – Xitoy ayollarining milliy libosi. Mandjuriyaliklar tomonidan

17-asrda ommalashgan, ammo 20-asrda modern uslubga moslashtirilgan. Tana shaklini
ta’kidlaydigan tor kesimli, yoqasi yuqori va tugmalari diagonal joylashgan kiyim.
Ko‘pincha ipak yoki atlasdan tayyorlanadi va gul naqshlari bilan bezatiladi. Tangzhuang
(

唐装

) – Xitoy erkaklarining an’anaviy libosi. Tang sulolasi davridan boshlab

ommalashgan, asosan erkaklar kiyadi. Oddiy, bejirim va ko‘pincha ipak yoki baxmal
matodan tikilgan, yoqasi tik turadigan qisqa ko‘ylak. Ko‘proq bayram va rasmiy
tadbirlarda kiyiladi.

O‘zbekistonning an’anaviy liboslariga esa: Chopon – erkaklar va ayollar uchun

milliy ustki kiyim. Chopon uzun va keng bo‘lib, ko‘pincha baxmal yoki ipak matodan
tikiladi. Bahor va kuzda yupqa, qishda esa paxta yoki jun bilan qoplangan qalin choponlar
kiyiladi. Chopon kamar bilan bog‘lanadi, erkaklar uchun oddiy, ayollar uchun esa bezakli
bo‘lishi mumkin. Atlas va adras ko‘ylaklar – ayollar uchun milliy kiyim. Atlas – ipak va
paxtadan tayyorlangan yorqin rangli mato, asosan bayram va to‘ylarda kiyiladi.
Adras – atlasga o‘xshash, lekin qalinroq va kamroq yaltiraydi, kundalik hayotda ham
kiyiladi. Ular uzun va keng bichimli bo‘lib, ustidan zarbof yaktak yoki kamzul kiyish
mumkin. Do‘ppi va bosh kiyimlar

O‘zbek erkaklari to‘rtburchak shakldagi do‘ppi kiyishadi, u har xil naqsh va

bezaklar bilan ishlangan bo‘ladi. Ayollar esa dugma, ro‘mol yoki kallapush kiyishlari
mumkin. To‘y va bayram liboslari. Erkaklar to‘ylarda zar chopon va belbog‘ taqib, maxsus
tikilgan shoyi ko‘ylak kiyishadi. Ayollar esa kuyov sarposi deb ataladigan atlas yoki zar
chopon kiyib, qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezanishadi.

Taom madaniyati

Oʻzbek oshxonasi goʻshtli taomlarga boy boʻlib, palov, manti, lag‘mon va shashlik

keng tarqalgan. Xitoy oshxonasi esa hududlarga boʻlingan boʻlib, Sichuan taomlari
achchiq, Guandong oshxonasi esa yengil va dengiz mahsulotlariga boy hisoblanadi.
Oʻzbekistonda non muhim oʻrin tutsa, Xitoyda guruch asosiy mahsulotlardan biridir.

Til va yozuv tizimi

Xitoy va O‘zbekiston tillari turli tillar oilasiga mansub bo‘lib, ularning fonetika,

grammatika va yozuv tizimi sezilarli darajada farqlanadi. Keling, ularni taqqoslab
chiqamiz. Xitoy tili sino-tibet tillari oilasiga mansub bo‘lib, dunyodagi eng qadimiy
tillardan biridir. O‘zbek tili turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga kiradi va Uyg‘ur,
Qirg‘iz, Qozoq tillari bilan yaqin.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

246

Xitoy yozuvi, Iyerogliflardan (

汉字

, hànzì) tashkil topib alifboga emas, balki

logografik tizimga asoslangan. Har bir iyeroglif alohida so‘z yoki ma’no bildiradi, ularni
yodlab o‘rganish kerak. Hozirgi ishlatiladigan iyerogliflar turi: Soddalashtirilgan
iyerogliflar (

简体字

) – XX asrda soddalashtirilgan shaklda Xitoy va Singapurda

qo‘llaniladi. An’anaviy iyerogliflar (

繁体字

) – Tayvan, Gonkong va Makao hududlarida

ishlatiladi. Pinyin: Xitoy tilida talaffuzni yozib olish uchun lotin alifbosiga asoslangan
transkripsiya ishlatiladi.

O‘zbek tili tarixan uch xil yozuv tizimidan foydalangan: Arab yozuvi – XX asrgacha

ishlatilgan (hozirda faqat diniy doiralarda uchraydi). Lotin yozuvi – 1929–1940 va
1993-yildan keyin qabul qilingan hozirgi asosiy yozuv tizimi. Kiril yozuvi –
1940–1993-yillarda rasmiy yozuv bo‘lib, hanuzgacha ba’zi joylarda ishlatiladi. Hozirda
O‘zbekistonda rasmiy yozuv lotin alifbosiga asoslangan.

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi madaniy aloqalar asrlar davomida shakllangan

boʻlib, hozirgi kunda ham izchil rivojlanmoqda. Tarixiy jihatdan, Buyuk Ipak yoʻli ushbu
ikki xalq oʻrtasida nafaqat savdo-sotiqni, balki madaniy, diniy va ilmiy almashinuvni ham
jadallashtirgan. Oʻsha davrdan boshlab, Oʻzbekiston va Xitoy xalqlari bir-birining
madaniyatidan ta’sirlangan, bu jarayon esa bugungi globallashgan dunyoda yangi
bosqichga koʻtarilgan.

Maqolada koʻrib chiqilganidek, Oʻzbekiston va Xitoy madaniyatida oʻxshash jihatlar

koʻp. Jumladan, an’anaviy oilaviy qadriyatlar, mehmondoʻstlik va muhim bayramlar har
ikkala jamiyatda ham asosiy oʻrin tutadi. Ushbu oʻxshashliklar xalq diplomatiyasini
rivojlantirish, turizm, ta’lim va biznes sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni
mustahkamlash uchun muhim asos yaratadi. Biroq, har ikki xalqning oʻziga xos jihatlari
ham mavjud. Oʻzbek va xitoy milliy liboslari, oshxona madaniyati, til va yozuv tizimi
oʻzining noyob xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu farqlar madaniy xilma-xillikni
ta’minlash bilan birga, bir-birining urf-odatlari va an’analarini oʻrganish hamda hurmat
qilish imkonini beradi. Bu esa turizm va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada
rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi madaniy almashinuv davlatlararo

hamkorlikning muhim yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Xitoyda oʻzbek madaniyatiga,
jumladan, musiqasi, milliy taomlari va san’atiga qiziqish ortib borayotgan boʻlsa,
Oʻzbekistonda xitoy tili, falsafasi va madaniyatiga e’tibor kuchaymoqda. Bu jarayon turli
madaniy tadbirlar, ilmiy va ta’limiy almashinuvlar orqali qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Kelajakda ushbu aloqalarni yanada rivojlantirish uchun bir qancha imkoniyatlar

mavjud. Jumladan:

Madaniy tadbirlar va festivallarni

koʻpaytirish, Oʻzbekiston va Xitoyda har ikki

xalqning madaniyati bilan yaqindan tanishish uchun imkoniyat yaratish. O‘zbekiston va
Xitoy orasidagi madaniy aloqalar yildan yilga tobora mustahkamlanlnib, turli tadbir va
festivallar orqali ikki xalqning o’zaro tushunishi va hamkorligi rivojlanmoqda.
2023-yilning noyabr oyining 11 sanasida “

新疆是个好地方

” ("Shinjon – go‘zal maskan")

deb nomlangan tadbir o’tkazildi, va Xitoyning Shinjon san’at va madaniyat Universitet
talabalari tomonidan xitoyning milliq raqs va taronalarini ijro etishdi.

Ta’lim

sohasida hamkorlikni kengaytirish, xususan, talabalar almashinuvi

dasturlari va til oʻqitish markazlari rovojlanmoqda. Talim sohasida hozir talabalarda
chetga chiqib o’qib tajriba o’rtirib kelish uchun juda kata imkoniyatlar mavjud. Shasan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

247

o’zim shunday bir imkoniyatga ega bo’lib 2024-yilning aprel oyida ShHT davlatlarining
talabalari uchun tashkillashtirilgan “

汉语桥

” (xitoy ko’prigi) ikki haftalik bahorgi lagerda

ishtirok etdim. Ikki hafta davomida ShHT davlatlaridan kelgan talabalar bilan Xitoyning
juda ko’plab universitetlarida bo’lib Xitoyning talim tizimi, va talim tizimida
kirirtilayotgan yangilik va qulayliklar bilan tanishib chiqdik. Shanhai chet tillar
universitetining o’zbek tili fakultetida bo’lib, dars jarayonlarida qatnashdik, o’zbek tilini
o’rganayotgan xitoy studentlari bilan o’zaro fikr almashdik. Hozirda talabalar alamashuvi
orqali xitoy talabalari Samarqand Davlat Chet tillari insitutida va bishqa universitetlarda
tehsil olishmoqda, shuningdek O’zbekistondan ko’plab talabalar Xitoyning eng nufuzli
universitetlarida tehsil olib bilimlarini oshirib kelishmoqda.

Turizm

sohasini rivojlantirish, ikki davlat oʻrtasida madaniy sayohatlar va tarixiy

yoʻnalishlarni ommalashtirish. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi turizm aloqalari so‘nggi
yillarda sezilarli darajada rivojlanib, “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi doirasida yanada
mustahkamlanmoqda. Xitoyda “O‘zbekiston turizm yili” tadbirlari o‘tkazilib, bu
O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Xitoy bozorida targ‘ib qilishga qaratilgan. Ushbu
tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat
qilmoqda. Sayyohlik biznes-forumlari: O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sayyohlik biznes-
forumlari tashkil etilib, bu ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlikni
kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ushbu uchrashuvlar orqali Xitoydan O‘zbekistonga
sayyohlar oqimini oshirish maqsad qilingan. 2013-yilda Xitoy rahbari Si Szinpin
tomonidan ilgari surilgan “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi Buyuk Ipak yo‘li doirasida
qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Bu tashabbus siyosiy
maslahatlashuvlar, yo‘l aloqalari, savdoni osonlashtirish va pul muomalasi kabi
yo‘nalishlarni qamrab oladi. O‘zbekistonning ishtiroki: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning
markazida joylashgan bo‘lib, “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining muhim markazi
hisoblanadi. Mamlakatimiz ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, faol ishtirok etmoqda.
Bu tashabbus O‘zbekistonning xalqaro savdosiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Media va san’at

sohasida hamkorlikni oshirish, o‘zbek va xitoylik san’atkorlar,

kinoijodkorlar hamkorligida loyihalar yaratish. Media sohasi to‘g‘risida gapiradigan
bo‘lsak Xitoyning eng mashhur “

飞来不可

” teleko‘rsatuvi ijodkorlari oktyabr oyida

O‘zbekistonga kelib Toshkent, Samarqand, Buxoro qadimiy shaharlarda bo‘lib
yurtimizning tarixi, tarixiy obidalari, urf-odatlarimiz va milliy taomlarimiz to‘g‘risida
2 qismlik teleko‘rsatuv suratga olishdi. Hozirda bu teleko‘rsatuvni “you tube”
platformasida va boshqa saytlarda ko‘rsa bo‘ladi.

Oʻzbekiston va Xitoyning madaniy yaqinligi ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik va

hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu hamkorlik nafaqat tarixiy ildizlarga
ega, balki kelajakda yanada mustahkamlanishi va yangi yoʻnalishlar bilan boyishi
kutilmoqda.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Jiang Liping, “HSK 4 STANDART COURSE”, BEIJING LANGUAGE AND CULTURE

UNIVERSITY PRESS-2014 yil, 155 bet.

2.

Wu Xiaoping, “

最有中国味儿的字和

”, BEIJING LANGUAGE AND CULTURE

UNIVERSITY PRESS-2010 yil, 156 bet.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

248

3.

UNESCO.

(2021).

Silk

Roads

Programme.

Rasmiy

veb-sayt:

https://en.unesco.org/silkroad – Buyuk Ipak yo‘li tarixi, madaniy ta’sirlar va Oʻzbekiston-
Xitoy munosabatlari haqida.

4.

China Daily. (2023). Chinese Cultural Traditions and Modern Society. Rasmiy

veb-sayt: https://www.chinadaily.com.cn – Xitoyning an’anaviy madaniyati va uning
zamonaviy jamiyatga ta’siri haqida.

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi. (2023). Oʻzbek madaniyati va

turizmi. Rasmiy veb-sayt: https://uzbektourism.uz – Oʻzbekistonning madaniy merosi,
urf-odatlari va turizm sohasi haqida.

6.

Konfutsiy Instituti. (2022). Xitoy falsafasi va urf-odatlari. Rasmiy veb-sayt:

https://www.ci.cn – Xitoyda Konfutsiy ta’limoti va uning jamiyatdagi roli haqida.

7.

BBC Food. (2023). Uzbek and Chinese Cuisine: A Comparative Study. Rasmiy

veb-sayt: https://www.bbc.com/food – Oʻzbek va xitoy oshxonalarining oʻxshash va
oʻziga xos jihatlari haqida.

Библиографические ссылки

Jiang Liping, “HSK 4 STANDART COURSE”, BEIJING LANGUAGE AND CULTURE UNIVERSITY PRESS-2014 yil, 155 bet

Wu Xiaoping, “最有中国味儿的字和词”, BEIJING LANGUAGE AND CULTURE UNIVERSITY PRESS-2010 yil, 156 bet

UNESCO. (2021). Silk Roads Programme. Rasmiy veb-sayt: https://en.unesco.org/silkroad

– Buyuk Ipak yo‘li tarixi, madaniy ta’sirlar va Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlari haqida.

China Daily. (2023). Chinese Cultural Traditions and Modern Society. Rasmiy veb-sayt: https://www.chinadaily.com.cn

– Xitoyning an’anaviy madaniyati va uning zamonaviy jamiyatga ta’siri haqida.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi. (2023). Oʻzbek madaniyati va turizmi. Rasmiy veb-sayt: https://uzbektourism.uz

– Oʻzbekistonning madaniy merosi, urf-odatlari va turizm sohasi haqida.

Konfutsiy Instituti. (2022). Xitoy falsafasi va urf-odatlari. Rasmiy veb-sayt: https://www.ci.cn

– Xitoyda Konfutsiy ta’limoti va uning jamiyatdagi roli haqida.

BBC Food. (2023). Uzbek and Chinese Cuisine: A Comparative Study. Rasmiy veb-sayt: https://www.bbc.com/food

– Oʻzbek va xitoy oshxonalarining oʻxshash va oʻziga xos jihatlari haqida.