Авторы

  • Мухайёхон Ахмедова
    Андижанский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.88577

Ключевые слова:

парадигма монофтонг дифтонг дифтонгоид гласные согласные сонарные звуки фонема редукция чистый L темный L звук шва

Аннотация

В этой статье рассматриваются фонетические ошибки, которые иностранец допускает при разговоре на узбекском языке, и адаптации, основанные на особенностях узбекского языка. В статье приведены конкретные примеры взаимопроникновения тюркских языков и произношения представителей других народов.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Phonetic difficulties encountered in the speech of a
foreigner

Mukhayyokhon AKHMEDOVA

1


Andijan State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form
10 February 2025
Accepted 25 February 2025
Available online

25 March 2025

This article examines the phonetic errors made by foreigners

when speaking Uzbek, as well as their adaptations influenced by
the specific features of the Uzbek language. It provides concrete

examples of the interaction between Turkic languages and the

pronunciation patterns of speakers from other ethnic

backgrounds.

2181-3663/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss3/S-pp351-356

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

paradigm,

monophthong,
diphthong,
diphthongoid,

vowels,
consonants,
sonorous sounds,
phoneme,

reduction,
pure L,
dark L,

shva sound.

Xorijiy shaxs nutqida uchraydigan fonetik qiyinchiliklar

1

Andijan State Institute of Foreign Languages.

E-mail: ahmedovamuhayyo305@gmail.com

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

paradigma,
monoftong,

diftong,
diftongoid,
unli tovushlar,
undosh tovushlar,

sonar tovushlar,
fonema,
reduksiya,

clear L,

Ushbu maqolada xorijiy shaxs o‘zbek tilida so‘zlashganda yo‘l

qo‘yadigan fonetik xatolar va o‘zbek tili xususiyatlaridan kelib

chiqib moslashtirishlar haqida gap ketadi. Maqolada turk

tillarining o‘zaro moslashishi va boshqa xalq vakillarining

talaffuzlaridan aniq misollar keltiriladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

352



Фонетические трудности, встречающиеся в речи
иностранца

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

парадигма,
монофтонг,

дифтонг,
дифтонгоид,
гласные,

согласные,
сонарные звуки,
фонема,
редукция,

чистый L,
темный L,
звук шва.

В этой статье рассматриваются фонетические ошибки,

которые иностранец допускает при разговоре на узбекском
языке, и адаптации, основанные на особенностях
узбекского языка. В статье приведены конкретные

примеры взаимопроникновения тюркских языков и

произношения представителей других народов.


KIRISH

Insonga ato etilgan eng buyuk ne’matlardan eng qadrlisi til bo‘lib, u insonlarni o‘zaro

aloqaga kirishib, jamoalar tashkil qilib, o‘z ehtiyojlarini qondirishida katta xizmat qiladi.
Til turli xalqlarning yashash joylari, atrof muhit, yashayotgan joyidagi o‘simlik va hayvonot
olamiga va ularning g‘oyaviy shakllanishiga qarab rivojlanadi.

Qadimdan turkiy til deganda ikki daryo oralig‘i va uning sharqiy va g‘arbiy

qirg‘oqlarida yashovchi aholining etnik rivojlanishi va bu hududlarga Eron va Rossiyaning
janubiy sarhadlaridagi Enasoy qirg‘oqlaridan ko‘chib kelgan aholi bilan integrallashuvi
oqibatida dunyoga kelgan va tadrijiy rivojga ega bo‘lgan til va lahjalar nazarda tutiladi.
Zamonaviy o‘zbek tilining rivoji asosida necha yillik tarixiy voqealar yotadi. Manbalarda
aytilishicha, “O‘zbek” termini aslida dashti qipchoqda istiqomat qiluvchi turkiy qabila va
elatlarining bir qismiga berilgan nom.” [2.12]

Movarounnahrda turkiy qabilalarining tez tarqashiga qaramasdan XII-XV asrlarda

arab, forsiy tilining ta’siri kuchli bo‘lgan. Shunga ko‘ra turkiy xalqlar tilida yuqorida
ko‘rsatilgan tillardan kirib qolgan so‘z va iboralar, ulardan o‘tgan fonetik tovushlar o‘zbek
tilida keng rivojlangan. Masalan arab tilidan o‘tgan tutuq belgisi [‘] arab tilidan kirib
qolgan so‘zlarni talaffuzida katta ahamiyatlidir: mas’uliyat, ma’rifat va boshqalar.

O‘zbekiston mustaqillikka erishib dunyoga viqor bilan qarayotgan davrda o‘zbek

tiliga qiziqish kuchaya boshladi. KUN.UZning oxirgi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonga bir
yilda keladigan turistlar soni taxminan 1.5 millionni tashkil etadi. Bulardan O‘zbekistonga
eng ko‘p tashrif etuvchilar qo‘shni qardosh respublikalardan bo‘lib, ularning qatoriga
Rossiya, Belorussiya, Turkiya va boshqa Yevropa mamlakatlardan kelgan muhojirlar
qo‘shiladi. Bundan tashqari, o‘zbek muhojirlari ham o‘z navbatida turli mamlakatlarga
sayohat qiladilar.

Sobiq Sho‘ro davrida o‘zaro muloqot tili rus tili bo‘lganiga qaramay, hozirda

muhojirlar davlat tili bo‘lgan o‘zbek tilida mahalliy xalq bilan muloqotga kirishishni afzal

dark L,
shva tovushi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

353

ko‘radilar. Hozirgi kunda o‘zbek tilida gapiruvchi shaxslarning xorijiy til o‘rganishda
uchraydigan muammolari haqida turli adabiyotlar mavjud. Ammo xorijiy shaxsning o‘zbek
tilini o‘rganishdagi muammolari kam adabiyotlarda ko‘rsatilgan. Shu maqsaddan kelib
chiqib, xorijiy shaxs o‘zbek tilida gapirayotganda fonetik qiyinchiliklarga uchrashi haqida
fikr yuritish muhim deb hisoblaymiz.

ADABIYOTLAR

O‘zbek tilida unlilarning cho‘ziq-qisqaligi, undoshlarning yumshoq-qattiqligi

fonologik jihatdan ahamiyatsizdir [1. A. Abduazizov “O‘zbek tilining fonologiyasi va
morfonologiyasi”]. Fonemalar ingliz va boshqa german tillarida bo‘lganidek so‘zlovchilar
uchun so‘zlarni farqlash uchun xizmat qilmaydi. Bu o‘zbek tilini boshqa til vakillarini
o‘rganishini osonlashtiradi. Xususan ingliz tilida cho‘ziq unli tovushlar mavjud bo‘lib, ular
tovushlar oppozitsiyasini tashkil qiladi. Masalan, [i]-[i:]; [u] –[u:] tovushlari talaffuzda
cho‘ziq va qisqa talaffuz qilinishi bilan farqlanadi.

O‘zbek tili turkiy tillar ichida unlilarning bunday klassifikatsiyasiga ega emas, biroq

inglizlar uchun juda ko‘p hollarda qisqa [i] tovushini “shva”, ya’ni [ə] tovushi bilan
almashinishi va tovushlarning neytrallashishi xorijiy shaxs uchun qiyinchilik tug‘diradi. Bu
o‘zbek tinglovchilariga xorijiy shaxs nutqining tushunilishida muammo keltirib chiqaradi.

Ingliz tili fonetikasida harflar jami 26 ta harf bo‘lib, ulardan 6 tasi unli, qolgan 20 ta

undosh harfdir. Mana shu 6 ta unli harfning o‘zi bo‘g‘inlarda joylashishiga qarab 20 ta
fonemani tashkil qiladi. Ular quyidagilardir: monoftonglar, diftonglar, diftongoidlardir.
O‘zbek tilida unlilarning bunchalik faol tasniflanishi kuzatilmaydi. A.M. Shcherbakning
“Сравнительная фонетика тюркских языков” asarida qirg‘iz, turk, qumiq va boshqa
turkiy tillarda unlilar soni 8 taga yetadi deb ko‘rsatadi. Ular a, o, u, i, a, o, u, i lar bo‘lib,
keyinchalik ozar tili materiallari ta’sirida ularning sonini 9 taga yetkazdi. Ularda
paradigmalar artikulyatsion kenglik, yarim kenglik va torlikka qarab aniqlanadi. Qardosh
xalqlar (qirg‘iz, qoraqalpoq, va ayniqsa uyg‘ur)lar o‘zbek tili fonemalarining talaffuzda
deyarli muammoga uchramaydi. Biroq yashash hududi bizga yaqin bo‘lgan tojik xalqi
vakillari uchun o‘zbek fonemalarini talaffuzi qiyinchilik tug‘diradi, chunki tojik tili
fonetikasining ayniqsa unlilarga tegishli bo‘lgan qismi ancha murakkab. Tojik tilida [o‘]
fonemasi ko‘p hollarda to‘liq [o] fonemasini anglatadi. Masalan, [aka] – tojik tilida [oka]
deb talaffuz qilinadi. “Birodar” so‘zi o‘zbek tilida birinchi bo‘g‘indagi unli [i], ingliz tilidagi
shva tovushiga o‘xshash [ə] talaffuz qilinadi, tojik tilida gapiruvchi shaxs o‘zbekka qarata
shu so‘zni boshqacharoq cho‘ziq [i:] ga yaqin talaffuz qiladi, chunki bu so‘z tojik tilida
mavjud bo‘lib, o‘zining maxsus talaffuz qonuniyatiga ega. Tojik tilida gapiruvchilar
[bi’roodar] so‘zini [i] tovushiga urg‘u bermay, [o] tovushini reduksiya bilan [bəro:dar] deb
talaffuz qiladilar.

USULLAR

O‘zbek tilidagi ba’zi so‘zlar turkiy tillarda mavjud bo‘lgani uchun ularni o‘z tillarida

talaffuz qiladilar

:

O‘zbek tilida

Bolakay, yo‘ldagi toshni olib tashla

gapi boshqa qardosh

tillarga shunday tarjima qilinadi:

Малай юлдагы ташны алып куй!(Tatarcha) - Писар

сангро аз роҳ дур кунед!(tojikcha)- Бала тасты жолдан шығар!(qozoqcha)- Бала
жолдон таш алып кет! (qirg‘izcha)

. O‘zbekchada “tosh” so‘zi tatarchada “tash” deb

talaffuz qilinadi. Bunda [o] fonemasi tatarchada [a] fonemasi bilan zidlanadi, qozoqchada
“tas”, ya’ni bunda unli fonmemalargina almashmasdan, balkim undosh sirg‘aluvchu [ʃ]
undosh o‘zi paradigmatik zidlanadigan [s] tovushiga almashdi. Qirg‘izchada ham unli


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

354

fonema almashuvi kuzatilmoqda. Bu turkiy tillar oilasidan ancha yiroq bo‘lgan tojik tilida
“tosh” so‘zi umuman farq qilib “sang” deb atalishini ko‘rmoqdamiz.

Qirg‘iz tilida [i] tovushi qattiqroq ruscha [ы] ga yaqin talaffuz qilinadi. Qirg‘izlar

davrning

” so‘zini talaffuz qilayotganda “ning” qaratqich kelishigini “nыn” deb talaffuz

qiladilar, chunki sonar tovushlardan so‘ng [i] tovushi [ы] ga o‘xshab talaffuz qilinishi
qirg‘iz tiliga xosdir. O‘zbek tilidan farqli qirg‘iz tilida 8 ta qisqa unli (а, о, у, и, э, ө, ы, ү) va
6 ta uzun unli tovushlar (аа, оо, уу, ээ, өө, үү) mavjud. Boshqa turkiy tillarda bo‘lganidek
qirg‘iz tilida ham unlilar uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. Qirg‘iz tilida bir so‘z ko‘lamida
qatnashgan unli ikkita bo‘lgan guruhdan odatda bittasiga tegishli bo‘ladi. Ular oldi qator
unlilarga (э, и, ө, ү) yoki orqa qator unlilarga (а, ы, о, у) bo‘linadi. So‘z oxirida keladigan
suffikslar ham shu qonunga bo‘ysunadi, ya’ni o‘zakdagi unlining holatiga moslashadi.
Masalan, egalikni anglatuvchi qaratqich kelishigi qo‘shimchalari (-ым, -им, -ум, -үм; -
быз, -биз, -буз, -бүз) quyidagicha moslashadi. Orqa qator:

kitep + ыm

kitebim

, bu

so‘zning negizida orqa qator “e” unlisi mavjud bo‘lgani uchun suffiks “ыm” – “im”
qo‘shimchasini oladi va “

kitebim

” – kitobim so‘zini hosil qiladi.

Uy

+

um → uyum,

so‘zning

negizida oldi qator unli “u” unlisi bo‘lgani uchun “um” suffiksi qo‘shiladi. Yuqorida
ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zbek tilida ham mavjud bo‘lgani uchun qirg‘izlar bu so‘zlarni
o‘zining tiliga yaqin talaffuz qiladi. “

Ma’rifat

” so‘zi arab tilidan o‘tgan bo‘lib arab tilida

[a’yn] tovushini anglatuvchi [’] tutuq belgisi bilan beramiz. O‘zbek tilida arab tilidan
o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuzi ancha faollashgan

: ma’rifat, ma’naviyat, mas’uliyat,

she’riyat, ash’or, ma’ruza, mo‘jiza, va’da

,

mo‘tabar

va boshqalardir. O‘zbek tilida [a’yn]

tovushi juda to‘liq shaklini berilmasa ham unlilardan so‘ng tutuq belgisi aniq eshitiladi.
Qirg‘iz tilida arab yoki lotin alifbosidan krillga o‘tilgandan so‘ng arab tilidan
o‘zlashtirilgan so‘zlar qirg‘iz tili fonetikasiga moslashtirilgan. Ba’zi bir arab tovushlarini
krillda o‘xshashlari bilan almashtirilgan, biroq ko‘pi o‘zining asliy talaffuzini yo‘qotgan.
Qirg‘iz tilida ham arab va fors tilidan o‘tgan qator so‘zlar din, ilm-fan, madaniyat va
kundalik turmushga oid turli jabhalarda qo‘llaniladi. Qirg‘iz tilidagi:

адабият

(adabiyot),

дин

(din),

илим

(ilm),

кабар

(xabar),

салам

(salom) kabi arab tilidan o‘tgan so‘zlar

o‘zlarining talaffuziga egadir va ular o‘zbek tilida ham mavjud bo‘lib qirg‘izlar o‘zbekcha
gapirayotganlarida o‘zlariga xos talaffuz qiladilar.

NATIJALAR

Akademik Shcherbakning “Сравнительная фонетика тюркских языков” asarida

ko‘p turkiy so‘zlar chiqargan tovushiga qarab nomlangan deb fikr bergan. Uning
yozishicha “to‘qmoq” so‘zi, ‘to‘q-to‘q’ qilib yog‘ochning ovoz chiqarishiga qarab
nomlangan. O‘zbek tilida ham ba’zi bir predmetlarni ularning chiqargan ovoziga
moslashtirib fe’llarga nomlar berilgan so‘zlar bir qator: suv

shovullaydi,

echki yoki qo‘y

maaraydi

, it

vovullaydi

va boshqalar.

Shcherbaning fikricha, yasalish usuli bo‘yicha sirg‘aluvchi, yasash organida

nisbatan olib qaraganimizda tish vat il uchidan paydo bo‘ladigan, artikulyatsion tovush
chiqishiga qarab sonat bo‘lmagan [ʃ] va [s] tovushlari qozoq va o‘zbek tillarining kelib
chiqishi bir tarixga ega bo‘lgani uchun bu holatni qozoq tilida sirg‘aluvchi [ʃ]
kuchsizlashib [s]ga o‘zgargan.

Qozoq tilida o‘zbek tilida “ʃ” tovushini anglatib keluvchi so‘zlar “s” bilan almashadi.

Masalan,

esik – eshik; tas- tosh; bas- bosh; qas- qosh; jaqsы- yaxshi; as- osh

va

boshqalardir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

355

Hozirda ko‘p muhojirlar o‘zbek tilini o‘rganib, ko‘cha-ko‘yda mahalliy xalq

bilan

muloqotga kirishga harakat qilmoqda. Hindistonlik mehmonlar dasturxon ustida o‘tirib,
o‘zlarining go‘sht yemasligi haqida gapirayotganda: [bi:z go‘s yimadi]- deb
tushuntirganini guvohi bo‘lamiz. Ko‘p madaniyatli va ko‘p tilli Hindistonning umumiy
hindu tilida ham [ʃ] tovushi [s] deb talaffuz qilinar ekan.

Amerikalik Maykl Kee o‘zbekchani talaffuz qilayotganda umuman bir-biriga

o‘xshamas fonemalarning o‘zga tilda g‘ayrioddiy eshitilishi guvohi bo‘lamiz. Amerikalik
yozuvchi Tomas Harrisning “Qo‘zichoqlar sukunati” kitobini o‘zbekcha tarjimasini
o‘qiyotgan holatini tahlil qilsak, asliyat shunday:

“Ochilmay qolgan qotilliklar bilan band

bo‘lib qolganingizdan xabarim bor, jumladan Buffalo Bill. – Ha, shunday. Eski ishlar. Hali
yangi jasadlar topilgani yo‘q.

Maykl

“ochilmay”

so‘zining talaffuzida [tʃ] tovushini yengil aniq qilmay talaffuz

qildi. [tʃ] tovushi [ʃ] bilan [tʃ] o‘rtasida talaffuz qilindi. Chunki ingliz tilida [tʃ] so‘zning
boshida qattiq va aniq talaffuz qilinadi, ikki unli o‘rtasida assimilyatsiyaga uchrab, [ʃ] ga
yaqin talaffuz qilinadi. “

Qolgan

” so‘zi talaffuzida [l] fonemasi deyarli eshitilmadi, bunga

sabab ingliz tilida [l] fonemasi [o] va [a] unlilar oldida sokin bo‘lish xususiyatiga ega.
Ayniqsa [m], [k], [f] tovushlaridan avval [l] fonemasining talaffuz qilinmasligi ingliz
zabon shaxslar uchun oddiy holdir. Bu uning ona tili negizidagi qonuniyati bo‘lib, balkim
u o‘zbek tilining fonetik qoidalari boshqacha bo‘lishiga qaramasdan unga ham bexosdan
shu qoidani ishlatgan bo‘lishi mumkin. Ingliz zabon shaxslar o‘zbek tili undoshlari
guruhining shakllanishi va ularning unlilar bilan o‘zaro aloqaga kirishishiga ahamiyat
bermasligi mumkin. Qolaversa, “qolgan” so‘zidagi [g] undoshini bir oz [k] ga yaqin
talaffuz qilib, [l]ni [k]oldida sokinlashishiga erishgan.

MUNOZARALAR

Ingliz tilida “Dark L” (to‘q L) va “Clear L”(aniq L) degan tushuncha mavjud bo‘lib,

aniq [l] unlilar oldida talaffuz qilinib, aniq eshitiladi. To‘q (dark) [l] esa bo‘g‘in oxirida
yoki undoshlardan avval keladi. U velar undosh deb ataladi. Mana shu o‘zbekcha “qolgan”
so‘zi uchun aniq [l] talab qilinadi. Bu holat fonetik soddalashtirish deb aytiladi, ingliz
uchun o‘zbek tilidagi tovushlarni o‘zlashtirib o‘ziga xos qilib talaffuz qilish fonetik
soddalashtirishga kiradi. O‘zbek tilida “qolgan” so‘zidagi [l] tovushi to‘g‘ri va aniq talaffuz
qilinishi shart, amerikalik inglizzabon shaxs uchun [l] ni zaif deyarli eshittirmay talaffuz
qilinishi uning o‘zga tilni o‘rganishiga xalaqit beradigan fonetik odati bo‘lishi mumkin.

Agar ingliz tilidagi “

calm” (tinch

) so‘zini olsak, unda “l” fonemasi talaffuz

qilinmaydi, biroq tarixiy fonetikaga murojaat qilsak, bu so‘zda “l” talaffuz qilingan.
Zamonaviy ingliz tilida talaffuzi o‘zgarishiga qaramasdan, yozilishi tarixiy o‘tmishini
saqlab qolishi odatiy holdir. Ingliz tilida shunday so‘zlar borki, yozilishi qadimgi
talaffuzni eslatadi. Masalan, so‘z oxirida keladigan “b” fonemasi “m” fonemasidan keyin
ishlatilmaydi. Bu so‘zlar

lamb

(qo‘zichoq)/

læm/,

comb (taroq)

/koʊm/,

debt

(qarz)

/det/,

doubt(shubha)

/daʊt/, subtle (nozik)/ˈsʌtl/.

Bu so‘zlarda tarixiy “b” to‘liq talaffuz qilingan.

/c/ fonemasi /k/ va /s/ oldida sokinlashadi:

black

/blæk/,

scene

/siːn/), yana /d/

fonemasi keng tarqalgan so‘zlar

Wednesday

/ˈwenzdeɪ/,

handsome

/ˈhænsəm/, /g/ va /k/

fonemalari /n/ oldida sokinlashadi

gnome

/noʊm/,

gnat

/næt/,

knife

/naɪf/,

know

/noʊ/,

ba’zan so‘z o‘rtasida va oxirida kelishi ham mumkin,

sign

/saɪn/. O‘zbekcha yumshoq /h/

ni anglatuvchi bo‘g‘iz tovushi /h/ fonemasi ham

hour

/ˈaʊər/,

honest

/ˈɒnɪst/ tarixiy

o‘tmishga egadir. Sonar tovushlar ketma-ketligi /n/ va /m/ larda /n/ sokinlashadi

autumn

/ˈɔːtəm/,

hymn

/hɪm/,

solemn

/ˈsɒləm/. So‘z boshida “ps” va “pt” harf


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701

356

birikmalarida

psychology

/saɪˈkɒlədʒi/,

pneumonia

/njuːˈmoʊniə/,

pterodactyl

/ˌterəˈdæktɪl/) va so‘z o‘rtasida

receipt

/rɪˈsiːt/,

cupboard

/ˈkʌbərd/ uchraydigan /p/

tovushi sokinlashadi. Ba’zi hamma uchun tanish so‘zlarda

listen

/ˈlɪsn/,

castle

/ˈkæsəl/,

often

/ˈɒfən/ uchraydigan /t/ tovushi o‘qilmaydi.

Write

/raɪt/,

wrong

/rɒŋ/ so‘zlarida

/w/ sonar tovushi sokinlashadi va so‘z o‘rtasida

answer

/ˈænsər/ holatni anglatadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan barcha so‘zlar tarixiy talaffuzi o‘zgacha bo‘lgan.

Yuqorida keltirilgan

calm

so‘zida /l/ undoshi unli /a/ bilan /m/ undoshi o‘rtasida

kelgan va bunday tovush birikmalarda o‘rtadagi undoshni yo‘qotish holati mavjud.
Shunga o‘xshash sokinlashuv boshqa so‘zlarda ham uchraydi: “walk”, “talk”, “chalk” kabi
so‘zlarda ham /l/ tovushi o‘qilmaydi.

Yana bundan tashqari ingliz tili fonetikasida mavjud bo‘lgan umumiy qoida

mavjud, ya’ni “

alm

” tovush birikmalarida /l/ o‘qilmaydi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytamizki, xorijiy shaxs o‘zbek tilida so‘zlayotganda qator

muammolarga duch keladi. O‘zbek tili ko‘p shevali til bo‘lgani uchun bu shevalar
rivojlanishiga ko‘ra boshqa tillarning ta’sirini o‘z ichiga olgan. Ba’zan sof o‘zbek tilida
talaffuz qilinishi bo‘lgan so‘zlar shevalarda ham farqlanadi. O‘zbek tili ommalashayotgan
davrda xorijiy shaxsning o‘zbek tilida so‘zlashi undagi fonetik qiyinchiliklarini yengishi
uchun o‘zbek tilining boshqa tillardan fonologik farqlarini yaxshilan o‘rganib chiqish
muhim masaladir. O‘zbek tiliga qardosh bo‘lgan qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur, tatar tillari
kesimida fonemalarning zidlashib, paradigmalar hosil qilish holatlarini kuzatib o‘zbek
tiliga moslashtirib talaffuz qilinishi natijasida o‘zbek tilining qirg‘iziy holati, uyg‘urcha
o‘zbekcha, tatarcha o‘zbek tili hosil bo‘ladi. Biroq turkiy tillar oilasidan uzoq bo‘lgan
roman va german tillari vakillari talaffuzida o‘zbek tili talaffuzi ancha o‘z me’yorlaridan
farqlanadi. Ba’zan ular umuman tushunarsiz holatga ham kelishi mumkin. Bunga sabab
bu tillarning fonetik artikulyatsiyasi tubdan farq qilishidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Абдузухур

Абдуазизов

«Узбек

тили

фонологияси

ва

морфонологияси»Тошкент «Университет»2010

2. Б. Менглиев «Хозирги узбек адабий тили». Карши 2004

2. Peter Roach “English Phometics and Phonology a practical course” Cambridge

University Press 2009.

3. Baxtiyor Mengliyev, O‘rol Xoliyorov, Nilufar Abdurahmonova “O ‘zbek tilidan

universal qo‘llanma” Toshkent “Akademnashr” 2015

5. А.М. Щербак «Сравнительная фонетика тюркских языков». Ленинград 1970

6. Н.С. Трубецкой «Основы фонологии». Москва 2000

Библиографические ссылки

Абдузухур Абдуазизов «Узбек тили фонологияси ва морфонологияси»Тошкент «Университет»2010

Б. Менглиев «Хозирги узбек адабий тили». Карши 2004

Peter Roach “English Phometics and Phonology a practical course” Cambridge University Press 2009.

Baxtiyor Mengliyev, O‘rol Xoliyorov, Nilufar Abdurahmonova “O ‘zbek tilidan universal qo‘llanma” Toshkent “Akademnashr” 2015

А.М. Щербак «Сравнительная фонетика тюркских языков». Ленинград 1970

Н.С. Трубецкой «Основы фонологии». Москва 2000