Авторы

  • Нилуфар Халимова
    Международный университет туризма и культурного наследия «Шелковый путь»

Биография автора

  • Нилуфар Халимова, Международный университет туризма и культурного наследия «Шелковый путь»
    независимый исследователь

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.7481947

Ключевые слова:

Узбекское сказительство – это вор жизнь птичий сон традиции менталитет

Аннотация

Ushbu maqolada o'zbek tilidan ingliz tiliga qilinayotgan tarjimalar haqida, xususan, G ‘afur G ‘ulomning “Mening о ‘g ‘rigina bolam ” (1965) hikoyasi tahlili xususida so‘z yuritiladi. Ushbu hikoyada berilgan milliylikni ifodalovchi ibora va urf-odatlarning inglizcha tarjimasi tahlil qilindi.

background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

110

G‘AFUR G‘ULOMNING “MENING O‘G‘RIGINA BOLAM”

HIKOYASI TARJIMASIDA MILLIYLIKNING AKS ETTIRILISHI

TAHLILI

https://doi.org/10.5281/zenodo.7481947

Xalimova Nilufar Abduhafizovna

mustaqil tadqiqotchi

“Ipak yo‘li” turizm va

madaniy meros xalqaro universiteti,

Samarqand, O‘zbekiston

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o’zbek tilidan ingliz tiliga qilinayotgan

tarjimalar haqida, xususan, G‘afur G‘ulomning “Mening o‘g‘rigina bolam” (1965)

hikoyasi tahlili xususida so‘z yuritiladi. Ushbu hikoyada berilgan milliylikni

ifodalovchi ibora va urf-odatlarning inglizcha tarjimasi tahlil qilindi.

Kalit so’zlar:

o‘zbek hikoyachiligi o‘g‘ri, tiriklik, qush uyqusi, urf-odatlar,

mentalitet.

Abstract:

This article is written about translations from Uzbek into English, in

particular, about the analysis of Gafur Gulam's story "My thief boy"(1965) . In this

article the translation of expressions and customs that represent the nationality was

analyzed.

Key words:

Uzbek stories, thief, life, bird's sleep,uzbek traditions, mentality.

O‘zbekistonimizning mustaqillikka erishishi, o‘zbek tilining davlat tili

maqomini olishi, yurtimizning xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik,

iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarni mislsiz o‘sishi, chet tilini o‘rganishga

qiziqishning kundan-kunga oshib borishi, O‘zbekiston Respublikasi uchun kadrlar

tayyorlash bo‘yicha Milliy dasturning qabul qilinganligi, olimlar va pedagoglar

oldiga chet tilini o‘qitish bo‘yicha yangi darsliklar, qo‘llanmalar, lug‘atlar, dasturlar


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

111

va boshqa didaktik materiallarni yaratishni muhim vazifa etib belgilamoqda.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, millatlararo totuvlik, hamkorlik va

hamjihatlik butun dunyo xalqlari o‘rtasida mustahkamlanmoqda va rivojlanmoqda.

Mana shunday rivojlanishlar natijasi sifatida badiiy adabiyotda qilinayotgan

tarjimalarni ham kiritishimiz mumkin. Badiiy tarjima mana shu aloqalarni

mustahkamlash uchun yana bir ko‘prik vazifasini bajaradi desak mubolag‘a

bo‘lmaydi. Badiiy tarjima har bir xalqning ma’naviy ko‘zgusi bo‘lmish asarlarini

boshqa xalqqa namoyon etish, yetkazish uchun quroldir. Zero, mana shu asarlar har

bir xalqning milliy o‘ziga xosligini, turmush tarzi, urf odatlarini o‘zida aks etadi. Biz

o‘zbek tilidan ingliz tiliga qilinayotgan tarjimalar soni kundan-kunga oshib

borayotganiga ham guvohmiz va bundan albatta mamnunmiz. Mana shu tarjima

asarlar qatorida Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanining tarjimasi

“The scorpion from the Altar”, “O‘tkan kunlar”-“The days passed by”, Pirimqul

Qodirovning Yulduzli tunlar asari tarjimasi “The starry nights”, G‘afur G‘ulomning

“Shum bola”-“The naughty boy” asarlarining tarjimalari, Oybekning “Navoiy” asari

tarjimalarini va ko‘plab hikoyalarning tarjimalarini ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu maqolada so‘z yuritmoqchi bo‘lganimiz G‘afur G‘ulomning “Mening

o‘g‘rigina bolam” hikoyasidir. Ushbu hikoya barcha adabiyot ixlosmandlari uchun

tanish va qadrdon bo‘lib qolgan hikoyalardan biridir. XX asr o‘zbek adabiyotini biz

4 davrga bo‘lishimiz mumkin.

1.

Marifatchilik adabiyoti

2.

Jadid adabiyoti

3.

Sho‘rolar adabiyoti

4.

Mustaqillik davri adabiyoti [2; 7]

G‘afur G‘ulom kabi ko‘plab ijodkorlarning urinishlari va mehnatlari natijasi

sifatida bu davr adabiyoti eng mukammal asarlar, chiroyli nasr va nazm bilan

boyitildi. Ayniqsa bu davr o‘zbek hikoyachiligining eng mashhur namunalari

yaralgan davr bo‘ldi. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi ham ana shu davrda

yaratildi va mana shu davrning bor timsolini namoyon etdi, urush davrida


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

112

odamlarning hayoti qay darajada og‘ir kechganini oshkor eta oldi. Ushbu hikoya

o‘sha davr qiyinchiliklarini, butun dunyo xalqlarining og’ir davrni boshidan

kechirganlarining isboti sifatida ko‘rilishi mumkin.

Mana shunday XX asrning eng sara hikoyalarini tarjima qilib, bu hikoyalarni

butun dunyoga tanitishga erisha olgan tarjimonlardan biri Mahmuda

Saydumarovadir. 2012-yilda AQSHda nashr etilgan “A collection of Uzbek short

stories” kitobi XX asr o‘zbek adabiyoti hikoyachiligining eng sara namunalarini o‘z

ichiga olgan. Ushbu tarjima to‘pamidan “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi ham joy

olgan. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi 1917-yil voqealarini hikoya qiladi.

Hayotiy qiyinchiliklar odamlarning o‘zlari xoxlamagan ishlar bilan shug‘ullanishga,

xoxlamasa-da, o‘g‘irlik qilishga majbur etadi. Urush ko‘plab millatlar uchun halokat

olib keldi. Ushbu hikoyadagi Qora buvi va o‘gri o‘rtasidagi suhbatda ham mana shu

hayot qiyinchiliklari namoyon bo‘lgan. Shuning bilan birga o‘zbeklarning urf-

odatlari, mentalitetga xos bo‘lgan udumlar va so‘zlarni uchratish mumkin.

Mana shunday milliy mentalitetga xos bo‘lgan so‘zlarning tarjimasi xususida

so‘z yuritsak. Qora buvi o‘g‘rilikka kirganini bila turib, o‘g‘riga o‘zbeklarga xos

bo‘lgan mehribonlik bilan gapiradi. Ushbu hikoyadagi o‘zbek tilida uchraydigan

frazeologizmlar va maqollarga diqqat qaratadigan bo‘lsak: “-biror yerga o‘tib

mizg‘iganday qush uyqusi qilaman” iborasini “-and drowse off just like birds do” deb

tarjima qilgan. Qush uyqusi o‘zbek tilida qay ma’no ifodalagan bo‘lsa, ingliz tilida

ham shu ma’no saqlanib qolgan.

“-Zamonning o‘zini ko‘rib turibsan,

tiriklik toshdan qattiq, tuyaning ko'ziday

non anqoga shapig’.

”-

deb aytadi Roqiya buvi o‘g‘riga. [3; 131]

“-You can see that life is hard; it is harder than rock. And it is

even harder to

earn a loaf of bread even if it’s the size of a camel’s eye

.

[4;26]

Tarjima jarayonida asl ma’noni saqlab qolish uchun ham ba’zi hollarda

iboralarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilgan ma’qul. Tarjima tilida ushbu iborada

ekvivalent topilsa-da, asl ma’no o‘zgarishi mumkin. Yana bir iboraga e’tibor

qaratadigan bo‘lsak:


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

113

-To‘g‘ri aytasiz buvijon, -dedi o‘g‘ri, -mening ham ikki bolam, xotinim, bitta

kampir onam bor,

bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak

, deganlaridek,

shularni boqishim kerak.

-You speak the truth, grandmother,- the thief said. I also have a wife, two

children, and my old mother to take care of. Like they say,

a chicken needs both seeds

and water to survive;

so I have to provide for my family.

Ushbu ibora tarjimasida live so‘zidan ko‘ra survive so‘zi ishlatilgan va bu aynan

o‘sha davrni yanada jonliroq ko‘z oldimizga keltirishga xizmat qilgan deb aytish

mumkin. Chunki urush davrida odamlarning “tirikchiligi toshdan qattiq” edi va ular

yashab qolish maqsadida o‘g‘rilikka ham qo‘l urishga majbur bo‘lgan.

O‘zbek millatining asl xarakterini boshqa xalqlarga ko‘rsatish uchun tarjima

asarlar alohida o‘rin egallaydi. Ushbu hikoyada ham yana bir lavhaga e’tibor

qaratsak:

-Bu gaping ham to‘g‘ri o‘g‘rigina bolam, Ammo-lekin ehtiyot bo‘l. El- yurtning

oldida tag‘in badnom bo‘lib qolmagin, - dedi bizning kampir.

-You have a point my thief boy; just be careful. Do not get your reputation spoilt

in front of people,-my grandmother said.

Qora buvi nafaqat o‘zinig nabiralarini, balki begona bo‘lsa-da, o‘g’rining ham

el-yurt oldidagi obro‘si haqida onalarcha qayg’uradi. O‘zbek onalariga xos holat. Bu

o‘zbek tilidagi “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” iborasini ham yaqqol ochib bergan.

Ushbu hikoyaning yana bir jumlasida o‘zbek mentalitetiga xos bo‘lgan urf- odatni

ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek xonadoniga mehmon kelsa, ketar chog’i qo‘liga uyda

bor shirinlik yoki non bilan kuzatishadi, quruq jo‘natishmaydi. Ushbu asarda ham

Roqiya buvi “qutlug’ uy”dan hattoki o‘g’rini ham quruq jo‘natgisi kelmaydi.

O‘zining qiyin ahvoliga qaramay, o‘g’riga ham yordam bergisi, nimadir berib

yuborgisi keladi.

Mana shunday asarlar o‘zbek adabiyotida juda ko‘p. Bu kabi tarjimalar sonini

ko‘paytirish adabiyotimizni, madaniyatimizni butun dunyo ahliga ko‘rsatish uchun

imkoniyat yaratib beradi. Buning uchun esa, tarjimonlar o‘zlarida katta mas’uliyatni


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

114

his etgan holda harakat qilishlari, eng sara asarlarning tarjimalarini mahorat bilan

tarjima qilishlari lozim.

"Tarjimon - deb yozadi A.Muxtor, - o‘zida badiiy adabiyotni yaratuvchi

ijodkorlik ma'suliyatini chuqur his etishi kerak, u o‘zining siyosiy va adabiy bilimini,

badiiy mahoratini oshirish ustida qunt bilan ishlashi zarur... Tarjmon uchun keng

badiiy til savodxonligi kerak: yozuvchilik mahorati, obrazli fikrlay bilish,

kuzatuvchanlik, turmushni chuqur bilish nihoyatda zarur" .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Saydulla Mirzayev. XX asr o‘zbek adabiyoti. «Yangi asr avlodi» Toshkent, 2005

2.

G’afur G’ulom. Mening o‘g’rigina bolam. G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va

san’at nashr. 1993.

3.

Mahmuda Saydumarova. A collection of Uzbek short stories. Bloomington, IN,

USA. 2012

4.

Махмудова, М. А., and Ш. М. Султанова. "САКРАЛЬНОЕ КАК

КОМПОНЕНТ УСТОЙЧИВЫХ ВЫРАЖЕНИЙ." ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА

И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 19.6 (2023): 132-142.

5.

https://fayllar.org/navoiy-davlat-pedagogika-instituti-xorijiy-tillar-fakulteti-

in.html?page=2

Библиографические ссылки

Saydulla Mirzayev. XX asr o‘zbek adabiyoti. «Yangi asr avlodi» Toshkent, 2005

G’afur G’ulom. Mening o‘g’rigina bolam. G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’atnashr. 1993.

Mahmuda Saydumarova. A collection of Uzbek short stories. Bloomington, IN, USA. 2012

Махмудова, M. A., and Ш. M. Султанова. "САКРАЛЬНОЕ КАК КОМПОНЕНТ УСТОЙЧИВЫХ ВЫРАЖЕНИЙ." ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 19.6 (2023): 132-142.