Авторы

  • С Одилжонова
    Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

Биография автора

  • С Одилжонова, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека
    Студентка

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.7482024

Ключевые слова:

паратаксемические предложения язык оригинала язык перевода семантические и грамматические связи

Аннотация

Ushbu tezisning umumiy mazmuni shundan ihoratki, parataksemik qo'shma gaplar haqida umumiy ma'lumot beriladi hamda ingliz tilidagi parataksemik qo ‘shma gaplarning о ‘zbek tiliga tarjimasi muammosini bir nechta misoliar orqali tushuntirib beriladi va tezis yakunida barcha fikrlardan chiqarilgan xulosalar ifodalanadi.

background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

INGLIZ TILIDAGI PARATAKSEMIK QO'SHMA GAPLARNING

O'ZBEK TILIGA TARJIMASI MUAMMOSI

https://doi.org/10.5281/zenodo.7482024

S.V.Odiljonova

Talaba O’zbekiston Milliy universiteti

Annotatsiya:

Ushbu tezisning umumiy mazmuni shundan iboratki,

parataksemik qo‘shma gaplar haqida umumiy ma‘lumot beriladi hamda ingliz

tilidagi parataksemik qo‘shma gaplarning o‘zbek tiliga tarjimasi muammosini bir

nechta misollar orqali tushuntirib beriladi va tezis yakunida barcha fikrlardan

chiqarilgan xulosalar ifodalanadi.

Kalit so‘zlar:

parataksemik qo‘shma gaplar, asliy til, tarjima tili, semantik va

grammatik munosabatlar.

Hozirgi zamonaviy o'zbek tilshunosligida o'rganilayotgan asosiy mavzulardan

biri qo'shma gap hisoblanadi. Qo'shma gap turlaridan biri parataksemik qo'shma

gaplardir. Parataksemik qo'shma gaplarni tashkil etuvchi teng huquqli qismlar

shaklan mustaqil, mazmunan o'zaro bog'langan, ba'zan mantiqan biri ikkinchisiga

tobe gaplardan tashkil topadi. Bunday bog'liqlik qo'shma gap qismlarining

tuzilishida, kesimlarining mazmunan va grammatik munosabatida yoki umumiy gap

bo'laklarining mavjud bo'lishida ko'rinadi. "Bog'langan qo'shma gap qismlari orasida

turli mazmun-munosabatning ifodalanishida shu qismlar tarkibidagi gap

bo'laklarining ma'nosi va o'rinlashishi, ularning semantik va grammatik o'zaro

munosabati, ayrim leksik elementlarning qo'llanishi kabi faktorlar asosiy ro'l

o'ynaydi"[1.123] Anglashiladiki, bunday turdagi qo'shma gaplarning qismlari

mazmunan bir-birini taqozo qilsa-da, grammatik jihatdan tobe bo'lmaydi.Qo'shma

gap mavzusi ichidagi muammolardan biri ham ingliz tilidagi parataksemik, ya'ni

teng bog'lovchili bog'langan qo'shma gaplarni (Compound sentence) o'zbek tiliga

tarjima qilishda sodir bo'ladigan o'zgarishlar hamda ingliz tilidagi parataksemik


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

qo'shma gap bo'laklarining o'zbek tili tarjimasi tarkibida aynan takrorlanmasligi deb

hisoblashimiz mumkin.

Ingliz va o'zbek tillarida parataksemik qo'shma gaplar tarjimasi borasida bu

ikki tilning bir-biriga o'xshash va farqli tomonlari, ular o'rtasidagi mazmun-

munosabatlarning o'zgarish yoki o'zgarmasligi va bu ikki xil oilaga mansub bo'lgan

tillarda so'z tarkibi kabi masalalarni ingliz yozuvchisi J.Swiftning «Gulliverning

sarguzashtlari« asaridan olingan misollar orqali ko'rib chiqamiz.

Ingliz tilida:

»It was about twelve at noon, and a servant brought in

dinner».[4.74]

J.Swiftning «Gulliverning sarguzashtlari» asarini o'zbek tiliga S.Yuldoshev

tomonidan tarjima qilingan variantida quyidagicha berilgan:

O‘zbek tilida:

«Tush payti edi; xizmatkor ovqat keltirdi»[5.65].

O'zbek tilidagi tarjimani tahlil qiladigan bo'lsak, ikkala gapda ham ketma-

ketlik mazmuni ifodalanmoqda, shu bilan birgalikda, so'zma -so'z tarjima qilingan.

Birgina istisno tomoni shundaki, ingliz tilidagi bog'langan qo'shma gap o'zbek

tilidagi tarjimasida bog'lovchisiz qo'shma gap tarzida ifodalangan. "Gaplarni

biriktiruvchi grammatik va leksik vositalar qancha kam bo'lsa yoki bo'lmasa,

qo'shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga shunchalik kirishib ketadi" [2..299]

Bizning ham fikrimizga ko'ra, bu o'zgarish to'g'ri hisoblanadi, chunki asliyat tildagi

stilistik qolip tarjima tilida ham yaratilishi kerak. Ya'ni badiiy adabiyotlarda uslubiy

bo'yoqdorlik uchun bog'lovchisiz qo'shma gaplar tanlanadi. Xuddi shu asardan

olingan navbatdagi misolni tahlilini ko'ramiz:

«I grew weary of the sea, and intended to stay at home with my wife and

family». [4.15]

«Dengiz me'damga tegdi, xotinim, bola-chaqalarim bilan uyda qolmoqchi

bo'ldim»

[5.6].

S.Yuldoshevning tarjimasida ushbu gapni juda chiroyli tarjima qilgan, ushbu

tarjima bizga shuni ma’lum qiladiki, ingliz tilidagi parataksemik qo’shma gap

o’zbek tiliga tarjima qilinganda ham aynan shu tuzilishda bo’ladi. Ammo bizning

qarashlar bo’yicha bu biroz soddalikni va badiiy g’alizlikni yuzaga keltirib


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

chiqaradi, shu sababli bu tarjimadagi bog’lovchisiz qo’shma gapni sodda gapga

aylantirishni joiz deb topdik. Chunki biz o’zbek tilida tasavvur qilishimizga ko‘ra,

“dengiz uning me’dasiga tekkanligi sababli xotini, bola-chaqalari bilan uyda

qolmoqchi”, tarjima esa quyidagi ko’rinishda bo’lsa yaxshiroq bo’ladi deb

o‘ylaymiz:

“Dengiz me ’damga

tekkanidan

xotinim, bola-chaqalarim bilan uyda

qolmoqchi bo ‘ldim ”.

Navbatdagi misol tariqasida keltirmoqchi bo’lgan tarjimamizda ingliz tilidagi

birgina parataksemik qo’shma gap o’zbek tiliga tarjima qilinganda bir necha

bog’langan qo’shma gaplarga bo’linib ketgan.

“The horse that fell was strained in the left shoulder, but the rider handkerchief

as well as I could, however I would not trust to the strength of it any more in such

dangerous enterprises”[4.33].

O’zbek tilidagi tarjimasi:

“Yiqilgan otning oldingi oyog’i chiqqan bo’lsa-da,

chavandoz shikastlanmagan edi. Ro’molchani hafsala bilan yamadim, lekin

o‘shandan beri bunaqa xavfli mashqlar paytida ro’molchaning pishiqligiga

ishonmay qo‘ydim ”.[5.25].

Nazarimizda, bu tarjimada barcha bo’laklardan foydalanilmaganligi sababli

ingliz tilidagi birgina qo‘shma gap o‘zbek tilidagi tarjimada bir necha gaplarga

bo‘linib ketgan. Aynan

“however”

bog’lovchisidan foydalanilmagan. Agar bu

bog’lovchidan foydalanilgan taqdirda quyidagi yaxlit bir bog‘langan qo’shma gap

tarjimasi hosil bo’lar edi va shu bilan birga, bu gap ohangdorligi oshib, ma’noviy

jihatdan ham kengayar edi:

“Yiqilgan otning oldingi oyog’i chiqqan bo’lsa-da, chavandoz shikaslanmagan

edi,

shunga qaramay

ro’molchani hafsala bilan yamadim, ammo o‘shandan beri

bunaqa xavfli mashqlar paytida uning pishiqligiga ishonmay qo’ydim”.

"Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilidagi teng bog‘lovchilarning butun turlari

vayuklamalar keng qo‘llanadi, ammo til taraqqiyotining ilk davrlaridayordamchi

so‘zlar juda kam bo‘lib, borlari ham o‘ziga xos funksiyaga ega bo‘lgan "[3.25]

O‘zbek stilistik tilshunosligida birinchi gapda qo‘llangan biror so‘zning


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

ikkinchi gapda ham shu so‘z o‘rnida aynan takror qo’llash uslubiy g’alizlikni yuzaga

keltiradi. Shu sababli, biz taklif qilgan tarjima variantimizda ikkinchi gapdagi

“ro’molcha”

so’zi o’rnida

“u”

olmoshidan foydalandik va bu maqsadga muvofiq

deb o‘ylaymiz.

Xulosa qilib aytganimizda, qo‘shma gap tarjimalarining o‘ziga xos

xususiyatlari kabi yirik muammo ingliz tilshunoslarining ham, o‘zbek

tilshunoslarining ham diqqatini tortgan. Yuqorida keltirilgan uchala gapda ham

ingliz tilidagi parataksemik qo‘shma gaplar grammatik jihatdan to‘liq shakllangan

hamda mazmunan tugallangan gaplardir. Ammo tarjimasiga qaraydigan bo‘lsak, bu

gaplar bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga aylangan hamda boshqa stilistik hamda

grammatik kamchiliklarni kuzatishimiz mumkin. Mazmunan deyarli o‘zgarmagan

bo‘lsa ham, grammatik jihatdan o‘zgarishlarga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Abdurahmonov G’. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.T.,1979.

2.

O’zbek tili grammatikasi.Sintaksis2.T.,1976.

3.

Abdurahmonov G’.Tarixiy sintaksis w.w.w.ziyouz.com elektron kutubxonasi.

T., 1974.

4.

Swift Jonathan. Gulliver’s travels. Juliet Sutherland and the Online Distributed

Proofreading Team at https:/w.w.w.pgdp.net

5.

Yuldoshev S. Jonatan Swift. Gulliverning sayohatlari. T.:SMI-ASIA.2009.

6.

Махмудова, М. А., and Ш. М. Султанова. "САКРАЛЬНОЕ КАК

КОМПОНЕНТ

УСТОЙЧИВЫХ

ВЫРАЖЕНИЙ." ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 19.6 (2023): 132-142.

Библиографические ссылки

Abdurahmonov G’. Hozirgi o‘zbck adabiy tili.T.,1979.

O’zbek tili grammatikasi.Sintaksis2.T.,1976.

Abdurahmonov G’.Tarixiy sintaksis w.w.w.ziyouz.com elektron kutubxonasi. T„ 1974.

Swift Jonathan. Gulliver’s travels. Juliet Sutherland and the Online Distributed Proofreading Team at https:/w.w.w.pgdp.net

Yuldoshev S. Jonatan Swift. Gulliverning sayohatlari. T.:SMI-AS1A.2OO9.

Махмудова, M. A., and Ш. M. Султанова. "САКРАЛЬНОЕ КАК КОМПОНЕНТ УСТОЙЧИВЫХ ВЫРАЖЕНИЙ." ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 19.6 (2023): 132-142.