Авторы

  • М Содикова
    Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

Биография автора

  • М Содикова , Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека
    Студентка

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.7482036

Ключевые слова:

гипотоксический союз придаточное предложение предлог сослагательное наклонение монотоксема связка алломорфный вид

Аннотация

Ushbu tezis ingliz va o’zbek tillaridagi gipotoksemik qo’shma gaplarning yasalishi, turlari va shuningdek ingliz tilidagi gipotaksemik qo ’shma gaplarni о 'zbek tiliga tarjmasidagi muammolarga bag ’ishlangan.

background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

INGLIZ TILIDAGI GIPOTOKSEMIK QO’SHMA GAPLARNI

O’ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH

MUAMMOSI

https://doi.org/10.5281/zenodo.7482036

M.Sh.Sodiqova

Talaba O’zbekiston Milliy universiteti

Annotatsiya:

Ushbu tezis ingliz va o’zbek tillaridagi gipotoksemik qo’shma

gaplarning yasalishi, turlari va shuningdek ingliz tilidagi gipotaksemik qo’shma
gaplarni o’zbek tiliga tarjmasidagi muammolarga bag’ishlangan.

Kalit so‘zlar

:

gipotoksemik qo‘shma gap, subordinativ bog‘lanish, bosh gap,

ergash gap, monotoksema, bog‘lovchi vosita, allomorfik jihat.

Ma’lumki, gipotoksemik qo’shma gaplar jahon tilshunosligidagi dolzarb

mavzulardan biri hisoblanadi. Ushbu mavzu bo’yicha ko’plab o’zbek va jahon

tilshunos olimlari ilmiy ishlar olib borib, o’z qarashlarini bildirishgan. Jumladan,

o’zbek tilshunos olimlaridan N.Mahmudov qo’shma gaplarni onomasiologik

aspektda o’rgangan. Buning natijasida N.Mahmudov o’zbek tilidagi ergash gapli

qo’shma gaplarning onomosiologik tadqiqini yaratdi va bu bilan turkiyshunoslikning

qo’shma gaplar sintaksisi bo’limining rivojlanishiga salmoqli hissasini qo’shdi[1].

Bundan tashqari A. G’ulomov, M.Asqarova, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva,

B.Mingliyev, J.Bo’ronov, G’.Hoshimov, I.O’sarov va yana boshqa ko’plab olimlar

ham ushbu sohada ishlab, ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Ushbu tezis aynan ingliz

tilidagi gipotoksemik qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjima qilishda yuzaga

keladigan ba’zi muammolarga bag’ishlanadi.

Bilamizki, gipotoksemik qo’shma gap deganda ikki va undan ortiq subordinativ

munosabatda bog’langan gaplarga aytiladi.Ular ikki qismdan ergash gap(the

subordinate clause) va bosh gap(the principal clause)dan iborat bo’ladi.Ingliz tilida

ham, o’zbek tilida ham ergash gap bosh gapga nisbatan qanday funksiyani

bajarishligiga ko’ra ega ergash gapli qo’shma gaplar,kesim ergash gapli qo’shma


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

gaplar, aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar, to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma

gaplar va hol ergash gapli qo’shma gaplarga bo’linadi. Shu bilan birga qanday

bog’lovchi vositalar bilan bog’langanligiga ko’ra ergash gap bosh gapga nisbatan

payt, sabab, natija, maqsad va shart kabi munosabatlar bildirishi mumkin hamda bu,

odatda, hol ergash gapli qo’shma gapga tegishli bo’ladi. Ba’zi gipotoksemik

qo’shma gaplar tarjimasini misollar bilan ko’rib chiqamiz. Deylik, ingliz tilidagi

conditional sentences, ya’ni shart munosabatli hol ergash gapli qo’shma gaplarni

o’zbek tiliga mazmuni ham, strukturasi ham saqlangan holda tarjima qilish mumkin:

Ing.

If you want to avoid the risks of passive smoking, you can take some simple

precautions [7.100].

O’zb.

Agar sizpassive chekish xavfining oldini olishni istasangiz, ba’zi oddiy

ehtiyot choralarini ko’rishingiz mumkin.

Sabab munosabatli ergashgan qo’shma gapga misollarni tahlil qilamiz:

Ing.

I took my umbrella, because it was raining.

O’zb.Men soyabonimni oldim, chunkiyomg’iryog’ayotgan edi.

Bu gapni ham mazmuni saqlangan holda gipotoksemik qo’shma gap

ko’rinishida tarjima qilindi. Ammo quyidagi gapga e’tibor beraylik.

Ing.

As viruses are able to change their form,they cannot ever be

eradicated[7.97].

Bu ergashgan qo’shma gapni mazmuni saqlangan holda quyidagicha tarjima

qilish mumkin:

O’zb.

Viruslar o’z shaklini o’zgartira olgani uchun ularni hech qachon yo’q

qilib bo’lmaydi (a),

O’ zb.

Viruslar o’z shaklini o’zgartira oladi, shuning uchun ularni hech qachon

yo’q qilib bo ’lmaydi (b),

O’zb.

Viruslarni hech qachon yo’q qilib bo’lmaydi, chunki ular o’z shaklini

oladi(c).

Birinchi tarjimamizda (a)

as

bog’lovchisi ko’makchi sifatida tarjima qilingani

uchun gipotoksemik qo’shma gapimiz monotoksemada tarjima qilindi.

Gipotoksemik qo’shma gap ko’rinishida tarjima qilganimizda (b) esa ergash gap


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

qismida kelib gaplarni bog’layotgan

as

bog’lovchisi o’rniga gaplar bosh gap

tarkibida keluvchi ko’makchili qurilma yordamida bog’landi.(c) tarjimamiz o’zbek

tilidagi ergash gap strukturasiga to’liq mos kelgan, ya’ni avval bosh gap, so’ng

ergash gap hamda sabab bog’lovchisi ergash gap boshida kelyapti, ammo ingliz

tilidagi strukturasi o’zgarib ketdi. Shu gapni

time

boglovchisi bilan bog’langan

qo’shma gaplar tarjimasini tahlil qilamiz.

Ing.

It was the spring of 1974 when Mariam turnedfifteen[8.18].

Badiiy asardan olingan ushbu gipotoksemik qo’shma gapni R.Jabborov

quyidagicha monotoksema ko’rinishida tarjima qilgan:

O’zb.

1974 yilning bahorida Maryam o’n besh yoshga to’ldi[9.22].

Ing.

What have you been doing since I last saw you? [10.249].

O’zb.

Sizni men oxirgi marta ko’rganimdan buyon nima qilyapsiz[10.249]?

Bunda ham

since

bog’lovchisi ko’makchi tarzida ifodalanib, qo’shma gap

tarjimada sodda gapda beriladi.

Ing.

I know the man who wrote this article.(1a)

O’zb.

Men bu maqolani yozgan kishini bilaman.

Ing.

Tom told me what he had seen there.(1b) .

O’zb

. Tom u yerda ko’rganlarini menga aytib berdi [10.252].

Demak, faqat hol ergash gapli qo’shma gap emas, balki ega ergash gapli

qo’shma gap(1a) yoki to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap(1b) tarjimasida ham

gipotoksemik qo’shma gapning monotoksemaga aylanishi muammosini ko’rishimiz

mumkin.

Ing.

As it was raining, we could not show our friends, who had arrived from

London, what we had planted in our garden. [10.247].

O’zb.

Yomg’ir yog’ayotgani uchun biz Londondan kelgan do’stlarimizga

bog’imizda o’tqazgan daraxtlarni ko’rsata olmadik[10.247].

Yuqoridagi gapimiz aslida 4 ta sodda gapdan iborat gipotoksemik qo’shma gap

edi.Ammo uni o’zbek tiliga tarjima qilganimizda monotoksemaga aylanib qoldi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, doim ham ingliz tilidagi gipotoksemik qo’shma

gaplarni o’zbek tilida gap mazmuni saqlangan holda ayni tuzilishda, ya’ni


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

gipotoksemik qo’shma gap strukturasini saqlagan holda tarjima qilinmaydi. Bu

muammoni yuzaga kelishiga sabab bo’layotgan omillardan biri, ingliz tilidagi ma’

lum bog’lovchining o’zbek tilida muqobil varianti yo’qligi yoki ikki tilning

gipotoksemik qo’shma gap strukturalaridagi allomorfik jihatlarning mavjudligidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. - Т., 1995.

2.

G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili . Sintaksis. 3-nashri. - Т.,

O‘qituvchi. 1987.

3.

Asqarova М. Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar. -Т., 1960, 6-7 b.

Abdurahmonov G‘.A. Osnovi sintaksisa slojnovo predlojiniya sovremennova

uzbekskovo literaturnovo yazika. ADD. -Т., 1960. -S.6

4.

Nurmonov A, Iskandarova Sh. Umumiy tilshunoslik. Andijon, 2007.

5.

Bo‘ronov J.B. Ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy grammatikasi. -Toshkent: 1973.

6.

Kirkpatrick Betty, Rebecca Mok. Read and understand. Singapore.2007.

7.

Hosseini Khalid. A thousand splendid suns. New York. 2007.

8.

Xolid Husayniy. Ming quyosh shu’lasi. T.,2016.

9.

G’apporov M, Qosimova R. Ingliz tili grammatikasi.-T.,2019.

10.

Махмудова, М. А., and Ш. М. Султанова. "САКРАЛЬНОЕ КАК

КОМПОНЕНТ УСТОЙЧИВЫХ ВЫРАЖЕНИЙ." ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 19.6 (2023): 132-142.

Библиографические ссылки

Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. - T., 1995.

G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili . Sintaksis. 3-nashri. - T.,O‘qituvchi. 1987.

Asqarova M. Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar. -T., 1960, 6-7 b. Abdurahmonov G‘.A. Osnovi sintaksisa slojnovo predlojiniya sovremennova uzbekskovo literaturnovo yazika. ADD. -T., 1960. -S.6

Nurmonov A, Iskandarova Sh. Umumiy tilshunoslik. Andijon, 2007.

Bo‘ronov J.B. Ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy grammatikasi. -Toshkent: 1973.

Kirkpatrick Betty, Rebecca Mok. Read and understand. Singapore.2007.

Hosseini Khalid. A thousand splendid suns. New York. 2007.

Xolid Husayniy. Ming quyosh shu’lasi. T.,2016.

G’apporov M, Qosimova R. Ingliz tili grammatikasi.-T.,2019.

Махмудова, M. A., and Ш. M. Султанова. "САКРАЛЬНОЕ КАК КОМПОНЕНТ УСТОЙЧИВЫХ ВЫРАЖЕНИЙ." ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 19.6 (2023): 132-142.