Авторы

  • Jalolova Gulbahor
    Termiz pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti yo’nalishi 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.83176

Ключевые слова:

obraz personaj ramziy obrazlar falsafiy obrazlar Arsen Samanchin Jaabars Eles Saksagay tabiatni asrash

Аннотация

Ushbu maqolada Chingiz Aytmatovning “Qulayotgan tog’lar” asaridagi obrazlar, ularning xarakter-xususiyati talqin qilingan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

860

CHINGIZ AYTMATOV ASARLARIDA OBRAZLAR TALQINI (“QULAYOTGAN

TOG’LAR” ASARI MISOLIDA)

Jalolova Gulbahor

Termiz pedagogika instituti

oʻzbek tili va adabiyoti yo’nalishi

1-bosqich magistranti

Anotatsiya:

Ushbu maqolada Chingiz Aytmatovning “Qulayotgan tog’lar” asaridagi obrazlar,

ularning xarakter-xususiyati talqin qilingan.

Kalit so’zlar:

obraz, personaj, ramziy obrazlar, falsafiy obrazlar, Arsen Samanchin, Jaabars,

Eles, Saksagay, tabiatni asrash

Adabiyotda o’zining kuchli intellekti, o’tkir qalami, keng qalbi bilan tanilgan,

zamondoshlari va bugungi kun kitobxonlari tomonidan

“qirg‘izlarning Tolstoyi”, “qirg‘izlarning

Garsia Markesi” deb e’tirof etilgan Chingiz Aytamtov o’zidan ulkan xazina, boy meros qoldirdi.

Adibning “

Baydamtol sohillarida“, “Yuzma-yuz”, “Jamila”, “Sarvqomat dilbarim”, “Boʻtakoʻz”,

“Birinchi muallim”, “Momo yer”, “Somon yoʻli”, “Alvido, Gulsari”, “Oq kema”, “Qiyomat”,

“Kassandra tamg’asi”,

“Qulayotgan tog’lar” kabi asarlarida tabiat, jamiyat va inson o’rtasidagi

munosabatlar, psixologik evrilishlar juda mahorat bilan tasvirlangan.

Chingiz Aytmatov asarlari o‘zining chuqur falsafiy mazmuni, milliylik va insoniylik

g‘oyalari, shuningdek, yorqin obrazlar talqini bilan ajralib turadi. U o‘z ijodida insonning ichki

dunyosi, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar, axloqiy tanlovlar kabi mavzularni obrazlar

orqali chuqur yoritgan. Uning adabiy mahorati, o‘ziga xos uslubi, inson psixologiyasini chuqur

yoritishi, ramziy va falsafiy obrazlar yaratishdagi salohiyati tahsinga sazovor. Shu bois adibni

ramziy obrazlar ustasi, falsafiy fikr egasi, inson qalbining mohir “yozuvchisi”, o‘z millatini

sevgan va shu orqali butun insoniyatga murojaat qilgan ijodkor sifatida qadrlaymiz.

Aytmatovning “Tog‘lar qulaganda” yoxud “Mangu qayliq” romani dolzarb mavzuda

yozilgan bo’lib, globallashuv, shou-biznes, tog‘ qoplonlarini tijorat maqsadida ovlash, taraqqiyot,

iqtisodiy o‘sish shu bilan bir qatorda samimiy tuyg‘ularning barbod bo’lishi, jamiyatdagi

adolatsiz harakatlar Arsen Samanchin va uning atrofidagi obrazlar orqali yoritilgan. Asarda

Arsen Samanchin, Oydana Samarova, Eles, Saksagay, Toshtanafg’on, Qumosh Baysalov,

Bektur og’a, Ardak Samanchin, Xadicha, O’razqul, Jaabars singari obrazlar mohiyatida

vijdon va axloq, muhabbat va sadoqat, inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanat, zamon va inson

qalbi o‘rtasidagi ziddiyatlar namoyon bo’ladi. Asarda bir nechta muhim obrazlar mavjud bo‘lib,

har biri alohida g‘oya va ma’naviy yukni o‘zida mujassam etadi. Romandagi Qor qoploni Bars

(Jaabars) ramziy obraz bo’lib, Arsen Samanchinning taqdirdoshi sifatida tasvirlanadi.Ularning

har ikkisini ham bir xil taqdir qarshilaydi. Ikkalasi ham yori tomonidan tashlab ketilgan, xiyonat

qurbonlaridir. Arsen ko‘plab tillarda gapira oladigan iqtidorli jurnalist edi. Biroq, uning sevgilisi

Oydana mashhur aktrisa va boy bo‘lish maqsadida, Ertosh Kurchalga ma’shuqa bo‘lib

ketadi.Arsen Oydana bilan “Mangu qayliq” voqeasini sahnalashtirishga va’dalashgan bo‘lsa

ham, pul va boylik bu sevgi va sadoqatdan ustun keldi. Bu holat Arsenni chuqur iztiroblarga

soladi. U Ertoshni va o'zini o‘ldirishni o'ylaydi. Ammo o'zini o‘ldirish uchun kerakli vosita


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

861

topolmaydi. Yaqin qarindoshi Bektur og‘a, ovchilik bilan shug‘ullanuvchi firma egasi sifatida

unga bir taklif qiladi. Arsen ovga arab qo‘noqlari kelishini va ular tog‘larda bars ovlashlarini

biladi, shuningdek, taklifni qabul qilib, tarjimonlik qilishga rozi bo‘ladi. Ovulda Eles ismli bir

qiz bilan tanishadi va ular bir-biriga oshiq bo‘ladi. Bektur og‘a esa o‘zining jasoratli rejasini

amalga oshirishni maqsad qilgan. U Arsenni yordamga chaqiradi, ammo bu reja xavfli va

xalqaro munosabatlar buzilishiga olib kelishi mumkin edi. Arsenning qarori, aslida, tabiatni

asrash va insoniyatni yovuzlikdan saqlashga qaratilgan edi. Va u o’zining mana shu jasoratli

qarori tufayli asar yakunida halok bo’ladi…Arsen Samanchin- qat’iyatli, halol, san’atga oshno

qalb egasi, jamiyat muammolariga befarq bo’lmagan obraz. Uning qalbida kuchli insoniylik va

sadoqat bor. U qadriyatlar, urf-odatlar va o‘tmishga hurmat bilan yashaydi. U orqali muallif

texnologik taraqqiyot bilan insoniy qadriyatlar o‘rtasidagi ziddiyatni ko‘rsatadi. U hamisha

hamma narsadan haqiqatni izlaydi.Jumladan, asarda keltirilgan ushbu o’rinlar fikrimizni yanada

oydinlashtiradi: “Musiqaga kelganda u tug’ma oshiq edi, tuyg’ularini hech qayerga sig’dirib ham

bo’lmas, anglab ham bo’lmas edi.Bu havasgina emas, undan ham kuchliroq, kattaroq-tushuntirib

bo’lmas bir narsa edi.Bu borada bir voqea ham ro’y bergan, esiga tushib qolsa kulgisi qistaydi,

o’zini masxara qilib jinni musiqaparast deydi.Ilk qayta qurish paytlarida jurnalistik yumushlari

bilan Londonga borib qolib, anjuman o’tayotgan hashamatli mehmonxonalarning birida hamma

qulayliklar muhayyo hojatxonada shipdanmi allaqaylardan musiqa sadolari yog’ilib turganiga

duch keldi, Odamlar hojat uchun kirib chiqishar, chinniday xonalarda zaruratlarini bajarishar,

tabiiyki artinishar, surtinishar, tomoqlarini qattiq qoqishar, unitazlarning suvlarini shaldiratib

guldiros bilan tushirishar, bularning hammasi uzra ular sharafiga Shopen yoki boshqa biror

musiqa dahosining go’zal asari yangrab turardi…Axir musiqa bu xudoga yetmoq, ruhning

koinoti-ku!”

1

Arsen garchi zamonaviy ilm-fan yangiliklari bo’lsa-da hojatxonalarda musiqa

chalish ravo emasligin hammaga tushuntirgisi kelardi.Ammo hech kim uning tabiatidagi bu

odilona g’alayonni qabul qila olmaydi.Bundan tashqari, Chingiz Aytmatov ushbu qahramoni

tilidan o’tish davri qiyinchiliklari, uning insonlar hayotidagi salbiy ta’siri haqida shunday

iqtiboslar keltiradiki, bu fikrlar isyonkor Arsen Samanchin qiyofasini bizga yanada teranroq

ochib beradi. “Hozirgi paytda esa har kim qo’lidan kelgancha urinib-surinib yotibdi.Kimning

boshi qora mehnatdan chiqmaydi, kim qayerda nimani o’maradi-shqilib oldinda yilt etgan

yorug’lik yo’q.Ishbilarmonlik, tadbirkorlik qil, deyishadi, e qani o’sha tadbirkorlik-kartoshka

kavla, pichan o’r, yana nima bor? Erkinlik bore mish.Lekin ma;murchilik bo’lmasa, erkinlik

oson ekanmi, uning o’zi nimaga yaraydi, bo’lmag’ur quruq gap.Hozircha qishloqning barcha

kulfatlarini o’tish davri deb suvab, bahona qilib kelishadi…”

2

Bundan tashqari, asarda yana bir epizodik qahramon borki, undagi faqat bir xarakter

xususiyatigina yoritiladi.U ham bo’lsa, hayot qiyinchiliklarida toblangan, dunyodagi iqtisodiy

tengsizliklardan norozi Saksagay

obrazi.U Arsen Samanchin va uning do’sti

Toshtanafg’onlarning sobiq jismoniy tarbiya o’qituvchisi bo’lgan. Sakson (Saksagay) Bars oviga

kelgan zodagon arablarni garovga olish rejasining ishtirokchilaridan biri edi. U mamlakatidagi

neft sabab boyib ketgan arab zodagonlarining bema’ni mashina poygalari va mag’lub

mashinalarning yoqib yuborilishini hecham hazm qilolmaydi.Va ularni bars oviga kelganlaridan

foydalanib pul ishlab olishni istaydi, garchi bu jinoyat bo’lsa ham

. “Nimaga dunyoda bunday

bo’lyapti? Hech kim bunga javob bergisi kelmaydi.Birovlar ermak uchun “jiplar”ni yoqadi,

1

Chingiz Aytmatov.Qulayotgan tog’lar.Ilm-ziyo-zakovat,-Toshkent, 2020.-b 17

2

Shu asar.

-b 87


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

862

boshqalar, mana misol uchun biz bolalarimiz maktabga qatnashi uchun oyoq kiyimi olib

berolmaymiz…”

3

Asarda yana bir qahramon borki, Arsen obraziga yaqin.Uni xuddi o’zidek tushunadigan va

maqsadlari bir.Bu Eles obrazidir. Eles ham Qirg’iz tabiatiga befarq emas.U vatani boyliklarini

asragisi, jonivorlarni tirik holida tabiat ko’rkiga aylanishini istovchi, hammadan boshqacha

qahramon. U qoplonlarni asrash maqsadida plakatlar ko’tarib chiqishni istaydi, ammo qirg’iz

biznesining asosiga aylanib qolgan ov uyushtirish marosimlariga qarshi chiqa olmaydi. Bu obraz

Odamzod va tabiat o‘rtasidagi muvozanat buzilsa, qanday fojialar yuz berishini ko‘rsatadi. Asar

yakunidagi Barsning o‘limi – insoniy vijdonning o‘lishi, tabiatning faryodidir.

Chingiz Aytmatov obrazlar yaratishda hayotiylik, ramziylik va falsafiylikni birlashtira

olgan. Uning qahramonlari ko‘pincha ijtimoiy va axloqiy muammolarning markazida turadi: ular

o‘z taqdirlarini tanlashga majbur, va bu tanlovlar orqaligina insoniy mohiyat ochiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Chingiz Aytmatov.Qulayotgan tog’lar.Ilm-ziyo-zakovat,-Toshkent, 2020.

2.A.Meliboyev.Chingiz-dengiz demak.Tafakkur jurnlai, 2018-yil, 3-son.

3.A.Saidov. Chingiz Aytmatov – zamonaviy adabiyotning yirik namoyandasi. Hurriyat gazetasi,

2023-yil, 8-dekabr, 47-son.

3

Chingiz Aytmatov.Qulayotgan tog’lar.Ilm-ziyo-zakovat,-Toshkent, 2020.-b 118

Библиографические ссылки

Chingiz Aytmatov.Qulayotgan tog’lar.Ilm-ziyo-zakovat,-Toshkent, 2020.

A.Meliboyev.Chingiz-dengiz demak.Tafakkur jurnlai, 2018-yil, 3-son.

A.Saidov. Chingiz Aytmatov – zamonaviy adabiyotning yirik namoyandasi. Hurriyat gazetasi, 2023-yil, 8-dekabr, 47-son.