87
7.1
2
10
O‘ZBEK TILI O‘QUV MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA
ZAMONAVIY BILIM BERISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Ergashev Maqsud
Nukus DPI O’zbek adabiyoti kafedrasi
o’qituvchisi
Abstract:
Insoniyat jamiyati, shuningdek, respublikamizda mavjud ijtimoiy-itisodiy, g‘oyaviy-
siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro
aloqadorligi va o‘zaro munosabatlariga bog‘liq.
Key words:
insoniyat, sivilizatsiya, millat, til, pedagog, manba.
Insoniyat sivilizatsiyasi barcha sohalarda, jumladan ta’lim tizimida ham global
o‘zaro bog‘liqlik darajasigacha erishdi. Hozirgi kunda bitta davlat yoki millatning
muammosi butun jahon rivojiga katta ta’sir etishi mumkin. Yuzaga kelgan ekologik,
iqtisodiy, siyosiy muammolar va inqirozlarning yyechimi faqatgina insoniyatdan
kelajakda aqliy va ma’naviy rivojlanishni talab etadi. Bunga esa faqatgina to‘g‘ri va
sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish orqaligina erishish mumkin. Bugungi kunda
dunyoda yuzaga kelayotgan barcha muammolar ildizi ta’lim-tarbiya tizimidagi sifat
nuqsonlari natijasi desak xato bo‘lmaydi. Buning yechimi ta’lim-tarbiyaga e’tiborni
yanada oshirish, bu sohaga yanada ko‘proq mablag‘ ajratish orqali ta’lim sifatini
yuksaltirish bilan hal etilishi mumkin.
“BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda ta’limga yo‘naltirilayotgan
xarajatlar davlat byudjetining 35 foizidan ortig‘ini tashkil etmoqda”
1
. Lekin
ta’kidlash joizki, ta’lim sohasidagi islohotlarning yanada ijobiyligi pedagoglarning
globallashuv va
axborotlashgan jamiyat ta’lim tizimi mazmun-mohiyatini nechog‘lik
tushunib etishlariga va qanchalik astoydil bajarishlariga ham bog‘liqdir.
Insoniyat jamiyati, shuningdek, respublikamizda mavjud ijtimoiy-itisodiy,
g‘oyaviy-siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish tabiiy,
ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro munosabatlariga bog‘liq.
Chunki, ularning barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko‘lamiga ko‘ra
1
Мухторов А. ва б. Таълим соҳасини ривожлантириш бўйича хорижий тажрибалар // “Иқтисодиёт ва
инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, май, 2012.
88
7.1
2
10
tizimlilik xarakteriga ega bo‘lib, ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq
etilib, yechimi topiladi. Bu o‘z navbatida ta’lim-tarbiya ishida ham tizimli
yondashuvdan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Ko‘p sonli manbalar, xususan pedagogik amaliyot sohalarining tahlili ta’lim-
tarbiya jarayonining rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolar mavjudligidan
guvohlik beradi. Bular asosan, o‘rganilayotgan ob’ektlarning ba’zi bir jihat va
xususiyatlarini lavhalar (fragment) shaklida o‘rganish natijasida yuzaga kelib,
mantiqan bog‘lanmagan va tizimlashmaganligidadir. Amaliyotdagi bunday holat-
larni bartaraf etishda integrativ yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Filologik
ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalardan biri bu – ta’limni integrativ tashkil etilishi bilan
bog‘liq.
Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda integratsiyaning asosini olamning
yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o‘zaro aloqadorligi,
munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixologik olimi G.S.Kostyukning fikricha:
“Tabaqalanish differensiatsiya - ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni
ko‘payishiga olib kelsa, integratsiya - tartibga keltirish, subordinatsiya va uning
natijalarini ma’lum ketma-ketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo‘li
bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bo‘ladi. Bu yangi
tuzilma ilgari alohida-alohida bo‘lgan elementlardan sintezlash yo‘li bilan hosil
qilinadi”
2
. Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‘zaro
aloqadorlik va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda
chuqurlashtiruvchi, o‘quv predmetlari mazmunini eng kamida ta’lim standartlari
darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir. Chunki
predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o‘rganilayotgan o‘quv
predmetlari doirasida ma’lum didaktik birliklar orasida o‘rnatilib, ularni o‘rganish
mazmunini va muddatlarini muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi, bundan farqli o‘laroq
integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan o‘quv predmeti yoki integratsiyalab
2
Bozorova S. Ta’lim tizimida o‘qitish texnologiyasi mohiyati // Uzluksiz ta’lim. – Toshkent, 2006.
89
7.1
2
10
o‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har
tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi.
Bu o‘z navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr
yurituvchi va ijodiy faoliyat ko‘rsatuvchi, malakali mutaxassis shaxsini
shakllantirishga imkon beradi. Chunki u tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va
sintezlash operatsiyalarini talab qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki
mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, shartli belgilar yordamida
ifodalash, sabab oqibatli aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash,
tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini
talab etadi. Bu operatsiyalar o‘rganilayotgan ob’ektni barcha muhim jihat va
xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab etish va
ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim ham
uning ikkinchi tomoni bo‘lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga tayangan holda
rivojlanib boradi yoki aksincha.
Integratsiya
masalasini
pedagog
olimlar
va
amaliyotchilar
quyidagi
yo‘nalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar:
o‘quv predmetlari va fanlar turkumi doirasidagi mazmunni integratsiyalab
o‘rganish;
turli o‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini
integratsiyalash;
ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllarini integratsiyalash va shu kabilar
3
.
Bu yo‘nalishlarning har birining aniq o‘z maqsadi bo‘lib, uni amalga oshirish
uchun mos shakl, metod, vosita va shart-sharoitlarni talab etadi. Amaliyotda ulardan
uyg‘un holda foydalanilgandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligini ham
shu o‘rinda eslatib o‘tish lozim.
O‘zbek tili mashg‘lotlarini tahkil etishda integratsiyani qo‘llash bilimlarning
umumlashuvini ta’minlaydi.
3
Bozorova S. Ta’lim tizimida o‘qitish texnologiyasi mohiyati // Uzluksiz ta’lim. – Toshkent, 2006.
90
7.1
2
10
Hozirgi zamon talabi esa yangi o‘quv muhiti, ya’ni yangi informatsion
texnologiyalar yordamida ixtiyoriy joyda turib bilim olish, elektron darslikning
imkoniyatlarini multiplikatsiya va videotexnikaning zamonaviyvositalarini qo‘lla-gan
holda kengaytirish mumkin. Bular o‘quv kursi bo‘yicha videoma’ruzalar, ishlab
chiqarish jarayonlarining namoyishi, mashhur olimlarning chiqishlari va boshqalar
bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy kompyuterga mo‘ljallangan didaktik dasturlar (elektron darslik,
kompyuter topshiriqnomalari, multimedeali elektron darsliklar va boshqalar)
o‘qitishning multimedeali vositalari sirasiga kiradi. Multimedea didaktik material
uzatishni yuqori darajada qulay va ko‘rgazmali bo‘lishini ta’minlaydi, bu, o‘z
navbatida, talabalarda o‘rganishga qiziqishni orttiradi.
Ma’lum bir dars turi bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda ikkinchi, hatto
uchinchi bir dars turining elementlari bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘quv yurtlarimizda
eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlaridan biri - yangi bilimlarni bayon qilish darsidir.
Bu dars turi quyidagicha tuziladi:
a) yangi mavzularni bayon qilish;
b) yangi mavzularni mustahkamlash;
v) yangi mavzular ustida mashq qilish;
g) yangi mavzularga bog‘liq holda uy vazifalari topshirish
4
.
Dars tuzilishini biridan ikkinchisiga o‘tishi va shu orqali-darsning shakli hamda
usullarining o‘zgarishi dars bosqichi deb yuritiladi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi faoliyatiga
yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv
metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlash deb
yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib ta’lim mazmunining tarkibiy
qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular pedagog va
o‘quvchilarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Abdulla
4
Ishmuhаmedov R. Tа’limdа innovаsiya. – T.:Fаn, 2010.
91
7.1
2
10
Avloniy asarlarini zamonaviy metodlar orqali o‘quvchini mantiqiy, aqliy, ijodiy,
tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga,
raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo‘lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo‘lgan
kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ma’lumki, interfaol metodlarning
yuzdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o‘tib, yaxshi
natija bergan. Adibning hayoti va ijodi , asarlarini, she’rlarini o‘qitishda “Klaster”,
“Aqliy hujum”, “Davom yettir”, “Taqdimot”, “Blits-so‘rov”, “Muammoli vaziyat”
kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishishimiz mumkin. Darsning
o‘tilgan mavzuni so‘rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi”
metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida esa “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-
zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida “Venn
diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”,
“Nilufar guli” kabi grafik tashkil yetuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-
jadval”, “Rezyume” “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda
“FSMU”, “Klaster”, “BBB” metodlarini qo‘llash dars samaradorligini ta’minlab,
o‘quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Adibning asarlarida ham yuqorida
sanab o‘tilgan interfaol metodlardan tashqari “Ha… yo‘q”, “Ta’rif egasini top”,
“Men kimman?” “Domino” kabi didaktik o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘yin
vaqtida o‘quvchilar o‘zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada
o‘quvchida ishonch, qat’iyat paydo bo‘ladi
5
. Munozaraga kirishishni o‘rganadi.
Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda o‘quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga
olinishi
lozim.
Mazkur
usuldan
foydalanish
o‘tilayotgan
mavzularni
uyg‘unlashtirishda yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Мухторов А. ва б. Таълим соҳасини ривожлантириш бўйича хорижий
тажрибалар // “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон
журнали. № 4, май, 2012.
5
Мухторов А. ва б. Таълим соҳасини ривожлантириш бўйича хорижий тажрибалар // “Иқтисодиёт ва
инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, май, 2012.
92
7.1
2
10
2.
Bozorova S. Ta’lim tizimida o‘qitish texnologiyasi mohiyati // Uzluksiz ta’lim. –
Toshkent, 2006.
3.
Ishmuhаmedov R. Tа’limdа innovаsiya. – T.:Fаn, 2010.
4.
Мухторов А. ва б. Таълим соҳасини ривожлантириш бўйича хорижий
тажрибалар // “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон
журнали. № 4, май, 2012.