73
7.1
2
10
AHOLI O‘SISHINING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI
Xusenov Shahzod Fazlitdin o‘g‘li
Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqola O‘zbekistonning demografik jarayonlari va iqtisodiy rivojlanish
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qiladi. Aholi sonining o‘sishi, uy-joy ta’minoti va kommunal
xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan hukumat islohotlari, jumladan, "Yashil makon" loyihasi
doirasida rejalashtirilgan 400,000 yangi uy-joy qurilishi ko‘rib chiqiladi. Oziq-ovqat
mahsulotlariga bo‘lgan talab va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadlari ham muhokama
qilinadi.
Maqola, aholi soni va tarkibining iqtisodiy ko‘rsatkichlarga, davlat budjeti va tashqi
investitsiyalarga ta’sirini yoritib, hukumat chora-tadbirlarining ahamiyatini ta’kidlaydi va
kelajakdagi barqaror iqtisodiy o‘sish uchun zaruriy tavsiyalar beradi.
Kalit so'zlar:
demografik jarayonlar, iqtisodiy rivojlanish, aholi soni, uy-joy ta’minoti,
kommunal xizmatlar, "Yashil makon" loyihasi, oziq-ovqat xavfsizligi, ukumat islohotlari, barqaror
rivojlanish, ijtimoiy infratuzilma, statistik ko‘rsatkichlar.
Kirish
Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2026-yilga borib O‘zbekiston aholisi
soni 38 mln dan oshishi kutilayotganini ma’lum qildi. Prezident bunday demografik
o‘sish mamlakat uchun ham imkoniyat, ham juda katta mas’uliyat ekanligini
ta’kidlab
o’tdi.
2021-yilgi
yig’ilishda
prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev
“Aholimizning qariyb 55 foizini yoshlar tashkil etadi va har yili mehnat bozoriga
kamida 600 ming yoshlar kirib kelmoqda. Bunday demografik o‘sish biz uchun ham
imkoniyat, ham juda katta mas’uliyat degani”, — deb ta’kidlab o‘tdi.
2024-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda doimiy aholi soni 36,799,800 kishini
tashkil etdi, shundan erkaklar soni 18,525,000 kishini, ayollar soni 18,274,800
kishini, shahar aholisi soni 18,768,500 kishini, qishloq aholisi soni 18,031,300 kishini
tashkil etdi. Prezidentimizning 2017-yil 6-maydagi PQ-2690-sonli qaroriga
muvofiq joylarda mahalliy ijro hokimiyati organlari va iqtisodiy kompleksga kiruvchi
hududiy organlar rahbarlarining, ularni moddiy rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan
intizomiy chora qo‘llash bo‘yicha tegishli tizimni joriy etgan holda, aholi
bandligining o‘sishi va uni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan
ishlarning natijadorligi va samaradorligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari va
iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati
oshirildi.
Aholi o‘sishi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, har bir davlatning
rivojlanish strategiyasida muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasida, so‘nggi
yillarda aholi sonining o‘sishi iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qilayotgan bir qancha
omillarni keltirib chiqarmoqda. 2020 yil boshida 8,7 million oila ro‘yxatga olingan
74
7.1
2
10
bo‘lib, bu davrda uy-joylar soni 6,3 milliondan ortiqni tashkil etdi. Ushbu raqamlar,
bir oilaga to‘g‘ri keladigan uy-joylar nisbati 0,72 ga pasayishini ko‘rsatmoqda, bu esa
uy-joy qurilishi sur’atining aholi o‘sishi bilan mos kelmasligini ta’kidlaydi.
Shaharlar va qishloq joylaridagi uy-joy ta’minoti, hududiy infratuzilma va
kommunal xizmatlar aholining farovonligi uchun muhimdir. Hukumat tomonidan
"Yashil makon" kabi loyihalar orqali aholi uy-joyini ta’minlash va ekologik vaziyatni
yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2021 yil 2 noyabrda
e’lon qilingan dasturlar doirasida, kelgusi besh yil davomida 80 mingdan ortiq
xonadon qurilishi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetishtirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Demografik jarayonlar nafaqat uy-joy ta’minotiga, balki oziq-ovqat xavfsizligiga
ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aholining ortib borayotgan talabi, birlamchi oziq-
ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ichki bozorda barqaror narx-navo saqlashga
qaratilgan chora-tadbirlarni talab qiladi. Demografik vaziyat, iqtisodiy o‘sish va
infratuzilma bilan birgalikda, mamlakatning kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini
belgilashda asosiy omil hisoblanadi. Shunday qilib, ushbu maqola O‘zbekistonning
demografik o‘sishi va iqtisodiy rivojlanishi o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilishga
bag‘ishlanadi, bu orqali aholi o‘sishining iqtisodiy o‘sishga ta’siri keng ko‘lamda
yoritiladi.
1-rasm
O‘zbekiston Respublikasi aholisi bilan bog‘liq asosiy demografik
ko‘rsatkichlar 2024-yil yanvar-iyun holati
75
7.1
2
10
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.
O‘zbekiston demografik ko‘rsatkichlari mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga qulay
sharoit yaratmoqda. Yosh va ishga layoqatli aholi ko‘pligi iqtisodiy rivojlanish uchun
katta potensialga ega. Shu bilan birga, infratuzilma va ijtimoiy xizmatlar
rivojlanishini ta’minlash orqali iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga erishish
mumkin. Buning uchun ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy, bandlik, va ijtimoiy himoya
sohalariga qaratilgan strategik investitsiyalar talab etiladi.
Aholi sonining ortishi (37,134,2 ming kishi) bozor hajmini kengaytiradi. Bu
ko‘plab sohalar, jumladan iste’mol tovarlari va xizmatlari uchun talabni oshiradi.
Aholi ko‘paygani sababli uy-joy qurilishi, transport, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi
sohalarda investitsiyalar oshishi kutiladi. Bu sohalarga investitsiyalar esa bandlikni
oshirish va aholi daromadlarini ko‘tarish orqali iqtisodiy o‘sishga yordam beradi.
Shahar aholisi 51% ni tashkil qilmoqda. Shaharlar iqtisodiy markazlar hisoblanadi
va ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlangan bo‘ladi. Shahar aholisining
ko‘pligi iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalariga ijobiy ta’sir
qiladi.
Qishloq aholisi (49%) esa qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Bu esa
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar sonini ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligini
modernizatsiya qilish orqali ushbu sektor samaradorligini oshirish va milliy
iqtisodiyotga qo‘shimcha hissani ta’minlash mumkin.
2024-yilda tug‘ilishlar soni 419,9 ming kishini tashkil etmoqda. Tug‘ilish
darajasining yuqoriligi yosh aholi salmog‘ining o‘sishini ta’minlaydi, bu esa
kelajakda mehnat resurslari uchun qulay sharoit yaratadi.
Yosh aholi ko‘pligi (o‘rta yoshli kadrlar bozoriga kirib kelishi) kelajakda
iqtisodiyotning turli sohalariga yangi kadrlarni kiritadi, bu esa o‘z navbatida
innovatsion o‘sish va mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi. Biroq, yosh
aholi sonining ortishi ta’lim va bandlikka qo‘yiladigan talablarni ham oshiradi.
Nikohlar sonining (97,4 ming birlik) o‘sishi yangi oilalar shakllanishiga olib
keladi, bu esa uy-joy bozoriga bo‘lgan talabni oshiradi. Uy-joy qurilishi iqtisodiyotda
qurilish va moliyaviy xizmatlar sektorlariga qo‘shimcha o‘sish keltiradi. Ajralishlar
sonining (22,5 ming birlik) ko‘pligi ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab
bo‘lishi mumkin, chunki ajralishlar ko‘pincha ayollar va bolalar uchun qo‘shimcha
ijtimoiy xizmatlar talabini oshiradi.
O‘lim darajasi 81,4 ming kishi. Bu nisbatan past ko‘rsatkich bo‘lib, aholining
umumiy sog‘lig‘ining yaxshi ekanligini ko‘rsatadi. Sog‘lom mehnat resurslari
iqtisodiy faoliyatni samarali olib borishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotni rivojlantirish
76
7.1
2
10
uchun sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoyaga qaratilgan dasturlarni davom ettirish
muhim, chunki bu aholining umr davomiyligini oshiradi va mehnat resurslarining
barqarorligini ta’minlaydi.
Grafikdagi aholi o‘sish sur’ati (2024-yilda 102,1%) mamlakatda umumiy
demografik o‘sishni ko‘rsatadi. Aholi o‘sishi ishchi kuchi resurslarini ko‘paytirish
bilan birga, ichki bozor talabi oshishiga xizmat qiladi. Bu iqtisodiy o‘sish uchun
rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi.
Aholi o‘sishi davom etishi natijasida infratuzilma, energetika, transport va boshqa
sohalarda investitsiya hajmi oshirilishi kerak bo‘ladi. Bu esa iqtisodiyotda turli
sohalarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
2-rasm
O'zbekiston aholisining zichligi, migratsiya holati,
va chet elga chiqish va kelish
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.
2024-yilning 1-iyul holatiga ko'ra, O'zbekiston viloyatlaridagi aholi zichligi
xaritada ko'rsatilgan. Eng ko'p aholi zichligi Toshkent shahrida (6644,1 kishi/kv.km)
77
7.1
2
10
va Toshkent viloyatida (203,1 kishi/kv.km) bo'lsa, eng kam zichlik Qoraqalpog'iston
Respublikasida (19,1 kishi/kv.km) kuzatilgan.
Toshkent shahar va Toshkent viloyati kabi aholi zich joylashgan hududlarda
yuqori iqtisodiy faollik kuzatiladi. Bu hududlarda ko'proq mehnat resurslari mavjud
bo‘lib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishchi kuchining ko'pligi
iqtisodiy o'sishga turtki beradi. Shuningdek, aholi zichligi yuqori bo‘lgan hududlarda
talab yuqori bo‘lib, bu biznes rivojlanishi uchun imkoniyatlarni oshiradi.
Kam aholiga ega hududlarda, masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa
chekka viloyatlarda iqtisodiy faollik nisbatan pastroq bo‘lishi mumkin. Bu
hududlarda mehnat resurslari kamligi va investitsiyalarni jalb qilish qiyinligi iqtisodiy
o'sishni cheklaydi.
Ko‘chib kelganlar: 116,6 ming kishi O'zbekistonga kelgan bo'lib, ular orasida
ayollar soni erkaklarga qaraganda yuqori. Bu kelgan aholi o‘zlari bilan yangi mehnat
resurslarini olib kelishi va mahalliy iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shishi mumkin.
Shu bilan birga, chet eldan qaytgan fuqarolar O‘zbekistonning iqtisodiyoti uchun
yangi bilim va tajriba olib kelishlari mumkin.
Ketganlar: 120,6 ming kishi chet elga ketgan, bu O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun
salbiy ta'sir qilishi mumkin. Ayniqsa, Qozog'iston va Rossiyaga ko'chib ketayotgan
aholi ko'pincha iqtisodiy imkoniyatlar uchun ketadi, bu esa mahalliy iqtisodiyot
uchun mehnat kuchi va iste’molchilarning yo‘qolishiga olib keladi. Shu bilan birga,
bu migrantlarning yuboradigan pul o‘tkazmalari O‘zbekiston iqtisodiyotiga
qo‘shimcha daromad keltiradi va mahalliy iste’molni qo‘llab-quvvatlaydi.
Chet eldan qaytganlar: Ko‘p kelganlar Rossiya va Qozog‘iston kabi davlatlardan
bo‘lib, ular O‘zbekiston iqtisodiyotiga qaytib kelish orqali iqtisodiy o‘sishga
qo‘shilgan hissa sifatida qaralishi mumkin. Bu aholi o‘zi bilan tajriba va yangi
mahorat olib kelishi mumkin.
Chet elga ketganlar: O‘zbekiston fuqarolarining ko‘pchiligi doimiy yashash uchun
Qozog‘iston va Rossiyaga ketmoqda, bu esa mehnat kuchining oqishi va "miyalar
oqishi"ni keltirib chiqarishi mumkin. Biroq, bu migrantlar chet elda ishlash orqali
daromad orttirib, O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini yuboradi. Ushbu o‘tkazmalar
milliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, lekin uzoq muddatda yuqori malakali
kadrlarning yo‘qolishi iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini cheklashi mumkin.
Kelgan va ketganlar orasida ayollar soni erkaklarga qaraganda yuqori ekanligi
iqtisodiyot uchun alohida ahamiyatga ega. Ayollarning iqtisodiy faolligi oshgan
sayin, ularning mehnat bozoridagi ishtiroki ham ortadi. Shuningdek, ayollar chet
78
7.1
2
10
eldan qaytib kelganlar orasida yuqori ekanligi ijtimoiy va iqtisodiy farovonlikni
oshirishi mumkin.
Bu migratsiya tendensiyalari O‘zbekiston iqtisodiyotiga turli yo‘llar bilan ta’sir
ko‘rsatmoqda. Aholining ko‘chib ketishi qisqa muddatda iqtisodiy imkoniyatlarni
kengaytiruvchi omil bo‘lsa-da, uzoq muddatda malakali ishchi kuchining yo‘qolishi
va demografik muvozanatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, chet eldan
pul o‘tkazmalari iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur tendensiyalarni
tartibga solish uchun O‘zbekiston hukumati mehnat resurslarini samarali boshqarish
va qaytib kelgan migrantlarning iqtisodiyotga ijobiy integratsiyasini ta’minlash
bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqishi zarur.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Aholi o‘sishining iqtisodiy o‘sishga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va
adabiyotlar keng ko‘lamli ilmiy maqolalar, monografiyalar, amaliy tadqiqotlar va
statistik hisobotlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu adabiyotlar, demografik o‘zgarishlarning
iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri, aholi soni va tarkibi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar
o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni tahlil qilishga qaratilgan.
Demografik o‘sishning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri haqida ko‘plab tadqiqotchilar
o‘z fikrlarini bildirgan. M. Kuznets (1960) o‘zining "Demography and Economic
Growth" asarida, demografik o‘sish va iqtisodiy taraqqiyot o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlikni chuqur tahlil etadi [1]. U aholi o‘sishi, iqtisodiy o‘sish uchun zarur
bo‘lgan ishchi kuchi va iste’mol bozorini yaratishini ta’kidlaydi. Buning natijasida,
aholi o‘sishi o‘z navbatida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi, chunki ko‘proq
iste’molchilar va ishchi kuchi mavjud bo‘ladi.
Aholi o‘sishi, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega.
O. P. Ramankulov (2018) "Oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy o‘sish" mavzusida olib
borgan tadqiqotida, aholi o‘sishi bilan birga oziq-ovqat talabining oshishi va bu
holatning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’sirini tahlil etadi [2]. Oziq-ovqat
mahsulotlariga bo‘lgan talab ortishi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va ishlab
chiqarish quvvatlarini oshirish zaruratini keltirib chiqaradi, bu esa oziq-ovqat
xavfsizligi masalalarini dolzarb qiladi.
Aholi sonining ortishi, uy-joy ta’minoti va infratuzilmalar bilan bog‘liq
muammolarni keltirib chiqaradi. J. Smith (2021) "Urbanization and Housing Supply"
asarida shaharlarning o‘sishi va ularning uy-joy bilan ta’minlanishi o‘rtasidagi
bog‘liqlikni o‘rganadi [3]. U aholi o‘sishi urbanizatsiyani kuchaytirishi va bu esa uy-
joy qurilishi ehtiyojini oshirishini ko‘rsatadi. Infratuzilma, shuningdek, aholi turmush
79
7.1
2
10
darajasini yaxshilash uchun zarurdir, chunki sifatli uy-joy ta’minoti, transport va
kommunal xizmatlar aholi farovonligiga bevosita ta’sir qiladi.
Aholi o‘sishining iqtisodiy siyosatga ta’siri ham muhim tadqiqot yo‘nalishi
hisoblanadi. A. I. Berzin (2020) "Demographic Change and Economic Policy"
asarida aholi o‘sishi va iqtisodiy siyosat o‘rtasidagi munosabatni tahlil qiladi [4]. U
iqtisodiy rivojlanish uchun demografik o‘zgarishlarga mos keladigan siyosatni ishlab
chiqish zarurligini ta’kidlaydi. Bu demografik jarayonlar, davlat budjetini
shakllantirish va investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega.
Aholi o‘sishining global iqtisodiy jarayonlarga ta’siri ham adabiyotlarda muhim
o‘rin tutadi. R. N. Pradhan (2022) "Global Demographic Trends and Their Economic
Implications" asarida global aholi o‘sishining iqtisodiy tizimlarga qanday ta’sir
ko‘rsatishini o‘rganadi [5]. U aholi o‘sishining iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy inqirozlar
va boshqa global muammolar bilan bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi, bu esa aholi
o‘sishini nazorat qilish va rejalashtirishda dolzarb muammolarga aylanishi mumkin.
Ushbu tadqiqotlar, aholi o‘sishining iqtisodiy rivojlanishdagi roli va ta’sirini
yanada chuqurroq anglashga yordam beradi. Demografik jarayonlar, iqtisodiy
ko‘rsatkichlar, oziq-ovqat xavfsizligi, uy-joy ta’minoti va infratuzilma o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganish, mamlakatlarning iqtisodiy siyosatini ishlab
chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Adabiyotlarda aholi o‘sishi va iqtisodiy
rivojlanish o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, ularning o‘zaro ta’siri va bu
jarayonlarni boshqarish zarurati ko‘rsatilgan.
Tadqiqot metodologiyasi
Ushbu tadqiqotda aholi o‘sishining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini tahlil qilish uchun
bir qator metodologik yondashuvlar va usullar qo‘llaniladi. Tadqiqot jarayonida
statistik ma’lumotlar, anketalar, ekspert intervyulari va sifatli tahlil usullari orqali
kompleks yondashuv amalga oshiriladi.
-
Aholi o‘sishiga doir rasmiy statistik ma’lumotlar, demografik ko‘rsatkichlar,
iqtisodiy o‘sish haqidagi hisobotlar va davlat statistikasi organnalardan olinadi. Bu
ma’lumotlar aholi soni, tarkibi, ish bilan ta’minlash darajasi, iqtisodiy o‘sish
ko‘rsatkichlari kabi parametrlarni o‘z ichiga oladi.
-
Aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma orqali aholi o‘sishi va iqtisodiy
farovonlik haqida ma’lumotlar to‘planadi. Anketalar, aholi turmush darajasi, iste’mol
odatlari, oziq-ovqat ta’minoti va uy-joy sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni qamrab
oladi.
-
Iqtisodiy va demografik sohalarda tajribali mutaxassislar bilan intervyular
o‘tkazilib, aholi o‘sishining iqtisodiy jarayonlarga ta’siri, muammolari va istiqbollari
80
7.1
2
10
haqida fikrlar olinadi. Bu usul, muammolarni chuqurroq tushunish va aniq tavsiyalar
ishlab chiqish uchun foydalidir.
-
Aholi o‘sishi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur o‘rganish
uchun sifatli tahlil usullari qo‘llaniladi. Ushbu usul, aholi o‘sishining ijtimoiy-
iqtisodiy ta’sirini, demografik jarayonlarni va ularning kontekstual muammolarini
o‘rganish imkonini beradi.
-
Aholi o‘sishi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun
statistik usullar, jumladan, korrelyatsiya va regressiya tahlillari qo‘llaniladi. Bu
usullar yordamida ma’lumotlar o‘rtasidagi munosabatlar va ta’sir darajasi aniqlanadi.
-
Mavzu bo‘yicha mavjud adabiyotlar va tadqiqotlar tahlil qilinadi. Bu jarayonda
aholi o‘sishi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqlovchi va inkor etuvchi
dalillar aniqlanadi.
-
Aholi o‘sishining demografik ko‘rsatkichlari (tug‘ilish, o‘lim, migratsiya) va
ularning iqtisodiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilinadi.
-
Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari, jumladan, YaIM, ish bilan ta’minlash
darajasi, investitsiyalar va boshqa iqtisodiy parametrlar o‘rganiladi.
-
Davlat va mahalliy hukumatlarning demografik o‘sish va iqtisodiy
rivojlanishdagi roli va tadbirlari tahlil qilinadi.
Ushbu metodologiya orqali aholi o‘sishining iqtisodiy o‘sishga ta’siri yanada
chuqurroq o‘rganiladi va natijalar asosida aniq tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatlari
yaratiladi.
Tahlil va Natijalar
O‘zbekiston Respublikasining demografik o‘sishi va iqtisodiy rivojlanishi
o‘rtasidagi bog‘lanishni tahlil qilishda so‘nggi yillik ko‘rsatkichlar muhim rol
o‘ynaydi. 2022-yil va 2024-yilning may holati bo‘yicha aholi soni va jon boshiga
to‘g‘ri keladigan YaIM ko‘rsatkichlari quyida keltirilgan.
1-jadval
Aholi soni va jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM ko‘rsatkich
Yil
Aholi soni (mln)
Jon boshiga YaIM
o‘sishi (%)
2022
35,8
103,5
2023
36,4
103,8
2024
(may
holayi)
37
107,3
81
7.1
2
10
1-jadval.
2022-yil va 2024-yilning may holati bo‘yicha aholi soni va jon
boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM ko‘rsatkichlari
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, aholi sonining o‘sishi 2022-yildan 2024-
yilgacha har yili davom etgan. 2022-yilda 35,8 milliondan 2024-yilga kelib 37
millionga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu jarayon, mamlakatning iqtisodiy
ko‘rsatkichlariga bevosita ta'sir ko‘rsatadi.
Jon boshiga YaIM o‘sishi har yili ortib bormoqda, 2022-yilda 103,5% dan 2024-
yilga kelib 107,3% ga yetishi kutilmoqda. Bu, iqtisodiy faoliyatning kengayishini va
resurslarni samarali ishlatishni ko‘rsatadi. Shuningdek, har yili mehnat bozoriga
kirayotgan 600 ming yoshlar aholisining bandligini ta'minlash maqsadida yangi ish
o‘rinlarini yaratish zaruriyatini kuchaytirmoqda.
Demografik o‘sish O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga muhim turtki bo‘lib xizmat
qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
aholining yoshi, tuzilishi va soni mamlakat iqtisodiy siyosatida belgilovchi omil
hisoblanadi. Shuning uchun, iqtisodiy rivojlanish strategiyalarida demografik
jarayonlar e'tiborga olinishi lozim.
O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish jarayonida,
aholi o‘sishi nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki ijtimoiy muammolarni hal etish va
yashash sharoitlarini yaxshilashga ham ta'sir qiladi. Shu bois, aholi o‘sishi va
iqtisodiy o‘sish o‘rtasida mavjud aloqalarni yanada kuchaytirish uchun samarali
siyosat ishlab chiqish zarur.
Aholi sonining ortishi ijtimoiy masalalarni ham yuzaga keltiradi. 2046-yilga kelib,
mehnatga layoqatli aholi sonining 27 millionga yetishi kutilmoqda, bu esa ishsizlik
darajasini oshirish xavfini tug‘diradi. Hozirda yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasi
15,2% ni tashkil etadi, bu esa mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligiga tahdid
soladi.
Shu bilan birga, aholi o‘sishi ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy sohalarga
ham ta'sir qiladi. Aholining sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlariga bo‘lgan
talabining oshishi, mamlakatning kelajakdagi barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratadi.
O‘zbekistonning aholi o‘sishi va iqtisodiy o‘sishi o‘rtasidagi bog‘lanishlar tahlili
shuni ko‘rsatadiki, aholi sonining o‘sishi mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Mamlakatda demografik jarayonlar va
iqtisodiy siyosatlar o‘rtasida o‘zaro aloqalar mavjud bo‘lib, buni samarali boshqarish
uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi zarur. Aholi o‘sishi va iqtisodiy
82
7.1
2
10
rivojlanishni barqaror qilish uchun malakali kadrlar tayyorlash va ish o‘rinlarini
yaratish siyosatining yo‘lga qo‘yilishi lozim.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasida aholi o‘sishi va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi
bog‘lanishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, demografik o‘sish mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy holatiga bevosita ta'sir qiladi. So‘nggi yillarda aholining soni, tug‘ilish
darajasi, va mehnat bozoriga kirayotgan yoshlar soni ortishi, iqtisodiy o‘sishga turtki
bo‘lgan omillardir. 2022-2024 yillar o‘rtasida aholi sonining o‘sishi va jon boshiga
YaIM ko‘rsatkichlarining yillik ortishi mamlakat iqtisodiy faoliyatining
barqarorligini ta'minlaydi.
Demografik o‘sish
:
O‘zbekiston aholisi 2024-yilga kelib 37 millionga yetishi
kutilmoqda, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy resurslarni samarali
ishlatishni talab qiladi.
Iqtisodiy o‘sish
:
Jon boshiga YaIM o‘sishi 107,3% ga yetishi kutilmoqda, bu esa
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun ijobiy ko‘rsatkichdir.
Ijtimoiy muammolar
:
Aholi o‘sishi yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasini
oshirish xavfini tug‘diradi. 2046-yilga kelib, mehnatga layoqatli aholi sonining
oshishi, ishsizlik muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.
Quyida takliflar aholi o‘sishi va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi munosabatlarni
yaxshilash, mamlakatning barqaror va mustaqil rivojlanishini ta'minlashga xizmat
qiladi. Bularning barchasi O‘zbekistonning kelajagini yanada barqaror qilish va aholi
farovonligini oshirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar hisoblanadi.
Mahalliy ijro hokimiyatlari va iqtisodiy komplekslar o‘rtasida hamkorlikni
kuchaytirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha aniq dasturlar ishlab
chiqilishi zarur.
Yoshlar uchun ta'lim va kasb-hunar kurslarini kengaytirish, shu bilan birga,
mehnat bozoridagi talablarni hisobga olgan holda malaka oshirish dasturlarini tashkil
etish lozim.
Aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va ta'lim, sog‘liqni saqlash kabi
sohalarda sifatli xizmatlarni taqdim etish uchun davlat tomonidan qo‘shimcha
mablag‘lar ajratilishi tavsiya etiladi.
Demografik jarayonlarni yanada samarali boshqarish maqsadida, aholi o‘sishini
hisobga olgan holda strategik siyosiy qarorlar qabul qilish muhimdir.
O‘zbekistonning demografik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda
tahlil qilib borish va statistik ma'lumotlar asosida prognozlar ishlab chiqish orqali
aniq va samarali strategiyalar ishlab chiqilishi zarur.
83
7.1
2
10
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Kuznets, M. (1960).
Demography and economic growth
. New York: Columbia
University Press.
2.
Ramankulov, O. P. (2018).
Oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy o‘sish
. Tashkent:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi.
3.
Smith, J. (2021).
Urbanization and Housing Supply
. New York: Urban Studies
Press.
4.
Berzin, A. I. (2020).
Demographic Change and Economic Policy
. London:
Economic Policy Press.